🇺🇿🇩🇪Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Germaniyaning “Mangold Consulting Gmbh” kompaniyasi prezidenti Klaus Mangold hamda boshqaruvchi direktor, doktor Kristof Mangold bilan uchrashdi.
Unda xorijda ishlovchilar uchun sharoitlar, kasb-hunarga o‘qitish va o‘zbekistonlik fuqarolarni Germaniyada talab yuqori bo‘lgan ishlarga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Ayni paytda Germaniyadagi katta demografik jarayonlar bois boshqa davlatlardan mehnat kuchiga talab ortib bormoqda. Bugungi kunda O‘zbekistondan tibbiyot yo‘nalishidagi mutaxassislar Germaniyada ish faoliyatini olib bormoqda. Mazkur yo‘nalishda hali hamon ishchi kuchiga talab kattaligi bildirib o‘tildi. Jumladan, Germaniyadagi 1000 dan ortiq shifoxonalarga tibbiyot xodimlari yetishmayotganligi va bu borada O'zbekiston tomoni ushbu bo'shliqni to'ldirishga tayyorligi ta'kidlandi. Biroq, ushbu jarayonni til bilishdagi muammolar sekinlashtirib yuborayotganligi va bu borada til bo‘yicha qo‘yilgan talablarni yumshatish taklif etildi. Jumladan, nemis tili o‘quv kurslari muddatini qisqartirish zarurligi bildirildi.
Uchrashuvda nafaqat tibbiyot yo‘nalishidagi balki metallni qayta ishlash korxonalaridagi mexatronika, logistika, yuk avtomobili haydovchiligi yo‘nalishlariga katta talab borligi aytib o‘tildi. O'z navbatida barcha kelishuvlarni tezroq hayotga tatbiq etish uchun huquqiy asoslarni ishlab chiqishga kelishib olindi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration
🇺🇿🇩🇪 O‘zbekiston – Germaniya: mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik
Ayni kunlarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi hamda markazning Andijon va Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiallari mutasaddilari, Shveytsariyaning "Globogate Concept AG." tashkiloti rahbariyati Germaniyada bo'lib, "Axen" universiteti klinikasi rahbariyati bilan muzokaralar o’tkazmoqda.
Uchrashuvlarda "Axen" universiteti klinikasining ta‘lim, ilmiy tadqiqotlar va davolash bo‘yicha dunyo miqyosidagi salohiyatini körsatuvchi taqdimotlar bo'lib o'tmoqda. Unda mazkur klinika uchun O‘zbekiston „GLOBOGATE“ loyihasi doirasida jarrohlik, kardiologiya, ichki va yurak-qon tomir kasalliklari kabi yo'nalishlar uchun hamshiralarni doimiy ishga jalb qilishda strategik hamkor davlatga aylanayotganligi ta‘kidlanmoqda.
Tadbirlar doirasida klinikada ishlayotgan o‘zbekistonlik hamshiralarning integratsiya jarayoni va ularga yaratilgan sharoitlar o‘rganilmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration
Fuqarolar Rossiyaning “ОКН Сервис" korxonasiga ishga taklif etiladi!
Ish turi: omborxona ishchisi.
Ish vaqti: 5 kun 8 soatdan.
✔️aviachipta, yotoqxona, ovqatlanish (kuniga bir marta) ish beruvchi hisobidan;
✔️tibbiy ko'rik va ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma (patent) rasmiylashtirishda ish beruvchi tomonidan ko'mak beriladi.
Talablar:
🔹18 yoshdan 40 yoshgacha;
🔹tajribaga ega bo'lish;
🔹rus tilini muloqat darajasida bilish;
🔹sudlanmaganlik;
🔹Rossiya Federatsiyasiga chiqishga taqiq yo‘qligi.
👉 Ro‘yxatdan o‘tish (nomzodlar 100 nafarga yetsa ro‘yxatdan o'tish to'xtatiladi).
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallari:
Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bobur shoh ko‘chasi 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
Mo‘ljal: Transport texnikumi yonida.
☎️ 55 202-33-55, 55 203-33-55.
📲 Telegram
Buxoro viloyati:
📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.
📲 Telegram
Farg‘ona viloyati:
📍Farg‘ona shahri B.Marg‘inoniy ko‘chasi 4-uy.
Mo‘ljal: 10-maktab, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi.
