#fikr_yuritish_vaqti
#qiziqarli
🐜 Nima uchun chumoli yer ostiga toʻplab qoʻygan donlar unib chiqmaydi?
Olimlar oʻrganib koʻrishsa, chumoli yer ostiga toʻplagan don va urugʻlarni ikkiga boʻlib qoʻyar ekan. Urugʻlik don ikkiga boʻlib qoʻyilsa, yer har qancha unumdor boʻlmasin, unib chiqmas ekan. Lekin maʼlum boʻlishicha, chumoli kashnich donini ikki emas, toʻrt boʻlakka boʻlib qoʻyar ekan.
Taajjubga tushgan olimlar kashnich urugʻi ustida tajriba oʻtkazib koʻrib, ajoyib kashfiyot guvohi bo'lishdi. Kashnich doni ikkiga boʻlinsa ham oʻsib chiqaverar ekan, urugʻ toʻrt boʻlakka boʻlinsagina oʻsib chiqmas ekan.
Chumoliga buni oʻrgatgan Alloh har
qanday ayb-u nuqsonlardan pokdir.
“Parvardigor barcha narsaga oʻz xilqatini – shaklini ato etib, soʻngra uni toʻgʻri yoʻlga solib qoʻygan Zotdir” (Toha surasi, 50-oyat).
#qiziqarli
#foydali
❗️Amerika-Amerika deyishadi. Amerikaning matematika boʻyicha 2-sinflarining oʻquv dasturini sotib oldim. Ne koʻz bilan koʻrayki, bizning katta sinflarda oʻtadigan baʼzi mavzularni ular 2-sinfda tanishtirish boshlanar ekan. Matematikani oʻyinchoq qilib tashlashibdi. Rasmlarga eʼtibor bering. Hatto stereometriya boʻlimida oʻtiladigan konus, piramida, shar, yarim shar, kub kabi shakllar ham bor. Misol uchun, konus deganda bizning bolalar muzqaymoqni tushunishadi, axir ular qayerdan ham bilsin konus shaklda boʻlgani uchun oʻsha muzqaymoqlar konus deyilishini...
Xullas, juda koʻp oʻyinlari ham bor. Hatto matematikani uncha yoqtirmaydigan kichkina qizim "Qachon matematika oʻynaymiz", deb soʻrayapti. Bilmadim, Amerika shunaqa rivojlangan boʻlgani uchun matematika dasturi bunchalik rivojlanganmi yoki matematika dasturi shunaqa qiziq qilingani uchun Amerika rivojlanganmi. Shu kabi dasturlar Stiv Jobs, Bill Geyts, Sukerberg kabi oʻz ishini ustasi boʻlgan mutaxassislarni kelib chiqishida sabab boʻlgan boʻlsa, ajab emas. Bunday mutaxassislar keyin Amerikani Amerika qilishadi, albatta. Postim oxirida dastur mualliflariga tasanno aytish bilan cheklanaman.
© Abrorbek Sharipov
#fikr_yuritish_vaqti
7 yoshli bolaga savol berishdi:
- Sening bitta-yu bitta orzuying nima?
- Tezroq katta boʻlish...
18 yoshli oʻsmirga ham shu savolni berishdi:
- Oliy taʼlim muassasasi (OTM) ga oʻqishga kirish...
25 yoshli yigitga ham shu savol berildi:
- Idealimdagi qizni topib, u bilan baxtli bo'lish...
40 yoshli erkakka ham shu savolni berishdi:
- Bolalarimni va umr yoʻldoshimni bekam-u koʻst yashashlari...
51 yoshli kishidan ham soʻrashdi:
- Farzandlarimni eson-omon turmushga berish...
62 yoshli insondan ham soʻrashdi:
- Nevaralarimni toʻylarini koʻrish...
73 yoshli otaxondan soʻrashganida:
- Qaniydi kichkinaligimga qaytsam-da, ota-onamni yana koʻrsam...!
Yoshingiz nechida boʻlishidan qatʼiy nazar, ota-onangizni qadrlang! Hamma orzularingiz ro'yobga chiqishi mumkin, lekin ular gʻanimat...
@my_life_uzb
#fikr_yuritish_vaqti
"Fotiha" surasi ALLOHning qahridan saqlaydi!
"Yasin" surasi Oxiratda chanqogʻingizni qondiradi!
"Voqea" surasi kambagʻallikdan, ochlikdan saqlaydi!
"Mulk" surasi Qabr azobidan saqlaydi!
"Kafirun" surasi jon taslim qilayotganda kufrdan saqlaydi!
"Ixlos" surasi ikkiyuzlamachi, yomonlardan saqlaydi!
"Falaq" surasi kulfatdan saqlaydi!
"Nas" surasi yomon xayollardan saqlaydi!
"Yusuf" surasi yurak siqilishi, mazlumlik, gʻam qaygʻuda foyda!
#fikr_yuritish_vaqti
Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilinadi:
“Qaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Alloh taolo unga jannatning ikki eshigini ochadi. Agar ulardan birini ziyorat qilsa, unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilguday boʻlsa, uni rozi qilmagunicha Alloh taolo undan rozi boʻlmaydi”, dedilar.
P.S. Ota-ona roziligi va ularning duolarini olib yurishlik barchamizga nasib aylasin!
#fikr_yuritish_vaqti
FARISHTA
Chaqaloq tugʻilishiga bir kun qolganda Allohdan soʻrabdi:
– Nega bu olamga kelyapman?
Men oʻzi nima qilishim kerak...
Yaratgan egam shunday javob beribdi:
– Senga farishta hadya etaman. U doim yoningda boʻladi, hammasini tushuntirib beradi.
– Uni qayerdan topaman, axir uning tilini ham bilmayman-ku?
– Farishta seni oʻz tiliga oʻrgatadi, turli balo-qazolardan asraydi.
– Farishtamning ismi nima?
– Uning ismi muhim emas. Sen uni “ONA” deb ataysan...
Farishtalarimiz doimo sog'-salomat bo'lishsin!
#motivatsiya
🇺🇿Jim Ron: "Muvaffaqiyat - bu mo'jiza emas, g'ayritabiiy narsa ham emas. Muvaffaqiyat - har kun takrorlanadigan tabiiy ishlarning jamlamasidir."
🇬🇧Jim Ron: "Success isn’t a miracle, it’s not something supernatural. Success is a combination of natural things that are repeated every day."
@my_life_uzb
Bill Geyts falsafasi!
Albatta òqing☝️
Uilyam Genri Geyts III bugungi kunda insoniyatning eng boy kishisi sifatida tanilgan. U o'z aqli va harakati bilan shu darajaga yetishgan. E'tiboringizga Bill Geytsning biznes falsafasini havola etamiz☝️👇👇👇
13 ta ko'rinish:
1) Raqobatchilaringizni o'rganing. Men har kuni ertalab birinchi navbatda raqobatchilarimning ishlari
bilan tanishaman.
2) Qat'iyatli bo'ling. Rahbarning eng asosiy xususiyati yomon xabarni ham mardona qarshi olishdir.
Sovuqqon bo'ling va shunda har qanday muammo tezroq òz yechimini topadi.
3) Muvaffaqiyatga e'tibor bermang. U aldamchi va o'zgaruvchidir. Maqsadga erishdingizmi, joyingizda
o'tiravermang, yangi marrani ko'zlang. Raqobatchilar qo'l qovushtirib o'tirishmaydi.
4) Rivojlanish uchun sharoit yarating. Tajribali rahbar qo'l ostidagilarning ishlashi uchun yaxshi muhit va
sharoit yaratadi.
5) Bir ishni bajarishni mo'ljalladingizmi, unga bugunoq kirishing. Vaqtni boy bermang.
6) Mag'lubiyatdan qo'rqing. Qadam tashlashdan oldin uning to'g'riligiga to'liq ishonch hosil qiling,
qadam tashlaganingizdan keyin esa xulosa chiqaring.
7) Yangi texnologiyalardan foydalaning. Elektron vositalar mo''jizalar yaratishga qodir.
8) Olomondan ajraling. U har doim ham kerakli yo'nalishda ketmaydi. Har doim o'z yo'lingizni tanlang.
9) Siz maktabni bitiriboq yiliga 60 ming dollar maosh olmaysiz. O'zingiz erishmaguningizcha
kompaniyaning vitse-prezidenti bo'la olmaysiz. Buning uchun mehnat qilish darkor.
10) Agar ko'lmakka o'tirib qolsangiz, bunda ota-onangizning aybi yo'q. Yig'lamsirab o'tirmasdan,
xatolaringizdan xulosa chiqaring.
11) Siz tug'ilguningizga qadar ota-onangiz hozirgidek asabiy, injiq, muhtoj emasdilar. Ular sizning kiyimlaringizni yuvib, yedirib-ichirib, kiydirib, erkalik va injiqliklaringizga chidab-chidab shu ahvolga tushganlar. Ularga jahl qilguncha o'zingizga "ota-onam bo'lmaganda kim bo'lardim?” degan savolni
bering.
12) Siz o'qigan maktabda hech kim yetakchilar va omadsizlarga ajratilmas, lekin hayotda bunday emas!
Maktabda yomon baholar qo'yilmas, to'g'ri javobni aytish uchun bir necha marta imkoniyat berilar. Lekin
haqiqiy hayotda bunday bòlmaydi!
13) Ko'zoynak taqqan yoki shalpangquloq bolaning ustidan kulmang. Vaqti kelib, uning qo'lida ishlab
qolishingiz mumkin.
P.s: Imkoni bòlsa bularni òzingiz uchun saqlab qòying!☝️😊
@my_Life_uzb
Haqiqiy rahbar o‘z hodimlarini rivojlanishini xohlaydi. Chunki o‘sha hodim, o‘zining kompaniyasi uchun ishlaydi...
Oddiy mantiq!
@my_life_uzb
#qiziqarli #fakt
🇺🇿 Dunyoda Bill Geytsdan boy bo‘lgan atigi 18 mamlakat bor.
🇬🇧 There are only 18 countries in the world richer than Bill Gates.
@my_life_uzb
Biz bilgan kompaniya asoschilarining asosiy karyerasi necha yoshlarida boshlangan?
-Mark Zukerberg (Facebook)– 19 yoshda;
-Stiv Jobs ( Apple)– 21 yoshda;
-Jef Bezos (Amazon) – 30 yoshda;
-Ilon Mask (Space X) – 31 yoshda;
-Jek Ma (Alibaba) – 36 yoshda;
-Rid Xeystings (Netflix) – 36 yoshda;
-Genri Ford (Ford) – 40 yoshda;
-Sem Uolton (Walmart) – 44 yoshda;
-Rey Krok (McDonald's) – 52 yoshda;
-Palkovnik Devid Sanders (KFC) – 65 yoshda.
@my_life_uzb
#qiziqarli #fakt
🇺🇿 Dunyoga mashhur Nike brendi logotipi muallifi o‘z ishi uchun atigi 35 dollar olgan.
🇬🇧 The author of the world famous Nike brand logo received only $ 35 for his work.
@my_life_uzb
#motivatsiya
🇺🇿 Elon Musk: "Siz qo'lingizdan kelganini qilish uchun ko'proq harakat qilishni xohlaysiz. Noto'g'ri bo'lgan hamma narsani toping va tuzating. Salbiy fikrlarni izlang, ayniqsa do'stlaringizdan."
🇬🇧 Elon Musk: "You want to try harder to do what you can. Find and fix everything that's wrong. Look for negative thoughts, especially from your friends."
@my_life_uzb
#fikr_yuritish_vaqti
Oʻchirgʻich ishlatmasdan rasm chizish sanʼatiga “hayot” deyiladi.
© Jorj Eliot
👉 @my_life_uzb
#Hikmat
Bakr ibn Abdulloh bir hokimga yaqin bo‘lgan bir kishini hikoya qilar edi. U odam ko‘pincha podsho huzurida: «Yaxshilik qilganga yaxshilik qiling, yomonlik qilganga qilgan yomonligi qaytadi», der edi.
Bir amaldor uning podsho oldidagi mavqeiga hasad qilib, unga tuhmat qildi. U podshoga: «Falonchi sizning og‘zingizdan badbo‘y hid kelyapti, degan gaplarni aytdi», dedi. Podshohning yanada ishonishi uchun hasadgo‘y dedi:
— Ishonmasangiz, uni chaqiring. U burnini bekitib turadi.
Podshoh buni tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldi.
Hasadgo‘y esa haligi odamni chaqirib, mehmon qildi. Ziyofat dasturxonida sarimsoqpiyoz ham bor edi. Ziyofatdan chiqib, podshohning huzuriga borishdi.
Podshoh vaziriga yaqin kelishni buyurdi.
Vazir yengi bilan og‘zini yopgan holda podshoga yaqinlashdi. «Demak, aytilgan gaplar rost ekan», deb o‘yladi podshoh. U o‘z qo‘li bilan bir yorliq yozib, vazirga saroy xodimlariga olib borishni buyurdi. Podshoh odatda, birovni mukofotlamoqchi bo‘lsagina, o‘z qo‘li bilan yorliq yozar edi. Xatda esa: «Xatni olib borgan kishini terisini shilib, somon tiqib, menga yubor», deb yozilgan edi.
