my_life_uzb | Unsorted

Telegram-канал my_life_uzb - The Realities of My Life

1

The Realities of My Life Shunchaki nimadirlar to'plami: tushunarsiz, biroz foydali, yoqimli va eng asosiysi sifatli ... Marjona Yusupova Biz bilan bog'lanish: @Tanho_Qaqnusim Muloqot guruhimiz: @my_storie 2020.29.09

Subscribe to a channel

The Realities of My Life

#MOTIVATSIYA

Taslim bo'lishdan oldin qancha masofani bosib o'tkanizni eslang, nima uchundir siz bu yo'lga chiqtingiz, nima uchundur siz shunchaki yo'lni bosib o'tdingiz balki kim uchundur ? Buni ahamiyati yo'q. Asosiysi sizga maqsad bor, sizga hohish bor, intilish bor, hayot majburlayaptimi yoki o'zingiz tushinib maqsadizga boryapsizmi, bu ham hech kimga qiziq emas ! Qizig'i ohiri nima bilan tugashiyaniy hamma sizni natijangizga qarab baxo berishadi, bosib o'tayotgan yo'lingizga emas, ohiri muhim. Shuning uchun taslim bo'lishni o'ylab ham o'tirmang, yaxshisi umuman o'ylamang hech narsani bugub emosiyani uchirib, hech kimni eshitmang, bugunchalig kar va ko'r bo'lib turing. Man bilan nimalarni hohlayotganizni ichizda nimalar bo'layotganini juddayam yaxshi tushinib turibman! Menga ishoning yaxshilab quloq soling
TASLIM BO'LMAYSIZ! Oxirgacha kurashasiz va g'alaba qozonasiz!

@my_life_uz

Читать полностью…

The Realities of My Life

Yaxshiyam borsizlar, yaxshi insonlar...!

Keksa otaxon har kuni mahalladagi bir bolakayning yalang oyoq, rezina to‘p bilan futbol o‘ynayotganiga ko‘zi tushardi. Bir kuni do‘konga borib poyabzal oldi va bolaga tutqazdi:
— Buni kiyib ol, bolajonim, senga deb oldim.
Bolajon quvonchdan qiyqirib yubordi va shu zahoti poyabzalni kiyib oldi. So‘ng soch-soqoli oppoq boboga hayrat bilan tikilib:
— Siz Allohmisiz? - deya so‘radi.
Keksa kishining qo‘l-oyog‘i qaltirab, labini tishladi va:
— Astag‘firulloh, bolam, unday demagin.
Qo‘l-oyoqchalari kir, qalbi dunyodagi eng toza narsadan ham pokiza bolakay yana hayrat to‘la nigohlarini boboga qadadi:
— Unda siz Allohning do‘sti ekansizda! Chunki men kecha tunda Allohga poyabzalim yo‘qligini aytgandim, menga poyabzal yuborgin deya yig‘lagandim.
Otaxon ko‘z yoshlarini ko‘rsatmaslik uchun bolani bag‘riga bosdi.
Ba’zan Alloh duolarimiz ijobati uchun yaxshi insonlarni jo‘natadi. Nogahon yaxshiyam borsizlar, yaxshi insonlar degisi keladi insonni.


@Eng_olisda

Читать полностью…

The Realities of My Life

#fikr_yuritish_vaqti

Eng baxtli odam bu - qalbida Alloh bo‘lgan odam.

©Paulo Koelo


@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

Kun hikmatlari☝️:

Keldim, ko'rdim, g'alaba qozondim.
📓Sezar

️Har doim o'zingizdan kuchlilar orasida bo'ling! Qiynalasiz, ammo rivojlanasiz.
📓Uoren Bafet

Bilguvchilar amal qilsin, tushunganlar saboq bersin.
📓Konfutsiy

️Sekin harakat qilishdan qo'rqmang, qotib qolishdan qo'rqing.
📓Bryus Li

️Imkoniyat muzqaymoqqa o'xshaydi, erib ketmasidan oldin yeb qolish kerak.
📓Bodo Shefer

Qo'rqsang bajarma, bajaryapsanmi qo'rqma, bajardingmi achinma!
📓Chingizxon

@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#fikr_yuritish_vaqti

Bu dunyoda hamma narsaning javobi bor deydilar. To’g’ri gap, ammo bu dunyoda javob qilinmaydigan narsalar ham bo’ladi.
Sen birovga yaxshilik qilsang, javobini kutma. Undan qaytmasa, boshqadan qaytadi.
Birov senga yomonlik qilsa, javob berma. Sendan qaytmasa, boshqadan qaytadi!

© O‘tkir Hoshimov

@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

Дунёда ўқитувчи бўлишнинг қиймати

🇮🇹 Италияда
Учта касб эгалари тирбанд йўлда қолмаслиги керак:
Тез ёрдам, ўт ўчирувчилар ҳамда ўқитувчилар.

🇫🇷 Францияда
Бойлар ўз яшаш жойлари билан мақтаниш учун ўқитувчилар билан бир ҳудудда яшашга интиладилар.

🇸🇪 Швецияда
Биринчи фарзандим шифокор, аммо иккинчи фарзандим ундан яхшироқ касб эгаллашни истайди, яъни ўқитувчи бўлмоқчи.

🇩🇪 Германияда
Меркел норозилик билдираётган шифокорларга мурожаат қилди:
- Сизнинг маошингиз сизни ўқитган ўқитувчиларнинг иш ҳақидан юқори бўлишини кутмаслигингиз керак.

🇬🇧 Aнглияда
Бу бола даҳо, у ўқитувчидек фикрлайди...

🇯🇵 Японияда
Соясини топтамаслик учун ўқитувчидан етти қадам ортда юр!

Бу хабарни хаммага етказинг, токи бизниниг юртда хам ўқитувчи қадри қанақа бўлиши кераклигини хамма билсин!

@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

Men dardimni na do‘stimga va na dushmanimga aytaman. Zero do‘stim xafa bo‘lsa, dushmanim sevinadi. Mening holimni eng yaxshi biladigan Allohimdir!

© Umar ibn Xattob


@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

🇺🇿:" Har qanday uchrashuv ikkita savol bilan yakunlanishi kerak. Nima qilish kerak? Va buni kim qiladi? Aks holda, vaqt behuda ketadi."

🇬🇧: "Any meeting should end with two questions. What to do? And who will do it? Otherwise, time will be wasted."


@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

Zulmatda yurganlaridan bexabar bo'lganlar... Hech qachon nurni izlamaydilar!

© Bryusli

@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#fikr_yuritish_vaqti

Hayot nima?
- Ulkan bir bozor...
Unda jamdir dilkash, dilozor...

Odamlarchi?
- Zoʻr savdogarlar...
Mehr sotar, yoki sitamlar...

Umr nima?
- Yil fasllari...
Bahorda ochilib... Kuz xazonlari...

Unda vaqtchi?
- Shamolday uchqur...
Dami oʻtkir xanjar millari...

Sabr nima?
- Baland bir qoya....
Choʻqqisin zabt etmoq mushkul bir gʻoya...

Toqatningchi?
Bormi bahosi?
- Unga tengdir Jannat sabosi..!

Ota-ona qanday moʻjiza?
- Suv va havo... Shunday moʻjiza..!

Doʻst-u yorga bering bir taʼrif?
- Qalb haqida mumkinmi tavsif?!

Vo ajabkim, savollar bisyor...
Sharhlamoqchi?
Sizda ixtiyor...

👉 @my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#fikr_yuritish_vaqti

SAKKIZLIK

➀ Keksalarni uzoq umr koʻrganligi uchungina emas, hayot sinovlariga uzoq bardosh bergani uchun ham hurmat qilmoq kerak.

➁ Yaxshigayam, yomongayam birdek yaxshi koʻrinishga urinadigan odam eng xavfli odamdir.

➂ Sartaroshni suvoqchi qilib qoʻysangiz, devorga sovun koʻpigi surtadi. Etikdoʻzni sartarosh qilsangiz, odamni boshiga mix qoqadi...

➃ Ertalab turganingda, kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hech qayering ogʻrimasa shuning oʻzi baxt!

➄ Dunyoda mehrdan arzon narsa yoʻq. Bir ogʻiz shirin soʻz, bir chimdim mehr kimni oʻldiribdi! Biz esa shuni ham bir-birimizdan ayaymiz..

➅ Mushuk oʻzi itdan qochib daraxtga chiqadi-yu, yana daraxtdagi qushlarga dagʻ-dagʻa qiladi...

➆ Insonning bahosi bu dunyoda oʻzi olgani bilan emas, oʻzidan qolgani bilan belgilanadi.

➇ Daraxt bir joyda koʻkaradi, deyishadi. Toʻppa-toʻgʻri, bu gap daraxtlarga juda mos tushadi. Odamlarga emas!

Oʻtkir Hoshimov

👉 @my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#MOTIVATSIYA

🔖HAYOT FALSAFASI

Baxt - o‘zimizda. Biz tashqaridan qo‘llab quvvatlash va yupanch izlash uchun juda ko‘p vaqtimizni sarflaymiz. Va har doim boshqa joydan izlaganimiz ma’lum bo‘ladi. Qalbingizga boqing

Hammasi uchun minnatdor bo‘ling. Yaxshisi uchun, yomoni uchun, dahshatlisi uchun. Hayot bor holicha - eng bebaho tuhfa. Quvonch va qayg‘u esa, yo‘lning bir qismi

Qabul qilish usulingizni o‘zgartiring - va hayotingiz o‘zgaradi. Qo‘rquv, qahr, gina his qilganingizda, shunchaki, vaziyatga boshqa tarafdan qarab ko‘ring

O‘zingizga sodiq qolgan holda hammani baxtli qilishning iloji yo‘q. Lekin, baribir, aslingni yashirish orqali boshqalarga yoqishdan ko‘ra, tavakkal qilib boshqalarga tushunarsiz bo‘lish yaxshiroq

Atrof olam - bu ko‘zgu. Biz boshqalarda nimani yaxshi ko‘rsak - o‘zimizning undagi aksimizni yaxshi ko‘rgan bo‘lamiz. Boshqalarda bizni qayg‘uga soladigan narsa, o‘z-o‘zimizda diqqatimizni qaratishimiz lozim bo‘lgan jihatdir.

Yaqinlarga ulashishni unutmang!!!
@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

Yoʻlingda uchraydigan toʻsiqlarga qarshilik qilma. Hayot oʻz oʻzanida oqishiga qoʻyib ber. Hayoting oʻzgarib ketsa, bundan diling vayron boʻlmasin. Oʻtmish kelajakdan yaxshiligini qayoqdan bilasan?

©Elif Shafaq| (Ishqqa oid qirq qoida) asaridan

@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#fikr_yuritish_vaqti

Bir inson ilm oʻrganmoqni istasa, u uch bosqichni bosib oʻtadi:
1. Kekkayib ketadi;
2. Kamtar boʻlib qoladi;
3. Hech narsa bilmasligini tushunib yetadi.

© Sufyon Savriy

👉 @my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#fikr_yuritish_vaqti

Orzu va baxt haqida 6 fikr

🔅 Orzu shunday noyob ne'matki, u qancha ko'p bo'lsa ham undan zada bo'lmaysiz.

🔅 Chinakamiga baxtli bo'lish uchun uch narsa — xasislik, hasad va rashkdan voz kechish lozim.

🔅 Baxtga eltuvchi eng ishonchli yo'l bu — mehnat va qat'iyat.

🔅 Ko'pchilik baxtni ko'zoynakni axtargandek axtarishadi, u esa burunning uchida turgan bo'ladi.

🔅 Kimgadir bir daqiqa jahl qilsangiz, baxtning qaytarib bo'lmas 60 soniyasini boy berasiz.

🔅 Har qanday odamzodning eng buyuk maqsadi — muhabbatni anglab yetish. Muhabbat — o'zgada emas, bizning o'zimizda, uni qalbimizda o'zimiz uyg'otamiz!


@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#motivatsiya

🇺🇿T. Xarv Eker:​"Agar o'zingizga ishonmasangiz, bilasizmi nima? Qolgan dunyo ham ishonmaydi.”

🇬🇧T. Harv Eker: "If you don't believe in yourself, you know what? The rest of the world doesn't believe either."

@Eng_olisda

Читать полностью…

The Realities of My Life

#fikr_yuritish_vaqti

Chumolini musibatdan chiqargan ALLOH bizni esdan chiqaradi deb gumon qilasizmi...


@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#motivatsiya

🇺🇿Jek Ma:" Bugungi xato ertangi kunning foydasidir. Bu siz uchun ajoyib imkoniyat."

🇬🇧Jack Ma: "Today's mistake is tomorrow's benefit. It's a great opportunity for you."



@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#fikr_yuritish_vaqti

🎯 Baxtli insonlar boshqalarni ham baxtli ko'rishni istashadi!

