🌐 Muallima.uz rasmiy saytining rasmiy telegram kanali Barcha pedagoglar uchun eng so'nggi yangiliklar, sifatli metodik manbalar Yaxshi muallim- sifatli ta'lim! Murojaat uchun - @Muallimauz_bot
🔔MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN KUZGI TA’TIL 4-NOYABRDAN BOSHLANADI
💠Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 3-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4- noyabr kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi.
➡️Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi.
II chorak esa 10-noyabrdan boshlanadi.
✅Qayd etish joizki, o‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaroriga asosan belgilanadi.
« Muallima.uz» sahifalari 👇 📱Telegram|🌍Sayt|📸Instagram|📹Youtube 📱Fecebook
⚡️Таълим тажриба ўтказадиган соҳа эмас — мутахассис
Миллий таълим дарсликларини чиқариш ҳайдовчилардан имтиҳон оладиган хусусий ташкилотлар қўлига ўтиб кетди.
Rost24.uz “Novda” томонидан Ўзбекистондаги мактаблар учун яратилган дарсликлар масаласида эксперт Комил Жалилов билан суҳбатлашди.
Унинг айтишича, янги мактаб дарсликларида амалда айтилганидек Финляндия эмас, кўпроқ Россия ва Қозоғистон тажрибаси бор.
Батафсил: https://rost24.uz/uz/news/1713
Тўлиқ видео: https://www.youtube.com/watch?v=LNWU6AAgYs0
Каналга уланиш: /channel/rost_24uz
“Oddiy muallim-da, oddiy muallim!”
Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o'sha behasham...
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq
Kimlardir o'qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zotga xarf o'rgatgan kim?...
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Tuproqdek hokisor, bezota jonlar,
Ammo qanotida tog'dek ulug'vor,
Ammo Temurdayin Sohibqironlar Pirim deb, etgain o'pgan bor.
Qaysar joxongirga yo'l ko'rsatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yo'qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrapni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni - Ibn Sinolar qilgan,
lloh so'z o'rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko'targan qo'ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g'ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogirdin o'ylab yotgan kim?...
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko'rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bebaho tilsim
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yuzga kiraman men Xudo xohlasa,
Yuz yildan keyin bir mo'min o'rtog'im
Ko'zim yopib qo'ysa, jag'im bog'lasa,
So'nggi safar sari otlangan chog'im,
Faqat bir kimsadan bo'ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim! «Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
Alifbo islohoti — 4 ta harfning yangi shakli loyihasi eʼlon qilindi
5-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev toshkentlik saylovchilar bilan saylovoldi uchrashuvida “ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish boʻyicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur” deya taʼkidlagan edi.
Ayni daqiqalarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan respublika ilmiy-nazariy konferensiya” boʻlib oʻtmoqda.
Konferensiyada taklif sifatida Ishchi guruh tomonidan 28 ta harf, 1 ta harflar birikmasi va tutuq belgisidan tarkib topgan takomillashtirilgan alifbo loyihasi eʼlon qilindi. Bu haqda OʻzA muxbiri xabar bermoqda.
Bunda quyidagi 4 ta harf shaklini biroz oʻzgartirish taklif etilmoqda:
Oʻ => Õ õ
Gʻ => Ğ ğ
Ch => S s
Sh => Ş ş
Konferensiya ishi davom etmoqda.
#Yorqin_millat
📣 20-sentabrdan boshlab har chorshanba kuni barcha maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yod preparatlarini bepul tarqatish boshlanadi
✅ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5198-sonli Qarori imzolangan bo'lib, mazkur Qaror doirasida jumladan, 3-15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan bepul ta’minlash belgilangan.
⚡️Yod rivojlanayotgan organizm uchun eng muhim moddalardan biri hisoblanadi. Yod tanqisligi quyidagilarga olib kelishi mumkin:
➖ bo'qoqning rivojlanishi ,
➖qalqonsimon bez disfunksiyasi
➖bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishini sekinlashishi,
➖kretinizm.
❕Bolalarda yod tanqisligining eng og'ir oqibati ularning aqliy va jismoniy rivojlanishidagi kechikishdir.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
♾Diqqat_tanlov!
📣📣 Aziz o’quvchilar!
❓1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozingizni noodatiy yo'l bilan xursand qilmoqchimisiz?
✅ Unda biz sizga shunday imkon beramiz!
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bugungi kunda yuqori sinf o’quvchilarining ijtimoiy tarmoqdagi faolliklari, ular tomonidan ishlanayotgan roliklarning trendga chiqayotganini inobatga olib, ushbu mahorat evaziga rag'batga ega bo'lishga chorlab qoladi.
❗️O'qituvchingiz haqida rolik suratga oling va ustozingiz uchun sovg'a yutib oling!
⚠️Xo’sh, buning shartlari qanday?
➖ Rolik davomiyligi 2 daqiqadan oshmasligi kerak;
➖Ushbu postni o‘z sahifangizda bo‘lishishingiz lozim (bo‘lishganda sahifangiz ochiq bo‘lsin);
➖Ijodiy ishingizni #Ustozimga xeshtegi bilan o‘z sahifangizda ham, vazirlikning Facebook sahifasida ushbu tanlov e'lon qilingan post ostida ham bo‘lishing.
✔️ Jamoatchilik tomonidan eng ko'p layk yiqqan ijodiy ish tanlov g’olibi deb topiladi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdirlanadi.
🥇1-o'rin - monoblok
🥈2-o'rin - kompyuter
🥉3-o'rin - noutbuk
❕Roliklarni tayyorlashda ijodiy yondashuv olqishlanadi.
❗️Tanlovda qatnashish huquqiga faqat barcha shartlarni bajargan ishtirokchilar ega bo’ladi.
⚡️Tanlov g'oliblari 28-sentabr kuni soat 1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣ da e'lon qilinadi.
⏳Vaqt ketdi!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Taqdirlash_marosimi
Umumta’lim maktablar rahbarligiga nomzod 50 nafar soha mutaxassislariga menejerlik sertifikatlari topshirildi
✅Avval xabar qilinganidek, Davlatimiz rahbarining 2022-yil
11-maydagi tegishli Farmoniga asosan, umumta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlar – menejerlarni tayyorlash ishlari tajriba-sinov tariqasida olib borilmoqda.
Ushbu o‘quv-kurslarining dastlabki bosqichi joriy yilning 5-27-iyun kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutida o‘tkazildi.
❗️Bugun mazkur institut binosida menejerlik o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan 50 nafar pedagog mutaxassisga menejerlik sertifikatlari topshirildi.
⚡️Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori Abduvali Ismoilov, mazkur institut xalqaro maslahatchisi Islam Elhadary, xalqaro ekspert Michele Gaddy, vazirlik mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
👉Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1255
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
⚡️Pedagoglarga kasbiy sertifikat berish tartibi Singapur va BAA tajribasi asosida ishlab chiqiladi
O‘zbekistonda o‘qituvchilikka qabul qilish jarayoni tanlov asosida tashkil etiladi.
Ilk bor qabul qilingan nomzodlar 1 yil o‘qituvchi-stajyor bo‘lib ishlaydi va yil yakuni bilan kasbiy sertifikat olishi shart bo‘ladi. Kelgusida bu tizim barcha o‘qituvchilar uchun bosqichma-bosqich joriy qilinadi.
Pedagog kadrlarga kasbiy sertifikat berish tartibi Singapur va Birlashgan Arab Amirligi tajribasi asosida ishlab chiqiladi.
Muallimlarga malaka toifasini berish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
➖pedagogning bilimi dastlabki imtihonda baholanib, 70 foizdan ko‘p ball to‘plaganlar ikkinchi bosqichga o‘tadi;
➖ ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashi, o‘quvchilar bilan ishlash metodikasi va baholashdagi yondashuvlari tekshiriladi, bilim va mahorati natijalariga qarab, muallimga malaka toifasi beriladi.
Eslatib o'tamiz, malaka toifasini berish bo'yicha yangi tartib 2024-yil 1-yanvardan joriy qilinadi.
⭕️⭕️⭕️⭕️Maktab o‘quvchilariga yod preparatlari bepul tarqatiladi
Bundan uch yil oldin 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga yod, vitaminlar va gijjaga qarshi dorilar tarqatish amaliyoti joriy qilingan edi. Natijada bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishiga taʼsir ko‘rsatadigan qalqonsimon bezi kasalliklari kamaya boshladi.
Joriy yilda ham maktab o‘quvchilariga yod preparatlarini bepul tarqatish davom ettiriladi.
Masʼullarga sentyabr oyidan bu ishlarni tizimli tashkil qilib, ota-onalar va o‘quvchilar orasida yod isteʼmolining foydali xususiyatlarini keng targ‘ib qilish topshirildi.
⭕️⭕️⭕️
Shavkat Mirziyoyev: besh yilda barcha maktablarga Prezident va ixtisoslashgan maktablar metodikasi, muhiti kirib boradi
“Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tizimini boshlaganimizda turli fikrlar bo’lgandi. Aslida bu maktablardan asosiy maqsad O‘zbekiston taʼlim tizimiga yangicha ruh olib kirish, dunyo tan olgan o‘quv dasturlari va metodlarini tatbiq etish edi. Endi shu tizim bosqichma-bosqich oddiy maktablarga ham joriy etiladi.
Jumladan, respublika bo‘yicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar o‘quv dasturi, baholash tizimi joriy etiladi.
Bir yilda ularning ishi baholanib, yangi tizimni samarali qo‘llagan o‘qituvchilarga 40 foizgacha ustama beriladi (bunga kelgusi yilda 250 milliard so‘m ajratiladi).
Ushbu 500 ta maktabning har biriga 3 tadan maktabni biriktiriladi. Bu ishlar orqali yana 1,5 mingta maktabga Prezident va ixtisoslashgan maktablar metodikasi, muhiti kirib boradi.
Umuman, kelgusi besh yilda ushbu tizim barcha maktablarda joriy qilinadi”, — dedi prezident.
📑 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiya va ssenariy shuningdek, “Mustaqillik darsi” va mashg‘ulotni tashkil etishda foydalanish uchun tavsiya etiladigan namunaviy dars ishlanmasi ham ishlab chiqildi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
#Календарно_тематический_план
#КТП_1_4классы
📒Букварь
📒Русский язык
Читательская грамотность
Подпишитесь на канал:👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
#Календарно_тематический_план
📘Естественные науки
📌1-4-классы
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
#yangiliklar
Ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha malaka oshirish kurslari endi “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida
✅Respublikamizdagi koʻp sonli boshlang‘ich ta’lim oʻqituvchilariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida boshlangʻich sinf fanlari (Informatika va AT, Matematika, Ona tili, Oʻqish savodxonligi, Alifbe, Tarbiya, Texnologiya, Tasviriy sanʼat va Tabiiy fanlar) boʻyicha “Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusidagi malaka oshirish kursi “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida tashkil etildi.
Endi siz profilingizda joylashgan “Maqsadli kurslar” sahifasi orqali ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tayyorlangan videodarslar va taqdimot materiallari bilan tanishishingiz va yuklab olishingiz mumkin.
✉️Kurs yakunida sizga ushbu kursni oʻqiganligingiz haqida sertifikat taqdim etiladi.
✅ Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida “Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida malaka oshirish kurslari tashkil qilingan edi.
💻 Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun moʻljallangan o‘quv kursining birinchi bosqichi joriy yilning 14-17-avgust kunlari Toshkent shahrida takshil etilgan boʻlib, ushbu kurslarda Respublika boʻyicha 304 nafar pedagoglar trener sifatida tayyorlandi.
Ikkinchi bosqichi Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida davom ettirildi va bunga 10 ming nafardan ziyod boshlang‘ich ta’lim metodik birlashma rahbarlari jalb etildi.
⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
1-Oktabr – “Ustoz va murabbiylar” kuni
Yurtimizdagi barcha mehribon ustozlarimizni “Ustoz va murabbiylar” bayrami bilan chin dildan muborakbod etamiz.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamkorligida "Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi" tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlov shu yilning 22-sentyabr – 20-oktyabr kunlari oralig‘ida o‘tkazilib, 3 bosqichda tashkil etiladi.
Tanlov g‘oliblari 25 million so‘mlik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, 2-o‘rin sohiblariga (2 nafar) monoblok, 3-o‘rin sohiblariga (2 nafar) noutbuk hamda nominatsiyalar g‘oliblariga turli xil esdalik sovg‘alari tadqim etiladi.
⚡️Ota-onalar diqqatiga: Sogʻliqni saqlash vazirligining koʻrsatmasiga asosan, barcha maktab va bogʻchalarga tarqatilgan yod preparati isteʼmoli toʻxtatildi.
☝️Vaziyat oydinlashib, ushbu doriining sogʻliq uchun xavsizligi toʻliq taʼminlangunga qadar ota-onalar ushbu dori vositasini dorixonalardan ham sotib olmay turganlari maʼqul.
🧑🏫ODDIY MUALLIM
Hokimiyatdan kelib do‘qlar urdi kim,
Darsingni tekshirdi kirib allakim,
Seni tekshirmagan yana qoldi kim,
Bariga chidading boshing egib jim,
Ey oddiy muallim, oddiy muallim.
Yo‘q, senga ro‘shnolik bermadi bir dam,
Dilingni dog‘ladi, ko‘zing qildi nam,
,, KRU" kelib qirqdi ustamangni ham,
Jarima chiqardi to‘lading-ku jim,
Ey oddiy muallim, oddiy muallim.
Ovoz to‘pla dedi,, OPЕN BUDJET"ga,
Suvga tashladilar, otdilar o‘tga,
Mukofot kelganda qolding bir chetda,
O‘rningga maqtov-u, olqish oldi kim,
Ey oddiy muallim, oddiy muallim.
,, OSHIRAMIZ " deya tiling qildi lol,
,, MING DOLLAR"ni kutib qadding bo‘ldi dol,
Tashlab qo‘ydi yana oldingga pahol,
Orzular qalbingda edi-ku lim, lim,
Ey oddiy muallim, oddiy muallim.
Hamma senga rahbar, hammasi boshliq,
O‘zing o‘qitganing kelib qilar niq,
Shuncha mehnatingga bir,,FAXRIY YORLIQ"
,, MUKOFOT " yo‘q bo‘ldi indamading jim,
Ey oddiy muallim, oddiy muallim.
Sening tosh sabringga tog‘lar ham cho‘kdi,
Kelib kaltakladi burdingni to‘kdi,
Vijdonsiz, imonsiz deb seni so‘kdi,
Hammasiga javob kulib qo‘yding jim,
Ey oddiy muallim, oddiy muallim.
Sening buyukliging kim bilibdi kim,
Ey oddiy muallim, oddiy muallim.
✍️Xurshid Karim
16.09.2023
Ilk marta bayram kuni yakshanbaga toʻgʻri kelgani sababli dam olish kuni dushanbaga koʻchiriladi
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:
ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi “1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” 2023-yilda yakshanba – dam olish kuniga toʻgʻri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023-yil 2-oktyabr – dushanba kuniga koʻchiriladi.
Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat koʻrsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari toʻxtatib qoʻyish mumkin boʻlmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari koʻchirilmaydi.
2023-2024-o‘quv yilida Fan olimpiadasining maktab bosqichini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar hamda muddatlari
🗓 16 ta fan bo‘yicha tashkil etiladigan olimpiadalarning maktab bosqichlari quyidagi mudatlarda tashkil etiladi:
👉 9-sinflar uchun: 2023-yil 15-20-sentabr;
👉 10-sinflar uchun: 2023-yil 21-25 - sentabr;
👉 11-sinflar uchun: 2023-yil 26-30 - sentabr.
🔰 Har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafargacha g‘olib aniqlanadi va asosiy olimpiadaning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
💻 Keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan o‘quvchilar hamda ularning o‘qituvchilari haqidagi ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining olympiad.uzedu.uz axborot tizimiga joylashtiriladi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⭕️⭕️⭕️
Maktablarning yangi tahrirdagi namunaviy ustavi tasdiqlandi
✅maktab direktorlarini tayinlash tartibi (Direktorlar kengashi);
✅maktab ta’limida raqamlashtirish (ERP) va davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
✅sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi;
✅o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish;
✅inklyuziv ta’lim jarayonlari.
Shuningdek, yangi Ustavga maktab ma’muriyati (direktor va o‘rinbosarlarning) vazifalari, pedagog xodimlarning huquqi va majburiyatlari bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirildi.
Barcha maktab ma’muriyatlaridan mazkur namuna asosida maktab Ustavlarini yangilab olishlari hamda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishlari so‘raladi.
👍👍👍👍
Direktor va direktor o‘rinbosarlari oyligi oshiriladi
Iqtisodiyot va moliya, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklariga kelgusi yildan sertifikatsiyadan o‘tgan direktorlar oyligini 50 foizga, o‘rinbosarlar ish haqini esa 30 foizga oshirish bo‘yicha hisob-kitoblarni kiritish topshirildi.
⭕️⭕️⭕️
O‘qituvchilarning malakasi tabaqalashgan holda oshiriladi.
Ya’ni, malaka oshirishdan oldin o‘qituvchining bilimi diagnostikadan o‘tkaziladi va natijasiga ko‘ra individual kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari belgilandi.
Bunda muallimning bilim ko‘rsatkichlari baholanadi va past natija olganlari bo‘yicha o‘zi o‘qigan oliygohga reklamatsiya (e’tiroz) yuboriladi.
Bu natijalar pedagogik oliygohlar faoliyatiga uchun ham baho bo‘ladi. Past natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar an’anaviy usulda, yuqori natijaga erishganlari onlayn shaklda malaka oshiradi.
Viloyat hokimlariga 14 ta malaka oshirish markazini ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha dastur qabul qilib, amaliy ishlarni boshlash topshirildi. Yil yakunigacha hududiy markazlar boshqaruviga xorijiy mutaxassislar olib kelinadi.
#taqvim_mavzu_reja
#2023_2024
📘1- sinf Alifbe
📒2-4- sinf Ona tili
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
#taqvim_mavzu_reja
#2023_2024
📘1-4- sinf Texnologiya fanidan taqvim-mavzu reja
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
#taqvim_mavzu_reja
#2023_2024
📘1-4- sinf Tabiiy fanlardan taqvim-mavzu reja
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter