muhabbatizman | Unsorted

Telegram-канал muhabbatizman - Hikoya Ramantikka

44

Subscribe to a channel

Hikoya Ramantikka

🥀⛈○● QALB QOTILI ●○🥀⛈

❤️🥀 17-Qism 🥀❤️


Sovchi! Bu sòzni eshitgan onim asabim qòziydi. Osmon ham meni ahvolimni sezgandek kòz yosh tòka boshladi. Men chiqara olmagan kòz yoshlarni u tòkayapti. Faqat quyib emas, tomchilab! Har bitta yerga tushgan tomchi menga "Tinchlan, bu safar ham biror tomosha kòrsatasan. Òtgan galgidek yigitga tòpponcha tirasang, oyoģini qòliga olib yuguradi!" der edi. Biroq akamni "Otamni niyati jiddiy" degan gapigina mani havotirlanishimga asos bòla olardi. Oxirgi paytlarda quyishqondan chiqganimni bilaman. Balki shunga otam qattiq ģazabdadir?! Yoki akalarim bilan bòlgan janjal unga salbiy tasir kòrsatdimikan? Nima bòlganda ham meni qurbon qilishi notòģri...
-Yetib keldik!- dedi Asror ģalati ovozda. Uni yonimda ekanligini unutayozibman. Unga vaziyatni tushuntirgan onim yuzi tundlashdi. "Sovchi" degan sòzdan nafaqat men, u ham nafratlanardi. U hislarini yashirishni bilmasdi. Men esa aksincha. Òzimni hamma narsaga nisbatan befarqdek tutishga urinaman. U bilan ikkimiz ikki xil dunyomiz. Qiziq, qanday dòst bòlgan ekanmiz?...
Hech narsa demadim. Mashinadan tushib, kòzimga portlash arafasida turgandek kòrinayotgan uyga nazar soldim. Yomģir tinibdi. Yòq! Nega biroz kutmaydi? Balki birozdan sòng ģazabdan paydo bòladigan olovlarni òchirishga yordam berarmidi?! Afsuski u qochishni maqul kòrdi. Nega men ham u kabi yòq bòlib qola olmayman? Sòzsiz va izsiz...
Chuqur nafas olib uyga qadam bosdim. Mehmonxonadan kulgu ovozlari eshitilardi. Doim mòralab kòrardim. Negadir bu safar buni ixtiyor etmadim. Tezda xonamga kòtarildim. Izimdan amakimni qizi Madina yetib keldi.
-Keldingmi? Amakim kiyimingni alamshtirib tushishingni tayinladi. Mehmonlarga qahva olib kirasan.
-Bu odat qayerdan chiqdi? Nima men ularni xizmatkorimanmi?- dedim asabim qòzib.
-Bunisini bilmadim... Tez tayyorlan!!!
U chiqishi bilan. Eshikni qulflab, bor kuchim bilan tepdim. Gòyo shu eshik kelgan mehmonlar va men ulardan alamimni olayotgandek. Hech kimga qahva tayyorlab bermaganman. Nima otam meni hizmatkorlik qilishga undayaptimi? Agar ular oddiy oiladan bòlsachi? Oddiy oilaga hizmat kòrsatgan hisobiga kiramanmi? Qanday daxshat! Bu kunimdan òlganim yaxshi edi...
Yasanib òtirishni istamadim. Kiyimimni almashtirib, kòzguga qarab oldim. Kòpincha shim va kofta kiyaman. Kòylak kiysam òzimni ģalati his qilaman. Sochimga tegmadim. Ertalabgi yiģib qòyilgani hali turibdi. Yoyib sochimni kòz-kòz qilishni yomon kòraman.
Pastga tushib tòģri oshxonaga bordim. Patnisda kichik finjonlarda oltita qahva turardi. Demak ikki akam va otamni hisobga olmasa uch odam kelgan.
-Keldingmi?- ortimdan Madina keldi- Lola qahvalarni tayyorlab qòydi. Kuyov bola qora qahva ichadi ekan. Qorasini unga ber! -

#Davomi_Bor...🥀

Mualif #??????

Admin #Musulmon ♡♡

Hikoya tôplamlar @HikoyaRamantikka

Kanalimiz  @Hikoya_Ramantikka 🌙🥀

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

🥀⛈○● QALB QOTILI ●○🥀⛈

❤️🥀 15-Qism 🥀❤️


Mashinam haroba uylar oldida tòxtadi. Yoshligimda Asror, Madina av men uydan qochib shu yerga kelardik. Har bitta harobani òzlarimizga uy qilib olardik. Bir birimizni uyimizga mehmonga borardik. Asror doim menikiga kelardi. Madinani bundan jahli chiqardi. Chunki kòp chetlanardi. Balki bu ham mendan nafratlanishiga yana bir asosdir. Òyinimiz kechgacha chòzilardi. Sòng uyga qaytib, kattalardan gap eshitardikka xonalarimizga tarqalardik. Qanday ajoyib damlar edi...
Asror òz mashinasiga suyangancha menga orqa ògirib turardi.
Mashinam eshigini qattiq yopganimdan diqqatini menga qaratdi. Qoshlari qalin, kipriklari qizlarnikidek uzun bòlgan dòstim meni kòrib jilmaydi. Soqolini kalta qirtishlagan bòlib bu òziga yarashib turardi. U men tomonga harakatlandi. Men ham oldinga qadam bosdim. Tòqnashuvimizda u meni baģriga bosganidan negadir noqulay bòldim.
-Haliyam uzun sochingni yashirib yuribmisan?- dedi u meni baģridan bòshatar ekan.
-Uzun sochli qizlar uchun turmaklash usullarini bilmaysanmi, mobodo?
-Afsuski yòq. Ammo ovqatlanish uchun zòr joyni bilaman.
-Rahmat, qornim tòq.
-Unda men nonushta qilishimni tomosha qilib òtirasan!
-Ablax!- dedim kulib- Mayli evaziga menga hakkerlikni òrgatasan. Doim keyingi surib yuribsan.
-Òylab kòraman!- dedi òychan.
-Òylab kòrmaysan, òrgatasan!- ovozim qatiy chiqdi.
-Hòp bòladi, xonim. Menga lutf kòrsatib ovqatlanish taklifimni qabul qilsangiz hursand bòlardim.
-Senga ikkigacha vaqt. Akalarimni odatini bilasan-a? -Bemalol ulguraman!- deya u meni mashinasi tomon sudray boshladi. -Mashinam...
-Asadni chaqir. Olib ketsin. Bugun meni mashinamda yuramiz! -Ğirt òzimsana?!
-Gapni òtira olishimni aytayapsanmi? Buni òzi mendan òrgangansan-u?!- deya sochini tòģirlab qòydi.
-Olifta...
Qandaydir kafe oldida tòxtadik. Yangi ochilgan va hashamatli edi.
Ichkariga kirganimizda bizni bir afisant kutib olib yòl boshladi. Asror bu yerga kòp keladi shekilli, afisant uni ismini aytib murojaat qildi. Ikki kishilik stolga joylashdik. Hech narsa buyurtirmasimizdan afisant narsalar olib kela boshladi.
-Oldindan band qilib qòyganmiding?- Asrorga yuzlandim.
-Ha, sen uchun ham òzim taom buyurdim.
-Men och emasman dedim shekilli?
-Ishonching komilmi?- Asror afisant oldimga qòygan narsaga qarab ayyorona kuldi. Yoqimli hid etiborimni tortdi.
-Tovuq!- dedim ishtaxam ochilganini bildirmaslikka urinib labimni tishlar ekanman.
-Eslashim bòyicha eng sevimli ovqating!- dedi u kulishda davom etib.
-Avval shunday edi!- dedim òzimni tutishga urinib.
-Menimcha unday emas. Hozir ham qovurilgan tovuqni yaxshi kòrasan. Yòq... sevasan!
Ortiq òzimni tutib turolmay tovuqni yeya boshladim. Asror menga qarab kulib qòydida òzi ham ovqatlana boshladi.
-Eng yaqin dòstingni aldashga urinasana?
-Gap bunda emas. Tovuqni qornim tòq bòlsada yeyaveraman. Bu qanchalar zararligini bilasanmi?- dedim sanchqida tez tez yeyar ekanman.
-Vazninggami?
-Ha!- dedim kulgancha.
-Menga semiz qizlar yoqadi!
-Menga shu holim yoqadi!- deb qanchalar qiyin bòlsada likopchani surib qòydim. Negadir kimdir meni kuzatayotgandek tuyilaverdi. Atrofga qaradim. Uzoqdagi qora kepka kiyib olgan yigit etiborimni tortdi. Iloji boricha qarshimda kulib gapirayotgan Asrorga diqqatimni qaratishga urindim. Ammo hayolim yana shu yigit tomon ketdi. Koshki u yuzini yashirgancha òrnidan turib kafedan chiqib ketmaguncha.

#Davomi_Bor...🥀

Mualif #??????

Admin #Musulmon ♡♡

Hikoya tôplamlar @HikoyaRamantikka

Kanalimiz  @Hikoya_Ramantikka 🌙🥀

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

🥀⛈○● QALB QOTILI ●○🥀⛈

❤️🥀 13-Qism 🥀❤️


Oramizda yengil kulgu yangradi. Boshqa davlatlarga borishni, ularni urflarini òrganishni yaxshi kòraman. Òsha yerda yashashni ham maqul kòraman. Afsuski bunga ruhsat berishmaydi...
-Salom, jonidan!- kelgan ovozdan sergak tortdim. Yonimda 30 yoshlar atrofidagi, semiz va qorachadan kelgan yigit turardi. Uni gapidan musiqa ovozlari tindi. Bazilar bildirmay kafedan chiqishga shaylandi. Buni chetdan kuzatish ģalati edi. -Nima?- dedim unga bepisand qarab.
"-Tentak, esini yeganmi?
-Murodovlar qiziga gapirdimi?
-Tekinga òlib ketadi!
-Quyonni rasmini chizish kerak!"- atrofdan pichirlashlar eshitila boshladi.
-Juda gòzal qiz ekansan. Istasang bizni stolga òtib òtirishing mumkin!- deb tirjaydi u.
-Mast emassan... Juda jasur ekansan!- jilmaydim. -Bu rozilik alomatimi?
-Òzim senga rozilik beraman!- Akmal akam òrnidan turishi bilan nima bòlishini tushinib kulib qòydim.
-Qayerliksan?- Botir akam kulgancha uni yelkasidan qòlini òtirdi. -Men...
-Qòysangizchi... bu yerlik emasligi aniq. Buni bizni tanimaganidan bilish mumkin!- deya Akmal akam uni ikkinchi yelkasiga qòlini qòydi.
-Kel, tanishtirib qòyamiz. Ikkinchi singlimizga gapirmaydigan bòladi.
-Yaxshisi umuman gapirmaydigan qilgan maqul.
Keyingi voqealar juda tez ròy berdi. Odamlarning yashin tezligida kafeni tark etishi va yigitning qochishga urinishi. Akalarim uni qayta ushlab eng ishonchli odamlarimizdan biri bòlgan Asadni chaqirishdi. Asad yigitni majburan uyga olib ketdi. Uni kutib turgan havfni òylab kulib qòydimda, coladan qayta hòpladim...

#Davomi_Bor...🥀

Mualif #??????

Admin #Musulmon ♡♡

Hikoya tôplamlar @HikoyaRamantikka

Kanalimiz  @Hikoya_Ramantikka 🌙🥀

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

🥀⛈○● QALB QOTILI ●○🥀⛈

❤️🥀 11-Qism 🥀❤️


Balki men rostan yomondirman?! Ehtimol vaxshiy qotil hammandir?! Yoki hissiz bir xudbin... ohirgi marta qachon yiģlaganimni ham eslay olmayman. Hatto otamni menga befarqligi ham kòzlarim namlanishiga sababchi bòlmagan. Amakim Farruh doim menga "Sen haqiqiy Murodovlardansan. Ikkilanmaysan, doim shavqatsiz bòlgansan" derdi. Shu paytgacha men hayolimga kelgan ishni qilganman. Hech kim menga qarshilik kòrsata olmas, rayimga qarshi borishmasdi. Meni hayotim havas qilarli darajada. Unda nega noliyapman? Dadamni etibori menga shunchalar zarurmi? Axir akalarim yonimda, ular dadamni òrnini bosishga jon-jaxtlari bilan harakat qilishayapti. Ammo baribir nimadir kamdek. Inson zoti juda ochkòz bòladi. Men ham insonman... Etiborga juda òchman...
Ortiq hech narsa haqida òylashni istamadim. Javondan kitob olib joylashib òtirib oldim. Kelgan sahifamdan òqiy boshladim. Kitob òqish maroqli. Unda insonlarning har xil hislatlari jamlanmasi mavjud. Menga doim maģrur va bir sòzli personajlar yoqqan. Balki òzim ham qaysar va ģururli bòlganim uchundir?! -Mumkinmi?- eshik ochilib Akmal akam kirib keldi.
-Kirgandan sòng sòraladimi?- dedim zaxarxandalik bilan- Uni ustiga qiz bolani xonasiga kirishdan avval taqillatish kerak! -Voy uzur!- akam xonadan chiqib ketdi. Ikki soniya òtmasidan eshik taqilladi.
-Akaaaa!- kulib yubordim. Kayfiyatim 180 gradusga òzgardi.
-Mumkinmi?- dedi akam eshikni qiya ochib.
-Kiring!- dedim quvnoq ovozda. Akmal akam doim shunaqa jinnicha hazillar qilib kònglimni kòtarishga urinadi. U ichkariga kirib qarshimga ohista òtirdi. Menga tikilib nimalarnidir òyladi.

#Davomi_Bor...🥀

Mualif #??????

Admin #Musulmon ♡♡

Hikoya tôplamlar @HikoyaRamantikka

Kanalimiz  @Hikoya_Ramantikka 🌙🥀

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

Men sizlarni sevaman

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

Kòproq tashlengda unda

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

Asosiysi boshlab oldikku shunaqa obunachilar vaqtik bòlganda yana tashayman kechgacha ozroq

Ha aytgancha hikoya 250 dan otib ketadi qism😂😂 shunga men 1 oy dedim😂😂

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

🥀⛈○● QALB QOTILI ●○🥀⛈

❤️🥀 9-Qism 🥀❤️


Hayrli kun!- soxta jilmayib ularni qarshisiga joylashdim.
-Senga ham!- Madina sergak tortib jilmaydi. Soxtalikda mendan qolishmaydigan qizga biroz qarab turib, haligacha hech narsa demagan kelinoyimga qaradim.
-Hayrli!- u soxta bòlsada jilmayishni ep kòrmadi. Qizidan farqli u hayoliga kelganini dangal gapiradi va menga yomon qarashini sezdiradi. Dadam bu munosabatga beetibor qaraydi, biroq akalarim... Hadicha ular oldida ip esholmay qoladi. Ana òshanda yaxshi niqobini taqadi. Men beparvo ovqatlana boshladim. -Navròz!- kelinoyim quloģida naushnik bòlgan beetibor kelib stolni u tomoniga òtirgan òģliga qarab hayron baqirdi. U miq etgani ham yòq. Aslida uni ovqatlanishga tushgani ham yangilik edi. Kòpincha u òz xonasida kompyuteridan kòz uzmagan holda ovqatlanar edi. Onasi va singlisidan farqli uni men bilan ishi yòq va yaxshi muomila qilardi. Unda ham yilda bir gaplashganimizda. Men aynan uni korib "tarki dunyo" degan atamani tushunganman.
-Qòying oyi. Akamga gapirganizni foydasi yòq. Qachon nima qilishini tushunib bòlmaydi!- Madina Navròzga òqrayib qarab qòydi. Ha uni akadan omadi kelmagan. Balki shuning uchun menga hasad qilar? Meni ikkita toģdek, bemalol suyana oladigan akalarim bor va ular menga bir qancha erkinliklar yaratib berishgan. Unda esa bunday imkoniyatlar yòq. Chunki Navròz Akmal akam bilan tengdosh bòlsada mafia ishlariga aralashmaydi. Kuni bòyi kompyuter oldida òtirib bir nimalar qiladi.
-Bir kun meni sharmanda qiladi bu bola! Qachongacha shunday òtirmoqchisan? Sen tengilar allaqachon ishli va shon shuhratli bòlishdi. Sen esa...- kelinoyim diydiyo qilishga tushib ketdi. Navròz jim etibor bermay ovqatlanib òtirardi. Bilardim bu unga yoqmayotganini.
-Amakim qachon qaytar ekan?!- mavzuni burishga urindim. Shu bilan Navròzga yordam berdim gòyo.
-Aniģini bilmaymiz. Rossiyadagi ishlari hali bitmabdi. Yaqinda qaytadi!- Madina javob berdi. Shu bilan kelinoyimni ham fikri bòlinib jim bòldi. Navròz menga qarab minnaddorlik bildirgandek kulib qòydi.
-Tushunarli!- ovqatlanishda davom etdim. Shunda akalarim va otamni haligacha tushmagani etiborimni tortdi. Shoshganimdan

#Davomi_Bor...🥀

Mualif #??????

Admin #Musulmon ♡♡

Hikoya tôplamlar @HikoyaRamantikka

Kanalimiz  @Hikoya_Ramantikka 🌙🥀

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

🥀⛈○● QALB QOTILI ●○🥀⛈

❤️🥀 7-Qism 🥀❤️


-Nahot bunda Alining qòli bòlsa?- uzoq sòroqdan sòng mehmonxonada òtirar ekanmiz Botir akam hayron dedi. -U bilan adovatimiz yòq edi shekilli?- òyga toldim.
-Ha, biroq ruhsatsiz yerlarimiz orqali mol tashishi... uni dòst emasligini anglatadi. Dòst emas ekan demak dushman! -Rostan hech qanday adovat bòlmaganmi?
-Adovat?- Akmal akam asabiy kuldi- Uni hatto kòrmaganmiz ham, faqat ismini Ali ekanligini bilamiz. Qanday adovat bòlishi mumkin?
-Unda bosh qotirib òtirmaymiz!- ularga manoli qaradim.
-Doim ham òldirish tòģri qaror emas!- Botir akam doimgidek har tomonlama òylab dedi- Balki anglashilmovchilik bòlgandir.
-Sizlarni janob Farhod chaqirayapti!- xizmatchi qiz Lola kelib akalarimga dedi. Shu on ertalabki majlis haqidagi gapni eslab hòrsindim.
-Hozir boramiz!
-Hòp!- Lola chiqib ketdi.
-Non tishlab ketinglar!- òzimni gapimga òzim kulib yubordim. Qornimni ushlab miriqib kulardim. Boshimga kelib tushgan yostiqdan bazòr tòxtadim.
-Men aybdorman deyish òrniga aytgan gapingni qara, shumtaka!- Akmal akam kulgancha soxta jahl qildi.
-Kim aybdor? Bilib qòyinglar agar otam turmush qurish yoki bu ishlarga aralashmaslik haqida oģiz ochsa jim turmanglar!
-Huddi seni tarafingni olmaydigandek gapirasana?
-Aka!- mòltirab qaradim. U jim- Aka dedim!!!
-Rozi qilishga urinib kòramiz!- suhbatimizdan kulib òtirgan Botir akam dedi.
-Òzimni akajonim!- jon kirgandek yugurib òzimni uni baģriga otdim. U kulgancha sochimni silab qòydi.
-Yosh bola!- Akmal akam bizga termulgancha kulib dedi.
-Ajab bòlsin. Sizni quchmaganimga alam qilyaptimi? -Kim aytadi seni yigirma yosh deb? Haliyam yosh bolasan!

#Davomi_Bor...🥀

  Mualif #??????

Admin #Musulmon ♡♡

Hikoya tôplamlar @HikoyaRamantikka

Kanalimiz  @Hikoya_Ramantikka 🌙🥀

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

🥀⛈○● QALB QOTILI ●○🥀⛈

❤️🥀 5-Qism 🥀❤️


Nonushta qilib bòlib, yertòlaga yòl oldim. Kutganimdek u yerdan har xil shovqinlar kelardi. Ichkariga kirdim. Yerda sakkiztacha yigitlar òlasi qilib kaltaklangan va holsiz yotishardi. Qòl oyoģi boģliq bòlmasada qochish tugul òrinlaridan tura olishmasdi. Ikki akam esa boshqa bittasini kaltaklash bilan band edi. Meni kirganimni sezishmadi ham. Xona burchagidagi uzun stol oldiga bordim. Poshnalarim ovozi, azobdan baqirayotgan yigit ovozi tufayli eshitilmasdi ham. Stol juda uzun bòlib, unda har xil qiynoq uchun qurollar bisyor edi. Xanjar, qamchi, tòpponcha... hatto qassob pichoqigacha bor edi. Bizni yertòla aynan shu qiynash, gapirtirish uchun maxsuz tayyorlangan edi. Men tòpponchani olib shimim ortiga yashirdimda, koftamni tushurdim. Ortimga ògrilib akalarim tomon yaqinlashdim. Ular meni kòrib tòxtab qolishdi. Peshonalaridan chiqgan terni artib azoblanyotgan yigitni qòyib yuborishdi. Yigit yerga holsiz yiqildi.
-Natija bormi?- javobni kòrib turgan bòlsamda sòradim.
-Afsuski yòq!- Akmal akam stakanga suv solib hòplagan kòyi javob berdi.
-Chunki sizlarni usullaringiz eski!- yerda kòzlarini bazòr ochib yotgan yigitlarga kòz yugurtirdim- Odamni hisiyotlari bilan òynashish kerak. Bu oģriq oldida tana oģriģi chikora!
Kòzimni yigitlardan uzib buyumlarga tòla boshqa stolga qaradim. -Bu ularni buyumlarimi?- akalarimga savol nigohi bilan qaradim. -Ha!
Buyumlarga kòz yugurtirib ikkita bir xil familiyali pasport topdim. Aksiga olib pasportda rasmlar kòrsatilmagan edi. Demak ular juda ehtiyotkor. Pasportdan biriniki yoshi 38, boshqasiniki 25 da edi. Men 38 yoshli yigit hujjatini oldim.
-Bahodir Yòldashev!- yigitlarga qarab ismni òqidim- Qaysi biringiz?
Hech kim javob bermadi. Men akalarimga manoli qaradim. Ular tushunib hammasini tizzalatgan holda òtistirib chiqishdi.
-Agar javob bermasangiz hammangiz òlasiz!- maģrur gapirdim. Bir nechta yigitlar behol bitta tepa kal sochli yigitga qarashdi. Botir akam uni turģazib yigitlarga qarama qarshi qilib òtkazdi. Uni oldiga poshnalarimni taqillatgancha borib, iyagidan kotarib òzimga qaratdim. U kòzlarini zòrģa ochib menga qaradi. -Bahodir senmisan?- jilmayishga urindim.

#Davomi_Bor...🥀

Mualif #??????

Admin #Musulmon ♡♡

Hikoya tôplamlar @HikoyaRamantikka

Kanalimiz  @Hikoya_Ramantikka 🌙🥀

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

Mualif #??????

Admin #Musulmon ♡♡

Hikoya tôplamlar @HikoyaRamantikka

Kanalimiz  @Hikoya_Ramantikka 🌙🥀

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

-Akmal!!!- Botir akam unga jiddiy qaradi.
-Uzur aka, ammo...
-Nega yashirasizlar? Otam nima dedi?!- asabiy qaradim.
-Otamiz seni bunaqa ishlarga aralashishingni istamayapti!- Akmal akam Botir akamga bir qarab olib gapirdi.
-Sizlar esa rozi bòlgansiz!- tishlarim orasida gapirib ularga asabiy qaradim.
-Biz shunchaki senga nimadir bòlishini istamaymiz!- Botir akam tushuntirishga urindi- Uni ustiga qiz bolasan, qoidalarimizni bilasan. Shu vaqtgacha otam bizni gaplarimiz tufayli rozi bòlayotgan edi, endi qatiy qaror qilgan kòrinadi.
-Buni uyda gaplashsak bòlardi!- Akmal akam qurolini òqlab qòlga olingan yigitlar oldiga yaqinlashdi- Boshliģingiz kim?
-...
Ulardan sado chiqmagach bitta yigitni peshonasini mòjalga olib ikkilanmay otdi.
-Har bitta sukut uchun bitta odam òladi!- davom etdi. Yana hech kim javob bermadi. Yana bitta yigitni boshiga òq joylandi. Bir necha bor shunday davom etgach Botir akam uni tòxtatdi.
-Hammasi òlsa savollarga qanday javob topamiz? Ularni uyga olib boring! Uyda sòroq qilamiz!!!
Mashinalarimiz Murodovlarning katta hovlisi oldida tòxtadi. Mashinadan avval men va akalarim tushishdi. Otamni ģazabga tòlgan nigohini kòrib tòxtab qoldik. Otam aynan menga sovuq qarab yaqinlasha boshladi. Akalarim oldinga chiqib, meni ortlariga yashirishdi...

#Davomi_Bor...🥀

Mualif #??????

Admin #Musulmon ♡♡

Hikoya tôplamlar @HikoyaRamantikka

Kanalimiz  @Hikoya_Ramantikka 🌙🥀

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

🥀⛈○● QALB QOTILI ●○🥀⛈

❤️🥀 1-Qism 🥀❤️


MUQADDIMA
Qoronģu xonani faqat shamlarni nuri yoritib turardi. Atrof "U"ni yoqimli iforiga tòlgan, yer va yotoqda atirgul yaproqlari sochilib yotardi. Qarshimda esa "U" jilmayib turardi. Cheksiz muhabbatim egasi, nafratim sababchisi... Yana QALB QOTILI... Qalbimning qotili...
-Maftunkorsan!- u menga boshdan oyoq qarab bezatilgan stolga òtirishimga imo qildi. Hech qanday hissiz stullardan biriga joylashdim. U qarshimga òtirdi. Sham nurida yana ham kòrkam kòrinardi gòyo. Uni aqldan ozdiruvchi tabassumi va zulmat kabi qora kòzlariga bir soniya mahliyo bòldim. Qòlimdan tutgan qòllardan òzimga keldim. Uni sovuq tafti etimni junjiktirsada bunga òrganib qolganim bois qòlimni tortib olmadim. U yana mayin jilmayib meni raqsga taklif qildi. Xonada yangragan yoqimli musiqaga hamohang tebrana boshladik...
Uni changalida qòrqayotgan bòlsamda, ģururim sabab buni bildirmadim. Musiqa tugagach yana qaytib joyimizga òtirdik. U ikkita qadaxga shampan vinosidan quyib, bittasini menga uzatdi.
-Biz uchun!- qadaxlar bir biriga tegib ovoz chiqardi. U òz qadaxidagi vinodan hòplab, menga "Ich" degandek manoli qaradi. Uni nigohi shu qadar sovuq ediki, ich ichimdan muzlab ketdim.
Bilardim, bu qadaxdan hòplasam jonim uzilishini, bu meni sòngi daqiqalarim ekanligini. Ammo nega hotirjamman? Bu kunni kelishini bilganim uchunmi? U meni òldirishini bilsamda baribir shu yerga kelganim uchunmi? Nima uchun?
Bilmadim... Bilganim shuki "U" shuni istayapti. Meni esa òzga choram yòq. Baribir unga kuchim yetmaydi, yana unga hamon OSHIQMAN!!!
U bir qadaxga, bir menga hissiz qarab turardi. Meni òlishim uni bir tukini ham òzgartirgani yòq. Ha u shunday yomon... haqiqiy IBLIS.
Men unga qarab siniq jilmaydimda qadaxdagi vinoni bir kòtarishda ichib tugatdim. Bu vinoni tamini juda yaxshi bilaman. Uni tami negadir òzgargan edi. Sababi esa aniq... "U"ni hamon yuz ifodasi òzgargani yòq. Haliyam òsha òsha sovuqqon. Tomoģim olov bòlib yona boshlasa ham, jilmayishdan tòxtamadim. U razilona jilmayganidan sòng esa oģriq butun tanamga tarqaldi. Boshim aylanib, òylashdan ham tòxtadim. Sòngi kòrgan manzaram IBLIS MAHBUBIMni mamnun chehrasi edi...

#Davomi_Bor...🥀

Mualif #??????

Admin #Musulmon ♡♡

Hikoya tôplamlar @HikoyaRamantikka

Kanalimiz  @Hikoya_Ramantikka 🌙🥀

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

Ularga tegiwli gap nu togri gap aytilgan. 🌷

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

InShaaAlloh intizorlik bln kutamiz 🥰🥰

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

🥀⛈○● QALB QOTILI ●○🥀⛈

❤️🥀 16-Qism 🥀❤️



Eshitayapsanmi òzi?- Asrorni asabiy ovozidan sergak tortdim.
-A?... Ha!
-Shubham bor!- dedi u menga ishonqiramay qarab- Oxirgi gapimni takrorlachi.
-Onang senga qiz qidirayotgani haqida gapirding!- dedim sinchkovligimni ishga solib.
-Qoyil! Hamma gapimni eshitmagan bòlsangda juda etiborlisan. Xullas onam menga kelin qidirish bilan ovvora. Nomzod bòlishni istamaysanmi?
-Yòq!- dedim hissiz. Uni yuzi tundlashdi- Yani meni bu yaqinda turmushga chiqish niyatim yòq. -Yigirmaga tòlding, axir?!
-Òttizgacha kutaman!- dedim kulgancha. U ham jilmayishga urindi. Hòrsinib qòyib tinmay jiringlayotgan tel gòshagini kòtardim. -Eshitaman.
-Zulfiya, tez uyga yetib kel!- otamni qatiy ovozi yangradi. Shu bilan gòshakni qòydi. Soat hali òn ikki ham bòlmagandi. Kutganimdek ketidan Botir akamdan habar keldi:
"-Seni sòrab kelishdi. Bu safar otamni niyati jiddiy. Tez uyga yetib
kel!"...

#Davomi_Bor...🥀

Mualif #??????

Admin #Musulmon ♡♡

Hikoya tôplamlar @HikoyaRamantikka

Kanalimiz  @Hikoya_Ramantikka 🌙🥀

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

🥀⛈○● QALB QOTILI ●○🥀⛈

❤️🥀 14-Qism 🥀❤️



Ertalab uyģonar ekanman, huddi yuragim qayergadir borishini sezgandek kiyinib, yasanib oldim. Kecha klubda bòlgan janjal tufayli uyga kech qaytdik. Kechagi yigitni ahvolini òylab achinib ketdim. Qiziq, haliyam tirikmikan? Yoki allaqachon òldirib bòlishdimi? Kòngilxushlik uchun borgandim. U barini barbod qildi. Kòzguga qarar ekanman tizzamgacha yetgan sochlarim etiborimni tortdi. Kecha chòmilganimdan sòng jingalak qilmagandim.
-Jin ursin!- dedim aksimdan kòz uzmay. Bu sochni turmak qilishni òzi bòlmaydi. Meni qornim esa òlguday och. Buyruģim bilan hizmatchi Lola xonamga nonushta olib keldi.
-Yegunimcha sochimni turmaklab qòy!- stulga joylashdim.
-Jingalak qilaymi?- dedi u har doimgi turmakimdan xulosa qilib.
-Yòq!- òyga toldim. Doim bir xil qilishni istamadim- Tepadan yiģib qòya qol. Faqat yoyilib yotmasin.
-Hòp, bòladi!- u ishga kirishdi. Men nonushta qila boshladim. Bu sochni yiģishni ham òzi bòlmaydi. Lolaga achinib ketdim. Bu
sochdan qutilgan kunim bayram qilaman.
Telefonim ovozidan hayollarim bòlindi. Ekrandagi yozuvga uzoq tikilib nihoyat javob berdim.
-Eshitaman, Asror!
-Senga ham salom. Bugun bòshmisan?
-Bòshman shekilli!- dedim òychan.
-Unda seni har doimgi joyimizda kutaman!
-Lekin...
-Etirozlar qabul qilinmaydi. Ikki soatda sòng kòrishamiz!
U gòshakni qòydi. Uni harakteri azaldan shunday. Bunday munosabatni yoqtirmasamda hech nima demadim. Chunki menga qòrqmay shunday munosabatda bòladigan yagona odam edi u. -Tugatdim!- deya Lola peshonasidagi terni artib qòydi. Kulib qòyib, kòzgu qarshisiga bordim. Sochim tepadan yiģilib, òrab qòyilgan edi. Lekin baribir oldi sochlarim yuzimga tushib turardi- Jingalak qilib qòyaymi?
Tasdiq manosida bosh silkidim. Lola oldimga tushib turgan sochlarimni jingalak qilib qòydi. Kòrinishimdan mamnun pastga tushdim.
-Akalarim qayerda?- ortimdan kelgan Loladan sòradim. -Yertòlaga ketishgandi!
Ortiq hech narsa demay pastga yòl oldim. Yertòladan baqiriq ovozlari eshitilardi. Ichkariga kirishim bilan ovoz tinib qoldi. -Nega kelding?- Akmal akam kechagi yigitni dòpposlashdan tòxtab dedi.
-Bechoragina tirik qolsin. Axir bilmagandi!- dedim soxta achinish bilan.
-Erkaklar ishiga arlashma. Qani chiq!- Botir akam meni chiqarmoqchi bòldi.
-Shoshmang!- tòxtatdim.
-Chiq!
-Men aylanishga...
-Boraver. Faqat ikkigacha qayt! Bir daqiqaga ham kech qolma! -Hòp!- yuzlaridan tinmay qon oqayotgan, kòzlari shishib, qarab bòlmas ahvolga kelgan yigitga bir nazar tashladimda xonadan chiqib ketdim. Yigitni hozirgi ahvolida meni aybim biroz bòlsada, qòlimdan hech narsa kelmasdi. Ularni akalarimni qòlidan ajratib olishni imkoni yòq. Agar òzlari charchab qòyib yuborushmasa. Ammo bu yigitda tirik qolish imkoniyati yòq. Chunki u bu yerlik emas va òlib ketsada hech kim izidan tushmaydi. Afsus... Uydan chiqib sevimli mashinamga joylashdim. Asror oldinlari oilasi bilan uyimizda hizmatchi bòlib ishlashgan. Kòp yillik xizmatlari uchun otamni sharofati bilan uni otasi yaxshiroq ishga joylashdi. Hozir òrta hol oiladan. Asror ham òqimishli va aqlli yigit. Bu uchun otamdan minnaddorligini bot-bot takrorlaydi. Ammo otam asli nega bunday qilganini men bilaman. Asror bilan yaqinligimizni kòrib uni mendan uzoqlashtirmoqchi bòlgan. Sababi esa menga qoronģu. Balki oldin otam meni oddiy hizmatchini òģli bilan bòlishimni istamagandir? Ammo nega hozir shunday oiladan kelgan sovchini ham ichkariga kiritadi? Balki oldin menga nisbatan ozgina bòlsada mehri bòlgandir? Yoki rostan kimgadir muruvvat qilishni istaganmi? Ikkala tahmin ham haqiqatdan uzoq!...

#Davomi_Bor...🥀

Mualif #??????

Admin #Musulmon ♡♡

Hikoya tôplamlar @HikoyaRamantikka

Kanalimiz  @Hikoya_Ramantikka 🌙🥀

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

🥀⛈○● QALB QOTILI ●○🥀⛈

❤️🥀 12-Qism 🥀❤️


Eshitdingmi?- dedi u sekingina. Gap nimadaligini tushunib yuzimdan kulgu yòqoldi. Beetibor yana kitobga qaradim- Tur, ketamiz!
-Qayerga?- dedim hayron.
-Senga yoqadigan joyga!- akam ayyorona kuldi. -Oq yòl!- dedim beparvo.
-Hoxishing. Demak klubga bormaysan. Tushunarli!
-Chiqing. Kiyimimni almashtirib tushaman!- dedim qayerligini eshitib, fikrim òzgarar ekan. Akam kulgancha chiqib ketdi. Kòngil xushlik qiladigan joylarni azaldan yoqtiraman. Akamlar òsha yerga borganda otamdan yashirincha ularga ergashardim. Gòyo otam bilmaydigandek...
Egnimga jensi shim va yengil kofta kiyib oldim. Kofta ustidan jensi kostyum tashladim. Shim va kostyumni kòp joyi yamalgandek bòlib bu uni modasi edi. Kòzguga qaradim.
-Mana endi haqiqiy kòcha qizi bòlding, Zulfiya!- dedim aksimga tikilgancha. Sochimni turmaklashni òylamadim. Chunmi sochim juda uzun bòlib turmaklash juda qiyin edi. Akalarimni qatiy talabi bilan sochimni biror marta kestirmaganman. Shuning uchun bu sochni doim jingalak qilib yuraman. Zora shunda kaltaroq kòrinsa...
Aksimga tikilishni bas qilib tashqariga yòl oldim. Akalarim meni mashinada kutishayotgan ekan. Bitta mashinada ketishni ixtiyor qilishgan choģi.
-Bu nima ahvol?- mashinaga òtirishim bilan Botir akam sòroqqa tutdi. Kiyimimga aralashishlarini sira yoqtirmayman. Ammo bular har ishimga burun suqishmasa òlib qolishadi.
-Aka, menimcha menga hozir kiyim haqida gapirmaganingiz maqul. Yoki kayfiyatim battar tushishini istaysizmi?- men bilardim nega klubga ketayotganimizni. Ular bugungi voqealardan biroz chalģishimni istashayapti. Demak hozir ham menga etiroz bildira olishmaydi.
-Aka, ketdik!- kutganimdek Akmal akam birinchi qadam bosdi. Botir akam hòrsinib qòyib mashinani òt oldirdi. Borgunimizcha uzoq hayol qildim. Bugun juda òychan bòlib qolgan edim. Menimcha rostan chalģishim zarur.
Yetib kelganimizni musiqa shovqinidan bildim. Ichkariga qadam bosar ekanmiz hammani diqqati bizga qaratildi. Hammani yuzida hadiksirash paydo bòldi. Bazi davrada raqsga tushayotganlar stoliga qayta òtirdi. Mastlargina hech nimaga etibor bermay, raqs tushishardi. Biz chekkadagi har doimgi joyimizga borib òtirdik. Men tomonga qaratilgan yigitlarni nigohidan hayron bòlmay doim bizga hizlat kòrsatadigan yigitni izlay boshladim. Yosh, kòzlari qora, qoshlari qalin yigit bizni buyurtmamizni oldindan bilib stolga kerakli narsalarni olib keldi.
Bu kelishgan yigit nega oddiy afisant bòlib ishlashi doim meni qiynab kelgan. Axir bu chiroy bilan tuzukroq ish topish mumkinku. Ishda eng muhimi istarali kòrinish. U bundan zavqlansa arziydi. Menga òxshagan etibor talablar esa boshqa masala. Men odamlar qòrquvidan lazzat olaman. Gòyo boshqa jonzotmanu ozuqam shudek...
-Ali masalasi nima bòldi?- deb stoldagi cola idishini olib hòpladim.
Òtkirroq narsa qancha ichishni hoxlasamda, buni akamlar oldida oshkor qilish ahmoqlik. Zero menga bayram va ziyofatlardagina òtkirroģidan ichishga ruhsat bor. Unda ham faqat vino.
-Kelishib olish uchun boģlanishga urinib kòrdik. Biroq hech qanday malumot yòq! Huddi izsiz ģoyib bòlgandek!- dedi Botir akam hòrsingancha. -Mol tashish...
-Davom etmoqda. Bir soat avval yana kuzatildi.
-Ularga bundan nima naf? Axir moldan ayrilishayapti. Biroq tòxtashgani yòq.
-Bilmayman... bilmayman...
-Buni hal qilishga ne hojat? Baxonada mol bizga òtayapti!- Akmal akam colani boshqa shishasini oldi.
-Qòshilaman!- deya jilmaydim- Shu tufayli chet elga qatnashga ham majbur bòlmayapmiz.
-Bu hamkorlar bilan aloqa uzilishiga olib keladi!- dedi òychan Botir akam.
-Yòq!- yuzim burishdi- Unda chetga chiqmaslikka tòģri keladi. Bu qanday falokatligini tushunayapsizmi?
-Ha... yangi moda kolleksiyasidan qolib ketasan!

#Davomi_Bor...🥀

Mualif #??????

Admin #Musulmon ♡♡

Hikoya tôplamlar @HikoyaRamantikka

Kanalimiz  @Hikoya_Ramantikka 🌙🥀

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

Tavba buni Men yozmagandim sheriklarim yozganmi deman tel mendamasdi

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

Bu hikoya yozilgankuu oxirigacha

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

10 ta qism bn aldab ketmang yana izlab yurmaylik admin aka qani deb😒😒

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

🥀⛈○● QALB QOTILI ●○🥀⛈

❤️🥀 10-Qism 🥀❤️


tez tez ovqatlanib hech nima demay turib ketdim. Ikkinchi qavatga, otamni xonasiga kòtarildim. Eshikka yaqinlashib sekin poyladim.
...-Biroq "U" bòlmaganda yerlarimizda òģrincha mol tashiyotgan Ali ekanligini ham aniqlay olmasdik!- bu Botir akamni ovozi edi. U men haqimda gapirayotgani aniq- Qaroringiz unga nisbatan shavqatsizlik bòladi!
-Shavqatsizlik? U qiz bola deb sizlarga necha bor aytganimni ham bilmayman. Nega tushunmaysiz?- otamni asabiy ovozini uzoqdan turib ham taniyman.
-Unda faqat ishdan chetlating, ammo turmushga berishingiz notòģri!- Akmal akamni gapidan yuzim òzgardi. Yòq. Menga har ikkalasidan ozodlik kerak.
-U yigirma yosh!!!- otam deyarli baqirib yubordi. -Onam sizga yigirma besh yoshida tekkan!
-Onang boshqa gap. U bizni qondan bòlmagan. Onang bilan singlingni solishtirma. Zulfiya toza Murodovlardan!!!
-Unda nega uni ola kòrasiz?- Botir akam chiday olmay baqirdi- Nega unga cheklovlar qòyasiz? Nega 18 ga tòlgan kuniyoq turmushga berish haqida òylagansiz? Qutilmoqchi bòlgansizde-a? Chunki onam òlimida uni aybdor deb bilasiz!!!...
Ortiq eshita olmadim. Xonam tomon yugurib ketdim. Eshikni zarb bilan yopib chuqur chuqur nafas ola boshladim. Qancha yiģlashga urinmay qòlimdan kelmasdi. Shunchalar toshbaģirmanmi?... Onam meni tuģish choģida òlganlar.
Aytishlaricha u juda nimjon bòlgan ekanlar. Uchinchi farzandni, yani meni tuģish jarayonida dosh bera olmabdilar. Balki rostan otam shunga meni ola kòrarlar?! Yoshligimda otam menga nega sovuqqon va beshavqat bòlishlarini tushunmasdim. Buni qiz bola bòlganim uchun qattiq tutyaptilar deb òylardim. Òn sakkizga tòlib sovchilar kelib boshlagach fikrim òzgardi. Otam meni oddiy usta yoki hizmatchiga berishga ham rozi edi. Tomoshalarim va akalarimni qarshiligi sabab haligacha qutila olmay yuribdilar. Men otam bilan dildan gaplashmaganman. Hatto yonida begonasirab noqulay bòlardim. Bazan bu uydan bosh olib ketgim keladi. Ammo bu oilamiz uchun sharmandalik edi. Qiz bola uydan qochsa odamlar sevgani bilan qochishga yòyardi. Meni qatiy qoidalar bilan tarbiyalarshgan, huddi robot kabi. Yani men uchun oila shani birinchi òrinda...

#Davomi_Bor...🥀

  Mualif #??????

Admin #Musulmon ♡♡

Hikoya tôplamlar @HikoyaRamantikka

Kanalimiz  @Hikoya_Ramantikka 🌙🥀

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

🥀⛈○● QALB QOTILI ●○🥀⛈

❤️🥀 8-Qism 🥀❤️


Kim aytadi sizni yigirma ikki yosh deb? Hech bir odamdan qòrqmay, oddiy bir òrgimchakdan qòrqasiz!- unga qarab kulib yubordim.
-Sen...
-Bas. Akmal ketdik, otam kutib qolmasin!- Botir akam peshonamdan òpib qòydida xonadan chiqib ketdi. Akmal akam menga qahr bilan qarab turdida, u ham òrnidan turdi.
-Aka!- tòxtatdim.
-Nima deysan?
-Sizni yaxshi kòraman!
-Paxta qòyma!- akam menga qarab kòzini qisib qòydida chiqib ketdi. Xonada yolģiz qoldim. Akalarim bilan har suhbat shunaqa qizģin va yoqimli òtadi. Akalarim bilan oramiz ikki yoshdan farq qiladi. Men yigirmada bòlsam, Akmal akam yigirma ikkida, Botir akam esa yigirma tòrtda edi. Botir akam bilan oramiz juda yaxshi. U hech qachon meni rayimga qarshi bormagan, doim himoya qilgan. Akmal akam bilan kichik janjallar bòlishini hisobga olmasa ularni ham juda yaxshi kòraman. Ular ham doim tarafimni olib kelgan. Otam tilida aytganda ikki akam ham meni meyoridan ortiq erkalatishgan. Bizni oila qonuni bòyicha qiz bola akalaridan qancha kichik bòlmasin birinchi turmush qurar edi. Shu tufayli ular haligacha yolģiz. Bazan ular oila qurmagani uchun òzimni aybdor sanasamda, turmushga chiqish men uchun emasligini juda yaxshi bilaman. Bazan bu oilada yigitlar qirq yoshgacha oila qurmaslikka tòģri keladi. Bu qonunlar doim asabimga tekkan... Ammo shu qonunlar ichida ulģayganim tufayli ular hayotimni bir bòlagiga aylangan...
-Xonim kechgi ovqat tayyor!- Lolaning ovozi hayollarimni bir joyga yiģishimga sababchi bòldi. Qanday kech bòlganini sezmay ham qolibman.
-Otam va akalarimchi?
-Ular janob Farhodni xonasida ovqatlanishar ekan.
-Hòp!- òrnimdan turib ovqatlanish uchun maxsus mehmonxonaga òtdim. U yerda katta stol bòlib, atrofida "sevimli" kelinoyim Hadicha va uni qizi Madina òtirardi.

#Davomi_Bor...🥀

Mualif #??????

Admin #Musulmon ♡♡

Hikoya tôplamlar @HikoyaRamantikka

Kanalimiz  @Hikoya_Ramantikka 🌙🥀

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

🥀⛈○● QALB QOTILI ●○🥀⛈

❤️🥀 6-Qism 🥀❤️


-Ha...a!- u behol bosh silkidi.
-Juda soz! Hozir oramizda ukang ham bor. Buni pasportda yozilgan malumotlardan va familiyangiz birligidan bilsa bòladi. Hòsh... qaysi biri u?- u va yigitlar orasidan qochib sòradim. U yigitlarga birma bir qarab qaytadan kòzini yumdi.
-Aytmayman degin?!- kulib yigitlarni birinchisiga yaqinlashib sochidan ushlab egilgan boshini kòtardimda, ortimga yashiringan tòpponchani chiqarib peshonasiga tiradim- Shumi?
U kòzini ochib yigitga tikilib turaverdi.
-Yòqmi?- ikkilanmay òq uzdim. Hamma yoq qip qizil qonga tòldi. Bahodir ismli yigitni kòzlari qòrquvdan kattalashdi. Hech narsa bòlmagandek ikkinchi yigitga yaqinlashib, unga ham tòpponcha tiradim- Bunisimi?... Bu ham emasmi? Afsus!!!
Unisini ham peshonasiga òq joylandi. Bu bir necha bor davom etdi. Oxiri ikkitagina yigit qoldi. Bitta mallasochli yigitni sochidan ushlab boshini tòģirladimda peshonasiga tòpponchani olib keldim.
-Balki bunisidir?!- Bahodirga savol nigohi bilan qaradim. Bu safar ham u indamadi. Yigitdan kòzini uzmay turdi. Farqi tomoni nigohi oldingilardan boshqacha edi.
-Yòq!- shubhalarim tasdiq topdi. Chunki u ilk bor gapirgan edi. -Afsus!- òzimni achingandek kòrsatib yigitni boshiga emas oyoģiga otdim. U oģriqdan chinqirib yubordi. Bahodir hech qanday harakat qilmagan bòlsada kòzlari sotib qòyayotgan edi. Bu safar yigitni boshiga otishga shaylandim. Bahodirni kozlari qizarib ketdi.
-Tòxta!!!- endi òq uzmoqchi bòlganimda baqirdi. Tòxtab unga ayyorona jilmayib qaradim- Òldirma uni!!!
-Demak bu ukang tòģrimi?
-Ha!- uzoq sukunatdan sòng javob berdi.
-Barakalla, Bahodir. Haqiqiy bahodir yigit ekansan. Endi bir masalada ham yordam bersang degandim!- mamnun kulib tòpponchani tushirdim- Boshliģingizni oshkor qil! Yòqsa kòz oldingda ukangni boshiga qòrģoshin joylab qòyaman...

#Davomi_Bor...🥀

Mualif #??????

Admin #Musulmon ♡♡

Hikoya tôplamlar @HikoyaRamantikka

Kanalimiz  @Hikoya_Ramantikka 🌙🥀

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

🥀⛈○● QALB QOTILI ●○🥀⛈

❤️🥀 4-Qism 🥀❤️


Janjalni eshitdim. Hafa bòlgansan degan hayolda yoningga keldim!- u men bilan deyarli tengdosh bòlgani uchun sensirab gapirardi. Yoshligimda juda yaqin edik. Hozir negadir oramizda tòsiq bor. Bunda Hadicha kelinoyimni tashabbusi borligi aniq. U qizini menga qarshi qayrashi ham hech gap emas.
-Hafa?!- òylanib turdimda kulib yubordim- Hafa bòladigan ish bòlmadi. Aksincha ertalab hafa edim, bugungi òljadan sòng kayfiyatim kòtarildi.
-Tushunarli!- uni yuzi yomon narsa yeb qòygandek burishdi. Uni onasini felini bilgan holda hayron bòlmadim. Madina ham onasiga tortgan. Menga aslo dòst emas- Haligi...
-Ketmoqchiligingda eshikni yopib chiqib ket!- zaxrimni sochdim. Bu qizni menga qilgan ishlari hamon yodimda. Oramizdagi gaplarni onasiga yetkazgani ham. Hozir oramizni yaxshilashga urinayotganini ham sezib turardim.
-Hòp!- u tomon qaramagan bòlsamda menga tulkinikidek kòzlarini suzib, chiqib ketganini sezdim. Bir tukim ham òzgarmadi. Bu ona bolani menga qarshi qilgan ishlariga hech jiddiy qaramaganman. Aslida bu katta hovlida ikkitagina odamga ishonaman. Ular Botir va Akmal akam!
Ancha vaqtdan sòng xonamdan chiqdim. Qornim ertalab hech nima yemaganimni eslatib turardi. Oshxonaga kirib Lolaga kòzim tushdi.
-Lola, menga nonushta keltir!
-Hòp, bekam!- Lola past va shirin ovozda gapirib menga nonushta tayyorlay boshladi. Mehmonxonaga òtishni istamay oshxonada o'tirdim. U har doimgidek ishini tez bajardi. Havsala bilan kech bòlsada nonushta qila boshladim. -Lola!
-Labbay, bekam!
-Otamni qattiq jahli chiqdimi? Haligi... men ketganimdan sòng?
-Ha, mexmonxonada ancha vaqt boshini changallab òtirdilar. Tinchlantiruvchi doridan ikkita qabul qildilar.
-Tushunarli, rahmat!- òyga toldim. Nahot quyishqondan chiqqan bòlsam? Ammo bu safar u qadar qotilliklar, otishmalar bòlmadi. Otam shunchaki vahima qilayapti.


#Davomi_Bor...🥀

Mualif #??????

Admin #Musulmon ♡♡

Hikoya tôplamlar @HikoyaRamantikka

Kanalimiz  @Hikoya_Ramantikka 🌙🥀

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

🥀⛈○● QALB QOTILI ●○🥀⛈

❤️🥀 3-Qism 🥀❤️


-Ota!- Botir akam meni ortiga yashirar ekan birinchi gap boshladi.
Otam qahrli nigohlarini mendan uzib unga qaradi- Uni urushmang. U bòlmaganda ishni eplay olmagan bòlardik.
-Sizlar bilan kelishgandik shekilli!- otam ģalati ovozda gapirib ikki akamga birma bir qaradi.
-Bilamiz ota!- Akmal akam gapga aralashdi- Biroq...
-Nima biroq? U qiz bola! Uni òrni hovlida, oila davrasida!
Qonunlarimizga kòra qiz bola bu ishlarga aralashmaydi. U òzini himoya qilish uchungina qurol ushlashi kerak. Uni ustiga uni bòyi yetdi, yaqinda...
-Hech qachon!- baqirib yubordim- Meni ustimdan qaror chiqara olmaysiz!
-Men seni otangman!!!
-Otamligingiz endi esingizga tushdimi???
-Zulfiya!!!- otam menga yaqinlashdi.
-Ota!- Botir akam uni ushlab tòxtatdi.
-Òzi hammasiga sizlar aydorsiz!- otam ikki akamga yuzlandi- Uni erkalatib yubordingiz. Òģil boladan farqi yòq, zolim, maģrur va betkachopar. Uni ustiga ikkilanmay odam òldiradi. Murodovlar oilasida qiz bola bunday bòlmasligi lozim.
-Balki tòģridir!- Akmal akam otamdan kam baqirmadi- Balki haddan ortiq erkalatgandirmiz. Ha zolimdir, ikkilanmay odam ham òldirar, biroq agar u bòlmaganda yaqin ikki yilda bu qadar yuksalmas edik. Uni ģoyalari va harakatlari bilangina hozir oilamiz eng mashhurlardan. Familiyamizni eshitishgan hamon titrashadi. Hech kim yurak yutib bizga qarshi bora olmaydi. Siz esa erkalatgansizlar deb ayblaysiz. Òzingiz aytmaganmidingiz haqiqiy Murodovlar azosi zolim bòlishi kerak deb?
-Men erkaklarni nazarda tutganman!
-Unda nega u biz bilan ishlaganda biror marta qarshilik qilmay endi norozi bòlib qoldingiz?
-U yigirmaga kirdi. Endi yosh va erkatoy qizcha emas. Unga bitta qiyo boqqan erkakni ham òlasi qilib kaltaklaysizlar, bu xonimcha esa kelgan sovchilarni biror tomosha kòrsatib haydaydi. Bu qachongacha davom etadi? Òtirib qolishini istayapsizlarmi?
-U hali yosh!
-Bizni oilada qizlar 18-19 yoshidanoq oila quradi. Uni yosh deyapsanmi?
-Gap faqat bunda emas!- aralashdim- akalarim kaltaklaydiganlar kòchada suqlanib qaraydigan xezalak erkaklar. Ularni erkak deyishga ham or qilaman. Sovchilikka kelganlar esa faqat boylikka uchishadi.
-Bu bilan menga mosi yòq demoqchimisiz, xonim?!- otam kesatib asabiy qaradi- Sen qayerdan bilasan sovchilikka kelganlarni bari boyligingga uchishini?
-Ularni hammasi shunday!
-Sen...- otam kòzlarini yumib tinchlanishga urindida akalarimga yuzlandi- Kechga ikkalangiz xonamga kiringlar. Uzoq gaplashadigan kòrinamiz...
-Hòp, ota!- Botir akam hòrsingancha odamlarimizga buyurdi- Qòlga olingan yigitlarni yertòlaga olib boring. Shahsan òzim sòroq qilaman.
Akalarim otamga bir nigoh tashlab ichkariga kirib ketishdi. Otam haliyam menga òychan qarab turardi. Mayin jilmayib unga yaqinlashdimda, qòllarimni yelkasidan òtirdim.
-Otajon, akalarim tòģri gapirayapti. Axir boshqa ayollarga òxshab uyda shòppayib òtira olmaymanku. Menga ozodlik kerak!
-Huddi men uy qamoģida olib òtirganday gapirayapsan!- mendan kòz uzmay òychan pichirladi.
-Yòq, men cheklanmagan ozodlikni aytayapman, Farhod Murodov. Bunga òzim istagan ishni qila olishim kiradi.
-Shu paytgacha qilding. Endi biroz chegara bòladi, xonim.
-Men bunday deb òylamayman. Sizni yaxshi kòraman, otajon!- otamni yuzidan òpib, kulgancha maģrur ichkariga kirib ketdim.
Tòģri xonamga kotarildim. Yoshligimdan qattiq nazorat ostida ulģayganman. Murodovlar sulolasi ancha oldin paydo bòlgan va bu sulola hozirgacha murodli davrini surib kelmoqda. Hovlimiz juda katta bòlib, bemalol mehmonxona bilan tenglashtirsa bòladi. Buvim, yani otamni onasi yoshligimda qazo qilganlar. Uni ikkita òģli bòlgan. Biri otam Farhod, ikkinchisi amakim Farruh. Hozirda katta bir hovlida ikki oila bòlib yashaymiz. Otamni ikki òģli va bir qizi bor. Amakimda esa bir òģil va bir qiz. Oilamiz boshqa oilalardan kamdek kòrinsa ham, hovli hizmatchilar bilan tòlgan edi.-Mumkinmi?- tanish ovozdan hayollarim tumandek tarqaldi. Eshik oldida amakimni qizi Madina turardi.
-Kiraqol!- negadir hozir u bilan gaplashgim kelmasa ham majbur rozi bòldim.

#Davomi_Bor...🥀

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

🥀⛈○● QALB QOTILI ●○🥀⛈

❤️🥀 2-Qism 🥀❤️


Telefonim ovozidan asabiy uyģondim. Ekranda "Asror" deb katta qilib yozilib qòyilgan edi. Òchirmadim... shunchaki gudok tugashini sabr bilan kutdim. Òchirsam aniq hafa bòladi. Men esa bolalikdan birga ulģaygan dòstimni ranjitishni istamayman. Zero uni hislari dòstlikdan ortiqligini juda yaxshi bilaman...
Gudok tugagach uxlashga harakat qildim. Qancha urinmay kòzimga uyqu kelmadi. Havsala bilan òrnimdan turib derazaga yaqinlashdim. Katta bir hovlida hayot alomatlari allaqachon bilingan edi. Hizmatchilar har tomonga shoshishar, ishlar avjida edi. Telefonim ovozidan sergaklandim. Yotoqqa qaytib uni qòlimga oldim. Yana Asror... Hòrsingancha qònģiroqqa javob berdim.
-Alo...- iloji boricha esnashga harakat qilib, òzimni endi uyģongandek kòrsatdim.
-Uyquchi, uyģondingmi?- uni shirali ovozi yangradi. Òzi kòrinishidan jiddiy yigitga òxshasada, rosa hazilkash edi. -Endi... ha!
-Rostan uydamisan? Qoyil, shunday òljani ovlashga seni olib ketishmadimi?
-Qanday òlja?- hayron bòldim.
-Akalaring hozir hududingizda besòroq mol tashiyotganlarni tutish bilan ovora. Sen esa uxlab yotibsan. Bu yangilik. Qanday... Gapini davomini eshitmasdan katta shkafni ochib kiyim tanlay boshladim. Nahot mensiz òzlari ketishdi? Qaytgach tazitlarini beraman. Ammo baribir boraman...
Qora shim va oddiy bezaksiz qora kofta kiydimda sochimni tepaga yiģdim. Qora kòzoynagimni oldimda, xonamdan otilib chiqdim. Uyni shirin ovqatni hidi tutgan va hamma dasturxon atrofiga yiģilayotgan edi. Men panadan turib ularni yiģilib bòlishlarini kuzatdim.
-Zulfiya qani?- otam hayron bòlib meni izladi.
-Xonasida, hali turmagan bòlsa kerak!- zaxar kelinoyim Hadicha sovuq javob berdi.
-Qiz bola erta turishi kerak. Yigirmaga tòldi axir. Lola... borib uyģot!- otam uyimizdagi xizmatchi qizni meni uyģotishga jònatib yubordi. Paytni poylab uydan otilib chiqdim. Meni kòrgan hizmatchilar salomdan boshqasiga òta olishmadi. Mendan qòrqishgani bois otamga hech nima deya olishmaydi. Men tezda garaj tomon harakatlandim. Garajda har xil rusumli mashinalar tòlib yotardi. Òzimga yoqqan qizil ferrarini tanlab unga òtirdim.
-Zulfiya!!!- otamni ovozini eshitib gazni bosdim. Eshik oldidagi soqchilar ham meni tòxtatib qolisholmadi...
Bizni oila, yani Murodovlarga tegishli yerlar katta. Ammo yashirincha mol tashishlar kòproq sharqiy hududda sodir bòladi. Hech ikkilanmay òsha tomonga haydadim. Kutganimdek oldinda katta yuk mashinalari, ortda esa akalarimni qora jiplari kòrinib turardi. Ularni yonida esa boshqa mashinalar akalarim va odamlarimiz harakatiga tòsqinlik qilardi. Tezlikni maksimal oshirib ularga yetib oldim. Bitta mashinaga hech ikkilanmay ortidan zarba berdim. U boshqaruvni yòqotib trassadan chiqib ketdi. Boshqa mashinadagilar meni payqab ikki tomondan òrab olishdi. Menga yaqinlashib ikki tomondan qòrshovga olishdi. Endi meni qismoqchiligida birdan tòrmozni bosdim. Ular bir biriga urilib mashinalari portlab ketdi. Ularni aylanib òtib, qolganlarga yetib oldim. Mashinalar sezilarli darajada kamaygan edi. Bitta mashina yòlimni tòsib, harakatlanishimga halaqit bera boshlaganida mashinamga yashirib qòygan tòpponchamni chiqarib, mashina balonini poylab otdim. U ham boshqaruvni yòqotdi. Bitta menga yaqinlashayotgan mashinani akalarim ikki tomondan òrab qisib qòyishdi. Men tezlikni oshirib yuk mashinasidan òzib ketdim. Yuk mashinasi qarshisida keskin tòxtadim. Mashina majbur joyiga tòxtadi.
Mamnun mashinadan tushdimda yuk mashinasi haydovchisiga qurol òqtaldimda pastga tushishiga imladim. U sòzsiz aytganimni bajardi. Uni garovga olib akalarim oldiga qaytdim. Akalarim ikki tomondan siqib qòyishgan mashinadagi odamlarni tushirish bilan band edi.
-Bizni malika bu yerda nima qilayapti?- qora soch va jigarrang kòzli katta akam Botir mayin jilmayib meni baģriga bosdi. -Òsha malikamizni bu yerga olib kelishimizni otam taqiqlagandi shekilli?!- kichik akam Akmal doimgidek òrtaga qòshildi.-Otam?- hayron bòldim.

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

Bowi tayyor bôlsa tawayversangizchi😕🥺🥺

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

Bu kammentda asosan qizlar yoziwibdi?!

Читать полностью…

Hikoya Ramantikka

Valekum Assalom hudo hohlasa boladi

Читать полностью…
Subscribe to a channel