🇩🇪 Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “GLOBOGATE Concept AG.” tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.
Nomzodlar uchun talablar:
Umumiy hamshiralik uchun – shifoxonaning turli boʻlimlarida kamida 2 yillik tajribaga ega hamshiralar (faqat bemorlarni parvarishlagan) boʻlishi;
✔️ 39 yoshdan oshmagan boʻlishi;
✔️ shifoxonada ish tajribasiga ega boʻlishi (stomatolog, oʻqituvchilik va dorishunoslik, ginekologiya, shoshilinch tez tibbiy yordam, pediatriya, poliklinika-patronaj, akusherlik sohasida shugʻullangan nomzodlar qabul qilinmaydi);
✔️ sudlanmagan boʻlishi;
✔️ jismonan sogʻlom boʻlishi;
✔️ tibbiyot kolleji (faqat 3 yillik diplom yoki OMX) tamomlagan boʻlishi;
✔️ bemorlarga gʻamxoʻrlik qilish qobiliyatiga ega boʻlishi;
✔️ Angren shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida oʻqish (2 bosqichli tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);
✔️ nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shugʻullanmasligi;
✔️ Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtishi;
Loyihada ishtirok etish istagida boʻlgan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:
📌 Angren shahrida bepul turar joy;
📌 oʻquv xonasi;
📌 oylik stipendiya (6 oy).
Shuningdek, “GLOBOGATE Concept AG.” quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:
📚 nemis tili oʻqituvchisi va oʻquv materiallari;
📌 til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
📌 hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
📌 oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
🛫 Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;
💶 mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 450 € dan boshlanadi, nafaqa, sugʻurta, taʼtil) va butun jarayon davomida doimiy qoʻllab-quvvatlash.
📝 Ro‘yxatdan o‘tish uchun
👉 Batafsil ma’lumot olish
☎️ Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqam 66) +99895 844-00-50 yoki 1282 qisqa raqami.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
#Eslatma
ONE IDdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqo'llanma
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
🔔E'lon
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Isroilga uyda parvarishlash ishlariga taklif etadi!
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
🛫Farg'ona xalqaro aeroportidan 50 nafar fuqaro "ПСП" korxonasiga ishlash uchun yuborildi
📺 Jarayon “Farg‘ona” telekanalida
🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
Xorijda ishlash istagidagi fuqarolar aldanib qolmaslik uchun nimalarga eʼtibor berish kerak❓
Ushbu savolga javobni “Yoshlar” radiokanalining "Yoshlar bilan" eshittirishda tinglang.
🎙Radiosuhbatni to‘liq tinglash
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
Rossiya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar davom etadi
Agentlikning Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi xodimlari Sankt-Peterburgdagi “ARNI” tibbiyot tashkilotida ishlayotgan yurtdoshlarimiz ish sharoitlari bilan tanishdi.
Ma'lumot uchun: hozirda ushbu tashkilotda bemorlarni parvarish qilish, tibbiyot jihozlarini va xonalarni tozalash kabi turli yoʻnalishlarda 200 nafardan ortiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.
Shuningdek, Rossiyaning boshqa hududlarida o’zbekistonlik fuqarolarni huquqiy, ijtimoiy va moddiy qo’llab-quvvatlash ishlari ham davom etmoqda.
👉Batafsil
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik migrant yong‘in ichida qolgan ayolni qutqardi
Janubiy Koreyaning Yangsan shahrida keksa er-xotin tomonidan boshqariladigan oshxonada kuchli yong‘in yuz bergan.
Tez yoyilgan yong‘in ichida qolib ketgan 69 yoshli ayolni qo‘shni xonadonda yashovchi 40 yoshli O‘zbekiston fuqarosi yong‘in ichiga kirib, qutqarib chiqqan.
Keksa ayol 2-darajali kuyish jarohati bilan, uning 70 yoshli eri esa olgan jarohatlari sababli kasalxonada davolanmoqda. Ayolni qutqargan o‘zbekistonlik esa shisha sinig‘idan jarohat olgan va voqea joyida unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
🔔E'lon
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Isroilga uyda parvarishlash ishlariga taklif etadi!
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
🇩🇪 Germaniyaga yuk avtomobili haydovchilari ishga taklif etiladi
Nomzodlar uchun talablar:
📍CE toifadagi haydovchilik guvohnomasi;
📍nemis tili bo‘yicha kamida B1 darajasi (Gyote instituti yoki ECL sertifikati);
📍18-45 yosh;
📍Yevropa Ittifoqi haydovchilik guvohnomasini olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun qayta tayyorlash kurslarida o‘qish va 95-kodli sertifikatini olishga tayyorgarlik (davomiyligi 6-8 oy);
📍Germaniyada qayta tayyorlash kurslaridan so‘ng kamida 3 yil “Duvenbeck Kraftverkehr GmbH” shirkatida ishlash.
Quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:
📍O‘zbekistonda hujjat ishlarida ko‘mak;
📍Germaniyaga borish xarajatlari;
📍doimiy mehnat shartnomasi;
📍qayta tayyorlash davridagi turar joy xarajatlari hamda ish haqi (3-bosqichli amaliyot davridagi oylik 1060 yevro (Brutto);
📍qayta tayyorlashdan so‘ng 2580 yevro (Brutto) hamda 500 yevrogacha (Netto) soliqsiz qo‘shimcha haq;
📍har yili 27 kunlik taʼtil.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlar:
✅ Xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
✅ Nemis tilidan sertifikat (B1 daraja, pdf shaklda);
✅ Nemis tilidagi tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).
✅ Haydovchilik guvohnomasi (pdf shaklda)
Ro'yxatdan o'tish
☎️ 1282 (qisqa raqam), +998 71 202-33-55.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
🛫🇰🇷
Navbatdagi guruh E-9 vizasi asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Koreya Respublikasiga jo'nab ketdi.
🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
#Dayjest
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati hamda sohaga oid eng so‘nggi va muhim xabarlar
🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
📆18-sentabr. Farg'ona viloyati
🇩🇪 Germaniya
✔️Tanlov: turizm sohasida
Ayni paytda Fargʻona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda "ConsultingUz" tashkiloti hamkorligida Germaniyaning "EUROPA-PARK GmbH" kompaniyasida mehmonxona, restoran, oshxona sohalarida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar bilan suhbat o'tkazilmoqda.
✔️Nomzodlar ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan kasbiy malaka va til bilish darajasiga ko‘ra tanlab olinadi.
🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
🛫🇰🇷E-9 vizasi asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida navbatdagi guruh Koreya Respublikasiga jo'nab ketdi.
🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
🔔2023-yil 13-apreldan 5-iyungacha bo'lib o'tgan EPS-Topik testidan hamda 12-16-avgust kunlari bo'lib o'tgan malaka imtihonidan (skill test) muvaffaqiyatli o'tgan fuqarolar diqqatiga!
🇰🇷Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan o'rnatilgan tartibga asosan imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlarning Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga taqdim etayotgan anketa ma’lumotlarini SPAS elektron bazasiga kiritish ishlari 16-oktabrga qadar yakunlanishini ma'lum qilamiz.
📝Hozirda anketa ma’lumotlarini bazaga to'g'ri va sifatli kiritish ishlari olib borilmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
#Hududlarda_tanlov
📆21-sentabr
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari hududiy filiallarida Rossiya Federatsiyasining "ПСП", "Камаз" hamda "Энкорп" kompaniyalari vakillari tomonidan xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tanlov o‘tkazildi.
✔️ Rossiya Federatsiyasiga ishga jalb qilish bo‘yicha nomzodlar kasbiy malaka va til bilish darajasiga ko‘ra suhbat asosida tanlab olindi.
🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
#Migrantlar_bilan_muloqot
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Qozog‘istondagi vakili Chimkent va Turkistondagi, Rossiyadagi vakolatxonasi xodimlari esa Sankt-Peterburgdagi "Курьерская служба" tashkilotida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashdi.
Shuningdek, Irkutskda qiyn ahvolda qolgan fuqaroning Vatanga qaytarilishida amaliy yordam ko‘rsatildi
👉 Batafsil
🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
🇱🇹Litvaga yuk avtomobili haydovchilari ishga taklif etiladi!
Ish turi: "СЕ" toifali guvohnomaga ega yuk avtomobili haydovchisi.
Ish haqi: kuniga 77 € dan boshlanadi (netto - soliqlar ushlangandan keyin).
✔️ Sug'urta ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.
Nomzodlar uchun talablar:
✅ 21-50 yoshdagi erkaklar;
✅ rus tilini bilishi;
✅ "CE" haydovchilik guvohnomasi;
✅ sudlanmaganlik;
✅ kamida 1 yillik tajriba;
✅ O'zbekistondan chiqishga taqiq bo'lmasligi;
✅ Taxograf CHIP-kartasi va ADR borlarga ustunlik beriladi.
👉 Ro'yxatdan o'tish
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 yoki 1282 qisqa raqami.
🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
Nijnevartovsk shahrida ishlayotgan yurtdoshlarimiz uchun bayram tadbiri tashkil etildi
📺Tafsilotlar “Farg‘ona” telekanalida
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
🔔🔔🔔
Isroilda qariyalarni parvarishlash sohasida ishlamoqchi bo’lgan fuqarolar diqqatiga!
✔️Yurtimizdagi barcha hududiy "Ishga marhamat" monomarkazlarida fuqarolar uchun o'quv jarayonlari davom etmoqda.
☎️ 71 207-69-00 (114, 115)
Manzil: Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko'chasi 331-uy.
📍Lokatsiya
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
🔔E'lon
🇩🇪 Germaniyaga quyidagi sohalarda ishga taklif etiladi:
➡️ payvandchi;
➡️ muhandis-mexanik;
➡️ sanoat mexanigi;
➡️ mexatronika muhandisi;
➡️ ombor logistikasi;
➡️ metal texnologiyasi muhandisi.
✔️Nomzodlar uchun imkoniyatlar:
💶 Oylik maosh 2 420 € dan boshlanadi;
✔️ O‘zbekistondan Germaniyaga aviachipta va transfer ish beruvchi hisobidan;
✔️ arzonlashtirilgan yashash joy topishga ko‘maklashiladi;
🧭 haftasiga 40 soat ish.
❗️Nomzodlar uchun talablar:
- 45 yoshgacha;
- Nemis tilidan Gyote yoki ECL dan olingan A2 sertifikat (A1 sertifikatiga ega nomzodlar ham ro’yxatdan o’tib, tanlab olinib, viza olinishiga qadar A2 sertifikat taqdim etishi lozim);
- Sanoat mexanigi, mexatronika texnigi, metal texnologiyasi bo‘yicha mutaxassis, maxsus ombor xodimi, qishloq xo‘jaligi va texnikasi mexanigi/mexatronika texnika kabi sohalarda kasbiy ta’lim va o‘rta maxsus taʼlim diplomi;
- Avtomobilsozlik, mashinasozlik, agrar xo‘jaligi mashinasozligi texnik yo‘nalishida bakalavr diplomi;
- Sohada kamida bir yillik tajriba;
- Sudlanmagan;
- Jismonan sog‘lom.
❗️Eslatma: Qishloq xo‘jaligi yoki qurilish texnikasi sanoati va sanoat logistikasi hamda gidravlika yoki elektron komponentlarni yig‘ish, forkliftlarni (stapler) haydash tajribasiga ega nomzodlar uchun ustunlik beriladi.
📝Nomzodlar quyidagi hujjatlarni yuklagan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:
✔️Xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
✔️Kollej, texnikum yoki bakalavr diplomi (pdf shaklda);
✔️Nemis tilini bilish sertifikati (pdf shaklda);
✔️Sudlanmaganlik tog‘risida tasdiqnoma (pdf shaklda);
✔️Tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).
👉 Ro‘yxatdan o‘tish
☎️ +998 71 202-33-55
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
🇺🇿🇱🇹O‘zbekiston – Litva: mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Litva davlati ish beruvchi va rekruting tashkiloti vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni ushbu davlatga qurilish va boshqa sohalarga tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish masalalari muhokama etildi.
✔️Shuningdek, uchrashuv yakunida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Litva davlati ish beruvchi va rekruting tashkiloti o‘rtasida hamkorlik kelishuvlari imzolandi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
📆19-sentabr
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi
✔️Tanlov: qurilish va mashinasozlik sohasida
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Toshkent, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Andijon hamda Namangan viloyatlari hududiy filiallarida Rossiya Federatsiyasining "ЭНКОРП", "АвтоВаз" va "СТРОЙ ТЕХ 2020" kompaniyalari vakillari tomonidan xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tanlov o‘tkazildi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
🇩🇪 Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “GLOBOGATE Concept AG.” tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.
Nomzodlar uchun talablar:
Umumiy hamshiralik uchun – shifoxonaning turli boʻlimlarida kamida 2 yillik tajribaga ega hamshiralar (faqat bemorlarni parvarishlagan) boʻlishi;
✔️ 39 yoshdan oshmagan boʻlishi;
✔️ shifoxonada ish tajribasiga ega boʻlishi (stomatolog, oʻqituvchilik va dorishunoslik, ginekologiya, shoshilinch tez tibbiy yordam, pediatriya, poliklinika-patronaj, akusherlik sohasida shugʻullangan nomzodlar qabul qilinmaydi);
✔️ sudlanmagan boʻlishi;
✔️ jismonan sogʻlom boʻlishi;
✔️ tibbiyot kolleji (faqat 3 yillik diplom yoki OMX) tamomlagan boʻlishi;
✔️ bemorlarga gʻamxoʻrlik qilish qobiliyatiga ega boʻlishi;
✔️ Angren shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida oʻqish (2 bosqichli tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);
✔️ nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shugʻullanmasligi;
✔️ Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtishi;
Loyihada ishtirok etish istagida boʻlgan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:
📌 Angren shahrida bepul turar joy;
📌 oʻquv xonasi;
📌 oylik stipendiya (6 oy).
Shuningdek, “GLOBOGATE Concept AG.” quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:
📚 nemis tili oʻqituvchisi va oʻquv materiallari;
📌 til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
📌 hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
📌 oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
🛫 Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;
💶 mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 450 € dan boshlanadi, nafaqa, sugʻurta, taʼtil) va butun jarayon davomida doimiy qoʻllab-quvvatlash.
📝 Ro‘yxatdan o‘tish uchun
👉 Batafsil ma’lumot olish
☎️ Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqam 66) +99895 844-00-50 yoki 1282 qisqa raqami.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
🛫Navbatdagi guruh "АвтоВАЗ" hamda "СТРОЙ ТЕХ 2020" yirik qurilish kompaniyasiga ishga jo’natildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Namangan viloyati hududiy filialida Rossiya Federatsiyasining yuqoridagi kompaniyalari vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolar mazkur davlatga tashkiliy tartibda ishga yuborildi.
🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring
💬Telegram | 📱Facebook 📺 Youtube |📱 Instagram | 🕊Twitter |🪩Veb-sayt
🇰🇷Janubiy Koreyada ishlab, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar diqqatiga!
📆Koreya Respublikasida shartnoma asosida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli tugatib, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar o‘rtasida tashkil etiladigan maxsus testda ishtirok etish maqsadida 2023-yil 21-25 avgust kunlari kunlari ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun maxsus EPS-Topik testi 25-27 sentabr kunlari rejalashtirilmoqda.
📍Imtihon manzili: Toshkent shahri Yangihayot tumani Lutfikor ko‘cha 33-uy.
👉 41.2076081,69.2118158,18z/data=!4m5!3m4!1s0x0:0xaad8e090ff9ffb6c!8m2!3d41.207713!4d69.212878">Lokatsiya
📝 Nomzodlar ro‘yxati
Imtihonga kirishda talab etiladigan hujjatlar va maʼlumotlar:
1. xorijga chiqish pasporti;
2. 3,5 x 4,5 hajmdagi oq fonli, sifatli rangli surat (2 dona).
❗️Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar:
1. Belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish lozim.
2. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan, belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi.
3. HRD shartlariga ko‘ra, takror yoki qayta apellyatsiya maxsus testi o‘tkazilmaydi.
4. Imtihonda elektron vositalaridan (mobil telefon, elektron soat, shpargalka va h.k.) foydalanish qat'iyan man etiladi.
5. HRD talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzodning natijalari bekor qilinadi va keyingi testlarda qatnashishi uchun 2 yil muddatga cheklov qo‘yiladi.
❗️Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarni Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi.
📞 Murojaat uchun: 71 202-33-55 yoki 1282 qisqa raqami