4️⃣4️⃣4️⃣
❗️ESLATMA! “Cyberkent 2.0” xakerlar musobaqasiga bir kun qoldi
Kiberxavfsizlik markazi tomonidan 2024-yilning 9–10-oktyabr kunlari “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2024” o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Dastur doirasida sohaga doir o‘quv seminar, “Cyberkent 2.0” va “ROBBO-FEST” respublika musobaqalari bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu tadbir va musobaqalarga oliy taʼlim muassasalarining IT va kiberxavfsizlik yo‘nalishida tahsil oluvchi hamda havaskor talabalar taklif etiladi.
G‘oliblar pul mukofotlari, sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
📱 Batafsil...
📍Manzil
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi
Davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida davlat granti asosida o‘qish istagini bildirgan vatandosh-yoshlardan arizalar tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan 2024-yil 20-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Tanlovlarda ishtirok etish uchun quyidagi talablar belgilanadi:
▪️shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobo-momosi:
➖etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
➖O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
▪️xorijiy fuqaro sifatida yuqorida qayd etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;
▪️30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;
▪️o‘zbek tilini bilishi lozim.
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
#Olimpiada #Sport
O‘zMUda "Besh tashabbus olimpiadasi" davom etadi
⏺O‘zbekiston Milliy universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” dasturi doirasida yengil atletika bo‘yicha sport musobaqasining universitet bosqichi o‘tkazildi.
⏺O‘zMU Sport klubi mas’ulligida o‘tkazilgan mazkur musobaqa ommaviy sportga talaba-yoshlarni keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.
Musobaqa natijalariga ko'ra quyidagi fakultetlar g‘olib va sovrindor bo‘ldi:
1-o‘rin 👉 Taekvondo va sport faoliyati fakulteti
2-o‘rin 👉 Tarix fakulteti
3-o‘rin 👉 Ijtimoiy fanlar fakulteti
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
💵 Ta’lim krediti olgan talaba o‘qishni tugatib ishga kirolmasa, kredit qanday to‘lanadi?
Qonunchilikka ko‘ra, ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Agar talaba o‘qishni tugatib ishga kira olmasa, unda qarzdorlik unga kafil bo‘lgan shaxsdan undiriladi.
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
Bo'lib turadigan vaziyatlardan biri...
Bizga qo’shiling!
@nuu_student_s | @nuu_sport
🔥 Muvaffaqiyatga erishish uchun qanday odatlar yordam beradi?
◼️ Intizom, vaqtni to‘g‘ri boshqarish va kuniga kamida 5 daqiqa, hatto, ish, o‘qish ko‘p bo‘lganda ham miyaga ozgina dam berish. Bu odatlarni doimiy takrorlash ishlarni to‘g‘ri bajarishga yordam beradi.
Miya dam olishi uchun atigi 5 daqiqa xonadan chiqib, osmonga qarab o‘tirish ham yordam berishi mumkin. O‘zingizga eng qulayini toping.
✔️ Bu odatlarni hali shakllantirmagan bo‘lsangiz, unda bugunoq sinab ko‘ring.
💬 O‘zingizning vaqtingizni qanchalik to‘g‘ri boshqara olaman deb o‘ylaysiz?
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
Kollej va texnikumlarda oʻqiyotgan xotin-qizlar davlat granti asosida oʻqishlari mumkin
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (29.09.2023-yildagi 516-son)ga muvofiq, kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal qishloq xoʻjaligi sohalarida taʼlim olayotgan qizlar toʻliq davlat granti asosida taʼlim olishlari mumkin.
Buning uchun talabgor 10-oktyabrga qadar kollej (texnikum) direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Kollej (texnikum) direktori 3 ish kunida arizalarni koʻrib chiqadi va umumlashtirib, hududiy boʻlinmalarga taqdim etadi.
Hududiy boʻlinmalar umumlashtirilgan maʼlumotlarni 15-oktyabrga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 20-oktyabrga qadar umumlashtirilgan xotin qizlarning yakuniy roʻyxatini shakllantiradi va tizimida kollej (texnikum) boʻlgan vazirlik va idoralarga yuboradi.
