#variativ_taqvim_mavzu_reja
#2023_2024
📘Geografiya fanidan variativ taqvim-mavzu rejalar
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
#taqvim_mavzu_reja
#2023_2024
📘Aniq fanlar bo'yicha taqvim-mavzu reja
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
#taqvim_mavzu_reja
#2023_2024
📘Ijtimoiy fanlar bo'yicha taqvim-mavzu reja
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
⚡️ Yangi xodimlarni maktablarga ishga qabul qilish bo‘yicha eslatma
2023-2024 o‘quv yilida birinchi marta pedagog sifatida ishga qabul qilinadigan o‘qituvchilarni “O‘qituvchi-stajor” xizmatchi lavozimi qabul qilish bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma.
2023-yil 9-avgust 02-01/3-1188-son
#Президент_cовғаси
🔴 1-sinfga boradigan o‘quvchilar uchun “Prezident sovg‘asi” jamlanmasini maktablarga yetkazib berish boshlandi
Bu yil 1-sinfga chiqishi rejalashtirilgan 732 960 nafar bolalar uchun “Prezident sovg‘asi" xaridi amalga oshirilib, tuman bo‘limlari orqali hududlarga yetkazilmoqda.
1- sinf o‘quvchilariga beriladigan “Prezident sovg‘asi” tarkibida 12 turdagi o‘quv qurollari mavjud:
✔️ O‘quvchi sumkasi
✔️ 12 dona daftar
✔️ Rasm daftari
✔️ Akvarel bo‘yoqlari
✔️ Rangli qog‘oz
✔️ Qalamdon
✔️ Sharikli ruchka
✔️ Rangli qalam
✔️ 2 dona oddiy qalam
✔️ Plastilin
✔️ Yelim
✔️ 2 dona o‘chirg‘ich
❗️“Prezident sovg‘asi” joriy yilning 25-avgustiga qadar Vazirlikning adm.maktab.uz elektron bazasiga kiritilgan bolalar soniga mos ravishda umumta’lim maktablariga yetkaziladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Аёл педагогларга таълим муассасаси ҳудудида рўмол ўраш тартиби белгиланиши мумкин
"Умумий ўрта таълим муассасасининг одоб-ахлоқ қоидалари" яна бир бор янги таҳрирда қабул қилиниш арафасида турибди. Янги таҳрирда қабул қилиниши кутилаётган одоб-ахлоқ қоидаларида ўқитувчилар кийим-бошига қўйилаётган талабларда аёл педагог ходимларнинг рўмол ўраш тартиби ҳам мавжуд.
❕Бунда:
👨🏫эркаклар мавсумга қараб – классик услубдаги шим, костюм-шим (имкон қадар қора, тўқ кўк рангдаги), кўйлак (оқ, ҳаворанг ва шу каби), бўйинбоғ, поябзал (қора рангда бўлиши тавсия этилади) кийиши ва эркакларнинг соқоли олинган бўлиши талаб этилади.
👩🏫аёллар мавсумга қараб – классик услубдаги юбка, костюм-юбка (имкон қадар қора, тўқ кўк рангдаги), ҳаво ҳароратига қараб классик услубдаги шим (имкон қадар қора, тўқ кўк рангдаги), танани шаффоф кўрсатиб турмайдиган кофта (оқ, ҳаворанг ва шу каби), кўйлак, паст пошнали ёки пошнасиз поябзал (қора рангда бўлиши тавсия этилади) кийиши, миллий ва ёш ҳусусиятларини инобатга олган ҳолда бошига анъанавий рўмол ўраши керак бўлади.
Шунингдек, аёллар юзини кўзга ташланадиган даражада пардоз қилмаслиги, тирноғини узун қилиб ўстирмаслиги, кўриниши оддий бўлган сирға тақиши лозим.
Муассаса устави билан таълим муассасаси раҳбарияти ва педагог ходимлари формасининг ранги ва қўшимча белгиларига мазкур низом талабларидан келиб чиққан ҳолда ўзгартиришлар киритилиши мумкинлиги белгиланган.
Амалдаги одоб-ахлоқ қоидаларида аёл педагог ходимларнинг рўмол ўраш тартибига қўйиладиган талаблар белгиланмаган эди. Янги таҳрирда қабул қилиниши кутилаётган ҳужжатда эса ушбу тартиб белгиланиши мумкин.
👉/channel/xalqtaliminfo
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilindi.
Qonun loyihasi bilan:
👉 pedagogning sha’ni, qadr-qimmatini himoya qilish masalasida muayyan mansabdor shaxsning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi;
👉 ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga o‘qituvchi-murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagog xodimni biriktirilishi;
👉 biriktirilgan mazkur pedagogga qo‘shimcha haq to‘lanishi kabi kafolatlar ham mustahkamlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu qonun loyihasi Senat tomonidan ma’qullanishi va Prezident tomonidan tasdiqlanishi lozim.
⚡️2023-2024 oʻquv yili davomida umumtaʼlim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama toʻlab beriladigan Sertifikatlar roʻyxati
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024 oʻquv yilida ustama toʻlanadigan Sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror tasdiqlandi.
📌 Sertifikatlarning toʻliq roʻyxati bilan yuqoridagi fayl orqali tanishib olishingiz mumkin!
✅Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar, 2022-yil 29-iyuldagi 34-q/q, 15-xx sonli qoʻshma qarorda keltirilgan xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan barcha sertifikatlarga ega pedagog xodimlarning ustamalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanib qolinadi (2023-yil 1-avgustga qadar olingan Sertifikatlar yangi Roʻyxatdan chiqarilgan boʻlsa ham, ular uchun belgilangan muddat davomida haq toʻlanishda davom etadi, 1-avgustdan keyin olinganlariga esa haq toʻlanmaydi.)
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Ish stajiga ega bo'lmaganlarga beriladigan nafaqa miqdori oshiriladi
“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–120-son, 28.07.2023 y.) qabul qilindi
🔰Farmonga ko'ra, 2023 yil 1 avgustdan:
🔹zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 568 000 so'm;
🔹ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – oyiga
568 000 so'm;
🔹o'zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo'lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga
568 000 so'm;
🔹boquvchisini yo'qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 568 000 so'm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun – 198 000 so'm etib belgilanadi;
🔹boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 568 000 so'm etib belgilanib, keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to'lanadi.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot_lotin
⚡️ #Энг_долзарб_саволларга_жавоблар!
‼️Бошланғич таълим ўқитувчиларига ҳам Миллий Сертификатлар учун устамалар тўланиши режалаштирилмоқда
❗️ Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 11 майдаги ПФ-134-сон Фармонинг 9-банди (г-кичик банди):да
📍Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги Иқтисодиёт ва молия вазирлиги билан келишган ҳолда ҳар йили 1 августга қадар:
📍"миллий баҳолаш тизими мувофиқ бўлиши лозим бўлган халқаро стандартлар рўйхатини;
📍таълим соҳасида хизмат кўрсатувчи ваколатли халқаро ташкилотлар рўйхатини;
📍халқаро тан олинган ва миллий баҳолаш тизимида берилган сертификатлар (уларнинг комбинацияси) рўйхатини ҳамда ҳар ойлик устама олиш учун уларнинг энг кам даражасини" тасдиқлаши ва ўзининг расмий веб-сайтига жойлаштирилишини таъминлаш белгилаб қўйилган:
📌 Мазкур топшириқ ижросини таъминлаш мақсадида Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳамда Иқтисодиёт ва молия вазирлигининг 2023-2024 ўқув йилида устама тўланадиган Сертификатлар рўйхатини тасдиқлаш тўғрисидаги қарор лойиҳаси тайёрланмоқда.
📍Мазкур қарор лойиҳасида Бошланғич таълим ўқитувчиларига Она тили ва адабиёт (Ўзбек тили ва адабиёти, Рус тили ва адабиёти, Қорақалпоқ тили ва адабиёти) ёки Математика фанидан 60 ва ундан юқори балл тўплаб олинган Миллий Сертификат учун 20% устамалар белгиланиши кўзда тутилмоқда.
💯Каналимизга аъзо бўлинг ва барча янгиликлар билан биринчилардан бўлиб танишинг!
👉/channel/pka_tdi_uz 👈
👉Murojaatlar uchun: 👉@pkatdi_bot👈
O‘ta "sifatli" ta’lim berayotganimiz uchun Prezident maktablariga bir o‘ringa 169 ta nomzod to‘g‘ri kelmoqda.
Sanoqli kunlardan so‘ng imtihondan o‘tolmagan 168 nafar bola yana o‘sha o‘zining maktabiga borib o‘qishini boshlaydi. Aslida, ularga ham Prezident maktablaridek sifatli ta’lim kerak edi.
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 27.06.2023-yildagi 190-sonli buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va sinf rahbarlarining lavozim yoʻriqnomalari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra direktor o'rinbosari ta'lim muassasasi direktori tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:
— kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo'lgan;
— maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan (umumta'lim muassasalarida mehnatini soatbay (shu jumladan o‘ rindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi o 'qituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi);
— boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan;
— o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida mas’uliyat bilan yondasha oladigan;
— boshlang‘ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang‘ich sinfga biriktirilgan o'qituvchilarga yuklatiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Pedagoglar tayyorlashda bakalavrlarda va magistrlarning barchasida kontrakt pullari yo‘qotilishi haqida gapirildi.
Kelgusi o‘quv yilidan:
— bakalavr pedagog kadrlar tayyorlashni to‘liq davlat grantiga o‘tkazamiz;
— magistraturada esa, kvotalar 2 karra oshirilib, to‘liq davlat hisobidan bo‘ladi;
— kadrlar yetishmaydigan, taʼlim sifati og‘ir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinadi. Bunda, buyurtma asosida o‘qishni tamomlagan yoshlarga, ushbu maktablarda borib ishlashlari uchun jozibador rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yamiz.
Shavkat Mirziyoyev
@muallimauz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Hukumat qarori (263-son, 26.06.2023 y.) bilan Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili davomiyligi me'yorlari tasdiqlandi.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot_lotin
❗️“Oʻqituvchilarga taʼtil pulidagi farq toʻlab beriladi” — masʼullar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarma boshligʻi Laziz Qarshiyevning Kun.uz soʻroviga javoban maʼlum qilishicha, taʼtil davomiyligini 48 kalendar kuni (41 ish kuni) deb hisoblash noqonuniy hisoblanadi.
“Kim shunaqa qilayotgan boʻlsa, qonunbuzilish hisoblanadi. Agar shunday holatlar kuzatilsa, tumanlardagi vazirlikning bandlik boʻlimlariga murojaat qilishsa, kam taʼtil puli toʻlanayotganlarga 7 kun farqi, albatta, toʻlab beriladi”, – dedi u.
Qarshiyev oʻqituvchilarning taʼtil davomiyligi borasida normativ hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilganini aytdi.
“Ammo bu hujjat hali qabul qilinmadi degani oʻqituvchilarga 41 ish kuniga taʼtil belgilanishi kerak deganimas. Chunki mehnat shartnomalari oʻz kuchida, shartnoma 48 ish kuni deb berilgan, demak yakshanbalarni ham qoʻshib 56 kalendar kuni deb belgilab berishi kerak”, – dedi u.
Vazirlik masʼuliga koʻra, bunday holat hamma hududda ham kuzatilmayapti. “Qonunlarni tushunmagan adliya boʻlimlari tomonidan bunday xatoga yoʻl qoʻyilayotgan boʻlishi mumkin”, – dedi Qarshiyev.
Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi masʼullarining Kun.uzʻga maʼlum qilishicha, Adliya vazirligi hududiy yuridik xizmat koʻrsatish markazlariga Vazirlar Mahkamasi qarori chiqquncha, eski Mehnat kodeksi boʻyicha taʼtil davomiyligi belgilanishi borasida xulosa berishni tavsiya qilgan. Vazirlar Mahkamasi qarori chiqqanidan keyin, taʼtil 56 kalendar kuni deb hisoblanadimi yoki 48 kalendar kunimi – oʻrtadagi farq toʻlab berilishi aytilmoqda.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#variativ_taqvim_mavzu_reja
#2023_2024
📘Biologiya fanidan variativ taqvim-mavzu rejalar
7–11-sinflar.
3 ta yo‘nalish:
1. Tabiiy fanlar yo‘nalishi
2. Maktabgacha ta’lim va psixologiya yo‘nalishi
3. Ijtimoiy ish yo‘nalishi
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
#taqvim_mavzu_reja
#2023_2024
📘Tabiiy fanlar bo'yicha taqvim-mavzu reja
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
Stajor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish tartibi ishlab chiqildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi belgilangan.
Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan stajor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra, ilk bor ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilardan ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. Stajor-o‘qituvchilarga ular kasbiy sertifikat olguniga qadar oliy ma’lumotli (toifasiz) o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi qo‘llaniladi.
“O‘qituvchi-stajor” bilan Mehnat kodeksining 104-moddasida muvofiq mehnat shartnomasiga kiritilishi shart bo‘lgan holatlar, jumladan o‘qituvchi-stajorlarning bir yil davomida kasbiy sertifikat olishi majburiyati ko‘rsatilgan holda mehnat shartnomasi tuziladi.
Shu munosabat bilan, vazirlikning 2023-yil 9-avgustdagi tegishli xati bilan o‘qituvchi-stajorlarni ishga qabul qilish jarayonini mazkur ko‘rsatmalarga muvofiq amalga oshirish vazifalari yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, Farmonga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga 2023-yil 1-noyabrga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘tkazish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda 2024-yil 1-yanvardan boshlab tizimni amaliyotga joriy etish topshirilgan.
⚡️Rasman: Dars jarayonlari 4-sentabrdan boshlanadi
✅ Prezident farmoniga ko‘ra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi:
➖ 1-sentyabr — juma (ishlanmaydigan bayram kuni);
➖ 2-sentyabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
➖ 3-sentyabr — yakshanba (dam olish kuni).
Demak, 4-sentyabr, dushanba kuni barcha ta’lim muassasalari uchun 2023-2024 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.
#Аnons
#Ikkinchi_ustozlar_forumi
📣📣Aziz ustozlar!
Sohangizda yangi marralarni egallashingiz uchun ajoyib imkoniyat!
✅ Joriy yilning 8-9-avgust kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda "Ikkinchi ustozlar forumi" tashkil etilmoqda.
Ushbu forumdan ko‘zlangan maqsad:
✔️o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish hamda
✔️ yangi o‘quv yilida ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash yuzasidan muhim vazifalarni belgilab olishdan iborat.
❗️Bu hali hammasi emas! Tez orada forum sizning maktabingizga qadar yetib boradi:
📆 15-17- avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlarda,
📍22-24 avgust kunlari tuman va shaharlarda,
🏢 28-29 avgust kunlari esa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etiladi.
⚡️ Ta’lim sohasining rivojiga birgalikda hissa qo‘shaylik!
👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
📣 Hurmatli ota-onalar!
✅ Joriy yilning 1-avgust sanasi, soat 12:00dan mikrohududdan tashqarida joylashgan maktablarning 1-sinflariga onlayn qabul jarayoni boshlanishini ma'lum qilamiz!
👉 Ushbu video-yo'riqnomada, mikrohududdan tashqarida joylashgan maktablarning 1-sinflariga onlayn ariza topshirish jarayoni bosqichma-bosqich ko‘rsatib berilgan.
❗️ Eslatma: Vazirlar Mahkamasining 2022-yilning 1-iyun sanasidagi 295-sonli Qaroriga asosan, umumtaʼlim maktablarining o‘quvchi o‘rni, malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlanganligi, sinf xonalarining o‘quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, umumtaʼlim maktablarining bo‘sh o‘rinlariga mikro-hududdan tashqaridan qo‘shimcha bolalar qabul qilinishi mumkin.
☎️ Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni @mymaktab_uz telegram kanali yoki 71 203 07 04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️2023-2024 oʻquv yili davomida umumtaʼlim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama toʻlab beriladigan Sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi
📌 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024 oʻquv yilida ustama toʻlanadigan Sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlandi.
🔰Mazkur qarorda oʻtgan oʻquv yilidagi Sertifikatlar roʻyxatiga bir qancha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi koʻzda tutilgan.
