motivator_ice | Unsorted

Telegram-канал motivator_ice - Iceberg | MOTIVATOR

467

Bu yerdan yangi va noyob narsalarni topa olmaysiz. Bu yerdan O'zingizni topasiz ! Biz bilan aloqaga chiqish uchun @shopo_manage ga murojaat qilsangiz kifoya )

Subscribe to a channel

Iceberg | MOTIVATOR

Odamlarga yaxshi gaplar ayting

2:83

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

Dardi dunyo bo'lganning, dunyo qadar dardi bo'ladi.

So'fiylar naqli

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

Astronomiya darsida Ustoz:

"Yerni bir millimetrli zarra deb olsak, Quyosh tizimi butun shahardek kattalikda bo'ladi.

Atrofida 8 sayyora aylanadigan Quyoshimiz bo'lsa Somon yo'li gallaktikasidagi 400 milliard yulduzdan biri xolos.

Koinotning insonga ma'lum qismining bir uchidan chiroq yoqilsa narigi tomonida 100 milliard yildan keyingina ko'rinadi.

Borliqdagi yulduzlar soni esa yerdagi qum zarralaridan ham ko'proq."


Orqa partada mudrab o'tirgan men:

"Tushlikka osh yesammikan yoki somsa ?"

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

#xulosaSizdan

Och tulki bir bog‘ yonidan o‘tib borar ekan, shovullab osilib turgan uzumlarni ko‘rdi.

Ularni yemoqchi bo‘lib sakradi, urindi, lekin bo‘yi yetmadi.

Hafsalasi pir bo‘lib ketar ekan, o'ziga o'zi:
«Bu uzumlar xom, baribir yeb bo‘lmasdi».

© Ezop

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

Donishmand suhbatidan:

Olamda hidlarning ba'zilari borki, arilarni qochirib, pashshalarni chorlaydi.

Kibr va manmanlik shundaylaridan. Samimiyat va soflikni haydab, manfaat va g'arazni chaqiradi.

Yana, bu hidni taratayotgan o'zi farqlamas. Atrofida to'planganlarga qarab xulosa qilishi mumkindir faqat.

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

Sulaymon alayhissalom Uzugi

Rivoyatlarda aytilishicha,

Hazrat Sulaymonning:

«Bu dunyodagi hamma narsa o‘tkinchi» — degan so‘zlar o‘yib yozilgan uzugi bo‘lgan.

Sulaymon a.s. hayotlarining qayg‘uli onlarida uzukdagi ana shu hikmatli bitikni o‘qib, taskin toparkanlar.

Bir kuni boshlariga shunday baxtsizlik tushadiki, uzukdagi so‘zlar ham dardga malham bo‘lolmaydi.

Sulaymon a.s. g‘azab bilan uzukni yechib, otib yuboradilar va dumalab borayotgan uzukning ichki tomonida ham allaqanday bitik borligiga nogahon ko‘zlari tushadi.

Hazrat Sulaymon o‘rnidan turib, uzugini qo‘liga oladi-da, bitikni o‘qiydi.

Uzugning ichki tomonida:

«Bu ham o‘tib ketadi» — degan yozuvlar bor edi.

Sulaymon a.s. achchiq kulimsirab, uzukni taqib, umrlarining oxirigacha uni yechmaydilar.

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

Ota o'giti:

Bolam hech kimga tepadan qaramagin. Senda borlari seniki emas.

Bolam hech kimga pastdan qaramagin. Ulug'vorlik O'zigagina xos.

Unutma, unisi ham bunisi ham kibrdandir.

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

"Menga shuyam bo'laveradi..."

Hech e'tibor berganmisiz bizga "bo'laveradi"larimiz darajasida beriladi.

"Qarzimdan qutulib olsam bo'ldi edi", "oyiga 500-600 topib tursam bo'ldi edi", "shu inson bilan birga bo'lsam bo'ldi", "shunga erishsam bo'ldi, boshqa narsa kerakmas", "bir xonali bo'lsa ham uyim bo'lsa edi" va hokazo.

Berguvchining qudrati cheksiz, so'rovchining niyatlari chegaralangan.

Yomg'irga nima bilan chiqsangiz shugina to'ladi. Piyola bilan chiqsangiz piyolangiz, chelak bilan chiqsangiz chelagingiz.

Ustozim aytadilar:

Biz xohlaganimiz emas, kutganimiz bo'ladi.


Eng yaxshilarini kuting. Ich ichingizda eng yaxshilariga o'zingizni ravo ko'ring.

P. S. Bu norozilik haqida emas, niyatni to'liq qilish haqida

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

U o'lmagan, lekin tirik ham emas.

Qilgan xatosi sabab o'zini kechira olmayotgan inson haqida bu gap.

Xato nima o'zi ? Qoidalar doirasidan tashqaridagi nuqta bu - xato.

Bu doira chegaramiz shunchalik qattiqki, undan chiqqani na biz kechiramiz na bizni kechirishadi.

Zamon va makondagi voqelik kontekstidan kelib chiqibgina, ma'lum qilingan yoki qilinmagan ishni xato sanaymiz.

Ammo, aynan shu "xato" kelajakda boshqa bunyodkor ishlarga sabab bo'lishi mumkin.

Kolumb Amerikani ochgani, antibiotik, mikroto'lqinli nurlanish, narkoz, plastik va boshqa ko'plab ixtirolar "xato" sabab vujudga kelgani bunga dalil.

Xatosini qabul qila olgan insonlar o'zgalarga nisbatan hamdard va kechirimli bo'ladi. Boshqalar ham xato qilishi mumkinligini tushuna oladi.

Qilgan xatolaringiz uchun ham, Sizga qilinganlari uchun ham kechiring. O'zingizni ham ularni ham.

Xato tajriba demakdir. Rivojlanish xatolardan olingan saboqlar sababidan emasmi ?!

Xatolar qilishga, ularni isloh etib parvoz etishga o'zingizga ruxsat bering.

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

Qurt yegan olma

Siz ham "hamma" kabi “ideal” emasligingiz haqida o'ylab qolasizmi ?

Atrofdagilar xuddi “idealdek”, shunday emasmi ? Ideal ko’rinish, ideal qomat, ideal munosabatlar. Hamma badavlat, doim sayohat qiladi, sevgan ishi bilan shug’ullanadi, millionlab obunachilari bor ?!

Siz esa ulardek “mukammal” emassiz ?!

Yo‘q, aslida unday emas. Shunchaki Siz faqat “idealni” ko’ryapsiz, haqiqatni emas. Internetda filtrdan o'tgan, ssenariylashtirilgan, kameraning old tomonidagi tasvirlarnigina ko'ryapsiz. Ommadan ajralmaslik instinkti esa ular kabi "ideal" bo’lishga undayapti.

"Ideal"lik sari tinimsiz harakatingiz bo'lsa o’zingizni past baholashingizga, aybdor his qilishingizga va ba’zan depressiyaga olib keladi.

Ilmiy faktalar !

· Ijtimoiy tarmoqlarning 14–24 yoshli yoshlar ruhiy holatiga ta’siri (Royal Society for Public Health — “Status of Mind”):

- Yoshlar orasida tashvish va depressiya holatlari 25 yilda 70%ga oshgan.
- 10 ta qizning 9 tasi tanasidan norozi.
- Instagram ruhiy salomatlikka eng salbiy ta'sir ko‘rsatadigan platforma.

· Perfektsionizm so‘nggi 30 yilda 30% ga oshgan (American Psychological Association)

· Ijtimoiy tarmoqlarda kuniga o'rtacha 2 soat 23 daqiqa sarflanadi.

· Z avlod (1997-2012 yil tug'ilganlar):

- Kuniga o‘rtacha 4–5 soat ijtimoiy tarmoqlarda.
- Kuniga 80+ marta telefon tekshiradi.


Nega qurt yegan olma, yaltiroq katta olmadan qadrliroq ? Chunki u kamchiliklari bo’lsada, tabiiy, mazali va foydali. Yaltiroq olma esa faqat “mehmonlar” uchun, “sun’iy qo’shimchalari” ko’p.

Siz boringizcha go’zalsiz (boshqalardek emasligingiz aksini isbotlamaydi), munosabatlarda tushunmovchiliklar bo’lishi esa tabiiy (shunday o’rganamiz), balki badavlat emasdirsiz lekin qilayotgan ishingiz orqali insonlar mushkulini oson qilib, kulgu ulashayotgandirsiz, millionlagan obunachilaringiz emas bir necha qadrdon do’stingiz bor va har qancha "like" dan muhimroq.

“Ideal” dek bo’lishga urunib aslingizni yo’qotib qo’ymang !

Hozirgi o’zingizdan uyalmang. Nafaqat uyalmang balki, faxrlaning !

Olmani tabiiysi kichkina, ko’rimsiz va qurt yegan bo’lishi mumkin. Zero, farzandlarimizga aynan shunaqalarini ravo ko’ramiz, “ideal”ini emas.

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

Zulmatni zulmat bilan yo'qotib bo'lmaydi. Buni faqat yorugʻlik qila oladi.


Martin Lyuter King

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

Omad yo'q, mehnat bor !

✉️ Iceberg

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

Hech kelajak hayollaringizda yashayotganingizda o'zingizni tutib olganmisiz ?

Nimagadir inson ongi uni "shirin" kelajak hayollari bilan ko'mib qo'yadi:

- katta bo'lganimda...
- maktabni bitirganimdan keyin...
- oliygohga kirib olsam ...
- ko'p pul topsam (yaxshi ishga joylashib olsam, biznesim yurib ketsa)...
- uyim (mashinam, dala hovlim) bo'lganida...
- uzoqlarga ketsam...
- sayohat qilsam...
- oila qursam...
- ajrashsam...
- farzandli bo'lganimda...
- farzandlarimsiz...
- lavozimga erishsam..
- millionlarimni topganimda...
- davolanib ketsam...
- nafaqaga chiqib olsam...
...

Hozir-chi ? "Hozir biroz chidab turay, yaxshi kunlar kelib qolar"


Nimaiki his etayotgan bo'lmaylik bularning bari bizning kechinmalarimiz emasmi ?


Bugungi kechinmalarimiz emasmi bizniki bo'lgan, biz bo'lgan ?


Oxirgi martta qachon:

- qushlar sayrayotganini tingladingiz;
- yomg'irdan keyingi kamalakka e'tibor berdingiz;
- chumolilarni kuzatdingiz;
- yomg'irda yurganingizni eslay olasizmi;
- bargning daraxtdan tushishini kuzatdingiz;
- qor bo'lagini qo'lingizda erishini-chi;
- shudring esingizdami ;
- quyosh chiqishini (botishini) kutdingiz;
- bulutlardagi ajdarhoni ko'rdingizmi;
- xonqizi degan hashorotni eslaysizmi;
...

Biz shoshmoqdamiz. Kattalar kabi. Kelajak hayollarimiz tomon.

Bu kelajak kelmasligi ham mumkin...

Bugun bilan yashash kerakdir balki...

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

Noumid shayton.

"- chaqalog'ingizni ranimatsiyaga olamiz. Hammasi Allohdan bir narsa deya olmayman."

"- bu kasallikda hali tajribamiz yo'q. Mayli Onangizni olib qolamiz faqat tilxat yozib berasiz."

"- qizaloq ekan. Essiz, tug'ilmay nobud bo'ladi deb qo'rqaman."

"- Otangizni buyragi rad etgan. Bir narsa deya olmayman."


Shunday holatlar bo'ladiki, qo'lingizdan hech narsa kelmasligini aniq bilib turasiz.

Xuddiki, qorong'u, sovuq zindon tubida yolg'iz qolgandek his etasiz o'zingizni. Ko'nglingizga hech nima taskin berolmaydi. Juda qattiq yiqilgansizu turishga na kuchingiz bor, na xohishingiz.

Ammo sezganmisiz, shunday paytda uzoqdan miltillagan nur ko'rinadi.

Bu - umid.

"Alloh o'z holimizga tashlab qo'ymasligiga bo'lgan umid."

Mana shu joyda mo'jizalar boshlanadi. Ayni shu Umid Siz ochilmas deb o'ylagan eshiklarga kalit beradi.

"- o'g'lingiz soppa sog', ertaga javob beramiz"

"- Onangiz 18 yoshidagi kabi kuchga to'la."

"- tabriklayman, qizli bo'ldingiz."

"- Otangiz bu g'ayratlari bilan hali uzoq yashaydilar, Xudo xohlasa"


Qanday og'ir ahvolga tushmangki, umidingizni hech ham yo'qotmang !

Zero, noumid - shayton !

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

Yo'lingni yoritib turgan quyoshing botsa, hech ham sarosimaga tushma.

Buyog'iga, Hayot yo'lingni yoritib, manzilinggacha hamroh bo'luvching - Oy nuri bo'ladi

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

Hamroh

Sizga ham:

Uyquga ketishdan oldin pastgina ovozda qilinishini kutayotgan ishlar pichirlaydimi ?


Qizig'i, bu ishlarni qilishga hech kim majbur qilmaydi, qilinishi ham talab qilinmaydi.

O'sha "Orzu" degan manzilga olib boradigan "Yo'l" - bu ovozlar.

"Orzu" ga borish uchun "Yo'l" da "Hamroh" kerak.

"Hamroh" turli nomlar bilan nomlanadi: ota-ona, ustoz, yor, do'st, jamoa ...

"Yo'l" ingizda Siz bilan safarga chiqa oladigan yoki allaqachon chiqqanlar bilan birlashish nasib qilsin.

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

Maqsadga erishgich.

Hech o'ylab ko'rganmisiz,

1. Nega ish yoki o'qish joyingizda berilgan vazifalarni bajarish oson ?

2. O'zingizga o'zingiz qo'ygan vazifalarni esa bajarish qiyin ?


1-holatda:
a) aniq vazifa, muddat va nazorat bor;
b) eng asosiysi - vazifa muhiti va xuddi Siz kabi, Sizni tushuna oladigan insonlar bor.

Qiyinni qanday oson qilishni bilvoldik-a ?

Bir narsa haqida o'ylab qoldim:

Bir yopiq klub qilsakchi ? Maqsad yo'lida muhit yaratib, o'zimiz kabi Insonlar bilan bir birimizni nazorat qilsak...

Shunday klub bo'lsa qo'shilarmidingiz ?

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

U ko'p narsani xohlar edi. Oxiri ikki metr yer yetarli bo'ldi.

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

O'limga hukm qilinib, hotirjam turgan donishmanddan ajablanib so'rashdi:

- Siz hech ham xavotir olmaysizmi ?

Donishmand:

- Bu yordam beradimi ?!

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

Ota o'giti:

Bolam, Duolarni vatan qilki, zero yaxshilar qalbidanda xayrliroq joy topmassan.

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

Bu Jon - tanada vaqtincha ijarada.

Ijara vaqti esa ertami kechmi tugaydi.

Tasavvur qilib ko'raylikchi. Bizniyam vaqtimiz tugadi:

· 1-kun - yer shari aylanishda davom etaveradi. 99,99% foizidan ko'proq odam bilmaydi ham yo'q bo'lib qolganimizni.
· 3 kun - eng yaqinlarimizdan boshqa hamma hech narsa bo'lmagandek hayotini davom etaveradi.
· 1 oy - eng yaqinlarimizga ham, "bo'lganlarni unutib davom etishni" tavsiya berishadi.
· 1 yil - ba'zida rasm, musiqa yoki hid bizni eslatib yubormasa, deyarli unutilamiz.
· 10 yil - dunyo yo'qligimizga qaramay rivojlanishda davom etadi. Yangi binolar quriladi, yangi odamlar tug'iladi. Yilda bir necha martta qabrimizni ziyorat qilib turishadi.
· 50 yil - umrimizni sarflab qurgan uylarimizda bizni tanimaydiganlar yashaydi, diplomlarimiz esa sandiqda chang bosib yotadi. Bizni ko'rganlar ham barmoq bilan sanagudek qoladi.

Nega unda odamlar fikri shunchalik muhim ?

Nega orzularimizni qo'rquvlarga alishyapmiz ?

Nega g'ururni deb sevgimizdan voz kechyapmiz ?

Nega kechani yo ertani o'ylab, bugunimizni qurbon qilyapmiz ?

Bizni unutishlari aslida fojiya emas.
O'ziligimizni unutganimiz - ana shu haqiqiy fojiya.

Tiriklik katta imkon va bugun biz tirikmiz, ijarachi...

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

#lifehack

Baxtsizroq bo'lmoqchimisiz:

O'zingizni boshqalar bilan solishtiring.

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

Illat izlaganga illatdir dunyo,
G’urbat izlaganga g’urbatdir dunyo.
Kim neni izlasa, topgay begumon,
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo.

©️ Sadriddin Salim Buxoriy

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

Vaqtlarni sarflab yoqutlar topish mumkin.

Lekin, yoqutlarni sarflab vaqtlarni topib bo'lmaydi.

Arab maqoli

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

- Dada, milliard soniya qancha bo'ladi ?

Kalkulyatorda hisoblab,
- 31,5 yildan ko'proq bo'larkan

- unda Siz birinchi milliard soniyangizni yashab bo'libsizda ?!

- deyarli o'g'lim, deyarli...

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

Afrika afsonasi:

Sher va kiyik "poyga"sida ko'p holatlarda kiyik yutadi.

Chunki, sher ovqat uchun yuguradi, kiyik esa hayoti uchun !

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

“Imkonsiz” - bu fakt emas, shunchaki fikr !

©Muhammad Ali

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

Bir baliqcha qari baliqning oldiga kelib so'rabdi:

- Okean deb nomlangan narsani qayerdan topsam bo'ladi ?

- "Okean ?" - deb hayron bo'libdi qari baliq. "Hozirning o'zida Sen okeandasan"

- "Shumi ?" yana so'rabdi baliqcha. "Bu oddiy suv-ku, menga esa okean kerak"

© Multfilmdan

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

Insonga inson kerak

Qorong‘u kecha. Yomg‘ir tomchilari derazani ohista taqillatmoqda. Faqat jimjitlikni buzayotgan narsa – telefonning nursiz ekrani. O‘sha ekranga tikilib o‘tirgan insonning ko‘zlari ich-ichidan so‘nayotgan yulduz kabi xira edi.

Har birimiz o‘z dunyomizni quramiz. Devorlari mustahkam, eshiklari mahkam. Ammo qanchalik mustahkam bo‘lmasin, bu dunyo yolg‘izlikka bardosh berolmaydi.

Bir kun kelib, seni hech so‘zsiz tushunadigan, ko‘zlaringga boqib dardingni his qiladigan, ovozingdagi titroqdan qalbingni anglaydigan insonga ehtiyoj sezasan.

Inson insonni sevadi, undan o‘zini topadi, unga suyanadi. Shuning uchun telefonni qo‘y, derazani och, bir lahza izla. Balki seni kutayotgan inson shu yomg‘ir ostida turib, yordam qo‘lini cho‘zayotgandir.

Bu dunyoda har bir insonga – inson kerak.

P.s. Ushbu post to'lig'icha Sun'iy idrok yordamida tayyorlangan

Читать полностью…

Iceberg | MOTIVATOR

Umrimga yillar qo'shilgani sari bir narsani tushunib boryapman:

Doim kutib yashaganing, "mo'jiza" bo'lib hayoting o'zgarib qolmas ekan, afsuski...

Orzularing ham o'z o'zidan sen tomonga kelib qolmas ekan, negadir...

Bularni qancha erta anglasang shuncha yaxshi, bo'lmasa umring oxirigacha ham kutib yashashing mumkin.

Читать полностью…
Subscribe to a channel