muallimauz | Unsorted

Telegram-канал muallimauz - Muallima.uz| Rasmiy kanal

-

🌐 Muallima.uz rasmiy saytining rasmiy telegram kanali Barcha pedagoglar uchun eng so'nggi yangiliklar, sifatli metodik manbalar Yaxshi muallim- sifatli ta'lim! Murojaat uchun - @Muallimauz_bot

Subscribe to a channel

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan vaziyat yuzasidan Bosh Prokuratura rahbariyati bilan gaplashdim, holat ayni damda nazoratga olingan va o‘rganilmoqda.

Prezidentimizning tegishli Qarorlariga asosan pedagog xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish qat’iyan taqiqlanganini eslatib o‘taman.

O‘qituvchi qadrlanmagan yurt hech qachon taraqqiy etmaydi. Shu bois barchadan jumladan mutasaddi rahbarlarimizdan bugun Davlatimiz Rahbari tomonidan olib borilayotgan o‘qituvchilarni ulug‘lash va jamiyatda eng obro‘li inson qilish Davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlab, bu borada eng avvalo o‘zimiz o‘rnak ko‘rsatishimizni so‘rab qolaman.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Matematika fanining chinakam fidoiysi, respublikada xizmat ko’rsatgan o’qituvchi, professor Mirfozil Mirzaahmedov 85 yoshda!

O’zining ko‘p yillik samarali mehnatlari bilan yurtimiz matematika olamiga hissa qo’shgan ustoz “Xalqaro tadqiqotlar topshiriqlari to’plami”,"Yozilgan Darsliklarga mos o’qituvchi kitobi- metodik qo’llanma”,“Matematikadan 5-11 sinflar uchun darslik”, “4-11 sinflar uchun masalalar to’plami”, "O’quvchilarni matematik Olimpiadaga tayyorlash o’quv qo’llanmasi” kabi darslik va qo'llanmalarning muallifi.

Shijoatda barchaga o’rnak bo’ladigan ustozimiz bugungi kunda ham yana bir qator ilmiy izlanishlar, darslik va qo’llanmalar ustida ish olib bormoqda. Biz ularga sog’lik-salomatlik hamda ilm-fan yo’lidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz.

💐Qutlug‘ yoshingiz muborak, aziz ustoz!

-

Профессору Мирфозилу Мирзаахмедову, истинному подвижнику математики, заслуженному педагогу Республики, 85 лет!

Он внёс достойный вклад в мир математики нашей стране своей многолетней плодотворной работой, издал «Сборник международных исследовательских задач», «Книга достойных учителей для изданных учебников - методическое пособие», «Учебник по математике для 5-11 классов». Также он автор таких учебников и пособий, как «Комплект задач для 4-11 классов», «Учебное пособие для подготовки школьников к математической олимпиаде».

Сегодня наш педагог, являющийся примером как и для остальных учителей так и учащихся, работает над рядом научных исследований, учебников и пособий. Желаем ему крепкого здоровья и больших успехов в его научной деятельности.

💐С днем рождения, наш уважаемый наставник!

🔵 Telegram 🌐 Facebook 📹 Instagram 🌐 Web

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️

📢23-yanvar, dushanba kunidan o’qish boshlanishini rasman e’lon qilgan hududlar:

Andijon
Buxoro
  Surxondaryo
  Xorazm
  Toshkent shahri
  Toshkent viloyati
  Qoraqalpog’iston
  Namangan
  Qashqadaryo
  Sirdaryo
  Jizzax (maktab va bog’chalar)
  Navoiy (faqat maktablar)
  Farg’ona (maktab va bog’chalar)

Samarqandda ta'til uzaytirilmaydi.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Qadrli o‘quvchilar!

Zamonaviy kasblarni onlayn tarzda hamda o'z ona tilingizda mutlaqo bepul o'rganishni istaysizmi?


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu borada sizga yaqindan ko‘mak beradi.

Vazirlikning 30 dan ortiq zamonaviy kasblarni o‘zida jamlagan milliy_talim_resurslar/featured">Milliy taʼlim resurslari Youtube kanalidagi videodarslar yoki Maktab.uz onlayn ta’lim platformasidagi 800 dan ortiq videodarslar bu yo'lda bilimingizni boyitishga yordam beradi.

O‘z yo‘lingizni bugun to‘g‘ri tanlashingiz kelajakdagi muvaffaqiyatingizni ta'minlaydi.

Yurtimiz siz kabi zamonaviy bilimlarga ega yoshlar bilan albatta, taraqqiy topishiga ishonaman!


Maktabgacha
va maktab taʼlimi vaziri
Hilola Umarova

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

#xabarlar

Anomal voqealar davom etadi: Buxoroda ta'til muddati yana uzaytirildi

Buxoro viloyatidagi barcha ta'lim muassasalarida qishki taʼtil muddati 22-yanvargacha uzaytirildi. O'quv jarayonlari 23-yanvar dushanba kunidan boshlanadi.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Barcha darsliklarni ushbu havola orqali yuklab olish mumkin, Электронные версии всех учебников доступны по данному адресу:

⬇️https://dr.rtm.uz/barcha-darsliklar/

@muallimauz

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⚡️Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga arizasi rad etilgan talabgorlar diqqatiga!

2023-yil 15-yanvar 23.59 ga qadar
arizalarni tahrirlash imkoniyati yaratildi.

Manba: magistr.edu.uz

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

ИЛТИМОС

Мактаб ўқувчилари тилидан

Совуқ ёмон забтига олди,
Ҳақиқий қиш қаҳратонга мос.
Дилдан меҳр қайга йўқолди,
Таътилларни чўзинг илтимос!

Қорга ботган йўлчаларимиз,
Совқатаяпти қўлчаларимиз,
Биз шу юртнинг ғунчаларимиз,
Таътилларни чўзинг илтимос!

Юзим ялар совуқ саболар,
Жондан ўтди муздек ҳаволар,
Эй меҳрибон ҳоким боболар,
Таътилларни чўзинг илтимос!

Наҳот дилда меҳрли ҳарф йўқ,
Юракларда жасур бир зарб йўқ,
Ҳаммадаям этик йўқ, шарф йўқ,
Таътилларни чўзинг илтимос!

Яёв юриб, санаб қадамни,
Кўрдим заҳрин аёзли дамни,
Машинаси йўқдир дадамни,
Таътилларни чўзинг илтимос!

Қўрқмайсизми, аёзли қишдан,
Жонимизда бир дард кечишдан,
Қўрқиб қолдик дори ичишдан,
Таътилларни чўзинг илтимос!

Бир амаллаб дарс ўтдик мана,
Устозлар ҳам айтишар, ана,
Ҳеч бўлмаса уч – тўрт кун яна,
Таътилларни чўзинг илтимос!

Дилдан кечган нолалар ҳаққи,
Биз деб куйган оналар ҳаққи,
Миллион-миллион болалар ҳаққи,
Таътилларни чўзинг илтимос!

Биз шу юртнинг ғунчаларимиз,
Совқатаяпти қўлчаларимиз...

Ўқувчи болажонлар илтимосини
Ўлмасбек Самарқандий шеърга туширди

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

#xabarlar

Xorazm viloyati hokimligi ham o‘qish jarayonlarini 16-yanvardan boshlash bo‘yicha qarorga keldi.

P.S: Chumchuq so'ysa ham qassob so'yishi kerakda.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

#Bilasizmi

🏫 Taʼlim muassasalarining o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq o‘quv xonalarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º С, o‘rtacha og‘ir ishda 17º С va og‘ir ishda 16º С dan past bo‘lmasligi kerak.

✅ Fizika o‘quv laboratoriya xonasida muntazam ravishda harorat 18º С – 21º С, havoning namligi 40 – 60 foiz bo‘lishi kerak.

🔹Taʼlim muassasasi hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.

❗️ Taʼlim muassasasida kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda taʼlim muassasasida yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot_lotin

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Qishki taʼtil davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy hokimliklarga berildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional hamda oliy taʼlim tashkilotlarida qishki taʼtil davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berilganligini maʼlum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunda Mahalliy davlat hokimiyati organlariga taʼlim sohasidagi tegishli vakolatlar berilgan.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

2023-yil 11-yanvardan boshlab oliy hamda professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashgʻulotlari boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb hunar maktablari va akademik litseylarda oʻquv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etildi.

Ushbu jarayonlarni belgilangan tartibda amalga oshirish maqsadida har bir taʼlim muassasasida kecha-yu kunduz faoliyat olib boradigan, malakali mutaxassislardan iborat “Shtab” tashkil etiladi. Anomal sovuq boʻlishi kutilayotgan 10–18-yanvar kunlarida barcha taʼlim muassasalarida har qanday majlislar (jumladan ZOOM shaklida), tadbirlar, masʼullarni asosiy faoliyatidan chalgʻituvchi boshqa yigʻilishlar oʻtkazish taʼqiqlanadi.

Shuningdek, taʼlim muassasalari binolarining issiqlik tizimlarini barqaror ishlashi taʼminlanadi.

Taʼlim muassasalari rahbarlari va tegishli mahalliy hokimliklar talaba-oʻquvchilarni xabardor qilish, ularni OTM joylashgan hududga yetib kelishini taʼminlash hamda mazkur jarayonlarni shaxsan nazoratga oladilar. Oʻquv jarayonlarini tashkil etishda xudud imkoniyatlari, talabalarning noqulay ob-havo sharoitlarida oliygohlarga yetib kelishlari toʻla inobatga olinishi va bunga zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozimligi boʻyicha koʻrsatma berildi.

Oʻquv jarayonini tashkil etishda zaruriyat tugʻilganda oʻquv grafigiga oʻzgartirish kiritish ruxsat beriladi. 20-yanvarga qadar talabalarning imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishlari tavsiya etiladi.

Alohida taʼkidlaymizki, 20-yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.

Ob-havo sharoitlari tufayli oʻqishga kelolmagan talabalarga oʻquv jarayonlarini boshlash hamda nazorat imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tegishli masofaviy dasturlar taklif qilinadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Kanalga
ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

#yangiliklar

Va nihoyat chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

Davlat test markazining xabar berishicha, 2022-yil 22-30-dekabr kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (10-12-yanvar) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.Muallima.uz» sahifalari 👇 📱Telegram|🌍Sayt|📸Instagram|🎞Youtube 💬Fecebook

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⚠️#Nazm_ummonida_ikki_dur tanloviga kirish bo'yicha yo'qriqnoma!
1. Ona tili va adabiyoti faniga kirasiz🔰
2. Eng faol fan o'qituvchisi ✅ bandini tanlaysiz va testni boshlaysiz!

⏰1-bosqich 12:00 dan start beriladi!

Barchaga omad!

Ko'pchilik o'qituvchilarning takliflariga asosan 1-bosqich testi 12:00 ga ko'chirildi.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Mumtoz adabiyotimizning ikki buyuk shoiri tavalludi munosabati bilan o'tkaziladigan "Nazm ummonida ikki dur" tanloviga bir kuni qoldi
Batafsil: 👉 https://bit.ly/3rxnJss

⚜️Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⚡️Ўқитувчиларга дўқ уриб, қор куратган прокурор узр сўраб чиқди

Аввалроқ ижтимоий тармоқларда Ангрен шаҳар прокурорининг мактаб ўқитувчилари қор курашлари кераклиги ҳақидаги видеоси тарқалган эди.


Бу жамоатчиликда катта муҳокамаларга сабаб бўлди. Мактабгача ва мактаб таълими вазири Ҳилола Умарова ҳам бунга ўз муносабатини билдирди. Шундан сўнг Ангрен шаҳар прокурори Улуғбек Хабилжоновга нисбатан интизомий жазо қўлланилгани айтилди.

Видеода прокурор ўз қилган ишидан афсусда эканлигини билдириб ўтган.

Каналга уланиш:➡️ /channel/rost_24uz

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini maktablarga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirildi

Chet el fuqarolari va chet elda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning
farzandlarini umumtaʼlim maktablariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Buning uchun chet el fuqarolari va chet elda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portali (my.maktab.uz) orqali onlayn so‘rovnomani to‘ldirgan holda ariza yuboradi.

Ariza avtomatik tarzda hududiy boshqarmalar huzuridagi chet el fuqarolari farzandlarini umumtaʼlim maktablariga qabul qilish bo‘yicha Ishchi guruhga yuboriladi.

Ishchi guruhi 7 ish kunida arizani ko‘rib chiqib, yo‘llanmani (QR-kod qo‘yilgan) rasmiylashtiradi hamda elektron portal orqali ariza beruvchiga elektron ravishda yuboradi.

Natijani ariza beruvchi o‘zi murojaat qilgan my.gov.uz yoki my.maktab.uz portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.

🟢Davlat xizmatini ko‘rsatish BEPUL amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar shahodatnoma dublikatini olish va xorijda taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni (nostrifikatsiya) tan olish bo‘yicha davlat xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

2023-yil davomida eksternat tartibida imtihonlarni topshirish uchun ariza berish hamda o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish davlat xizmatlari ham ishga tushiriladi.

Qabul jarayonlari boʼyicha qoʼshimcha maʼlumotlarni @mymaktab_uz telegramm kanali yoki ☎️71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

#xabarlar

Asr jangi: Nodirbek Abdusattorov vs Magnus Karlsen

Bugun, lolalar vatani Niderlandiyada o‘tayotgan klassik shaxmat bo‘yicha “Tata Steel Chess-2023” turnirida olimpiada chempioni, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov jahon SHAXMAT toji sohibi Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Shiddatli titanlar jangni soat 18:00 da boshlanadi.

👉 Ushbu havola orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.

🏆 Nodirbek Abdusattorov OLG'AAAA 🏆

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

❗️Andijon viloyatidagi bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi (bungacha 18-yanvargacha edi).

O‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

O'zbekiston go'zal go'shadir
Qish savoli o'sha-o'shadir..

@muallimauz

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️⭕️
Maktablar, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda barcha bog‘chalarda qishki ta’til 18-yanvarga qadar uzaytirilib, dars mashg'ulotlari 18-yanvar, chorshanba kunidan boshlanishini e'lon qilgan hududlar:
➡️Toshkent shahar ➡️Buxoro ➡️Sirdaryo ➡️Farg'ona ➡️Xorazm
➡️Namangan Muallima.uz» sahifalari 👇 📱Telegram|🌍Sayt|📸Instagram|🎞Youtube 💬Fecebook

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Barchani Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Yurtimiz hamisha tinch, sarhadlarimiz mustahkam, hayotimiz farovon bo‘lsin!

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

No comment 😂

@muallimauz

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

No comment Muallima.uz» sahifalari 👇 📱Telegram|🌍Sayt|📸Instagram|🎞Youtube 💬Fecebook

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Замонавий тез айтиш😅

Ўқишмиш ўқишмасмиш,
Қишда ўқиш бўлмасмиш,
Ўқиш бўлса қишмасмиш,
Ўқишга борганларга,
Совуқ таъсир қилмасмиш.
Қарорни ўзгартириш
Вазирликка ишмасмуш,
Ўқишми, ўқишмасми
Вазир ўзи билмасмиш
Вазир бир сўзли бўлса
Халқ ҳар кўйга тушмасмиш Muallima.uz» sahifalari 👇 📱Telegram|🌍Sayt|📸Instagram|🎞Youtube 💬Fecebook

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

📢Qisqacha dayjest: Maktablarda o'quv jarayonlarini boshlash hokimliklar topshirig'iga ko'ra amalga oshirilmoqdami?

Dastlab 3-yanvar kuni ta'til uzaytirilishi to'g'risidagi xabarlarni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi axborot xizmati inkor etdi.

6-yanvar kuni esa Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri imzolagan buyruq asosida qishki ta'til 18-yanvargacha uzaytirildi. Bunga asos sifatida Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-yanvar kungi 1-sonli yig‘ilish bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida deb ko'rsatildi.

