migratsiyaagentligi | Unsorted

Telegram-канал migratsiyaagentligi - Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

37919

Ташқи меҳнат миграцияси агентлигининг расмий Telegram-канали Мурожаат учун: 71 202 33 55, 71 200 00 61 ёки 1282

Subscribe to a channel

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Fuqarolar Rossiyaning “РУСАЛ Комплектация” korxonasida alyuminni qayta ishlash ishlariga taklif etiladi!

Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.

15-dekabr soat 11:00 da

Buxoro viloyati:
📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.

Soat 12:00 da

Farg‘ona viloyati:
📍Farg‘ona shahri B.Marg‘inoniy ko‘chasi 4-uy.
Mo‘ljal: 10-maktab, Viloyat bandlik bosh boshqarmasi binosi.
☎️ 73 244-40-01.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Migrantlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

📍Voronejdagi “Острогожсксадпитомник”, Leningraddagi "Ф-Пласт", “ФНПП Гефест”, Tuladagi “САХ”, Kirovdagi “Мэнпауэро”, Ufadagi “Стройконструкция” shuningdek, Volgograddagi korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlarimiz hamda ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

📍Uchrashuvda xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoji mavjud korxonalarga tashkiliy tazrda O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi.

📍Voronej og‘ir moliyaviy vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali Vatanga qaytarildi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Live

Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning "CBZ München GmbH" tashkiloti hamkorligida tanlab olingan fuqarolar uchun nemis tilini o'qitish dasturi va kelgusida Ausbildung tizimi uchun tayyorgarlik bosqichiga start berildi.

Mazkur loyihaning ochilish marosimida Germaniyaning O'zbekistondagi elchixonasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, "Ishga marhamat" monomarkazi, "CBZ München GmbH" tashkiloti rahbariyati ishtirok etmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

O‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi mutasaddilari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Chimkent shahridagi vakili Janubiy Qozog‘iston va Taraz mintaqaviy universitetlarida bo‘lib, o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“Vatandoshlar” jamoat fondi vakillari va O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvlarda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Uchrashuvda Bosh konsulxona tomonidan viktorina tashkil etilib, g‘oliblar munosib taqdirlandi. Shuningdek, Taraz mintaqaviy universiteti rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Sōragan_edingiz

Xorijda ishlab qaytgan fuqarolarga ham pensiya tayinlanadimi?

🔹🔹🔹

Будет ли назначена пенсия гражданам, работавшим зарубежом?

🔻
Следите за нашими новостными каналами

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

YANGI YILDA TO‘RT YUZ NAFAR HAMSHIRA GERMANIYA KLINIKALARIDA ISHLASHGA YUBORILADI


🤝 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Germaniyaning "Aconnecta" kompaniyasi bosh direktorlari Anastasiya Kol va Aleksey Sverdlov bilan uchrashdi.

💬 Unda O‘zbekiston fuqarolarining tashkiliy tarzda Germaniyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish sohasida aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

✒️Muzokaralar davomida vazirlik va mazkur tashkilot o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandumi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan "Aconnecta" kompaniyasi o‘rtasida Bitim imzolandi.

📄 Endilikda germaniyalik hamkorlar bilan O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyaga jo‘nab ketish oldidan kasb-hunarga o‘qitish hamda tayyorlash bo‘yicha loyiha ishga tushiriladi.

👨‍🏫 Loyiha doirasida mamlakatimizdagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarida Germaniya standartlari asosida hamshiralar malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash kurslari yo‘lga qo‘yiladi. Kelgusi yilda 400 nafar hamshiralarni Germaniya klinikalarida ishlash uchun yuborish rejalashtirilmoqda.

O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan fuqarolarni Germaniyada munosib ish va yashash sharoiti bilan ta’minlash hamda ularni ijtimoiy-huquqiy himoyalash bo‘yicha ikki tomonlama choralar ko‘riladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️

📌Veb sayt 📌Facebook 📌Instagram 📌Telegram 📌bandlikvazirligi">You tube 📌Twitter

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

O‘zbekiston – Turkiya: mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik

Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekistonda mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan forum o‘tkazildi.

Forumda Turkiya mehnat va ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Bandlik agentligining Istanbul shahri direksiyasi, Istanbul tijorat palatasi, Turkiyaning yirik xolding, mehmonxona, nodavlat notijorat tashkilotlari, O‘zbekistonning Turkiyadagi Bosh konsuli, Turkiyadagi O‘zbek sanoatchilari va biznes vakillari jamiyati, O‘zbek xotin-qizlari huquqini himoya qilish jamiyati rahbariyatlari ishtirok etdi.

Xorijda ishlash istagidagi O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy tarzda ishga yollash hamda mehnat migrantlariga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan berilayotgan moddiy, huquqiy va ijtimoiy yordam hamda imtiyozlar haqida maʼlumot berildi.

Forum doirasida Turkiya ish beruvchilari bilan qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalariga o‘zbekistonlik ishchilarni jalb qilish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Turk dunyosi tadbirkorlari jamiyati, Turkiyadagi o‘zbeklar jamiyati nodavlat tashkiloti, O‘zbek sanoatchilari va tadbirkorlari jamiyati bilan O‘zbekiston  fuqarolari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yaratishda hamkorlik qilish bo‘yicha hujjatlar imzolandi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Konstitutsiya – fuqarolar mehnat huquqining kafolati

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida yuridik fanlari doktori, professor Aqida Dadasheva ishtirokida Konstitutsiyamizning 31 yilligi munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda Bosh qomusimiz milliy qonunchiligimizning barcha sohalarini tartibga soluvchi aniq huquqiy mexanizm ekanligi, unda har bir shaxsning huquq va erkinliklari, jumladan, mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqlari kafolatlangani taʼkidlandi.

Shuningdek, Konstitutsiya fuqarolarning o‘z qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishi haqida so‘z yuritildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Buyuk Britaniyaning Dushanbe shahridagi Elchixonasi Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy dastur menejeri M.Gallager va uning o‘rinbosari K.Hamling bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda Buyuk Britaniyaga mavsumiy qishloq xo’jaligi sohasiga ishchilarni yuborish tizimining hozirgi holati, natijalari hamda tizimdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tizimida korrupsiyaviy holatlarga guvoh bo‘ldingizmi?

❗️Unda zudlik bilan bizga xabar bering!

📞Ishonch telefoni: 71 202 44 11

Pochta manzili:
anticorruption@migration.uz

Telegram bot: /channel/anticor_migrationbot

☑️Korrupsiyaga oid xabarni yetkazgan fuqarolarning shaxsi sir tutilishi kafolatlanadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining telefon raqamlari : 71 202-33-55, 71 200-00-61, 1282 (qisqa raqami).

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Germaniyaning "der Bildungswerk der Sächsischen Wirtschaft gGmbH (bsw)" tashkiloti tomonidan Dresden shahrida tashkil qilingan "O'zbekiston-Saksoniya" biznes kunida Agentlik xodimi Bunyod Yuldashev onlayn ishtirok etdi.

Forum doirasida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati hamda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi to'g'risida taqdimot qildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

"Koreys-oʻzbek” koreys tili markazida Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun oʻqishlar boshlandi

Markaz afzalliklari:

− Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar EPS-Topik test imtihonlariga tayyorlanadi va kursni yakunlagani boʻyicha sertifikat beriladi;
− Koreya Respublikasida taʼlim olgan malakali oʻqituvchilar dars beradi;
− barcha sharoitlarga mos jihozlangan oʻquv xonalari mavjud;
− viloyatlardan kelgan tinglovchilar qulayliklarga ega boʻlgan yotoqxona bilan taʼminlanadi;
− tizimlashgan oʻquv dasturi;

📍 Toshkent shahri Chilonzor tumani Lutfiy koʻchasi 47-uy.

👉 Lokatsiya

☎️ 71 278-82-65, 71 273-17-48, +998 91 030-20-72, +998 90 999-02-92

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Fuqarolar Rossiyaning “AVTOVAZ” korxonasidagi yengil avtomobil sanoati yo‘nalishida ishga taklif etiladi!

Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.

6-dekabr soat 14:00 da

Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 99 977-33-10.

Sirdaryo viloyati:

📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.

Soat 15:00 da

Buxoro viloyati:
📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.

7-dekabr soat 11:00 da

Jizzax viloyati:
📍Jizzax shahri Sharof Rashidov shoh ko‘chasi 44-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 1-qavati.
Mo‘ljal: O‘rda bog‘i yaqinida.
☎️ 72 223-90-66, 72 223-90-65.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:

📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi
Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.

Soat 14:00 da

Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27.

Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Yurtdoshlarimiz ishlash uchun Rossiyaga jo'nab ketdi

Rossiya Federatsiyasining “БестТорг” korxonasi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh yurtdoshimiz Rossiyaga jo‘nab ketdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan Farg'ona xalqaro aeroportida fuqarolar uchun targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Buxoro viloyat filiali va O’zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Buxoro viloyat kengashi hamkorligida mazkur kengash tasarrufidagi muassasalarda “CE” toifali haydovchilarni tayyorlash o’quv guruhlarida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan uchrashuv o’tkazildi.

🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Twitter |Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇩🇪 Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “GLOBOGATE Concept AG.” tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.

Nomzodlar uchun talablar:

Umumiy hamshiralik uchun – shifoxonaning turli boʻlimlarida kamida 2 yillik tajribaga ega hamshiralar (faqat bemorlarni parvarishlagan) boʻlishi;

✔️ 39 yoshdan oshmagan boʻlishi;

✔️ shifoxonada ish tajribasiga ega boʻlishi (stomatolog, oʻqituvchilik va dorishunoslik, ginekologiya, shoshilinch tez tibbiy yordam, pediatriya, poliklinika-patronaj, akusherlik sohasida shugʻullangan nomzodlar qabul qilinmaydi);
    
✔️ sudlanmagan boʻlishi;

✔️ jismonan sogʻlom boʻlishi;

✔️ tibbiyot kolleji (faqat 3 yillik diplom yoki OMX) tamomlagan boʻlishi;

✔️ bemorlarga gʻamxoʻrlik qilish qobiliyatiga ega boʻlishi;

✔️ Angren shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida oʻqish (2 bosqichli tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);

✔️ nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shugʻullanmasligi;

✔️ Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtishi;

Loyihada ishtirok etish istagida boʻlgan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

📌 Angren shahrida bepul turar joy;

📌 oʻquv xonasi;

📌 oylik stipendiya (6 oy).

Shuningdek, “GLOBOGATE Concept AG.” quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:

📚 nemis tili oʻqituvchisi va oʻquv materiallari;

📌 til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;

📌 hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;

📌 oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;

🛫 Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;

💶 mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 450 € dan boshlanadi, nafaqa, sugʻurta, taʼtil) va butun jarayon davomida doimiy qoʻllab-quvvatlash.

📝 Ro‘yxatdan o‘tish uchun

👉 Batafsil ma’lumot olish

☎️ Murojaat uchun: 71-202-33-55 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇸🇰 Fuqarolar Slovakiyadagi mehmonxona xizmatchisi ishlariga taklif etiladi!

Ish turi: mehmonxona xizmatchisi

Imkoniyatlar:
✔️ish haqi 600 yevro (soliqlar to'langandan keyin);
✔️ish vaqti: oyiga 210 soat;
✔️barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan.

Talablar:
🔹25 yoshdan 45 yoshgacha;
🔹tajribaga ega bo'lish;
🔹rus yoki ingliz tilida so‘zlasha olish;
🔹sudlanmaganlik;
🔹O‘zbekistondan chetga chiqishga ta'qiq yo‘qligi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

Eslatma: 50 nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tgandan keyin to'xtatiladi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🛫 Bir guruh fuqaro "АвтоВАЗ" korxonasiga ishga jo’natildi

Rossiya Federatsiyasining "АвтоВАЗ" tashkiloti vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan navbatdagi guruh Samara shahriga tashkiliy tartibda ishga yuborildi.

Namangan xalqaro aeroportida Agentlik masʼullari tomonidan sohaga oid targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Fuqarolar Rossiyaning "СПАР МИДДЛ Волга" korxonasiga ishga taklif etiladi!

Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.

13-dekabr soat 11:00 da

Farg‘ona viloyati:
📍Farg‘ona shahri B.Marg‘inoniy ko‘chasi 4-uy.
Mo‘ljal: 10-maktab, Viloyat bandlik bosh boshqarmasi binosi.
☎️ 73 244-40-01.

Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi. Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.

15-dekabr soat 14:00 da

Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63.

Toshkent shahri:
📍Yakkasaroy tumani Kichik xalqa yo‘li 3-uy.
Mo‘ljal: Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi qarshisi.
☎️ 94 020-44-01.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Fuqarolar Rossiyaning “Ozon Kommyuniti” korxonasidagi ombor ishlariga taklif etiladi!

Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.

12-dekabr soat 14:00 da

Navoiy viloyati:
📍Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 51-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 79 222-11-05.

Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri Ko‘ksaroy maydoni 1A-uy.
Mo‘ljal: Viloyat hokimiyati.
☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.

Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 99 977-33-10

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Fuqarolar Rossiyaning “AVTOVAZ” korxonasidagi yengil avtomobil sanoati yo‘nalishida ishga taklif etiladi!

Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.

11-dekabr soat 11:00 da

Andijon viloyati:

📍Andijon shahri Bobur shoh ko‘chasi 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
Mo‘ljal: Transport texnikumi yonida.
☎️ 95 202-33-55.

Buxoro viloyati:

📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.

Soat 14:00 da

Qashqadaryo viloyati:

📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.

Navoiy viloyati:
📍Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 51-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 79 222-11-05.

13-dekabr soat 11:00 da

Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27.

Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63

Soat 14:00 da

Xorazm viloyati:
📍Urganch shahri Baynalminalchi ko‘chasi 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 62 229-19-96.

Toshkent shahri:
📍Yakkasaroy tumani Kichik xalqa yo‘li 3-uy.
Mo‘ljal: Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi qarshisi.
☎️ 55 517-01-44, (ichki raqam 156, 166).

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Konstitutsiyaga_31_yil

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga oʻttiz bir yil toʻldi!

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining O‘zbekistondagi “EPS” markazi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda kemasozlik sohasi uchun o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan imtihon jarayonlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasi uchun yangi oshxona ishlari yo‘nalishi va E-9 vizasiga yangi loyiha sifatida tog‘-konchilik va baliqchilik yo‘nalishlarini ham qo‘shilishi haqida so‘z yuritildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Hududlarda_tanlov

Hududlarda tanlovlar davom etmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallarida Rossiya Federatsiyasining "Ренконс Ҳэви Индастрис" tashkilotli vakillari tomonidan xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tanlov o‘tkazildi.

Ish beruvchi nomzodlarni rus tilini bilish darajasi va kasbiy malakasiga ko‘ra tanlab oldi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Sōragan_edingiz

Koreya Respublikasida ishlash uchun imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar uchun viza berish rad etilishi mumkinmi?

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Toshkent shahrida Litva davlati ish beruvchi tashkiloti ishtirokida yuk haydovchilari uchun tanlov o‘tkazildi.

Unda nomzodlarning kasbiy malaka va bilim darajasi boshlang‘ich nazoratdan o‘tkazildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Rossiyada ishlash istagida bo'lgan fuqarolar jo'nab ketdi

Rossiya Federatsiyasining "ПСП" va “БестТорг” korxonasi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh yurtdoshimiz Rossiyaga jo‘nab ketdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida fuqarolar uchun targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Live

6-dekabr. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Koreya Respublikasida ishlash uchun bo‘lib o‘tgan imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga ushbu davlatga jo‘nab ketish oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tish va ko‘niktirish tadbirlari tashkil etilmoqda.

🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Twitter |Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇫🇮 Finlyandiyada payvandchilik sohasida ishlash maqsadida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida suhbat bo'lib o'tdi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

“The best-staff" xususiy bandlik agentligiga litsenziya berildi

“The best-staff xususiy bandlik agentligi" MCHJga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Litsenziyalovchi organ) tomonidan 28.11.2023-yilda 173740-sonli litsenziya berildi.

👉 https://mehnat.uz/oz/services/xususiy-bandlik-agentliklari-reestri

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel