#Live
🇸🇰Slovakiyada avtomobil zavodida ishlash maqsadida Farg'ona viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan onlayn tanlov o‘tkazilmoqda.
Tanlovda nomzodlarga oylik ish haqi va mehnat sharoitlari haqida toʻliq maʼlumot berilib, kasbiy malaka va til bilish darajasi boʻyicha tanlab olinmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Xalqaro_hamkorlik
🇺🇿🇸🇪O‘zbekiston fuqarolari Shvetsiyaga ishga jalb etiladi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Shvetsiya Qirolligining yirik ish beruvchi kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda dastlab ish beruvchi kompaniya faoliyati, mazkur davlatda ishlab chiqarish, energetika va servis sohalarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha mavjud tizim, Agentlik faoliyati, migratsiya geografiyasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot almashildi.
Tadbir yakunida esa kelgusidagi ikki tomonlama rejalarni ifodalovchi hamkorlik kelishuvi imzolandi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Live
🇸🇰Slovakiyada avtomobil zavodida ishlash maqsadida Jizzax viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan tanlov o‘tkazilmoqda.
Tanlovda nomzodlarga oylik ish haqi va mehnat sharoitlari haqida toʻliq maʼlumot berilib, kasbiy malaka va til bilish darajasi boʻyicha tanlab olinmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Kutilayotgan_loyihalar
Germaniyaga ketish uchun yangi loyihalarga start berilmoqda
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniya federal bandlik agentligi hamkorligida O‘zbekistonda quyida ko'rsatilgan soha mutaxassislari uchun nemis tilini o'qitish loyihalariga start berilishi rejalashtirilmoqda.
✔️Malakali mutaxassislar uchun (hunarmandchilik va qurilish sohalarida kamida 1 yillik tajriba va 2 yillik diplomga ega 20-40 yoshdagi fuqarolar);
✔️ Diplomga ega bo‘lmagan yoshlar uchun (18-30 yoshdagi fuqarolar hunarmandchilik va qurilish sohalarida Ausbildung tizimi orqali Germaniyada kasbiy taʼlim oladi).
Loyihalar joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida amalga oshirilishi kutilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, loyihalar doirasida bo‘lib o‘tadigan tanlovlarda ishtirok etish uchun hozirdanoq tayyorgarlikni boshlang.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
🇺🇿🇩🇪Germaniyaning 10 yillik tajribaga ega va dunyoning 18 ta davlati bilan hamkorlik shartnomasi mavjud "JD East" tashkiloti Xorazmning Urganch shahrida hamda Qoraqalpog'istonning Ellikqalʼa tumanida nemis tili kurslarini yo'lga qo'ydi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇰🇷Koreya Respublikasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!
Koreya Respublikasida ishlab chiqarish sohasida ishlash maqsadida 2024-yil 8-13-fevral kunlari ro'yxatdan o'tgan nomzodlar uchun 15-aprel kunidan 13-iyun kuniga qadar EPS-Topik imtihoni bo'lib o'tgan edi.
Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRD) taqdim etgan natijalarga ko‘ra, ishlab chiqarish sohasi bo'yicha 7162 nafar nomzod imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan.
👉 Imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar
❗️Nomzodlardan malaka imtihoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish so‘raladi.
Malaka imtihoni aniq vaqti va manzili haqida qo‘shimcha ravishda maʼlum qilinadi.
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlarni samimiy muborakbod etamiz!
Sizlarga mustahkam sog'liq, kasbiy faoliyatingizda yangi yutuqlar, xonadoningizga tinchlik va xotirjamlik tilaymiz.
Hurmat bilan,
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi jamoasi
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇺🇿🇩🇪Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning "Bildung und Beruf GmbH" tashkiloti o'rtasida mehmonxona, gastronomiya, bank, qurilish, qishloq xo'jaligi hamda tibbiyot sohalariga fuqarolarni ishga va Ausbildung tizimi orqali kasb-hunar o'rganishga jalb qilish bo'yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Tez kunlarda ushbu sohalar bo'yicha "Xorijda ish" platformasi orqali e'lonlar beriladi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
26-iyun — Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuni
🔹 🔹 🔹
26 июня — Международный день борьбы с наркозависимостью
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇺🇿🇯🇵O‘zbekiston fuqarolari Yaponiyaga ishga jalb etiladi
Bugun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Yaponiyaning “Haneda Turtle Service” kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda dastlab O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha mavjud tizim, Agentlik faoliyati, migratsiya geografiyasini kengaytirish, bu borada Yaponiya bilan amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Shundan so‘ng, texnik stajyorlik va maxsus malakali ishchi dasturlari doirasida O‘zbekiston fuqarolari logistika, aeroport xizmati va yuk tashish yo‘nalishlarida ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Agentlik va “Haneda Turtle Service” kompaniyasi o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇸🇰 Avtokara haydovchilari uchun Slovakiyada ish bor
Rus tilini biladigan, "B" toifadagi haydovchilik guvohnomasi hamda avtokara haydovchisi guvohnomasiga ega yurtdoshlarimizni Slovakiya korxonasi omborxonada haydovchi (vilochniy pogruzchik) yo‘nalishida ishga taklif etmoqda.
▪️oylik ish haqi qo‘lga tegadigani 1080 yevro, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi;
▪️haftada 5 kun ish, (3 ta smena);
▪️xodim tibbiy sug‘urta qilinadi.
Yosh chegarasi 20-45 yosh (erkaklar) etib belgilangan. Sohada 6 oylik tajriba ham talab etiladi.
Ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.
👉Ro'yxatdan o'tish
❗️MUHIM:
👉Ro'yxatdan o'tish uchun rus tilidan test topshiriladi!
👉Anketaga kasbiy malakani tasdiqlovchi hujjatni (avtokara haydovchisi guvohnomasini) biriktirish shart.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi qanday ishlamoqda?
Batafsil "Mahalla" telekanalining "Minbar" tok-shousida
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Rossiyada mehnat migrantlari va huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida yuz bergan holat yuzasidan
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasining Voronej shahrida huquq-tartibot organlari tomonidan reyd o‘tkazilib, unda O‘zbekiston fuqarolari hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi.
Maʼlum bo‘lishicha, xabarlarda aks etgan holat joriy yilning 7-iyun kuni Voronej shahridagi “Razvitiye” qurilish hududida yuz bergan.
Reyd tadbiri o‘tkazilgan ushbu qurilish hududida 45 nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lib, ularning 12 nafari norasmiy ishlagan.
Norasmiy ishlaganlarning 11 nafariga nisbatan patent muddati o‘tib ketgani sababli jarima shaklida maʼmuriy javobgarlik qo‘llanilib, shu kunning o‘zida vaqtincha yashash joyiga ruxsat berilgan va yana 1 nafari esa hech qanday hujjatlarsiz ishlagani sababli hozirda mamlakat hududidan deportatsiya qilinmoqda.
Shu o‘rinda, Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizdan mahalliy qonun-qoidalarga rioya qilish hamda migratsiya qonunchiligini buzmaslik so‘raladi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Xalqaro_hamkorlik
🇺🇿🇩🇪
Xabar berilganidek, Germaniyaning 10 dan ortiq salohiyatli ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida "Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.
Bugun ushbu ish beruvchi tashkilotlar vakillari va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyaga ishga jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, nomzodlarni tayyorlash tizimi haqida so‘z yuritilib, hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Live
🇸🇰Slovakiyada avtomobil zavodida ishlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasidan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan onlayn tanlov o‘tkazilmoqda.
Tanlovda nomzodlarga oylik ish haqi va mehnat sharoitlari haqida toʻliq maʼlumot berilib, kasbiy malaka va til bilish darajasi boʻyicha tanlab olinmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Sōragan_edingiz
🇰🇷Koreya Respublikasida ishlash uchun imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar uchun viza berish rad etilishi mumkinmi?
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇩🇪Germaniyaga o'qish va ishga ketish uchun nima qilish kerak?
👉“MY5” telekanalining "Efirda Turaxonov" ko‘rsatuvida
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Fuqarolarni Angliya, Kanada, Serbiya va Bolgariyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi fuqaro A.Sh. fuqaro Sh.B. va boshqalarni Angliyaga ishga yuborishni vaʼda qilib, evaziga 18 000 AQSH dollarni qo‘lga kiritganini aniqlagan.
Departamentning Oltinko‘l tuman bo‘limi va DXX xodimlari esa fuqaro X.T. fuqaro S.K. ni Kanadaga ishga yuborishi evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlagan.
Shu kabi, Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro I.J. fuqaro E.X. ni 1 500 AQSH dollari evaziga Serbiya yoki Bolgariyaga ishlash uchun viza olib berishini aytib, 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇰🇷Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar diqqatiga!
Kemasozlik, qurilish, qishloq xo’jaligi va xizmat ko’rsatish sohalarida ishlash maqsadida 2024-yil bo’lib o’tgan EPS-Topik va Malaka imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlarning anketa ma’lumotlarini Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining SPAS elektron bazasiga kiritish ishlari yakunlanganini ma’lum qilamiz.
Bugungi kunga qadar anketa ma’lumotlarini topshirmagan nomzodlardan anketa ma’lumotlarini Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi markaziy apparati yoki hududiy filiallariga topshirishini so’raymiz.
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Live
🇸🇰Slovakiyada avtomobil zavodida ishlash maqsadida Sirdaryo viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan tanlov o‘tkazilmoqda.
Tanlovda nomzodlarga oylik ish haqi va mehnat sharoitlari haqida toʻliq maʼlumot berilib, kasbiy malaka va til bilish darajasi boʻyicha tanlab olinmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Xorazm viloyatida va Qoraqalpog'istonda nemis tilini o'qitish kurslariga start berildi
Xorijda ishlash istagidagi fuqarolar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida "JD East" tashkilotining Xorazm viloyatida va Qoraqalpog‘istonda nemis tili kurslari tashkil etildi.
Taʼkidlash joiz, Germaniyaning "JD East" tashkiloti va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamkorligida bugungi kunga qadar qishloq xo‘jaligi, mehmonxona, gastronomiya sohalarida ishlash uchun fuqarolar Germaniyaga jo‘natilmoqda.
Ushbu hamkorlikni yana-da kengaytirish maqsadida "JD East" tashkilotining Xorazm viloyati Urganch shahrida vakolatxonasi va nemis tili o’qitish markazi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida Germaniyada ishlash istagidagi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etilib, tumanda nemis tili kurslariga start berildi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da har qanday fuqaro ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda taʼlim olish imkoniga ega bo‘ladi.
Barcha davlat xizmatchilari uchun Akademiyaning maxsus o‘quv kurslarida har 3 yilda kamida bir marta korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malaka oshirish majburiy.
Batafsil yuqoridagi infografikada.
* * *
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Live
🇷🇸Serbiyada qishloq xo'jaligi sohasida ishlash maqsadida Namangan, Sirdaryo va Farg'ona viloyatlaridan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan onlayn tanlovlar o‘tkazilmoqda.
Tanlovlarda nomzodlarga oylik ish haqi va mehnat sharoitlari haqida toʻliq maʼlumot berilib, kasbiy malaka va til bilish darajasi boʻyicha tanlab olinmoqda.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Janubiy Koreyadagi zavodda yuz bergan yong‘in yuzasidan
Janubiy Koreyaning Xvason shahridagi "Aricell" litiy batareyalar zavodida 24-iyun kuni yong‘in sodir bo‘lgan.
So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘lgan va ularning 20 nafari chet davlatlar fuqarolari hisoblanadi.
Ushbu yong‘in oqibatida jabrlangan yoki halok bo‘lganlar orasida hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmadi.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Slovakiya, Polsha hamda Serbiyada ish
Ushbu davlatlar 20-46 yoshgacha bo‘lgan, rus tilini biladigan yurtdoshlarimizni quyidagi sohalarda ishga taklif etmoqda.
🇸🇰SLOVAKIYA 4000 nafar avtomobil zavodida ishlovchi mutaxassis hamda 2000 nafar elektrik va payvandchini (sohada 3 yillik tajriba talab etiladi).
▪️oylik maosh – 1000 yevrodan 1900 yevrogacha.
🇵🇱POLSHA 650 nafar avtobus haydovchisini (sohada 5 yillik tajriba talab etiladi) hamda 9000 nafar qurilish va ishlab chiqarish sohasida ishlash istagidagi yurtdoshimizni.
▪️oylik maosh – 1200 dollardan 2600 dollargacha.
🇷🇸SERBIYA 350 nafar mavsumiy qishloq xo‘jaligi hamda 500 nafar qurilish sohasida ishlash istagidagi hamyurtimizni.
▪️oylik maosh – 1000 yevrodan 1400 yevrogacha.
Yuqoridagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
👉ro‘yxatdan o‘tish
Eslatib o‘tamiz, ushbu loyiha mamlakatimizda litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan Xususiy bandlik agentligi bilan hamkorlikda tayyorlandi
☎️ Murojaat uchun telefon: 71-205-05-00
📍 Manzil: Toshkent shahar Mirobod tumani Istiqbol ko‘chasi 36-uy.
📍Lokatsiya
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube
Fuqarolarni AQSH va Germaniyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro A.E. fuqaro L.Q. ni 17 500 AQSH dollari evaziga Yevropa orqali AQSHga ishga yuborishini aytib, oldindan 6 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda esa fuqaro I.A. fuqaro Z.L. ni tanishlari orqali Germaniyaga ishga yuborish evaziga 5 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
❗️Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.
👉 Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Sōragan_edingiz
Xorijda ishlab qaytgan fuqarolarga ham pensiya tayinlanadimi?
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇸🇰 Avtokara haydovchilari uchun Slovakiyada ish bor
Rus tilini biladigan, "B" toifadagi haydovchilik guvohnomasi hamda avtokara haydovchisi guvohnomasiga ega yurtdoshlarimizni Slovakiya korxonasi omborxonada haydovchi (vilochniy pogruzchik) yo‘nalishida ishga taklif etmoqda.
▪️oylik ish haqi qo‘lga tegadigani 1080 yevro, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi;
▪️haftada 5 kun ish, (3 ta smena);
▪️xodim tibbiy sug‘urta qilinadi.
Yosh chegarasi 20-45 yosh (erkaklar) etib belgilangan. Sohada 6 oylik tajriba ham talab etiladi.
Ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.
👉Ro'yxatdan o'tish
❗️MUHIM:
👉Ro'yxatdan o'tish uchun rus tilidan test topshiriladi!
👉Anketaga kasbiy malakani tasdiqlovchi hujjatni (avtokara haydovchisi guvohnomasini) biriktirish shart.
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇩🇪 Germaniyaning salohiyatli ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida "Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.
📹Batafsil "UzReport tv"da
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Sōragan_edingiz
🇰🇷Koreya Respublikasiga ishga ketayotgan fuqarolar qaysi turdagi mahsulotlarni o‘zlari bilan aeroport hududidan olib o‘tishlari mumkin?
🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish