⚡️Kelgusi oʻquv yilidan boshlab milliy sertifikatga ega boʻlgan “Oʻzbek tili va adabiyoti” fani oʻqituvchilariga 50 foiz ustama toʻlanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishda oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Prezident “Oʻzbek tili va adabiyoti” fani oʻqituvchilariga ham xalqaro sertifikatga ega boʻlgan boshqa fan oʻqituvchilaridan kam boʻlmagan miqdorda qoʻshimcha haq toʻlanishi adolatdan boʻlishini taʼkidladi. Shu maqsadda milliy sertifikatga ega boʻlgan “Oʻzbek tili va adabiyoti” fani oʻqituvchilariga kelgusi oʻquv yilidan boshlab 50 foiz ustama toʻlanadi.
Oʻzbek tili boʻyicha xalqaro fan olimpiadasi oʻtkazilishi, gʻolib va sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanishi hamda oliygohlarga oʻzbek tili filologiyasi yoʻnalishi boʻyicha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinishi belgilandi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⭕️⭕️⭕️Farzandingizni vaqtini behuda sarflashini istamaysizmi? Uni kitob o'qishga qiziqishini oshirishni xohlaysizmi? Unda o'zingiz kitob o'qishda o'rnak bo'lishni boshlang. Onalar uchun tavsiya qilinadigan eng sara kitoblar:
1.Baqirmaydigan onalar,
2.Jazosiz tarbiya
3.Jazosiz tarbiya 2
4. Uchdan keyin kech
5. Sohilsiz dengiz
6. Men bolamni urmayman
7. Bolalar muvaffaqqiyatga qanday erishadilar
8. Darslar oramizni buzolmaydi
9. Bolangizni yaxshi bilasizmi?
10. Iymon va huzun
Bugun, 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
Barchangizni 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Malaka toifasi berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxati
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 5-7-dekabr kunlari Respublikamizning 20 ta tuman (shahar)larida pedagoglarga malaka toifasi berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan o‘tkaziladi.
👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
6-dekabr kuni Qorauzak tumanidagi 26-maktab
📍Qora‘zak tumani, Yesim MFY, Bereket ko‘chasi, 1-uy
👉 Qashqadaryo viloyati
6-7-dekabr kunlari Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish hududiy markazi
📍Qarshi shahar Olimlar ko‘chasi 2-uy
👉 Buxoro viloyati
6-dekabr kuni Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish hududiy markazi
📍Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasi 15-uy
👉 Navoiy viloyati
6-dekabr kuni Navoiy shahridagi 8-umumta’lim maktabi
📍 Navoiy shahri G‘alaba shohko‘chasi 129-uy
👉 Jizzax viloyati
6-7-dekabr kunlari Jizzax shahridagi 8-umumta’lim maktabi
📍Jizzax shahri Uchariq mahallasi O‘zbekiston ko‘chasi 48-uy
👉 Andijon viloyati
6-7 -dekabr kunlari Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish hududiy markazi
📍 Andijon shahri Istiqlol ko‘chasi 8-uy
👉 Namangan viloyati
6-dekabr kuni Yangi Namangan tumanidagi 86-umumta’lim maktabi
📍Yangi Namangan tumani, Yoshlik MFY, 2-Tabarruk ko‘chasi 10-uy
* Manzillar ro‘yxati to‘ldirilmoqda
⭕️⭕️⭕️
Maktab o‘qituvchilarini diagnostika testidan o‘tkazish muddatlari bilan tanishing
Demak, 4–15-dekabr kunlari respublika bo'yicha barcha o‘qituvchilar o‘zlari dars beradigan asosiy fan bo‘yicha test topshiradilar. Fan o'qituvchilarini diagnostika testidan o‘tkazish muddatlari quyidagicha:
✅4-dekabr kuni
O‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari (ona tili va adabiyoti);
Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari.
✅4–5-dekabr kunlari
➖Rus tili fani (o‘zbek va qardosh tillardagi sinflarda) o‘qituvchilari.
✅5–6-dekabr kunlari
➖Ingliz tili fani o‘qituvchilari;
➖Nemis tili fani o‘qituvchilari.
✅6-dekabr kuni
➖Fransuz tili fani o‘qituvchilari;
➖Davlat (o‘zbek) tili fani o‘qituvchilari;
➖Davlat (qoraqalpoq) tili fani o‘qituvchilari;
➖Kimyo fani o‘qituvchilari;
➖Rus tili va adabiyoti fani (rus sinflarda) o‘qituvchilari;
➖Umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari.
✅7-dekabr kuni
➖Biologiya fani o‘qituvchilari;
➖Geografiya fani o‘qituvchilari;
➖Fizika fani o‘qituvchilari.
✅7–9-dekabr kunlari
➖Matematika fani o‘qituvchilari.
✅9-dekabr kuni
➖Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari.
✅9–11-dekabr kunlari
➖Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari.
✅11-dekabr kuni
➖Tarix fani o‘qituvchilari;
➖Davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchilari;
➖Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari.
✅11–12-dekabr kunlari
➖Tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchilari.
✅12-dekabr kuni
➖Texnologiya fani o‘qituvchilari;
➖Iqtisodiy bilim asoslari fani o‘qituvchilari;
➖Tarbiya fani o‘qituvchilari;
➖Maxsus maktab internatlari tarbiyachilari.
✅13–15-dekabr kunlari
➖Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari (o‘zbek sinflarda).
✅15-dekabr kuni
➖Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari (qoraqalpoq sinflarda);
➖Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari (rus sinflarda).
✅Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 👍Telegram👍 Sayt 👍Fecebook 👍 Instagram
MALAKA TOIFA BERISHNING YANGI TARTIBI TAJRIBA-SINOVDAN O‘TKAZILADI
Tajriba-sinov jarayonlari 2022-yilgi attestatsiyada nisbatan past ko‘rsatkichlarni qayd etgan tuman va shaharlarda o‘tkazilishi belgilagan.
Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar uchun toifa berishning yangi tartibi asosida o‘tkaziladigan tajriba-sinov jarayonlari 5-7-dekabr kunlari quyidagi tuman va shaharlarda o‘tkaziladi:
1. Xorazm viloyati - Hazorasp tumani;
2. Buxoro viloyati - Olot tumani;
3. Navoiy viloyati - Konimex tumani;
4. Farg‘ona viloyati - Oltiariq tumani;
5. Namangan viloyati - Yangi Namangan tumani;
6. Toshkent shahri - Yangihayot tumani;
7. Samarqand viloyati - Urgut tumani;
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi -Qorao‘zak tumani;
9. Andijon viloyati - Andijon shahri va Paxtaobod tumani;
10. Surxondaryo viloyati - Boysun va Sherobod tumanlari;
11. Sirdaryo viloyati - Sayxunobod va Sirdaryo tumanlari;
12. Jizzax viloyati - Baxmal va G‘allaorol tumanlari;
13. Toshkent viloyati - Bo‘ka va Ohangaron tumanlari;
14. Qashqadaryo viloyati - Qamashi va Chiroqchi tumanlari;
Qayd etish joizki, malaka, sinov aprobatsiyasi natijalaridan test topshiriqlari va tajriba jarayonlari tahlili uchun foydalaniladi.
⚠️Pedagoglarni tajriba-sinovda qatnashganlik natijalari ularga malaka toifalarini belgilashda yoki lavozimiga loyiqlik masalalarini ko‘rib chiqishga taʼsir qilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinishi 2024-yildan boshlab o‘tkazilishi belgilangan. Malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarni o‘tkazishga moratoriy joriy etilgan bo‘lib, moratoriy davomida pedagog kadrlar navbatdagi malaka toifasini olish sinovlariga jalb etilmasligi hamda ularning malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikatning amal qilish muddati navbatdagi sinovlarga jalb qilinguniga qadar avtomatik ravishda uzaytirilishi belgilab qo‘yilgan.
Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.
📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 25-26-noyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 27-30-noyabr va 1-, 4-7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
👨🏻💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin pasport yoki ID-karta bilan kelishlari so‘raladi.
Izoh: Test sinovi natijalari imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.
