milliy_universitut | Unsorted

Telegram-канал milliy_universitut - O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

8823

Oʻzbekiston Milliy Universiteti ( rasmiy xabarlar ) ɴᴀᴛɪᴏɴᴀʟ ᴜɴɪᴠᴇʀsɪᴛʏ of ᴜᴢʙᴇᴋɪsᴛᴀɴ ᴀʙɪᴛᴜʀɪʏᴇɴᴛ ᴠᴀ sᴛᴜᴅᴇɴᴛʟᴀʀ ᴜᴄʜᴜɴ sᴏ'ɴɢɪ , ishonchli ᴠᴀ ᴍᴜʜɪᴍ ʏᴀɴɢɪʟɪᴋʟᴀʀ ʙɪᴢᴅᴀ (Norasmiy kanal) Reklama uchun: @khusanoff_a Guruhimiz: @nuu_student_s

Subscribe to a channel

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Talaba hamda abituriyentlar uchun so’rovnoma 2025 1/2 o’tib bo’ldi deyarli….

Bir daqiqa vaqtingizni oladi!
https://www.instagram.com/channel/AbbSnvdb9vsvWqIk/?igsh=MTFzcHU5Y3A1emE4aA==

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#Dolzarb90_kun #Yoshlar_turizm

Arnasoy biz bilan jonlanadi!


🇺🇿 O’zbekiston Milliy universiteti tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Arnasoy tumani Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududida “Yoshlar turizm festivali” tashkil etildi.

📷 Bu haqida telekanallar so’z yuritadi.

O’zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Қадрли ҳамкасблар,
ҳурматли профессор-ўқитувчилар!
Азиз талаба-ёшлар!

Сизларни эзгулик, меҳр-мурувват, саховат ва бағрикенглик рамзига айланган файзли айём Қурбон ҳайити билан самимий табриклайман. Барчангизга тинчлик-омонлик, сиҳат-саломатлик, бахту саодат ва улкан муваффақиятлар ёр бўлишини тилаб қоламан.

Шукрлар бўлсинки, Яратганнинг назари тушган муқаддас юртимиз ўз тараққиёт йўли сари дадил одимлаб бормоқда. Давлатимиз раҳбарининг саъй-ҳаракатлари, олижаноб халқимизнинг эзгу мақсад йўлида бирдамлиги туфайли амалга оширилаётган ислоҳотлар ўз самарасини бермоқда.

Бугунги тарихий ўзгаришлар даврида таълим соҳасида фаолият олиб бораётган масъуллар, педагоглар, профессор-ўқитувчилар зиммасидаги масъулият юки ҳам ортиб бораверади.

Аҳли хонадонларимизга тотувлик, файзу барака ато этсин, юртимизга тинчлик, халқимизга омонлик берсин!

Барчамизга мамлакатимизда кенг нишонланаётган Қурбон ҳайити муборак бўлсин!

O’zbekiston Milliy universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

‼️Qabul boshlanishiga 2 kun qoldi
#abituriyent

Prezident farmoniga ko‘ra, o‘tgan yildan boshlab qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliygohni tanlaydi;

Ya’ni birinchi bosqichda universitet yoki institut tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi xolos. "Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim" degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.

✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.

❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi?

Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi (mandat) e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi.

O’zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

O‘zbekiston Milliy universitetida “Munozara” intellektual turnirining Toshkent shahri hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi

🔺Mazkur bellashuvda Toshkent shahridagi 7 ta oliy ta’lim muassasasidan jamoalar ishtirok etdi. Turnir qizg‘in bahs-munozaralarga boy va do‘stona ruhda o‘tdi.

🔺Natijalarga ko‘ra, quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

1-o'rin O‘zbekiston Milliy universiteti;
2-o'rin Toshkent davlat transport universiteti;
3-o'rinXalqaro Islom akademiyasi;
3-o'rin Toshkent davlat texnika universiteti.

🔺Turnir talabalar o‘rtasida mantiqiy fikrlash, erkin fikr bildirish va murosaga kelish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#tezkor

2025/2026-o’quv yili uchun hujjat topshirish, uni o’zgartirish hamda DTM imtihonlari kuni aniq bo’ldi.

