milliy_universitut | Unsorted

Telegram-канал milliy_universitut - O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

8823

Oʻzbekiston Milliy Universiteti ( rasmiy xabarlar ) ɴᴀᴛɪᴏɴᴀʟ ᴜɴɪᴠᴇʀsɪᴛʏ of ᴜᴢʙᴇᴋɪsᴛᴀɴ ᴀʙɪᴛᴜʀɪʏᴇɴᴛ ᴠᴀ sᴛᴜᴅᴇɴᴛʟᴀʀ ᴜᴄʜᴜɴ sᴏ'ɴɢɪ , ishonchli ᴠᴀ ᴍᴜʜɪᴍ ʏᴀɴɢɪʟɪᴋʟᴀʀ ʙɪᴢᴅᴀ (Norasmiy kanal) Reklama uchun: @khusanoff_a Guruhimiz: @nuu_student_s

Subscribe to a channel

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

O'zMUda “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi bo'lib o'tadi


🗣 Tanlovning universitet bosqichi, bugun, 7-fevral, soat 11.00 da Toshkent shahar Yoshlar ittifoqi konsert zalida start oladi.

🗄 Tanlovning Respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin – 70 million so‘m;
2-o‘rin – 50 million so‘m;
3-o‘rin – 30 million so‘m.


Nominatsiyalar bo‘yicha:

“Eng faol oliy ta’lim muassasasi” – 15 million so‘m;
“Eng yaxshi erkak roli uchun” – 10 million so‘m;
“Eng yaxshi ayol roli uchun” – 10 million so‘m;
“Jamoa ijodkor talabasi” – 8 million so‘m;
“Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” – 7 million so‘m.

Tanishing👉 Tanlov nizomi

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

“Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining “Rektor kubogi” o‘tkazildi


Bugun, O‘zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida universitetda tahsil oluvchi talaba-yoshlar o‘rtasida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining “Rektor kubogi” o‘tkazildi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida universitet rahbariyati, Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi rahbar-xodimlari, harbiy xizmatchilar, talaba-yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti jamoasi mutlaq g‘olib bo‘lib, rektor kubogi hamda 10 mln so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

Ijtimoiy fanlar fakulteti jamoasi 2-o‘rinni egalladi, Matematika fakulteti jamoasi esa 3-o‘ringa munosib deb topildi. 2-o‘ringa 8 mln so‘m, 3-o‘ringa 6 mln so‘m pul mukofoti berildi.

Shuningdek, Jurnalistika va o’zbek filologiyasi fakulteti jamoasi 4-o’rin, Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti jamoasi 5-o’rinni qayd etib, kuchli 5 talikdan joy olishdi.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#kayfiyat

Aytishlaricha inson fikrlarini o'qisa bolar ekan ishonmasangiz hoz man topaman!

Siz bu so'zni ichingizda o'qidingiz..

Unda 3 xonasi son yozib keting!

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Yangi yil yaqinlashgani sari Turkiya yoki Dubayga sayohat qilish, Toshkentdan qishloqqa qaytishdan arzonroq boʻlib boradi talabalar uchun)

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#Malaka_oshirish #Kredit_modul

Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda universitet rektorining tegishli buyrug‘lariga ko'ra o‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan kafedra mudirlari, profesor-o‘qituvchilar, dekan muovinlari va tyutorlar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

🗣 Joriy yilning 23-dekabridan 28-dekabriga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur kurslar davomida HEMIS axborot tizimi, kredit-modul tizimida meyoriy-uslubiy hujjatlarning qo‘llanishi, professor-o‘qituvchilarining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida faoliyatini baholash, magistratura bosqichida o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘quv adabiyotlarini tayyorlash tartibi hamda sirtqi va masofaviy ta’limda Moodle platformasidan foydalanish kabi mavzularda zarur ko‘nikmalar to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar berilmoqda.

Shuningdek, 2025-yilning 6-yanvaridan 12-yanvariga qadar O‘zbekiston Milliy universitetiga 2024/2025 o‘quv yilida yangi ishga qabul qilingan yosh o‘qituvchilar uchun “Yosh pedagoglar maktabi” tashkil etiladi.


