5491
O‘zbek kreativchilik san'ati namoyandasi. Ekologiya, marketing, madaniyat, kino va jamiyat haqida yozib turaman. @toqsonbeshchoy instagram.com/mirzayor Reklama hamkorligi uchun: @straightouttamahalla
Mangu kuyla,
Olg‘a bos!
Toshkentda har yili noqonuniy tarzda tashkil qilinadigan propaganda tadbirida chiqish qilib, SSSR va Stalinni ulug'lovchi shiorlar bilan hayqiruvchi mana bu kabi ta'viyalarning jazolanmasligi faollarda norozilik uyg'otyapti.
Nega mustaqil bir davlatda despotik (zulm) imperiyasi – SSSR bayrog'i va uning qonxo'r diktatori Stalinni baralla ulug'layotganlar jazolanmaydi, mazmunida hukumat manziliga haqli savollar berilmoqda.
Umuman, bu kabi savollar faollar tomonidan hukumatga har yili beriladi, javob kutiladi. Ammo jamoatchilikka doim ochiqligini da'vo qiladigan o'zbek mas'ullari masalaga hozircha e'tibor qaratayotgani yo'q. Va fikrimcha, bundan keyin ham ulardan javob eshitishimiz mushkul.
"Odnoklassniki"da qandaydir diniy postga like bosgan ayolni 3 yildan keyin ham topib, qamatayotgan huquq organlarining bu kabi masalalarga kelganda kar, ko'r va soqov rejimini yoqib olishiga fikrimcha, qo'rquvdan boshqa sabab yo'q. Miyasi SSSR va uni qayta tiklash g'oyasi bilan yashovchi Putin rejimidan qo'rquv.
Toshkent markazida turib har yili qayta-qayta sodir etilayotgan bir turdagi jinoyatlarning jazosiz qoldirilaverishiga boshqa sabab ko'rmayapman.
@haqiqatdaIlyos
Ташкент, 2024 год. Независимость Республики Узбекистан была объявлена 33 года назад. Наверное, у этих людей есть паспорта нашей страны? Кажется, они не очень этому рады.
@makarenko_channel
Statista’ga koʻra, chet elda oʻqiyotgan Oʻzbekiston talabalari 109 945 nafarni tashkil etadi (2021-yil ma’lumotlariga tayanilgan)
Bizdan oldinda faqat Xitoy, Hindiston, Vetnam, Germaniya bor.
Buncha inson kapitali, yoshlar, mutaxassislarning hech boʻlmasa bir qismini saqlab qolish yoki qaytara olish uchun, albatta, ichki ta’lim zavodi va bozor shaffof, qonuniy ishlashi shart.
#Reyting
@mirzo_zominiy
Ayni paytda 37 million aholiga ega davlatning bosh sport kanali – “Sport” Chempionlar Ligasi yarim final oʻyinini boshqa chet el kanallaridan koʻchirib olib koʻrsatyapti.
Boshlovchilar darajasi oʻyinga mos, lekin kanal rahbariyati oʻz ishini eplolmagani uchun oʻzbekistonlik muxlislardan rasman uzr soʻrashi va xalqaro huquqlarga rioya qilib, jonli efirni tashkil etishi kerak.
Oʻzbekistonliklar jahon futbolini sifatli koʻrishga haqli axir, butun dunyodan 3 daqiqa keyinroq emas.
#Kuzatuv
@mirzo_zominiy
"Menimcha, biz hozir [rektorlarni saylashga] tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak. Bilasizlar, bizning o‘zimizga yarasha mentalitetimiz bor. Qachonki jamoatchilik nazorati yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, keyin bunaqa ishlarni qilsak bo‘ladi". Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov.
Hey, baraka topgur, olim odamsiz, "mentalitet" nima oʻzi? Uning ilmiy taʼrifi nima? "Biz"ning "oʻzimizga yarasha" qanday mentalitetimiz borki, rektorlarni saylashga toʻsqinlik qilsin?
Oʻzbekiston xalqi hokimlarni saylashga, demokratiyaga, inson huquqlariga tayyor emas deydiganlarni eshitsam ensam qotadi. Prezidentni saylayapti-ku shu "tayyor boʻlmagan" xalq? Parlamentni saylayapti-ku shu"tayyor boʻlmagan" xalq?
Oʻtgan yili yangilangan Konstitutsiyani shu "tayyor boʻlmagan" xalq muhokamasiga olib chiqdinglar-ku?
Bir tarafdan, siyosatchilar xalqni "tayyor emas" desa, tushunsa boʻladi, siyosatchilar hokimlar saylanmasligi, hamma narsa "tepa"da hal boʻlishidan manfaatdordir balki - saylov payti "oʻtdimmi - oʻtmadimmi" deb jon hovuchlab oʻtirish, har bir qadami uchun xalq oldida hisobdor boʻlishdan koʻra shunisi tinchroqdir balki.
Lekin shu xalq ichidan chiqqan olim, ziyoli odam xalqni "tayyor emas" deb oʻtirsa ... Bilmadim, bilmadim.
“Kursilarni sotish” deb nomlangan rasm.
Kim boʻlsayam, joyidan uncha-munchaga turmagan / turgʻizisholmagan odam ekan 💼
#Kuzatuv
@mirzo_zominiy
Bahor faslidagi o‘zbek qishlog‘i Gibli studiyasi uslubida DALL-E tomonidan chizilganida 🌱🌳
#SuniyIdrok
@mirzo_zominiy
271 mingdan ko‘p ko‘rishgan ekan shu suratni. TROLL UZ kanalining o‘zidan.
Bugundan boshlab esa DV Lottery natijalarini tekshirib ko‘rish boshlandi.
#Kuzatuv
@mirzo_zominiy
Ahmad yozganidek, penaltilar vazirligini tuzish kerakmikan-a?)
Ertalab tongda yigitlar qaytisharkan. 3-terminalda kutib olishga chiqish kerak.
Butun musobaqa jamoalarini vahimada ushlab turishdi.
@mirzo_zominiy
Telegramdagi foydali kanallar ro'yxati
⚖️ Huquq, san’at, ilm-fan, ijtimoiy hayot, biznes va boshqa sohalarga ixtisoslashgan eng faol blogerlarning kanallarini quyidagi havola orqali tanlab-tanlab yoki yoppasiga qo'shib olishingiz mumkin.
🔗 /channel/addlist/ZfguWo576HwzYjdi
Ro'yxatdagi kimlarni avvaldan kuzatardingiz?
👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam
Duo
Anchadan beri menda bir kasallik paydo bo’lganini sezib yuribman. Lekin tashxisi qanday, nomi nima, bilmayman. Masalan, biror jiddiy majlisda o’tirarkanman, kulaveraman, kulaveraman, oxiri o’zimni to’xtatolmas darajaga borib, bir amallab majlisni tark etishimga to’g’ri keladi. So’nggi vaqtlarda kulgidan tiyilib o’tirishga kafolatim yo’qligi uchun imkon qadar chetroqda, eshikka yaqinroq joyda o’tirishga harakat qilyapman.
Tasavvur qiling, kazo-kazo amaldorlar nutq irod etayotgan, davlat taqdiri, millat kelajagi hal qilinayotgan bir muhim pallada, sharaqlab kulib yuborsangiz, ay-ya-yay, bunaqa holatga tushib ko’rgangina his qiladi ahvolimni. Bu miya aynishi
– gallyutsinatsiyamikin, yo’q, qandaydir g’alati, tushunuksiz jarayon. Tuppa-tuzuk o’tirgan yerimda to’satdan ro’paramdagi odamlarning tusi, shakli, ovozigacha o’zgara boshlayotganini ko’raman.
Ko’zimni ishqalab-ishqalab qo’yaman, orada suv ichaman, diqqaaat bilan zehn solaman: kimningdir boshidan shox o’sib chiqadi, kimningdir dumchasi paydo bo’lib, tinimsiz likkillashni boshlaydi, kimdir uzun-uzun quloqlarini onda-sonda qimirlatib-qimirlatib qo’yadi. Butun majlis davomida birov kalpistaga, birov ilonga, birov quyonga, yana birovi kalamushga o’xshab ko’rinadi. Ichimda bilgan suralarimni takrorlayman, “Astag’firulloh, Xudoyim o’zing kechir, menga narsalarni bo’lgani kabi ko’rsat” degan sevimli duomni aytaman. Sharmanda qilma, deyman.
Qayog’da, nimadir ichimdan keladi-yu, boshlanadi….
Biror davosi bormikin buni yo shunday o’tib ketarmikinman, hayronman.
Yurgan-turganimda esa o’sha duoni aytish refleks bo’lib qolgan: “Ey Xudoyim, menga narsalarni bo’lgani kabi ko’rsat”.
Balki, shu duoni aytishni shunchaki bas qilishim kerakdir...
Indoneziyaliklar bosib past baho qoʻyib yotishibdi) lekin Olimpiya oʻyinlariga 🇺🇿 boradi.
Tobora yaqinmiz 🇺🇿
@mirzo_zominiy
Siyosatshunoslar fikri va grafikka qarasak, matbuot (media) erkinligi boʻyicha Islom Karimov davridagi darajaga yana qaytibmiz.
@mirzo_zominiy
Ruhiy-mafkuraviy kasalliklar shifoxonasi. Oʻta ogʻir qizil darajasiga chalinganlar.
@mirzo_zominiy
Oʻrisga oʻxshab ketar qorakoʻzlarim…
@mirzo_zominiy
Madridning “Real” klubi 15-kubok tomonga dadil qadam tashlab, finalga yoʻl oldi.
Endi madridliklar “Borussiya Dortmund” bilan kurashadi.
Futbol muxlisi sifatida ora-sirada shunday baqir-chaqir qilib turamiz endi. Toʻgʻri tushunasiz, azizlar.
#DavraniKengroqOling
@mirzo_zominiy
Menimcha, Kongratbay Sharipovning oʻziga qoʻyib berilsa, hech ham bunday demagan boʻlardi.
Komil akaning esa gapida jon bor – axir rektorlardan, hokimlardan boshqa hammani xalq saylab yotibdi.
Huv bir yozgan gaplarimga qaytaman – saylovlarda haqqingizni, huquqingizni tanib oling, koʻzni oching, azizlar.
#Kuzatuv
@mirzo_zominiy
Men xususiy sektorning kreativlik va bunyodkorlik kuchiga doim ishonaman (albatta, buzg‘unchilari ham yo‘q emas).
Payme x Lokals Mosaicvertising ("Mozaiklama") keysi bilan Kann sherlaridan yutish uchun harakat qilib ko‘risharkan.
Ishonamanki, ular buni uddalashadi. Omad tilayman 🦁
#MarketingvaPR
@mirzo_zominiy
Хуршид Абдурашиднинг “Дардисар” китобидаги шаҳар хабарлари қизиқ шакл бўлибди. Жуда ёқди шу нарса.
Читать полностью…
Daraxtlarni eplab chopib tasholmaganidan, yo‘laklarni shunaqa qing‘ir-qiyshiq qurib tashuvradi bular. © Abror Qodirov
Jonim senga fido, O’zbe… iye, Green Card ochildimi?
-
Жизнь отдам ради тебя, Узбе… ой, ГринКарт уже открылся?
Photo credits: Mirzo Zominiy
@trolluz
Yigitlarga rahmat baribir 🇺🇿😎
Munosib oʻyin koʻrsatishdi butun musobaqa davomida 🔥
Asosiysi, Parijda yuzimiz yorugʻ boʻlsin 🇫🇷
@mirzo_zominiy
Juda jiddiy kun.
3-may – Jahon matbuot erkinligi kunida barcha ezilgan va ezilayotgan jurnalist hamkasblarimizni, soʻz erkinligi qadri, OAV erkinligi ahamiyatini eslab, sukut saqlashda davom etamiz.
#RIP
@mirzo_zominiy
Nodir akaning kanalida “Uzuklar hukmdori” trilogiyasining turkcha dublyaji, Teoden monologini koʻrib qoldim.
Aka bilan bir paytlar orzudagi oʻzbekcha dublyaj jamoasini ham oʻzimizcha “geek”ona gaplashgandik.
Xayollar Oʻzbekistonida “Uzuklar hukmdori” rasman dublyaj qilinganida, menimcha, dublyaj jamoasida, albatta, shu daholar boʻlur edilar:
Gandalf – Afzal Rafiqov
Aragorn – Behzod Muhammadkarimov
Legolas – Elbek Mirzohidov
Gimli – Fayzulla Ahmedov
Boromir – Sanjar Sa’dullayev
Frodo – Shomahmud Shorasulov
Semvayz Gemji – Farhod Abdullayev
Peregrin Tuk – Abdulhay Otaxoʻjayev
Saruman – Yoqub Ahmedov / Hojiakbar Nurmatov
Elrond – Elyor Nosirov
Teoden – Tesha Moʻminov / Erkin Komilov / Hoshim Arslonov
Galadriel – Noila Toshkenboyeva
Arven – Zulxumor Moʻminova
Eovin – Mohira Nurmatova
Faramir – Uchqun Tillayev
Eomer – Fathulla Ma’sudov
Gollum – Dias Rahmatov
Lurtz / orklar sarkardasi – Boir Xolmirzayev
Ayni kunlarda dunyo ekranlariga afsonaviy trilogiya qayta prokatga chiqarildi. Bizda ham yangi premyeralar qatori, doimo barhayot filmlarning rasmiy dublyaji boʻlsa, maza qilib koʻrardik (afsuski, yuqoridagi dublyaj aktyorlaridan bir nechasi vafot etishgan).
Siz qaysi aktyorlar / rollar uchun qaysi oʻzbek aktyorining / aktrisasi ovozi mos tushadi deb oʻylaysiz?
#OʻzbekDublyaji
@mirzo_zominiy
Oʻzbekiston 🇺🇿 tarixda birinchi bor Olimpiya oʻyinlarida!
@mirzo_zominiy
Buxoro shu kunlarda 👻😵
#UstabuzarmonlarDavri
@mirzo_zominiy