Ikki yil oldin yaqin doʻstim vafot etdi. Bugun uning telefon raqamidan qoʻngʻiroq boʻldi.Hech kutmagandim.
— Labbay, dedim. Kichik oʻgʻli ekan. Velosiped olib berishimni soʻradi.
— Xoʻp boʻladi, bugun albatta olib boraman, dedim va ortidan soʻradim: Meni kimligimni bilasanmi?
Bolakay shunday javob berdi: -Yoʻq, sizni tanimayman.Uydan dadamning rasmlarini tomosha qilib oʻtirgan edim, ular orasidan dadam bilan bir kishining rasmi chiqib qoldi.
Rasm orqasida esa shu raqam va shunday yozuv bor ekan: «Bolajonlarim, agar vaqti kelib biror narsaga ehtiyojlaring boʻlsayu meni topa olmasalaring shu raqamga qӱngʻiroq qilib aytinglar. Bu ham menman, faqat boshqa yerda yashayman».
Sizda shunday doʻst bormi? Siz shunday doʻst boʻla olyapsizmi?
@Trendbob