Batafsil 👉 https://nuu.uz/qisqa-muddatli-malaka-oshirish-kurslari-faoliyati-yolga-qoyilmoqda/

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Инсон унитувчидир, ман хар доим якуний имтихонга киргаримда шу инсонлигим панд берадида..

البشر ناسيون، وعندما أدخل الامتحان النهائي، هذه الإنسانية تحذرني.

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Oliy ta’lim vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov jamoat transportida, ayniqsa, metroda koʻp yurishi haqida tez-tez eshitardik.

Bugun esa bunga shaxsan guvoh boʻldik. Vazir amaldor boʻlmagan har bir fuqaro singari metroda qaytayotgandi.

Metrodan chiqib ham piyoda manziliga yurib bordi. Rasmga olish sal noqulay boʻldi. Lekin tan bermay iloj yoʻq.

Shunaqa holatlarni tasodifan, shaxsan koʻrgach hurmat oshaveradi. Kamtarlik va oddiylik oʻz isbotini topaveradi.

Darvoqe, ayrim manbalarga ko‘ra, vazir ko‘pincha mustaqil harakatlanadi. Ya’ni turli tadbirlarga bormoqchi bo‘lsa, bir gala odam bilan emas, bir o‘zi ham ketaverarishi haqida ma’lumotlar bor.

P.S.: Bu postdan maqsad kimnidir maqtash yoki ulugʻlash emas. Shunchaki vazirning kamtarligini koʻp marta eshitganmiz, bugun bunga guvoh boʻlib, oʻsha gaplar qanchalik rost ekanini bildirib qoʻyishni lozim topdik.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

талаба болиб шуни билдим, дарс килишдан кора дарс килиш кере деган ойлов копрок тамом киларкан

عندما كنت طالبًا، تعلمت أن الدراسة أفضل من الدراسة.

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#Xushxabar

🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida 3-o'rinni egallab, 1 mlrd so'm pul mukofotini qo'lga kiritdi

⚡️ Intellektual olimpiadaning umumjamoa hisobidagi g‘oliblari:

🥇1-o‘rin: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
🥈2-o‘rin: Farg‘ona davlat universiteti
🥉3-o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti

🎁🤩 Ushbu talabalar o‘qiydigan oliy ta’lim muassasalariga egallagan o‘rniga mos ravishda quyidagi miqdordagi Prezident sovg‘asi topshiriladi:

1-o‘rin: 2 mlrd so‘m
2-o‘rin: 1,5 mlrd so‘m
3-o‘rin: 1 mlrd so‘m

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

⚡️Yilning so‘nggi va eng exclusive marafoni spikerlari bilan tanishing!

12 soat davomida, onlayn tarzda, turli xil davlatlarning top universitetlari talabalari bilan suhbatlashamiz. Ushbu talabalar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

Kechagi post izohlarida ko'rsatilgan Garvard, Stanford, Yale hamda Princeton kabi TOP universitetlarida ta'lim olayotgan yoshlar bilan muloqot qila olasiz. O'zingizni qiziqtirgan savollarni ularga bera olasiz. Umid qilamanki, Sizlar uchun juda foydali muloqot bo'ladi.

Sana: 20-dekabr.
Manzil: /channel/Top100_Uni

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Prorektor o‘zi tahsil olgan maktabga kitob sovg‘a qildi

O‘zbekiston Milliy universiteti yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Jabbor Muhammadiyev Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Nushkent qishlog‘ida joylashgan 17-maktabga tashrif buyurib, mazkur muassasa jamoasi bilan uchrashdi.

Prorektor o‘zi tahsil olgan maktab kutubxonasiga o‘zbek va jahon adabiyotiga taalluqli 100 ga yaqin badiiy, ilmiy-ommabop kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi.

J.Muhammadiyev maktab jamoasi, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan samimiy muloqot qildi. O‘zining maktab davrlaridagi zavqli xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. Oddiy maktab o‘quvchisidan tortib prorektorlikkacha bosib o‘tgan yo‘li, shaxsiy tajribalari, ustozlarining ta’lim-tarbiyasi haqida so‘zlab berdi.

Mamlakatimiz bo‘ylab barcha darajadagi rahbarlar, ziyolilar, ishchi-xodimlar tomonidan o‘zlari tahsil olgan umumiy o‘rta ta’lim maktablariga kitoblarni bayramona tarzda sovg‘a qilish jarayoni o‘ziga xos an’anaga aylangani quvonarli.


O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

O‘zbek tili frazeologik lug‘atida "DUNYODAN ETAK SILKIMOQ" degan iborani o'qib qoldim. Mazmuni "hayotning lazzatlaridan voz kechmoq" ekan.

Talabalar asosan har xaftaning chorshanba kunlaridan o'tib, sekin dunyodan etak silkib boshlaydi. Jarayon keyingi xaftaning boshigacha davom etadi.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Energetika sohasini subsidiyalash 2028-yildan to‘xtatiladi

Bosh vazir o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Senatdagi yig‘ilishda nega tariflar oshsa ham energetika sohasiga byudjetdan subsidiya ajratilayotgani haqidagi savolga javob berdi.

Uning aytishicha, hozirgi tariflar xarajatlarni to‘liq qoplash darajasiga chiqqani yo‘q.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Kim darsda uxlab qoldi..😁

@nuu_student_s

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Jadidlar haqida insholar tanlovi

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida insholar tanlovini e’lon qiladi.

↪️Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi: oliy ta’lim muassasasi va respublika bosqichi;
↪️Insholar tanlovi 2 xil: “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida o‘tkaziladi;
↪️Har bir mavzu bo‘yicha alohida o‘rinlar belgilanadi.

🔷 Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:


1-o‘rin – 8 000 000 so‘m;
2-o‘rin – 6 000 000 so‘m;
3-o‘rin – 5 000 000 so‘m;

☑️Tanlovning birinchi bosqichi 2025-yil yanvar oyining ikkinchi o‘n kunligida, yakuniy respublika bosqichi esa 2025-yilning fevral-mart oylari davomida o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Gaz qimmat resurs, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab qorako’zlarimizga ish o’rni yaratish mumkin.

Tillaqatori milliardlab kub gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqni kosasi oqarmaydi.

Elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko’paytirib gaz o’rniga elektr energiyasi ishlatishni o’rganishimiz kerak.

Yangi quriladigan uylarda energiya manbasi sifatida faqat elektr energiyasini rag’batlantirish taklifini qo’llab-quvvatlaymiz.

Yashil energetika kelajagimiz.

@alisherQodir

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Faqat menda shunaqami?

Ruscha gapirolmasam ham ruscha ashulalarni tushunaman, biroq Inglizcha gapirolsam ham Inglizcha ashulalarga tushunmayman.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

-Hayotda harakat qilsang ham olib qola olmaydigan narsalar bor.
-Masalan nima ekan janob admin?
-Kartaga tushgan stipendiyani Uzum nasiya muddati oʻtgan qarzing uchun yechib olishi...)

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Respublika Oliy ta’lim kengashi soliq yoki majburiy to‘lov joriy qilish vakolatiga ega emas

Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika Oliy ta’lim kengashining hozircha hech qayerda rasman e’lon qilinmagan bayonnomasi orqali nodavlat OTMlarga 4% lik "o‘lpon" joriy qilingani muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur bayonnoma 29-noyabr kuni tasdiqlangan.

Bayonnomada yozilishicha, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan moliya yili yakunida to‘lov-kontrakt shaklida o‘qitishdan tushadigan mablag‘ning mazkur mablag‘lar bo‘yicha moliya yili oxiriga qoldig‘ining 4 foiz qismini Respublika oliy ta’lim kengashiga yo‘naltirish amaliyotini joriy qilish taklifi qo‘llab-quvvatlangan.

Bu taklifni qaysidir nodavlat oliygoh rahbarlari bergan emish. Ya’ni "bizning pulimiz ko‘payib ketdi, shunga 4 foizini sizlarga beraylik" deyishibdi. Bayonnomada aynan qaysi nodavlat OTM rektorlari bunaqa taklifni bergani haqida ma’lumot aytilmagan. Agar ular rostdan bor bo‘lsa, unda e’lon qilishsa, yaxshi bo‘lar ekan.

❗️Albatta, bu bayonnoma hech qaysi OTMga hech qanday majburiyat yuklamaydi.

Bu bayonnomani pesh qilib, pul o‘tkazishni talab qilish, agar o‘tkazmasa, turli oqibatlar keltirib chiqarishi (masalan, litsenziyasini olib qo‘yishga ishoralar va h.k.) mutlaqo noqonuniy hisoblanadi. Bunday qilishga hech kimning haqqi yo‘q (qog‘ozlarda har holda, amalda bilmadim endi).

Shu sababli nodavlat oliygohlar Kengashga 4% pul o‘tkazishga majbur emasligini bilishlari zarar qilmaydi. Unutmang, Respublika Oliy ta’lim kengashining o‘zi nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi, qanaqadir davlatning vakolatli organi emas, kimgadir majburiyat yuklaydigan vakolati yo‘q.

Garchi bayonnoma matnida majburiylik haqida gap ketmagan bo‘lsa-da, ammo bunday mazmunda qaror chiqarilishining o‘zi g‘alati. Bunday qarorlar kamida Biznes Ombudsman hamda Adliya vazirligidan ekspertizadan o‘tishi kerak.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Ertalabdan uyg'otadigan xonadoshingiz..😁

⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
/channel/mushuklarhadyaga/s/1

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Bilamiz bugun ham uxlaysiz😁

@nuu_student_s

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#DIQQAT YAKUNIY NAZORATLAR BO’YICHA

JORIY O’QUV YILIDAN BOSHLAB:
bir o‘quv semestri (sessiya) davomida talabaning fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko‘p bo‘lgan talabalarga imtihonlarni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va universitet rektorining buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi. Bunda ikkinchi oliy ta’limga yoki texnikumlarni bitirib 2-kursdan qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash, akademik ta’tildan yoki akademik mobillikdan qaytish natijasida yuzaga kelgan fanlar farqi buyicha akademik qarzdorliklar alohida hisobga olinadi;

talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga belgilangan tartibda ruxsat etiladi. Bunda, oraliq va yakuniy nazoratlar bo‘yicha akademik qarzdor talabalar uchun tashkil etiladigan bir martalik qayta topshirishdan so‘ng o‘zlashtirilmagan va uchtadan ko‘p bo‘lmagan fanlardan akademik qarzdorliklar talabaning tashabbusi bilan keyingi semestr yoki yozgi semestr davomida o‘z hisobidan to‘lov asosida topshiradi;

ko‘zda tutilmagan uzrli sabablar yoki aniq yechimi bo‘lmagan (pandemiya, tabiiy ofatlar, hodisalar, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlar, alohida davr oqibati va h.k.) holatlarda talabaning yozgi semestrda ishtirok etish masalasi, istisno tariqasida Universitet Kengashi va (yoki) rektor vakolati doirasida hal qilinadi;
uzrli sabablarsiz malakaviy amaliyotlarda o‘z vaqtida ishtirok etmagan va amaliyot hisobotlarini topshirmagan talabalar GPA ko‘rsatkichidan qat’iy nazar tegishli kursda koldiriladi;

uzrli sabablarga asosan talaba tomonidan malakaviy amaliyot o‘tash imkoni bo‘lmaganda yozgi semestr muddatidan ko‘p bo‘lmagan (besh hafta va undan ortiq muddatda bo‘lgan amaliyotlar bundan mustasno) malakaviy amaliyotlar uchun yozgi semestr davrida talabaga amaliyot o‘tashga ruxsat etilishi mumkin;

talabalar tomonidan uzrli sabablarni tasdiqlovchi ma’lumotlar uzrli sabablar yakunlangan kundan e’tiboran o’n kundan ko’p bo’lmagan muddatda dekanatga taqdim etiladi;

talaba kassaligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra, ikki xaftadan ortiq muddatda mashg‘ulotlarda ishtirok etmagan taqdirda, telefon yoki boshqa aloqa vositasi (telegramma, xat) orqali dekanatni xabardor qiladi.


O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

⚡️21 декабрдан 22 декабрга ўтар кечаси энг қисқа кун ва энг узун тун (17 соат) содир бўлади.

Ушбу тун Ялдо кечаси дейилади. Элшунос олим Билол Аминовнинг ёзишича, илгари Ялдо кечаларини кишилар зориқиб кутишган. Қиш кезлари ҳафта сайин гап-гаштак дейилган, даврага тўплаганлар ғазалхонлик қилишган, баҳри-байт айтишиб, мушоиралар ўтказишган, рақс тушишган, қўшиқлар хиргойи қилишган, дутор-доира чалиб, ўйин-кулгуни қизитишган.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#TOLOV SHARTNOMA MUDDATI

2024-2025 o’quv yilida to’lov kontrakt asosida 1-kursga talabalikka tavsiya etilganlarga kontrakt to’lovini kamida 50 foizini amalga oshirgan holda talabalikka qabul qilish buyruqlarini rasmiylashtirish uchun 31.12.2024 yilgacha (shu kuni ham) muddat berildi.

1-kursga kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar ushbu muddatda to’lov shartnoma summasining kamida 50 foizini amalga oshirganda talabalikka qabul qilish buyrug’i rasmiylashtiriladi.

OGOHLANTIRISH: To’lovni amalga oshirmagan va talabalikka qabul qilish buyrug’i chiqmagan talabalar dars jarayonlari va Yakuniy nazoratlarga kirishiga ruxsat berilmaydi.


O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Ha siz bu yil uyda yolg'izni ko'rdingizmi...😁

Bu yerda ko'rishingiz mumkin👈

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Seshanba kuni ob-havo -16° bo'lganidan xabar topdingizmi...?

@milliy ✈️

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Metrodagi tilanchilarning oddiy tilanchilardan farqi — ular uchun bu ish — biznes. Bu biznesga 2000 so‘m depozit bilan kirishgan)

Oxirgi vaqtlarda metroda biznesmenlar ko'payib ketmoqda)

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Mana men mana...😁

No comment

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

​​Nega kitob o‘qiyotganda uyqu keladi?

Bunga qarshi nimalar qilish mumkin?


Kitob o‘qiyotganida uxlab qolmagan odam bo‘lmasa kerak. Garchi, kitob zerikarli bo‘lmasa ham. Kitobni o‘qib tugatishingiz kerak bo‘lsa yoki uxlab qolmasdan uzoq vaqt kitob o‘qishni xohlasangiz, quyidagi 8 ta usuldan foydalanganingiz ma’qul:

1⃣  Kitob o‘qish uchun qulayroq joy toping, lekin juda qulay bo‘lmasin. Yotoqda kitob o‘qigandan ko‘ra, kresloga o‘rnashib oling. U yerda ham uxlab qolayotgan bo‘lsangiz, stulda o‘tirib kitob o‘qing.

2⃣  Kitob o‘qiyotganingizda xona yorug‘ligini oshiring.

3⃣  Xonani shamollating, u biroz salqin bo‘lishi kerak. Issiq havoda tez uxlab qolasiz. 

5⃣  Kitobni o‘qib tugatishingiz zarur bo‘lsa, o‘qishga kirishishdan oldin, tetiklashishga harakat qiling. Badantarbiya mashqlarini bajaring, qahva iching, sovuq dush qabul qiling va hokazo. 

5⃣  Tanaffuslar qiling, “porsiyalar” bilan o‘qing. Bir soatdan ortiq davomiy kitob o‘qimang. Turing va biroz qadam bosing – qoningiz yurishib, tetiklashasiz. 

6⃣  Oldingizda suv, sharbat solingan stakan yoki bir piyola choy bo‘lsin.

7⃣  Faol o‘qing – iqtiboslarni belgilang, qaydlar qiling. Elektron kitobda ham iqtiboslarni belgilash diqqatingiz konsentratsiyasi uzoq vaqt saqlanishiga yordam beradi. Tana faol bo‘lsa (sahifalarga stikerlar yopishtirish, qalam ushlash, fikrlarni yozib qo‘yishda), miya ham faollikni saqlaydi. 

8⃣  Kitob o‘qish vaqtingizni o‘zgartiring. Agar har doim kechqurun uyqudan oldin kitob o‘qisangiz kitob va uyquni bog‘lovchi shartli refleks hosil bo‘ladi. Kunduzi o‘qishni sinab ko‘ring.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#Bizning_stipendiatlar

🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetining 2024/2025 o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichi bo‘yicha Navoiy, Beruniy, Ulug'bek, Bobur hamda Pahlavod Mahmud nomli davlat stipendiyalariga sazovor bo'lgan talabalari. 👆

Stipendiat talabalarimiz va ularning ilmiy rahbarlarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlariga omad tilaymiz.


O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…
Subscribe to a channel