Siz kimga vafo qilmoqdasiz?!
Asl Vafo egasigami yoki vafosizgami?
Unutmang asl Vafo egasi Alloh
Agar Allohga vafo qilmas ekansiz yutqazibsiz ha ha yutqazibsiz
Bu dunyo asli vafosiz
Bu dunyodagilar ham vafosiz
Assalamu Alaykum va rohmatulloh
Salomatmisila😊
Yaqinda In shaa Alloh bu sahifani yopish niyyatidaman🥲ya’ni boshqa yoliq sahifa ochilinadi Biiznillah Zaxropa podderjka qvorsala😁
U yerda in shaa Alloh faolroq bo’laman 🧡
Китоб ўқийверинг!
Машойихлардан бири ҳикоя қилади: Бир куни шайхимга: "Устоз, ушбу китобни тўлиқ ўқиб чиқдим, лекин хотирамда бу китобдан ҳеч нарса қолмади", дедим.
Шунда устозим бир дона хурмо бериб: "Буни чайнаб егин деди" ва бироздан сўнг менга: "Катта бўлиб қолдингми?", деди.
Мен: "Йўқ", дедим.
Устозим: "Лекин бу хурмо майда-майда бўлиб, сенинг жасадингда гўшт, суяк, пай, тери, соч ва тирноқларга айланган", деди.
Шундан англаб етдимки, мен ўқиётган китоб ҳам майда-майда бўлиб, ўзим билмаган ҳолда менинг луғат бойлигимни оширар, ақлимни зиёда қилар, ахлоқимни сайқаллар ҳамда гапириш услубимни гўзал қилар экан".
"Ҳикматлар чашмаси"дан
Агар танлаган кийимингда ибодат қилолмасанг-уни кўчага ҳам кийма.
Агар оёқларинг олиб бораётган жойда ўлим топишни истамасанг у ерларга борма.
Агар оғзингдан чиққан сўз сўнггиси бўлишини истамасанг- у сўзни айтма.
Ўлимдан қўрқма.
Ўлим куни қандай ҳолатда бўлишингдан қўрқ
Фароҳун
Hozir adam bilan oyim mani eslab haa shunaqa payt limon choy bilan yomg’ir tegida yurgisi kelib o’tirgandir db eslashvotgandir😅 Alloh bilguvchi
Читать полностью…Bulani nega yozdim🥲
Otam onamda bizning hohishlarimizga doim ham mablag’ bo’lmasada ammo istak bo’lgan va ularni bajarishgan arzimagan narsalar bilan Bizga juda go’zal o’rnak va yoqimli xotiralar berishgan🥰
Robbim ota onamni ham bu dunyoda ham Oxiratda yaxshiliklar bilan siylasin .Robbim ota onamni qalblarini iymonga to’ldir va ularni ko’p ko’p ko’p yaxshiliklar bilan siyla ularni kuldir🥰
Bu suratni olishimiz juda qiziq bo’lgan toqqa chiqish rejada yo’q 😅hazillashib shu toqqa chiqib toza havo ose db hazllashib shartta chiqib ketib qogandik .Shunchaki man tog’ jinnisiman🥲
Moshina bor ✅
Limon choy ✅
Yo’lda somsa yoki perashka ovolish imkoni bor✅
Pista qurt ✅
Suv ✅
Qani kettik 😁🧡
Shu bilan toza havoga chiqqanmiz esimda shu kuni tog’da Sidjak taraflarda rosa yomg’ir yog’gandi 🌧
Ehhh shunney shu paytlani sog’indim …
«……Я с тобой забываю годы и города,
помню только твои порывы и радость встречи.
Я впервые верю, что может быть «навсегда» в хрупком мире,
в котором ничто не бывает вечно….»🤍
Baxt- bu sen istagan shirinliklar va issiqqina choy va o’qish uchun yaxshi kitob bo’lishi🧡
Читать полностью…Assalomu alaykum aziz opa-singillarim, onalarim va ustozlarim!
Arab tilini o'rganish o'zimiz va bolalarimiz uchun ustuvor vazifalardan biri bo'lishi kerak. Zero, bu Qur’on tili va payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) o‘z risolatini yetkazgan tildir. Shuning uchunham Islomni chuqur o'rganish eshigi bu arab tilini mukammal bilishdadir.
Biz farzandlarimizga arab tilini o'rganishni yoshligidan boshlashimiz kerak. Ko'rib turganizdek bu #montessori yondashuvi orqali ishlab chiqarilgan o'yin bolalarni arabtilini o'rganishlariga katta yordam va ko'p takrorlash/o'ynash orqali mustaqil harflarni tanishga olib boradi. Farzandlarimizni arab tili bilan tanishtirishni boshlash uchun ochiq va yopiq o'yin g'oyalari ko'p. InshaAlloh kelajakda yana ko'proq chiqarishga harakat qilaman!
Alhamdulillah, men ushbu yangi o'quv manbasini hamma bilan baham ko'rishga qaror qildim. Buni ishlab chiqarish uchun men Adobe Photoshop va Illustrator pragrammalaridan foydalandim. U programmalarga oyiga 21$ to'layman. Shuni inobatga olgan holda har bir o'quv fayllariga ozgina summa qo'yaman. Hammasini qoplamasa ham ozginasi uchun ham.
Farzandlar bilan qo'llab ko'rdik. Ularga juda yoqdi. Haliham mazza qib o'ynashadi. Siz ham ushbu ta'lim manbaasini PDF shaklida yuklab olishi xohlayapsizmi? Unda @managerayyubningonasi ga yozib qoldiring.
Biz Onalarmiz! Biz Ustozalarmiz! Biz mas'ullarmiz!
Farzandlarimiz ta'limiga qattiq etibor berishimiz kerak va ular uchun kreativniy ta'limlar bilan zehnlarini charxlashimiz lozim.
Bu bizning vazifamiz. Dunyo farzandlarimizni tortib olishdan avval dinini yaxshilab o’rgatmog’imiz lozim!
Allohim farzandlarimizni Rabboniy faqih olimlardan qilsin!
Tanishlarizga albatta yuboring va fisabillillah kanal egalari o’z kanallarizga qo’yib bering shundagina farzand ta’limiga hissangizni qo’shgan bo’lasiz va ajrlarni to’p-to’p olasiz, in sha Alloh!
Farzand tarbiyasi bu uni qil buni qilma uni o’rgan emas
Farzand tarbiyasi ota onasi qilayotgan amallar .
Hozirda nega bolalar tarbiyasi og’ir bo’lib ketmoqda chunki oila Sunnatga muvofiq yashamay qo’ydi uyda avval Shariat emas balki boshqa qonunlar qo’yildi.
Sunnatga muvofiq oila emas G’arbning chiqindi madaniyati bo’ldi
Ota ona birbiriga munosabati
farzandlariga nisbatan munosabati
Qolgan barcha narsalarga munosabati Sunnatda kelgandek emas
Ota ona birbiri bilan gina saqlashi yomon munosabati ayolni qadrlamaslik Erni qadrlamaslik eng asosiysi oralaridagi muammolar tashqariga chiqishi
Farzandlarga vaqt ajratilmaydi tarbiya avval ota onaning o’zi bo’lishi kerak bolalar ko’rib o’rganadi eshitib emas ularga Robbisini tanitishda siz yordam bera olasiz amallaringiz bilangina
Мавлуд нишонлаш жоизми?
Шайх Усмон ал-Хомис ҳафизаҳуллоҳАгар видео ҳажми катталик қилса Youtube каналимиз орқали кўришингиз ҳам мумкин:
https://youtu.be/pgztZtOW2ps
Ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимиз:
Telegram | Instagram| Youtube
Toza havodan to‘yib to‘yib nafas olinglar.
Yomg‘irli kunlar, toza havo ham g‘animat bo‘lib qoldi “)
#eslatma
#farzand_tarbiyasi
#munosabatlar
#nikoh
Hurmat
Ota o’z farzandlariga ayoli haqida faqat yaxshi gaplar aytishi kerak. Ona ham xuddi shunday qilsa, farzandlar ikkisiga ham birdek hurmatli bo’lishadi, Allohni izni bilan.
Ona bir tarafdan dada haqida, ota bir tarafda ona haqida farzandlariga bir birini yomonlab o’tirsa- birinchidan farzandning qalbi sinadi, chunki hech kim uchun o’z ota-onasi haqida salbiy fikr eshitish yoqimli emas. Ikkinchidan bora bora o’zi ham ularga nisbatan tanqidiy nazar bilan qarashni boshlaydi va hurmati pasayadi.
Undan tashqari, ota-onalar aslo va aslo farzandlarning ko’z oldida bir-birlarini behurmat qilmasliklari lozim. Na so’z va na amal bilan.
Farzand oila ichidagi muhitda hurmatga ko’zi o’rganib, bu tushuncha unga singgan holda yetishsa, jamiyatda o’zi ham hurmatga loyiq shaxs sifatida shakllanadi ulg’aygani sari, inshaAlloh.
Va yana,
Er xotin bir birini, ortidan faqatgina yaxshi gap bilan zikr qilishi kerak, deb hisoblayman. Masalan men uchun orqamdan mening sha’nimni va obro’yimni qal’a kabi qo’riqlashiga amin bo’lgan insonim borligini bilish mukammal xavfsizlik hissini beradi. Hotirjam yuraman. Shaytonga ham bu eshikdan kirish yo’llari yopiq. Alhamdulillah!
Bu esa munosabatimizda biz uchun katta yengillik.
Juftingiz- sizning tanlovingiz. Va u haqida uning orqasidan aytadigan har qanday so’zingiz o’zingizning qilgan tanlovingiz haqida bo’ladi aslida.
Oilangizdagilar haqida atrofdagilarga biror nima deyishdan oldin biling- siz bir kuni osonlikcha kechirib ketishingiz mumkin lekin insonlar unutishmaydi. Insonlarning ko’zida siz o’sha qizg’in paytingiz bergan ta’rif bilan muhrlanib qolaveradi yaqinlaringiz.
Er o’z oilasidagilarga ayoli haqida yomon gap yoki hazillar qilmasligi va boshqalarga ham ayoli haqida yomon gapirishlariga qo’yib bermasligi, ayol ham erining ortidan uning va oilasining obro’sini to’kmaslikka diqqatli bo’lishi munosabatlarni jipslashtiradi.
Hurmat bor joyda boshqa tuyg’ularga ham yo’l ochilishi mumkin. Lekin hurmat bo’lmasa, bor tuyg’ular ham zadalanib, oxir oqibat yo’qlikka mahkum bo’lib qoladi…
@Mutawakkilun
Hoy muslima aslingga qayt
Asling qandayligin unuttingmi yoki avvallari ko’zbo’yamachi edingu endi Asling shumi?
Hoy muslima aslingga qayt
Sen oddiy dunyo matohi emassan Sen Jannat Hurlaridanda afzalisan unuttingmi?
Hoy muslima aslingga qayt
Robbing bilan aloqangni qachon to’g’irlash niyyatidasan?
Hoy muslima aslingga qayt
Bandalarning ko’nglini olib charchamadingmi?
Hoy muslima aslingga qayt
Asl maqsading asli nima edi?
Hoy muslima asl maqsadingga qayt
Ummat uchun rejalaring qani ?
Hoy muslima aslingga qayt
Oxirat edi darding nechun dunyo o’ylamoqdasan ?
Hoy muslima aslinga qayt
Bu dunyo bir fitna bo’lsa u yerdagi matoh bo’lish istadingmi ?
Hoy muslima aslingga qayt
Sen Robbing oldida qiyomda turishing bu dunyo ishlaridan qanchalik afzalligin unuttingmi ?
Hoy muslima aslingga qayt
#mufassal_kundaligi
İnsanlar, güller arasında dikenler bulunduğundan şikâyet edeceklerine, dikenler arasında güller yaratıldığına şükretmelidir.
Читать полностью…Эртага кусуф - қуёш тутилаётган пайт Аллоҳдан қўрқиб, Ягона Ўзига тавба-тазарруълар қилиб икки ракъат намоз ўқиш суннати муаккада.
* Қўшимча маълумот:
Кусуф вақти минтақадан минтақага фарқ қилади. Баъзи давлатларда кўринмайди. Кусуф бўлаётгани сезилмайдиган жойларда кусуф намозини ўқиш ҳам суннат ҳисобланмайди.
Лекин, бу сафар Ўрта Осиёда кусуф бўлаётгани кўринса керак. Кусуф бошланганда Ўзбекистонда тахминан аср пайти бўлади, Аллоҳу аълам.
Макка-Мадинада пешиндан кейинроқ - тахминан соат 2 да бошланади ва икки соатга яқин давом этади.
Аллоҳу аълам.
Ramazon adamga iftorni piknik qilib o’tkazishni so’ragandik😁
Og’iz ochishning oxirgi daqiqalarida joy topgandim keng adirlani quyosh botishini yengilgina uyda tayyorlangan iftorlik dasturxoni bilan iftorlik qilib tog’ bag’rida adrida jamoat bo’lib namoz o’qigandik💕🍀
Ota uyimda turgan vaqtim yomg’ir yog’sa adamlaga iltimos qilardim yomg’irda aylanishshi yoqtirishimni bilib opchiqardila agar ishlari bo’sayam moshinalarida yurardim.Ba’zida oynani ochib ketardim ehh moshinalarini suv qilib tashagandim o’ziyam🥲qanaqayam mehribon inson qizimana💕 Ba’zi ne’matlar ko’zga ko’rinmaydi ammo ular ne’mat .Robbim shunday ne’mat bilan rizqlantirgan ekan nega hamd aytmayapsiz?!
Читать полностью…Независимо от того, сколько знаний вы можете получить, ваше понимание религии всегда будет хуже, чем у того, кто понимает ее на арабском языке.
Русский, английский и все другие языки слишком поверхностны, чтобы вместить то, что может вместить арабский.
Изучающего религию без знания языка можно сравнить с парфюмером, потерявшим обоняние. Он может находиться среди самых прекрасных ароматов знаний, но сладость их чувствовать он не будет.
"TO'G'RI HARFNI TOP" - ARAB TILINI O'RGANAMIZ
Narxi: 25.000 so’m
Skidkada: 15.000 so’m
(3kun davom etadi)
Farzandning buyuk kelajagi uchun shunchaki go’zal sharoit qilib berish kamlik qiladi. 🪺
Bilamiz-ki, Zakariyo alayhissalom
Maryam onamizning amakilari bo’lib, ularning ulg’ayishlariga kafil inson bo’lganlar.
Aal-i-Imraan surasining 37-oyatida quyidagi jumla bor:
“waanbataha nabatan hasanan”
Alloh Zakariyo alayhissalom Maryam onamizni o’stirganlarini shunday tasvirlaydi. Lekin, bu jumlaning buyukligi birgina kichik o’zgartirish bilan amalga oshirilgan. 🌱
Og’zaki arab tilida (asosan qadimgi arab tilida) arablar biror ish-harakatning darajasini orttirishmoqchi bo’lishsa, o’sha fe’lning oldiga uning ot shaklini qo’shib gapirishadi.
Masalan “men uhladim” jumlasini “men mazzaa qilib uhladim” demoqchi bo’lishsa “men uyquqni uhladim” deyishadi. “Men unga zarbni zarba berdim” “Men uni yaxshilab soldim” degani va hokazo.
Oyatdagi ushbu jumlaning quruq ma’nosi “va uni yaxshi tarbiyaladi” bo’lishi kerak. Shu sababli ham fe’ldan (waambataha - o’stirdi) so’ng uning ot (nabatan - o’simliklar) shakli kelmoqda. Lekin arablar bu gapni sal boshqacha aytishadi:
“waanbataha imbatan hasanan”
Xo’sh, nega qur’onda Alloh bunday demadi?
Sababi, agar jumla “waanbataha imbatan hasanan” bo’lganida, butun harakat, ya’ni Maryam onamizni chiroyli o’stirish to’liq Zakariyo alayhisalomga tegishli bo’lardi.
Ammo Alloh birgina orttirma daraja, ot qismini (nabatan) O’ziga tegishli qildi. Shunda gap ma’nosi “u chiroyli tarbiyalangan Maryamni o’stirdi”ga aylandi.
Bu bilan Alloh Zakariyo alayhisalom Maryam onamizni haqiqattan ham o’stirganlarini, lekin Maryam onamiz allaqachon Alloh tomonidan chiroyli hulqqa ega bo’lganlarini ta’kidlamoqda. Qanchalik go’zal-a? 🌷
Ushbu birgina jumla bizga nimani o’rgatadi?
Siz qanchalik farzandingizga qimmatbaho kitoblar, maktab, ustoz, sharoitlar qilib bermang, agar Alloh yuqtirmagan bo’lsa, farzandingiz biror natijaga erishishi qiyin.
Shuning uchun biz avvalo duo qilishimiz kerak. Ahir, taqdirni faqatgina duo o’zgartira olmaydimi?
Farzandingizga biror narsa o’rgatayotib Allohdan unga o’tkir zehn, go’zal hulq va foydali ilm so’rab duo qiling.
Zero barcha natija Al-‘Alimdandir. 🪴
#örganganlarimdan
@boktoosha