⚡️Rasman: Qishki ta’tili 25-dekabrdan 7-yanvargacha davom etadi!
O‘zbekistonda OTM talabalari, texnikum, kollej va akademik lisey o‘quvchilari uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi va 2025-yilning 7-yanvarigacha davom etadi.
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
The first beautiful snow in Tashkent❄️
Первый красивый снег в Ташкенте❄️
как говорят ✈️
#qutlov
Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir.
🟦🟦🟦 🟦🟦
🇺🇿 “Mening Konstitutsiyam” viktorinasida qatnashib, bilimingizni sinovdan o‘tkazing!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Mening Konstitutsiyam” onlayn viktorinasini e’lon qiladi.
Viktorinada respublikamizdagi oliy ta’lim tashkilotlari va professional ta’lim muassasalarining barcha talaba-yoshlari ishtirok etishi mumkin.
DIQQAT
1-yanvargacha to'lov shartnoma asosida o'qishga kirganlar 50% to'lovini qilishlarini so'raymiz.
Kontrakt to'lamoqchimisiz
Soliq keshbek orqali 80% narxida kontraktingizni to'lab beramiz!
800.000 so'm to'lasangiz 1.000.000 kontraktingizga o'tqazib beramiz..
Murojaat uchun: @zashero
#Xizmat_safari
O‘zMU rahbariyati vakillari Xitoyda o‘tkazilayotgan xalqaro forumda ishtirok etmoqda
⏺Ayni kunlarda O‘zbekiston Milliy universiteti prorektori Ravshan Musurmanov hamda Xorijiy filologiya fakulteti dekani Xabibulla Bakiyev Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida bo‘lib turishibdi.
⏺Vakillarimiz ushbu xorijiy mamlakatda o‘tkazilayotgan “Ipak yo'lida joylashgan mamlakatlarda ishlab chiqarish, ta’lim, tadqiqotlarning o‘zaro integratsiyasi va uning amaliyotga tadbiqi hamda ta’lim sohasida hamkorlik masalalari” mavzusidagi xalqaro forumda, shuningdek, Sian chet tillar universiteti mezbonlik qilayotgan xalqaro seminarda ishtirok etmoqda.
⏺Shu yilning 2-6-dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan mazkur tadbirlar davomida xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida takliflar o‘rtaga tashlandi. Markaziy Osiyoda xitoy tilini o‘qitish holati muhokama qilinib, soha rivoji uchun dolzarb muammolarga tavsiyaviy yechimlar berildi.
Batafsil 👉 https://nuu.uz/ozmu-rahbariyati-vakillari-xitoyda/
👉 На русском
👉 In English
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
HURMATLI TALABALAR
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori va Universitet ichki tartib qoidalariga asosan uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq dars qoldirgan talabalar universitet talabalari safidan chetlashtirilishi bo’yicha qat’iy ogohlantiramiz.
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
#Xorijlik_talaba
⏺O‘zbekiston Milliy axborot agentligida e’lon qilinadigan “Xorijliklar” loyihasining navbatdagi mehmoni xitoylik Vang Zilu bo‘ldi.
⏺25 yoshli bu xorijlik qiz O‘zbekiston Milliy universitetining Tarix fakultetida magistratura bosqichida tahsil oladi.
⏺U o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olish barobarida hozirda o‘zbek tilini ham o‘rganmoqda.
Suhbat tez orada e’lon qilinadi.
⚡️ 2024-yil - “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” sarhisobi - an’anaviy va sevimli “O‘zbekiston yoshlari forumi-2024” boshlanmoqda!
✅Qadrli yoshlar, dekabr oyi davomida yilning eng qaynoq va unutilmas voqeligi — “O‘zbekiston yoshlari forumi-2024” bo’lib o’tadi.
Forum doirasida yoshlarning sektor rahbarlari, hokimlar, vazirlar bilan uchrashuvlari, mega loyihalar tadqimotlari, Birinchi o‘quv markazlari forumi, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Kasblar tanlovi”, “Ibrat farzandlari” olimpiadasi, Kibersport musobaqasi, “Yosh musavvir”, “Yosh kitobxon oila” tanlovlari, “Z-avlod” forumi doirasida Bolalar harakati Respublika sardorlari saylovi, milliy media kontent super premyeralari, “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishonini topshirish marosimi va boshqa yorqin loyihalar tashkil etiladi.
Sankt-Peterburg politexnika universiteti professori O‘zMU magistrantlariga ma’ruza o‘qidi
⏺Dunyoning Top 100 tilshunoslari qatoridan joy olgan olima, Sankt-Peterburg politexnika universiteti professori Valeria Yevgeniyevna Cheryayevskaya Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Milliy universitetiga kelib ma’ruza o‘qidi.
⏺Rossiyalik tilshunos matn lingvistikasining asosiy tendensiyalari, tarjimadagi muammolar hamda o‘zining ilg‘or ilmiy ishlari bo‘yicha “Lingvistika (ingliz tili)”, “Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili)” mutaxassisligi magistrantlariga “Matn lingvistikasi” fani doirasida o‘z tajribasi va bilimlarini bo‘lishdi.
⏺“Текст как единица коммуникации и единица перевода. Основные тенденции лингвистики текста” deb nomlangan mazkur ma’ruzada fakultet professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va doktorantlar ham ishtirok etdi.
Batafsil 👉 https://nuu.uz/sankt-peterburg-politexnika-universiteti-professori-maruza-oqidi/
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
📌 Bu hafta O'zbekistonliklarni ketma-ket 3 kunlik dam olish kunlari kutmoqda.
Haftasiga 5 kun ishlaydiganlar uchun 7-8-9-dekabr kunlari dam olish kuni hisoblanadi.
Haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun 8-9-dekabr kunlari dam olish kuni hisoblanadi.
Asos: Mehnat kodeksining 208-moddasi
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
“Xususiy oliygohlar qisqa vaqt ichida davlat OTMlaridan o‘tib ketishni boshladi” — Bektosh Hotamov
“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishidagi ochiq muloqotda “Profi” ta’lim klasteri asoschisi Bektosh Hotamov xususiy ta’limning O‘zbekistondagi o‘rni haqidagi savolga javob berdi.
“Xususiy oliygohlar qisqa vaqtning ichida davlat OTMlaridan o‘tib ketishni boshladi. Chunki xususiy ta’limda yuzaki narsalar yo‘q. Ya’ni komissiya keladi deb ochiq dars qilmaysiz. Sizning komissiyangiz ham, sizni rag‘batlantiradigan odam ham, jazo beradigan odam ham — bu sizning mijozingiz hisoblanadi. Xususiy ta’limda mana shu mijoz uchun ishlashadi”, dedi tadbirkor Bektosh Hotamov.
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
#Ректор_табриги
Қадрли ҳамкасблар,
ҳурматли профессор-ўқитувчилар!
Азиз талаба-ёшлар!
Сиз азизларни адолат ва тараққиёт қомуси – Конституциямиз қабул қилинганлигининг 32 йиллиги муносабати билан чин дилдан табриклайман.
Асосий қонунимиз Янги Ўзбекистонни барпо этишга қаратилган кенг кўламли ислоҳотларимизнинг мустаҳкам ҳуқуқий кафолатидир.
#Meningkonstitutsiyam
Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi
🇺🇿🇺🇿 Bosh qomusimiz — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yillik bayrami muborak bo'lsin!
___
Конституция — основа народного государства, устойчивого развития и благополучной жизни
🇺🇿🇺🇿 Поздравляем с 32-летием принятия нашего Основного закона — Конституции Республики Узбекистан!
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
#Hamdardlik
O‘zMU professori Guli Mahmudova 61 yoshida vafot etdi
Guli Mahmudova 1961 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Falsafa fanlar doktori, professor 1980–1985 yillarda Toshkent davlat universiteti Falsafa-iqtisod fakulteti «Falsafa» bo‘limida tahsil olgan. 1985–2012 yillarda O‘zR FA «Falsafa va huquq» institutida, Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, dotsent lavozimlarida ishlagan.
2012–2020 yillarda O‘zMU qoshidagi Falsafiy tadqiqotlar o‘quv-ilmiy kompleksi rahbari, hozirda O‘zMU «Falsafa va mantiq» kafedrasi professori.
Olima rahbarligida 5 nafar falsafa doktori (PhD) va 2 nafar falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini himoya qilgan.
O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi professor Guli Mahmudovaning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari, shogirdlari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Batafsil: https://nuu.uz/ozmu-professor-guli-mahmudova-61-yoshida-vafot-etdi/
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
#Xorijlik_talaba
⏺O‘zbekiston Milliy axborot agentligi nashrida “Xorijliklar” loyihasi doirasida O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti magistranti, xitoylik Vang Zilu bilan suhbat e’lon qilindi.
Batafsil 👉 https://uza.uz/uz/posts/hitoylik-talaba-ismini-yasmina-deb-ozgartirdi-video_664285
Video 👉 https://youtu.be/JoeZ3fB2XtY
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
Telegram yangilandi..
Endi zerikmaysiz va keyingi yangilanishlarda reels kutilmoqda ekan.
Sinab ko'ring
/channel/webemoji_bot/play?startapp=869434714
«OLAM NASHRIYOTI» matbaa va nashriyot ijodiy uyi
quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:
- kitoblar nashr etish;
- kitob va boshqa matbaa mahsulotlarini chop etish;
- matn terish, original maket tayyorlash, sahifalash
va korrektura;
- Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, monografilar,
badiiy va she’riy adabiyotlarga O‘zbekiston Milliy
kutubxonasidan ISBN, UO‘K va KBK raqamlarini olish;
- kitoblarni muqovalash;
- va boshqa matbaa xizmatlari.
📍Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30
📱Tel.(mob): +99899 803 80 32
☎️Tel.(ofis): +99871 244 75 75
✍️Telegram: @olamnashriyoti
Tayinlov
🇺🇿Tangirqulov Akmaljon Abdulxay o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
🤝Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Tangirqulov Akmaljonni yangi mas’uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!
Akmaljon Tangirqulovning yoshlar bilan individual ishlashdagi tajribasi, sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi bilim hamda salohiyati kelgusi muvaffaqiyatlarga asos bo‘lishiga ishonamiz!
#tayinlov
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
Telegram asoschisi P. Durov yaratgan bot nimaligidan kimning xabari bor?
Tiny uchun telegram shaffof ekran hamda yangilanish talab qilindi...
Kutamiz balki NOTCOINning davomidur 😁😁
/channel/TVerse?startapp=galaxy-00030f146f0004564d4000009b9c94
Tayinlov
🇺🇿Rahmonberdiyev Murodbek Karimberdiyevich - O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
🤝Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Rahmonberdiyev Murodbekni yangi mas’uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!
#tayinlov
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
Ўзбекистон криптоактивларни қабул қилиш бўйича Марказий Осиёда етакчига айланди.
2024 йил октябр ҳолатига кўра, Ўзбекистонда 1 миллиард доллардан ортиқ айланмаси бўлган 15 та лицензияланган провайдер фаолият юритмоқда.
Қайд қилинишича, 2022 йилдан бери тартибга солиш туфайли бюджетга 3 миллион доллардан ортиқ маблағ тушди.
Литцензиясизларни хисоблаганда канча боларкана?
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
⚡️ 10 ta hayot hikmati!
1️⃣ Baxtli insonlar boshqalarni ham baxtli ko'rishni istashadi!
2️⃣ Hech qachon omadsizlikdan bosh egmang, chunki baxtqushi ham egik boshlarga qo'nmaydi!
3️⃣ Haqiqiy baxt - bu eng avvalo salomatlik va ota-onaning mehridir...!
4️⃣ Sizni ranjitgan insonlarni kechiring, ammo o'zingizga qayta yaqinlashtirmang!
5️⃣ Alloh insonlar yelkasiga, ular ko'tara olmaydigan yukni tashlamaydi!
6️⃣ Barchamizga haqiqat yoqadi, ammo haqiqatni aytgan odam yoqmaydi!
7️⃣ Nochor ahvolda yashash har doim ham kambag'allik belgisi emas, dangasalik belgisi hamdir!
8️⃣ Boylik - pulning ko'pligi emas, nafsning to'qligidir!
9️⃣ Rostgo'y inson - hammaga dushman!
🔟 Natija niyatingizga bog'liq ekanligini unutmang!
☑O'zbekiston Milliy Universiteti
Yangi rasmiy bot!
Siz shu vaqtgacha Telegramga nechchi kun oldin kirganingizni va telegram mini ilovalari (notcoin, hamster)da qancha vaqt sarfalaganingizni ko'rsatib beradigan loyiha (bot).
@pawsog_bot
O‘zbekiston Milliy universitetida IX Yevropa kinofestivali doirasida filmlar namoyishi o‘tkazildi
⏺Yevropa Ittifoqi, Erasmus+ ta'lim dasturi hamkorligida tashkil etilgan tadbirdan ko‘zlangan maqsad talabalarni Yevropa madaniyati bilan tanishtirish, ular uchun Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi va Yevropa davlatlari elchixonalari vakillari bilan muloqot qilish imkoniyatini yaratishdan iborat.
⏺O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurgan Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar namoyishdan oldin so‘zga chiqib, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi 30 yillik hamkorlikni nishonlash munosabati bilan tashkil etilgan kinofestival o‘zbek tomoshabinlari uchun yevropalik kinoijodkorlar nigohi bilan dunyoni ko‘rish imkonini beruvchi chinakam noyob tadbir ekanini ta’kidladi.
⏺So‘ng Rasmus Merivo rejissyorligida suratga olingan, Estoniya kinoijodkorlari mahsuloti hisoblangan “KRATT” filmi talabalarga namoyish etildi.
☑O'zbekiston Milliy Universiteti