milliy_universitut | Unsorted

Telegram-канал milliy_universitut - O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

8823

Oʻzbekiston Milliy Universiteti ( rasmiy xabarlar ) ɴᴀᴛɪᴏɴᴀʟ ᴜɴɪᴠᴇʀsɪᴛʏ of ᴜᴢʙᴇᴋɪsᴛᴀɴ ᴀʙɪᴛᴜʀɪʏᴇɴᴛ ᴠᴀ sᴛᴜᴅᴇɴᴛʟᴀʀ ᴜᴄʜᴜɴ sᴏ'ɴɢɪ , ishonchli ᴠᴀ ᴍᴜʜɪᴍ ʏᴀɴɢɪʟɪᴋʟᴀʀ ʙɪᴢᴅᴀ (Norasmiy kanal) Reklama uchun: @khusanoff_a Guruhimiz: @nuu_student_s

Subscribe to a channel

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#Xalqaro_stajirovka

📰 Xalqaro tajriba almashinuv — oliy ta'lim rivojining garovi

🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakulteti Fizikaviy kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Sardorbek Otajonov Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi ECAMPUZ loyihasi doirasida Daniyaning Kopengagen universitetida (Top-100) 3 oylik ilmiy stajirovka o‘tamoqda.

📰Ushbu ilmiy tadqiqot safarining asosiy maqsadi oziq-ovqat tahlili va biotexnologiya yo‘nalishida ilg‘or tajribalarni o‘rganish, zamonaviy ilmiy usullarni o‘zlashtirish hamda ushbu sohada innovatsion yondashuvlarni O‘zbekistonda tadbiq etishdan iborat.

🎓 Stajirovka davomida u oziq-ovqat tahlili laboratoriyasida ilmiy tadqiqot olib borib, oziq-ovqat mahsulotlarini sifat va xavfsizlik nuqtayi nazaridan kompleks tahlil qilish, ilg‘or texnologiyalar asosida izlanishlar olib borish bilan shug‘ullanmoqda.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

⭕️⭕️⭕️⭕️
Вазирлар Маҳкамасининг 312-сонли қарорига кўра, ОТМ тўловининг 50% гача (18,75 млн сўмгача) сумма қоплаб берилади.

Ариза бериш учун маҳалла ёшлар етакчисига мурожаат қилиш,
yoshlardaftari.uz сайти орқали онлайн ариза ёки 1093 рақами орқали боғланиш мумкин.

Шу жумладан, қуйидаги тоифага кирувчи талабаларнинг шартнома суммалари қоплаб берилади:

“Темир дафтар"га киритилган оила фарзанди;

“Аёллар дафтари"га киритилган аёллар фарзанди;

“Ижтимоий ҳимоя ягона реестри"га киритилган оиланинг профессионал ёки ОТМ да таълим олаётган фарзанди;

Меҳрибонлик уйи ёки Болалар шаҳарчасида тарбияланган ўқувчи-та лаба;

ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган, васийликка олинган кам таъминланган ўқувчи-та лаба;

оила аъзоларининг камида биттаси I гуруҳ ёки ҳар иккала II гуруҳ ногиронлиги бўлган кам таъминланган оиланинг профессионал ёки ОТМ да таълим олаётган фарзанди;

ногиронлиги ёки саломатлигида нуқсони бўлган ўқувчи-та лаба;

оиласи кам таъминланган талаба.


O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Ayni vaqtda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanini “O‘zbekiston“ telekanali va Yoshlar ishlari agentligining Facebook sahifasi orqali to‘g‘ridan-tog‘ri kuzatishingiz mumkin.

#matbuotanjumani

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Bo'sh qolganda kirib vaqt o'tqazish uchun aqlli bot yaratishgan ekan...

Moliya, arxitektura, marketing usullari va eng muhimi 10 levelga yetib borsangiz tahminan 57$ mukofot yoki Telegram sovg'alari...

