migratsiyaagentligi | Unsorted

Telegram-канал migratsiyaagentligi - Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

37919

Ташқи меҳнат миграцияси агентлигининг расмий Telegram-канали Мурожаат учун: 71 202 33 55, 71 200 00 61 ёки 1282

Subscribe to a channel

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallari:

Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bobur shoh ko‘chasi 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
Mo‘ljal: Transport texnikumi yonida.
☎️ 95 202-33-55

Buxoro viloyati:
📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.

Farg‘ona viloyati:
📍Farg‘ona shahri B.Marg‘inoniy ko‘chasi 4-uy.
Mo‘ljal: 10-maktab, Viloyat bandlik bosh boshqarmasi binosi.
☎️ 73 244-40-01.

Jizzax viloyati:
📍Jizzax shahri Jizzaxlik MFY Sharof Rashidov shoh ko‘chasi 44-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 1-qavati.
Mo‘ljal: O‘rda bog‘i yaqinida.
☎️ 72 223-90-66, 72 223-90-65.

Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27

Navoiy viloyati:
📍Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 51-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 79 222-11-05.

Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi
Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34

Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri Ko‘ksaroy maydoni 1A-uy.
Mo‘ljal: Viloyat hokimiyati.
☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.

Sirdaryo viloyati:
📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.

Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63

Toshkent shahri:
📍Yakkasaroy tumani Kichik xalqa yo‘li 3-uy.
Mo‘ljal: Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi qarshisi.
☎️ 94 020-44-01.

Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 99 977-33-10

Xorazm viloyati:
📍Urganch shahri Baynalminalchi ko‘chasi 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 62 229-19-96.

☎️ Ishonch telefonlari: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

Maslahat olish uchun: consalting.labormigration.uz

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Yurtdoshlarimiz ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun bir guruh fuqarolar tashkiliy tarzda yuborildi.

Namangan xalqaro aeroportida fuqarolar bilan targ‘ibot ishlari olib borilib, sohaga oid buklet, tarqatma materiallar berildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Koreya Respublikasida ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan sayyor uchrashuvlar o'tkazilmoqda

Xususan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari hamda Mokpo shahrida joylshgan kemasozlik zavodida E-9 va E-7 vizalari asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimiz o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Agentlikning Koreyadagi vakolatxonasi faoliyati haqida ma'lumotlar berilib, mazkur davlatda qonuniy mehnat faoliyatini olib borishning afzalliklari haqida tushuntirish ishlari olib borilib, fuqarolarimizning qiziqtirgan savollariga javob berildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Koreya Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan imtihonlar natijasi yuzasidan fuqarolarning e'tirozlari hamda bu haqida baʼzi OAV tarqatayotgan xabarlarda qanchalik asos bor?

👉 Batafsil "MY5" telekanalining "Markaziy studiya" dasturida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Rossiyada ishlash istagidagi fuqarolar uchun tanlovlar bo‘lib o‘tdi

Tashqi
mehnat migratsiyasi agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari filiallarida Rossiyaning “Stalmost”, "PK Severskiy zavod Stroyizolyatsiya", "Ozon Komuniti" korxonalari vakillari tomonidan xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tanlov o‘tkazildi.

Rossiya Federatsiyasiga ishga jalb qilish bo‘yicha nomzodlar kasbiy malaka va til bilish darajasiga ko‘ra suhbat asosida ish beruvchilar vakillari tomonidan tanlab olindi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Koreya Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan imtihonlar natijasi yuzasidan fuqarolarning e'tirozlari hamda bu haqida baʼzi ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan xabarlarda qanchalik asos bor?

👉 Batafsil "Zo'r tv" telekanalining "Bu kun" dasturida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartish va bandlik bosh boshqarmasida Rossiya Federatsiyasining "ПЭК" korxonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda mazkur korxonada mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishchilar uchun yaratilgan ish va yashash sharoitlari, hududlarda tanlovlar o‘tkazish hamda fuqarolarni tashkillashtirilgan tarzda ishlash uchun yuborish masalasi muhokama qilindi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Aldangan yurtdoshlarimiz O‘zbekistonga qaytarildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Nijniy Novgorod shahridagi vakilligiga Cheboksari shahrida ishlayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz ish beruvchisi oylik maoshi va pasportlarini bermayotgani, yashab turgan xostelidan chiqarib yuborganligi yuzasidan murojaat qiladi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Live

E-9 vizasi asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida navbatdagi bir guruh yurtdoshimiz Koreya Respublikasiga jo'nab ketmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

O‘zbekiston – Germaniya: tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Buxoro viloyati bandlik bosh boshqarmasi, Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Germaniyaning “NoVo Agency” tashkiloti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik kelishuviga asosan tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan fuqarolar ish beruvchining talabi bilan shartnoma asosida tashkiliy ravishda ishga joylashtirilishi belgilangan.

Buxorodagi “Ishga marhamat” monomarkazida Germaniya tibbiyot muassasalarida ishlash istagini bildirgan, ish tajribasiga ega bo‘lgan tibbiyot xodimlari suhbatdan o‘tkazildi.

📍Manzil: Buxoro shahar Piridastgir ko'chasi 13-uy.

📍Mo'ljal: Korzinka №3.

Batafsil ma'lumot va kursga yozilish uchun telefon:
☎️ (88) 313-07-07; (65) 226-24-64.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇩🇪 Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan hamshiralar diqqatiga!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveytsariyaning “GLOBOGATE Concept AG.” tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniyaga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.

Ushbu dastur doirasida "Uniklinik RWTH Aachen" shifoxonasi umumiy hamshiralik yo'nalishiga qabul e'lon qiladi.

Nomzodlar uchun talablar:
Umumiy hamshiralik uchun
– shifoxonada (stomatologiya, oʻqituvchilik, dorishunoslik, administrator va lor sohasida shugʻullangan nomzodlar qabul qilinmaydi) kamida 2 yillik tajriba;
✅ 39 yoshgacha;
✅ sudlanmagan;
✅ jismonan sogʻlom;
✅ tibbiyot kollejini tamomlagan (faqat 3 yillik diplom yoki OMX);
✅ bemorlarga gʻamxoʻrlik qilish qobiliyati;
✅ Angren va Toshkent shaharlarida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida oʻqish (dasturda 2 bosqichli tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar ishtirok etadi);
✅ nemis tili kursi davomida ish yoki o'qish faoliyati bilan shugʻullanmaslik;
✅ Toshkent shahridagi Gyote Instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtish;

Nomzodlarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:
📌 Suhbatdan o'tgan nomzodlar uchun ish joylari darhol beriladi va ish beruvchilar bilan ishlash uchun shartnoma tuziladi;
📌 Angren va Toshkent shaharlarida bepul turar joy;
📌 oʻquv xonasi;
📌 oylik stipendiya (6 oy).

Shuningdek, “GLOBOGATE Concept AG.” quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:
📚 nemis tili oʻqituvchisi va oʻquv materiallari;
📌 til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote Institutida imtihon topshirish (B2 darajasini olish) hamda ECL, TECL sertifikatlari qabul qilinadi;
📌 hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
📌 oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
🛫 Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;
💶 mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 450 € dan boshlanadi, nafaqa, sugʻurta, taʼtil) va butun jarayon davomida doimiy qoʻllab-quvvatlash.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun 1
👉 Ro'yxatdan o'tish uchun 2

👉 Batafsil ma’lumot olish 1
👉 Batafsil ma'lumot olish 2

☎️ Murojaat uchun: +998 90 998-18-60

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Hududlarda_tanlov

Andijon viloyatida Litvaning “Balticworks” korxonasi vakillari tomonidan onlayn tanlov o'tkazildi

➡️ Tafsilotlar "Andijon" telekanalida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Россия Федерациясида ишлаш истагида бўлган фуқаролар диққатига!

Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги ва Россиянинг "Озон Комьюнити" корхонаси ўртасидаги ҳамкорлик келишувига мувофиқ, фуқаролар логистика ишларига таклиф этилади.

Танлов ўтказиладиган ҳудуд ва сана:

10 февраль соат 15:00 да

Навоий
вилояти:
📍Навоий шаҳри, Навоий кўчаси 43А, Вилоят бандлик бош бошқармаси.
☎️Тел:. (79) 224-11-60.

Фарғона вилояти:
📍Фарғона шаҳри, Б.Марғиноний кўч., 4-уй.
Мўлжал: 10-мактаб, Вилоят бандлик бош бошқармаси биноси.
☎️ (73) 244-40-01

Самарқанд
вилояти:
📍Самарқанд шаҳри, Кўк сарой майдони, 1А-уй.
Кенгашлар уйининг 1-қавати
☎️ (66) 233-24-00, (66) 233-53-00.

🔻 Ахборот каналларимизни кузатиб боринг

Telegram | Facebook | Youtube | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Корея Республикасида ишлаш истагидаги фуқаролар учун 2023 йилда ташкил этиладиган EPS-Topik тест имтиҳонида иштирок этиш мақсадида 6 февраль соат 18:00 ҳолатига 13 649 нафар номзод онлайн рўйхатдан ўтди.

Эслатиб ўтамиз, рўйхатдан ўтган номзодлар сони 26 910 нафарга етгач, рўйхатдан ўтиш жараёни тўхтатилади.

🔻 Ахборот каналларимизни кузатиб боринг

Telegram | Facebook | Youtube | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Yurtdoshimizning 120 ming rubl oylik ish haqi undirib berildi

2021-yil 25-dekabrda Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahriga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida kelgan, biroq og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan samarqandlik T.Z. Agentlikning Sankt-Peterburgdagi vakilligiga yordam so'rab murojaat qilgan.

Fuqaroning holati o'rganilib, T.Z. farzandi bilan bugun Sankt-Peterburg -Toshkent yo'nalishidagi aviareys orqali Vatanga qaytarildi.

Shuningdek, Agentlikning Krasnodar o‘lkasidagi vakili tomonidan shu yerda ishlayotgan yurtdoshimizning 120 ming rubl miqdoridagi oylik ish haqini undirib berishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Bugun, 19-iyul kuni 12:05 da “O‘zbekiston” radiokanalining “Shu kunning mavzusi” eshittirishida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mutaxassislari ishtirokida xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarimiz uchun berilayotgan imtiyoz va qulayliklar, yo‘l-yo‘riqlar, bu boradagi yangi imkoniyatlar, sohadagi so‘nggi yangiliklar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda so‘z yuritiladi.

Mazkur suhbatni FM 103,1 to‘lqinida soat 12:05dan tinglashingiz mumkin.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Moskva shahridagi “Меридиан”, Voronejdagi “Мерос”, “Группа Агропредприятия Ресурс”, Amurdagi “Ямата ятирим” korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz hamda ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

👉 http://www.migration.uz/news/view/1903

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Litvada ishlash istagidagi fuqarolar uchun tanlov bo‘lib o‘tdi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon, Buxoro viloyatlari filiallarida Litvaning “Eurodas” korxonasi vakillari tomonidan ushbu korxonada ishlash istagida 28-29 mart kunlari berilgan eʼlon bo‘yicha onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun tanlov o‘tkazildi.

Tanlovda korxona vakili fuqarolarga ish sharoitlari, oylik maoshi to‘g‘risida to‘liq maʼlumot berdi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Mehnatni muhofaza qilish tashkiloti vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi

Tashqi  mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Koreya mehnat vazirligi qoshidagi mehnatni muhofaza qilish tashkiloti vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida Koreya Respublikasida E-9 hamda E-7 ishchi vizasi asosida mehnat qilayotgan va ayni paytda ish jarayonida jarohat olgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

AQSHga ishlash uchun qonuniy ketishning imkoni bormi?

👉 Batafsil "Mening yurtim" telekanalida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇩🇪 Germaniyaga yuk avtomobili haydovchilari ishga taklif etiladi

Nomzodlar uchun
talablar:

📍CE toifadagi haydovchilik guvohnomasi;
📍nemis tili bo‘yicha kamida B1 darajasi (Gyote instituti yoki ECL sertifikati);
📍18-45 yosh;
📍Yevropa Ittifoqi haydovchilik guvohnomasini olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun qayta tayyorlash kurslarida o‘qish va 95-kodli sertifikatini olishga tayyorgarlik (davomiyligi 6-8 oy);
📍Germaniyada qayta tayyorlash kurslaridan so‘ng kamida 3 yil “Duvenbeck Kraftverkehr GmbH” shirkatida ishlash.

Quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

📍O‘zbekistonda hujjat ishlarida ko‘mak;
📍Germaniyaga borish xarajatlari;
📍doimiy mehnat shartnomasi;
📍qayta tayyorlash davridagi turar joy xarajatlari hamda ish haqi (3-bosqichli amaliyot davridagi oylik 1060 yevro (Brutto);
📍qayta tayyorlashdan so‘ng 2580 yevro (Brutto) hamda 500 yevrogacha (Netto) soliqsiz qo‘shimcha haq;
📍har yili 27 kunlik taʼtil.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlar:

✅ Xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
✅ Nemis tilidan sertifikat (B1 daraja, pdf shaklda);
✅ Nemis tilidagi tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).
Haydovchilik guvohnomasi (pdf shaklda)

Ro'yxatdan o'tish

☎️ 1282 (qisqa raqam), +998 71 202-33-55

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Live

Rossiya Federatsiyasi ish beruvchilari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh yurtdoshimiz ushbu davlatga jo‘nab ketdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida fuqarolar uchun targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Koreya Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasida ishlash uchun tashkil etilgan imtihon natijasi yuzasidan fuqarolarning murojaati hamda bu haqida baʼzi ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan izohlar munosabati bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda ushbu davlatda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagidagi fuqarolar uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlarning barcha bosqichlari, xususan, ro‘yxatdan o‘tuvchilari soni, o‘tish ballari kabilar Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan amalga oshirilishi, bu jarayonlarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari ishtirok etmasligi maʼlum qilinib, fuqarolarning xizmat ko‘rsatish sohasi uchun bo‘lib o‘tgan imtihon natijasi bilan bog‘liq barcha savollariga Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining O‘zbekistondagi “EPS” markazi rahbari tomonidan batafsil javob berildi.

Shu bilan birga, tashkil etilgan imtihon natijalari bilan bog‘liq qo‘shimcha savollar bilan “EPS” markaziga rasmiy murojaat qilish mumkinligi tushuntirildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇷🇺 Rossiyada ishlash istagidagi fuqarolar uchun tanlovlar davom etmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlari filiallarida Rossiyaning "Мерос", "Юником Дельта" hamda "ПЭК" korxonasi vakillari tomonidan xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tanlov o‘tkazildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Dayjest

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati hamda sohaga oid eng so‘nggi va muhim xabarlar

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi axborot xizmatlari hamkorligida xorijda xavfsiz mehnat qilish yuzasidan onlayn suhbat tashkil etildi

👉
Suhbatni to'liq tomosha qilish

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar davom etadi

Novosibirsk viloyatida qurilish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz bilan muloqot o‘tkazildi. Unda Agentlikning xorijdagi vakolatxonasi faoliyati va vazifalari, qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish borasidagi afzalliklar tushuntirildi.

Shuningdek, "КЕЙТЕРИНБУРГ" tashkiloti vakillari bilan videokonferens aloqa shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokara davomida O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy ravishda ishga qabul qilish masalasi muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Agentlikning Perm o‘lkasidagi vakillari tomonidan bir guruh yurtdoshlarimizning hujjatlari va oylik maoshlari hamda Novosibirsk shahrida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarosining pasporti ish beruvchidan olib berildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Россияда ишлаш истагидаги фуқаролар учун танловлар бўлиб ўтди

Ташқи меҳнат миграцияси агентлигининг Андижон, Фарғона, Сирдарё вилоятлари филиалларида Россиянинг "ПЭК", "Эриэлл Нефтегазсервис" корхоналари вакиллари томонидан хорижда ишлаш истагида бўлган фуқаролар учун танловлар ўтказилди.

Ушбу танловларда Россия Федерациясига ишга жалб қилиш бўйича номзодлар касбий малака ва тил билиш даражасига кўра суҳбат асосида иш берувчи вакили томонидан танлаб олинди.

🔻 Ахборот каналларимизни кузатиб боринг

Telegram | Facebook | Youtube | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Eslatma

Корея Республикасида ишлаш истагидаги фуқаролар 2023 йилда ташкил этиладиган EPS-Topik тест имтиҳонида иштирок этиш учун рўйхатдан ўтиш мақсадида 28 АҚШ доллари миқдоридаги тўловни амалга ошириш жараёнида бир номзод тўловни бир неча марта амалга ошириш ҳолатлари кузатилмоқда.

Бундай ҳолатлар тўловларни амалга ошириш ва онлайн рўйхатдан ўтиш жараёнида қийинчиликларни келтириб чиқармоқда.

Шу муносабат билан, номзодларга рўйхатдан ўтиш учун тўлов бир марта амалга оширилиши кераклиги эслатиб ўтилади.

🔻 Ахборот каналларимизни кузатиб боринг

Telegram | Facebook | Youtube | Veb-sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel