my_life_uzb | Unsorted

Telegram-канал my_life_uzb - The Realities of My Life

1

The Realities of My Life Shunchaki nimadirlar to'plami: tushunarsiz, biroz foydali, yoqimli va eng asosiysi sifatli ... Marjona Yusupova Biz bilan bog'lanish: @Tanho_Qaqnusim Muloqot guruhimiz: @my_storie 2020.29.09

Subscribe to a channel

The Realities of My Life

#fikr_yuritish_vaqti

Allaqachon 90 yoshni qarshilagan janob Uinston Cherchillni universitetda ma'ruza oʻqish uchun taklif qilishadi. Odamlar turli tuman shaharlardan kelishgandi. Koʻpchilik juda olislardan tashrif buyurgandi. Oʻz davrining buyuk kishisini tinglashni istovchilar soni katta edi. Auditoriya xonasi butunlay toʻlgandi, koʻpchilik odamlar kiraverishda va zinapoyalarda turardi. Zalga kirgach, Cherchill minglab odamlarni koʻrdi. Zal birdan jumbushga keldi, barcha oʻz davrining buyuk kishisini tinglashni istardi. Universitet dekani Cherchillni oʻsha vaqtlardagi inglizlar orasidagi eng mashhuri deb ataydi. Uning soʻzlariga koʻra, bu chiqishida Cherchill oʻz hayot yoʻlini sarhisob qilishi va oʻz tajribalarini oʻrtoqlashishi kerak edi. Tinimsiz qattiq qarsaklar ostida Cherchill tribunaga chiqdi. Toʻxtovsiz olqishlardan soʻng u oʻz nutqini boshladi:
– HECH QACHON, HECH QACHON, HECH QACHON, HECH QACHON TASLIM BOʻLMANG!
Zaldagilar bu chiqish allaqachon yakunlanganini tezda anglamadi. Koʻpchilik bu nutqdan qoniqish hosil qilmadi, axir koʻpgina olimlar buyuk notiqni eshitish uchun uzoq yoʻl bosib kelgandi.

Ehtimol, aynan mana shu soʻzlarni Cherchill oʻz hayotidagi eng muhimi deb hisoblagan...

@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

USTOZ ASALARI KABIDIR...

Talabalar:
— Ustoz, sizning darsingizni yaxshi anglaymiz, butun vujudimiz bilan tinglaymiz, keyingisini intiq boʻlib kutamiz.
Lekin agar kitobni oʻqisak, darsingizdagi kabi lazzatni his qilmaymiz, – deyishdi.

Ustoz:
Asalari asalni nimadan oladi? - deb soʻradi.
— Gullarning shirasidan.
Gullarni yeb koʻrganmisiz, taʼmi qanday?
— Albatta, ularning taʼmi achchiq, - dedilar.

Ustoz shunda:
Ilm berish ham shunday.
Ustoz koʻp manbalardan ilm olib, ularning shirasini talabalarining oldiga tayyor asal kabi taqdim qiladi, - dedi.

👉 @my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#fikr_yuritish_vaqti

YOʻLDAN AZIYAT BERUVCHI NARSALARNI OLIB TASHLASH

Abdulloh ibn Kurdus aytadi: “Muhammad ibn Siyrin menga shunday dedi: ”Tushimda boldirlari oltindan boʻlgan suhbatdoshni koʻrdim. Unga: “Alloh senga nima qildi?” degan edim, “U Zot meni kechirdi, jannatga kirgizdi va ikki boldirim oʻrniga ikkita oltindan boldir berdi va ular bilan jannatdagi xohlagan yerimga yubordi”, dedi.
Unga: “Qaysi amaling uchun?” dedim. U: “Yoʻldan aziyat beruvchi narsani olib tashlaganim uchun”, dedi“.

© "Solihlar gulshani" kitobidan.

👉 @my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#fikr_yuritish_vaqti

Bilasizmi?
ALLOH sizga omadni hamroh qilgan!

🌼 Agar bugun ertalab sog‘-salomat uyg‘ongan bo‘lsangiz, dunyodagi 330 million insondan baxtliroq ekansiz!

🌼 Agar bu tongni tanda dardsiz kutib olgan bo‘lsangiz, 1 milliard insondan omadliroq ekansiz!

🌼 Urush tahlikasi va xavf-xatarsiz kun kechirayotgan bo‘lsangiz, 500 million insondan baxtliroq ekansiz!