☎️ 73 244-40-01.
📲 Telegram
Jizzax viloyati:
📍Jizzax shahri Jizzaxlik MFY Sharof Rashidov shoh ko‘chasi 44-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 1-qavati.
Mo‘ljal: O‘rda bog‘i yaqinida.
☎️ 72 223-90-66, 72 223-90-65.
📲 Telegram
Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27, 69 227-94-64.
📲 Telegram
Navoiy viloyati:
📍Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 51-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 79 222-11-05.
📲 Telegram
Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.
📲 Telegram
Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi
Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.
📲 Telegram
Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi, 41-uy.
Mo‘ljal: Yoshlik istirohat bog‘i (Temiryo'l vokzali parki), 43-maktab, Samarqand shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi ro‘parasida.
☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.
📲 Telegram
Sirdaryo viloyati:
📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.
📲 Telegram
Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63.
📲 Telegram
Toshkent shahri:
📍Yakkasaroy tumani Kichik xalqa yo‘li 3-uy.
Mo‘ljal: Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi qarshisi.
☎️ 55 517-01-44 (ichki raqam 156, 166), 71 203-01-17
📲 Telegram
Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 99 977-33-10.
📲 Telegram
Xorazm viloyati:
📍Urganch shahri Baynalminalchi ko‘chasi 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 62 229-19-96.
📲 Telegram
📞 Ishonch telefonlari: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt
Fuqarolar Rossiyaning "СПАР Мидл Волга" korxonasiga ishga taklif etiladi!
Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.
4-mart soat 11:00 da
Farg‘ona viloyati:
📍Farg‘ona shahri B.Marg‘inoniy ko‘chasi 4-uy.
Mo‘ljal: 10-maktab, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi.
☎️ 73 244-40-01.
📲 Telegram
soat 12:00 da
Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 99 977-33-10.
📲 Telegram
soat 14:00 da
Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bobur shoh ko‘chasi 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
Mo‘ljal: Transport texnikumi yonida.
☎️ 55 202-33-55, 55 203-33-55.
📲 Telegram
7-mart soat 11:00 da
Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi
Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.
📲 Telegram
soat 12:00 da
Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.
📲 Telegram
soat 14:00 da
Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi, 41-uy.
Mo‘ljal: Yoshlik istirohat bog‘i (Temiryo'l vokzali parki), 43-maktab, Samarqand shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi ro‘parasida.
☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.
📲 Telegram
Sirdaryo viloyati:
📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.
📲 Telegram
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt
🇧🇾Fuqarolar Belarusning "KAMVOL" tekistil korxonasiga ishga taklif etiladi!
Ish turi: paxta va sintetik matolarga ishlov berish va bo'yash
Imkoniyatlar:
📍ish haqi: 1600-1900 Belarus rubli (500-600 $) (soliqlar to'langandan keyin);
📍ish vaqti: 5 kun 8 soatdan.
✔️yotoqxona, aviachipta, tibbiy ko'rik va ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma ish beruvchi hisobidan
✔️ovqatlanish xarajatlari ishchi hisobidan
Talablar:
🔹18-45 yoshgacha (erkak va ayollar);
🔹tajribaga ega bo'lish;
🔹suhbat darajasida rus tilini bilish;
🔹sudlanmaganlik;
🔹O‘zbekistondan chetga chiqishga taqiq yo‘qligi.
👉 Ro‘yxatdan o‘tish
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 (qisqa raqami).
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt
🇩🇪 Bugun, 1-mart kuni soat 14:00 da Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Qashqadaryo viloyati filiali, Germaniyaning "Simson Private Akademie GmbH" tashkiloti va Qarshi shahridagi "International Bridge" o‘quv markazi hamkorligida o‘tkaziladigan seminarga Germaniyada ishlash istagidagi fuqarolar taklif etiladi.
Seminarda Germaniyaga Ausbildung, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga borish va tibbiyot xodimlari uchun ishlash imkoniyatlari haqida ma‘lumot beriladi.
❗️Seminar manzili: Qarshi shahar hokimligi katta majlislar zali
☎️Murojaat uchun: 91 953-20-20
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt
🇺🇿🇩🇪 Germaniyaning "Simson Private Akademie GmbH" tashkiloti bilan hamkorlik doirasida yurtdoshlarimizni 2024-yil avgust va sentyabr oylarida Ausbildung tizimining mexatronika sohasiga yuborish uchun tanlov jarayonlari boshlanmoqda.