Jumladan:
Roʻyxatga yangidan qoʻshilgan yoki ustama toʻlash ballari oʻzgartirilgan sertifikatlar:
1️⃣ GRE (Graduate Record Examinations) Quantitative Reasoning ( bali oʻzgartirilmoqda 155 ballga tenglashtirilgan oʻzgarish matematika, fizika, biologiya va kimyo fanlariga ham tegishli);
2️⃣ Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan Tarix, Geografiya hamda Boshlangʻich taʻlim (Ona tili va adabiyot (Oʻzbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti) yoki Matematika fanidan));
3️⃣ Teaching English as a Foreign Language (TEFL);
4️⃣ Teaching English as a Second Language (TESL);
5️⃣ SAT subject score ( yangidan qoʻshilmoqda matematika, fizika, biologiya va kimyo fanlariga tegishli);
6️⃣ A levels (A) hamda Astrum Certified IT Educator (80) (Informatika va axborot texnologiyalari fanidan);
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Qabul2023 #Abituriyent2023
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
✅ 2023-2024-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
👨🏻💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
✅ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
⚡️ Endi malaka toifasi boʻyicha maʼlumotnomani Telegram botdan yuklab olish mumkin!
📥 Ustoz va murabbiylarga qulaylik yaratish maqsadida JSHSHIR (PINFL) orqali telegram botga kirib malaka toifasi haqidagi maʼlumotlarni bilish va ularni PDF formatidagi maʼlumotnoma koʻrinishida yuklab olish imkoniyati yaratildi.
🗂 Buning uchun Taʼlim nazorati kanalining ✅@uztdibot manzilidagi telegram botiga kirib sertifikat izlash boʻlimini tanlash va har bir pedagog JSHSHIR (PINFL) ni yuborishi kifoya. Ushbu xizmat mutlaqo bepul hisoblanadi.
✅ Taʼkidlash joizki, @uztdibot manzilidagi telegram botimiz ishonchli sifatida Telegram maʼmuriyati tomonidan verifikatsiyalangan boʻlib, qidirganingizda koʻk belgi (✅галочка )si mavjud.
📬 Ushbu xizmat hozirlikcha test rejimida ishga tushirilgan boʻlib, undan foydalanishni yuzaga kelgan noqulayliklar va uni takomillashtirish boʻyicha takliflaringizni ushbu botning savol yoki taklif yuborish boʻlimi orqali yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Sinf rahbari yo‘riqnomasi qayta ishlab chiqildi.
⚡️ MMTV 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug'i «Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
#prezident_maktabi
#qabul_2023
📣DIQQAT, E’LON 📣
📆 Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 15-iyul kuni boshlanadi!
📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.
📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:
1️⃣-bosqich: Matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
2️⃣-bosqich: Tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo'yicha 40 ta topshiriq hamda ingliz tili fanidan 40 ta savol (test shaklida)
🌐Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
❗️Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿 Bugun, 30-iyun - yurtimizda "Yoshlar kuni".
Muallima.uz jamoasi yurtimizdagi barcha yoshlarni "Yoshlar kuni" bilan chin dildan tabriklaydi.
Barchangizning orzularingiz ushalishiga, mehnatingiz munosib natijalar berishiga tilakdoshmiz.
🎉 Bayraminigiz muborak bo'lsin, aziz yoshlar!
Dunyoning “Top-100” oliygohiga kirgan yoshlarga “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari qo‘shimcha imtihonlarsiz ajratiladi
“Top-500”ta oliygoh grantini olgan farzandlarimizga aviachipta va yotoqxona xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Bu maqsadlar uchun har yili 200 million dollar ajratiladi. Bu haqda jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
“Dunyoning “Top-100”ta oliygohiga grantga kirayotgan o‘g‘il-qizlarimiz soni tobora ko‘paymoqda. Mamlakatimizning “Oltin fondi” bo‘lgan ushbu iqtidorli yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz zarur. Endi, ularga “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari qo‘shimcha imtihonlarsiz ajratiladi. “Top-500”ta oliygoh grantini olgan farzandlarimizga aviachipta va yotoqxona xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Bu maqsadlar uchun har yili 200 million dollar ajratiladi”, dedi nomzod.
@muallimauz
“Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining haftalik yuklamasi 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilariniki 20 soatdan 18 soatga tushiriladi.
Bu orqali, to‘liq stavkada ishlamayotgan jami 150 ming nafar muallimning oyligi o‘rtacha 30 foizga oshiriladi” — Shavkat Mirziyoyev.
@muallimauz