migratsiyaagentligi | Unsorted

Telegram-канал migratsiyaagentligi - Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

37919

Ташқи меҳнат миграцияси агентлигининг расмий Telegram-канали Мурожаат учун: 71 202 33 55, 71 200 00 61 ёки 1282

Subscribe to a channel

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇬🇧 Buyuk Britaniyada oziq-ovqat ishlab chiqarish sohasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Ish turi:
go'sht mahsulotlari bo'yicha sifat nazorati xodimi.

Ish haqi: yiliga 26 200 £ dan boshlanadi.

Ish muddati: 1 yildan 5 yilgacha.

Nomzodlarga talablar:

📍 ingliz tilini bilish (IELTS 5);
📍 rezyume (ingliz tilida) va fotosurat (3x4);
📍 xorijga chiqish pasport nusxasi;
📍 ish tajribasini tasdiqlash (sertifikat, diplom, mehnat daftarcha);
📍 sudlanmaganlik.

👉 Vakansiya haqida qo‘shimcha maʼlumot

❗️Barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan qoplanadi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

📍Qashqadaryo viloyati

Qarshi davlat universiteti hamda Nuriston akademik litseyida Yevropa davlatlarida ishlash istagida bo'lgan yoshlar uchun targ'ibot tadbirlari o'tkazildi

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Koreyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamkorligida shu kunlarda ishchi guruh Koreya Respublikasida bo‘lib turgani haqida xabar berilgan edi.

Ishchi guruh aʼzolari Tejon, Pusan va Ulsan shaharlaridagi ishlab chiqarish korxonalari rahbariyati va mehnat migrantlari bilan uchrashuv o'tkazib, ularning ish va yashash sharoitlarini o‘rgandi.

Ish beruvchi mazkur korxonada mehnat qilayotgan o'zbekistonlik ishchilarning ish samaradorligi yuqoriligi, mehnat munosabatlarida intizomli hamda mas'uliyatli ekanligini e'tirof etdi.

Yurtdoshlarimizga qonuniy tartibda bir ish beruvchi bilan uzoq muddat mehnat faoliyatini olib borish kelgusida yurtimizdan ushbu davlatga ishchi vizasi asosida kirib kelishi kutilayotgan fuqarolar kvotasiga ijobiy ta'sir qilishi tushuntirildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Bir guruh yurtdoshlarimiz Amurda ishlash uchun jo'nab ketdi

Rossiya ish beruvchilari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh yurtdoshimiz "ПСП" korxonasida ishlash uchun ushbu davlatga jo‘nab ketdi.

Samarqand xalqaro aeroportida fuqarolar uchun targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Litvaning “Eurodas” kompaniyasida yuk avtomobili haydovchiligi sohasida ishlash istagidagi fuqarolar o'rtasida tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o'tgan bir guruh yurtdoshimiz ushbu davlatga jo'nab ketdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan Samarqand xalqaro aeroportida fuqarolar uchun targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Rossiya Federatsiyasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiyaning “KAMAZ” korxonasi o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga muvofiq, fuqarolar avtomobil sanoati yo‘nalishida ishga taklif etiladi.

Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.

⏱3-noyabr
Surxondaryo viloyati:
soat 11:00 da.
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63

Samarqand viloyati: soat 14:00 da.
📍Samarqand shahri, Ko‘k saroy maydoni, 1A-uy.
Kengashlar uyining 1-qavati.
☎️ (66) 233-24-00. (66) 233-53-0

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Germaniyada mehmonxona, restoran, mashinasozlik, qurilish hamda hamshiralik sohalarida ishlash va shu sohalarda Ausbildung orqali ish bilan ta'minlanish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun "ConsultingUz" tashkiloti mutaxassislari ishtirokida uchrashuv o'tkazildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇩🇪 Germaniyaga fuqarolar quyidagi sohalarga ish va Ausbildungga (dual ta'lim) taklif etiladi:

− mehmonxona xodimi;
− restoran xizmatchisi;
restoranda tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha mutaxassis;
− oshpaz va oshpaz yordamchisi.

✔️Nomzodlar uchun muhim ma'lumotlar:
💶 oylik maosh 1800€ (soliqlar ushlangandan keyin);
💶 stipendiya 930€ (Ausbildung uchun)
🚌 aeroportdan turar joygacha transfer xarajatlari ish beruvchi hisobidan;
🏚 arzonlashtirilgan yashash joy topishga ko'mak;
🕘 to'liq ish vaqti (haftasiga 40 soat);
⏳ sinov davri 1-4 oy.

❗️Nomzodlar uchun talablar:
🔸nemis tilidan B1 sertifikat (Gyote, ECL, ÖsD yoki TELC);
🔸turizm yoki mehmonxona yo'nalishi bo'yicha bakalavr diplomi (to'g'ridan to'g'ri ishga);
🔸Umumta'lim maktabi shaxodatnomasi (Ausbildung);
🔸18 yoshdan 30 yoshgacha;
🔸sog‘lom;
🔸sudlanmagan;
🔸tartibli, do'stona, xushmuomala bo‘lishi.

👉 Ro'yxatdan o'tish (to'g'ridan-to'g'ri ish)
👉 Ro'yxatdan o'tish (Ausbildung)

☎️ Murojaat uchun: 1282 (qisqa raqami).

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Turkiyadagi vakolatxonasi, mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida Istanbuldagi Kent universitetida o‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Oliy o‘quv yurti rahbariyati, ilmiy xodimlari, o‘zbekistonlik talabalar, o‘zbek diasporasi tashkiloti va vatandoshlar jamiyati vakillari ishtirok etgan tadbirda o‘zbek tilining ahamiyati, uni yana-da taraqqiy ettirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda vatandoshlarimiz tomonidan o‘zbek mumtoz qo‘shiqlari kuylandi, ishtirokchilarga osh tarqatildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijiy davlatlardagi bo‘sh ish o‘rinlari hamda mavjud loyihalar yuzasidan o‘rta tibbiyot xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shveysariyaning “GLOBOGATE Concept AG.” tashkiloti bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya klinikalarida ishga jalb qilish loyihalari bo‘yicha navbatdagi tadbir Xiva shahridagi tibbiyot muassasalari hamshiralari hamda tibbiyot texnikumi talabalari o‘rtasida o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga har bir loyiha bo‘yicha batafsil maʼlumotlar berildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇩🇪 Germaniyaga fuqarolar quyidagi sohalarga ish va Ausbildungga (dual ta'lim) taklif etiladi:

− mehmonxona xodimi;
− restoran xizmatchisi;
restoranda tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha mutaxassis;
− oshpaz va oshpaz yordamchisi.

✔️Nomzodlar uchun muhim ma'lumotlar:
💶 oylik maosh 1800€ (netto);
💶 stipendiya 930€ (Ausbildung uchun)
🚌 aeroportdan turar joygacha transfer xarajatlari ish beruvchi hisobidan;
🏚 arzonlashtirilgan yashash joy topishga ko'mak;
🕘 to'liq ish vaqti (haftasiga 40 soat);
⏳ sinov davri 1-4 oy.

❗️Nomzodlar uchun talablar:
🔸nemis tilidan B1 sertifikat (Gyote, ECL, ÖsD yoki TELC);
🔸turizm yoki mehmonxona yo'nalishi bo'yicha bakalavr diplomi(tog'ridan to'g'ri ishga);
🔸Umumta'lim maktabi shaxodatnomasi(Ausbildung)
🔸18 yoshdan 30 yoshgacha;
🔸sog‘lom;
🔸sudlanmagan;
🔸tartibli, do'stona, xushmuomala bo‘lishi.

👉 Ro'yxatdan o'tish (tog'ridan to'gi ish)
👉 Ro'yxatdan o'tish (Ausbildung)


Murojaat uchun: 1282 (qisqa raqami).

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Janubiy Koreyaning Cheju Halla universiteti bilan hamkorlikda Andijon davlat chet tillari institutida “Andijon Qirol Sejong" til markazi ochilish marosimi o'tkazildi

📺
Tafsilotlar "Andijon" telekanalida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Qashqadaryoda fuqarolarning murojaatlari hal etimoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i o'rinbosari U.Turabov boshchiligidagi ishchi guruh Qarshi shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida fuqarolar bilan sayyor qabul o'tkazdi.

Bugungi kunda mahallalarda mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar bandligini taʼminlash yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgani, ishsizlarga issiqxona qurish uchun subsidiya ajratish, hududlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirishda ko‘maklashish, tadbirkorligini boshlash istagida bo‘lganlarga imtiyozli kredit mablag‘lari ajratiliayotgani haqida ma'lumot berildi.

Sayyor qabulda ishtirok etgan 50 nafardan ziyod fuqaroni xorijiy davlatlarda qonuniy ish bilan taʼminlash masalalari yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Brifing

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan o'tgan 9 oy mobaynida qanday ishlar amalga oshirildi?

👉 Brifing tafsilotlari "O'zbekiston 24" telekanalida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

"Ockdong Co., Ltd" korxonasida ishlayotgan yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi

Koreya Respublikasining Inchon shahridagi "Ockdong Co., Ltd" metal mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasida mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreyadagi vakolatxonasi vakillari hamyurtlarimizning ish va yashash sharoitlari bilan tanishdi. Bugungi kunda ushbu tashkilotda ishlayotgan fuqarolarimiz ish beruvchi tomonidan ularning ishdagi mas'uliyati, ijoybiy xislatlari hamda mehnat intizomi alohida e'tirof etildi.

Muloqot davomida ularning yashash sharoitlari va tashkilot vakillari bilan mehnat munosabatlaridan mamnun ekani, oylik ish haqi o'z vaqtida berilib, dam olish vaqtlari to'g'ri yo'lga qo'yilgani ma'lum bo'ldi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Migrantlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

📍Tatariston Respublikasidagi “Тендер”, Krasnodardagi “Юг-Строй”, “Инсити”, Moskva viloyatidagi “МП-Групп”, Tuladagi “ПРОМЕТ СЕЗ”, Voronejdagi “Тортьяна” korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz hamda ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

📍Mehnat migrantlari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda migratsiya sohasida qabul qilinayotgan yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. Ularning yashash va ish sharoitlari o‘rganildi.

📍Sankt-Peterburgda qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarimizga yordam ko‘rsatildi. Ular Sankt-Peterburg – Farg’ona, Sankt-Peterburg – Toshkent aviareyslari orqali Vatanga qaytarildi. Nijnevartovskda murakkab vaziyatda qolgan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Rossiya Federatsiyasi hududida ishlayotgan yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqiramiz!

So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida Internet orqali katta pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish haqidagi eʼlonlar bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda.

Murojaatlardan maʼlum bo‘lmoqdaki, norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taʼqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

20 nafar yurtdoshimiz Rossiya Federatsiyasining “Юнион-Фуд” korxonasiga ishlash uchun jo‘nab ketdi

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Qoraqalpog‘iston Respublikasida xorijiy ish beruvchi vakillari bilan yoshlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

👉 Tafsilotlar "Yoshlar" telekanalida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

O'zbekiston – Germaniya: mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig'i J.Xidayxodjayev va Germaniyaning Sharqiy Turingiya Federal yeri Gera savdo-sanoat palatasi rahbari P.Hyone o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinib, mamlakatimiz mehnat bozori shuningdek, fuqarolarni xavfsiz, tartibli, qonuniy va tashkillashtirilgan holda mehnat migratsiyasiga jalb qilish borasida ishlar yuzasidan ma'lumot berildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Gera savdo-sanoat palatasi o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Memorandumda O‘zbekiston fuqarolarini nemis tiliga o‘qitish, kasbga tayyorlash va ularni kelgusida Germaniya hududida ishga joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ko'zda tutilgan.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Сотрудничество в сфере внешней трудовой миграции

👉 Подробности на телеканале "Узбекистан 24"

🔻 Следите за нашими новостными каналами

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Shahrisabz pedagogika instituti va Toshkent Kimyo-texnologiyalari instituti Shahrisabz filialida Yevropa davlatlarida ishlash istagida bo'lgan fuqarolar o'rtasida targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qo‘mitasida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunning Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning tasarrufidagi tashkilotlarda ijrosi, xususan, 2023-yil 9 oyida ochiqlikni taʼminlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Taʼkidlash joiz, hisobot davrida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 5 ta brifing, 1 ta press-tur tashkil etilgan, ijtimoiy tarmoq va OAVda ko‘tarilgan sohaga oid 38 ta tanqidiy materiallarga munosabat bildirilgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali muhim mavzular bo‘yicha onlayn efirlar, ko‘p berilyotgan savollar yuzasidan “So‘ragan edingiz” rukni tashkil etilgan.

Muhokamalarda ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yana-da takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Fuqarolar Rossiyaning “ZMK” korxonasida yuk tashishga mo‘ljallangan temir yo‘l, tramvay va boshqa vagonlarni ishlab chiqarish sohasida ishga taklif etiladi!

Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.

27-oktyabr soat 14:00 da

Namangan viloyati:

📍Namangan shahri, Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi yonida.
☎️ (69) 227-94-64, (69) 227-97-27.

Xorazm viloyati:
📍Urganch shahri, Baynalminalchi ko‘ch., 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ (62) 229-19-96.

“ZMK” korxonasi faoliyati haqida video

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Fuqarolar Rossiyaning “PSP” korxonasida qurilish yo‘nalishida ishga taklif etiladi!

Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.

26-oktyabr soat 11:00 da

Namangan viloyati:
📍Namangan shahri, Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi yonida.
☎️ (69) 227-94-64, (69) 227-97-27.

Farg‘ona viloyati:
📍Farg‘ona shahri, B.Marg‘inoniy ko‘ch., 4-uy.
Mo‘ljal: 10-maktab, Viloyat bandlik bosh boshqarmasi binosi.
☎️ (73) 244-40-01.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Yaponiyada ishlash istagida bo'lgan fuqarolar diqqatiga!

Yaponiyaning yirik ish beruvchi kompaniyasi tomonidan mazkur davlatda turli sohalarda ishlash istagidagi fuqarolar uchun seminar tashkil etiladi.

Seminar orqali:
📍Yaponiyada ishlash imkoniyati;
📍Ish va yashash sharoitlari;

Ishtirok etish istagida bo'lgan fuqarolar anketani to'ldirishi talab etiladi.

👉 Anektani to'ldirish (2023-yil 27-oktyabrgacha)

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Migrantlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

📍Tuladagi “Липковский кирпичный завод” korxonasi rahbariyati bilan o‘zbekistonlik mehnat migratlarini ishga jalb qilish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi. Ayni vaqtda ushbu korxonaga g‘isht ishlab chiqarish sohasida 50 nafar ishchi kuchiga ehtiyoj mavjud. Shuningdek, ushbu korxonaning ish sharoitlari o‘rganilib, bu yerda ishlayotgan fuqarolarimiz bilan suhbat o‘tkazildi.

📍Perm shahrida turli sohalardagi ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Agentlik vakili ishtirok etdi.

📍Sankt-Peterburg, Voronej va Tula shaharlarida og‘ir moliyaviy ahvolda qolgan yurtdoshlarimiz Vatanga qaytarilishida amaliy yordam berildi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇱🇹Litvaga yuk avtomobili haydovchilari ishga taklif etiladi!

Ish turi: "СЕ" toifali guvohnomaga ega yuk avtomobili haydovchisi.

Ish haqi: kuniga 77 € dan boshlanadi (netto - soliqlar ushlangandan keyin).

✔️ Sug'urta ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.

Nomzodlar uchun talablar:

21-50 yoshdagi erkaklar;
✅ rus tilini bilishi;
✅ "CE" haydovchilik guvohnomasi;
✅ sudlanmaganlik;
✅ kamida 1 yillik tajriba;
✅ O'zbekistondan chiqishga taqiq bo'lmasligi;
✅ Taxograf CHIP-kartasi va ADR borlarga ustunlik beriladi.

👉 Ro'yxatdan o'tish

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 17) yoki (1282 qisqa raqami).

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇩🇪 Germaniyada mehmonxona, restoran, mashinasozlik, quruvchilik, hamshiralik sohalarida ishlash yoki shu sohalarda Ausbildung - dual ta'lim orqali ishlash istagida bo’lgan fuqarolar quyidagi nemis tiliga o'qitish markazlariga taklif etiladi:

📍 Toshkent shahri Chilonzor tumani Lutfiy ko‘chasi 47-uy;
📍 Buxoro shahri "Dunyo" binosi;
📍 Farg'ona shahri Turkiston kochasi 21-uy;
📍 Namangan shahri A.Xoʻjaev koʻchasi 38-B uy;
📍 Navoiy shahri Gulbog’ ko’chasi 12-uy.

Nomzodlar uchun talablar:

🔶 o‘rta maxsus taʼlim shahodatnomasi, kasb-hunar maktabi yoki oliy ta'lim diplomi;
🔶 til o'rganishga salohiyat va qiziqish;
🔶 sog‘lom va sudlanmagan bo‘lish.

Eslatma: O'quv kursini muvaffaqiyatli yakunlab nemis tilidan tegishli sertifikatga ega nomzodlar Germaniyada tog'ridan-to'g'ri ish yoki Ausbildung - dual ta'lim orqali ish bilan ta'minlanadi.

☎️ Murojaat uchun: +998900027766, +998959891609

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇩🇪 Germaniyaga yuk avtomobili haydovchilari ishga taklif etiladi

Nomzodlar uchun
talablar:

📍CE toifadagi haydovchilik guvohnomasi;
📍nemis tili bo‘yicha kamida B1 darajasi (Gyote instituti yoki ECL sertifikati);
📍18-45 yosh;
📍Yevropa Ittifoqi haydovchilik guvohnomasini olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun qayta tayyorlash kurslarida o‘qish va 95-kodli sertifikatini olishga tayyorgarlik (davomiyligi 6-8 oy);
📍Germaniyada qayta tayyorlash kurslaridan so‘ng kamida 3 yil “Duvenbeck Kraftverkehr GmbH” shirkatida ishlash.

Quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

📍O‘zbekistonda hujjat ishlarida ko‘mak;
📍Germaniyaga borish xarajatlari;
📍doimiy mehnat shartnomasi;
📍qayta tayyorlash davridagi turar joy xarajatlari hamda ish haqi (3-bosqichli amaliyot davridagi oylik 1060 yevro (Brutto);
📍qayta tayyorlashdan so‘ng 2580 yevro (Brutto) hamda 500 yevrogacha (Netto) soliqsiz qo‘shimcha haq;
📍har yili 27 kunlik taʼtil.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlar:

✅ Xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
✅ Nemis tilidan sertifikat (B1 daraja, pdf shaklda);
✅ Nemis tilidagi tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).
Haydovchilik guvohnomasi (pdf shaklda)

Ro'yxatdan o'tish

☎️ 1282 (qisqa raqami).

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel