milliy_universitut | Unsorted

Telegram-канал milliy_universitut - Milliy Universitet (O'zMU)

8823

Oʻzbekiston Milliy Universiteti ( rasmiy xabarlar ) ɴᴀᴛɪᴏɴᴀʟ ᴜɴɪᴠᴇʀsɪᴛʏ of ᴜᴢʙᴇᴋɪsᴛᴀɴ ᴀʙɪᴛᴜʀɪʏᴇɴᴛ ᴠᴀ sᴛᴜᴅᴇɴᴛʟᴀʀ ᴜᴄʜᴜɴ sᴏ'ɴɢɪ , ishonchli ᴠᴀ ᴍᴜʜɪᴍ ʏᴀɴɢɪʟɪᴋʟᴀʀ ʙɪᴢᴅᴀ (Norasmiy kanal) Reklama uchun: @khusanoff_a Guruhimiz: @nuu_student_s

Subscribe to a channel

Milliy Universitet (O'zMU)

📣📣📣
Кечки таълим талабалари ДИҚҚАТИГА !!!

👉 Университет ректорининг 03.01.2024 йилдаги №01-2-сонли буйруғи.

⚠️⚠️⚠️
Якуний назоратлар бошлангунга қадар (20.01.2024 йилгача) контракт-тўлов шартномасини олиш шарт ва тўловнинг камида 25% ини амалга ошириш лозим.
Ушбу талабларга амал қилмаган талабалар якуний назоратларга киритилмайди.

👉Гуруҳ сардорлари ҳар бир талабани огоҳлантиришларингизни сўраймиз.

@milliy ✈️

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi saytini hakerlar buzib kirib, qimor reklamasini joylashtirishgani aytilmoqda.

@SUBYEKTIVtalim ✈️

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi 824-sonli qaroriga asosan bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talabalar ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmasligini ma’lum qilamiz.

@milliy ✈️

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

🤓 Faol bilim o‘zlashtiruvchi bo‘lish uchun 5 qoida

📖 Hamma ham o‘qigan narsasini yo o‘rganayotgan narsasini yaxshi o‘zlashtira olmaydi. Yaxshi o‘zlashtirish uchun ham qobiliyat bo‘lishi kerak deymiz. To‘g‘rirog‘i, to‘g‘ri yo‘nalishda o‘zlashtirishni bilish kerak.

Sizga buni o‘rgatadigan 5 qoidani sanab o‘tamiz:
📝 O‘zingizga notanish bo‘lgan so‘zlarni aniqlashtirib oling;

📝 O‘zingiz uchun eslatmalar yozib boring yoki o‘qiyotgan narsangizni alohida belgilab boring;

🔍 O‘qiyotgan narsangizning asosiy g‘oyasini tushunib oling;
O‘qish davomida savollar berib turing;

🤔 Matnni o‘qib bo‘lib uni o‘ylab ko‘ring.

🔥 Yodingizda tuting, shunchaki o‘qib o‘rganilgan narsa emas, hazm qilingan narsa yaxshi o‘zlashtiriladi.

O‘qish va o‘zlashtirish uchun yangi imkoniyat, yangi kun muborak bo‘lsin!

@nuu_student_s

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

«Афросиёб», «Шарқ», «Насаф» ва «Ўзбекистон» поездлари чипта нархи ошади

2024 йил 20 январдан бошлаб юқори тезликда ҳаракатланувчи «Афросиёб» электропоездлари ҳамда «Шарқ», «Насаф» ва «Ўзбекистон» тезюрар поездларининг чипталар нархи 20 фоизга ошмоқда.

👉 https://kun.uz/59623952

Kun.uz расмий канали

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

Tark etishingiz kerak bolgan 5ta odat

😌 Dangasalik;

Tavakkal qilishdan qo'rqish;

🔄 O'tmishdan afsuslanish;

➡️ Kelajakdan xavotir olish;

▪️"Ertadan" deb vaqtni surish orqali vaqt yo'qligi haqida bahonalar yaratish.

@milliy 🚀

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

#Tezkor

Elon!
Kunduzgi, kechki va masofaviy ta'lim shaklida tahsil olayotganlar uchun qishki semestr Yakuniy nazoratlari 2024 yil 8 yanvardan 20 yanvariga qadar òtkaziladi.

@milliy

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

📌 Obunachilarimizda No comment….

Rasm kelganda srazu rahmat deb yozmasdan oldin ichini ochib ko’ringlar.


(Albatta hazil)

P/S: Ma'lumot uchun kontraktning 50 foizini to'lashning so'ngi muddati 1-yanvar.

Do’stlaringizga ulashing
@talaba_uz_edu

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

📌 Kirib kelayotgan yangi 2024-yil bilan!

🎉 Hurmatli kanalimiz a’zolari!

Baribir ushbu tabriknomani o’qishga erinib, kesa-kelmasa rahmat deb izoh yozib qoldirasiz. Nima bo’lgan taqdirda ham kirib kelayotgan 2024-yil sizlarga omad olib kelsin.

Hurmat bilan, admin))

Do'stlaringizga ulashing
@nuu_student_s

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

#2023

Bizni kuzatib borayotgan barchaga raxmat!

@nuu_student_s

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

To'lov shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar diqqatiga!!!

ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun kontrakt summasining:
to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 oktyabrgacha;
to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha;
to‘lov miqdorining kamida 75 foizi 1 aprelgacha;
to‘lov miqdorining kamida 100 foizi 1 iyulgacha
to’lanishi lozimligini eslatib o’tamiz.
Bugungi kunga qadar ushbu to’lovlarni yetarli miqdorda to’lamagan talabalar bor. VM 393-sonli qaroriga asosan To'lov shartnoma shartlarini o’z vaqtida bajarmagan talabalar universitet talabalari safidan chetlashtirilishi belgilab qo’yilgan. Hozirgi kunga qadar fakultetning 30 dan ortiq talabalar chetlashtirildi. Sizlardan 10 yanvarga qadar to‘lov miqdorining kamida 50 foizini amalga oshirishingizni so’raymiz.

@milliy

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

⚡️31-dekabr kuni Toshkent metropolitenidan foydalanish bepul bo‘ladi

Hukumat tashabbusi bilan 2023-yil 31-dekabr kuni Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida barcha yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.

Ish vaqtining tugashi esa 1 soatga uzaytiriladi, ya’ni barcha metro bekatlari 31-dekabr soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Bizni kuzating:
@milliy_universitut

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

#Rakurs_NUUz_Press

O'zbekiston Milliy universitetida — Yil sarhisobi

O‘zbekiston Milliy universitetida yil yakuni munosabati bilan universitet rahbariyati, jamoasi, bo'limlar, fakultetlar hamda kafedralar ishtirokida o'tkazilgan tantanali bayram tadbiri — O'zMU Axborot xizmati rakursida

Bizni kuzating:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

⚡️“Yosh vatanparvar” ko‘krak nishoni ta’sis etilishi mumkin, u OTMga kirishda imtiyoz beradi

Mudofaa vazirligi taklifi bilan 11-sinfda o‘qiydigan o‘g‘il bolalar uchun “Yosh vatanparvar” ko‘krak nishoni ta’sis etilishi kutilmoqda. Nishon harbiy OTMlarga kirishda qo‘shimcha 3 ball beradi.

22-dekabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi taklifi bilan Vazirlar Mahkamasining “Yosh vatanparvar” ko‘krak nishonini ta’sis etish bo‘yicha qarori muhokamaga qo‘yildi.

Ko‘krak nishoni bilan Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etiladigan musobaqa g‘olibi bo‘lgan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfida o‘qiydigan o‘g‘il bolalar mukofotlanadi.

U bilan taqdirlanganlarga 2 yil mobaynida amal qiladigan quyidagi imtiyozlar beriladi:

➖oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida qo‘shimcha 3 ball;

➖birinchi navbatda muddatli harbiy xizmatga chaqirilish (harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli deb topilgan hamda chaqiruv muddatlarini kechiktirish va chaqiruvdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan taqdirda).

Nishon har yili 30-iyun — “Yoshlar kuni”da g‘oliblarga tantanali ravishda topshiriladi.

Qaror muhokamasi 2024-yil 6-yanvargacha davom etadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

Avstryada uyiga issiq suv kelmay qolgan odam shu kun ishga bormaslik huquqiga ega. 💧

O'zbekistonda ham shunaqa bo'lsa😁

📢 Qiziq faktlar @brain_test_uz

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

NOTCOIN tekin telegram NFT tangalari haqida xabaringiz bormi?

/channel/notcoin_bot?start=rp_6751018

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

📣 Ish qidirayotgan, ammo hozirgi kasbidan boshqacharoq yoʻnalishada ishlashni xohlaganlarga ish taklifi bor!

IT kompaniyalardan biriga taʼlim jarayonini tushuna oladigan jamoadosh kerak. Unda yangi taʼlimiy materiallar yaratiladi. Butun mahsulot noldan oʻqituvchi qoʻlida material boʻlib yetib borguniga qadar ishlab chiqiladi.

✔️ Sizga hammasi oʻrgatiladi, shunchaki 👉🏻 BU FORMANI toʻldirsangiz kifoya. Javoblaringizdan kelib chiqib, ish beruvchi kompaniya (Mohirdev) siz bilan bogʻlanadi.

Talab: Savollarga yaxshilab oʻylab javob berish kerak!

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

Ⓜ️Toshkent metropoliteni
📈Yangilangan xaritasi bilan tanishing!

@milliy

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

📌 Bugun respublikamiz bo'ylab kuzatiladigan holat.

Do’stlaringizga ulashing
@talaba_uz_edu ✈️

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

“Halollik ofitseri”

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazida “Halollik ofitseri” lavozimi joriy etilibdi.

Tinib-tinchimagan odamlar, nimalarni o‘ylab topishmaydi-ya :)

@milliy 🚀

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

📣📣📣
ТАЛАБАЛАР ДИҚҚАТИГА !!!

Университетнинг тўлов-контракт шахсий ҳисоб варағи ўзгарганлигини Сизларга маълум қиламиз.
Шу кунгача (тўлов-контракт шахсий ҳисоб варағи ўзгаргунга қадар) қилинган тўловлар ўтади.
kontrakt.edu.uz сайти орқали талаба томонидан шахсий кабинетига киргандан сўнг, тўлов-шартнома бўлимидан тасдиқланган тўлов-
шартномани қайтадан юклаб олиш орқали университетнинг янги ҳисоб рақамига тўловларни амалга ошириши мумкин.

Ташкент ш., Талабалар шаҳарчаси, Университет кўчаси – 4 уй
ш.ҳ.в – 4009 1086 0262 8070 9410 0350 001
СТИР – 200 845 944 (ЎзМУ)
ЎзР МВ Ғазначилиги Амалиёт бошқармаси
банк: ХККМ Тошкент шаҳар МБ ББ
ҳ/р- 23 402 000 300 100 001 010
СТИР: 201 122 919 (МВ), МФО – 00 014
ОКЭД: 85 420

@milliy_universitut

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

Xabaringiz bor Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida darslar 8-yanvardan boshlanadi va Yakuniy nazorat(sessiya)lar 15-yanvardan rejalashtirilgan!

TTJlarga 7-yanvardan borib joylashishingiz mumkin.

Barcha O’zMU talabalari uchun SESSIYAda yordamlashish uchun ochilgan guruhga taklif qilamiz!
👉 @nuu_student_s✈️
👉 @nuu_student_s✈️
👉 @nuu_student_s✈️

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

❗️RASMAN: 2024-yil — Yoshlar va biznesni qo'llab quvvatlash yili e'lon qilindi.

@milliy_universitut

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

Oliy ta’lim yilni vazirsiz tugatmoqda

2023-yil tugab bormoqda, ammo oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimi haligacha vakant turibdi. Sobiq vazir Ibrohim Abdurahmonov 25-oktabr kuni qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlangandi.

Ikki oydirki oliy ta’limga yangi vazir tayinlanmadi. O‘rinbosarlar ishlarni tashkil etib turishibdi. Ayrim manbalar yopiq hujjat asosida oliy ta’limga qarab turish Odil Abdurahmonovga yuklatilgani haqida xabar bergandi.

Masalan, o‘tgan yili 30-dekabrda ham tayinlovlar amalga oshirilib, “adminreforma” qilingandi. Balki vazir yanvarda tayinlanar, balki ungacha, ammo asosiy nomzod ham aniq — Odil Abdurahmonov.

@talaba_uz_edu

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

⚡️ Ukasi yo singlisining kontraktini to‘layotganlarga ham soliq imtiyozi berish taklif qilindi

◼️ Hozir bolasi uchun kontrakt to‘layotgan ota-onalarga, turmush o‘rtog‘ining kontraktini to‘layotgan fuqarolarga va o‘zining kontraktini to‘laydigan talabalarga 12 foiz daromad solig‘i qaytarib beriladi.

❌ Lekin o‘zining uka yo singlisi, akasi uchun kontrakt to‘laydigan farzandlarga bu imtiyoz berilmagan.

💵 Shuning uchun ham Ombudsman ta’lim xarajatlarini qoplayotgan boshqa farzandlar, ya’ni opasini, singlisini, akasini, ukasini  o‘qishiga yordam berayotgan aka-uka va opa-singillarga nisbatan ham soliq imtiyozini qo‘llashni taklif qilmoqda.

👉 @SUBYEKTIVtalim

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

❗️Yotoqxona to‘lovini onlayn to‘lash tartibi

To‘lovlarini “Zoomrad” yoki “Click” mobil ilovasi orqali amalga oshiring! Buning uchun mobil ilovadagi “To‘lovlar” sahifasiga kiring.

↪️“Ta’lim” bo‘limidan “OTM shartnoma to‘lovi”ni tanlang.
↪️To‘lov turidan “Yotoqxona to‘lovi”ni tanlang va JSHSHIR raqamingizni kiriting.
↪️ To‘lov summasini kiriting va to‘lovni amalga oshiring.


@nuu_student_s

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan “Bilim uchun 100 million” olimpiadasining 2022-2023-yillardagi gʻolibi, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Statistika va tadqiqotlar departamentida faoliyat yuritayotgan Jahongir To‘rayev qoʻlga kiritgan yutuqlari va hozirgi ish faoliyati haqida “Yangi avlod” loyihasida ma’lumot berdi.

@SUBYEKTIVtalim

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

Telegram 1 yil hisobida juda ko’p imkoniyatlar yaratdi!
Endi siz o’zingizga yoqqan kanaldagi xabarlarni repost qilib o’z hikoyalaringizga joylashingiz mumkin..

@nuu_student_s

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

📌 2024 yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

Barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar):

22-mart – juma;
11-aprel – payshanba;
18-iyun – seshanba;
3-sentabr – seshanba;
31-dekabr – seshanba.

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:

2-yanvar – seshanba;
23-mart – shanba;
12-aprel – juma;
31-avgust – shanba;
30-dekabr – dushanba.

Do'stlaringizga ulashing
@milliy_universitut

Читать полностью…

Milliy Universitet (O'zMU)

#Talabalarga

⚡️Ertadan boshlab voha viloyatlariga avtobus qo’yiladi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Transport vazirligi bilan hamkorlikda ertadan, 23-dekabr - shanba kuni soat 10.00 dan eʼtiboran Toshkent shahri, Talabalar shaharchasida joylashgan Oʻzbekiston Milliy universiteti (moʻljal: Beruniy metrosi) bosh binosi qarshisidagi maydonda (kirish darvozasi, arka oldida) Toshkent shahrida tahsil oluvchi va qishki taʼtil munosabati bilan doimiy yashash joylariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun qoʻshimcha avtobus yoʻnalishlari tashkil etildi.

🚌 Avtobuslar qatnovi talab (buyurtma) mavjud boʻlgan quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etilmoqda:

Toshkent — Olot (Buxoro);
Toshkent — Qarshi;
Toshkent — Termiz.

Chiptalar Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassada sotiladi.

Izoh: Toshkent-Olot (Buxoro) yoʻnalishi boʻyicha avtobuslar Jizzax, Samarqand, Navoiyga boradigan talabalar uchun yoʻnalishda belgilangan narxlarda xizmat koʻrsatishi mumkin.

🚊Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Namangan, Fargʻona, Andijon viloyatlariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun alohida qoʻshimcha temir yo'l vagonlari tashkil etilgan. Ushbu yoʻnalishlarda imtiyozli (50% chegirma) temiryoʻl chiptalari Oʻzbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassa (moʻljal: Beruniy metrosi) orqali berilishini maʼlum qilamiz.

Bizni kuzating:
@nuu_student_s

Читать полностью…
Subscribe to a channel