🌐 Muallima.uz rasmiy saytining rasmiy telegram kanali Barcha pedagoglar uchun eng so'nggi yangiliklar, sifatli metodik manbalar Yaxshi muallim- sifatli ta'lim! Murojaat uchun - @Muallimauz_bot
"Nazm ummonida ikki dur" tanloviga kirish bo'yicha 👉 yo'qriqnoma!
1.Muallima.uz saytidan 👉 ro'yxatdan o'tish lozim (oldin o'tganlar bundan mustasno) 2.Barcha ishtirokchilar Ona tili va adabiyoti faniga kirasiz🔰
3. Eng faol fan o'qituvchisi ✅ bandini tanlaysiz va testni boshlaysiz!
⏰Bugun 1-bosqich soat 12:00 dan 23-55gacha o'tkaziladi
🏃Shoshiling,bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang
«Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt |Fecebook| Aloqa
Ijtimoiy tarmoqlarda dars vaqtida maktab sinf xonasida oyog‘ini parta ustiga qo‘yib axloqsizlik qilgan o‘quvchi va ularning ota-onalariga chora ko‘rildi
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan dars vaqtida ahloqsizlik qilayotgan o‘quvchilarning shaxsi aniqlandi.
Mazkur ahloqsizliklar Samarqand viloyatidagi 77-maktabning 9-sinf o‘quvchilari tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.
Samarqand shahar hokimligi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya a'zolari hamda qator mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida ota-onalarning farzandlari tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan xatolari muhokama qilindi. Ota-onalar farzand tarbiyasiga e'tiborsiz bo‘lgani uchun uzr so‘radi. O‘quvchilar axloqsiz hatti-harakatlari uchun pushaymon ekanligini bildirdi.
Maktab ichki tartib-qoidalari hamda o‘quvchi etikasiga rioya qilmagan uch nafar o‘quvchining ota-onasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga muvofiq jarima jazosi qo‘llanildi.
Shu o‘rinda ota-onalardan farzand tarbiyasidagi har bir jarayon muhimligini yana bir bor eslatgan xolda, ularning tarbiyasiga e'tiborsiz bo‘lmasliklarini, maktab muqaddas dargoh, o‘qituvchi esa doim e'zozli va hurmatli inson ekanliklarini doimiy ravishda uqtirib borishlarini so‘rab qolamiz. Bu kabi xatti-harakatlar ularning kelajagida salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Xalq ta'limi vazirligi
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
#Tarbiya_hayot_darsi
Men katta bo'lsam...
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Prezident 2021-yilgi davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonini imzoladi ⚜️Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
Maktabdagi baholar kirish imtihonlarida qanday tartibda hisoblanadi?
DTM bosh boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzaev Xpress.uzga bergan intervyusida shu haqda ma'lumot berdi. ⚜️Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
«Maktab o‘qituvchilarining oyligini 2024-yilgacha ming dollarga yetkazishni mo‘ljallaganmiz» — vazir o‘rinbosari
Xalq ta'limi vazirligi 2024-yilgacha maktab o‘qituvchilarining oyligini ming dollarga yetkazishni rejalashtirgan. Bu haqda vazir o‘rinbosari Temur Komilov ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Prezidentimizning topshirig‘iga ko‘ra, o‘qituvchilarning oyligini 2024-yilgacha xalqona tilda aytganda ming dollarga yetkazishni mo‘ljallaganmiz va bu masalada takliflar tayyorlanmoqda.
Qaror loyihasi ishlab chiqilgach, uni albatta, jamoatchilik, xususan, o‘qituvchi-ustozlarimiz bilan muhokama qilamiz», – dedi Komilov 1-fevral kungi matbuot anjumanida.
Temur Komilov xalq ta'limi tizimidagi moliyaviy qing‘irliklarga izoh berarkan, ular asosan naqd puldan o‘g‘irlash, ishlanmagan soatlarga qo‘shib yozish, lavozim maoshlarini noto‘g‘ri qo‘llash (mutaxassisga oliy toifali o‘qituvchining stavkasida maosh belgilash), malaka-toifa sertifikatlarini qalbakilashtirib, asossiz va noqonuniy maosh qo‘shib yozish ko‘rinishida amalga oshirilganini aytdi.
