Oʻzbekiston Milliy Universiteti ( rasmiy xabarlar ) ɴᴀᴛɪᴏɴᴀʟ ᴜɴɪᴠᴇʀsɪᴛʏ of ᴜᴢʙᴇᴋɪsᴛᴀɴ ᴀʙɪᴛᴜʀɪʏᴇɴᴛ ᴠᴀ sᴛᴜᴅᴇɴᴛʟᴀʀ ᴜᴄʜᴜɴ sᴏ'ɴɢɪ , ishonchli ᴠᴀ ᴍᴜʜɪᴍ ʏᴀɴɢɪʟɪᴋʟᴀʀ ʙɪᴢᴅᴀ (Norasmiy kanal) Reklama uchun: @khusanoff_a Guruhimiz: @nuu_student_s
Siz buni bilarmidingiz?
/channel/ozdjtu_uz/242
Muhokama qilamizmi?
/channel/+WVNWP0YFO01kNmJi
Mandat e’lon qilindi..!
Degan xabar kelarmikan?
@milliy 😎
Ha aytgancha bu yil Mandat qaysi kuni chiqishi qiziqmi?
Читать полностью…#Test_sinovlari #Qabul_2025
O'zbekiston Milliy universitetida test sinovlarining to'rtinchi kuni
#abituriyent #test #Qabul_2025
O‘zbekiston Milliy universiteti sport zali test sinovlarini o’tkazish uchun tayyor
Talaba uydagilar bilan telefonda gaplashmoqda:
Dadasi:
- Biror narsa xohlaysanmi, o'g'lim?
Talaba:
- Yo‘q, dada. Onamga bering-da bir telefonni...
Onasi:
- Eshitaman, o'g'lim?
Talaba:
- Ona, dadamga ayting, menga pul jo'natsinlar.😁
@nuu_student_s
"O'qishga kirsam, bir qo'chqor so'yaman" degan do'stim o'qishga kirolmabdi.
Bu xabarni eshitgan qo'chqor boshqa qo'ylarga ziyofat berayotganmish...🤣
@nuu_student_s
O‘zbekistonda nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari quyidagilardan iborat:
🔹 talabgor tomonidan tashkil etilayotgan oliy ta‘lim tashkilotining konsepsiyasi taqdim etiladi;
🔹 talabgor tomonidan nodavlat oliy ta‘lim tashkilotining ta‘lim jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan moddiy-texnik baza, dasturiy ta‘minotni o‘z ichiga olgan dastlabki ustav fondi (ustav kapitalini) 2 mln AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantiradi;
🔹 talabgor tomonidan 350 ming AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘lar tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtiriladi;
Bu nafaqat moliyaviy javobgarlikni oshiradi, balki taʼlim sohasidagi ishonchni ham mustahkamlaydi deb o‘ylayman. Talaba o‘z kelajagini ishonch bilan bog‘lay oladigan, barqaror universitetda tahsil olishi kerak.
@talaba_uz_edu
#Vatanga_qasamyod
Milliy ruh, sadoqat va sharaf daqiqalari:
Qasamyod marosimi harbiylik, g‘urur va milliy iftixor ruhida o‘tdi. Bu ulug‘ qadam — yoshlarning nafaqat o‘z hayoti, balki yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida mas’uliyatni zimmasiga olishidir.
#E’LON
O‘zbekiston Milliy universitetida mediastudiya faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda
🇺🇿 Talaba-yoshlarni ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish, internet orqali kirib kelayotgan ma’naviy tahdidlar, mafkuraviy xurujlarni to‘g‘ri baholashga o‘rgatish, shuningdek, mediakontent yaratishga uquvi bor yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish va ularni moddiy rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Milliy universitetida Mediastudiya faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.
📰 Ushbu mediastudiya talabalar uchun ijodiy va texnik maydon hisoblanib, unda ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar orasida tez-tez ko‘tariladigan va keng muhokama qilinadigan quyidagi 10 ta mavzu va yo‘nalishlar bo‘yicha audio, video, grafika va boshqa turdagi mediakontentlar yaratiladi:
⏺“Vatanparvarlik, milliy g‘urur va harbiy xizmatga shaylik”;
⏺“Yoshlarning axloqiy tarbiyasi va muomala madaniyati”;
⏺“Tarixiy va milliy o‘zlikni anglash”;
⏺“Ta’lim sifati va ilm olishga motivatsiya berish, ma’rifatparvarlik”;
⏺“Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va targ‘ib qilish”;
⏺“Milliy qadriyatlar va madaniy merosni ulug‘lash”;
⏺“Mentalitetimizga yot illatlar, g‘oyalar, “ommaviy madaniyat” ga qarshi kurash hamda “fakt cheking” ;
⏺“To‘g‘rilik, halollikni targ‘ib qilish va korrupsiyaga qarshi kurash”;
⏺“Ekologik madaniyat, “yashil makon” va “yashil iqtisodiyof” ni targ‘ib qilish”;
⏺“Sog‘lom turmush tarzi va sport” .
Oliy ta’lim muassasasi Shtabi xulosasiga asosan, oliy ta’lim tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan har bir kontent muallifiga 300 ming so‘mdan bir oyda jami 3 mln so‘mgacha miqdorida mablag‘ to‘lab beriladi.
“Uch avlod uchrashuvi”
O‘zbekiston Milliy universiteti top 1000 talikda!
🏆 Dunyoning eng nufuzli ta’lim tizimidagi tahliliy agentligi QS World University Rankings 2025-yilda dunyoning eng nufuzli universitetlari reytingini e’lon qildi.
🇺🇿 Unga ko‘ra, O‘zMU dunyo miqyosida 721-730 o‘rinlar qatoridan joy olib, avvalgi yilga nisbatan 60 pog‘ona (781-790) yuqorilagan.
📰 Universitetning jahonning nufuzli reytinglarida yuqori pog‘onalarni egallagani munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/732658
☑ O’zbekiston Milliy universiteti
#Dolzarb_90_kun #Oqsoqota
“Oqsoqota” dala o‘quv-amaliyot bazasida sport tadbirlari tashkil etildi
DTM testlari qachon boshlanishi qiziqmi?
Читать полностью…Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident!
Biz, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talaba-yoshlari, avvalo, Sizning g‘amxo‘rligingiz va kuyunchakligingiz bilan ta’lim, ilm-fan sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi o‘laroq bizdek millionlab yoshlar uchun ulkan imkoniyatlar yaratilganini g‘urur va iftixor bilan ta’kidlab o‘tmoqchimiz.
Siz tomoningizdan biz – yoshlarga ko‘rsatilayotgan doimiy ko‘mak, Sizning ta’lim tizimini yanada rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz, bergan imkoniyatlaringiz tufayli nafaqat respublikada, balki xalqaro maydonda ham salmoqli natijalarni qo‘lga kirityapmiz.
Respublika oliy ta’lim tizimida erishilayotgan yutuqlar, oliy ta’lim muassasalarining yetakchi xorijiy oliygohlar va tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik olib borayotgani, xalqaro maydonda o‘zini namoyon etayotgani, jahon standartlari darajasida raqobatga kirishayotgani Siz yaratgan imkoniyatlar natijasidir.
Biz yirik ilm-fan maktablarini yaratgan, yuqori ilmiy salohiyatga ega otaxon dargohda ta’lim olayapmiz. Egallayotgan bilimimiz, ilm-fandagi yutuqlarimiz, vatanparvarligimiz, mehrimiz va sadoqatimiz bilan Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lida kamarbastamiz!
Biz, minglab O‘zbekiston Milliy universiteti yoshlari Sizni chin yurakdan tabriklaymiz! Sizga mustahkam sog‘lik, bardavom kuch-quvvat, el-yurt manfaatlari yo‘lida olib borayotgan ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident!
Cheksiz hurmat va ehtirom bilan,
O‘zbekiston Milliy universiteti yoshlari
☑ O’zbekiston Milliy Universiteti
Balki GRANT asosida o’qishga kirgan bo’lishingiz mumkin!
Читать полностью…#qabul2025
#ikkinchi_mutaxassislik
O‘zbekiston Milliy universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat qabul qilish 10-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Hujjat topshirish tartibi👇
⏺Abituriyent maxsus 👉 elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
⏺Tizimga shaxsiy ma’lumotlar kiritiladi va quyidagi hujjatlar yuklanadi:
- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma);
- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ilova nusxasi.
⏺Xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
⏺Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish sinovlari suhbat tarzida (ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni belgilangan ta’lim yo‘nalishidagi qabul kvotasidan ortgan ta’lim yo‘nalishlari uchun imtihon tarzida) joriy yilning 15-avgustidan 25-avgust kuniga qadar OTMda o‘tkaziladi.
⏺ 60420100 - “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishiga konkurs yuqori bo‘lishini inobatga olgan holda ushbu ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari shaklida o‘tkazilishi nazarda tutilgan.
☑ O’zbekiston Milliy universitut
#comment
Kichik bir konkurs Registon yoki Cambridge o’quv markazidan 100% lik chegirma asosida sertifikat yutib olishni hohlaysizmi?
Tez orada talaba va abituriyentlar uchun zo’r yangilik bo’ladi!Читать полностью…
#Test_sinovlari #Qabul_2025
O'zbekiston Milliy universitetida test sinovlarining ikkinchi kuni
Coming soon…!
☑ O’zbekiston Milliy Universiteti
– Men sen o'qigan kitoblarni 30 yil oldin o'qib chiqqanman.
– Ustoz bu kitob 2015-yil chiqqan ekanku..
@nuu_student_s
⚡️Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga!
🔰 Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.
👨💻 Ushbu toifadagi abituriyentlar 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining my.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.
✔️Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platformada avtomatik shakllanadi.
🗓 Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi.
💾 Oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini yuklab olish.
#Qabul2025 #Texnikum #Suhbat
⚡️Bugun 30-iyun “Yoshlar kuni”!
- Bayram munosabati bilan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar e’lon qilinadi.
- Mehnati, harakati orqali muvaffaqiyatga erishgan ko‘p sonli yoshlar davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi.
- Respublika bo‘ylab ishbilarmon, tadbirkor yoshlarning innovatsion loyihalari taqdimoti o‘tkaziladi.
- Va albatta, mamlakatimiz bo‘ylab yoshlar sayllari, bayramlar hamda tantanalar bo‘ladi.
Yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring, yangi imkoniyatlardan ham faol foydalaning.
Kirib kelayotgan “Yoshlar kuni” muborak bo‘lsin!
Nurafshonda yoshlar bayrami
⚡️30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan bayram tantanalari Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida yuqori atmosferada bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbirida o‘z tashabbuslari, innovatsion g‘oyalari va ijtimoiy faolligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan yoshlar eʼtirof etildi.
⚡️Qaynoq yoz oqshomida yoshlar uchun chinakam bayramona kayfiyat ulashgan festival estrada yulduzlari ishtirokidagi gala-konsert bilan yakunlandi.
⚡️Yangi ruhiyatdan ilhomlanib birlash!
#YoshlarOyligi #Nurafshon
❗️Qabul tugashiga 2 kun qoldi
#abituriyent
Bugun, 23-iyun 10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 547 ming 248 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🔹 o‘zbek tili — 480 ming 447 nafar;
🔹 rus tili — 54 ming 607 nafar;
🔹 qoraqalpoq tili — 10 ming 665 nafar;
🔹 boshqa tillar — 1 ming 529 nafar.
📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🙋🏻♂️ o‘g‘il bolalar — 250 ming 967 nafar
🙋🏻♀️ qizlar — 296 ming 281 nafar
❗️Ma’lumot uchun: o’tgan yili 22-iyun soat 18:00 holatiga 601 ming 946 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan edi. Ko’rinib turibdiki, joriy yilda abituriyentlar soni biroz kamroq.
O’tgan yili jami 894 ming abituriyent hujjat topshirgan, keyinroq 90 ming kishi to’lovlarni qilmagani uchun chiqarib tashlanib, yakunda jami 805 ming abituriyentga testga kirishga ruxsat berilgan edi.
☑ O’zbekiston Milliy Universiteti
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI – DUNYO E’TIROFIDA
Bugun O‘zbekiston Milliy universitetining mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi tarixidagi ulkan natijalarni qayd etib, jahoning nufuzli QS va THE reytinglarida yuqori pog‘onalarni egallagani munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.
Unda nufuzli mehmonlar, fan va jamoat arboblari, turli vazirlik va idoralar mas’ullari, universitet jamoasi, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tabdirni O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov qutlov so‘zi bilan ochib berdi, jamoani yangi natijalar bilan tabrikladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zFA akademigi, taniqli matematik Shavkat Alimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira Sharifa Salimova,Gavayi universiteti professori Dilmurod Azimov va boshqalar so‘zga chiqib, universitet jamoasini ulkan yutuq bilan qutlashdi.
O‘zMU bu yilgi reytingda bir nechta muhim indikatorlarda ijobiy natijalarni qayd etdi. O‘zbekiston Milliy universiteti keyingi yillarda xalqaro reytingda TOP 500 universitetlar qatoridan o‘rin olish uchun o‘z strategiyasini belgilab olib, ildam qadam tashlamoqda.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
☑ O’zbekiston Milliy Universiteti
❗️Qabul tugashiga 5 kun qoldi
Bugun, 20-iyun 10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 385 ming 909 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🔹 o‘zbek tili — 338 ming 869 nafar;
🔹 rus tili — 38 ming 844 nafar;
🔹 qoraqalpoq tili — 7 ming 66 nafar;
🔹 boshqa tillar — 1 ming 130 nafar.
📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🙋🏻♂️ o‘g‘il bolalar — 174 ming 532 nafar
🙋🏻♀️ qizlar — 211 ming 377 nafar
☑ O’zbekiston Milliy Universiteti
#Matbuot_nigohi
O'zMU «QS World University Rankings»da yuqoriladi
🏆 «QS World University Rankings» tahliliy agentligi 2026-yil uchun dunyodagi eng nufuzli universitetlar reytingini e’lon qildi.
📰 Qayd etish kerakki, mazkur reytingda universitetlar akademik obro‘, ish beruvchilar orasidagi nufuzi, iqtiboslik, xalqaro hamkorlik, xorijiy talabalar va professorlar soni, barqarorlik hamda talabalar va o‘qituvchilar soni nisbati kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi.
🇺🇿 Shu asosda O‘zbekiston Milliy universiteti jahon miqyosida 721–730 o‘rinlar orasida joy oldi va o‘tgan yilgi natijaga nisbatan 50 pog‘ona yuqoriladi.
Batafsil 👉 https://xs.uz/uzkr/130360
☑ O’zbekiston Milliy Universiteti
#Tanlov #IjtimoiyTaraqqiyot
📣 Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari "Ijtimoiy taraqqiyot uchun" tadqiqot ishlari tanlovi g‘olibi bo’ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida ilk bor tashkil etilgan “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovi nihoyasiga yetdi.
🇺🇿 Tanlovda mamlakat bo‘ylab 27 nafar bitiruvchi talaba o‘z bitiruv malakaviy ishi va dissertatsiyalari bilan ishtirok etdi. Ular orasidan eng dolzarb, chuqur tadqiq qilingan va amaliy takliflarga boy 10 ta ish saralab olindi. Tanlovning yakuniy – taqdimot bosqichida 10 nafar talaba o‘z tadqiqot ishlarini hakamlari hay’ati oldida taqdim qilishdi.
Taqdimot bosqichidan so‘ng, 10 nafar ishtirokchilar orasidan quyidagi talabalar g‘olib deb topildi. Quvonarlisi, ularning ichida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti talabalari ham bor:
🥇 1-o‘rin: Kuvatova Gulbonu — O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Psixologiya” yo’nalishi magistranti
🥈 2-o‘rin: Butayeva Tamara — Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
🥉 3-o‘rin: Gumerova Sabina — O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Psixologiya” yo’nalishi 3-kurs talabasi
🤝 Shuningdek, Ijtimoiy fanlar fakulteti “Psixologiya” yo’nalishi 3-kurs talabalari Obidjonov Javohir va Azimova Komilaxonning tadqiqot ishlari alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi.
👑 G‘oliblarni chin qalbdan tabriklaymiz va ilm yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
☑ O’zbekiston Milliy Universiteti