Dekabr oyidan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshiriladi
✅Oshiriladigan maoshlar boʼyicha hisoblanganda pedagog xodimlar dekabr oyidan boshlab quyidagicha oylik oladilar:
Maktab direktori:
🔵4 mln 084 ming 179 soʼm (400 oʼquvchigacha)
🔵4 mln 360 ming 917 soʼm (401-880 oʼquvchigacha)
🔵4 mln 624 ming 262 soʼm (881-1600 oʼquvchigacha)
🔵4 mln 891 ming 647 soʼm (1600dan ortiq)
Direktor oʼrinbosarlari: (MMIBDOʼ, OʼTIBDOʼ):
🔵3 mln 814 ming 502 soʼm (400 oʼquvchigacha)
🔵4 mln 084 ming 179 soʼm (401-880 oʼquvchigacha)
🔵4 mln 360 ming 917 soʼm (881-1600 oʼquvchigacha)
🔵4 mln 624 ming 262 soʼm (1600dan ortiq)
Direktorning hoʼjalik ishlari boʼyicha oʼrinbosari:
🔵1 mln 618 ming 065 soʼm (400 oʼquvchigacha)
🔵1 mln 765 ming 457 soʼm (401-880 oʼquvchigacha)
🔵1 mln 919 ming 114 soʼm (881-1600 oʼquvchigacha)
🔵2 mln 078 ming 589 soʼm (1600dan ortiq)
ChQBT rahbari: 2 mln 948 ming 543 soʼm
2024 yil 15 yanvardan boshlab ChQBT rahbari:
🔵Mutaxassis – 2 mln 948 ming 543 soʼm;
🔵Ikkinchi toifali – 3 mln 301 ming 055 soʼm;
🔵Birinchi toifali – 3 mln 678 ming 381 soʼm;
🔵Oliy toifali – 4 mln 064 ming 865 soʼm
Psixologlar:
🔵Oliy maʼlumotli psixolog – 2 mln 653 ming 689 soʼm
🔵Ikkinchi toifali psixolog – 2 mln 841 ming 780 soʼm
🔵Birinchi toifali psixolog – 3 mln 034 ming 666 soʼm
🔵Oliy toifali psixolog – 3 mln 219 ming 374 soʼm
Oʼqituvchilar:
🔵Oʼrta maxsus maʼlumotli oʼqituvchi – 2 mln 756 ming 194 soʼm
🔵Oliy maʼlumotli oʼqituvchi – 2 mln 948 ming 543 soʼm
🔵Ikkinchi toifali oʼqituvchi – 3 mln 301 ming 055 soʼm
🔵Birinchi toifali oʼqituvchi – 3 mln 678 ming 381 soʼm
🔵Oliy toifali oʼqituvchi – 4 mln 064 ming 865 soʼm
🔵Maktab laboranti (1 st)– 1 mln 458 ming 770 soʼm
Kutubxona mudiri:
🔵Oʼrta maxsus maʼlumotli – 1 mln 941 ming 691 soʼm
🔵Oliy maʼlumotli – 2 mln 118 ming 548 soʼm
Kutubxonachi:
🔵Oʼrta maxsus maʼlumotli – 1 mln 683 ming 734 soʼm
🔵Oliy maʼlumotli – 1 mln 772 ming 354 soʼm
💬 Izoh: 2024-yil 15 -yanvardan boshlab ChQBT rahbarlariga ham boshqa fan oʼqituvchilari singari malaka toifasi berish tartibi yoʼlga qoʼyiladi. Shundan soʼng ularning oylik maoshi ham malaka toifasiga koʼra farqlanadi
@muallimauz
❗️ 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshiriladi
O‘zAning xabar berishicha, Prezident farmoniga (196-son, 17.11.2023-yil) ko‘ra, joriy yil 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshirilmoqda, yaʼni:
— pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — 372 ming so‘m;
— yoshga doir eng kam pensiya miqdori — 725 ming so‘m;
— mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 mln 50 ming so‘m etib belgilanmoqda.
Prezidentning farmoni natijasida 4,5 mln kishining pensiyasi va nafaqalari miqdori ko‘payadi va barcha byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari dekabrdan boshlab 7% ga oshgan holda hisoblanadi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, bazaviy hisoblash miqdori 1-dekabrdan 3% miqdorda (7% emas) o‘zgarib, 340 ming so‘m etib belgilanmoqda. Umuman olganda yil davomida ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar jami 14,5% ga oshgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdori esa bundan kamroq, yaʼni 13% ni tashkil etdi.
@muallimauz
#yangiliklar
Ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha malaka oshirish kurslari endi “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida
✅Respublikamizdagi koʻp sonli boshlang‘ich ta’lim oʻqituvchilariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida boshlangʻich sinf fanlari (Informatika va AT, Matematika, Ona tili, Oʻqish savodxonligi, Alifbe, Tarbiya, Texnologiya, Tasviriy sanʼat va Tabiiy fanlar) boʻyicha “Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusidagi malaka oshirish kursi “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida tashkil etildi.
Endi siz profilingizda joylashgan “Maqsadli kurslar” sahifasi orqali ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tayyorlangan videodarslar va taqdimot materiallari bilan tanishishingiz va yuklab olishingiz mumkin.
✉️Kurs yakunida sizga ushbu kursni oʻqiganligingiz haqida sertifikat taqdim etiladi.
✅ Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida “Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida malaka oshirish kurslari tashkil qilingan edi.
💻 Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun moʻljallangan o‘quv kursining birinchi bosqichi joriy yilning 14-17-avgust kunlari Toshkent shahrida takshil etilgan boʻlib, ushbu kurslarda Respublika boʻyicha 304 nafar pedagoglar trener sifatida tayyorlandi.
Ikkinchi bosqichi Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida davom ettirildi va bunga 10 ming nafardan ziyod boshlang‘ich ta’lim metodik birlashma rahbarlari jalb etildi.
⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
1-Oktabr – “Ustoz va murabbiylar” kuni
Yurtimizdagi barcha mehribon ustozlarimizni “Ustoz va murabbiylar” bayrami bilan chin dildan muborakbod etamiz.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamkorligida "Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi" tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlov shu yilning 22-sentyabr – 20-oktyabr kunlari oralig‘ida o‘tkazilib, 3 bosqichda tashkil etiladi.
Tanlov g‘oliblari 25 million so‘mlik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, 2-o‘rin sohiblariga (2 nafar) monoblok, 3-o‘rin sohiblariga (2 nafar) noutbuk hamda nominatsiyalar g‘oliblariga turli xil esdalik sovg‘alari tadqim etiladi.
⚡️Ota-onalar diqqatiga: Sogʻliqni saqlash vazirligining koʻrsatmasiga asosan, barcha maktab va bogʻchalarga tarqatilgan yod preparati isteʼmoli toʻxtatildi.
☝️Vaziyat oydinlashib, ushbu doriining sogʻliq uchun xavsizligi toʻliq taʼminlangunga qadar ota-onalar ushbu dori vositasini dorixonalardan ham sotib olmay turganlari maʼqul.
🧑🏫ODDIY MUALLIM
Hokimiyatdan kelib do‘qlar urdi kim,
Darsingni tekshirdi kirib allakim,
Seni tekshirmagan yana qoldi kim,
Bariga chidading boshing egib jim,
Ey oddiy muallim, oddiy muallim.
Yo‘q, senga ro‘shnolik bermadi bir dam,
Dilingni dog‘ladi, ko‘zing qildi nam,
,, KRU" kelib qirqdi ustamangni ham,
Jarima chiqardi to‘lading-ku jim,
Ey oddiy muallim, oddiy muallim.
Ovoz to‘pla dedi,, OPЕN BUDJET"ga,
Suvga tashladilar, otdilar o‘tga,
Mukofot kelganda qolding bir chetda,
O‘rningga maqtov-u, olqish oldi kim,
Ey oddiy muallim, oddiy muallim.
,, OSHIRAMIZ " deya tiling qildi lol,
,, MING DOLLAR"ni kutib qadding bo‘ldi dol,
Tashlab qo‘ydi yana oldingga pahol,
Orzular qalbingda edi-ku lim, lim,
Ey oddiy muallim, oddiy muallim.
Hamma senga rahbar, hammasi boshliq,
O‘zing o‘qitganing kelib qilar niq,
Shuncha mehnatingga bir,,FAXRIY YORLIQ"
,, MUKOFOT " yo‘q bo‘ldi indamading jim,
Ey oddiy muallim, oddiy muallim.
Sening tosh sabringga tog‘lar ham cho‘kdi,
Kelib kaltakladi burdingni to‘kdi,
Vijdonsiz, imonsiz deb seni so‘kdi,
Hammasiga javob kulib qo‘yding jim,
Ey oddiy muallim, oddiy muallim.
Sening buyukliging kim bilibdi kim,
Ey oddiy muallim, oddiy muallim.
✍️Xurshid Karim
16.09.2023
⭕️⭕️⭕️ Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi
✅ Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimidagi umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining II chorak so‘nggi kuni 2023-yil 27-dekabr, qishki ta’tilning ilk kuni 28-dekabr sanaladi.
✅ Ta’til 2024-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi.
❗️III chorak darslari 2024-yil 11-yanvardan boshlanadi.
***
✅ Зимние каникулы в школах начнутся с 28 декабря
📣Последним днём учебы II четверти текущего учебного года для учащихся общеобразовательных, творческих, специализированных школ и школ-интернатов системы Министерства дошкольного и школьного образования будет 27 декабря 2023 года.
Зимние каникулы начнутся с 28 декабря 2023 года.
➖ Каникулы продлятся 14 календарных дней до 10 января 2024 года.
❗️Занятия III четверти начнутся 11 января 2024 года
⭕️⭕️⭕️
Diagnostika testidan o'ta olmaslik degan tushuncha yo'q
Ko'pchilik ustozlarimiz ayni kunlarda fanlar kesimida topshirilayotgan diagnostika tetslaridan xavotir bilidirishmoqda. Ustozlar buning uchun hech qanday xavotir olishga hojat yo'q.
Bu yerda malaka toifa (attestatsiya) berishning yangi shakli sinov tariqasida o'tkazilayotgani va malaka oshirishning diagnostika testlari bir vaqtda bo'lib o'tayotganligi ayrim ustozlarimizda chalkashlikni paydo qilmoqda.
Ustozlar malaka toifa (attestatsiya) olish boshqa narsa, malaka oshirish boshqa narsa.
Agarda diagnostika testini kam yechsangiz, kelgusi yilda an'anaviy (oflayn) tarzda bir haftalik malaka oshirasiz. Ko'p yechsangiz kelasi yilda onlayn tarzda malaka oshirasiz. Diagnostika testi faqat shuni aniqlashtish va 2024-yildan tabaqalashtirilgan malaka oshirishni tashkil etish maqsadida o'tkazilyapti.
Diagnostika testi natijalari hech qayerda e'lon qilinmaydi hamda past natija qayd etgan xodimlarga nisbatan biror chora ko'rishni nazarda tutmaydi.
Diagnostika testlariga maktablarda ishlayotgan talabalar va rahbar xodimlar jalb etilmaydi. Shuningdek, ro'yxatdan o'tish uchun pedagog xodim ERP ma'lumotlar bazasiga kiritilgan bo'lishi lozim.
Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tizimining tajriba-sinov jarayonlariga start berildi.
Bugun ushbu jarayonlar Toshkent shahridagi maktab o’qituvchilari uchun bo’lib o’tadi.
Test sinovlarining 1-smenasi soat 11:00 da boshlandi.
2-smena jarayonlari soat 14:00 da o’tkazilishi rejalashtirilgan.
👉 Malaka toifasi berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxati
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#bola_tarbiyasi
✅Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 👍Telegram👍 Sayt 👍Fecebook 👍 Instagram
Maktab o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalari onlayn diagnostikadan o‘tkaziladi
2023-yilning 4-15-dekabr kunlari maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari onlayn diagnostikadan o‘tkaziladi.
Bunda o‘qituvchilar o‘zlariga qulay joy va belgilangan vaqtda diagnostikaga doir topshiriqlarni onlinedu.uz platformasi orqali bajarishlari mumkin bo'ladi.
Diagnostikada pedagog kadrlarning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi hamda pedagogik mahorati test topshiriqlari asosida sinovdan o‘tkaziladi.
Diagnostika natijalariga ko‘ra, o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlari aniqlanadi. O‘qituvchilar tabaqalashgan taʼlim dasturlari asosida kasbiy ehtiyojiga mos malaka oshirish kurslariga jalb etiladi.
Tabaqalashgan taʼlim dasturlarida malaka oshirish kurslarining mazmuni o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
2024-yildan boshlab, yuqori natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar onlayn (masofaviy) taʼlim shaklidagi malaka oshirish kurslariga jalb etiladi, past natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar offlayn (anʼanaviy) shakldagi malaka oshirish kurslariga yuboriladi.
Qayd etish joizki, diagnostika jarayonlari kasbiy ehtiyojlarni aniqlashga qaratilgan bo‘lib, uning natijalari o‘qituvchilarning mehnat faoliyatiga hech qanday huquqiy va moliyaviy taʼsir ko‘rsatmaydi.
Quyida fanlar kesimida o‘qituvchilarning diagnostikadan o‘tish reja-jadvali bilan tanishishingiz mumkin. ✅Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 👍Telegram👍 Sayt 👍Fecebook 👍 Instagram
⭕️⭕️⭕️
Talabalar uchun qishki ta'til 25-dekabrdan boshlanadi
Barcha oliy, o'rta maxsus va professional ta'lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta'til muddati 2023-yilning 25-dekabridan 2024-yilning 7-yanvariga qadar etib belgilandi.
❤️🔥Dars jarayonlari 2024-yil 8-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
✅Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 👍Telegram👍 Sayt 👍Fecebook 👍 Instagram
⚡️ O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi
📣 2023-yil 29-oktabr kuni o‘tkazilgan o‘zbek tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.
✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:
🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;
🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.
❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Bilasizmi
Bugungi kunda sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun quyidagi miqdorda qo‘shimcha haq to‘lab berilmoqda:
➖15 nafar o‘quvchigacha — 258 ming 720 so‘m;
➖16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 309 ming 680 so‘m;
➖21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 361 ming 620 so‘m;
➖26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 412 ming 580 so‘m;
➖31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 517 ming 440 so‘m.
Joriy yil 1-dekabridan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar oshirilishi hisobiga sinf rahbarligi uchun quyidagicha haq to'lanadi:
➖15 nafar o‘quvchigacha — 277 ming 200 so‘m;
➖16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 331 ming 800 so‘m;
➖21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 387 ming 450 so‘m;
➖26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 442 ming 050 so‘m;
➖31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 554 ming 400 so‘m.
❗️Ertaga barcha maktablarda 2-chorakning birinchi oʻqish kuni boshlanadi
Maktab oʻquvchilari uchun kuzgi taʼtil 6 kalendar kun, yaʼni 9-noyabrgacha davom etadi, II chorak esa 10-noyabr (juma) kunidan boshlanadi.
II chorak darslari esa 27-dekabr kuniga qadar davom etadi, qishki taʼtil 28-dekabrdan boshlanib, 14 kalendar kun davom etadi.
🔔MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN KUZGI TA’TIL 4-NOYABRDAN BOSHLANADI
💠Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 3-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4- noyabr kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi.
➡️Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi.
II chorak esa 10-noyabrdan boshlanadi.
✅Qayd etish joizki, o‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaroriga asosan belgilanadi.
« Muallima.uz» sahifalari 👇 📱Telegram|🌍Sayt|📸Instagram|📹Youtube 📱Fecebook
⚡️Таълим тажриба ўтказадиган соҳа эмас — мутахассис
Миллий таълим дарсликларини чиқариш ҳайдовчилардан имтиҳон оладиган хусусий ташкилотлар қўлига ўтиб кетди.
Rost24.uz “Novda” томонидан Ўзбекистондаги мактаблар учун яратилган дарсликлар масаласида эксперт Комил Жалилов билан суҳбатлашди.
Унинг айтишича, янги мактаб дарсликларида амалда айтилганидек Финляндия эмас, кўпроқ Россия ва Қозоғистон тажрибаси бор.
Батафсил: https://rost24.uz/uz/news/1713
Тўлиқ видео: https://www.youtube.com/watch?v=LNWU6AAgYs0
Каналга уланиш: /channel/rost_24uz
“Oddiy muallim-da, oddiy muallim!”
Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o'sha behasham...
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq
Kimlardir o'qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zotga xarf o'rgatgan kim?...
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Tuproqdek hokisor, bezota jonlar,
Ammo qanotida tog'dek ulug'vor,
Ammo Temurdayin Sohibqironlar Pirim deb, etgain o'pgan bor.
Qaysar joxongirga yo'l ko'rsatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yo'qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrapni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni - Ibn Sinolar qilgan,
lloh so'z o'rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko'targan qo'ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g'ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogirdin o'ylab yotgan kim?...
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko'rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bebaho tilsim
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yuzga kiraman men Xudo xohlasa,
Yuz yildan keyin bir mo'min o'rtog'im
Ko'zim yopib qo'ysa, jag'im bog'lasa,
So'nggi safar sari otlangan chog'im,
Faqat bir kimsadan bo'ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim! «Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
Alifbo islohoti — 4 ta harfning yangi shakli loyihasi eʼlon qilindi
5-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev toshkentlik saylovchilar bilan saylovoldi uchrashuvida “ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish boʻyicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur” deya taʼkidlagan edi.
Ayni daqiqalarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan respublika ilmiy-nazariy konferensiya” boʻlib oʻtmoqda.
Konferensiyada taklif sifatida Ishchi guruh tomonidan 28 ta harf, 1 ta harflar birikmasi va tutuq belgisidan tarkib topgan takomillashtirilgan alifbo loyihasi eʼlon qilindi. Bu haqda OʻzA muxbiri xabar bermoqda.
Bunda quyidagi 4 ta harf shaklini biroz oʻzgartirish taklif etilmoqda:
Oʻ => Õ õ
Gʻ => Ğ ğ
Ch => S s
Sh => Ş ş
Konferensiya ishi davom etmoqda.
#Yorqin_millat
📣 20-sentabrdan boshlab har chorshanba kuni barcha maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yod preparatlarini bepul tarqatish boshlanadi
✅ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5198-sonli Qarori imzolangan bo'lib, mazkur Qaror doirasida jumladan, 3-15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan bepul ta’minlash belgilangan.
⚡️Yod rivojlanayotgan organizm uchun eng muhim moddalardan biri hisoblanadi. Yod tanqisligi quyidagilarga olib kelishi mumkin:
➖ bo'qoqning rivojlanishi ,
➖qalqonsimon bez disfunksiyasi
➖bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishini sekinlashishi,
➖kretinizm.
❕Bolalarda yod tanqisligining eng og'ir oqibati ularning aqliy va jismoniy rivojlanishidagi kechikishdir.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
♾Diqqat_tanlov!
📣📣 Aziz o’quvchilar!
❓1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozingizni noodatiy yo'l bilan xursand qilmoqchimisiz?
✅ Unda biz sizga shunday imkon beramiz!
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bugungi kunda yuqori sinf o’quvchilarining ijtimoiy tarmoqdagi faolliklari, ular tomonidan ishlanayotgan roliklarning trendga chiqayotganini inobatga olib, ushbu mahorat evaziga rag'batga ega bo'lishga chorlab qoladi.
❗️O'qituvchingiz haqida rolik suratga oling va ustozingiz uchun sovg'a yutib oling!
⚠️Xo’sh, buning shartlari qanday?
➖ Rolik davomiyligi 2 daqiqadan oshmasligi kerak;
➖Ushbu postni o‘z sahifangizda bo‘lishishingiz lozim (bo‘lishganda sahifangiz ochiq bo‘lsin);
➖Ijodiy ishingizni #Ustozimga xeshtegi bilan o‘z sahifangizda ham, vazirlikning Facebook sahifasida ushbu tanlov e'lon qilingan post ostida ham bo‘lishing.
✔️ Jamoatchilik tomonidan eng ko'p layk yiqqan ijodiy ish tanlov g’olibi deb topiladi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdirlanadi.
🥇1-o'rin - monoblok
🥈2-o'rin - kompyuter
🥉3-o'rin - noutbuk
❕Roliklarni tayyorlashda ijodiy yondashuv olqishlanadi.
❗️Tanlovda qatnashish huquqiga faqat barcha shartlarni bajargan ishtirokchilar ega bo’ladi.
⚡️Tanlov g'oliblari 28-sentabr kuni soat 1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣ da e'lon qilinadi.
⏳Vaqt ketdi!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram