#motivatsiya
🎬 Muhammad Ali - Buyuk jangchi !
🎙 Shaxobiddin Normamatov
U odamlarga yordam berish uchungina mashhur bo'lmoqchi edi...
Meni kimdir to'xtata olishini aytmang. Meni hech kim to'xtata olmaydi...
@motivator_ice
#harakatdabarakat
Mo'jiza
- Siz qanday qilib bunday boyib ketdingiz ?
- Birinchi kun, bozordan arzonga banan olib, ko'chada qimmatroqqa sotdim. Qarasam yaxshi foyda. Ikkinchi kun, ko'proq olib, ko'proq sotdim. Uchinchi kuni, dadamning do'sti meni uchratib qolib, dadamdan olgan qarzini evaziga yurgizgan biznesiga meni teng sherik qilib oldi. Shundan so'ng boyib ketdim.
Mo'jiza ham harakat qilganlarda bo'ladi. Smartfoningiz ekranidan jin chiqib orzularingizni ro'yobga chiqarib berishini, uyda o'tirib boyib ketishni, 24 soat pul kelayotganini tasavvur qilib millionerga aylanishni kutmang.
Hamma gap harakatda, mo'jizaga loyiq bo'lishda !
👉 @motivator_ice
#arxiv #motivatsiya
🎬 Javob zarba
🎙 Shahobiddin Normamatov
Jeyms Buster Duglas degan boksor bo'lgan. Taysonga qarshi ringga tushib nokdaunga tushadi.
Mayk bilan nokdaundan so'ng jangni davom ettirgan birorta ham boksor bo'lmagan.
Lekin, u ...
@motivator_ice
#mulohaza
Men butun umrlik orzum bo'lgan, yillab mashq qilib, bir necha Ustozlardan o'rganib, yuzlab insonlar ko'magida chiqqan cho'qqimda, chumoli ming yildan beri yashar ekan !
Katta muvaffaqiyat uchun katta qadam
Inson tomonidan yaratilgan nimaiki bo'lsa, bari dunyo yuzini ko'rishidan avval yaratgan insonning ongida yashagan. U inson u haqidagi fikr bilan uyg'onib, o'sha bilan uxlagan.
Amir Temur Samarqandni bunyod etishi-yu, Gitlerning urushni boshlashi avval ularning fikrlarida bo'lgan, shunday emasmi ?
- Hop bularni tushundim deylik, bundan menga nima naf ?
- Hozir Sizning ongingizdagi asosiy g'oya ro'yobga chiqish ehtimoli juda yuqori !
Endi asosiy savol Sizning ongingiz hozir, ha aynan hozir nima bilan to'la ?
Qizlar, kechagi serialning davomi, telegramda u nega javob yozmagani, instagramda buning qanaqasiga har kuni mazza qilishi, kimdan qarz olish, ko'chaga nima kiyib chiqish, kechgi ovqatga nima yeyish kabi fikrlar bo'lsa, hayotingizda mo'jiza kutishdan ma'no yo'q. (Mo'jiza ham unga munosiblarga uchraydi)
Hozir buyuk g'oyalar haqida tafakkur qiling shunda ularni ro'yobga chiqarish ehtimolingiz bir necha yuz karra ortadi !
#kattamuvaffaqiyat
#uzbekonamotivatsiya
🎬 Yasha!
🎙 Shaxobiddin Normamatov
Sen hayot deb atalmush ulkan ne'mat taqdim etilgan - Hazrati Insonsan !
YouTube | Telegram
🎬 Tadbirkorlar - o'zbekcha motivatsiya
🎙 Shaxobiddin Normamatov
Biznesim o'xshamasligini aytasiz, men esa yana bittasini ochaman...
Meni sindirishga urinasiz, xarakterim esa bunga yo'l qo'ymaydi
YouTube | Telegram
Boylik - senda qancha borligida emas, qancha bera olishingdadir !
YouTube | Telegram
🎥 Sen buni qanchalar qattiq xohlayapsan?!
🎙 Sh.Normamatov
- Yutqazaverish jonimga tegdi. Men ham g'olib bo'lishni istayman...
- ... Sen buni nafas olishdek qattiq xohlashing kerak...
👉 @motivator_ice | Video #19
Nima uchun urushlar bo'ladi ?
