muallimauz | Unsorted

Telegram-канал muallimauz - Muallima.uz| Rasmiy kanal

-

🌐 Muallima.uz rasmiy saytining rasmiy telegram kanali Barcha pedagoglar uchun eng so'nggi yangiliklar, sifatli metodik manbalar Yaxshi muallim- sifatli ta'lim! Murojaat uchun - @Muallimauz_bot

Subscribe to a channel

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⚠️ ⭕️⭕️⭕️!!!  Vazir jamg'armasi bo'yicha 1-bosqich test sinovlarini oʻtkazish tartibi

🎓Nomzodlar ro'yxati Ishchi guruh tomonidan Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etiladi va Agentlik tomonidan nazorat materiallari tayyorlanadi.

📆Test sinovlari oʻtkaziladigan joyi, kuni va vaqti haqida Nomzod pedagoglarga hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan xabar beriladi.

⚠️Test sinovida ishtirok etish uchun Nomzod pedagoglardan shaxsni tasdiqlovchi hujjatning (biometrik passport/ID-karta) asl nusxasini taqdim etish soʻraladi. Asl nusxa taqdim etilmagan taqdirda Nomzod pedagog test sinovlariga qoʻyilmaydi.

📝 Nomzod pedagoglardan dars beradigan fanlari boʻyicha 40 ta savoldan iborat test sinovlari oʻtkaziladi.

Test sinovlari uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 100 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir toʻgʻri javob uchun 2,5 ball beriladi.

📊 1-bosqich test sinovi natijasiga koʻra maksimal ballning 80 foizidan past natija koʻrsatgan nomzodlar saralashning ikkinchi bosqichiga qoʻyilmaydi, maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar 2-bosqichga yoʻl oladi.

👎1-bosqich test sinovlari natijasiga koʻra maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija koʻrsatgan pedagoglarning natijasi 2-bosqichga chiqishiga asos
sifatida foydalaniladi va ushbu natija 2-bosqich boʻyicha olgan natijasiga qoʻshilmaydi.

2-bosqichda — kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat oʻtkazish tartibi va mezonlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.

1-bosqich test natijalari e’lon qilingandan soʻng uch ish kunida Nomzod pedagog kadrlar test topshiriqlari boʻyicha Bilim va malakalarni baholash agentligiga shikoyat qilishi mumkin.

Test topshiriqlari bo‘yicha Nomzod pedagog kadrlar shikoyati Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ko‘rib chiqiladi va yozma shaklda javob beriladi

@muallimauz

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⚡️ Matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 24-dekabr kuni o‘tkazilgan matematika hamda rus tili va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹  60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Attestatsiyada ishtirok etuvchi pedagoglar uchun qulaylik!

Xabar berganimizdek, yanvar-iyun oylari attestatsiyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish bugun, 15-yanvardan boshlanadi.

❗️Bu muhim! pedkadr.uzedu.uz platformasidan foydalanish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi videoyo‘riqnoma ko‘rsatmalari bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi.

Eslatma!
Murojaatlarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 👉 https://pedkadr.uzedu.uz/ - platformasidan tashqari

📍Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 👉 my.gov.uz/uz

📍Davlat xizmatlari markazlari orqali ham yuborish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanal

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️O'qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni qachondan boshlanadi?

Avvalroq ommalashtirish.uz platformasi ancha vaqtdan buyon ishlamayotgani haqida xabar bergandik.

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi axborot xizmati ommalashtirish.uz platformasi nega ishlamayotgani va u qachondan boshlab ishga tushishi mumkinligi haqida ma'lumot berdi.

Unda aytilishicha, ayni vaqtda pedagog xodimlar ish tajribalarini ommalashtirishning tezkor va aniq yo'nalishlarini joriy qilish maqsadida ishlar olib borilmoqda.

Ya'ni, ommalashtirish tartibiga biroz o'zgartirishlar kiritilmoqda. Ushbu jarayonlar yakuniga yetgandan so'ng ommalashtirish.uz platformasi yana qayta ishga tushiriladi.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Malaka toifa uchun necha ball to'plash kerak

@muallimauz

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️O'qituvchilarning diagnostika test natijalarida yiqqan ballariga ko'ra qanday shaklda malaka oshirishi ma'lum bo'ldi

4–15-dekabr kunlari maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan fan o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari diagnostika testidan o‘tkazilgandi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 577-sonli buyrug'i bilan rahbar va pedagog xodimlarning 2024-yil uchun malaka oshirish kurslarida o'qitish rejasi tasdiqlandi.

🚩Shuningdek, o'qituvchilarning diagnostika testida yiqqan ballariga ko'ra malaka oshirish shakli quyidagicha belgilandi:

🚩 76-100 ball natija ko'rsatgan pedagoglar birinchi tabaqaga mansub o'quv dasturi asosida 3 yil ishdan ajralmagan holda (onlayn);

🚩 56-75 ball natija ko'rsatgan pedagoglar ikkinchi tabaqaga mansub o'quv dastur asosida 1-yili ishdan ajralmagan holda (onlayn), 2-yili ishdan ajralgan holda (offlayn), 3-yili esa ishdan ajralmagan holda (onlayn);

🚩 31-55 ball natija ko'rsatgan pedagoglar uchinchi tabaqaga mansub o'quv dasturi asosida 1-yili ishdan ajralgan holda (offlayn), 2-yili ishdan ajralmagan holda (onlayn), 3-yili ishdan ajralgan holda (offlayn);

🚩 0-30 ball natija ko'rsatgan pedagoglar to'rtinchi tabaqaga mansub o'quv dasturi asosida 3 yil ishdan ajralgan holda (offlayn) malaka oshiradi.

👉 /channel/muallimauz

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Bugun barcha pedagog xodimlarning oylik maoshlari 100 foiz to'lab berilishi ma'lum qilindi

Yaqinda pedagog xodimlarning oylik maoshlari kechikishi mumkinligi, bunga esa ikkita asosiy sabab borligi haqida xabar bergandik.

Ishonchli manbalarimiz tomonidan tasdiqlangan ma'lumotlarga ko'ra kecha kechasi bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Gʻaznachilik qo‘mitasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi tizimining hududiy bo‘limi moliyachilari erta tonga qadar xodimlarning ish haqlarini o‘tkazib berish bo‘yicha ishlar olib borishgan.

Chunki, “UzASBO-2” tizimi ham kecha kechki vaqtda ishlashni boshlagan. Ayni damda pedagog xodimlarning ish haqlari tegishli banklarga 100 foiz o‘tkazib berilgan. Hozirda oylik maoshlarni tegishli banklardan xodimlarning plastik kartalariga o‘tkazish choralari ko‘rilyapti.

O‘zbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh mutaxassisi L.Turikovaning bizga ma'lum qilishicha, ushbu jarayonlarning barchasi Respublika kengashi nazorati ostida.

Ertalabdan buyon barcha hududlardan ish haqi to‘langanligi to‘g‘risida SMS xabarlar kelmoqda. Ko'plab hududlarda oylik maoshlar 100 foiz to‘lab berilganligi to‘g‘risidagi tasdiqlangan ma’lumotlar mavjud. Bugun kechga qadar barcha hududlarda pedagoglar va xodimlarning 100 foiz ish haqlarini to'lab berish ta'minlanadi – deya ma'lum qildi O‘zbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh mutaxassisi L.Turikova

👉/channel/xalqtaliminfo

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️

Siz mashhur kanal –@muallimauz obunachisisiz. Endi sevimli kanalingiz boshqalar orasida ajralib turishi uchun uning koʻrinishini moslashtirishingiz mumkin.

Bu funksiyalar ekskluziv hisoblanadi va ulardan foydalanishingiz uchun kanalingiz muayyan darajaga yetishi talab qilinadi. Shunchaki sizlardan ushbu havola yordamida kanalga ovoz berishlarini soʻrang: /channel/muallimauz?boost
Kanalingiz koʻproq ovozlarni olgani sari uning darajasi oshadi va har bir daraja qoʻshimcha imtiyozlarni ochadi.
Shuningdek, tasodifiy obunachilarga Telegram Premium hadya qilish orqali kanalingizda 🎁 yutuqli oʻyin oʻtkazishingiz mumkin. Har bir hadya qilingan obuna kanalingizga 4 ta ovoz qoʻshadi. Yutuqli oʻyin funksiyasi hozirgina yangilandi – endi u uzunroq davomiylik, qoʻshimcha mukofotlarni kiritish imkoniyati va gʻoliblarning ommaviy roʻyxatini taklif qiladi.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️Maktabgacha, umumiy oʼrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi

2023-yil 29-dekabrda Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha, umumiy oʼrta, oʼrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʼtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish haqida”gi 692-son qarori tasdiqlandi.

@muallimauz

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️Onlayn olimpiadalar davom etadi!

2024-yil 3—10-yanvar kunlari  matematika, fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkin.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar  soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

👉 olympiad.uzedu.uz

📌 Onlayn olimpiadalar tizimidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

@muallimauz

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️
Yangi 2024-yil Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili deb e'lon qilindi

@muallimauz

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi

2023-yil 29-dekabrda Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 692-son qarori tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Bunda:

malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi;

maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Siz qaysi tabaqadagi o‘quv reja asosida malaka oshirasiz?

Xabaringiz bor, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan joriy yilning 4 – 15-dekabr kunlari maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlari diagnostikadan o‘tkazilgan edi.

Diagnostika natijalari tahlil qilindi hamda pedagoglar ehtiyojlaridan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan o‘quv reja va dasturlar ishlab chiqildi.

➡️ Kelgusi 3 yil davomida pedagoglar qaysi tabaqadagi o‘quv reja va taʼlim shakllarida malaka oshirishi haqida yuqoridagi video yo‘riqnoma orqali bilib olishlari mumkin.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Prezident farmoni bilan 2024-yil 2-yanvar qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Shunga ko‘ra, Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket to‘rt kun dam oladi:

➡️ 30-dekabr (o‘tgan yilgi farmonga ko‘ra qo‘shimcha dam olish kuni)
➡️ 31-dekabr (yakshanba);
➡️ 1-yanvar (Yangi yil bayrami);
➡️ 2-yanvar (qo‘shimcha dam olish kuni) dam oladi.


📌 Lekin 6-yanvar — shanba kunidan 2-yanvar — seshanba kuniga ko‘chirilgani bois haftada 5 kun ishlaydigan o‘zbekistonliklar uchun 6-yanvar ish kuni hisoblanadi.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

#2024_yil_1_yanvardan

✳️ Qonunchilikka ko'ra, umumiy o'rta ta'lim muassasalari direktorlarini har 5 yilda bir marotaba kasbiy sertifikasiyalash tizimi joriy etiladi.

⚠️ Bunda, sertifikasiyadan o'ta olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot_lotin

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

#vazir_jamgarmasi

📣 Vazir jamg‘armasi hisobidan joriy yilda ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning umumiy kvotasi 1250 ta etib belgilandi


✅Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 8-yanvardagi tegishli buyrug‘i bilan Vazir jamg‘armasi hisobidan ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni va 1-bosqich test sinovlari orqali saralash bo‘yicha reglament tasdiqlandi.

❗️Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan Respublika bo‘yicha 2024-yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni 1 250 nafar etib belgilandi. Bunda:

➖1 150 ta kvota yoki umumiy kvotaning 92 foizi — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarga;

➖100 ta kvota yoki umumiy kvotaning 8 foizi — Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar pedagog kadrlariga ajratildi.

Kvotalar “Boshlang‘ich ta’lim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy va filologiya fanlari” va “Amaliy fanlar”lar yo‘nalishlari bo‘yicha hudud va tuman (shahar)lar kesimida taqsimlandi. Bunda tegishli yo‘nalish bo‘yicha tuman (shahar) uchun belgilangan har bitta kvota o‘rniga ko‘pi bilan uch nafar nomzod taqdim etiladi.

Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlar Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomdagi malakali pedagog kadrlar uchun nazarda tutilgan mezonlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi F-22-sonli farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan hududiy kengashlar tomonidan tanlab olinadi.

@muallimauz

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⚡️Menejerlik kursida taʼlim olish uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Hukumat qarori bilan maktab direktorligiga nomzodlarni o‘qitish va menejerlik sertifikatini berish tartibi belgilangan edi.

Bugun, 16-yanvardan boshlab menejerlik kursida taʼlim olish uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlanadi. Buning uchun nomzodlar maxsus portal (manager.uzedu.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tib, kurslarda ishtirok etish uchun ariza yuborishlari talab etiladi. Menejerlik kurslari 2024-yil 1-fevraldan boshlanadi.

⏱O‘quv kurslarining davomiyligi 144 soat bo‘lib, bir oy davom etadi.

🏛 O‘quv mashg‘ulotlari nazariy, amaliy va maktab amaliyotidan iborat bo‘ladi. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar institutda, amaliyot esa maktab hamda taʼlim boshqaruvi idoralarida o‘tkaziladi.

📃O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan nomzodlar ishtirokida yakuniy sinovlar o‘tkaziladi hamda undan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga sertifikat beriladi. Sertifikat 5-yil davomida amal qiladi.

📌 Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar orasidan maktab direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasi shakllantiriladi. Endilikda nomzodlar faqat sertifikat mavjud bo‘lgan va mazkur nomzodlar zaxirasiga kiritilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi.

💰2024-yil 1-sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maktab direktorlariga (ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida) lavozim maoshining 50 foizi, maktab direktori o‘rinbosarlariga 30 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

#attestatsiya

DIQQAT, E’LON!

📣⭕️⭕️⭕️👍👍👍
Joriy yilgi attestatsiya jarayonlari uchun ro’yxatdan o’tish ertaga boshlanadi


Avval xabar qilinganidek — 2024-yil 15-yanvardan maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiya jarayonlari uchun ro’yxatdan o’tish boshlanadi.

👉 Attestatsiyada ishtirok etuvchi pedagoglar shu vaqtdan boshlab pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va murojaat yuborishlari mumkin.

@muallimauz

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️Direktor o'rinbosarlarining barchasi 100 foiz offlayn shaklda malaka oshiradi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 577-sonli buyrug'i bilan rahbar va pedagog xodimlarning 2024-yil uchun malaka oshirish kurslarida o'qitish rejasi tasdiqlangan.

Unga ko'ra direktorning ma'naviy-ma'rifiy hamda o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosarlarining barchasi hududiy malaka oshirish markazlarida, ishdan ajralgan holda (offlayn) malaka oshirishi belgilandi.

Malaka oshirish kurslariga jalb qilinadigan maktab direktorlarining 60 foizi offlayn shaklda, 40 foizi esa onlayn shaklda malaka oshirishi belgilandi.

‼️Ma'lumot uchun:

Maktab amaliyotchi psixologlarining 51 foizi (offlayn) hududiy malaka oshirish markazlarida, 19 foizi "Uzluksiz kasbiy ta'lim platformasida" (onlayn), 30 foizi pedagogika yo'nalishidagi oliygohda yoki nodavlat ta'lim tashkilotida malaka oshiradi.

Kutubxona xodimlarining barchasi ishdan ajralgan holda (offlayn) malaka oshiradi.

CHQBT rahbarlarining malaka oshirish shakli haqida keyinroq batafsil ma'lumot beramiz. (o'zgarishlar bor)

👉/channel/muallimauz

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️Bugun maktab o’quvchilari uchun qishki ta’tilning oxirgi kuni.

Ertaga, 11-yanvardan III chorak darslari boshlanadi.

@muallimauz

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️Attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish 15-yanvardan boshlanadi

Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari 2024-yil 15-yanvardan boshlanadi.

Ushbu toifadagi pedagoglar joriy yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 15-yanvardan 1-martga qadar ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi mumkin.

😄Buning uchun pedagoglar Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali:

Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi;

shaxsiy kabineti orqali malaka sinovi o‘tgan kunning o‘zidayoq attestatsiya natijalari bilan tanishishi;

attestatsiya yakunida pedagoglarga beriladigan QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlarni yuklab olishi mumkin.

🔺Mazkur platformani hozirgi kunda tegishli vazirlik va idorlarning elektron tizimlari bilan integratsiya qilish ishlari yakunlanmoqda.

Ma’lumot uchun: 2023-yilning 5-7-dekabr kunlari “pedkadr.uzedu.uz” elektron platformasi orqali 20 ta tuman (shahar) pedagoglari ishtirokida malaka toifalari berishning yangi tizimi kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) tajriba-sinovdan o‘tkazildi.

@muallimauz

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

👋 У Вас популярный канал — @muallimauz. Вашему каналу теперь доступно оформление внешнего вида, которое выделит его среди других.

Настройки оформления — это эксклюзивный набор опций; Ваш канал должен достичь определённого уровня, чтобы Вы могли применить каждую из них. Предложите подписчикам проголосовать за канал по ссылке: /channel/muallimauz?boost. Чем больше у канала голосов, тем выше его уровень. С каждым новым уровнем открывается ещё больше возможностей.

Вы также можете 🎁 разыграть призы; по итогам розыгрыша случайные подписчики получат Telegram Premium в подарок. За каждую разыгранную подписку Ваш канал получит 4 голоса. С недавнего времени проводить розыгрыши стало ещё удобнее — теперь Вы можете выбрать увеличенный срок проведения розыгрыша, добавить собственные призы и автоматически опубликовать список победителей при подведении итогов.

С Новым годом! Желаем всего наилучшего Вам и Вашим подписчикам! 🚗

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

👍👍👍👍

Qaysi toifadagi fan o'qituvchilariga 70 foizlik ustama beriladi va bu qachondan boshlab kuchga kiradi?

Pedagog xodimlarga malaka toifasi berishning yangi tartibiga ko'ra xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatiga ega bo'lgan pedagglarga 70 foizlik ustama berish yo'lga qo'yilmoqda.

Pedagoglarga 70 foizlik ustama berish qachondan boshlanadi?

Ushbu tartibni yo'lga qo'yish uchun birinchi navbatda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 2025-yil 1-yanvarga qadar pedagoglarga malaka toifasi berish tizimini xalqaro e'tirof etilgan vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan o'tkazishi kerak.

Shundan keyingina xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga 2025-yil yanvar oyidan boshlab bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq toʻlash boshlanadi.

70 foizlik ustama faqat chet tili fani o'qituvchilariga beriladimi

Yo'q, bunday emas. Katta ehtimol bilan ushbu 70 foizlik ustamalar xalqaro standartlar asosida malaka sertifikati qo'lga kiritgan barcha pedagog xodimlarga beriladi. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 692-son qarori tasdiqlangan ilovada alohida pedagoglar qatlami belgilanmagan. Demak bu barcha pedagoglar uchun tatbiq qilinadi.

Bizningcha, 2025-yil 1-yanvarga qadar xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatiga ega bo'lgan pedagglarga 70 foizlik ustama berish tartibi bo'yicha yana alohida qo'shimcha hujjat imzolanadi.

👉 @muallimauz

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi

Hukumat qarori bilan pedagoglarga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi.

Unga koʻra pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi hamda ikkita bosqich boʻyicha umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.

Bunda: maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim pedagog kadrlari boʻyicha:

birinchi bosqichda — pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasi;

ikkinchi bosqichda — pedagogik mahorati baholanadi.

Oʻrta maxsus va professional taʼlim pedagog kadrlari boʻyicha:

birinchi bosqichda — pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi;

Ikkinchi bosqichda — oʻquv fani boʻyicha bilim darajasi baholanadi;

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️Ertadan, ya’ni 3-yanvardan boshlab barcha pedagog xodimlar uchun 2024-yilning birinchi ish kuni hisoblanadi

Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha xodimlarga ketma-ket 4 kunlik dam olish kuni berildi. Ertadan, ya’ni 3-yanvardan boshlab barcha pedagog xodimlar uchun 2024-yilning birinchi ish kuni hisoblanadi.

Maktablarda dars bo‘lmagan vaqt ya’ni, o‘quvchilar uchun berilgan qishki ta’til payti barcha pedagog xodimlarga ish kuni sanaladi.

Bu paytda o'qituvchilar pedagogik yuklamasida belgilab berilgan ishlarni amalga oshiradi yoki maktab ma’muriyati tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

O'quvchilar uchun ta’til 2024-yil 10-yanvargacha davom etadi. III chorak darslari 2024-yil 11-yanvardan boshlanadi.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ota-onalarning har qanday yoshdagi farzandlari kontrakti uchun to'lagan pullari daromad solig'idan ozod qilinadi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-891-son, 28.12.2023-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

🔰 Bojxona kodeksiga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, to'lanishi bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog'liq bo'lmagan bojxona yig'imlarini bojxona hududida to'lash belgilandi.

📆 Soliq kodeksiga soliq hisobotlarini 3 yil but saqlashga oid o'zgartirish kiritildi (ilgari 5 yil edi).

🚫 Kameral soliq tekshiruvida quyidagi soliq nazorati tadbirlarini o'tkazish taqiqlandi (qo'shilgan qiymat solig'ining o'rnini qoplash (qaytarish) maqsadida o'tkaziladigan kameral soliq tekshiruvi mustasno):

▫️soliq to'lovchi hududiga kirish;
▫️soliq to'lovchi hududi va binolarini ko'zdan kechirish;
▫️soliq to'lovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
▫️soliq to'lovchining hujjatlari va buyumlarini olib qo'yish.

📁 Endilikda soliqqa oid huquqbuzarlik uchun 3 yil ichida javobgarlik masalasi ko'rib chiqilishi kerak, 3 yildan keyin shaxs huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas (ilgari 5 yil edi).

✅ Ota-onalar har qanday yoshdagi farzandlarining professional va oliy ta'lim tashkilotlarida o'qishi uchun to'lagan pullari daromad solig'idan ozod qilinadi.

Ilgari faqat 26 yoshgacha bo'lgan farzandlar uchun to'langan pullardan daromad solig'i olinmagan.

🌐 Quyidagilarga qo'llaniladigan soliq imtiyozlari 2028-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi:

🔹O'zbekiston rezidentlari va norezidentlari bo'lgan jismoniy shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalar bo'yicha dividendlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'idan ozod qilinadi;

🔹O'zbekistonning norezidentlari bo'lgan yuridik shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalari bo'yicha dividendlar tarzidagi daromadlariga foyda solig'i bo'yicha 5 foiz miqdorida soliq stavkasi qo'llaniladi;

🔹O'zbekistonning rezidentlari va norezidentlari bo'lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo'jalik jamiyatlari obligasiyalari bo'yicha foizlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'idan hamda foyda solig'idan ozod etiladi.

Ushbu Qonun 2024-yil 1-yanvardan e'tiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot_lotin

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

#Bilasizmi

2024-yilda maktabgacha va maktab ta'limi uchun byudjetdan qancha mablag' ajratildi?

Xabaringiz bor joriy yil 25-dekabr kuni Prezident 2024-yil uchun "O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi Qonunni imzoladi.

Qonunga ko'ra Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga 47 trln so'mga yaqin pul ajratildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Davlat byudjetidan mablag' ajratilishi bo'yicha boshqa vazirlik va idoralar orasida ikkinchi o'rinda turibdi. (birinchi o'rinda Iqitisodiyot va moliya vazirligi — 92 trln)

❕Mablag'lar quyidagi yo'nalishlarga taqsimlangan:

➖Rivojlantirish dasturlari uchun — 5 trln 449 mlrd 152 mln;

➖Maktab darsliklarini yangilash uchun 1 trln 511 mlrd;

➖Ta'lim sohasidagi islohotlarga ko'maklashish jamg'armasiga — 250 mlrd;

➖Vazir jamg'armasiga — 100 mlrd;

➖Xorazm viloyati boshlang'ich sinf o'quvchilarini planshetlar bilan ta'minlash uchun — 63 mlrd 636 mln;

➖Vazirlik tizimidagi muassasalarni sport jihozlari bilan ta'minlash uchun — 62 mlrd 79 mln;

➖Maktablarni milliy cholg'u asboblari bilan ta'minlash uchun — 60 mlrd;

➖Maktablardagi ma'nan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash uchun — 200 mlrd;

➖Davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan bog'chalar uchun subsidiyalarga — 3 trln 38 mlrd 200 mln;

➖"OpenBudget"da 1.5 mingdan ortiq ovoz to'plagan, lekin g'olib deb topilmagan jixozlash bilan bog'liq loyihalarni moliyalashtirish uchun — 164 mlrd 237 mln;

➖Obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo'yilmalarga — 754 mlrd 108 mln so'm.

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⚡️Maktab direktorligiga nomzodlarni o‘qitish va menejerlik sertifikatini berish tartibi belgilandi

✅ Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

➖2024-yil 1-yanvardan boshlab — Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi joriy qilinadi;

➖2024-yil 1-sentabrdan boshlab — menejerlik sertifikatiga ega umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbar hodimlariga sertifikat amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustamalar quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:

🔹maktab direktorlariga – 50 foiz;
🔹direktor o‘rinbosarlariga – 30 foiz.

❗️Shuningdek, mazkur qaror bilan tasdiqlangan tegishli Nizom talablariga ko‘ra:

umumta’lim maktablari direktorlari har 5 yilda bir marotaba belgilangan talablarga muvofiq menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi;
nomzodlar maxsus portal orqali elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tadi;

sertifikat 5 yil davomida amal qiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Muallima.uz| Rasmiy kanal

⚡️
2024-yilda qo'shimcha dam olish kunlari belgilandi

"2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida"gi Prezident Farmoni (PF–213-son, 22.12.2023-y.) qabul qilindi.

🔰Farmonga ko'ra, 2024-yilda quyidagi qo'shimcha dam olish kunlari belgilandi:

🔹barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat'i nazar):

▫️22-mart – juma;
▫️11-aprel – payshanba;
▫️18-iyun – seshanba;
▫️3-sentabr – seshanba;
▫️31-dekabr – seshanba.

🔹6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:

▫️2-yanvar – seshanba;
▫️23-mart – shanba;
▫️12-aprel – juma;
▫️31-avgust – shanba;
▫️30-dekabr – dushanba.

🔘 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko'chiriladi:

▫️6-yanvar – shanba kunidan 2-yanvarseshanba kuniga;
▫️13-aprel – shanba kunidan 12-aprel – juma kuniga;
▫️14-dekabr – shanba kunidan 30-dekabrdushanba kuniga.

Читать полностью…
Subscribe to a channel