👉 Batafsil ma'lumot
👉 Ro'yxatdan o'tish
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 (qisqa raqami).
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt
Toshkent shahar IIBBga biriktirilgan yoshlar bilan manzilli ishlarni tashkil etish bo‘yicha o'tkazilgan uchrashuvda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari qatnashib, ishtirokchilarga xorijiy mamlakatlardagi yuqori daromadli bo‘sh ish o‘rinlari, yashash sharoitlari, ish haqi hamda ketishdan oldin chet tillari va turli kasblarga o‘qish imkoniyatlari va noqonuniy mehnat migratsiyasining oqibatlari haqida maʼlumot berdi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt
Mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
👉Batafsil "O'zbekiston 24" telekanalida
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt
Fuqarolar Rossiyaning “АвтоВАЗ" korxonasidagi yengil avtomobil sanoati yo‘nalishida ishga taklif etiladi!
Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.
29-fevral soat 14:00 da
Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi
Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.
soat 15:00 da
Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bobur shoh ko‘chasi 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
Mo‘ljal: Transport texnikumi yonida.
☎️ 55 202-33-55, 55-203-33-55.
soat 16:00 da
Farg‘ona viloyati:
📍Farg‘ona shahri B.Marg‘inoniy ko‘chasi 4-uy.
Mo‘ljal: 10-maktab, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi.
☎️ 73 244-40-01.
1-mart soat 11:00 da
Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.
soat 12:00 da
Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63.
soat 14:00 da
Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri, Beruniy ko‘chasi, 41-uy. Mo‘ljal: Yoshlik istirohat bog‘i (Temiryo'l vokzali parki), 43-maktab, Samarqand shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi ro‘parasida.
☎️ Телефон: (66) 233-24-00, 233-53-00.
Jizzax viloyati:
📍Jizzax shahri Jizzaxlik MFY Sharof Rashidov shoh ko‘chasi 44-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 1-qavati.
Mo‘ljal: O‘rda bog‘i yaqinida.
☎️ 72 223-90-66, 72 223-90-65.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt
Xorazmda fuqarolarning murojaatlari hal etilmoqda
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i J.Xidayxodjayev boshchiligidagi ishchi guruh Yangibozor tumanida xorijda ishlash istagidagi fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
Bugungi kunda xorijiy mamlakatlardagi yuqori daromadli bo‘sh ish o‘rinlari, yashash sharoitlari, ish haqi hamda ketishdan oldin chet tillari va turli kasblarga o‘qitish imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi.
Sayyor qabulda ishtirok etgan 50 nafarga yaqin fuqaroni xorijiy davlatlarda qonuniy ish bilan taʼminlash masalalari yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqilib, arizalarning aksariyati joyida hal etildi.
Shuningdek, xorijiy ish beruvchilarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga munosib nomzodlarni tayyorlash maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va "Everst" o‘quv markazi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt
🇺🇿 🇺🇸Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati va AQSHning mamlakatimizdagi elchixonasi mas'ullari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda dastlab Agentlik faoliyati, hamkor tashkilotlar, kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish, xavfsiz, tartibli va qonuniy tartibda fuqarolarni ishga yuborish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Uchrashuvda noqonuniy mehnat migratsiyasiga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt
Yurtdoshlarimiz ishlash uchun Rossiyaga jo'nab ketdi
Rossiya Federatsiyasining “СПАР Мидл Волга”, "Мерос" va "Энкорп" korxonalari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh yurtdoshimiz Rossiyaga jo‘nab ketdi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida fuqarolar uchun targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallari:
Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bobur shoh ko‘chasi 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
Mo‘ljal: Transport texnikumi yonida.
☎️ 55 202-33-55, 55 203-33-55.
📲 Telegram
Buxoro viloyati:
📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.
📲 Telegram
Farg‘ona viloyati:
📍Farg‘ona shahri B.Marg‘inoniy ko‘chasi 4-uy.
Mo‘ljal: 10-maktab, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi.
☎️ 73 244-40-01.
📲 Telegram
Jizzax viloyati:
📍Jizzax shahri Jizzaxlik MFY Sharof Rashidov shoh ko‘chasi 44-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 1-qavati.
Mo‘ljal: O‘rda bog‘i yaqinida.
☎️ 72 223-90-66, 72 223-90-65.
📲 Telegram
Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27, 69 227-94-64.
📲 Telegram
Navoiy viloyati:
📍Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 51-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 79 222-11-05.
📲 Telegram
Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.
📲 Telegram
Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi
Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.
📲 Telegram
Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi, 41-uy.
Mo‘ljal: Yoshlik istirohat bog‘i (Temiryo'l vokzali parki), 43-maktab, Samarqand shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi ro‘parasida.
☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.
📲 Telegram
Sirdaryo viloyati:
📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.
📲 Telegram
Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63.
📲 Telegram
Toshkent shahri:
📍Yakkasaroy tumani Kichik xalqa yo‘li 3-uy.
Mo‘ljal: Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi qarshisi.
☎️ 55 517-01-44 (ichki raqam 156, 166), 71 203-01-17
📲 Telegram
Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 99 977-33-10.
📲 Telegram
Xorazm viloyati:
📍Urganch shahri Baynalminalchi ko‘chasi 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 62 229-19-96.
📲 Telegram
📞 Ishonch telefonlari: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt
🇬🇧 Buyuk Britaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!
Buyuk Britaniyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash maqsadida 17-fevral kuni ro‘yxatdan o‘tgan, 23-fevral kuni rus tili bo‘yicha testda ishtirok etgan fuqarolar diqqatiga!
📝Ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan rus tili bo‘yicha testdan 3159 nafar nomzod tanlab olinganligi ma’lum qilindi.
👉 Testdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar ro'yxati
❗️Testdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar uchun ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan suhbat tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Suhbat vaqti va manzili haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
☎️ Murojaat uchun
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration
🇰🇷Koreya Respublikasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!
Koreya Respublikasida kemasozlik sohasida ishlash maqsadida 2023-yil 27-noyabr kuni ro'yxatdan o'tgan nomzodlar uchun 2024-yil 21-fevraldan 1-martgacha, qurilish sohasida ishlash maqsadida 8-13 fevral kunlari ro'yxatdan o'tgan nomzodlar uchun 2024-yil 4-9 mart kunlari EPS-Topik imtihoni bo'lib o'tgan edi.
Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRD) taqdim etgan natijalarga ko‘ra, kemasozlik sohasi bo'yicha 1905 nafar, qurilish sohasi bo'yicha 749 nafar fuqaro imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan.
👉Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar (kemasozlik)
👉Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar (qurilish)
❗️Malaka imtihoni (skill test) joriy yil mart oyi oxiridan boshlanishi rejalashtirilmoqda. Nomzodlardan malaka imtihoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish so‘raladi.
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration
Fuqarolar "КАМАЗ" korxonasida ishlaydi
Rossiya Federatsiyasining "КАМАЗ" korxonasi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh yurtdoshimiz Rossiyaga jo‘nab ketdi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida fuqarolar uchun targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt | Labor migration
Xorazmdagi Kasbiy ko'nikmalar markazida fuqarolarni ishga yo'naltirish bo'yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yildi.
👉 Batafsil "O'zbekiston 24" telekanalida
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Veb-sayt
Germaniyaning “Duvenbeck Kraftverkehr GmbH” korxonasida ishlashni istaysizmi?
➡️ Ro'yxatdan o'tish
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt
🇷🇺#Vatadoshlar_bilan_muloqot
📍Rostov-Dondagi “АзовСтрой” va Voronejdagi korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlarimiz hamda ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
📍Krasnoyarskda yurtdoshimizning ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgan pasporti undirib berildi. Tulada qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarimiz Moskva-Namangan yo‘nalishidagi aviareys orqali Vatanga qaytarildi.
📍Blagoveshenskda murakkab vaziyatda qolgan fuqarolarga huquqiy hamda moddiy yordam ko‘rsatildi. Tulada ishsiz qolgan fuqarolar bandligi taʼminlandi.
📍Ufa davlat neft-texnika universitida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
👉 Batafsil
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt
Yurtdoshlarimiz Rossiyada ishlash uchun jo'nab ketdi
Rossiya Federatsiyasining "РУСАЛ Комплектация" korxonasi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh yurtdoshimiz Rossiyaga jo‘nab ketdi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida fuqarolar uchun targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt
"NUR migration services" XBA litsenziyasi vaqtincha to'xtatildi!
“NUR migration services xususiy bandlik agentligi" MCHJga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2023-yil 24-mayda berilgan №083594-sonli litsenziya Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 28-fevraldagi №01/00-01/16-1836-sonli qaroriga asosan 10 kunga to'xtatildi.
❗️Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.
👉 Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt
Fuqarolar Rossiyaning "Мерос" korxonasiga ishga taklif etiladi!
👉🏻 Ish turi: qishloq xo'jaligi ishlari
Nomzodlar uchun talablar:
💢18-45 yosh;
💢rus tilini bilish;
💢sudlanmagan;
💢xorijga chiqish taqiqlanmagan;
💢sog'lom;
Ish beruvchi hisobidan: yotoqxona va transport.
👉 Ro'yxatdan o'tish
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 (ichki raqam 87, 88) yoki 1282 (qisqa raqami).
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt
🇩🇪Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga quyidagi sohalarda ishlar taklif etiladi:
🔹 payvandchi;
🔹 elektrik.
Nomzodlar uchun imkoniyatlar:
💶 oylik maosh 1800 yevrodan boshlanadi (soliqlar ushlangan keyin);
🛫 O‘zbekistondan Germaniyaga aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi hisobidan.
Nomzodlar uchun malaka va til majburiyatlari:
📍18-40 yosh;
📍nemis tilidan Gyote, ECL, ÖsD yoki Telc dan olingan B1 sertifikat;
📍elektrik yoki payvandchi sohalarida kollej, texnikum yoki bakalavr diplomi;
📍sohada kamida bir yillik tajriba.
👉 Ro‘yxatdan o‘tish
👉 Ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot olish
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 (qisqa raqami).
* * * * *
🇩🇪Гражданам, желающим работать в Германии, предлагается работа по следующим направлениям:
🔹сварщик;
🔹электрик.
Возможности для кандидатов:
💶месячная зарплата от 1800 евро (после вычета налогов);
🛫Расходы на авиабилет из Узбекистана в Германию и трансфер оплачивает работодатель.
Квалификационные и языковые требования к кандидатам:
📍18-40 лет;
📍сертификат по немецкому языку B1 от Гёте, ECL, ÖsD или Telc;
📍диплом колледжа, техникума или бакалавра в области электротехники или сварки;
📍опыт работы в сфере не менее года.
👉 Регистрация
👉 Получить инструкцию по прохождению регистрации
☎️ Для справок: 71 202-33-55, 71 200-00-61 или короткий номер 1282.
🔻 Следите за нашими новостными каналами
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt
🇺🇿🇩🇪
− Germaniyada tibbiyot sohasida ishlash uchun qanday talablar bor?
− O‘zbekistonlik hamshiralar qancha oylik maosh oladi?
− Hamshiraning oila aʼzolari uchun ham imkoniyatlar bormi?
👉 Batafsil "Kun.uz" nashrida
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt
🇺🇿🇩🇪Nemis tilini o‘rganib Germaniyaga ishga ketmoqchimisiz?
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijdagi vakolatxonalari:
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi
Moskva:
📍Manzil: Moskva shahri 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2 (Metro Polyanka).
☎️ +7 (925) 045-47-44.
Sankt-Peterburg:
📍Manzil: Sankt-Peterburg shahri, 4-Krasnoarmeyskaya ko‘chasi, 4A-uy. O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi binosi.
☎️ +7 (951) 680-95-97.
Yekaterinburg:
📍Manzil: Yekaterinburg shahri, Karl Libknext ko‘chasi 22-uy.
☎️ +7 (925) 950-89-77, +7 (922) 186-35-66.
Novosibirsk:
📍Manzil: Novosibirsk shahri, Semi Shamshinix ko‘chasi, 30-uy.
☎️ +7 (953) 862-00-07.
Samara:
📍Manzil: Samara shahri, Novo-Sadovaya ko‘chasi, 3-uy.
☎️ +7 (925) 750-87-57, +7 (927) 011-89-59
Ufa:
📍Manzil: Ufa shahri, Verxnetorgovaya maydoni ko‘chasi, 4-uy, 516-ofis.
☎️ +7 (925) 373-97-65, +7 (347) 216-33-43.
Voronej:
📍Manzil: Voronej shahri, Krasnoznamyonnaya ko‘chasi, 15-uy.
☎️ +7 (906) 030-16-89.
Tula:
📍Manzil: Tula shahri, Mixeeva ko‘chasi 17-uy, 14-xona.
☎️ +7 (936) 251-76-21.
Krasnodar:
📍Manzil: Krasnodar shahri, Sezar Kunikov ko‘chasi, 18-6-4
☎️ +7 (999) 553-88-19.
Volgograd:
📍Manzil: Volgograd shahri, Kalinin ko‘chasi, 2a-uy.
☎️ +7 (999) 553-44-03.
Nijniy Novgorod:
📍Manzil: Nijniy Novgorod shahri, Maksim Gorkiy ko‘chasi, 260-uy, 16-xona.
☎️ +7 (996) 567-56-98
Xanti-Mansiysk:
📍Manzil: Nijnevartovsk shahri, Mira ko‘chasi 14P-uy.
☎️ +7 (964) 631-03-00, +7 (346) 631-00-15
Irkutsk:
📍Manzil: Irkutsk shahri, Sovetskaya ko‘chasi, 124 V-uy
☎️ +7 (964) 755-02-02, +7 (915) 332-33-05.
Amur:
📍Manzil: Blagoveshensk shahri, Gorkiy ko‘chasi 87-uy
☎️ +7 (925) 657-67-18
Krasnoyarsk:
📍Manzil: Krasnoyarsk shahri, Baturina ko‘chasi, 7-uy.
☎️ +7 (926) 379-44-22
Perm:
📍Manzil: Perm shahri, Revolyutsiya ko‘chasi, 5/1-uy, 106-ofis.
☎️ +7 (925) 884-01-01, +7 (982) 231-69-49
🇰🇷 Koreya Respublikasi
Kvangju:
📍Manzil: 광주광역시 광산구 사암로 359 (월곡동) (3 층)
359, Saam-roo, Kvansan-gu, Kvangju (Volgok-dong) (3-qavat)
☎️ 070-4252-2772, 062-962-0201, 062-962-0205 (faks).
E-mail: migrationuzkr@gmail.com
🇹🇷 Turkiya Respublikasi
Istanbul:
📍Manzil: Levent Mah. Levent Cad. Lale Sk. No8 Beşiktaş, İstanbul, Türkiye.
☎️ (+90212) 229-00-75, 323-20-37, (+90507) 477-53-17, (+90212) 323-20-40 (faks), +998 90 019-00-77 (telegram).
E-mail: abd68_68@mail.ru
🇰🇿 Qozog‘iston Respublikasi
📍Manzil: Chimkent shahri, Beybitshilik ko‘chasi 64-uy.
Mo‘ljal: "Aydana plaza" mehmonxonasi.
☎️ +77053123670, +77172954587.
📞 Agentlik ishonch telefonlari: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt
Fuqarolar Rossiyaning "РУСАЛ Комплектация" korxonasiga ishga taklif etiladi!
Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.
28-fevral soat 11:00 da
Buxoro viloyati:
📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.
Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63.
soat 14:00 da
Navoiy viloyati:
📍Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 51-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 79 222-11-05.
soat 15:00 da
Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy. Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 55 900-33-10.
Toshkent shahri:
📍Yakkasaroy tumani Kichik xalqa yo‘li 3-uy.
Mo‘ljal: Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi qarshisi.
☎️ 55 517-01-44, (ichki raqam 156, 166).
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt
🇷🇺#Vatadoshlar_bilan_muloqot
📍Qozondagi “ЭНКА Иншаат ве Санайи А.Ш.”, Chelyabinskdagi “Агропарк Урал”, Rostov-Dondagi “Качевник” korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar o'tkazildi.
📍Chelyabinskdagi Savdo-sanoat palatasida hududdagi 14 ta tashkilot vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda 2017 yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida tashkiliy tarzda fuqarolarni ishga jalb etishga doir imzolangan hukumatlararo kelishuv va Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12-sentyabrdagi 725-sonli qarori talablari batafsil tushuntirildi.
📍Sankt-Peterburg, Tula, Perm, Volgograd va Voronejada murakkab vaziyatda qolgan fuqarolarga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatilib, pasportlari olib berildi.
📍Tulada qiyin ahvolda qolgan va Moskvada og‘ir tan jarohati olgan yurtdoshlarimiz Moskva-Toshkent, Moskva-Samarqand aviareyslari orqali Vatanga qaytarildi.
👉 Batafsil
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt