Qisqacha IT korxonasi qanday ishlaydi!
Ideal ko'ringanidek bo'lavermaydi, lekin kecha biz Asoschila Klubi a'zolari bilan birgalikda UIC IT korxonasiga mehmon sifatida tashrif buyurdik,
Ko'rgan narsamga ko'proq ishonaman hamma narsa TIZIMLASHGAN kim qachon kelib nima qilishi oldindan hamma narsa reja asosida ishlaydi va umuman loyihalarni muvafaqiyatsiz yopishmaydi ham,
Meni hayratga solgan yana bir narsa bor ekan JIRAdegan dastur bor bu automatlashgan korxonalar ichlatishadi unda shunaqangi funksional jihatdan ideal ishlaydi bir nechta xodimni ishini birdaniga qiladi va yana ish samaradorligini oshirishga sabab bo'ladi.
UIC hozirgi kunda Toshkentda, Amerikada officelari mavjud yaqinda Dubayda va Angliyada ochilishi rejalashtirilgan.
Xodimlarni vaqtini samarali o'tkazish uchun va ish samaradorligini oshirish maqsadida ular ish vaqtida Telegramdan emas Jiraning chat bo'limidan foydalanishadi va bu bevosita ish samaradorligini oshiradi kam chalg'ishga sabab bo'ladi,
Xullosa men kecha ideal korxona qanday ishlashini faqat kinolarda emas hayotda ham ko'rdim va mezza qildim, agarda hamma korxonalarni tizimlashtirish undan keyin automatlashtirishga o'tkazsag anchagina muammolarimiz hal bo'lib bozorlarimizga harqanday mahsulot bo'lishidan qatiy nazar foydalisi bo'lardi
Agarda foyda bo'lgan bo'lsa xursandman oxirgacha o'qigan bo'lsez manfaatli bo'lganiga ishonchim komil)
| @bekhruz_usmon
O'zbekiston tadbirkorlarini nima qutqaradi? 👇
Oldingi yili UIC Group asoschilari Murodkhuja Muratov, Jasurbek Urolboevlar bilan ko'p viloyatlarga bozorni o'rganib chiqish va IT targ'ibot bo'yicha safar uyushtirdik. Hamkorlarimiz bizga ko'plab tadbirkorlarni tanishtirishdi va birin ketin ularni eshitib chiqdik.
Ulardan ko'pchiligi "Qanchalik ekonom qilmayin baribir opkelib sotiladigan Xitoy tovaridan arzon qilolmayapman" deb takidlardi. Holatni aniqroq ko'rish uchun zavod va ishlab chiqarish obyektlarni yaxshilab o'rganib chiqishni boshladik. Xomashyo kirib kelishidan boshlab, chiqib ketgunicha har bir protseslarni ko'zdan kechirdik, tovarni saqlash tartibi, savdo voronkasi, xodimlar boshqaruvi, va hokazo.
Sabab shunda ediki ularda hamma boshqaruv qog'ozlar, jurnallar va excellarda yurgizilardi, boshqaruv hujjatlari shunaqangi ko'p ediki ayni vaqtdagi balansni bilish, enterprise planning, xodimlarning bandligini hisoblash imkonsiz edi. Hamma protseslarda inson omili riski juda baland edi.
Bu ishlab chiqarishlarni standart asosida raqamlashtirish yagona yechim degan qarorga keldik. Analizimizga ko'ra raqamlashtirish korxonalarni moliyaviy holatini 30-50% gacha yaxshilaydi, inson omilini riskini karrasiga kamaytiradi.
Buni bajarish uchun xalqaro ERP tizimlardan foydalanish kerak edi va bularni ichida eng qulay, arzon va moslashuvchani odoo deb bildik.
UIC Groupning 2024-yilgi strategik maqsadlaridan biri bu ishlab chiqarish obyektlarini odoo ERP bilan raqamlashtirish hisobiga ularni daromad va buromadlarini optimallashtirish va xalqimiz turmush tarzini yaxshilash qilib belgilaganmiz.
Man o'ylaymanki aynan shunday harakatlar O'zbekistonni tadbirkorlik salohiyati oshiradi va raqobatbardoshligini oshiradi.
@OlimovAmon
Avtomatik nutqni tanib olish qanday ishlaydi? Siri, Alisa, Google kabi ovozli yordamchilar qanday sizni nutqingizni tushunishadi?
STT va ASR olamiga sho'ng'ish uchun ushbu maqolani o'qib chiqing.
Sizlar bilan kasbini o’zgartirmagan AyTichi @Shamshod_JalilovЧитать полностью…
🚀 Backend kursi bo'yicha birinchi ochiq dars
👨💻 Backend Developer bo'lishni xohlaysizmi?
1-avgust kuni soat 18:00 da INHA universiteti A-blok binosida navbatdagi Backend kursining birinchi ochiq darsi bo’lib o’tadi.
Ochiq dars davomida siz kurs haqida batafsil ma’lumotlar, jumladan, kurs modullari, mentorlar, kurs davomiyligi haqida ma’lumotga ega bo’lasiz.
⚡️Sizni ochiq darsimizda kutib qolamiz!
👉 41.338525,69.33453,15z/data=!4m6!3m5!1s0x38aef48a8ed4d0e9:0x3772abeffc72e7b8!8m2!3d41.338525!4d69.33453!16s%2Fm%2F012vv0__?entry=ttu">Lokatsiya
UIC IT Academy — Xalqaro IT kompaniya tajribalariga asoslangan Akademiya
Backend developer (Odoo framework - Python) vakansiyasi bo'yicha dasturchi olinadi:
Talablar:
Odoo framework'ida kamida 1 ta loyiha (tajriba uchun qilingan loyiha ham hisobga olinadi)
Python dasturlash tilini mukammal bilish;
PostgreSQL yoki boshqa relyatsion ma'lumotlar bazalarini bilish;
Odoo modullarini ishlab chiqish va sozlash tajribasi;
ERP tizimlarining biznes jarayonlari va imkoniyatlarini yaxshi tushunish;
Veb-texnologiyalar bilan ishlash ko'nikmalari: HTML, CSS, XML, JavaScript;
Ish vaqti 5/2 kun, soat 09:00 dan 18:00 gach;
Oylik maosh: 5 000 000 - 25 000 000 so'm
Arizani quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin.
🧑⚕Tibbiyotda raqamlashtirish: HIS loyihasi
UIC Group kompaniyasida Product Owner lavozimida ishlovchi Shamshodbek Jalilov ustozlarining ko'magi bilan tibbiyot yo'nalishini IT bilan bog'ladi.
Shamshodbek Jalilov hozirda UIC Group'da HIS loyihasi bo'yicha ishlamoqda. HIS loyihasi tibbiyot sohasini raqamlashtirish va klinikalarni avtomatlashtirishga qaratilgan katta loyiha hisoblanadi.
Yuqoridagi video orqali loyiha haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.
「 UIC Group — oʻz qadriyatlariga ega jamoa 」
🚀 Odoo bo’yicha o'tkazilgan Hakaton: Eng yaxshi ishtirokchilar UIC Group'ga amaliyotga taklif etildi!
Odoo bo’yicha o'tkazilgan Hakaton esingizdami? Hakatonda eng yaxshi natija ko’rsatgan ishtirokchilar UIC Group'ga amaliyotga taklif etildi.
🤔 Bu ularga qanday imkoniyatlar ochib berdi?
「 UIC Group — oʻz qadriyatlariga ega jamoa 」
🤩 Ovoz yozish orqali qimmatbaho sovg’alarga ega bo‘ling!
🎉 O’zbek tilida Sun’iy Idrokni rivojlantirish uchun AIsha hamjamiyati tanlov e’lon qiladi.
Har bir yozgan va tekshirgan ovozingiz uchun ball’lar yig’ing va tanlov so'ngida qimmatbaho sovg'alarga ega bo'ling.
🎁 Sovg’alar:
- Xiaomi Redmi 13C - 3 ta
- Samsung Buds 2 - 5 ta
- MI Band 8 - 5 ta
- 6 oylik telegram premium - 5 ta
- 3 oylik telegram premium - 5 ta
Hoziroq quyidagi havola orqali tanlovda ishtirok eting va sovg'alar yutib oling: 👉 @aishaovozbot
Odoo va UIC Group kompaniyalari universitet o‘qituvchilari va talabalariga amaliy mashg'ulotlar va seminar o'tkazdi.
Hamkorlik doirasida UMFT universiteti talabalari uchun "UIC Group" kompaniyasiga amaliyotga borish imkoniyati yaratiladi.
Eslatib o'tamiz, "UIC Group" bilan hamkorlik erishish maqsadida, ushbu tashkilotga talabalar bilan shu yilning mart oyida safar uyushtirilgan edi.
💻 UMFT - kelajagingiz uchun eng maqbul hamkor.
☎️ +998555068888 | +998555208888
📩 @umft_support
🌐 umft.uz
📱 Instagram 📱 Facebook 📱 umftuz">YouTube 📱 Linkedin
📱 Lokatsiya
ODOO’chilarni o’zlari kelishadi
ODOO kompaniyasi xodimlaridan Toshkentda workshoplar seriyasini boshlayapti. Bu oy TATU va PDP universitetlarida Kevin Farahning bu ERPni ishlatish, sozlash va ekspuatatsiya qilish bo’yicha workshoplarida bepul qatnashishingiz mumkin.
Workshop ingliz tilida bo’ladi, tarjimon bo’lishiga harakat qilamiz
@OlimovAmon - ITda energiyasi bor blog
Ishga qanday kirsam bo'ladi, suhbatda o'zimni qanday tutishim kerak?
Menga eng ko'p beriladigan savollardan biri shu. Ish beruvchi va ishchi orasida bir paradoks bor. Siz ishga kirishingiz uchun sizda real keys proyektlaringiz bo'lishi kerak, real keys proyektlaringiz bo'lishi uchun siz ishlagan bo'lishingiz kerak.
Endi savol, siz ishlamagan bo'lsangiz sizda qanday qilib real proyekt bo'ladi?
@muratovuz
Qanday qilib uzoq muddat jamoani yaxlit saqlab qolsa bo‘ladi?
Kimda-kim jamoasini yaxlit saqlab ular bilan uzoq muddat birgalikda ishlashni xohlasa, atrofiga qadriyat va maqsadlari o'xshash insonlarni to'plasin.
🎙 Manfaatli bo'lsin deb IT biznesida, jamoam bilan birga o'rganganlarim va tajribamni ulashishni boshladim.
Quyidagi sahifalarda kuzatib borishingiz mumkin:
📷 Instagram
🖤 Akhmatovich?si=QMuEmK3VGSIglteN">YouTube
Odoo bo’yicha qo’shimcha loyihalar, ma’lumotlar va yangiliklar bo’yicha ODOO Uzbekistan Comminutiyga taklif qilaman
/channel/+Dd2NXHHaNi81YjZi
👥 Ota-onalar farzandlariga e'tiborsiz bo'lmasliklari kerak
📑 Uydagilarim o'qishimga juda qattiq turar edi. Kundaligimga tushgan har bir bahoni va dars vazifalarim bajarilganini ota-onam tekshirishardi.
Ularga hozirgacha rahmat aytaman, o’sha paytda qilgan ishlari hozirgi kungacha yordam berib kelyapti.
© Murodxo'ja Muratov
👉🏻 To'liq podcastni tomosha qiling
@davrapodcast
Kecha Yard Business Clubda Sergey Miroshnichenkodan juda qiziq bir teoriyani o'rganishga muvaffaq bo'ldim va sizlar bilan uni bo'lishmoqchiman:
0,8/1/1,2 — teoriyasi хodimlarning samaradorligi va mehnat sifatini baholashda foydalaniladigan ko'rsatich koeffitsentlaridir. Ushbu koeffitsentlar yordamida xodimlarning bajarilgan ish hajmi, sifati va mehnat unumdorligi baholanadi.
— Koeffitsent 0,8: Bu ko'rsatkich xodimning ishiga nisbatan ba'zi kamchiliklar borligini yoki bajarilgan ishning sifati yoki hajmi kutilgan darajadan pastroq ekanligini anglatadi. Bunday xodimlar o'z vazifalarini ko'p holatda to'liq bajarishmaydi va ular asosan faqat pul uchun ishlashadi.
— Koeffitsent 1: Bu koeffitsent xodimning ishni kutilgan darajada, me'yoriy talablar asosida bajarganini ko'rsatadi. Ya'ni, xodim o'z vazifalarini mas'uliyat bilan to'liq va aniq bajaradi, lekin qo'shimcha mehnat yoki g'oyalar qo'shmagan holda.
— Koeffitsent 1,2: Bu ko'rsatkich xodimning o'z ishini yuqori sifatda, kutilgandan ham yaxshi bajarganini, qo'shimcha tashabbus ko'rsatganini va umumiy samaradorlikni oshirganini bildiradi. Bunday xodimlar yuqori natijaga erishish uchun ortiqcha mehnat qilgan va tashkilot uchun qo'shimcha qiymat yaratgan bo'lishadi. Bu turdagi xodimlarni kompaniya doimiy shu koeffitsentda ushlab turishi va kerakli vaqtda rag'batlantirishi ustida ishlashi kerak.
Ushbu koeffitsentlar yordamida xodimlarning layoqati, ularni pastki koeffitsentga tushib ketmayotganligini kuzatib borish mumkin.
Har qanday kompaniyani doim 1,2 koeffitsentdagilar rivojlantirishadi 0,8lar emas.
Siz qaysi koeffitsentdaman deb o'ylaysiz?
💻 @muratovuz
Uzoq kutilgan Davra podcastimiz 5-soni YouTube’ga joylandi.
👉 To’liq podcastni tomosha qiling
Кеча хорижлик меҳмонлардан яхши хабарни эшитиб қолдим: Safety Perception Index 2023 да Ўзбекистон дунёда 1-ўринда экан! Яъни 5 хил йўналишдаги хавфлар орасида одамлар ўзини энг хавфсиз хис қиладиган давлат айнан бизнинг юртимиз эканлиги учун ҳам инвесторлар ва чет элдан сайёхлар бемалол келмоқда. Бу ҳам охирги йиллардаги мамлакатимиз учун энг катта ютуқлардан бири деб бемалол айтса муболаға бўлмаса керак. Чет элдаги ҳамкорларингизга бу хисоботни юбориб Ўзбекистонга таклиф қилаверинглар. Батафсил ўқиш учун: https://www.visionofhumanity.org/wp-content/uploads/2023/02/SPI-2023-2.pdf
Читать полностью…Birgalikda ishlashni sekinlashtiradigan ko‘plab omillar mavjud, lekin ularning ta'sirini yengish mumkin va shart.
Zamonaviy dunyoda g‘alabaning asosiy omili - tezlikdir.
"Birgalikda tezroq" - Lora Stek
💻 @muratovuz
🤯 Kompaniyada eng yaxshi xodim emas, eng yomon xodim bo'lishni TOP-5 usuli haqida gaplashamiz.
Bu haqida batafsil yuqoridagi video orqali bilib olishingiz mumkin. Videodagi usullarni 1 oy davomida qilsangiz albatta natijaga erishasiz.
Do'stlar, albatta bu shunchaki noodatiy post. Aslida, har bir kompaniyaga yaxshi xodimlar kerak. Shunday ekan, o‘zingizni va jamoangizni rivojlantiring!
@OlimovAmon
🤝 Odoo bo'yicha rasmiy hamkorlik memorandum imzolandi
UIC Group, INHA, UMFT, TATU va PDP Universitetlari va Odoo rasmiy vakili Kevin Farah o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risida memorandum imzolandi.
📑 Ushbu memorandumda universitetlarda biznesni boshqarish va raqamlashtirish tizimlarini yaratish bo'yicha imkoniyatlar muhokama qilindi. Talabalarga bu yo'nalishni darslik sifatida kiritish taklif etildi.
Bu hamkorlik talabalarga zamonaviy biznes jarayonlarini o'rganish, ularni raqamli asrga moslashtirish va kelajakda shu sohada muvaffaqiyatlarga erishishlarida yordam beradi.
「 UIC Group — oʻz qadriyatlariga ega jamoa 」
Inha University in Tashkent, Odoo, and UIC Group Sign Memorandum
On June 12, Muzaffar Djalalov, Rector of Tashkent Inha University, Kevin Farah, the head of the Odoo educational program, and Murodhoja Muratov, CEO of UIC Group, signed a tripartite memorandum.
The memorandum provides for holding master classes for students on business management and training in this direction. Odoo will also provide university teachers and students with free access to an unlimited number of databases, as well as conduct seminars for university professors and students.
inha.uz/s38s
➖➖➖
Toshkent shahridagi Inha universiteti, "Odoo" kompaniyasi va "UIC Group" kompaniyalari o‘rtasida memorandum imzolandi
12-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov, "Odoo" kompaniyasi rahbari Kevin Farah va "UIC Group" bosh direktori Murodxo'ja Muratov bilan uch tomonlama memorandum imzoladi.
Memorandum doirasida talabalar uchun biznesni boshqarish va ushbu yo‘nalishda malaka oshirish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Odoo kompaniyasi universitet o'qituvchilari va talabalariga cheksiz miqdordagi ma'lumotlar bazalaridan bepul foydalanish imkoniyatini beradi, shuningdek, universitet professorlari va talabalari uchun seminarlar o'tkazadi.
inha.uz/omnm
➖➖➖
Университет Инха в Ташкенте, компания "Odoo" и компания "UIC Group" подписали меморандум
12 июня ректор Университет Инха в Ташкенте Музаффар Джалалов, руководитель группы образования компании "Odoo" Кевин Фарах и генеральный директор компании "UIC Group" Муродхужа Муратов подписали трехсторонний меморандум.
В рамках меморандума планируется проведение мастер-классов для студентов по управлению бизнесом и обучение в этом направлении. Также компания "Odoo" предоставит преподавателям и студентам университета бесплатный доступ к неограниченному количеству баз данных, а также будет проводить семинары для профессоров и студентов университета.
inha.uz/v17u
“UMFT” universiteti, ”Odoo” va “UIC Group” kompaniyalari o’rtasida memorandum imzolandi.
12-iyun kuni UMFT universiteti rektori Utkir Xamdamov, Odoo kompaniyasi ta'lim guruhi rahbari Kevin Farah va UIC Group bosh direktori Murodxo'ja Muratov bilan uch tomonlama memorandum imzoladi.
Mazkur hamkorlikning asosiy maqsadi kelgusida "Odoo" va "UIC Group" kompaniyalari ko‘magida biznesni boshqarish va resurslarni rejalashtirish tizimlari bo‘yicha mahorat darslari tashkil etish hamda tanlov fanlari ishlab chiqish. Shuningdek, "Odoo" kompaniyasi universitet o'qituvchilari va talabalariga o‘z modullari, ta’lim resurslari hamda ma'lumotlar bazalaridan bepul foydalanish imkoniyatini beradi.
E'tibor berilishi kerak bo'lgan jihat shuki, ko'pchilik ishga kiruvchilar qiladigan xato bu ish beruvchi kompaniya haqida ma'lumotga ega bo'lmasligi. Siz biron joyga boryapsiz, rezyume berib ishga ariza topshiryapsiz, lekin u kompaniya haqida hech qanday ma'lumotga ega emassiz.
Qanday qilib o'zingizni taqdiringiz, kim bo'lishingiz, kelajagingizga ta'sir qiluvchi joy haqida hech qanday infoga ega bo'lmasdan ariza topshirasiz. Kompaniya maqsadini bilmasangiz, u yerga ariza topshirmaganingiz ma'qul.
Agar siz kompaniyaga ishga kirmoqchi bo'lsangiz suhbatga quruq bormang, nimadir olib borishingiz kerak. Minimum kompaniyaning qilgan ishlariga o'xshagan loyihani olib borishingiz kerak. O'shanda u kompaniyada qiziqish uyg'ota olishingiz mumkin. Ishga ariza topshirayotganlar bu narsaga ko'proq e'tibor berishlarini so'ragan bo'lar edim.
@muratovuz
Bugun dasturchilarni shaxsan o'zim qanday turlarga bo'lishim haqida qisqacha aytib o'taman.
Birinchi turdagilar zo'r mutaxassis, ishni juda yaxshi qiladi, effektiv rezultat ko'rsatadi, siz xohlagan narsani chiqarib bera oladi. Lekin u odatda induvidual ishlaydi, siz bergan vazifani aytganingizdek qilib chiqarib beradi, chegaralardan chiqmaydi.
Ikkinchi turdagilar, odatda ofisda, jamoada bilan birgalikda ishlovchi odamlar. Ular berilgan topshiriqqa o'zidan nimadirlar qo'shib, jamoa bilan birgalikda muammolarga yechim topib ishlashadi. Ular ham berilgan topshiriqni aytilgandek qilib berishdi.
Uchinchi tur esa, "Oila a'zosi" - ushbu klassifikatsiya aynan bizni qadriyatlarimizga to'g'ri keladi, ular shunday odamlarki har qanday vaziyatda yoningizda turadigan, har qanday muammoga yechim topa oladigan va undan tashqarini o'zini va jamodagilarini rivojlantira oladigan odamlar. Bunday odamlarni topish qiyin.
Biz oila a'zolarimizni kichikligidan o'zimiz tarbiyalab, birgalikda rivojlantiramiz. Maslahatim birinchi turdagi mutaxassis bo'lmanglar oila a'zosi bo'lishga bitta kompaniyada ko'proq ishlab, jamoa bilan oila bo'lishga, kompaniyaga hissa qo'shishga ta'sir ko'rsata oladigan odam bo'ling.
@muratovuz
Assalomu alaykum, barchaga!
O’zbek tilida AIsha SI(Sun’iy idrok)ni rivojlantirishga o’z hissangizni qo’shing.
Ovoz yozing yoki yozilgan ovozlarni tekshirish orqali rivojlanishimizga hissa qo’shishingiz mumkin.
Hissa qo’shish uchun @AIshaOvozBot ga start bering.
Eng ko’p ovoz yozgan va tekshirganlarga albatta sovg’a bor:)
🚀 Oldindan reja bilan ishlash kerak
Har qanday kompaniya, o'z maqsadlari va strategiyalarini puxta ishlab chiqishi kerak. 5 yoki 10 yillik rejalarda aniq maqsadlarni belgilash jamoa shakllantirish, real loyihalar olish va bozor dinamikasiga moslashish imkonini beradi.
© Murodxo'ja Muratov
👉🏻To'liq podcastni tomosha qiling
@davrapodcast
🤯 Ishga kirmoqchi bo'lganlarni ishga olmaymiz
Ko'p holatlarda o'quv markazni bitirib ishga kirmoqchi bo'lganlarda kompaniya qadriyatlari va maqsadlarini tushunmasdan suhbatga borish kuzatiladi.
💼 Har qanday kompaniya izlaydigan xodimlar nafaqat berilgan vazifalarni bajara oladigan, balki o'rganishga, jamoaga hissa qo'shishga, u bilan birga rivojlanishga va o'sishga intilgan xodimlardir.
Youtube kanalimizga obuna bo'ling!
@davrapodcast