Endi navbat talaba va bankirlarga!
Sovrin jamg'armasi 100 million so'm bo'lgan olimpiada: 1-bosqichi 29-aprel kuni start oladi!
SQB Math Olympiad — 2023da barcha oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistr bosqichi talabalari hamda barcha tijorat banklari xodimlari ishtirok etishlari mumkin. G‘oliblar pul mukofotlari va SQBda ishlashga taklifnoma olishadi!
Ushbu olimpiada O‘zsanoatqurilish bank homiyligida Oliy ta'lim, fan va Innovatsiyalar vazirligi, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamda KHISO olimpiada maktabi hamkorligida o‘tkaziladi.
Ro'yxatdan o'tish quyidagi telgram-bot orqali: @sqb_olympiadbot
Onlayn saralash bosqichida qatnashish bo‘yicha yo‘riqnoma: t.me/khisofaq/39
Ushbu e'lonni talabalar va bankirlarga jo‘nating: @khiso
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan Respublika Ta'lim Markazi, Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiada maktabi va Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi hamkorligida bepul onlayn olimpiada oʻtkaziladi!
🔴 Olimpiada quyidagi kategoriyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
⭕️ Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “BILAGʻON” integratsion olimpiadasi (ona tili, oʻqish va tabiat fanlari uygʻunligida);
⭕️ 5-11-sinf o‘quvchilar, talabalar va oʻqituvchilar uchun ona tili va adabiyot fanlaridan;
📲 Ushbu @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting.
🗓 Olimpiada 21-oktabr kuni soat 11:00 dan 21:00 gacha khiso.site.uz saytida bo‘lib o‘tadi.
🏆 Olimpiadada bilimingizni sinab ko‘ring va sertifikat sohibi bo‘ling.
👉 @khiso
Qadrli ustozlar!
Biror sportchi, biror olimpiadachi muvaffaqiyat qozonsa, bilamizki, uning ortida ustozi, "kadr ortidagi rejissor" bo'ladi. Har oyning, albatta, quyoshi bor.
Ustozlarni qog'ozga ko'mganimizda, qadri va maoshini pasaytirganimizda, paxta terdirib, ko'cha tozalatganimizda nima bo'lganini ko'rdik: mardikorlar ko'paydi, korrupsiya urchidi, taraqqiyot to'xtadi. Shukurlar bo'lsinki, bugun vaziyat yaxshi tomonga o'zgarmoqda. Hali qilinishi kerak ishlar ko'p bo'lsa-da, dillarga umid qaytgani rost.
Biz ustozlarimizni - "payg'ambarlarning merosxo'rlari"ni Ramazon hayiti bilan tabriklaymiz. Jamiyatda eng martabali inson kim desa, o'qituvchi deydigan; yoshlardan kim bo'lishni istaysan desa, o'qituvchi bo'laman deydigan kunlarni ko'rish barchamizga nasib qilsin.
@yusufabsoatov
#ДИҚҚАТ_ЭЪЛОН
Хурматли талабалар!
▶️ Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан 2020/2021 ўқув йилида ўтказилаётган талабалар ўртасидаги Республика онлайн фан олимпиадасининг 2-босқичи учун рўйхатдан ўтиш 2021 йил 17 май куни соат 09:00 дан 24 май куни соат 09:00 гача давом этади.
❗️Диққат! Olimpiada.edu.uz тизимидан фақат ОТМларда ташкил этилган олимпиаданинг 1-босқичидан мувафаққиятли ўтган талабаларгина рўйхатдан ўтиб, онлайн олимпиадада қатнаша олади.
☝️ Эслатма! Талаба паспорт серияси орқали фақат бир марта рўйхатдан ўтиш имконига эга. Талаба тизимдан фақат битта фан орқали рўйхатдан ўтиши мумкин ва кейинчалик тест топшириш фанини ҳамда тилини ўзгартира олмайди!
Рўйхатдан ўтишга улгурмаганларнинг эътирозлари кўриб чиқилмайди.
Олимпиада ўтказилиш саналари olimpiada.edu.uz тизимида эълон қилинади.
Тизимдан фойдаланиш йўриқномасини қуйидаги ҳавола орқали юклаб олишингиз мумкин:
👉 Йўриқнома
Обуна бўлинг: 👇👇👇
Telegram | edu.uz | Facebook | YouTube
Biz raqamli iqtisodiyotga o'tyapmiz.
Bu aniqlik, vaqt tejalishi degani.
Bugun davlat xizmatlari onlayn rejimda ishlayotganiga qaramay hali ham fuqarolarning ko'pchiligi elektron imzodan foydalanayotgani yo'q. Joylardagi tushuntirish ishlari ham katta effekt bermayotganini ko'ryapmiz.
Shu bois ishni eng faol qatlam bo'lmish talabalardan boshlash eng maqbul yo'l deb o'ylaymiz. Agar talabalarimiz hozirdanoq onlayn xizmatlardan foydalanishni bilsa, hozirdanoq elektron raqamli imzoga ega bo'lsa, ertaga ish boshlashi oson bo'ladi. Bir kishining vaqti, kuchi tejalsa, buni yuz minglab fuqarolar darajasida olib qarasak, qancha vaqt, qancha kuch boshqa foydali ishlarga sarf bo'lishi mumkin.
Bugungi hamkorlik shu jihati bilan ahamiyatli.
@yusufabsoatov
«Заковат» клуби ташкил қилган брейн-ринг турнири финалчиси Фурқат Қурбонов – «Заковат» ва TikTok ҳақида
Kun.uz Telegram каналлари👇
Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
🏆Talabalar uchun moliyaviy savodxonlik chempionati
💰“Umumjahon pul haftaligi” (Global Money Week) doirasida oʻtkazilayotgan navbatdagi Moliyaviy savodxonlik chempionatini ochiq deb e'lon qilamiz!
👩🏻🎓Chempionat oliy ta'lim muassasalarining 1-4 bosqich talabalari oʻrtasida oʻtkaziladi. Chempionatda ishtirok etish uchun khiso.uz platformasida roʻyxatdan oʻting.
📌Chempionatning uchala bosqichida gʻalaba qozonish uchun kurashing:
⏺ Saralash bosqichi - www.khiso.uz platformasida 15-mart kuni
⏺ Yarimfinal (saralash bosqichi ishtirokchilaridan eng yaxshi 20 nafari oʻrtasida) - khiso.uz saytida 20-mart kuni
⏺ Final (yarimfinal ishtirokchilaridan eng yaxshi 6 nafari oʻrtasida) – Markaziy bankda 26-mart kuni
🤝Sizni Chempionatda kutib qolamiz!
⛔️Chempionatning saralash bosqichini oʻtkazib yubormang!
👉 @khiso
#ZAKOVAT
FarPI Zakovat Arena
✍🏻Bugungi o'yin shiddati o'ta yuqori bo'ldi. Muhit "Humo Arena" dagi o'yindan kam bo'lgani yo'q.Tarixiy o'yin.
Fakultetlar ichida o'tkaziladigan zakovat turnirlarida qatnashing, biz tez orada qaytamiz.
@yoshlarfarpi
#Танлов
⚠️ Шошилинг, танлов якунланишига икки кун вақт қолди.
Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг логотипини яратиш бўйича танлов эълон қилингани ҳақида хабар берган эдик.
Ўтган давр мобайнида талаба-ёшлардан 700 дан ортиқ лойиҳа келиб тушди. Танлов ўз ниҳоясига етишига икки кун вақт қолди.
Азиз ёшлар!
Сизда креатив ва ўзига хос ғоя борми? Марҳамат, танловда иштирок этинг ҳамда Apple iPhone 12 Pro Max смартфонини қўлга киритинг.
👉 Танловда техникум, академик лицейлар ўқувчилари ва талабалар ҳамда 30 ёшгача бўлган тадқиқотчиларимиз иштирок этишлари мумкин.
🕛 Танловга лойиҳалар жорий йил 25 февраль соат 23:59гача logo@edu.uz электрон почта манзилида қабул қилинади.
Ғолиб 2021 йил 2 мартда эълон қилинади.
Танлов шартлари билан танишиш:
👉/channel/eduuz/4147
Вазирликнинг расмий саҳифалари:
Telegram | edu.uz | Facebook | YouTube
Biz ham talaba bo’lganmiz. Lekin “Yil talabasi” bo’lmaganmiz. Chunki bunaqa nominatsiyaning o’zi yo’q edi.
Bizga doim ustozlar: “Sizlar baxtli avlodsizlar”, - deyishardi.
Lekin men sizga qo’rqmay ayta olamanki: “Sizlar bizlardan baxtliroq avlodsiz”.
Abduqayum Yo’ldoshning “Puankare” hikoyasi bor. O’qiganlar bo’lsa kerak. Bir o’zbek Puankare teoremasini isbotlashga kirishadi. Orada to’y, oila, boshqa tashvishlar bilan bo’lib yurganda Perelman degan olim uni isbotlagani ma’lum bo’ladi. O’zbek haligi isbot bilan tanishib chiqqach, tushunadiki, 99% ishni o’zi ham qilib bo’lgan ekan, 1 qadam qolgan ekan. Afsus.
Nima demoqchiman: dabdaba, odamlarning ko’ziga deb yashash, orzu-havas – bu narsalar bizning ilm-fanda yuz yil ortda qolib ketganimiz faktorlaridan biri.
Siz unday bo’lmang demoqchiman. Siz bugun O’zbekistonda eng zo’rsiz, ertaga jahonning oldi bo’lishga harakat qiling.
Hammangizga omad tilayman.
@yusufabsoatov
Aziz yurtdoshlar!
Vatanni himoya qilish faqat chegaralarni qo'riqlashdangina iborat emas. Buzg'unchi g'oyalardan himoya qilish, sog'lom, bilimli, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash ham Vatanni bo'lajak xavfdan himoya qilishga kiradi. Shu bois Vatanimiz uchun kuyib-yonayotgan ota-onalarimiz, aka-ukalar, opa-singillarimizni, kasbidan qat'i nazar, barcha fidoyi yurtdoshlarimizni bugungi sana bilan tabriklaymiz.
Dunyo turguncha ozod, obod vatanda istiqomat qilish barchamizga nasib qilsin.
@yusufabsoatov
Xalqaro press-klubning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasiga bag‘ishlangan sessiyasi
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov ishtirokida oliy ta'lim tizimidagi islohotlarga bag'ishlangan qismi
🎓Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/joinchat/AAAAAFZ8ajtSAWW4btns1A
🏆Onlayn "Qizlar olimpiadasi" navbatdagi gʻoliblarini kutmoqda!
KHISO olimpiada maktabi tashabbusi va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda an'anaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan onlayn "Qizlar olimpiadasi" ning bu galgi turida oʻquvchi va talaba qizlarimiz, oʻqituvchi ayollarimiz ijtimoiy fanlar asosida bilimlarini sinovdan oʻtkazishadi.
📚Tarix va ⚖️Huquq fanlaridan boʻlib oʻtadigan navbatdagi olimpiada 29-dekabr kuni 1⃣0⃣:0⃣0⃣ dan 2️⃣0⃣:0⃣0⃣ ga qadar oʻtkaziladi.
Roʻyxatdan oʻtish:👉@khiso_uz_bot
Batafsil ma'lumotlarni quyidagi maqolada bilib olishingiz mumkin:
👉Onlayn "Qizlar olimpiadasi" yoʻriqnomasi👈
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Assalomu alaykum hammaga.
Testni muvaffaqiyatli ishlab tugatgan hammani tabriklaymiz! Talablarga binoan barcha ishtirokchilar natijalarini emas, faqatgina 2-bosqichga yo'l olganlarning ro'yhatini e'lon qilamiz.
O'tish chegarasi deb 35 ball olindi.
So'rovnoma yanada ko'proq talabalarning ishtirokini qamrab olish uchun 21-oktabr 15:00 gacha uzaytirildi.
Sizdan mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.
So‘rovnomaga o‘tish uchun quyidagi havolani bosing.
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSchsUMH_qyoTZVaJlFKbgU6txA6arEXVFvWWGxjmyioqSmWEg/viewform
#Tanlov_2022
⚡️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamkorlikda talabalar (bakalavriat, magistratura) va yosh tadqiqotchilarning ilm-fan sohasidagi innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” ilmiy-innovatsion ishlanmalar respublika tanlovini e’lon qiladi.
📌Tanlovga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-innovatsion ishlanmalar (qurilma, asbob-uskunalar va boshqalar) 2022-yilning 1-mart kuniga qadar qabul qilinadi:
👉 texnika va texnologiya;
👉 axborot texnologiyalari;
👉 tibbiyot;
👉 qishloq va suv xo‘jaligi;
👉 arxitektura va qurilish.