Ko'rganmiz, ikki bola o'yinchoqlarini talashib urushadi. Ular aqli yetmay, ayamasdan uradi, qo'liga tushgani bilan o'ylamay hujum qiladi. Keyin yengilgani yig'laydi, onasiga aytib beradi. G'olib bo'lgani o'yinchoqni "meniki" deydi.
Urushlar ana shunday yuzaga keladi. Kimga "qo'shnisini" "o'yinchog'i" yoqib qolsa, uni olishga urinadi. "O'yinchoq egasi" esa uni himoya qiladi. Yana biri "hamma o'yinchoqlar meniki bo'lishi kerak" deydi.
Ularning jig'ildoni to'yguncha nechalar halok bo'ldi, nechalar yetim qoldi, tul qoldi, nogironga aylandi...
Bolakayga esa bu qiziq emas. Unga dadasi chizib bergan maydonchaga hech kim kirmasa, u esa qolganlarnikini egallasa. Bu yo'lda hech narsadan tap tortmaydi.
Eh, ko'zi berkitilgan baxtsizlar. Ularni, "Vatan" deb, "Yurting" deb aldaydilar.
Butun yer shari Vatan. Bolakaylar esa aka-uka. Hamma o'yinchoqlar - umumiy, ular uchun.
#mulohaza
(P.s. Kundalikdan)
Ko'proq mulohaza 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEhQv_gyKx674WMsGg
#paradoks
Eng qadrli narsalar tekin bo'ladi !
Baxtli bo'lish uchun millionerga aylanishni kutish shart emas !
@motivator_ice
Motivatsion videoroliklar ro'yxati:
1. 60 soniyadan so'ng hayotingiz o'zgaradi !
2. Yugur !
3. Javob zarba !
4. 10.000 soat !
5. Qaytmas
6. Nishonga tegmadimi ?
7. Sen dunyoga tasodifan kelmading !
8. So'nggi o'yin
9. Zarba
10. Boshla
11. Hech narsaga qaramay davom et
12. Kuchli bo'l !
13. O'zingni o'zgartir
14. G'alaba tomon yo'l
15. Burgut parvozi
16. Sen buni qanchalar qattiq xohlading ?!
17. Muvaffaqiyat
18. Muvaffaqiyat ovozi
19. O'z yo'lingni yarat !
20. Imkondan foydalan
21. Taqdir
22. Vaqt o'tmoqda
23. Qutqaruvchi
24. Hali oxiri emas
25. Umid va orzu
26. Baxt bu- yo'l !
27. Shunchaki tingla
28. Biz lahzamiz
29. Tadbirkorlar
30. Yasha
31. Muhammad Ali
32. Katta orzu qil
—————————
Ta'sirli videoroliklar:
1. Sovg'a
2. Orzu sari yo'l
3. Rizq
4. Katta orzu
5. Sahovat
6. Sen ham qahramon bo'lishing mumkin
7. Sabr va shukur
8. Bu nima ?
9. Yaxshilik qil
10. Ezgulik ulashing
11. Super otalar
12. Yaxshilik haqida hikoya
13. Onamni qanday rozi qilaman?
14. Berkit
15. Hayot deb atalmish film
16. Mehr - muloqotning eng to'g'ri shakli
17. Borliqning qayeridamiz ?
18. O'ylab ko'r
—————————
Audiolar:
1. Paradokslar
2. Ota o'giti
3. Yuragingga quloq sol
(p.s. ushbu ro'yxatdagi ko'rishni istagan motivatsiyangiz ustiga bosing va bahramand bo'ling)
#цитата
Ba'zilar yutkazib qo'ymaslik uchun ehtiyotkorona o'ynashadi.
Ehtiyotkorona o'ynab, Sen aniq yutkazasan.
©Al Kapone
Biz borliqning qayeridamiz ?
Bu ulkan borliqda biz judaham kichik burchakni egallaymiz. 100 yillik umrimiz esa, borliq uchun juda kichik muddatdir.
Millionlaringiz yo'qligi-yu, bo'yingiz pastligi borliq miqyosida hech narsani o'zgartirmaydi. Ulkan deb hisoblagan muammolaringiz ularga pastdan qaraganingiz uchungina katta ko'rinadi.
Teparoqdan ko'prog'i ko'rinadi !
P.S. 1 yorug'lik yili - 9 460 730 472 580 800 metr
@motivator_ice
#ijtimoiyrolik
Berkit
Ushbu rolik Qozog'iston ijodkorlari tomonidan yaratilgan, biz uchun ham aktual mavzu.
Bu mavzu yer yuzidagi barcha millatlarni qiynaydigan mavzu. Chunki, hech bir millatni tub qadriyatlarida "xirs uyg'otuvchi" kiyinish targ'ib etilmaydi. Bu g'arbga taqlid emas, avval boshida ular ham bunga qarshi bo'lishgan.
O'tgan asr boshlarida sun'iy yaratilgan "Ommaviy madaniyat" mevasi, bugungi kundagi holatlar.
"Ommaviy madaniyat" orqali Siz ommaga aylanasiz. Ommani esa yosh yigitcha ham boshqara oladi.
Qisqasini aytganda qardoshim, albatta zamonga ham qarash kerak, biroq qadriyatlarimizni, kim ekanimizni unutmaylik. Ommaga aylanmaylik
@motivator_ice
Inson uni Yaratgan Zotga quldir, o'zi yaratib olgan narsalarga emas !
(P.s. pul, mashina, obro', ish, ijtimoiy tarmoqlar ... - bularni insoniyat yaratib olgan)
Orzu sari yo'l...
O'zingni kunlik hayotingda yashab yurgan eding. Birdan qayerdandir, Sen buyuk ishlar qilishga qodir ekaningni eshitib qolding. Shu onda hayoting endi ilgarigidek bo'lmasligini tushunding. Orzular qilding, oldingga buyuk maqsadlar qo'yding va erishishga qaror qilding ! Orzularingda ucharding...
Ammo o'rganib qolganing, "atrofdagilardan farq qilmaslik" hayot tarzi Senda ildiz otib ketibdi. Eski hayot tarzingdan chiqish oson bo'lmadi. Bor kuching, irodang va biliming bilan oyoqlaringni "tirikchilik" botqog'idan ham chiqara olding. Maqsading tomon yura boshlading. Sen orzuing yo'lida to'xtamading !
U tomon uchding... yugurding... yurding... u tomonga qarab yiqilding...
Bir qadam qolganda yiqilding...
Ha, Sen maqsadingga erisha olmading ! Lekin, Sen qilgan jasoratdan millionlar ruhlandi !
Sen yaratgan yo'ldan millionlar foydalandi ! Sen ko'zlagan bir maqsad, Million bo'lib qaytdi !
#orzuqil
👉 iceberg | MOTIVATOR kanaliga a'zo bo'lish !
#fikrlabjavobber
- Bu dunyoni tark etishing sanasini bilishni xohlarmiding ?
- ...
- Nega ?
Qadimgi misrliklarda shunday tasavvur bo'lgan.
Olamdan ko'z yumgan inson jannatga kirishi uchun quyidagi 2 savolga javob berishi kerak ekan:
1. Hayotingda quvonch topdingmi ?
2. Seni hayoting o'zgalarga quvonch keltirdimi ?
#mulohaza
YouTube | Telegram
🎬 Biz - lahzamiz !
🎙 Shaxobiddin Normamatov
Birgina soniya hayotingizni o'zgartirib yuborishi mumkin...
... 7 milliard inson ...
Balki, hozir stadionlarni kuylashga majbur qiladigan yigitcha dunyoga kelgandir.
Balki, hozir hech kim eslamaydigan inson olamdan ko'z yumgandir.
YouTube | Telegram
🎬 Onamni qanday rozi qilaman ?
🎙 Shaxobiddin Normamatov
Bundan 1 yil avval ta'sirlanib ushbu satrlarni yozdim va Siz bilan bo'lishgim keldi...
YouTube | Telegram
🎬 Baxt bu - YO'L ! (Motivatsion rolik)
🎙 Shaxobiddin Normamatov
Baxtli bo'lish uchun eng yaxshi vaqt mavjud emas...
Hayot endi endi boshlanadigandek...
Bir muammo, bir tugallanmagan ish uchraydi...
Bahor, kuz, qish, keyingi dushanba yoki o'lim eshigingizni taqillatishini kutmang ...
#karantinmotivatsiya
@motivator_ice