🌼 Muzlatgich va javonlaringizda oziq-ovqat, egningizda kiyimingiz va tunda uxlash uchun uyingiz bo‘lsa, dunyodagi 3 milliard inson sizga havas qiladi!

🌼 Cho‘ntagingizda yoki hisob raqamingizda pulingiz bo‘lsa, dunyodagi omadi kulgan 1 milliard insondan birisiz!

🌼 Ushbu postni o‘qiy olyapsizmi, demak, dunyodagi 2 milliard savodsizning biri emassiz!

🌼 Ota-onangiz, turmush o‘rtog‘ingiz va farzandlaringiz yoningizda, oilangiz ahil bo‘lsa, siz dunyodagi noyob insonlar qatorida o‘z o‘rningizga egasiz!

👉 @my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

🇺🇿"Qanday qilishni bilmaganingizni qilishdan qo'rqmang.Esingizda bo'lsa, kema havaskor tomonidan qurilgan, - mutaxassislar esa Titanikni qurishdi. - Deyv Berri

🇬🇧"Don't be afraid to do what you don't know how to do. Remember, the ship was built by an amateur, and the experts built the Titanic."


@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

Zolim nadomat chekadi. Garchi odamlar uni maqtasa ham.
Mazlum omon bo‘ladi. Garchi odamlar uni yomonlasa ham.
Qanoatli inson boy bo‘ladi. Garchi u och bo‘lsa ham.
Ochko‘z kambag‘al bo‘ladi. Garchi mulki bo‘lsa ham.

@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#PSIXOLOGIK_AYYORLIK #Yaqin_dost_Usul

👬 Eng yaqin insoningiz kim ekanligini qanday aniqlash mumkin

Ko'pchilik ishim tushganda o'zini olib qochmaydigan odam deb hisoblaydi. Aslida esa bunday aniqlanmaydi. Hozir buni o'qiyapsiz ho'sh birinchi bo'lib hayolingizga kim keldi? Mana shu inson sizning eng yaqin insoningizdir.


@Eng_olisda

Читать полностью…

The Realities of My Life

Ajoyib kinolar to'plami!!!!

Читать полностью…

The Realities of My Life

​​Izzattalab odamlarga hamma uning muxlisi boʻlib koʻrinadi;
Izzattalab odamlar maqtovdan boshqa hamma narsaga kar boʻlishadi.

Kichkina Shaxzoda - Antuan de Sent Ekyuzperi



@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

🇺🇿"Boylik asosan ikki narsaga bog'liq: mehnatsevarlik va me'yor, boshqacha aytganda - vaqtni ham, pulni ham isrof qilmang va ikkalasini ham to'g'ri foydalaning." - Benjamin Franklin

🇬🇧"Wealth depends mainly on two things: hard work and norm, in other words - don't waste time and money, and use both properly." - Benjamin Franklin


@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

🇺🇿 "Band bo'ling. Bu dunyodagi eng arzon dori-darmon va eng samarali hisoblanadi." - Deyl Karnegi.

🇬🇧 "Keep busy. It's the cheapest medicine in the world and the most effective." - Dale Carnegie.

@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

"Muvaffaqiyat - bu ishtiyoqni yo'qotmasdan qayta-qayta muvaffaqiyatsiz bo'lish qobiliyatidir." - Uinston Cherchil.


@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

Bir narsani o‘qisangiz, qanchadir qismi esda qolib, qolgani esdan chiqadi. Agar o‘shani o‘qish bilan birga yozib ham chiqsangiz, ancha ko‘proq qismi yodingizda saqlanib qoladi. Ammo ma’lumotni esda saqlashning eng yuqori darajasi o‘sha mavzuni kimgadir dars qilib o‘tishda ekan. Dars bersangiz, ham yaxshi uqib olasiz, ham esda saqlab qolasiz

©Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf


@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#fikr_yuritish_vaqti

Baxting shartlarini kamaytirsang, uning sabablari koʻpayadi.

© Ayman Yogʻiy

👉 @my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#fikr_yuritish_vaqti

“Qorongʻu kechalarda bizda chiroq boʻlmas edi. Uning yuzi yorugʻidan foydalanar edik!”.

Halima Saʼdiyya roziyallohu anho Rosululloh sollallohu alayhi va sallamni sifatlayapti.

© Abdulqodir Polvonov

👉 @my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#fikr_yuritish_vaqti


​​​​Donishmand kishilar - ayrim narsalar ustida o'z kuzatishlari paytida umumiy fikrlar va mulohazalarga suyanishga tug'ma qobiliyatlari bo'lgan kishilar emas, balki tajriba orqali asl haqiqatga yetishgan oqil insonlardir.

©Abu Nasr Forobiy

👉 @my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#fikr_yuritish_vaqti

DAHO

Bir kuni yosh Tomas Edison maktabdan uyiga qaytdi va onasiga oʻqituvchisi berib yuborgan xatni berdi. Ona jimgina qatorlarni oʻqidi va koʻzida yosh bilan shunday oʻqidi:
"Gap shundaki, sizning oʻgʻlingiz - daho. Maktab u uchun allaqachon tor, ochigʻini aytganda, bizda unga biror yangi narsa oʻrgata oladigan oʻqituvchilar yoʻq. Shuning uchun uni siz oʻzingiz oʻqitishingiz kerak".

Tomas Edison oʻz davrining buyuk olimi boʻlib yetishgach, u eski oilaviy buyumlarini yigʻa turib, koʻziga oʻsha xat tushib qoladi:
"Sizning oʻgʻlingiz - aqli zaif. Uni maktabga boshqa bolalar bilan yubormaslikni maslahat beramiz. Uni uyda oʻqitishingizni taklif qilamiz".
Hayron Edison hoʻngrab yigʻlab yubordi.

Keyinchalik kundaligida:
"Men - Tomas Alva Edison, bolaligimda aqlan zaif bola edim. Ammo qahramon onam sharofati bilan men oʻz davrining eng buyuk olimi boʻlib yetishdim".

👉 @my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#fikr_yuritish_vaqti

​​Muvaffaqiyatga erishishning eng zoʻr usuli boshqalarga beradigan maslahatlaringga oʻzing ham amal qilishingdir!

©️Garold Teylor

👉 @my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#fikr_yuritish_vaqti

​​​O‘zingizning betakrorligingiz haqidagi fikrlarni bir chetga surib qo‘ying. O‘zingizni ko‘tarilayotgan yulduz yoki tan olinmagan daho deb o‘ylamang. O‘zingizni vaziyat qurboni yoki omadsiz bir odam deb ham tasavvur qilmang. Buning o‘rniga talabaman, hamkorman, do‘stman, ijodkorman deng.

©Mark Menson

👉 @my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#fikr_yuritish_vaqti

NOSHUKR BANDA

Bir noshukr banda tush ko'ribdi. Tushida noshukrni bir inson qo'lidan yetaklagancha, bir uyga olib kiribdi. Uyga kirib qarasa, uyni tomidan to'xtovsiz chakka o'tarmush. Noshukr asta so'rabdi:
-Ey birodar, nima bu uyni egasi shu qadar qashshoqmi? Hatto chakka o'tadigan yerlarini ham ta'mirlamabti.
U inson javob beribdi:
- Yo'q, bu Alloh taolo bandalariga nozil qilayotgan risq-u nasibasi. Senga tushunishing uchun mana shu tarzda ko'rsatilayapti. Ana qara bir joyda ko'proq, bir joyda kamroq tushayapti. Chelaklab tushayotgani boyroq odamniki, kamroq tushayotgani esa undan kamrog'iniki. Hullas, har kimning risqi Alloh tomonidan qancha belgilangan bo'lsa, sen shularni ko'rib turibsan.
Noshukr so'radi: Mening ham risqim tushayotgan teshik bormi?
- Ha, deb javob berdi va teshikni ko'rsatdi. U yerdan bir tomib, bir to'xtab tomchi tushayotgan emish. Buni ko'paytirishni iloji bormi?
- Ha, uni ko'paytirish uchun shukr qilish kerak.
Noshukr: - Ey, yo'q teshikni kattalashtirish kerak dedi va bir cho'p topib kelib, kavlay boshladi. Shu orada cho'p teshikka tiqilgancha sinib qoldi va tomayotgan bir tomchi ham to'xtab qoldi...

👉 @my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

Illuzion rivojlanish

Bilasizmi nega odamlar aqlli gaplarni o'qishadi, millionerlar hayotini o'rganishadi, YouTube da "boy bo'lish sirlari" videolarini tinmay tomosha qilishadi?

Chunki, bu rivojlanayotganlik hissini paydo qiladi. Ya'ni, ong o'zini harakat qilish majburiyatidan qutqaradi. (Xuddi, nolish singari)

Harakat, qat'iyat ortidan keladi. Qat'iyat istakni harakatga aylantiruvchi mexanizmdir.

Eslab ko'ring necha yildan beri doim izlanishdasizu, deyarli hech narsaga erishmadingiz?

Amalda bo'lmagan bilim, hazm bo'lmagan ovqat kabidir. U Sizga kuch berish o'rniga, aksincha og'irlik qiladi!

@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#MOTIVATSIYA

Vaqtning 12 Ta Siri — O’ylash Vaqti Keldi!

1.Ish uchun vaqt toping – bu muvaffaqiyat bahosi.

2.O’ylash uchun vaqt toping – bu kuch manbayi.

3.O’yin uchun vaqt toping – bu yoshlikning siri.

4.O’qish uchun vaqt toping – bu bilim poydevori.

5.Xudo uchun vaqt toping – bu diyonat yo’lidir.

6.Do’stlik uchun vaqt toping – bu baxt manbayi.

7.Sevgi uchun vaqt toping – bu hayotning muqaddas sovg’asi.

8.Orzu uchun vaqt toping – shunda ko’ngil yulduzlarga yetadi.

9.Kulgu uchun vaqt toping – bu hayot qiyinchiliklarini yengishga yordam beradi.

10.Go’zalik uchun vaqt toping – bu narsa hamma joyda mavjud.

11.Sog’lik uchun vaqt toping – bu hayot xazinasi.

12.Rejalashtirish uchun vaqt toping – bu oldingi 11 ishlarni bajarish uchun vaqt topish siridir.



@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

🇺🇿"Menda pul yo'q bo'lganda, o'ylash uchun o'tirdim va pul topish uchun yugurmadim. Fikr dunyodagi eng qimmat mahsulotdir." - Stiv Jobs

🇬🇧"When I didn't have money, I sat down to think and didn't run to make money. The idea is the most expensive product in the world." - Steve Jobs


@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

Ne’matga shukr qilmoq, o‘sha ne’matdan ko‘ra yaxshiroqdir. Shakur (Allohning ismi) ni sevgan inson, hech vaqt shukrni tashlab, ne’mat tamoniga o‘tib olmaydi.
Shukr qilmoq, ne’matning jonidir. Ne’matning o‘zi esa uning terisi, po‘stidir.
Chunki Do‘stingning eshigiga, seni faqatgina shukr olib borishi mumkin. Ne’mat, insonga xushyorlikning ziddi bo‘lgan g‘aflatni ham berishi mumkin. Shukr qilmoqlik esa, doimo xushyorlik (Allohni yodda tutish) ni keltiradi. Sen aqlingni yig‘ginda, shukr ne’mati ila haqiqiy ne’matni ovla!

- Rumiy


@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

🇺🇿"Biznes bilan shug'ullanish velosiped minishning o'zginasidir: siz yoki harakatlanasiz, yoki yiqilasiz." - Lloyd Rayt, AQSh tarixidagi eng muvaffaqiyatli arxitektorlardan biri.

🇬🇧"Doing business is like riding a bike: you either move or you fall." - Lloyd Wright, one of the most successful architects in U.S. history.

@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

🇺🇿"Egasi yoki yirik kompaniya uchun ishlash hech qachon pul muammolarini hal qilmaydi."
- Robert Kiyosaki.

🇬🇧"Working for an owner or a large company never solves money problems." - Robert Kiyosaki.


@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

Boshqalar menga qaraganda yomonroq yashayotganini ko'rishim oʻzimdagi yaxshi narsalarning qadriga yetishimga yordamlashadi. Bu yaxshi narsalar oʻz-o'zidan paydo boʻlib qolmaganini tushunaman, eng muhimi esa, chindan ham menga ehtiyojmand odamlarning turmushini ozgina boʻlsa ham yaxshi tomonga oʻzgartirishimga dalda bo'ladi.


O
'lsang kim yig'laydi - Robin Sharman


@eng_olisda

Читать полностью…

The Realities of My Life

✓ Ahmoqlar bo‘lmaganda, bu dunyoning sira qizig‘i qolmas edi...

✓ O‘jar va qaysar ayolni topdikmi, bas, bizning vafodorligimiz, haqiqiy va tuganmas extirosli muhabbatimiz boshlanadi, uni matematika tili bilan aytganda, bir nuqtadan bo‘shliqqa tushib qolgan chiziq deyish mumkin; bu tuganmas ehtirosning siri maqsadga, ya’ni oxirigacha yetishning iloji yo‘qligida.

✓ Ehtiros — xuddi endi taraqqiy topib kelayotgan g‘oyalarning o‘zginasidir; u — yosh qalbga xos narsa; umr bo‘yi ehtiros bilan yashamoqchi bo‘lgan odam ahmoq;

✓ Ko‘p sokin daryolar zo‘r shalolalardan boshlansalar-da, ammo birontasi dengizgacha shunday quturib, ko‘pirib bormaydi. Ammo bunday sokinlik ko‘pincha, garchi yashirin bo‘lsa ham, aslida, ulug‘ kuchning alomatidir;

✓ Ko‘pincha biz, ayollar jismoniy yoki ruhiy xislatlarimiz uchun bizni yaxshi ko‘radi, deb o‘zimizni aldab yuramiz...

✓ Ko‘zdan payqalgan muhabbat ayol kishiga hech qanday majburiyat yuklamaydi...

✓ Ko‘p narsalar gapirilmaydi, ko‘ngil bilan his qilinadi.

✓ Sevgi xam bamisoli o‘t, qalab turilmasa o‘chib qoladi.

✓ Shunday odamlar ham bo‘ladiki, ular hatto jig‘ibiyronlari chiqib turganida ham kulgili ko‘rinadilar!..

✓ O‘z dushmanlarimni yaxshi ko‘raman. Ular menga ermak bo‘ladilar, qonimni qaynatadilar. Hamisha ko‘z-quloq bo‘lib turish, har qarash, har so‘zning mag‘zini chaqish, dushman niyatlarini bilib olish, fitnalarini puchga chiqarish, o‘zingni aldaganlikka solib, har xil hiyla-nayranglar va orzu-niyatlardan qurilgan ulkan binoni birdan qulatib yuborish — hayotning zavqi deb men mana shuni atayman.

✓ Ayollar jamiyati bor joyda darhol yuqori va quyi doiralar paydo bo‘ladi...

✓ Shodlik unutilsa unutiladiki, qayg‘u sira unutilmaydi...

✓ E’tirof etishim kerakki, haqiqatan ham men irodali ayollarni yoqtirmayman, irodali bo‘lish ularning ishi emas!

✓ Ayollar faqat tanimagan kishilarinigina yaxshi ko‘rishadi.

✓ Inson qalbi, ayniqsa ayol kishining qalbi juda g‘alati narsa
!

©Mixail Lermontov (Zamonamiz qahramoni) romanidagi tagiga chizib o‘qiladigan satrlar


@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#fikr_yuritish_vaqti

O‘zingizga bo‘lgan ishonchni sindirishga harakat qiladigan insonlardan uzoqlashing. Bunday tabiatli insonlar kichkina odamlardir. Buyuk insonlar esa buyuk inson bo‘lishingizda sizni ruhlantiradi.

©Mark Tven

👉 @my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#fikr_yuritish_vaqti

YORDAM

Yoshi saksondan sakrab oʻtgan kasalmand, qaddi egik qariya biror olijanob yoʻlovchining yordami bilan serqatnov koʻchadan oʻtib olish ilinjida tevarakka jonsarak koʻz yugurtib turardi.
− Assalomu alaykum, amaki, − deb salom berdi nogoh qarshisida paydo boʻlgan oʻspirin.
Qariya gʻoyat ajablanganidan alik olishni ham unutib bolaga tikildi.
“Amaki?!”
Ha, u behuda lol qolmadi. Mana, salkam oʻttiz yildan beri quloqlari “otaxon”, “bobojon” degan atamalarga koʻnikkan edi. Oʻspirinning kutilmagan murojaatidan uning egik qaddi biroz rostlanganday boʻldi.
− “Amaki” dedingmi? − qayta soʻradi qariya.
− Ha, amakijon, − dedi bola goʻyoki iltijoli tikilib, − mashinalar qatnovidan qoʻrqaman, shunday kasalligim bor, iltimos, koʻchani kesib oʻtishimga yordam bering.
− Xoʻp, − dedi qariya va shu barobarida koʻzlari ravshan tortib, qoʻl-oyoqlari tetiklashganday boʻldi.
Oʻspirin qandaydir sirli kulimsirab cholni qoʻltiqlab oldi.
“Shoʻrlik, − oʻyladi qariya serqatnov yoʻlni kesib oʻtisharkan, − shugina yoshidan gʻalati kasalga chalinibdi-ya?! Ming bor shukr, menda unday karohat yoʻq...”.

Xayollar ogʻushidagi otaxon oʻzi bola yetovida borayotganini aslo payqamadi. Ammo ayni paytda uning ruhi tetik, vujudi yengil, koʻz oldi yorugʻ edi.


©"Kecha va bugun" kitobidan

👉 @my_life_uzb

Читать полностью…
Subscribe to a channel