Tizimida kollej (texnikum) boʻlgan vazirlik va idoralar 25-oktyabrga qadar xotin-qizlarni davlat granti asosida taʼlim olishlari uchun mablagʻ ajratish yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga murojaat qiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 5 ish kunida murojaatlar asosida grant uchun mablagʻ ajratadi.
✅O'zbekiston Milliy Universiteti
Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshirdi.
Agar xotiram pand bermayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston tarixida ilk marta bayramda o‘qituvchilarga mukofotni Prezidentning shaxsan o‘zi topshirdi. Avval bunaqasi bo‘lmagandi.
Ustozlar bundan ortig‘iga ham munosib.
Telegram | Instagram
🌟 Bayramingiz bilan, aziz ustozlar! 🌟
Sizning mehnatingiz, sabringiz bilan bizning kelajagimiz yorug'! Har bir darsingiz bilan bizning qalbimizga ilm nurini solasiz va hayot yo'limizni yoritasiz. Bugun — sizni nafaqat hurmat qilish, balki sizning fidokorona mehnatingizni yuksak qadrlash kuni.
O'zingiz xohlagan sharoitda, $1 ming maosh bilan ishlash nasib qilsin. Millat bolalarini ilmli qilishdek mashaqqatdan charchamang.
C1 darajali talabalar o'quvchilarga dars berishi mumkin
◾️ Prezident qaroriga ko'ra, 2024–2026-yillarda oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
Boshqa kasbdagilar 40 soat ishlasa, o'qituvchilar 36 soat ishlaydi
Nega?
⏰ Qonunchilikka ko‘ra, ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy va asabiy zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lgan, ya’ni alohida xususiyatga ega bo‘lgan tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqa toifadagi xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan 36 soat qilib belgilanadi.
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
🔥 Diqqat qarata olish — muvaffaqiyatning boshlanishi!
Agar siz bir vaqtda bitta maqsadga diqqatingizni qaratsangiz va taslim boʻlmasangiz, uni 95 foiz imkoniyat bilan bajara olasiz.
Agar ikkita maqsad xayolingizda boʻlsa, imkoniyat 65 foizga tushadi, agar uchta maqsad boʻlsa 25 foiz imkoniyatingiz qoladi.
🔥 Aqlni har kuni ishlatish kerak
"Agar temir ishlatilmasa, zanglaydi. Agar suv harakatlanib turmasa, ayniydi. Agar kishi fikrlamasa, aqlda ham shunday holat yuz beradi".
© Leonardo Da Vinchi
⚡️O‘quvchilarga dars vaqtida telefondan foydalanish, uni parta ustiga qo‘yish mumkin emas
Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari"ga ko‘ra o‘quvchilarga dars mashg‘ulotlari vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:
➖ dars vaqtida o‘rinsiz gaplashish, ovqatlanish, saqich chaynash;
➖ qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketish;
➖ mashg‘ulotlar yakunlangunga qadar ta’lim muassasasi hududidan o‘qituvchilar ruxsatisiz tashqariga chiqish;
➖ yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam so‘rash;
➖ boshqa o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirish;
➖ telefondan (smartfon, planshet va boshqa gadjet qurilmalar) foydalanish, uni parta ustiga qo‘yish mumkin emas.
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
⁉️⁉️⁉️⁉️
START (O'zMU) ✨
Futbol 13.10.2024
Voleybol 15.10.2024
Stol Tennis 16.10.2024
Shaxmat 18.10.2024
Cyber Sport 19.10.2024
Bizga qo’shiling!
@nuu_sport ⚽️
❗️Ta'lim krediti haqida batafsil: kimga qancha kredit beriladi?
◾️ Qonunchilikka ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan oliy va professional ta’lim tashkilotlarining talaba va o‘quvchilariga ta’lim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:
🔹oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi;
🔹ta’lim krediti:
▫️oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida;
▫️Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.
✔️Bunda ta’lim krediti:
🔸OTM talabalari uchun – talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo‘lganda;
🔸professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun – o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud bo‘lganda ajratiladi.
⚡️Yaxshi o'qigan talabalar foizsiz ta'lim krediti olishi mumkin boʻladi
◾️ Hozirgacha faqat qizlarga foizsiz kredit berilar edi.
Prezident raisligidagi videoselktorda quyidagi yangiliklar maʼlum qilindi:
✔️ oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi;
✔️ oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda grant uchun yetarli ballni 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi.
Bundan tashqari, moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliygohlarni har biri yiliga kamida 1 milliard so‘mlik grant e’lon qiladi.
#Anons
📺 “Yoshlar” telekanali “Tafakkur yo‘li” teledasturida O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov bilan suhbat efirga uzatiladi.
📆 Seshanba. Soat: 18.10 da. (Takroriy — shanba, soat 8.00 da )
❗️O'tkazib yubormang!
⏺Unda bugungi ta’lim tizimidagi islohotlarning mazmun-mohiyati, ko‘p qirrali, professional kadrlar tayyorlash bo‘yicha tajribalar tahlili, jamiyatda, yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va bundan ko‘zlangan maqsad hamda talabalar hayotiga taalluqli masalalar haqida so‘z boradi.
EUROPEAN SUMMER INTERNSHIP O'ZBEKISTONDA
💢💢💢💢💢💢💢💢💢💢💢💢💢
💫Siz o'zingizni mustaqil ko'rishni hohlaysizmi?
💫Tajriba orttirib fikrlash doirangizni kengaytirmoqchimisiz?
💫Yevropa mamlakatlarida yozgi ta' til mobaynida sayr qilishni hohlaysizmi?
Unda aynan bizning European Summer Internship programmamiz siz talaba yoshlar uchun‼️
Programmada qatnashish orqali siz:
Yevropaning chiroyli mamlakatlariga borib, ishlab tajriba orttirish👤 va bir biridan chiroyli, yam yashil, huzurbaxsh sohillarida 🏖 sayohat qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz‼️
🤩Imkoniyatni qo'ldan boy bermang 📍
Murojat uchun: +998900380242 +998900540242
Yoki shu silka orqali ro'yhatdan o'ting:https://forms.office.com/r/1U7vD7gK45
Xorijda tahsil olayotgan talabalar soni bo‘yicha O‘zbekiston - dunyoda 3-o‘rinda
📊 YUNESKO statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 yanvar holatiga, xorijda tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar soni 150,5 ming nafarni tashkil etgan.
✅ Xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar soni bir yil ichida qariyb 24 ming nafarga oshgan.
✅ Mintaqadagi ayrim davlatlar bo‘yicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni:
— Qozog‘iston – 78,3 ming nafar
— Ukraina – 76,8 ming nafar
— Rossiya – 63,6 ming nafar
— Turkmaniston – 60,9 ming nafar
— Ozarbayjon – 49,7 ming nafar
— Afg‘oniston – 34,3 ming nafar
— Tojikiston – 32,5 ming nafar
— Belarus R. – 27,0 ming nafar
— Qirg‘iz R. – 17,1 ming nafar
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
❗️ Super-kontraktda istalgan o'qishdan yiqilgan abituriyent o'qishi mumkin. Lekin buning ham tartibi bor
◾️ Tasdiqlangan tartibga ko'ra, 5 ta yo'nalishdan bittasiga ham kirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yoʻnalishlaridan birida super-kontrakt asosida oʻqishiga ruxsat beriladi.
❗️Bunda, OTM tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov boʻyicha birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilingan test sinovlari natijalariga koʻra, abituriyentlaring toʻplagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, toʻplagan ballari qatʼiy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Ya'ni yiqilganlar chizig'ida kim yuqoriroq o'rinda bo'lsa, unda o'qish imkoni ko'proq bo'ladi.
Муҳтарам устозлар!
Ҳурматли профессор-ўқитувчилар!
Қадрли ҳамкасблар!
Аввало, ўз умрини машаққатли ва шарафли ишга бағишлаб келаётган сиздек фидойиларни Ўқитувчи ва мураббийлар куни билан самимий табриклайман.
Шуни ишонч билан айтишим мумкинки, Сиз заҳмат чекаётган таълимдек машаққатли соҳада эришилган ютуқлар ва натижалар сабаб миллат маорифи юксалиб, ўзбек ёшларининг билими, ақлу закоси ортиб бормоқда.
Янги давр – янги Ўзбекистон биздан билимли, шижоатли, юксак салоҳиятли, кенг дунёқарашли ватанпарвар ёшларни, профессионал кадрларни тарбиялашни талаб этади.
Зеро, Президентимиз таъкидлаганидек, таълим ва тарбия – бутун жамиятнинг муқаддас ишидир! Барчамиздан доимо ҳамжиҳатлик, фаоллик ва фидойиликни талаб этадиган ҳаёт-мамот масаласидир.
Барчангизга шу шарафли йўлда олиб бораётган самарали фаолиятингизда ва шахсий ҳаётингизда янги ютуқ ва омадлар тилайман.
Хонадонларингизга доимо тинчлик-хотиржамлик, файзу барака ёр бўлсин! Ҳамиша соғ-омон бўлинглар!
👉 Батафсил
Ином Маджидов,
Ўзбекистон Миллий университети ректори
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
#intervyu
Inom Madjidov,
O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, “Do‘stlik” ordeni sohibi:
Kamtarona mehnatlarimizni yuksak davlat mukofoti bilan taqdirlaganlari uchun Davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Albatta, bu bizni yanada g‘ayrat bilan ishlashga undaydi, shijoat beradi.
Bugungi uchrashuvda Prezidentimiz o‘qituvchi va pedagoglar uchun kelgusida yaratiladigan imkoniyat va imtiyozlarni yettita yo‘nalishda belgilab berdilar. O‘ylaymanki, bu beqiyos imkoniyatlar yoshlarning ta’lim muassasasida qolib ishlashiga, ilm qilishiga katta turtki beradi.
#OAV #Turizm_Forum
O'zbekiston Milliy universitetining tashkilotchiligida Qo'qon universiteti hamda Shensi pedagogika universiteti bilan hamkorlikda O‘zbek-Xitoy yosh tadqiqotchilarining Xalqaro forumi o'tkazildi.
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
Bayramda oʻqituvchilarga qancha mukofot puli toʻlanishi kerak?
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida umumtaʻlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamgʻarmaning mavjud mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi qayd etilgan.
Bunda, mukofot puli miqdorini hisoblashda oʻqituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.
2024-yil 1-oktyabrdan boshlab mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 1 mln 155 ming soʻm etib belgilangan.
Ammo umumtaʻlim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlarini mukofotlash toʻgʻrisida Ishchi guruh qarori hamda maktab direktorining buyrugʻi sentyabr oyida imzolanadi. Shundan kelib chiqib, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori esa rasman 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab oshiriladi, yaʻni 1 mln 155 ming soʻm hisoblanadi.
Hozirgi kunda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 1 mln 50 ming soʻmni tashkil etib, uning 50 foizi miqdori 525 ming soʻmni tashkil etadi.
Shu sababli, umumtaʻlim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlarini mukofotlash toʻgʻrisidagi Ishchi guruh qarori hamda maktab direktorining buyrugʻi sentyabr oyida imzolanishini inobatga olgan holda mukofot puli miqdorini 525 ming soʻm bo’lishi mumkin.
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
Faxriy unvon, yuksak e'tirof muborak boʻlsin!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Inom Urishevich Madjidov “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.
Ushbu yuksak unvon bilan Inom Urishevichni ko‘p ming sonli O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi nomidan samimiy tabriklab, ularga sihat-salomatlik, kuch-quvvat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatlariga cheksiz muvaffaqiyat tilaymiz.
Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini rivojlantirish, sohada islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga etkazish, farzandlarimizni Vatanga mehr va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi katta xizmatlari, ibratli faoliyatlarini yuksak qadrlaymiz.
Hurmat bilan,
Talaba UZ jamoasi.
☑O'zbekiston Milliy Universiteti