Vazir xatni olib saroydan chiqqanda hasadgo‘yga yo‘liqdi va:
— Podshoh menga yorliq yozib berdi, - dedi.
— Menga bersang-chi, xatni.
— Olaver.
Xatni saroy xodimlariga olib borgan hasadgo‘yga:
— Bu yerda seni o‘ldirib, teringni shilishim yozilgan, - deyishdi.
— Yo‘q, bu xat men uchun yozilmagan, — qichqirardi u. Ammo, podshoh amri vojib, uni o‘ldirib podshoh aytganidek qilishdi.
Vazirni salomat ko‘rgan podshoh ajablanib, undan bo‘lgan voqeani so‘radi. Vazir hammasini boshidan aytib bergach, podshoh uning har kuni aytib yuradigan gaplarining nechog‘li rost ekaniga amin bo‘ldi☝️
P.s: Pok niyyat soxib va soxibasi bòlishlik barchamizga nasib etsin!🤗
@my_life_uzb
#fikr_yuritish_vaqti
🔖 Hayotda shunday inson boʻlingki, avval salom berguvchi, bermaganga beradigan, hol soʻramagandan ahvolini soʻraydigan, jahl qilganga tabassumla javob bera oladigan, kechirim soʻramaslaridan oldin kechirib yuboradigan...
🔖 Shunday samimiy boʻlingki, yolgʻon gapira olishmasin. Sizni yaxshi nom bilan, xursand holda, tabassum bilan yodga olishsin...
🔖 Koʻrinmay qolsangiz,
“Shu kunlarda sizni eslagandim, hattoki gaplashgim kelgandi...”, deya chin dildan ayta olishsin. Bir zum koʻrinmasangiz sogʻinib, har on mehringiz taftini his etib yashashlariga sababchi boʻling...
Agar shunday yashayotgan boʻlsangiz, demak, siz behuda umr oʻtkazmayapsiz!
#fikr_yuritish_vaqti
Onangiz va otangiz orasida qanday farq borligini bilasizmi?
– Ona sizni dunyoga taqdim qiladi.
– Ota esa, sizga dunyoni taqdim qiladi.
– Ona sizga yaxshi hayot ulashadi.
– Ota ushbu hayotda qanday yashashni oʻrgatadi.
– Ona sizni och emasligingizdan xabardor boʻladi.
– Ota ochlikning qadrini oʻrgatadi.
– Ona sizdagi eʼtibor hissini oʻstiradi.
– Ota sizdagi masʼuliyat hissini oʻstiradi.
– Ona sizni yiqilishdan himoya qiladi.
– Ota yiqilgandan keyin qanday turishni oʻrgatadi.
– Ona oyoqda qanday yurishni oʻrgatadi.
– Ota hayot soʻqmoqlarida qanday yurishni oʻrgatadi.
– Ona kamolot va goʻzallikni aks ettiradi.
– Ota voqeʼlik va jiddiylikni aks ettiradi.
P.S. Ota-ona roziligi va ularning duolarini olib yurishlik barchamizga nasib aylasin!
#fikr_yuritish_vaqti
Maqsad qo'yish muhim❗️
1979-yilda Garvard Universitetida bir ajoyib tadqiqot o’tkaziladi.
MBAning barcha bitiruvchilariga quyidagi savolni berishadi:
“Hayotda Siz doim intiladigan aniq bir maqsadingiz bormi?”
Javoblar esa quyidagicha:
84% bitiruvchilar maqsadi yo’q ekanligini aytishgan.
13% bitiruvchilar o’z maqsadlarini ayta olishgan, faqat unga erishish uchun aniq bir strategiya yoki reja qilishmagan.
3% bitiruvchilar esa ularni harakatga keltiruvchi maqsad borligini va boshqalardan farqli ravishda ularni yozib, erishish uchun aniq bir strategiya yoki reja tuzib qo’yishganliklarini e’tirof etishgan.
Keyinchalik tadqiqotchilar ularning hayotlarini 10 yil davomida kuzatishdi va quyidagi qiziqarli xulosaga kelishdi:
13% tasavvurida maqsadi bor bitiruvchilar bemaqsad yashayotgan 84% ga nisbatan hayotda 2 barobar muvaffaqiyatli bo’lishgan.
3% maqsadini yozib qo’ygan va har kuni unga qarab intilayotganlar esa jami 97% bitiruvchilardan 10 barobar muvaffaqiyatliroq bo’lishgan.
Demak, inson hayoti davomida biror maqsad qo’ysa va unga intilsa, o’zining yashirin salohiyatlaridan 10-20 barobar unumliroq foydalanishi mumkin ekan.
#fikr_yuritish_vaqti
HALOL LUQMA
Bir kishining yakka-yu yagona oʻgʻli bor ekan. U balogʻat yoshiga yetibdi. Bir kun otasidan qanday kasb tanlash haqida maslahat soʻrabdi:
- Biror kasbni tanlashing oʻzingga
bogʻliq, - debdi ota.
- Eng yaxshi kasb oʻgʻrilik boʻlsa kerak, - debdi oʻgʻil.
- Mayli, qoʻshnimizning qoʻchqorini oʻgʻirlab koʻr-chi, - debdi ota.
Oʻgʻil qoʻshnisining qoʻchqorini oʻgʻirlab kelibdi. Otasi oʻzini xursand koʻrsatib:
- Yasha, oʻgʻlim, zoʻr ish qilding. Endi ikkimiz maza qilib uydan chiqmay shu qoʻyni yeymiz.
Ota va oʻgʻil bir hafta maza qilishibdi. Qoʻyni batamom yeb boʻlishgach, oʻzlarini taroziga tortishibdi. Ota oʻn kilo semiribdi, oʻgʻil esa oʻn kiloga ozibdi. Oʻgʻil hayron boʻlib otasiga boqibdi. Ota kulib:
- Ey nodon, sen oʻgʻirlagan qoʻyning pulini oʻsha kuni qoʻshniga berib qoʻyganman. Shuning uchun xotirjam semirdim. Sen boʻlsa bir hafta azob ichida yashading! Oʻzingga halol kasb tanla, shunda u dunyoying ham, bu dunyoying ham obod boʻladi, - debdi.
#fikr_yuritish_vaqti
Keksa otaxondan soʻradilar:
- Bolalaringizni sogʻinasizmi?
Otaxon javob berdi:
- Men bolalarimning bolaligini sogʻinaman... Chunki, u vaqtlarda bolalarim uzoqqa ketsam meni yigʻlab sogʻinishar edilar. Eshikdan kirsam kulib kutib olishardi. Men uyda boʻlmasam meni qidirishar, mensiz ovqat ham yegilari kelmas edi...
Endichi...
Hammasi aksi...
P.S. Ota-onalarimiz ham shu ko'yga tushib qolishmasin. Duogo'ylarimizni qadrlaylik!
#yangilik
Xabaringiz bor umumta'lim fanlaridan milliy sertifikat joriy qilingan. Ona tili va adabiyoti va matematika fanlaridan olingan milliy sertifikatlar majburiy fanlarga o'tmaydi.
Oddiyroq tushuntiramiz:
Zamira ismli abituriyent matematika fanidan milliy sertifikat oldi. Asosiy fani, ya'ni 30 ta • 3,1 ballik matematika fanidan bo'lib o'tadigan testlardan ozod bo'ladi (faqat proporsional tarzda) va shu bilan birgalikda majburiy matematika fanidan ozod bo'lmaydi.
Milliy sertifikat olgan abituriyentlar majburiy fanlarni topshirishlari zarur bo'ladi.
#xayrli_kech
#fikr_yuritish_vaqti
Eng yaxshi sarmoya bu bilimga qilingan sarmoyadir.
© Franklin
👉 @my_life_uzb
Agar «Devorning ham qulog‘i bor» degan maqolni «Farishtaning qalami bor» degan gapga almashtirsak, odamlardan emas, Alloh taolodan qo‘rqib, gunohdan tiyiladigan va Uning O‘zidan umid qiladigan avlod yetishib chiqqan bo‘lardi.
@my_life_uzb
#fikr_yuritish_vaqti
Bizning dunyoyimiz yashash uchun xavfli joy. Ayrimlar yomonlik qilayotgani uchun emas, qolgan barcha buni jim kuzatib turgani uchun.
© Albert Eynshteyn
@my_life_uzb
#fikr_yuritish_vaqti
SUQROT VA YO'LOVCHI
Yoʻldan oʻtib ketayotgan bir yoʻlovchi faylasuf Suqrotdan soʻrabdi:
- Shahargacha nechi soatlik yoʻl?
Suqrot javob beribdi:
- Yuraver...
Yoʻlovchi yoʻlda davom etibdi va yigirma qadam yurgan vaqtida, Suqrot qichqiribdi:
- Ikki soatlik! Nega menga buni tezroq aytmading? - deya jahl qilibdi oʻsha yoʻlovchi.
Suqrot esa bunga shunday javob qilibdi:
- Sening qanaqa tezlik bilan yurishingni men qayerdan bilay!
@my_life_uzb
#fikr_yuritish_vaqti
Мактаб директори айтади:
"Эрталаб мактабга келдим. Не кўз билан кўрайки, мактабнинг ташқи деворига сепиладиган бўёқ билан хуник бир гап ёзилган эди. Узоқ текширувдан сўнг буни ким қилганини аниқладик. Дарров унинг отасини мактабга чақирдик. У келди. Девордаги ёзувни кўргач, хотиржамлик билан ўғлини чақириб беришимизни сўради. Ўғлини чақирдик. У ўғлидан хақиқатдан хам бу ишни қилганми ёки қилмаганини сўради. Ўғли қилганини тан олди. Сўнгра ота чўнтагидан телефонини чиқариб бўёқчига телефон қилди. У келгач, у билан деворни олдингидан хам чиройли қилиб беришини айтиб келишди. Кейин ўғлига қараб сокинлик билан деди:
- Ўғлим! Агар бошимни кўтариб юришимга сабаб бўла олмасанг, хеч бўлмаганда уни тушириб юришимга сабаб бўлма!
Сўнгра у биздан рухсат олиб қайтиб кетди. Мен ўқувчига қарадим. У қўллари билан юзини ушлаб йиғлар эди. Мен отанинг услубидан ва унинг боласига таъсиридан хайратда эдим. Сўнгра у ўқувчи биздан кечирим сўради, пушаймонлигини изхор қилди. Кейинчалик мактабнинг энг олд ўқувчиларидан бирига айланди.
***
Хақиқий мураббий ўқувчисига хатодан гўзал натижа олишни, тўғри йўл топишни ўргатади. Қадимгилар: "Хато тўғриликка олиб боради", дейишган. Мақсад жазолаш эмас. Мақсад муаммони даволаш ва мушкулотдан ижобий натижа билан чиқиш йўлини топишдир.
Ўргатинг, қаттиққўллик қилманг. Қаттиққўлликдан муаллимлик афзалдир!
👉 @my_life_uzb
#motivatsiya
🇺🇿 Genri Ford: "Muvaffaqiyatsizlik - boshqatdan boshlash uchun yana bir imkoniyat holos."
🇬🇧 Henry Ford: "Failure is just another chance to start all over again."
@my_life_uzb
#fikr_yuritish_vaqti
SABR...
Ba'zida endi maqsad sari yaqinlashdim deganda huddiki u yana qochib ketayotganga o'xshaydi.
Alloh taolo Qur'onning qariyb to'qson joyida sabrni zikr etgan, bir qancha darajalarni va yaxshiliklarni sabrga bog'lagan, ma'naviy yuksaklik va xayrlarni sabrning samarasi qilgan va sabrlilar uchun o'zlari tasavvur qilgandanda afzalroq darajalarni tayyorlab qo'ygan bo'larkan.
Shuni unutmasligimiz kerakki, baholi qudrat mehnat qilmasak, yalqovlik qilib qashshoqlikka rozi bo'lsak, Alloh peshonamizga shuni yozgan ekan deb muhtojlik oldida bosh egsak sabrli sanalmaymiz. Sabrning bir qismi sof niyat ila, bor imkoni ila maqsad sari harakat qilib, natijasini yaratgandan so'rashdan iborat.
Alloh taolo kalomida "Ey iymon keltirganlar! Sabr va Namoz ila madad so'ranglar. Albatta Alloh sabrlilar bilandir degan" (Baqara surasi 153-oyat).
👉 @my_life_uzb
Tasavvur bilimdan ko'ra muhimroqdir. Chunki ilm chegaralangan, tasavvur esa dunyoni qamrab oladi, taraqqiyotni rag'batlantiradi, borliqqa yaratish kuchini taqdim etadi!☝️😊
📓Albert Enshteyn
@my_life_uzb
#motivatsiya
🇺🇿Genri Ford:"Butun dunyo sizga qarshi chiqayotgandek bo‘lib tuyulsa, samolyot shamolga qarshi uchishini unutmang."
🇬🇧Henry Ford:"If the whole world seems to be against you, don't forget that the plane is flying against the wind."
@my_life_uzb