Soliq idoralariga hali ishlanmagan davr uchun xodimlarning maoshidan soliq to‘lab yuborish holatlari ham uchrab turgani ta'kidlandi.
Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, moliyaviy kamomadlarga asosan ish haqini hisoblash bo‘yicha nihoyatda ko‘p me'yoriy-huquqiy hujjatlar va inson omili sabab bo‘lmoqda. Shu bois hozirda xalq ta'limini boshqarishning yagona majmuaviy kompleksini ishlab chiqish boshlangan va ish haqini hisoblashda avtomatlashtirish sari qadam tashlangan. ⚜️Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
📋 Qonunchilikka muvofiq tegishli maʼlumoti, kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Magistraturani tamomlagan shaxslar va diplomli mutaxassislar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
☑️ Pedagogik oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan shaxslarga qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganidan keyin taʼlim tashkilotlarida (bundan oliy taʼlim tashkilotlari mustasno) pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.
✅ Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmasdan professional taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli.
❕Zarurat bo‘lganda professional taʼlim tashkilotlari ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini, shuningdek tegishli bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, oliy maʼlumoti bo‘lmagan boshqa mutaxassislarni amaliy va qo‘shimcha mashg‘ulotlarni olib borish uchun jalb etishi mumkin. ⚜️Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
#attestasiya
⚡️2021-yilda o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestasiyasi rejasiga ko‘ra fevraldan boshlab:
Attestasiyaga jalb qilingan pedagog to‘g‘risidagi ma'lumotlar Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining http://pka.tdi.uz/ -ma'lumotlar elektron bazasiga kiritiladi;
Birinchi va oliy malaka toifali, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimidagi hamda ushbu malaka toifalari va lavozimlarga talabgor pedagog kadrlarni attestasiyadan o‘tkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Manba: @uztdi
⚜️Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
Ro'yxatdan o'tish
yo'riqnomasi 👉 https://telegra.ph/Muallimauz-saytidan-royxatdan-otish-YORIQNOMASI-12-24
⚜️Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt |Fecebook| Instagram
2021-yilda o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestasiyasi rejasi
🗓 Yanvar
✅ Vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan buyurtmalar asosida Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari davlat ta'lim muassasalari pedagog kadrlari attestasiyasini o‘tkazish jadvali ishlab chiqilib, Ta'lim inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlandi.
🗓 Fevral
👉 Attestasiyaga jalb qilingan pedagog to‘g‘risidagi ma'lumotlar Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining http://pka.tdi.uz/ -ma'lumotlar elektron bazasiga kiritiladi.
👉 Birinchi va oliy malaka toifali, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimidagi hamda ushbu malaka toifalari va lavozimlarga talabgor pedagog kadrlarni attestasiyadan o‘tkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
👉 Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 10 fevraldan boshlab onlayn-repetisiyalar tashkil etiladi.
🗓 Mart
👉 Ta'lim sifatini nazorat qilish Ta'lim inspeksiyasi tomonidan o‘quv fani bo‘yicha malaka (test) sinovlari o‘tkaziladi.
🗓 Mart-aprel-may
👉 Ekspert guruhlari tomonidan pedagoglarning dars o‘tish mahorati va mehnati samaradorligini o‘rganiladi hamda tegishli tavsiyalar tayyorlanadi.
🗓 May
👉 Attestasiya komissiyalari tomonidan ekspert guruhlari tayyorlagan tavsiyalar o‘raganib chiqiladi hamda Nizom va baholash mezonlari asosida pedagoglarga malaka toifalarini berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinadi.
🗓 Iyun
👉 Tegishli boshqaruv organlari tomonidan “Pedagog kadrning attestasiyadan o‘tganligi to‘g‘risida" sertifikatlar olish uchun Ta'lim inspeksiyasiga buyurtmalar taqdim etiladi.
🗓 Iyul
👉 Attestasiya natijalariga ko‘ra Oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalari berilgan pedagoglarga sertifikatlar rasmiylashtirilib, tarqatish uchun hududiy mas'ullarga taqdim etiladi.
❗️Onlayn repetisiyalar fanlar kesimida qachon o‘tkazilishi bo‘yicha Ta'lim inspeksiyasining rasmiy telegram kanali (@uztdi) orqali xabar berib boriladi. ⚜️Yaxshi muallim-sifatli ta'lim «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt |Fecebook| Aloqa
📌O'qituvchilar uchun onlayn tanlov❗️ Mumtoz adabiyotimizning ikki buyuk shoiri tavalludi munosabati bilan "Nazm ummonida ikki dur" mavzusida onlayn tanlovda ishtirok eting .Tanlov Xorazm viloyati XTXQTMOHM "Tillarni o'qitish metodikasi " kafedrasi hamkorligida o‘tkaziladi.
✅Tanlovda ishtirok eta oladigan pedagoglar: Boshlang'ich ta'lim o'zbek (rus) ,matematika,fizika,tarix,huquqshunoslik,kimyo, biologiya,ona tili va adabiyot, davlat tili (o'zbek tili), texnologiya,informatika,ingliz tili,fransuz tili,nemis tili,rus tili,musiqa ,tasviriy san'at fani o'qituvchilari va maktab, MTT psixologlari, MTT tarbiyachilari ham ishtirok etishlari mumkin.
📌Tanlov 2 bosqichda o'tkaziladi: 🔰1-bosqich online test Online testda 85 ball va undan yuqori ball to'plagan ishtirokchilar 2-bosqichda ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadilar. ⏰1-bosqich Online testi 9-fevral kuni soat 10:00 da muallima.uz saytida boshlanadi. Barcha ishtirokchilarning vaqtini inobatga olgan holda tanlov testi kun davomida (soat 23-55gacha) oʻtkaziladi.
🔰2-bosqich videorolik yuborish Ishtirokchilar "Nazm ummonida ikki dur" mavzusida (3minutdan oshmagan ) videorolikni 14-fevralgacha tayyorlab 👉 @Muallimauz_bot manziliga yuborishi kerak.
Videoroliklar expertlar tomonidan 4ta mezon asosida baholanadi: Tanlov mavzusiga mosligi;
Ishtirokchilarning ijodkorligi va individual ishtirogi;
Videorolikning sifati (3minutdan oshmasligi)
Davlat tiliga asoslanganligi,imlosi
🎁Tanlov g‘oliblari quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:
1️⃣-O‘RIN 500ming so'm ,kitoblar to'plami📚,diplom va esdalik sovg'alar🛍
2️⃣-O‘RIN 300ming so'm ,kitoblar to'plami📚,diplom va esdalik sovg'alar🛍 3️⃣-O‘RIN 200ming so'm ,kitoblar to'plami📚,diplom va esdalik sovg'alar🛍
❇️G'oliblardan tashqari ikkala bosqichda yuqori ball to'plagan 2nafar ishtirokchi 📚kitoblar to'plamiga ega bo'ladi.Tanlovning 2-bosqichida ishtirok etgan barcha ishtirokchilar "Maqtov yorliq"qa ega bo'lishadi. 📌 Tanlov shartlari : Barcha ishtirokchilar Muallima.uz saytidan roʻyhatdan oʻtishlari shart.
(Oldin ro'yhatdan o'tganlar bundan mustasno)
🏃Shoshiling,bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang
♻️Boshqalarga ham ulashing
⚜️YAXSHI MUALLIM- SIFATLI TA'LIM «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt |Fecebook| Aloqa
#Bilasizmi
1-sinfga bolalar yetti yoshga to‘ladigan yilida qabul qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri 9-moddasiga muvofiq umumiy o‘rta ta'lim tashkilotlarining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan.
Kelgusi 2021/2022 o‘quv yilida 1-sinfga chiqadigan bolalar 2021-yilning 31-dekabriga qadar yetti yoshga to‘ladigan bo‘lishi, ya'ni 2014-yilning 31-dekabr kuniga qadar tug‘ilgan bo‘lishlari lozim. ⚜️Yaxshi muallim-sifatli ta'lim «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt |Fecebook| Aloqa
Amaliy mashg‘ulotlarga qo‘shimcha dars soati ajratilsa…
Geografiya fani ko‘pgina mavzularida turli amaliy ishlar jamlanmasi borligini bilamiz. Lekin bunday amaliy ishlarni bajarishga, masalalar yechimiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga vaqt yetmaydi.
BATAFSIL: 👉 https://bit.ly/3c7JVFh
"Ma'rifat"ga ulanish: @marifatziyo
Xushxabar: Prezidentimiz maktablardagi Yoshlar yetakchilari stavkasini kamaytirmaslik bo‘yicha topshiriq berdilar!
Maktablardagi ko‘pchilik Yoshlar yetakchilarimizdan joylarda 0,25 stavkasi qisqarishi mumkin ekan degan xavotirda murojaatlar tushayotgan edi.
Prezidentimiz tomonidan o‘tgan haftada Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda yangi kiritilayotgan Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimlariga Yoshlar yetakchilaridan 0,25 stavka qisqartirish hisobiga emas, balki qo‘shimcha mablag‘ ajratish bo‘yicha aniq topshiriq bo‘ldi.Shuning uchun xavotirga o‘rin yo‘q! Yoshlar yetakchilari endi e’tiborlarini bunday xavotirlarga emas, balki joylarda o‘z faoliyati samaradorligini oshirishga qaratishlari zarur!
«Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt |Fecebook| Aloqa
#ota_onalar_va_ustozlarga_tavsiyalar
Farzandingizning qobiliyatlaridan koʻra mehnatlarini koʻproq qadrlang!
🔹Nega bolaligida favqulodda isteʼdod egalarining hammasi ham hayotining keyingi qismida muvaffaqiyatga erisha olmaydi? Yoki sodda qilib aytganda isteʼdod soʻnib qoladi?
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
⚠️#Nazm_ummonida_ikki_dur tanloviga kirish bo'yicha yo'qriqnoma!
1. Ona tili va adabiyoti faniga kirasiz🔰
2. Eng faol fan o'qituvchisi ✅ bandini tanlaysiz va testni boshlaysiz!
⏰1-bosqich 12:00 dan start beriladi!
Barchaga omad!
Ko'pchilik o'qituvchilarning takliflariga asosan 1-bosqich testi 12:00 ga ko'chirildi.
Mumtoz adabiyotimizning ikki buyuk shoiri tavalludi munosabati bilan o'tkaziladigan "Nazm ummonida ikki dur" tanloviga bir kuni qoldi
Batafsil: 👉 https://bit.ly/3rxnJss
⚜️Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
❗️Таълим инспекцияси огоҳлантиради: фирибгарларга алданиб қолманг!
Ижтимоий тармоқлардаги айрим гуруҳлар ва Телеграм каналларида ўқитувчиларга педагог кадрлар аттестацияси учун малака (тест) синовларида тушадиган саволларни сотиб олиш таклиф этилмоқда.
Ҳурматли устозлар!
Таълим инспекцияси Сизларни аттестацияга оид бу каби ёлғон маълумотларга ишониб, қимматли вақтингиз ва пулларингизни бекор сарфламасликка чақиради!
Малака (тест) синови учун тузиладиган саволлар базаси ҳар йили бутунлай янгилаб борилади ва бу маълумотларнинг учинчи томонга тақдим этилмаслиги қатъиян кафолатланган.
Агар сизга кимдир маълум миқдордаги тўлов эвазига шу каби хизматларни таклиф қилса, ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларга мурожаат этишни тавсия қиламиз.
❗️Педагог кадрлар аттестациясига оид бошқа янгиликлар ҳақида Таълим инспекцияси расмий канали (@uztdi) орқали хабар бериб борилади.
✍️ Батафсил: https://tdi.uz/news/669/
📹 Youtubeда кўриш: https://youtu.be/xXl9T9khDQ4
Ижтимоий тармоқлар:
Telegram | Facebook| YouTube|
❗️Педагогларнинг навбатдаги (мажбурий) аттестацияси учун йиғим 2021 йил 1 сентябрдан бошлаб бекор қилинади
📥 Ассалому алайкум. Навбатдаги (мажбурий) 1-тоифага аттестациядан ўтувчилар ҳам 245 000 сўм давлат божини тўлайдими ёки фақат навбатдан ташқари борувчилар тўлайдими давлат божини. Мен ўз вақтида ўтаётганлар тўламайди давлат божини деб эшитгандим.
✅ Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 13 майдаги “Мактабгача, умумий ўрта, ўрта махсус, касб-ҳунар ва мактабдан ташқари давлат таълим муассасалари педагог кадрларини аттестациядан ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида”ги 392-сон қарорига мувофиқ, биринчи ва олий малака тоифали, етакчи ва бош ўқитувчи лавозимидаги ҳамда ушбу малака тоифалари ва лавозимларга талабгор педагог кадрларни аттестациядан ўтказганлик учун базавий ҳисоблаш миқдорининг 100 фоизи миқдорида йиғим ундирилади.
Шунингдек, Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 6 ноябрдаги "Ўзбекистоннинг янги тараққиёт даврида таълим-тарбия ва илм-фан соҳаларини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида"ги ПФ-6108-сон Фармонида 2021 йил 1 сентябрдан бошлаб, педагог ходимларга малака тоифаларини бериш бўйича навбатдаги аттестациядан ўтказганлик учун йиғим ундирилмаслиги ва навбатдан ташқари аттестациядан ўтказганлик учун базавий ҳисоблаш миқдорининг бир баравари миқдорида йиғим ундирилиши белгиланган.
Яъни амалдаги тартиб бўйича 2021 йил март-июнь ойларидаги аттестация жараёнлари 392-сон қарор талаблари асосида ўтказилади. Янги тартиб эса 2021 йил сентябрь ойидан кучга киради. Соддароқ қилиб айтганда, сентябрь ойига қадар аттестациядан ўтувчи педагоглар ҳар икки ҳолатда ҳам давлат божини тўлайди.
❗️Педагог кадрлар аттестациясига оид бошқа янгиликлар ҳақида Таълим инспекциясининг расмий телеграм канали (@uztdi) орқали хабар бериб борилади.
Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекциясининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифалари👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
PEDAGOG XODIMLAR MAKTABGA QANDAY FORMADA KELISHLARI KERAK?
#Savol❓
Maktabda ishlaydigan xodimlar, asosan o‘qituvchilar uchun majburiy forma joriy qilinganmi? Ya'ni, pedagog xodimlar maktabga qanday formada kelishlari kerak? Bu haqda biron-bir normativ hujjatda belgilab berilgan alohida qoidalar bormi?
#Javob❗️
Xalq ta'limi vazirligining 2020-yil 28-maydagi 131-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta'lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”da pedagog va texnik xodimlar ish vaqtida qanday kiyimda yurishlari kerakligi haqida normativlar beliglab qo‘yilgan.
🔰Pedagog va texnik xodimlar ish vaqtida kiyinish uslubiga ko‘ra quyidagi normativlarga amal qilishlari kerak:
✅pedagog va texnik xodimlardan ish vaqtida korporativ kiyinish uslubiga ko‘ra, erkin harakatlanish uchun qulay va kasbga mos holda kiyinishlari;
✅kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi;
✅kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi;
✅xodimlarning turli din va konfessiyalar hamda turli submadaniyatlarga mansubligini aks ettiruvchi kiyimlarda bo‘lmasligi;
✅umume'tirof etilgan milliy-an'anaviy shakllarga va ma'naviy-axloqiy tarbiyaga zid kelmaydigan yoki sport kiyimlarida bo‘lmasligi (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari o‘qituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shunindek, ta'lim muassasasi hududida o‘tkaziladigan turli sport va ko‘ngilochar tadbirlar bundan mustasno)
👨🏼⚖️Erkaklar mavsumga qarab - klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), ko‘ylak (oq, havorang va shu kabi), bo‘yinbog‘, poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi;
👩🏻⚖️Ayollar mavsumga qarab - klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), tanani shaffof ko‘rsatib turmaydigan kofta (oq, havorang va shu kabi), ko‘ylak, poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi lozim.
❗️Shuningdek, xodimlarning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha quyidagi talablar belgilanadi:
✅tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan bo‘lishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin (g‘ayrioddiy) ranglarga bo‘yalmagan bo‘lishi;
✅erkaklaming soqoli olingan bo‘lishi;
✅quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki metall buyumlar taqib yurmasligi;
✅ayollar yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada pardoz qilmasligi, tirnog‘ini uzun qilib o‘stirmasligi, ko‘rinishi oddiy bo‘lgan sirg‘a taqishi lozim.
❕Maktab ustavi bilan ta'lim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlari formasining rangi va qo‘shimcha belgilariga mazkur nizom talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. ⚜️Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
Respublika miqyosida ommalashtirilgan ishlar 5 yil muddatga amal qiladi
🔹“Ilgʻor ish tajribalarni oʻrganish va ommalashtirish” ning yangi tasdiqlangan tartibiga koʻra, ilk bor ommalashtirilgan ishlar uchun muddat belgilandi.
Unga koʻra, ilgʻor ish tajribalar Respublika miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab 5 (besh) yil muddatdan soʻng oʻz kuchini yoʻqotadi.
⚜️Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
#Tarbiya
O'qituvchi maktabga sharlarni olib kelib, bolalardan sharga, ismlarini yozishni so'radi.
Keyin barcha sharlarni koridorga olib chiqishdi va o'qituvchi ularni aralashtirdi. O'qituvchi bolalarga hamma o'z ismi yozilgan sharni topishlari uchun 5 daqiqa vaqt berdi. Bolalarning hammasi o'zining ismini qarash uchun yugurishdi, ammo vaqt tugadi va hech kim o'zining ismi yozilgan sharni topa olmadi ...
Keyin o'qituvchi bolalardan so'radi:Endi har kim bitta shar olsin, undagi ism yonidagi bolanikiga tegishli bo'lsa uni egasiga bering .
Ikki daqiqadan kam vaqt o'tdi va har birining qo'lida o'zining ismi yozilgan shar bor edi.
O'qituvchi ushbu tajribadan kelib chiqib xulosa qildi:
"Sharlar baxtga o'xshaydi. Agar u o'zini o'zi qidirsa, uni topa olmaysiz. Ammo hamma bir-biriga g'amxo'rlik qilishsa, uni tezroq topishingiz mumkin."
Maykl Galga rahmat ⚜️Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
Хоразм вилояти халқ таълими бошқармаси ҳамда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси билан ҳамкорликда Қўшкўпир туманидаги 2-сонли мактабда “Хaлқаро тадқиқотларга тайёргарлик кўришда таянч мактабларнинг ўрни ва аҳамияти” мавзусида семинар ташкил этилди.
👉БАТАФСИЛ
Телеграм / Youtube /Facebook
2021-yilda o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi rejasi
BATAFSIL : 👉 https://bit.ly/3qY394d
⚜️Yaxshi muallim-sifatli ta'lim «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt |Fecebook| Instagram
♻️“Ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish va
ommalashtirish” tartibi tasdiqlandi ⚜️Yaxshi muallim-sifatli ta'lim «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt |Fecebook| Instagram
⚡️ Har bir xalq taʼlimi xodimining elektron portfoliosi shakllantiriladi
“Xalq taʼlimi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–4963-son, 25.01.2021 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-martdan:
➖ xalq taʼlimi xodimlarining malaka oshirish bo‘yicha ehtiyojlari o‘rganiladi hamda ularning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi tuziladi;
➖ har bir xalq taʼlimi xodimining elektron portfoliosi shakllantiriladi;
➖ kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, masofaviy va boshqa turlari joriy etiladi.
🔰 2021-yil 1-sentabrdan boshlab:
➖ malaka toifasini berish va saqlab qolish bo‘yicha maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish yil davomida amalga oshiriladi;
➖ uzrli sabablarga ko‘ra (mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik, tug‘ish hamda bolani parvarish qilish taʼtili va boshqalar) attestatsiyadan o‘tmagan pedagog kadrlar ish faoliyatiga qaytganlariga bir yil to‘lgandan so‘ng attestatsiyaga jalb etiladi va mazkur davr mobaynida ularning malaka toifasi saqlab qolinadi (o‘z tashabbusiga ko‘ra attestatsiyadan o‘tmoqchi bo‘lgan pedagog kadrlar bundan mustasno).
🖥 Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlarining elektron reyestri yuritiladi.
➡️ Davlat byudjetidan mablag‘lar faqat Reyestrga kiritilgan nodavlat taʼlim tashkilotlariga ajratiladi. ⚜️Yaxshi muallim-sifatli ta'lim «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt |Fecebook| Instagram
SO'RAGAN EDINGIZ
❓Nima uchun ilgari 5-sinfda o'qitilgan kasr tushunchasi hozirda 3-sinf darsligiga ko'chirildi? 9 yoshli bola kasr tushunchasini qay darajada tushuna oladi?
‼️Dunyodagi ko‘plab davlatlarda kasrlar bilan ishlash mavzusi boshlang‘ich sinflarda berilmoqda. Taʼlim sohasida katta yutuqlarga erishayotgan Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarda to‘g‘ri kasrlar, noto‘g‘ri kasrlar, bir xil maxrajli kasrlarni qo‘shish va ayirish, o‘nli kasrlar, o‘nli kasrlarni taqqoslash, o‘nli kasrlarni qo‘shish va ayirish, o‘nli kasrlarni yaxlitlash kabi mavzularni boshlang‘ich sinf bitiruvchilari bilishadi.
O‘zbekistonda taʼlim sistemasi Xalqaro PISA, TIMSS sistemasiga o‘tishi munosabati bilan bu tushunchalar boshlang‘ich sinflarda berish zaruriyati tug‘ildi. Chunki 4-sinf bitiruvchilariga beriladigan PISA sinov topshiriqlarida kasrlar mavzusiga oid ko‘plab savollar bor. Agar kasrlar tushunchasi 1-sinflardan boshlab asta-sekin sodda (yarimta non, chorakta non kabi) modellarda, so‘ngra ulushlar misolida tushuntirib borilsa, boshlang‘ich sinflarni bitirayotgan bizning o‘quvchilar ham Xalqaro miqyosdagi bunday topshiriqlarni bemalol bajara oladilar.
Shuning uchun, 2020-2021 o'quv yilidan 2-3 sinflardan boshlab ulush tushunchasi kiritildi.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish trayektoriyasi tuziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 25-yanvar kuni “Xalq ta'limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (PQ–4963, 25.01.2021) qaror imzolandi.
Unga ko‘ra, 2021-yil 1-martdan boshlab tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limlari tomonidan xalq ta'limi xodimlarining malaka oshirish bo‘yicha ehtiyojlari o‘rganiladi hamda “Uzluksiz kasbiy ta'lim” maxsus elektron platformasi orqali ularning individual kasbiy rivojlanish traektoriyasi tuziladi.
Shuningdek, har bir xalq ta'limi xodimining elektron portfoliosi shakllantiriladi va unga xodimning individual traektoriyasi, kasbiy rivojlanish natijalari va o‘zlashtirgan o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar kiritiladi. Manba: @uztdi ⚜️Yaxshi muallim-sifatli ta'lim «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt |Fecebook| Aloqa
Farzandnoma
🔹Obiddin Mahmudovning “Farzandnoma” kitobi asosida tayyorlangan ushbu videolar farzand tarbiyasi va uning kamoloti uchun befarq boʻlmagan ota-onalarga, ustoz murabbiylarga, qolaversa, insoniyatning maʼnaviy yuksalishi yoʻlida jon kuydirayotgan fidoyi, zahmatkash ziyolilarga moʻljallangan.
"Farzandnoma" dan: Ota-onalarga tavsiya | 1-qism
"Farzandnoma" dan: Ota-onalarga tavsiya | 2-qism
"Farzandnoma" dan: Ota-onalarga tavsiya | 3-qism
"Farzandnoma" dan: Ota-onalarga tavsiya | 4-qism
"Farzandnoma" dan: Ota-onalarga tavsiya | 5-qism
"Farzandnoma"dan: Vatanparvarlik | O'quvchilar uchun! 6-qism
⚜️Yaxshi muallim-sifatli ta'lim «Muallima.uz» sahifalari 👇
Telegram | Sayt |Fecebook| Aloqa
#Bilasizmi
🔰 Taʼlim oluvchilarga o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida quyidagilar qatʼiyan taqiqlanadi:
● telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
● telefonni stol ustiga qo‘yish;
● musiqa, shu jumladan naushniklar orqali tinglash;
● surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish (o‘yinlar bilan shug‘ullanish), tasvir (matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar) ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
● suratga olish va video tasvirga tushirish;
● telefon (GPRS, Bluetooth, Internet va shu kabilar) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.
☑️ O‘quvchilarga mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi, yaqin qarindoshlari, maktab rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga (qo‘ng‘iroq qilishga, SMS, MMS, GPRS jo‘natishga, Bluetooth, Internet va shu kabilar xizmatidan foydalanishga) ruxsat etiladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot_lotin