Ammo bugun 10-yanvar kuni Oliy ta'lim vazirligi ertadan rasman darslar boshlanishi tasdiqlab post e'lon qildi.

11-yanvardan maktablarda darslar boshlanishi haqida Andijonda hokimlik rasmiy munosabat bildirgan bo'lsa , Buxoro va Xorazm viloyatlarida esa hududiy xalq ta'limi boshqarmalari o'z rasmiy sahifalarida e'lon qilishdi.

Qiziq tomoni, bu jarayonlar hokimliklar topshirig'i asosida amalga oshirilmoqda. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hozircha jim va biror rasmiy xabarni o'z sahifalariga joylashtirmadi. Bizga kelayotgan murojaatlarda esa bu xabarlar qanchalik asosli ekanligini so'rashmoqda. Unda nega ta'til uzaytirildi?

P.S: Hammada ikkilanish, vazirlikdagilar esa hamon "Jimjitlik" asarini o'qishmoqdami?
Agar qandaydir o'zgarish bo'lgan bo'lsa buni birinchilardan bo'lib vazirlik e'lon qilishi lozim edi.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

DIQQAT, E'LON!

XORAZM VILOYATI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA 11-YANVAR KUNIDAN AN’ANAVIY TARZDA O‘QISH BOSHLANADI

Xabaringiz bor, maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanib, 14 kalendar kun, ya’ni 2023-yil 10-yanvargacha davom etishi belgilangan edi.

Uzgidrometrologiya markazi xabariga ko‘ra 11-18-yanvar kunlari viloyatimizda havo haroratining keskin tushib ketmasligini inobatga olib, 2023-yilning 11-yanvar sanasidan barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qish jarayoni boshlanishini ma’lum qilamiz.

Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram/Youtube/Facebook/Instagram

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

"Nazm ummonida ikki dur" tanloviga kirish bo'yicha 👉 yo'qriqnoma!
1.Muallima.uz saytidan 👉 ro'yxatdan o'tish lozim (oldin o'tganlar bundan mustasno) 2.Barcha ishtirokchilar Ona tili va adabiyoti faniga kirasiz🔰
3. Eng faol fan o'qituvchisi ✅ bandini tanlaysiz va testni boshlaysiz!

Bugun 1-bosqich soat 12:00 dan 23-55gacha o'tkaziladi
🏃Shoshiling,bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang

«
Muallima.uz» sahifalari 👇

Telegram | Sayt |Fecebook| Aloqa

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Ijtimoiy tarmoqlarda dars vaqtida maktab sinf xonasida oyog‘ini parta ustiga qo‘yib axloqsizlik qilgan o‘quvchi va ularning ota-onalariga chora ko‘rildi

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan dars vaqtida ahloqsizlik qilayotgan o‘quvchilarning shaxsi aniqlandi.

Mazkur ahloqsizliklar Samarqand viloyatidagi 77-maktabning 9-sinf o‘quvchilari tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

Samarqand shahar hokimligi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya a'zolari hamda qator mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida ota-onalarning farzandlari tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan xatolari muhokama qilindi. Ota-onalar farzand tarbiyasiga e'tiborsiz bo‘lgani uchun uzr so‘radi. O‘quvchilar axloqsiz hatti-harakatlari uchun pushaymon ekanligini bildirdi.

Maktab ichki tartib-qoidalari hamda o‘quvchi etikasiga rioya qilmagan uch nafar o‘quvchining ota-onasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga muvofiq jarima jazosi qo‘llanildi.
Shu o‘rinda ota-onalardan farzand tarbiyasidagi har bir jarayon muhimligini yana bir bor eslatgan xolda, ularning tarbiyasiga e'tiborsiz bo‘lmasliklarini, maktab muqaddas dargoh, o‘qituvchi esa doim e'zozli va hurmatli inson ekanliklarini doimiy ravishda uqtirib borishlarini so‘rab qolamiz. Bu kabi xatti-harakatlar ularning kelajagida salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Xalq ta'limi vazirligi
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

#Tarbiya_hayot_darsi
Men katta bo'lsam...

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

Читать полностью…
Subscribe to a channel