☝️Tanlovga 40 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov g‘oliblari:
🥇-o‘rin uchun 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘m;
🥈-o‘rin uchun 20 000 000 (yigirma million) so‘m;
🥉-o‘rin uchun 10 000 000 (o‘n million) so‘m pul mukofoti va maxsus diplom bilan taqdirlanadi.
Batafsil 👈
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2-asos bo'yicha joylarga chiqqan holda muammolarni o'rganishni davom etyapmiz. Xudo xohlasa ijobiy natijalar beradi.
Mazkur yildagi rejalarimizga 2 ta asos belgilagandik:
1. Prezident Shavkat Miromonovichning Yoshlar forumidagi nutqlari va Oliy Majlisga murojaatnomalari.
2. Bevosita o'zimiz Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Samarqand, ... ga borib talabalar bilan uyishtirgan ochiq suhbatimizdan olingan xulosalar.
1-asos respublikamizdagi barcha oliy ta'lim muassasalariga tegishli jihatlarni qamrab olsa,
2-asosimiz aynan hudud va ta'lim muassasasi talabidan kelib chiqadigan jihatlarni ko'zda tutadi.
Masalan, Qashqadaryoda bo'lganimizda talabalar bizga bevosita o'zimizning ulkan zavodlarda ishlaydigan tajribali shaxslar ma'ruzalar o'tib borsa degan takliflarni olg'a surishdi. Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyatida bu takliflar bo'yicha samarali natijalarni qo'lga kiritish mumkin deb o'ylaymiz.
Xorazmdagi uchrashuvda matematika bo'yicha Qorako'l maktablari bilan, qolaversa, jahon bilan raqobatdosh bo'la oladigan tizim, markazlar kerakligi so'raldi.
Hurmatli talabalar!
So'nggi ikki yil - pandemiya davri ko'rsatib berdiki, ta'limimizda qilinadigan ishlar biz o'ylagandan ancha ko'p, yaralari ancha chuqur ekan. Biroq talabalar tushunib yetishyaptiki, oliy ta'lim bu maktab ta'limi emas. Maktabda ustozlar o'quvchilarga baliq tutib berishar edi, oliy ta'limda esa talabalar o'zi ov qiladi, ya'ni mustaqil ishlashadi.
Hech qanday sabab kishini ilm olishdan to'xtatmasligi lozim. Ustozlardan zarur ko'rsatmani olib mustaqil izlanish - bugungi kun talabi.
Biz bosmaxona uskunasini tuyaga ortib bo'lsa ham yurtiga olib kelgan, ilm ishtiyoqida Sharq-u G'arbni kezib chiqqan, bittagina hadis biluvchini izlab ming chaqirim joyga borgan, qamoqxonadan qori bo'lib chiqqan zotlarning avlodimiz. Ilm olishda shiddat ko'rsatish qonimizda bor.
Talabalar! Sizlarga Ramazon hayiti - Iyd al-Fitr muborak bo'lsin. Ajdodlarga munosib bo'lish hammamizga nasib qilsin.
@yusufabsoatov
Assalomu alaykum.
Ushbu testlarni yechib kimyoga oid bilimlaringizni oshirishingiz mumkin. 1-testda 20 ta savol bor. 2-testda 30 ta savol bor va 1 soat vaqt beriladi. Har bir testda variantlar soni cheklanmagan, ya'ni testni yakunlaganingizdan keyin yangi variant ochiladi. Barcha testlarning video yechimlari keltirilgan.
Onlaynkurs.uz
@kimyonoldan
#Ҳамкорлик
Тўрт томонлама ўзаро ҳамкорлик
Давлат хизматлари агентлиги, Мактабгача таълим вазирлиги, Халқ таълими вазирлиги ҳамда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўртасида ўзаро ҳамкорлик тўғрисида меморандумлар имзолаш маросими бўлиб ўтди.
Маълумот учун, 2020 йилда тақдим этилган 8,2 миллион давлат хизматларининг атиги 16 фоизидан онлайн форматда фойдаланилган.
Ушбу меморандумларда ҳамкорлик доирасида 590 мингдан зиёд талаба ва 41 мингдан ортиқ профессор-педагоглар, 504 мингга яқин ўқитувчи ҳамда 439 минг мактаб битирувчиси, шунингдек мактабгача таълим соҳасининг 100 мингга яқин ходимини электрон хизматлардан фойдаланишга ўқитиш назарда тутилмоқда.
Батафсил 👈🏼📰
🔗Алоқада қолинг:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube · DXA_lotinda
“Uzbekistan GTL” МЧЖ Олий таълим муассасалари ва Илмий тадқиқот институтларининг илмий ходимларини ҳамкорликка таклиф қилади
ООО “Uzbekistan GTL” приглашает к сотрудничеству научных сотрудников Высших учебных заведений и Научно-исследовательских институтов
Uzbekistan GTL LLC invites for cooperation researchers of Higher educational institutions and Research and development establishments
#ZAKOVAT
#rektor_kubogi
"Rektor kubogi" g'olibi aniqlandi
___________________
🏆 12.02.2021 kuni boshlangan "Rektor kubogi" zakovat o'yinlari bugun nihoyasiga yetdi. O'yinlar juda ham qiziqarli va ajoyib tarzda bo'lib o'tdi.
1-turdan beri "Erudit" jamoasi yetakchilikni qo'ldan bermayotgan edi va turnir so'nggigacha yuqori o'rinni saqlab qoldi.
====================
G'oliblar munosib taqdirlandilar.
🥇1-orinni "Erudit" (Qurilish fakulteti)jamoasi 8 410 000 so'm.
🥈2-o'rinni" BeverOne" (Kimyo-texnologiya fakulteti) jamoasi 5 640 000 so'm
🥉3-o'rinni "Smile" (Energetika fakulteti) 2 820 000 so'm pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
"Zakovat" turnirini tashkil etishda yaqindan yordam bergan talabalar kengashi jamoasi va "Zakovat" klubi rahbari Sheroziy Sherzodovichga minnatdorchilk bildiramiz.
🎓Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/joinchat/VZX_cqKETDhbBG9i
#Танлов
“Илҳом” мукофоти танловига ҳужжат қабул қилиш бошланди
Шоир ва ёзувчилар ҳаёти ва ижоди ҳақида билим ва имкониятларингизга ишонасизми?Танловда иштирок этиб, ўзингизни синаб кўринг!
“Илҳом” мукофоти шоир ва ёзувчилар ҳаёти ҳамда ижодини ўрганиш, уларнинг асарларини таржима қилиш, шу асосда тадқиқотлар ўтказиш, кино ва саҳна асарлари яратиш каби маънавий-маърифий, илмий-ижодий жараёнларда энг юқори натижаларга эришган олий таълим муассасаларида таҳсил олаётган ҳамда фаолият юритаётган ёшларга берилади.
❇️ Танлов ғолиблари қуйидагича тақдирланади:
1️⃣-ўрин – “Spark” автомобили;
2️⃣-ўрин – 30 млн. сўм пул мукофоти;
3️⃣-ўрин – 15 млн. сўм пул мукофоти.
⚠️ Ғолиблар Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг Олий таълим муассасаларини ривожлантириш жамғармаси маблағлари ҳисобидан тақдирланади.
✅ Танлов 2 босқичда ўтказилади:
👉 1-босқич – ҳар йили 20 мартга қадар олий таълим муассасаси миқёсида саралаш босқичи;
👉 2-босқич – ҳар йили 10 майга қадар асосий танлов босқичи ҳисобланади.
❗️“Илҳом” мукофоти билан тақдирлаш ҳар йили Адиблар хиёбони очилган кун – 20 майда “Катта адабиёт байрами” ҳафталиги доирасида амалга оширилади.
⏳ Шошилинг, 15 мартга қадар ОТМнинг ёшлар масалалари, маънавий-маърифий ишлар бўйича масъулларига ариза билан мурожаат қилинг!
Вазирликнинг расмий саҳифалари:
Telegram | edu.uz | Facebook | YouTube
Ali muallim hikoyasidan…
Mening ustozlikdan o‘rgangan 2 shiorim bor:
1) O‘qituvchilikni gul yetishtirish deb bilaman. Agar gulingiz o‘sib, ko‘zingiz quvnashini istasangiz, faqat tuprog‘iga ahamiyat bering. Shoxini, yaprog‘ini tortish uni o‘stirmaydi, aksincha to‘zitadi.
2) Agar oynada ko‘ringan aksingiz sizga yoqmasa, ust-boshingizni to‘g‘irlaysiz. Ko‘zguni sindirish masalani hal qilmaydi, aksincha, qo‘lingizni kesadi…
P.S. Bolalar o‘sadigan tuproq ham oynada ko‘ringan aksning asli ham o‘qituvchi.
@yusufabsoatov
#Сарҳисоб
Олий ва ўрта махсус таълим вазирининг ахборот технологиялари ва ёшлар бўйича ўринбосари Юсуф Aбсоатовнинг бир йиллик фаолиятига чизгилар.
Вазирлик телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
Peshonadan o’pish va epifez bezi mo’jizasi
Bu rasmni birichi bor ko’rganimda rasululloh (s.a.v.) ning farzandlar peshonasidan o’pishga buyurganlari esimga tushdi. Shuni ta’kidlash kerakki, zamonaviy tibbiyot bu o’gitning bejizga emasligini yana bir bor isbotladi. Bu ishni sunnat sifatida takrorlamaydiganlar esa har bir sunnatning insoniyat uchun muhim bir ta’limot ekanligiga yana bir bor guvoh bo’ldilar.
Biz e’tiborsizlik bilan qilayotgan bu kabi odatlarimiz har birimizning qon-qonimizga singib ketgan, bora-bora biz ularning asl mohiyatini va go’zalligini unutganmiz. Bu suratda ona va bola bor, ona bolasining peshonasidan o’payotgani tasvirga muhrlangan.
Peshonadan o’pish kimlar uchundir oddiy hol bo’lib tuyulishi mumkin, lekin uning aql bovar qilmas ta’sirlari bo’lishi mumkin. Buni qilish juda ham oson, agar sinab ko’rmoqchi bo’lsangiz, darhol bir kichik bolakayning yoki sevganlaringizdan birortasining peshonasidan mehr bilan o’ping. Bu sizni iliq mehringizni ko’rsatishdan tashqari, boshqa kuchli hissiyotlarni ham yuzaga keltiradi. Buning sababi – peshonamizda uchinchi ko’zimiz joylashgan. Kimningdir peshonasidan o’pganingizda uning uchinchi ko’zidan o’pgan bo’lasiz. Bu lablardan yoki yonoqlardan o’pishdan ko’ra samimiyroqdir, chunki siz peshonasidan o’pgan chog’ingizda o’sha odamning ruhiga yetib borib, o’zligini topasiz va ajoyib hislarni boshdan kechirasiz.
Uchinchi ko’z – borlig’ingiz tubiga eltuvchi bir yo’ldir, u sizni ruhning eng yuksak olamlariga eltadi. Bu uyg’onishni anglatuvchi sizning bir bo’lagingizdir.
Tug’ilganimizdan beri mavjud bo’lgan, hatto ruh tanani tark etgach ham mavjudligicha qoladigan ko’zga ko’rinmas bir borliqdir. Kimdir sizning peshonangizdan o’psa, ichingizda chuqur yorqinlik hissi uyg’onadi.
Xayrli tun tilab, peshonadan o’pib qo’ysak, bu – oson va tinch uyquga sabab bo’ladi. Bir vaqtning o’zida ishonch va baxt tuyg’ularini his ettiradi.
Shundan kelib chiqib, onalarga bir qancha tavsiyalarim bor:
Agar farzandingiz tinimsiz yig’lab, asabiy va g’azabnok bo’lib qolsa, ularning peshonasidan qayta va qayta mehr bilan o’ping. Shunda bolaning basiyrati (ko’ngil ko’zi) ochilib, aqliy malakalari rivojlanadi, xotirasi kuchayib, zehni o’tkirlashadi, o’sish gormoni muvozanatlashadi, uning ruhiyati va motivatsiyasi to’liq shakllanadi. Bu bolaning o’ziga bo’lgan ishonchini orttiradi. Ongostidagi qo’rquvlari kamayadi.
Bola o’ziga bo’lgan ishonchni his qiladi, ishonch va huzur ortgani uchun yaxshi uxlaydigan bo’ladi. So’zingizni tinglashni boshlaydi, sizni xafa qiladigan ayrim harakatlarni qilishni tashlaydi, va Allohning izni bilan muvaffaqiyatli bir inson bo’lib yetishadi.
Chunki peshonamzning o’rtasi ayni diqqatimizning markazidir.
Payg’ambarimiz (s.a.v.) doim bolalarning peshonasidan o’par edilar, bugungi kun psixologlari va olimlari ham bu ishni yoqlab chiqyaptilar.
Qarangki, payg’ambarimiz buni 1400 yildan ortiqroq vaqt avval bilar va amal qilar edilar. U zotning (s.a.v.) qilgan har bir ishlarida minglarcha xayr va hikmat bordir.
Biz ota-onalarning asosiy vazifamiz bolalarimizni mukammal inson qilib tarbiyalash, bunga, avvalo, mehr berib erishamiz!
@yusufabsoatov
Президент Мурожаатномасининг трансляциясини 29 декабрь, сешанба куни соат 11:00 да қуйидаги телеканалларда:
"O'zbekiston 24", "O'zbekiston", "Yoshlar", "Mahalla", "Madaniyat va ma'rifat", "Toshkent", "Dunyo bo’ylab", "O'zbekiston tarixi", "Oilaviy", "Mening yurtim", "Sevimli", "Uzreport", "Milliy", "Zo'r TV" (ўзбек тилида);
"Toshkent", "Oilaviy", "Mening yurtim" (рус тилида);
"Dunyo bo’ylab", "Uzreport" (инглиз тилида);
шунингдек, Президент матбуот хизматининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларида томоша қилинг.
—
Смотрите трансляцию Послания Президента во вторник, 29 декабря, в 11:00 на телеканалах:
"O'zbekiston 24", "O'zbekiston", "Yoshlar", "Mahalla", "Madaniyat va ma'rifat", "Toshkent", "Dunyo bo’ylab", "O'zbekiston tarixi", "Oilaviy", "Mening yurtim", "Sevimli", "Uzreport", "Milliy", "Zo'r TV" (на узбекском языке);
"Toshkent", "Oilaviy", "Mening yurtim" (на русском языке);
"Dunyo bo’ylab", "Uzreport" (на английском языке);
а также на официальных страницах пресс-службы Президента в социальных сетях.
Hozirgi davr ta'lim jarayonida yoshlar ongida axborot iste'moli madaniyatini shakllantirish
Salimov M.T., Absoatov Y.Q.
Assalomu alaykum qadrli kimyo ixlosmandlari!
Xabaringiz bor, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi ko'magida Yosh kimyogarlar olimpiadasini tashkil etgandik. Anchadan buyon O'zbekiston Milliy universiteti kimyo fakulteti bilan hamkorlikda 1-bosqichga qizg'in tayyorgarlik ko'rib kelmoqdamiz. Va nihoyat olimpiadaning 1-bosqichi o‘tkaziladigan sanani ma'lum qilmoqchimiz! YKO olimpiadasi 06.12.2020 yakshanba kuni soat 09:00 da vazirlikning moziy.edu.uz saytida online test ko‘rinishida bo‘lib o‘tadi. Saytda ro‘yhatdan o‘tish uchun start berdik, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
1-bosqichda barcha ishtirok etishi mumkin.
Olimpiada 5 ta guruh kesimida o'tkaziladi:
(1) 8- va undan kichik sinflar;
(2) 9-10-sinflar (Akademik litseylarning 1-bosqich o‘quvchilari);
(3) 11-sinflar (Akademik litseylarning 2-bosqich o‘quvchilari);
(4) abituriyentlar;
(5) Oliy o‘quv yurtlarining 1-3-kurs talabalari;
Olimpiadaning final bosqichida qatnashish uchun avvalambor 1-bosqichda ishtirok etib kuchlilar qatoriga kirish kerak, chunki yakuniy bosqichda faqatgina 1-bosqich g‘oliblari ishtirok eta oladilar. 1-bosqichga oid barcha muhim xabarlarni, olimpiada qoidalari, testga ruxsat beruvchi kodlar haqida ma'lumot, na'munaviy savollarni @ykouz telegram kanali orqali olishingiz mumkin.
Yakuniy natijalar, final bosqichiga kimlar yo‘l olgani, shuningdek, barcha guruhlar uchun olimpiada savollarining to‘liq yechimlarini ham @ykouz kanalidan topasiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Audio yoki videorolik shaklida quyidagi botga yuborishingiz mumkin:
@ShevalarTasnifiBot