Bu bot 25-fevral kuni yaratildi
Botga kirish 👈

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

⚡️ 2025-yilda o‘qishni ko‘chirish mezonlari qanday bo‘ladi?

— O‘zbekiston OTMlarida o‘qishni ko‘chirish testlari 2025-yilda qanday baholanadi? Test sinovlari mezonlari va ballar taqsimoti haqida to‘liq ma’lumot.

📝 Batafsil ma'lumot: oliygoh.uz/kju

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Snowman 🎶

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#Rasman

📌 Talabalar 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin

Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.

Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)



Bugun 24-fevral haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar

🌏Lotereya tug‘ilgan kun.
🇹🇭Tailand – Sanʼat sohasidagi insonlar kuni.
🇮🇷Eron – Muhandislar kuni.

#muhim_voqealar

🔺1466-yil – Bryuggeda (Belgiya) birinchi lotereya o‘yini o‘tkazildi.
🔺1938-yil – dunyoda birinchi sun’iy sintetik tolali tish cho‘tkasi ishlab chiqildi.
🔺1994-yil – O‘zbekiston Respublikasi xalqaro pochta ittifoqiga a’zo bo‘ldi.
🔺1994-yil – Norvegiyaning Lillixammer shahrida bo‘lgan 17-qishki Olimpiadada hamyurtimiz Lina Cheryazova fristayl bo‘yicha Olimpiada chempioni bo‘ldi.
🔺2006-yil – Toshkent shahrida M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti filialii tashkil topdi. 

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#ichki_turizm
#Buxoro_O‘zMU

O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari Buxoroga sayohat uyushtirdi


🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida ichki turizmni rivojlantirish va tarixiy yodgorliklar bilan yaqindan tanishish maqsadida Buxoro shahriga sayohat uyushtirdi.

🇺🇿 Sayohat davomida talabalar Buxoroning boy madaniy merosi, tarixiy obidalari va milliy qadriyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Ulug‘bek madrasasi, Poyi Kalon majmuasi, Ark qo‘rg‘oni, Labi Hovuz kabi tarixiy maskanlarga tashrif buyurib, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho me’moriy yodgorliklar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

🗣O‘zbekiston Milliy universiteti yoshlari ichki turizmni rivojlantirish, milliy merosni o‘rganish va targ‘ib qilishga hissa qo‘shishda davom etadi!


O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#Madaniy_meros #Shvetsiya #tadbir

🌎 YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan Shvetsiyaning Stokgolm shahrida “Samarqand – ipak yo‘lining marvaridi” nomli madaniy tadbir o‘tkazildi.

💬 O'zbekiston Milliy axborot agentligi bu haqda so‘z yuritadi: https://uza.uz/posts/690339

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#kayfiyat

Qaniydi, har tong o’qishga ketish uchun chaladigan budilnik uyg'otganda, eshikdan spetsnaz kirib - “Yot! Yot! Yot!” deya baqirsa...))

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan оchiq muloqotida belgilangan asosiy vazifalar.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#deutsch

🎓Yangi imkoniyat: A1, A2, B1 darajalari uchun qabul boshlandi! 🎉🙂

So’ngi bor faqat yuqori darajalar uchun kurslar tashkil qilingan edi. Endi esa, talablar asosida, boshlang‘ich va o‘rta darajalar uchun ham kurslar ochildi!

Agar siz nemis tilini endi o‘rganishni boshlayotgan bo‘lsangiz yoki bilimingizni mustahkamlashni istasangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun! 🚀

Mittelpunkt.uz standart kurslari:

A1, A2, B1 darajalari uchun maxsus dastur;
Haftasiga 3 marta darslar – sekin va tizimli o‘rganish;
Online format – istalgan joydan qatnashish imkoniyati;
Alohida qizlar uchun guruhlar – erkin va qulay muhit;
Cornelsen nashriyoti kitoblari – sifatli ta’lim materiallari;
Gapirish, yozish, tinglab tushunish – barcha ko‘nikmalarni rivojlantirish;

🇩🇪 Germaniyada o‘qish yoki ishlashni rejalashtiryapsizmi? Nemis tilini o‘rganib, imkoniyatlaringizni kengaytiring!

Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot: @mittelpunktmanager

Nemis tilini ishonch bilan o‘rganing – biz sizga yordam beramiz! 🚀

Mittelpunkt|Dein Weg zur Entwicklung

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

🇹🇷 TURK TILI – SEN O‘YLANGANDAN HAM KERAKLIROQ!

Magistratura va bakalavriat imtihonlarida yuqori ball olishni istaysizmi?
Turkiyada o‘qish yoki ishlashni xohlaysizmi?
Sertifikat kerakmi?
Lekin nimadan boshlashni bilmay ikkilanib turibsizmi?


Unda Tezkor Ta’limda bepul 3 kunlik ochiq darslar aynan siz uchun! 💥

Bizning 10 yildan oshiq  Turkiyada yashagan turkiyzabon ustozimiz sizni:
Magistratura imtihonlariga tayyorlaydi
Turk tilida erkin gapirishga o‘rgatadi
Sertifikat olish yo‘lini ko‘rsatadi

🗓 Ochiq darsimiz 11-12-13 fevral kunlari soat 14:00 va 16:00 da o’quv markazimizda o’tkaziladi.
Shoshiling❗️❗️❗️

⚡️ Turk tilini haqiqiy mutaxassis bilan tez va samarali o‘rganish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

🎟 Joylar cheklangan! O’z o’rningizni hoziroq band qiling❗️

Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
+998881787770
+998982789966

Tezkor Ta’lim – Kelajagingiz shu yerdan boshlanadi! 🚀

📍Manzil. Toshkent shahar, Olmazor tumani Talabalar shaharchasi 88A uy.

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#Talaba_muvaffaqiyati

O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovi g‘olibi bo‘ldi


🇺🇿 O’zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti 2-kurs talabasi Abduvaxobova Maftuna Voxid qizi 2024/2025-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

🗣Ilmiy rahbar: Jurayeva Iroda Ahmedovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Talabamiz va uning ilmiy rahbari, Xorijiy filologiya fakulteti jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#kayfiyat

Masalan indinga 8-mart. Sen murg'akkinani esa hatto roltonga ham pul yo'q. Siqilma jahon tillarida o'qimaysanu...

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#Xalqaro_hamkorlik

Qirg‘iz milliy universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda


🇺🇿🇰🇬Bugun, 27-fevral kuni O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov Yusuf Bolasog‘un nomidagi Qirg‘iz milliy universiteti rektori Dogdurbek Chontoyev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

🎓 Ikki universitet o‘rtasidagi o‘quv, uslubiy, ilmiy, madaniy-ma’rifiy yo‘nalishlarda istiqbolli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, talabalar almashinuvi va xalqaro stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, o‘quv va ilmiy adabiyotlar yaratish kabi masalalar muhokama etildi.

📰Rektor Dogdurbek Chontoyev O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasini oktyabr oyida reja qilinayotgan Qirg‘iz milliy universitetining 100 yillik yubileyiga taklif etdi.

✏️ Uchrashuv nihoyasida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Tomonlar turli yo‘nalishlardagi hamkorlikni soha prorektorlari va tegishli mutaxassislar orqali bosqichma-bosqich amalga oshirishga kelishib oldilar.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#munosabat #yoshlar_siyosati

OTM rahbarlari vaqtining 70 foizini talabalarga bag‘ishlashi zarur


Prezidentning yoshlar bilan muloqotida oliy ta’limga doir ilgari surilgan eng muhim tashabbuslar yuzasidan oliy ta’lim muassasalari rahbarlari munosabat bildirishdi (video).

Bizni kuzating

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

⚡️ “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanloviga arizalar qabul qilinmoqda

— “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanloviga arizalar qabul qilinmoqda! 16-25 yoshdagi yosh innovatorlar 25-fevralga qadar ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Vibe ❄️

Metro Beruniy

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

📱 Bugungi kunda dunyoda 6,5 milliarddan ortiq smartfon foydalanuvchilari mavjud!

Hozirgi kunda Flutter – mobil ilovalar yaratish uchun eng tezkor va samarali texnologiyalardan biri bo‘lib, Google, Alibaba, BMW kabi yirik kompaniyalar undan foydalanmoqda.

👩‍💻 Mening ismim Aziza Murod, Senior Flutter dasturchisiman. 5 yildan ortiq turli xil katta kompaniyalarda ishlab, yirik loyihalarga hissa qo'shganman. Endi esa o‘z tajribamni siz bilan bo‘lishmoqchiman!

🚀 Flutter bu nima va u sizga qanday yordam beradi?
Flutter – bu Google tomonidan ishlab chiqilgan kross-platforma texnologiyasi bo‘lib, bitta kod yozib, Android va iOS ilovalarini yaratish imkonini beradi.

📚 Mening kursimda siz Dart dasturlash tilini noldan chuqur o‘rganasiz va har bir darsdan keyin amaliy topshiriqlar bajarib, bilimlaringizni mustahkamlaysiz. Flutter bo‘limida UI yaratish, animatsiyalar, API va lokal ma’lumotlar bilan ishlashni o‘rganib, 3 ta real loyihani – Kalkulyator, Retseptlar va Xarajatlarni kuzatish ilovasini yaratamiz! 🚀

✨ Mobil ilovalar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan! Va eng zo‘ri – siz ham ularni yaratishingiz mumkin! Yuqori talabga ega bo‘lgan Flutter dasturchisiga aylanishni xohlaysizmi?

Unda hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! 🚀 Kursimizga qo‘shiling va kelajagingizni Flutter bilan yarating!

Kurs haqida video: link
Murojat qilish uchun: @azizamurod_admin

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Stipendiyalar tushdi va nihoyat...

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Dubayda yurgan kursdoshimni hozir instagramda unfollow qildim. To'g'risida o'zimni muammolarim kamlik qilgandek, uning chet ellarda dam olib yurganini ko'rib 2 karra siqilishim qolgandi endi.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#talabaga_madad

📣ISHGA TAKLIF QILAMIZ 📣
FAQAT AYOL QIZLAR UCHUN

Agarda siz kirishimli, xushmuomala nutqingiz ravon va o‘z ishida masʼuliyatli bo‘lsangiz, biz sizni jamoamizga taklif etamiz!

✅TALABLAR:
-yosh-18-28 gacha (qat’iy)

⏰ Ish vaqti:
09:00 - 17:00
14:00 - 21:00
09:00-21:00

- komfort ofisda ishlaysiz;

- yangi ishchilarga ish o'rgatiladi;

- eng faol xodimlarga qo’shimcha bonus pul mablag’lari qo’shib beriladi;

- oylik maosh qo’lingizga tegadigani;
- 3 000 000 dan 10 000 000gacha;
(Sotuvingiz hisobga olinadi)

1️⃣📍Manzil: Chilonzor tumani Shuxrat chorraxasi (Evos)

📞Kontakt :
+998777058989
@abdulloh_2044

2️⃣📍Manzil: Olmazor tumani Farobiy ko'cha.
🚊 Metro: Beruniy

📞Kontakt :
+998770811999
@melbook_beruniy

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

O‘zMU rektori Inom Madjidov Shvetsiya Orol dengizi jamiyati rahbari bilan muzokara o‘tkazdi


🇺🇿 Ayni kunlarda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov boshchiligidagi delegatsiya Shvetsiya mamlakatida bo‘lib turibdi. Safar davomida bir qancha hamkorlar bilan uchrashish, muzokara olib borish belgilangan.

17-fevral kuni rektor Inom Madjidov Shvetsiya Orol dengizi jamiyati Bo Libert bilan uchrashdi. Dastlab O‘zbekistonda atrof-muhit muhofazasi, Orol muammosini bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar, xususan, Mo‘ynoq tumani hamda Orol dengizining suvi qurigan hududlarida O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan amalga oshirilayotgan tajribalar xususida taqdimot qilindi.

Shvetsiya Orol dengizi jamiyati rahbari Bo Libert universitet bilan ekologiya va barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘nalishida hamkorlik olib borish, talabalar uchun ingliz tilida har hafta onlayn mashg‘ulotlar tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Milliy universiteti va Shvetsiya Orol dengizi jamiyati hamkorligida ekologiya va atrof-muhitni asrash yo‘nalishida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

📌 OTMda o‘qiyotgan xodimga ish haqi saqlangan holda o‘quv ta’tillari berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Mehnat kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Yangi tahrirga ko’ra, 385-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda o’zgartirilishi belgilandi:

Oliy, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv ta’tillari:

– birinchi va ikkinchi kurslarda kechki ta’lim shaklida o‘qiyotganlar uchun oliy ta’lim tashkilotlarida – kamida yigirma kalendar kun, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida – kamida o‘n kalendar kun, oliy, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha esa – kamida o‘ttiz kalendar kun;

– uchinchi va undan yuqori kurslarda kechki ta’lim shaklida o‘qiyotganlar uchun oliy ta’lim tashkilotlarida – kamida yetti kalendar kun, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida – kamida yigirma kalendar kun, oliy, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha esa – kamida qirq kalendar kun muddatga haq to‘lanadi.

Eslatma! Mehnat kodeksining 385-moddasi eski tahririda ish beruvchi oliy ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida ishtirok etish uchun ta’lim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo‘lkira haqining ellik foizidan kam bo‘lmagan miqdorida, Davlat attestatsiyasidan o‘tish uchun xuddi shunday miqdorda yo‘lkira haqi to‘lanishi belgilangan edi.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Intervyu 24 | Yoshlar – xalqimiz, vatanimizning oltin fondi


🇺🇿 O’zbekiston Milliy universiteti talabalari Nilufar Ergasheva hamda Mahliyo O’roqovalarning Prezident ishtirokida o’tgan yoshlar bilan muloqotdan olgan taassurotlari.

#15feb #uzbekiston24

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

🔹🟦🟦🟦🟦🟦🟦 #Top_10

🇺🇿 O'zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassalaridagi Boshlang'ich tashkilot kengashlarining ijtimoiy tarmoqdagi faolligi yuzasidan Eng yaxshi TOP-10 ligi:

➡️ 1. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
➡️ 2. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
➡️ 3. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti;
➡️ 4. Toshkent davlat yuridik universiteti;
➡️ 5. Toshkent farmasevtika instituti;
➡️ 6. Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
➡️ 7. Toshkent davlat transport universiteti;
➡️ 8. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti;
➡️ 9. Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti;
➡️ 10. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti;
#poytaxt #yoshlar #otm #reyting

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

❗️O‘zbekistonda 3,5 ming kambag‘al oilalarning farzandlari OTMga grant asosida qabul qilinadi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 3,5 ming kambagʻal oilalar farzandlari tayyorlanib, OTMlarga belgilangan tartibda grant asosida qabul qilinadi.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi taʼlim dasturlari asosida tahsil olish uchun 20 tagacha kvota ajratiladi.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

“Shunqorlar”


O‘zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida universitetda tahsil oluvchi talaba-yoshlar o‘rtasida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining “Rektor kubogi” o‘tkazildi.

Bu haqida Mahalla telekanali so’z yuritadi.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…
Subscribe to a channel