🎯 Hech qachon omadsizlikdan bosh egmang, chunki baxt qushi ham egik boshlarga qo'nmaydi!

🎯 Haqiqiy baxt - bu eng avvalo salomatlik va ota-onaning mehridir...!

🎯 Sizni ranjitgan insonlarni kechiring, ammo o'zingizga qayta yaqinlashtirmang!

🎯 Alloh insonlar yelkasiga ular ko'tara olmaydigan yukni tashlamaydi!

🎯 Barchamizga haqiqat yoqadi, ammo haqiqatni aytgan odam yoqmaydi!

🎯 Nochor ahvolda yashash har doim ham kambag'allik belgisi emas, dangasalik belgisi hamdir!

🎯 Boylik - pulning ko'pligi emas, nafsning to'qligidir!

🎯 Rostgo'y inson - hammaga dushman!

🎯 Natija niyatingizga bog'liq ekanligini unutmang!

🎯 Insonlar yolg'on gapirmasliklari mumkin, ammo shunda ham haqiqatni yashiradilar!

🎯 Biz ega bo'lmagan narsalar bormi?
Demak biz uni chin dildan xohlamayapmiz!

👉
@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

Qobiliyat hammada bor, ammo uni aniqlash kerak!

@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

Kambag‘allik

To‘rt devordan iborat, ammo tomi yopilmagan kichik bir kulbada kambag‘al beva ayol va farzandi yashar edi. Uylarining yog‘och eshigi bor bo‘lsa-da, yomg‘ir, qor yog‘sa, shifti yopilmagan bu kulba ularni yog‘ingarchilikdan saqlamas edi. Shunga qaramay bu oila bor ne’matlarga shukr va qanoat ila kun kechirar edi.

Bu ayolni eng qattiq qiynaydigan narsa bu qish paytidagi yog‘ingarchilik edi. Farzandi to‘rt yoshga to‘lguniga qadar Allohning fazli ila qattiq yomg‘ir va qor yog‘ishi bu yillarda bo‘lmadi.
Bir kuni osmonni quyuq bulut qopladi va kech kirganda qattiq yomg‘ir yog‘a boshladi. Odamlar uylariga kirib yomg‘irdan saqlandilar. Ammo beva ayol va go‘dagi juda qiyin axvolda qoldi, yomg‘ir suvi ostida kiyimlari butkul ivib xo‘l bo‘ldi.
Ona farzandini yomg‘irdan saqlay deb bag‘riga bossa, jiqqa xo‘l bo‘lgan kiyimi bilan yanada ko‘proq ozor berar edi. Shunda ona zudlik bilan eshikni yechib oldi va devorga qiya qilib suyadi. Eshik ostiga farzandini yomg‘irdan to‘say deb oldi.
Yomg‘irdan saqlangan go‘dak ko‘zlarida baxtiyorlik va yuzida tabassum ila onasiga qaradi va dedi:
- Onajon, eshiklari bo‘lmagan kambag‘allar yomg‘ir yog‘sa, nima qiladilar?!..
Go‘dak shu onlarda uyida eshigi bor bo‘lganini katta boylik deb xisobladi.
Allohning qadaridan rozi bo‘lish katta baxt, shu rozilik bilan qalb xotirjamligi keladi, tushkunlikka tushish va norozilikdan saqlanish mumkin bo‘ladi...

@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

Buyuk insonlarni maqsadi bor, qolganlarda xohish...


@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

“— Yana o‘yinlaringni o‘ynayapsanmi?
— Yo‘q, oyi. Dasturlashni o‘rganyapman.”

😜 Ha-ha, agar bilmasangiz, bilib qo‘yingki, dasturlashni o‘rganishga qaratilgan ko‘plab qiziqarli o‘yinlar mavjud.

Bugun siz bilan ularning ba’zilarini baham ko‘rmoqchimiz.

🕹 Agar siz ularni allaqachon sinab ko‘rgan bo‘lsangiz, izohlarda taassurotlaringiz bilan bo‘lishing👇

Читать полностью…

The Realities of My Life

Ibratli hikoya!

Bir ayol turmushga chiqqaniga
bir necha yillar o‘tib ketsa ham hech farzandlik bo‘lmas emish. Kunlardan bir kun Allohning fazli ila orzusi ushalib bo‘yida bo‘lib qolibdi. Homilaning to‘rtinchi oyida do‘xtir ko‘rigidan o‘tish uchun tabib huzuriga boribdi. Ammo o‘zi va eri tabibning gapini eshitib dong qotib qolishibdi! ʺQorningizda ko‘tarib yurgan homila insondan ko‘ra sakkizoyoqqa o‘xshagan mayib- majruh bir xunuk maxluq ekan. Iloji boricha uni ertaroq tushirib yuborishimiz kerak. Chunki u tug‘ilayotgan paytda sizning hayotingizni xavf-xatarga solishi mumkinʺ debdi tabib. Boshqa tabiblarga ham borib ko‘rishgan ekan. Natija o‘sha o‘sha. Hamma yuqoridagi tabibning gapini birday takrorlabdi. O‘rtada janjal chiqibdi. Ona qornidagi bolasini tushirishga sira ko‘nmabdi. Er esa: ʺNima qilasan tug‘iliboq o‘ladigan sakkizoyoq urodni tug‘ib?! Unga qo‘shilib o‘zing xam o‘lib ketasanku axir!ʺ - deb u ham tushirish zarurligiga qattiq oyoq tirab turib olibdi. Ayol esa o‘z aytganida qolib, ʺmayli, bu Allohning rozi bo‘lib mening taqdirimga yozilganiga chin dildan roziman! Mayib bo‘lsa ham uni ko‘rib bir bag‘rimga bosgim kelyapti. Men o‘z bolamni o‘ldirmayman debdi. Er jahli chiqib, xotinini ota-onasinikiga haydab yuboribdi. Homila oylari bir-birini tezda quvib o‘tib, ayolning ko‘z yoriydigan vaqti ham yetib kelibdi..
Shunda kutilmagan hodisa ro‘y beribdi! Otaga qo‘qqisidan quda tomondan telefon kelib qolibdi:
ʺBolalaringizni ko‘rgani tez
yetib keling!ʺ deb. Quloqlariga ishonmagan ota, es-hushini yo‘qotay deb yalangoyoq holida tug‘ruqxona tomon yelday uchib ketibdi. Ha, ajablanmang! O‘sha sakkizoyoqqa o‘xshagan maxluq bor yo‘g‘i to‘rtta murg‘ak farzand ekan. Ikki o‘g‘il va ikki qiz!! Faqat bechoralar bachadon ichida bir biriga o‘ralashib qolganidan qo‘l oyoqlari yagona bir bahaybat jismday ko‘ringan ekan. Buni esa ojiz UZI aparatlar to‘g‘ri ko‘rsata olmagan. So‘zimiz yakunida shuni takidlab o‘tishimiz kerakki, u ona bu ilohiy tuhfaga loyiq edi.
-Nega? - deysizmi. Chunki u tabiblar so‘zini eshitib qattiq larzaga tushganda o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, balki eng birinchi aytgan so‘zi:
ʺAllohning qazoi qadariga
roziman!ʺ degan gapi edi.
Kimda kim Allohning qazoi
qadariga chin dildan rozi bo‘lsa, Alloh ham uni mana shunday chiroyli taqdir bilan rozi qilib qo‘yadi..

@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#MOTIVATSIYA

Muvaffaqiyatsiz insonlar hozirgi vaziyatlaridan kelib chiqqan holda qaror qiladilar.

Muvaffaqiyatli odamlar nimalarga erishishlariyu,
kim bo'lishlariga
qarab qaror chiqaradilar.!

@eng_olisda

Читать полностью…

The Realities of My Life

#fikr_yuritish_vaqti

🔖 Hayot – maktab. Saboqlarin oʻqish kerak.

🔖 Hayot – bozor. Hikmatlarin olish kerak.

🔖 Hayot – savol. Javobini izlash kerak.

🔖 Hayot – sinov. Chidash uchun bardosh kerak.

🔖 Hayot – sahro. Undan buloq izlash kerak.

🔖 Hayot – daryo. Unda ravon suzish kerak.

🔖 Hayot – qogʻoz. Unda ijod qilish kerak.

🔖 Hayot – tuproq. Unga sayqal berish kerak.

👉 @my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#motivatsiya

🇺🇿 Jorj Kluni :"O‘zingizni faqat sizni yanada baland qiladigan odamlar bilab o‘rab oling. Hayot allaqachon sizni pastga tushirishni istaganlar bilan to‘lib toshgan."

🇬🇧 George Clooney: "Surround yourself only with people who make you smarter. Life is already full of people who want to bring you down."


@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

Leonardo Da Vinchidan 5 hayot darsi

1. Har qanday to'siq yo'lning oxiri kelganini bildirmaydi. Bu sinov uchun yaxshi imkoniyat kelganidan darak berishi mumkin
2. Biror ishda "to'xtab" qolish, dangasalikning avj olishiga olib keladi. Shuning uchun bunday vaqtda boshqa ish qidiring
3. Sekin rivojlanish hamma vaqt ham yomon emas. Axir, Misr piramidalari 20 yil davomida qurilgan
4. So'rab o'tirmay, bajaring!
5. Hech qachon rivojlanishdan to'xtab qolmang


@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

​​​​Gapirsam, maqtanchoq deyishadi, jim tursam beoʻxshovman, javob bersam – surbet, yaxshi gʻoyam boʻlsa – ayyor, charchasam – dangasa, bir boʻlak ortiqcha yesam – xudbin,ahmoq, qoʻrqoq, hisob-kitobchiman."

📓Anna Frankning kundaligidan

@my_life_uzb

Читать полностью…

The Realities of My Life

#MOTIVATSIYA

🔖O'z Ustida Ishlash Qulay va Oson Maslaxatlar

🗯Rangli kiyim kiying!  
Faqat qora kiyim kiygan odamlar rangli kiyim kiyganlardan kamroq e'tiborga tushadilar.
Yorqin ranglar har qanday holatda e'tiborni jalb qiladi va insonga yaxshi kayfiyat beradi.

🗯Ko'proq suv iching!
Sizga shuni eslatib o'tamizki, kun davomida ishlatadigan turli xil suyuqliklar har kuni ichishingiz kerak bo'lgan ikki litr suv tarkibiga kirmaydi. Bu toza tabiiy suv bo'lishi kerak, bu sizni deyarli barcha oziq-ovqat mahsulotlari tomonidan ishlab chiqarilgan kislotadan tozalashga yordam beradi.

🗯O'z fikrlaringizni yodda tuting! Yodingizda bo'lsin, siz boshqa odamlar aytgan yoki ishonadigan narsalarni hech qachon nazorat qila olmaysiz. Ammo siz o'zingizning fikrlaringiz va so'zlaringizning bilan qaror qabul qilishingiz mumkin, o'z fikrlaringiz va so'zlaringizga e'tibor bering!

🗯To'liq uyquga vaqt ajrating!
Agar uxlashdan oldin, o'zingizni sevish va o'zini hurmat qilish tuyg'ulari haqida o'ylasangiz juda yaxshi bo'ladi. Agar faolligingiz tufayli uxlab qolish hali ham qiyin bo'lsa, o'rningizdan turing va toza havodan nafas olib boshingizdagi barcha yomon narsalarni chiqazib yuboring huddi o'zingizdan uchirgandek. Yana uxlashga yotganingizda, faqat orzularingizni tasavvur qiling.

🗯Chiroyli narsalarga e'tibor bering! O'zingizni go'zallik bilan o'rab olish uchun siz hech qanday boylik sarflashingiz shart emas. Uy atrofida sayr qiling va har bir narsada topilgan go'zal narsani qadrlang. O'ylaymanki, siz "go'zal" har doim ham "aziz" degan ma'noni anglatmasligiga tezda ishonch hosil qilasiz. Go'zallikni ko'rish uchun go'zallikka sezgir bo'lish kerak. Ushbu fazilatni o'zingiz rivojlantiring!

🗯Hayotni o'ta jiddiy qabul qilmang! Bu qo'yib yuborishni, ko'proq kulishni va jiddiy bo'lmaslikni o'rganishni anglatadi. Qo'yishga imkon berish degani, olingan natijalar sizning kutganingizga mos kelmasa ham, o'zingizni yaxshi his qilishni davom ettirishni anglatadi. Hamma narsani boshqarish imkonsiz!

🗯Hech qachon taslim bo'lmang!
Esingizda bo'lsin, agar sizning xohishingiz bajarilmasa, unda sizni yaxshiroq narsa kutmoqda. Shunday qilib, o'zingizga ayting, hayotda hech qanday muvaffaqiyatsizliklar yoki xatolar bo'lmaydi, f aqat o'zingizni bilishga yordam beradigan tajriba mavjud

© Z XOLBOEVA

Yaqinlarga ham ulashing!!!

@my_life_uzb

Читать полностью…
Subscribe to a channel