Yaxshi va yomon vaqtlar bo'lmaydi.
O'zimizni bo'sh qo'yishimiz mumkin bo'lgan va kuchli bo'lishimiz talab etiladigan vaqtlar bo'ladi.
Kuchli bo'lish talab etilganda, "aybdorlar" ni izlash yoki Yaratgandan hayr, sabr va kuch tilash mumkin.
Tanlov qo'lingda ekan, o'zingni qo'lga ol va kuchli bo'l !
Menga "Men"dan
Bu ajoyib hayotni bergan Zotga hamdlar boʼlsin.
Sensiz nimadirlar amalga oshmaydi deb oʼylaysanmi ?
Hayotingni manzilini kutib ketayotgan yoʼlovchidek oʼtkazib yubormayapsanmi ? Toʼxtab atrofingga qarab, shu yerda yashay olyapsanmi ?
Hayotingi qoʼrquvlar boshqarmayotganiga ishonching komilmi? Nimadirlarni yoʼqotishdan, eplay olmasligingdan, och qolishdan, oʼrningni berishdan, boshidan boshlashdan ...
Bolalikdagi orzularinga xiyonat qilmadingmi ? Yo ularni "kalamush poygasi"da yutkazdingmi ?
Nusxa boʼlib kun oʼtkazmayapsanmi ? Aslingni berkitmadinmi ?
Joni joningdan azizlar qoldimi ? Qalbingdagi muhabbatlarni koʼmmadingmi ?
Ichingdagi ovozni haliyam eshityapsanmi ?
Lahzalarni boy bermayapsanmi ?
Kechirilmaganlarni koʼtarib yurmayapsanmi ?
Odamiylikni topsang yoʼqotma. Oʼzing boʼl. Boʼla olsang samimiy boʼl.
Nima qoladi ?!
Bu ulkan borliqdan bir insonni olib tashlansa, borliq uchun nima oʼzgaradi ? Milliardlagan boyligi, yechimsiz muammolari, orttirgan buyumlari, kechirilmagan kechinmalari, oling-ki bor budi bilan. Nima oʼzgaradi ?!
Borliq miqyosida hech narsa, shunday emasmi?!
Xuddi shunday biz ham bir kun bu borliqdan chiqarilamiz. Unda biz qayerda qolamiz ?
Bizni sevganlar qalbida, biz yuraklarida iz qoldirganlar xotirasida, manfaatimiz tekkanlar duolarida. Balki, juda qattiq harakat qilsak, kitoblarda ham qolarmiz.
Ammo... "kalamush poygasida" yutaman deb, birimni ikki qilaman deb, nafsimiz va kibrimiz deb nechalarga ozor berdik, nechalarni umidini sindirdik, nechalarni yig'latdik, nechalarni kechirmadik, nechalarga qo'limizdan kelsada yordam qo'lini cho'zmadik ?!
"Muhim"ni unutib, "kerak"ka ketdik.
Kechir ...
Egam, biz ko'ngillariga zarracha bo'lsada ozor berganlar hayotini cheksiz baxt va quvonchga to'ldirki, zora bizni kechirib, biz bergan ozorlarni eslamasalar.
Bizni sevganlar umrini ziyoda va barokatli qilki, koshki U yerda uzoqroq yashasak !
Allohim qilayotgan ishlarimizni olamga manfaatli qilki, shoyad duolarda yashasak !
Robbim... Oʼz holimizga tashlab qoʼyma.
Shunday dardlar borki, tasallisi faqat iymondandir
©Omina Shenliko'g'li "Imomning maneken qizi"
Biz shunchalar o'zimizga ishondik-ki, xuddi bugungi hayotga oʼzimiz erishganday yoki kelajakni oʼzimiz yaratadiganday. Yoʼq.
Shunday holatlarga tushganmizki, hech bir inson, hech qanday mol dunyo yordam bera olmasligini aniq bilganmiz. Oʼsha damlarda, Rabbim Senga shunday yolbordikki, huzuringda qanchalar ojiz ekanimizni sezdik.
Keyin yana "oʼzimizga" kelib, hammasi faqatgina sababiyat qonuniyati bilan boʼlgandek oʼzimizdan kettik. Rabbim Sen bilan oʼrtamizga dunyoni qoʼydik.
Rabbim bizni avf et. Gunohlarni seskanmay qilyapmiz. Gunohimiz bilan maqtanib, oʼzgalarni ham chorladik.
Kechir bizni Gʼaffor Egam, yoʼq, azobdan qoʼrqqanimiz uchunmas, qalbimiz zangalab Seni unutayozganimiz uchun.
Baxtni uzoqdan, kitoblardan, oʼzgalardan qidirdik. Qalbimizga qarab Senga yuzlanmadik. Faqat, chorasiz hollardagina...
Allohim qalbimizni Nuring bilan rizqlantir.
Yuqoridagi asarni oʼqib taʼsirlanib yozdim. "Biz" deb oʼzimni nazarda tutyapman, yana koʼnglingizga kelmasin.
Motivatsion videoroliklar ro'yxati:
1. 60 soniyadan so'ng hayotingiz o'zgaradi !
2. Yugur !
3. Javob zarba !
4. 10.000 soat !
5. Qaytmas
6. Nishonga tegmadimi ?
7. Sen dunyoga tasodifan kelmading !
8. So'nggi o'yin
9. Zarba
10. Boshla
11. Hech narsaga qaramay davom et
12. Kuchli bo'l !
13. O'zingni o'zgartir
14. G'alaba tomon yo'l
15. Burgut parvozi
16. Sen buni qanchalar qattiq xohlading ?!
17. Muvaffaqiyat
18. Muvaffaqiyat ovozi
19. O'z yo'lingni yarat !
20. Imkondan foydalan
21. Taqdir
22. Vaqt o'tmoqda
23. Qutqaruvchi
24. Hali oxiri emas
25. Umid va orzu
26. Baxt bu- yo'l !
27. Shunchaki tingla
28. Biz lahzamiz
29. Tadbirkorlar
30. Yasha
31. Muhammad Ali
32. Katta orzu qil
—————————
Ta'sirli videoroliklar:
1. Sovg'a
2. Orzu sari yo'l
3. Rizq
4. Katta orzu
5. Sahovat
6. Sen ham qahramon bo'lishing mumkin
7. Sabr va shukur
8. Bu nima ?
9. Yaxshilik qil
10. Ezgulik ulashing
11. Super otalar
12. Yaxshilik haqida hikoya
13. Onamni qanday rozi qilaman?
14. Berkit
15. Hayot deb atalmish film
16. Mehr - muloqotning eng to'g'ri shakli
17. Borliqning qayeridamiz ?
18. O'ylab ko'r
—————————
Audiolar:
1. Paradokslar
2. Ota o'giti
3. Yuragingga quloq sol
(p.s. ushbu ro'yxatdagi ko'rishni istagan motivatsiyangiz ustiga bosing va bahramand bo'ling)
🎬 Buyuk narsalar haqida orzu qil !
Bugun abituriyentlar bilan gaplashsak (@Boburbek_developer ga vaʼda bergandim)
Qarshingizda turgan imtihon hayotingizdagi eng katta imtihon emas. Hozir oʼylayotganingizdek, eng muhim vazifa ham emas.
Bu maqsad va Siz maqsadga qanday erishishni oʼrgandingiz. Aniq maqsad qoʼydingiz, Ustoz topdingiz, qadamma-qadam reja tuzdingiz va har kuni tinmay mehnat qildingiz !
Mana shunday maqsadga erishiladi !
Kim jarayondan zavq olgan boʼlsa bu vaqt juda tez oʼtib ketgan boʼlishi kerak. Jarayondan zavq olish maqsadingizga oson erishish kafolati.
Ayrim abituriyentlar talaba boʼlgandan soʼng, tushkunlikka tushib qoladi ? Nega deysizmi, chunki ularda maqsad yoʼqolib qoladi !
Shunday ekan, meni Sizga tilagim, talaba boʼlgan kuningiz oldingizda keyingi buyuk maqsad boʼlsin ! Ustoz, reja va mehnat qilish ishtiyoqi boʼlsin.
@motivator_ice
#motivatsiya
🎬 Muhammad Ali - Buyuk jangchi !
🎙 Shaxobiddin Normamatov
U odamlarga yordam berish uchungina mashhur bo'lmoqchi edi...
Meni kimdir to'xtata olishini aytmang. Meni hech kim to'xtata olmaydi...
@motivator_ice
#harakatdabarakat
Mo'jiza
- Siz qanday qilib bunday boyib ketdingiz ?
- Birinchi kun, bozordan arzonga banan olib, ko'chada qimmatroqqa sotdim. Qarasam yaxshi foyda. Ikkinchi kun, ko'proq olib, ko'proq sotdim. Uchinchi kuni, dadamning do'sti meni uchratib qolib, dadamdan olgan qarzini evaziga yurgizgan biznesiga meni teng sherik qilib oldi. Shundan so'ng boyib ketdim.
Mo'jiza ham harakat qilganlarda bo'ladi. Smartfoningiz ekranidan jin chiqib orzularingizni ro'yobga chiqarib berishini, uyda o'tirib boyib ketishni, 24 soat pul kelayotganini tasavvur qilib millionerga aylanishni kutmang.
Hamma gap harakatda, mo'jizaga loyiq bo'lishda !
👉 @motivator_ice
Faqatgina pul uchun ishlash bu - qullik.
Qayerda, kim boʼlib va qanchaga ishlanishidan qatʼi nazar.
Eshiklar yopilganda, derazalar ochiladi.
Bu haqiqat...
E'tiboringni yopiq eshikka emas, ochiq derazaga qarat !
Tuxum tashqaridan yorilsa bu - o'lim.
Tuxum ichkaridan yorilsa bu - hayot !
#tafakkur
#imkonsizdaimkonbor
Sen faqat imkonsizlarni bajar.
Qolgan hammasini boshqalar amalga oshiradi !
#цитата
Ba'zilar yutkazib qo'ymaslik uchun ehtiyotkorona o'ynashadi.
Ehtiyotkorona o'ynab, Sen aniq yutkazasan.
©Al Kapone
Biz borliqning qayeridamiz ?
Bu ulkan borliqda biz judaham kichik burchakni egallaymiz. 100 yillik umrimiz esa, borliq uchun juda kichik muddatdir.
Millionlaringiz yo'qligi-yu, bo'yingiz pastligi borliq miqyosida hech narsani o'zgartirmaydi. Ulkan deb hisoblagan muammolaringiz ularga pastdan qaraganingiz uchungina katta ko'rinadi.
Teparoqdan ko'prog'i ko'rinadi !
P.S. 1 yorug'lik yili - 9 460 730 472 580 800 metr
@motivator_ice