O’zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

No comment

Sessiya time😁

O’zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

“Talaba Fest” doirasidagi Gala konsert – bayramona kayfiyat va ilhom manbai

🇺🇿O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati va talaba-yoshlari “Talaba Fest” talabalar festivali doirasida tashkil etilgan Gala konsertda faol ishtirok etdi. Mazkur konsert yoshlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

🔺Tadbir davomida yurtimizning mashhur estrada yulduzlari o‘zining yorqin chiqishlari bilan talabalarga xush kayfiyat va ozgacha ruh baxsh etdi. Gala konsert yoshlarda Vatanga muhabbat, ezgulik va birlik g‘oyalarini yanada mustahkamladi.

🔺Bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar talabalarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni ijtimoiy faollikka chorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

O’zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

[💥 DIQQAT BEPUL MUHIM YANGILIK] MAGISTR YOKI DOKTORANT BO'LISH ORZUYINGIZMI ?

Unda sizni 22-23-24-mayda bo'lib o'tadigan "Turk tili orqali 0 dan 3 oyga bormasdan 100% sertifikatli bo'lish va turklardek gapira olish" nomli turk tili bo'yicha O'zbekistondagi eng katta bepul online masterklassimizga taklif qilamiz.

Masterklassda turk tiliga ixtisoslashgan UZTURK o'quv markazimiz asoschisi 5 yillik tajribaga ega 1000 lab o'quvchilar ustozi C1 darajali filolog IrodaHocamiz 2025-yilda o'quvchilarimiz qanday qilib 2-2.5 oyda sertifikatlarni tez va oson 100% naqd qilayotganliklari haqida tajribalarni ulashadilar.

Qaytaramiz bu masterklass mutlaqo bepul. Lekin vaqt kam qoldi. Shuning uchun kechiktirmasdan hoziroq quyidagi havola ustiga bosib ro'yxatdan o'ting va yopiq telegram kanalimizga qo'shilib oling 👇

/channel/uzturkirodahoca_bot?start=masterklass

👆👆👆👆👆👆

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#SmartUniversity #Hamkorlik

Hamdan Bin Muhammad smart universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda


Bugun, 14-may kuni O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov Hamdan Bin Muhammad smart universiteti rektori doktor Mansur Alavar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Smart universitetning o‘ziga xosligi unda smart ta’lim: onlayn, masofaviy ta’lim shakllarining uyg‘unligi hamda zamonaviy raqamli masofaviy texnologiyalar, sun’iy intellektdan keng foydalanishdadir.

Kelajak ko‘nikmalari hamda ta’limning raqamli transformatsiyasi ushbu intellektual universitetning strategik ustuvorligi hisoblanadi.

Rektor Inom Madjidov delegatsiya rahbarining fikrini ma’qullab, ushbu uchrashuv ikki tomon uchun ham manfaatli ekanini, ayniqsa Smart universitetning masofaviy ta’limni joriy etish borasidagi 23 yillik tajribasini qo‘llashda hamkorlik qilish ahamiyatini ta’kidladi.

O’zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

🇺🇿 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi Kengashi hamkorligida “Uch avlod uchrashuvi: “An’analar va qadriyatlar” ma’naviy-ma’rifiy anjumani o‘tkazildi.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

4️⃣4️⃣4️⃣

Respublika ilmiy-amaliy anjumaniga taklif etamiz!

“Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va munosib nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori Qarori (19.02.2025-y.) hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan:


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, O‘zbekiston Milliy universiteti va “University of Business and Science” Toshkent filiali sizni “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumaniga taklif etadi.

🗓 Sana: 2025-yil 6-may, soat 10:00
📍Manzil: University of Business and Science Toshkent filiali majlislar zali
🔗Onlayn ishtirok etish uchun havola: ZOOM
🔢Konferensiya ID: 532 543 8141
🔐Parol: 123

Hurmatli hamkasblar, talaba va tadqiqotchilar! Ushbu anjumanda faol ishtirok etib, yurtimiz ravnaqi va tarixiy xotirani ulug‘lashga o‘z hissangizni qo‘shishingizni kutib qolamiz.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

“Sirtqi ta’lim tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov sirtqi ta’lim tizimi hozirgi kundagi talablarga javob bermasligini ma’lum qildi.

“Dunyoda boshqa yondashuvlar — masofaviy, uzaytirilgan ta’lim qo‘llanilmoqda. Ya’ni talaba dasturni to‘rt yilda emas, balki besh-olti yilda, o‘zi uchun qulay bo‘lgan sur’atda, fanlar va o‘qish yillarini tanlagan holda o‘tashi mumkin”, — dedi vazir.

Shu fikrga qo'shilasizmi?

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

To‘lagan kontraktingizni 12%ni qaytarishda yordam beramiz

✅ Instagram sahifamizga obuna bo'ling
✍️ Directdan xabar qoldiring

👇👇👇
https://www.instagram.com/poytaxt_accountant?utm_source=ig_web_button_share_sheet&igsh=ZDNlZDc0MzIxNw==

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

🗓30-aprel. Xalqaro Jaz kuni

Xalqaro jazz kuni har yili 30-aprelda nishonlanadi. Ushbu bayram 2011-yilda YUNESKO tomonidan jazzning madaniy taraqqiyot va xalqaro hamkorlikdagi o‘rniga e’tibor qaratish maqsadida tashkil etilgan.

Jazz 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida AQShning Nyu-Orlean va Chikago kabi shaharlarida paydo boʻlgan. Bu Afrika va Yevropa madaniy anʼanalari elementlarini oʻzida mujassam etgan musiqa janri. Jazz erkinlik va ijodkorlik ramziga aylandi, u ijrochilarning kayfiyati va hissiyotlarini aks ettiradi.

Xalqaro jazz kuni - bu butun dunyo bo'ylab kontsertlar, ko'rgazmalar, ma'ruzalar va boshqa tadbirlar seriyasidir. Bu musiqa janriga keng jamoatchilikni jalb etish, u haqidagi bilimlarni oshirish va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan.‌‌

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

“Mission completed”

O’zbekiston Milliy Universitet

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Xabaringiz bor yozda O’zMU call-center hizmati ishlamaydi endilikda o’zingizni qiziqtirgan savollarni shu yerda yozib qoldirishingiz mumkin va biz O’zMU jamoasi 24/7 javob berishga tayyormiz!

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси аъзоларига табрик

Поздравление членам национальной сборной команды Узбекистана по футболу

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

🤝 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Bugun – mehr, quvonch va kelajak timsoli bo‘lgan bolajonlar bayrami!

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi jamoasi barcha bolajonlarni, ularning ota-onalari va ustozlarini ushbu muhim sana bilan chin qalbdan tabriklaydi.

Har bir bola – bu kelajagimiz. Ularning huquqlarini himoya qilish, iste’dodini yuzaga chiqarish va to‘laqonli rivojlanishini ta’minlash – barchamizning muqaddas burchimizdir!

💐Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

‼️Qabul boshlanishiga 1 hafta qoldi
#abituriyent

Prezident farmoniga ko‘ra, o‘tgan yildan boshlab qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliygohni tanlaydi;

Ya’ni birinchi bosqichda universitet yoki institut tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi xolos. "Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim" degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.

✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.

❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi?

Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi (mandat) e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi.

O’zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#yoshlar_parlamenti

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish asosiy maqsadimiz!


Ijtimoiy fanlar fakulteti “Siyosatshunoslik” yo’nalishi 4-kurs talabasi, Yoshlar parlamenti a’zosi Islombek Mamadiyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining yangi tarkibdagi birinchi majlisida so’zga chiqdi.

O’zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

🇺🇿“Talaba Fest” Gala konserti – yoshlik va iste’dod bayrami!

Iqtisodiyot fakulteti dekan o‘rinbosari U.Qurbanov ayni damda bo‘lib o‘tayotgan “Talaba Fest” talabalar festivali doirasida tashkil etilgan Gala konsert haqida iliq fikrlar bildirdi.

Festival davom etmoqda – yoshlarimizga omad tilaymiz!

O’zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#talabalar_festivali

🎓🎓 Talabalar shaharchasida “TalabaExpo-2025” doirasida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi!

☑️Dastur davomida Mirjalol Yo‘lchiyev, Asqar Umarxon va Aqlbek Piyazov kabi san’atkorlar, shuningdek, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiningning iqtidorli talaba-yoshlari o‘z chiqishlari orqali, tashrif buyurgan tomoshabinlarga xush kayfiyat ulashdilar.

‼️Eslatib o‘tamiz, “TalabaExpo–2025” ko‘rgazmasi 22-23-may kunlari ham davom etadi. Ertangi tadbirlar dasturidan “O’zmilliybank” AJning “Kelajakka qadam” dasturi doirasida oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining biznes loyihalarini moliyalashtirish, startap loyihalarini rivojlantirish taqdimotlari, “Ilm fan, biznes va xalqaro imkoniyatlar” mavzusidagi uchrashuvlar, shuningdek, yirik tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon” loyihasi o‘tkaziladi. Kechgi vaqtda esa ko‘ngilochar, madaniy tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Barcha poytaxtimizdagi talaba-yoshlarni Talabalar shaharchasidagi “TalabaExpo–2025” ko‘rgazmasiga taklif qilib qolamiz.

O’zbekiston Milliy universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#E'LON

O'zbekiston Milliy universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi


🗣 Mazkur tashabbus universitetda tahsil olayotgan talabalarni ishga joylashishiga ko‘maklashish, ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada rivojlantirish, 2024-2025-o‘quv yili bitiruvchilarini ish joylariga samarali taqsimlash maqsadida tashkil etilmoqda.

Unda yurtimizdagi yetakchi mahalliy va xorijiy kompaniya vakillari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari hamda mahsulotlari bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

✍️ Mehnat yarmarkasiga universitetning barcha talabalarini hamda O‘zMU bitiruvchilariga ehtiyoji mavjud bo‘lgan korxona va tashkilot vakillarini taklif etamiz.

⏰️ Sana & vaqti: 16-may, soat 9.00dan 16.00 ga qadar
📍 Manzil: Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi 4-uy.
🏡 Mo‘ljal: O‘zbekiston Milliy universiteti, Aqlli yo'lak

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

#Zakovat #Rektor_kubogi

⚡️O'zbekiston Milliy universitetining 107 yilligi munosabati bilan Talabalar festivali doirasida Zakovat intellektual musobaqasining rektor kubogi bo'lib o'tadi.


‼️Har bir fakultetdan beshtadan jamoa ishtirok etishi mumkin.

▪️
Manzil: “Zakovat arena”
▪️Vaqti: 13-may, soat 14.00


✔️Murojaat uchun: Jamoalarni shakllantirib Fakultet yoshlar yetakchilariga bilan bog’laning!

📌Musobaqa g'oliblari pul mukofoti, diplom va rektor kubogi bilan taqdirlanadi.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

O'zbekistonda sirtqi ta’lim butunlay tugatilmoqda.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

Ijtimoiy himoya milliy agentligi "INSON" nomli filmni taqdim etdi

Mehr-oqibat, inson qadr-qimmati haqidagi filmning premyerasi Agentlik tomonidan tashkil etilgan "Inson uchun" ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Zaldagilar uni ko‘z yoshlari bilan tomosha qilishdi. Tomoshadan so‘ng ko‘pchilik o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, bu film ularni hayotga boshqa nazar bilan qarashga, oddiy insoniy qadriyatlarni qayta his etishga undaganini ta’kidlashdi.

Filmni tomosha qilish: https://youtu.be/Q_cSANKQGHc

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

🇺🇿Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti hamda Tarix fakulteti hamkorligida talaba-yoshlar ishtirokida “Adiblar xiyoboni”da ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

💠Tadbir davomida talabalar o‘rtasida milliy o‘yinlar — arqon tortish, qo‘l kurashi va tennis musobaqalari tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy ruhini namoyon etdilar.

💠Bunday tadbirlar yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

❗️Ogohlik

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

⚡️O'zbekiston Milliy universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan "Sog'lom inson - Sog'lom millat" shiori ostida ertalabgi badan tarbiya mashg'uloti o'tkazildi.

➖ Erta tongdan O'zMU Talabalar turar joyida yashovchi talabalar fakultet Yoshlar yetakchilari boshchiligida tongi badan tarbiya mashg'ulotiga ishtirok etdi.

O'zbekiston Milliy Universiteti

Читать полностью…
Subscribe to a channel