migratsiyaagentligi | Unsorted

Telegram-канал migratsiyaagentligi - Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

37919

Ташқи меҳнат миграцияси агентлигининг расмий Telegram-канали Мурожаат учун: 71 202 33 55, 71 200 00 61 ёки 1282

Subscribe to a channel

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallari:

Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bobur shoh ko‘chasi 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
Mo‘ljal: Transport texnikumi yonida.
☎️ 95 202-33-55

Buxoro viloyati:
📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.

Farg‘ona viloyati:
📍Farg‘ona shahri B.Marg‘inoniy ko‘chasi 4-uy.
Mo‘ljal: 10-maktab, Viloyat bandlik bosh boshqarmasi binosi.
☎️ 73 244-40-01.

Jizzax viloyati:
📍Jizzax shahri Jizzaxlik MFY Sharof Rashidov shoh ko‘chasi 44-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 1-qavati.
Mo‘ljal: O‘rda bog‘i yaqinida.
☎️ 72 223-90-66, 72 223-90-65.

Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27

Navoiy viloyati:
📍Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 51-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 79 222-11-05.

Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi
Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34

Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri Ko‘ksaroy maydoni 1A-uy.
Mo‘ljal: Viloyat hokimiyati.
☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.

Sirdaryo viloyati:
📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.

Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63

Toshkent shahri:
📍Yakkasaroy tumani Kichik xalqa yo‘li 3-uy.
Mo‘ljal: Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi qarshisi.
☎️ 94 020-44-01.

Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 99 977-33-10

Xorazm viloyati:
📍Urganch shahri Baynalminalchi ko‘chasi 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 62 229-19-96.

☎️ Ishonch telefonlari: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

Maslahat olish uchun: consalting.labormigration.uz

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tulada ko'p qavatli binodan yiqilib, tan jarohati olgan yurtdoshimizni Vatanga qaytishida ko'maklashildi

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇺🇿🇯🇵O‘zbekiston - Yaponiya mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik davom etadi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.Qo‘chqorov boshchiligidagi delegatsiyadan iborat ishchi guruh Yaponiyada bo'lib turganligi xabar qilingan edi.

Bugun ishchi guruh JICAning Tokiodagi bosh ofisida uchrashuv o’tkazdi. Muzokaralar davomida Yaponiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun yapon tili o‘quv kurslarini keskin oshirish ehtiyojidan kelib chiqib, yapon tili mutaxassislarini O‘zbekistonga jalb etish hamda o‘qitish jarayonlarini zamonaviy o‘quv uslublarda olib borish masalalari muhokama etldi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda JICA tashabbusi bilan “Yaponiyada bandlik imkoniyatlaridan foydalangan holda O‘zbekistonning sanoat sohasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolandi.

Ma'lumot o'rnida mazkur loyiha 3 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, unga ko‘ra:

- o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining barcha toifalariga (yuqori malakali mutaxassis (HSP), muhandis/gumanitar fanlar/xalqaro xizmatlar (ESI), talaba, malakali sanoat ishchisi (SSV) va texnik stajyor (TIT) Yaponiyada ishga joylashtirishda ko‘maklashish;

- Yaponiyada qishloq xo‘jaligi, keksalarni parvarishlash, mehmonxona xo‘jaligi, umumiy ovqatlanish sohalarida ishlash tartib qoidalari to‘g‘risida maʼlumotlarni aks ettiruvchi veb-portal joriy qilish. Unda Yaponiyadagi potensial ish beruvchilar uchun O‘zbekistonning mehnat salohiyati, fuqarolarni mehnat migratsiyasiga tashkiliy, qonuniy va xavfsiz jo‘natish uchun yaratilgan tizim haqida maʼlumotlar joylashtiriladi;

- Yapon tili va kasbga o‘qitish kurslarini zamonaviy uslubiy qo‘llanmalar bilan jihozlashga ko‘maklashiladi
.

Kanalga obuna bo'lish
/channel/migratsiyaagentligi

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Hududlarda_tanlov

Hududlarda tanlovlar davom etmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan va Buxoro viloyatlari filiallarida Rossiya Federatsiyasining "Мерос", "ГИДРОСТРОЙ", "СК-ПРОФИЛЬ" va "ПЭК" tashkilotlari vakillari tomonidan xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tanlov o‘tkazildi.

💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “GLOBOGATE Concept AG.” tashkiloti hamkorligidagi loyiha doirasida bir guruh yurtdoshimiz tibbiyot sohasida ishlash uchun Germaniyaga jo‘nab ketdi

📺Tafsilotlar "Sevimli" telekanalida

🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring

💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari Angliyadagi qishloq xo'jaligi fermalarida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz holidan xabar oldi

🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring

💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🪩Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

O‘zbekiston - Buyuk Britaniya: mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ishchi guruhi Buyuk Britaniyaning odam savdosiga qarshi kurashish hamda mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish jamiyati, Shotlandiya hukumati va Mehnat vazirligi mutasaddilari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida mazkur hududda ishlayotgan fuqarolarimiz haq-huquqlarini himoya qilish hamda Shotlandiya hududiga qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarga keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ishtirokchilar Agentlik faoliyati, kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish, fuqarolarni xorijga ketishdan oldin ko‘niktirish va moslashtirish jarayonlarini tashkillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Live

✈️ 27-iyul. Toshkent xalqaro aeroporti

Yaponiya ish beruvchilari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan navbatdagi 2 nafar yurtdoshimiz qurilish sohasida ishlash uchun ushbu davlatga jo'nab ketmoqda.

🕊Kanalga obuna bo'lish
/channel/migratsiyaagentligi

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Toshkent viloyatida Buyuk Britaniyada ishlash istagidagi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari va Buyuk Britaniyada qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash maqsadida ish beruvchi tanlovida ishtirok etgan bir guruh fuqaro ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda ish beruvchi tomonidan tanlangan nomzodlarning bugungi kunga qadar Buyuk Britaniyaga ishga ketmagani sabablari tushuntirilib, zarur tavsiyalar berildi. Fuqarolarga Yevropaning boshqa davlatlaridagi bo'sh ish o'rinlari taklif etildi.

Shu bilan birga, fuqarolarga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan ushbu masala yuzasidan Buyuk Britaniya tomoni bilan muzokaralar olib borilyotgani va natijasi haqida qo‘shimcha maʼlumot taqdim etilishi tushuntirildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇺🇿🇯🇵 O‘zbekiston - Yaponiya mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.Qo‘chqorov boshchiligidagi delegatsiyadan iborat ishchi guruh Yaponiyada bo'lib turibdi.

Ishchi guruh Yaponiyaning Nagoya shahrida “O‘zbekistonda tadbirkorlik qilish uchun yaratilgan mavjud imkoniyatlar” va “O‘zbekistonning mehnat migrantlarini Yaponiyaning iqtisodiyotiga integratsiyasidagi amaliyot va potensiali” shiori ostida biznes forum o‘tkazdi.

Yaponiyalik 42 ta ish beruvchilar va 19 ta rekruting agentliklari ishtirok etgan mazkur forumda “O‘zbekistondagi xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi bo‘yicha mavjud tizim hamda Yaponiya bilan hamkorlikni yanada kengaytirish” mavzusida taqdimot namoyish etildi. Shuningdek, tadbir davomida yapon tadbirkorlari bilan sohaga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.

✔️Forum yakunida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va 4 ta yapon rekruting kompaniyalari o'rtasida O‘zbekistonlik fuqarolarni Yaponiya korxonalariga ishga jalb etish bo‘yicha hamkorlik memorandumlari imzolandi.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🪩Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Koreya Respublikasi ish beruvchilari tomonidan navbatdagi viza tasdiqnomalari berilgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasi ish beruvchilari tomonidan navbatdagi viza tasdiqnomalari berilgan, ammo tegishli hujjaatlarni bugungi kunga qadar Tashqi mehnat migtratsiyasi agentligiga olib kelmagan fuqarolar zudlik bilan taqdim etishi so‘raladi.

👉 Viza tasdiqnomasi berilgan fuqarolar ro‘yxati

☎️ Murojaat uchun: +998 71 202-33-55 (ichki raqam: 41, 42)

📍 Manzil: lokatsiya

🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring

💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🪩Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Koreya Respublikasi ish beruvchilari tomonidan navbatdagi viza tasdiqnomalari berilgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasi ish beruvchilari tomonidan navbatdagi viza tasdiqnomalari berilgan, ammo tegishli hujjaatlarni bugungi kunga qadar Tashqi mehnat migtratsiyasi agentligiga olib kelmagan fuqarolar zudlik bilan taqdim etishi so‘raladi.

👉 Viza tasdiqnomasi berilgan fuqarolar ro‘yxati

☎️ Murojaat uchun: +998 71 202-33-55 (ichki raqam: 41, 42)

📍 Manzil: lokatsiya

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

XORIJDA ISHLAYOTGANLAR QIYIN AHVOLDA QOLSA NIMA QILISH KERAK?

21-iyul kuni soat 16:00 da
xorijda ishlash davrida qiyin vaziyatda qolgan fuqarolar uchun mavjud imkoniyatlar yuzasidan onlayn muloqot tashkil etiladi.

Muloqotni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining quyidagi kanallari orqali jonli kuzatish mumkin:

👉 Тelegram
👉 Facebook
👉 Youtube

Ushbu mavzu yuzasidan savollarni quyidagi manzilga jo‘natishingiz mumkin: @migratsiya_savol

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇩🇪 Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan hamshiralar diqqatiga!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveytsariyaning “GLOBOGATE Concept AG.” tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniyaga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.

Ushbu dastur doirasida "Uniklinik RWTH Aachen" shifoxonasi umumiy hamshiralik yo'nalishiga qabul e'lon qiladi.

Nomzodlar uchun talablar:
Umumiy hamshiralik uchun
– shifoxonada (stomatologiya, oʻqituvchilik, dorishunoslik, administrator va lor sohasida shugʻullangan nomzodlar qabul qilinmaydi) kamida 2 yillik tajriba;
✅ 39 yoshgacha;
✅ sudlanmagan;
✅ jismonan sogʻlom;
✅ tibbiyot kollejini tamomlagan (faqat 3 yillik diplom yoki OMX);
✅ bemorlarga gʻamxoʻrlik qilish qobiliyati;
✅ Angren va Toshkent shaharlarida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida oʻqish (dasturda 2 bosqichli tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar ishtirok etadi);
✅ nemis tili kursi davomida ish yoki o'qish faoliyati bilan shugʻullanmaslik;
✅ Toshkent shahridagi Gyote Instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtish;

Nomzodlarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:
📌 Suhbatdan o'tgan nomzodlar uchun ish joylari darhol beriladi va ish beruvchilar bilan ishlash uchun shartnoma tuziladi;
📌 Angren va Toshkent shaharlarida bepul turar joy;
📌 oʻquv xonasi;
📌 oylik stipendiya (6 oy).

Shuningdek, “GLOBOGATE Concept AG.” quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:
📚 nemis tili oʻqituvchisi va oʻquv materiallari;
📌 til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote Institutida imtihon topshirish (B2 darajasini olish) hamda ECL, TECL sertifikatlari qabul qilinadi;
📌 hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
📌 oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
🛫 Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;
💶 mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 450 € dan boshlanadi, nafaqa, sugʻurta, taʼtil) va butun jarayon davomida doimiy qoʻllab-quvvatlash.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun 1
👉 Ro'yxatdan o'tish uchun 2

👉 Batafsil ma’lumot olish 1
👉 Batafsil ma'lumot olish 2

☎️ Murojaat uchun: +998 90 998-18-60

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Eslatma

Koreya Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida joriy yil 7-19-iyun kunlari imtihonlarda ishtirok etgan nomzodlar diqqatiga!

Inson resurslarini rivojlantirish xizmati ma'lumotlariga ko'ra, 4661 nafar talabgor ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shulardan 4066 nafari test imtihonlarida qatnashgan.

Testda 40 balldan yuqori natija qo'lga kiritgan 1771 nafar nomzod shu kunning o‘zida malaka imtihonida (skill) ishtirok etib, ularning 1353 nafari muvaffaqiyatli o‘tgan. 51 nafar fuqaroda ko‘rish nuqsoni borligi va 367 nafar fuqaroning yetarli ball to‘play olmagani aniqlangan.

Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan xizmat ko‘rsatish sohasi uchun o‘tish balli 45 ball etib belgilandi.

👉 Imtihondan o‘tgan nomzodlar ro‘yxati

👉 Anketani yuklab olish

Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida imtihondan o‘tgan nomzodlardan anketa maʼlumotlarini faqat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga taqdim etishlarini so‘raymiz.

👉 Hududiy filiallar manzillari

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev va Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vaziri Li Jung Sik o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

📺 Tafsilotlar “O‘zbekiston 24” telekanalida

🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring

💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🪩Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijdagi vakolatxonalari:

🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

Moskva:
📍Manzil: Moskva shahri 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2 (Metro Polyanka).
☎️ +7 (925) 045-47-44.

Sankt-Peterburg:
📍Manzil: Sankt-Peterburg shahri, 4-Krasnoarmeyskaya ko‘chasi, 4A-uy. O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi binosi.
☎️ +7 (951) 680-95-97.

Yekaterinburg:
📍Manzil: Yekaterinburg shahri, Karl Libknext ko‘chasi 22-uy.
☎️ +7 (925) 950-89-77, +7 (922) 186-35-66.

Novosibirsk:
📍Manzil: Novosibirsk shahri, Semi Shamshinix ko‘chasi, 30-uy.
☎️ +7 (953) 862-00-07.

Samara:
📍Manzil: Samara shahri, Novo-Sadovaya ko‘chasi, 3-uy.
☎️ +7 (925) 750-87-57, +7 (927) 011-89-59

Ufa:
📍Manzil: Ufa shahri, Verxnetorgovaya maydoni ko‘chasi, 4-uy, 516-ofis.
☎️ +7 (925) 373-97-65, +7 (347) 216-33-43.

Voronej:
📍Manzil: Voronej shahri, Krasnoznamyonnaya ko‘chasi, 15-uy.
☎️ +7 (906) 030-16-89.

Tula:
📍Manzil: Tula shahri, Mixeeva ko‘chasi 17-uy, 14-xona.
☎️ +7 (936) 251-76-21.

Krasnodar:
📍Manzil: Krasnodar shahri, Sezar Kunikov ko‘chasi, 18-6-4
☎️ +7 (999) 553-88-19.

Volgograd:
📍Manzil: Volgograd shahri, Kalinin ko‘chasi, 2a-uy.
☎️ +7 (999) 553-44-03.

Nijniy Novgorod:
📍Manzil: Nijniy Novgorod shahri, Maksim Gorkiy ko‘chasi, 260-uy, 16-xona.
☎️ +7 (996) 567-56-98

Xanti-Mansiysk:
📍Manzil: Nijnevartovsk shahri, Mira ko‘chasi 14P-uy.
☎️ +7 (964) 631-03-00, +7 (346) 631-00-15

Irkutsk:
📍Manzil: Irkutsk shahri, Sovetskaya ko‘chasi, 124 V-uy
☎️ +7 (964) 755-02-02, +7 (915) 332-33-05.

Amur:
📍Manzil: Blagoveshensk shahri, Gorkiy ko‘chasi 87-uy
☎️ +7 (925) 657-67-18

Krasnoyarsk:
📍Manzil: Krasnoyarsk shahri, Baturina ko‘chasi, 7-uy.
☎️ +7 (926) 379-44-22

Perm:
📍Manzil: Perm shahri, Revolyutsiya ko‘chasi, 5/1-uy, 106-ofis.
☎️ +7 (925) 884-01-01, +7 (982) 231-69-49

🇰🇷 Koreya Respublikasi

Kvangju:
📍Manzil: 광주광역시 광산구 사암로 359 (월곡동) (3 층)
359, Saam-roo, Kvansan-gu, Kvangju (Volgok-dong) (3-qavat)
☎️ 070-4252-2772, 062-962-0201, 062-962-0205 (faks).
E-mail: migrationuzkr@gmail.com

🇹🇷 Turkiya Respublikasi

Istanbul:
📍Manzil: Levent Mah. Levent Cad. Lale Sk. No8 Beşiktaş, İstanbul, Türkiye.
☎️ (+90212) 229-00-75, 323-20-37, (+90507) 477-53-17, (+90212) 323-20-40 (faks), +998 90 019-00-77 (telegram).
E-mail: abd68_68@mail.ru

🇰🇿 Qozog‘iston Respublikasi

📍Manzil: Chimkent shahri, Beybitshilik ko‘chasi 64-uy,
☎️ +77053123670, +77172954587.

☎️ Agentlik ishonch telefonlari: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

Maslahat olish uchun: consalting.labormigration.uz

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

‼️ Firibgarlik va odam savdosi qurboniga aylanib qolmang!

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Germaniyaning "CBZ München GmbH" tashkiloti vakillari Toshkent transport universitetida uchrashuv o'tkazdi

Toshkent transport universiteti o'qituvchi va talabalari hamda Germaniyaning "CBZ München GmbH" tashkiloti vakillari o'rtasida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Germaniyaning "John Deere" agrar texnikalarini ishlab chiqarish zavodi faoliyati bilan tanishtirildi.

✔️ Kelgusida ushbu zavodda ishlash istagini bildirgan mutaxassislarga ish beruvchi talablari haqida ma'lumot berildi.

🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring

💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi sohasida so‘nggi yillarda qanday islohotlar amalga oshirilmoqda?

👉 Batafsil O‘zAda

💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Moskvadagi “Esta-Construction”, “СПМК-Констракшн”, Permdagi “Эконис”, “Заостровка” korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz hamda ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqiramiz!

So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida Internet orqali katta pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish haqidagi eʼlonlar bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda.

Murojaatlardan maʼlum bo‘lmoqdaki, norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇺🇿🇯🇵O‘zbekiston - Yaponiya mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik davom etadi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.Qo‘chqorov boshchiligidagi delegatsiyadan iborat ishchi guruh Yaponiyada bo'lib turganligi xabar qilingan edi.

Ishchi guruh Yaponiyaning "Shimizu corporation" kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki davlat o'rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish, O'zbekiston fuqarolarini Yaponiyaga ishga jalb qilish, migrantlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

✔️Shuningdek, hozirda "Shimizu corporation" qurilish kompaniyasida mehnat qilayotgan 25 nafar yurtdoshimiz bilan muloqot o'tkazildi. Suhbat davomida hamyurtlarimizga Yaponiyadagi mehnat migratsiyasi tizimi bo'yicha ma'lumotlar hamda ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring

💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🪩Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev va Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vaziri Li Jung Sik o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

📺 Tafsilotlar “O‘zbekiston 24” telekanalida

🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring

💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🪩Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

“Munosabat” ko‘rsatuvining mehnat migratsiyasi, odam savdosi va majburiy mehnat masalalariga bag‘ishlangan soni efirga uzatildi

📺 Ko‘rsatuvni to‘liq tomosha qilish

🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring

💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🪩Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

O‘zbekiston - Buyuk Britaniya: mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ishchi guruhi Xalqaro migratsiya tashkiloti va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyadagi qishloq xo‘jaligi fermalarida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarining yashash va ish sharoitlari bilan tanishdi.

Fermalar rahbariyati va mehnat migrantlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ularning fikr-mulohazalari tinglandi.

Yurtdoshlarimizga viza tartibiga hamda shartnoma shartlariga qat’iy rioya qilish, qonuniy mehnat migratsiyasi faoliyatini amalga oshirish muhimligi eslatib o‘tildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Xorijiy tillar va kasblarni o‘rganishni istaysizmi?

Xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida respublikaning barcha hududlarida chet tillari va kasblarga o‘qitish kurslari tashkil etilmoqda.

☎️Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Jizzaxda ham Litvada ishlash istagidagi fuqarolar uchun tanlov o‘tkazildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Jizzax viloyati filialida Litvaning “Eurodas” korxonasi vakillari tomonidan onlayn tanlov o‘tkazildi.

Tanlovda korxona vakili fuqarolarga ish sharoitlari, oylik maoshi to‘g‘risida to‘liq maʼlumot berdi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Litvada ishlash istagidagi fuqarolar uchun tanlov bo‘lib o‘tdi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Farg'ona viloyati filiallarida Litvaning “Eurodas” korxonasi vakillari tomonidan ushbu korxonada ishlash istagida 28-29 mart kunlari berilgan eʼlon bo‘yicha onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun tanlov o‘tkazildi.

Tanlovda korxona vakili fuqarolarga ish sharoitlari, oylik maoshi to‘g‘risida to‘liq maʼlumot berdi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Koreya Mehnat vazirligining hududiy boshqarmalari bilan aloqalarni mustahkamlash, yurtdoshlarimizni ushbu davlatga ishga jalb qilish borasida muzokaralar o'kazilmoqda.

Xususan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi hamda Mehnat vazirligining Ulsan shahridagi boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda O'zbekiston fuqarolarini mehnat salohiyati keng targ'ib qilinib, hozirgi kunda Ulsan okrugida joylashgan turli sanoat korxonalaridagi mavjud bo'sh ish o'rinlariga o'zbekistonlik ishchilarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, hozirgi kunda fuqarolarimizning oylik ish haqi bilan bog'liq muammoli vaziyatlar o'rtaga tashlanib, qonuniy hal qilish masalalari ko'tarildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel