-Dunyoda kiming bo'lishini hohlarding?
-Bir dardimni ming bo'lakka bo'lib tinglaydigan insonim bo'lishini hohlardim.
-O'sha insonni hech uchratdingmi?
-Ha, u bilan har kun ko'rishamiz. Qanday qilib?
Ko'zgu yoniga borganimda......
@Eng_olisda
Afsuslar ila shuni aytamizki, kanalimiz o‘z faoliyatini to‘xtatmoqda. Shunday ekan endi bizni @Eng_olisda kanalida kuzating
❤️@Eng_olisda
💎@Eng_olisda
❤️@Eng_olisda
💎@Eng_olisda
#fikr_yuritish_vaqti
Oila aʼzolarimga: "Soʻzga chiqishimdan oldin ustimga qahva toʻkilib ketdi" deb, oʻsha noqulay vaziyat haqida gapirib berayotgan edim, barchalari: "Keyin nima boʻldi?" deb soʻrashdi. Faqat onam: "Biror ozor yetmadimi?" dedilar...
#fikr_yuritish_vaqti
QARZ
– Dada, esingizdami bundan toʻrt yarim oy burun singlimnikidagi toʻy oldidan mendan 350 ming olgan edingiz?
– Ha-ya, albatta, hozir…
– Yoʻq-yoʻq, bu nima qilganingiz? Uni talab qilayotganim yoʻq. Otaga berilgan pulni ham soʻralarkanmi?
Ammo bu narsa farzandning gardanida qolib ketmasligi kerak! Oʻtgan oyda sizdan qancha olgandim?
– Qaydam?.. Esimda yoʻq…
#fikr_yuritish_vaqti
Kamol va zavol
Odam oʻz farzandlarining yil sayin oʻsib, kamol sari ketayotganini biladi-yu, oʻz ota-onasining yil sayin choʻkib, zavol sari ketayotganini bilmaydi.
© Said Ahmad
#fikr_yuritish_vaqti
Шайх Муҳаммад Мутаваллий Шаъровийнинг машҳур сўзларидан:
- Агар ҳақни айтишга қодир бўлмасанг, ботилга қарсак чалмай тургин.
- Агар сени ёмон кўрувчи инсон бўлмаса, билгилки сен муваффақиятсиз инсонсан.
- Аллоҳнинг мулкида биров фақат Аллоҳ ирода этган нарсанигина қила олади.
- Аллоҳ таолога бериши учун эмас, балки рози бўлиши учун ибодат қилинг. Агар рози бўлса, берганлари билан сизни ҳайратга солади.
- Мусулмонлар юртида камбағални кўрсангиз билингки, демак у ерда унинг молини ўғирлаётган бой бор.
- Отаси йўқ ташвишга тушмасин. Парвардигори бор одам нимадан ташвиш чекади?
- Башарнинг чора кўришидан безовталанманг. Уларнинг энг қодир бўлгани Аллоҳнинг амрини ижро қилиш бўлади.
#fikr_yuritish_vaqti
BOLALIKKA CHIPTA
— Salom, menga chipta bering. Faqat bir tomonga.
— Bir tomonga bo‘lmaydi. Borish-kelish.
— Xo‘p, bo‘lmasa borish-kelishga bering. Bugunga!
— Bugunga yo‘q.
— Bo‘lmasa qachonga bor? Eng yaqin vaqtga juda kerak!
— Eng yaqini... Kechiring, o‘n yil keyinga bor.
— Bering. To‘la bir kunga!
— Bir kunga yo‘q!
— Iltimos, hech bo‘lmasa bir soatga.
— Faqatgina bir minutga bor.
— Mayli, bir minutga bera qoling.
— Mana marhamat. Sizning bolalik davringizga chiptangiz!
— Katta rahmat!
— Hmm... So‘rasak maylimi?
— Albatta.
— Bor-yo‘g‘i bir minutda siz bolaligingizda nima qilmoqchisiz? Nima qilishga ulgurasiz?
— Men ota-onamni qattiq quchoqlayman, ikkovini, bir vaqtda!
Siz-chi? Agar 1 daqiqa bolalikka qaytsangiz nima qilgan bo'lar edingiz? 😀
#fikr_yuritish_vaqti
Aytishlaricha, inson hayotdan koʻz yumganda 21 gramm vaznini yoʻqotar ekan. Bizning hamma quvonch-u shodligimiz va orzu-umidlarimiz, bor xotira, fikr va rejalarimiz, biz tanigan muhabbat va bizni chulgʻagan chiroy, har bir koʻz yosh va har bir tabassum sababi, doʻstlarimiz, oilamiz, farzandlarimiz va nevaralarimizning suvrat-u siyrati, bularning hamma-hammasi ana shu 21 grammda mujassam ekan!
#fikr_yuritish_vaqti
Bir rassom goʻzal rasm chizdi. Uni koʻpchilik yigʻiladigan joyga qoʻyib, sinab koʻrmoqchi boʻldi. Rasmni qoʻyib, tepasiga yozib qoʻydi: "Kimda-kim bu rasmda ozgina boʻlsada kamchilik koʻrsa, ustiga qizil qalam bilan belgi qoʻysin!".
Kechqurun kelib qarasa, rasm qizil boʻyoqqa toʻlib ketibdi. U ustozi oldiga borib, rasmdan voz kechmoqchiligini aytadi.
- Yoʻq, - dedi ustozi unga. - Sen yaxshisi iborani oʻzgartir: kim rasmda kamchilik koʻrsa, uni tuzatsin, deb yozib qoʻy.
Rassom ustozining aytganini bajardi. Buni qarangki, oradan bir necha kun oʻtsa ham, rasmga hech kim yaqinlashmadi.
- Koʻrdingmi, - deb kuldi rassomning ustozi. - Bu hayotda hamma narsadan xato topadiganlar koʻp, biroq shu xatoni
tuzatadigan - isloh etadiganlar juda kam.
Xato qidirguvchi emas, xato qilgan insonga xatosini tuzatishda yordam berguvchi boʻling, azizlar!
#fikr_yuritish_vaqti
O‘YLAB KO‘RDINGIZMI?
— Mol-dunyoyimiz ortdi, ammo huzur-halovatimiz yo‘qoldi.
— Qulayliklar ortdi, ammo vaqtimiz kamaydi.
— Dorilar ko‘paydi, kasalliklar kamaymadi.
— Kech yotib, ertalab charchoq bilan uyg‘onamiz.
— Kam kitob o‘qiymiz, ko‘p televizor ko‘ramiz.
— Ko‘p gapiramiz-u, kam e’tibor beramiz.
— Pul topishni o‘rgandik, sarflashni eplolmadik.
— Oyga uchib-qaytishni bilamiz, lekin qo‘shnimiz bilan ko‘rishishga ikki qadam bosolmaymiz.
— Fazoda nimalar bo‘layotganini bilamiz-u, ichki kechinmalarimizdan xabarimiz yo‘q.
— Havoni tozalaymiz, lekin ruhlarimiz kir.
— Rejalar tuzamiz-u, natijalar ko‘rinmaydi.
— Shoshilishni o‘rgandik, sabrni yoddan chiqardik.
— Tanishlarimiz ko‘p, haqiqiy do‘stlarimiz kam.
— Yutuqlarimiz ko‘p, negadir quvonchimiz oz.
© "Baxtli hayot sari" kitobidan
#fikr_yuritish_vaqti
ОСМОН ЯҚИН, ЕР ҚАТТИҚ
Бола эдим. Кекса аммам бўларди. Туриб-туриб, ғалати гаплар айтарди.
Бир куни шундай деб қолди:
- Осмонда меҳр кўп. Ер устида орзу кўп. Ер тагида армон кўп...
- Бу нима деганингиз? - десам,
- Катта бўлганингда тушунасан, - деб қўя қолди.
Ростини айтсам, катта бўлганимда бу гапларни унутиб юборган эканман. Яқинда тасодифан ёдимга тушди. Аммамнинг гапини энди англагандек бўлдим.
“Осмонда меҳр кўп”, - дегани Аллоҳнинг карами кенг, бандаларига меҳрибон, дегани экан.
“Ер устида орзу кўп”, - дегани одамзод борига қаноат қилмайди, бир орзуси ушалиши билан бошқасининг кетидан югуради, дегани экан.
“Ер тагида армон кўп”, - дегани эса бандаси вафот этганидан кейин тириклик чоғида ўзи билиб-билмай қилган гуноҳлари учун армон чекади, дегани экан.
Билмадим...
Ҳарқалай мен шундай тушундим...
© ЎТКИР ҲОШИМОВ,
Ўзбекистон халқ ёзувчиси.
#fikr_yuritish_vaqti
ҲИКМАТЛИ ҲИКОЯ
Боязид Бистомий ҳазратлари жиннихона ёнидан ўтаётганларида, бир табибнинг ҳавончада дори майдалаётганини кўриб:
— Беҳад гуноҳкорман, — дебдилар,
— шу касалимга қарши доринг борми?
Табиб бошини кўтариб улгурмасдан, жиннихона панжарасидан қараб турган бир хаста жавоб берибди:
— Тавбанинг томири билан истиғфорнинг япроғини аралаштир. Қалб ҳавончасида тавҳид тўқмоғи билан туйиб майдала. Инсоф элагидан ўтказ, кўз ёш билан йўғир, ишқ тандирида пишир ва бомдод билан шом орасида кўпроқ тановул қил. Кўрасан, хасталигингдан асар ҳам қолмайди!
Бистомий ҳазратларининг кўзлари жиққа ёшга тўлиб дебдилар:
— Ё, Роббим! Бу дунё хастахонасида не не табибларинг бор!
#fikr_yuritish_vaqti
ONALAR HAQIDA...
1. Hadyani avval onaga, soʻng otaga berilishi mahbubdir.
2. Hayot boʻlsalar ham, vafot topib ketgan boʻlsalar ham ularning haqlariga doimo duoda boʻlmoq zarur.
3. Onalarning yuzlariga tushgan ajinlar, qoʻllarining qadoqlari – sen va aka-ukalaring, opa-singillaring sababli ekanligini bilgin!
4. Senga bergan oq suti lutf-u xursandlik bilandir, ammo sening unga bergan taoming baʼzida minnatli va ozorlidir. Shuning uchun bergan har bir luqmang lutfli boʻlishi uchun kamtarin boʻl!
5. Unga sen har kuni koʻrinish ber, chunki uning seni koʻrishi sening unga ming lagan xum tillolar tuhfa qilganingdan ortiqroqdir.
6. Tirikligida bor imkoniyating ila unga tavozeʼli va shirin soʻzli boʻl, qachonki, agar uni yoʻqotsang armondan holi boʻlasan.
7. Bagʻringa bosib, uni quchgin! U seni har kuni quchib, hidlaringdan toʻyib-toʻyib zavq olganini esingdan chiqarmagin!
👉
Uni qoralama, Vanya, - so‘zimni bo‘ldi Natasha, - uni masxara qilma! Boshqalar singari uni ham qoralab bo‘lmaydi. Adolat bilan aytganda, u sen va menga o‘xshash emas. U hali bola, uni boshqacha tarbiya qilganlar. U qilayotgan ishiga tushunarmidi? U shunday odamki, agar bir daqiqa ilgari ont ichib turib, bir ishni qilishga har qilib turgan bo‘lsa, birinchi taassurot va birovning gapi bilan aynib qolaveradi. U nihoyatda laqma! Mana, u sening oldingda qadam ichadi-yu, shu kunning o‘zida astoydil boshqaga samimiy ko‘ngil bera oladi: tag‘in o‘zi kelib, o‘z og‘zi bilan shuni gapirib beradi. Nojo‘ya ishdan ham toymaydi. Lekin ana shu nojo‘ya turmushi uchun uni ayblab bo‘lmaydi, aksincha, unga achinish kerak. U o‘zini fido qilish qobiliyatiga ham ega, qurbon qilganda qandoq! Bu ham faqatgina yangi bir taassurotgacha; shunda u yana hamma narsani unutib yuboradi. Doimo uning yonida bo‘lmasam, meni ham unutadi. Mana u qanaqa odam!
©Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy
📌Xo‘rlanganlar va Haqoratlanganlar
®Marjona Yusupova
N79
@Jannatiy53 - kanali tanlovi uchun
Tanlov ğolibiga sovğalar!
📚Doktor Oiz Karaniya " Õkinma"
📚Elchin Safarali - "Dengiz haqida s.b.m"
📚R.N.Guntekin - "Muhabbat simfoniyasi"
📚Mich Elbom "Morrining seshanba.d."
📚" Molxona"
#fikr_yuritish_vaqti
Dunyo - ulkan ko'zgudir, o'z holiday senga yomonlik ham, yaxshilik ham keltirmaydi. Tegrangda ro'y berayotgan hamma narsa aslida o'z fikrlaring, his-tuyg'ularing, istak va tutumlaringning aksidir.
© Isajon Sulton
Hamma kanal a‘zolari diqqatiga ushbu kanalni tark etib, @Eng_olisda kanaliga qo‘shiling.
Читать полностью…#fikr_yuritish_vaqti
Muzlatgichdagi ayol
Goʻsht fabrikasida ishlaydigan bir ayol ish tugaganidan soʻng muzlatgichlarni tekshirish uchun kirganda eshik bexosdan yopilib, ayol muzlatgichni ichida qolib ketdi. Ayol ovozi boricha baqirib yordam soʻradi. Muzlatgich eshigini tepdi, yigʻladi, ammo hech kim eshitib yordamga kelmadi.
Ish vaqti tugagani uchun hamma ishchilar uylariga ketib boʻlishgan edi. Oradan bir ikki soat oʻtgandan keyin muzlatgich eshigini eshik yonida turadigan qorovul ochdi. Ayol hayron boʻlib qorovuldan soʻradi:
- Siz meni muzlatgichga qamalib qolganimni qayerdan bildingiz? Axir sex ichini tekshirish sizning vazifangizga kirmaydi-ku?
- Men oʻttiz besh yildan beri shu yerda ishlayman. Bu yerga qanchasi kelib ketadi, lekin birortasi men eshik tagida turib, ularni kelib-ketishini kuzatishimni sezishmaydi. Goʻyoki men yo'qdek odamman ularga. Ammo, siz har kuni ertalab men bilan salomlashib, kechki mahal xayrlashib ketasiz. Birgina hol-ahvol soʻraganingiz uchun men oʻzimni inson ekanimni his qilaman. Ertalab salom berib ishga kirib ketdingiz, ammo ish tugagandan soʻng sizni xayrlashib chiqib ketishingizni koʻrmaganim uchun ichkarida biror narsa boʻlgandir, deb xabar olib kirgandim, - dedi.
P.S. Oyoq ostingizdagi tosh biror kun sizga haykal boʻlishi mumkinligini unutmang!
🎉 Bugun, 24-iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovich tavallud topgan kun!
Davlatimiz rahbari 64 yoshni qarshilamoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi mamlakat yoshlari nomidan Mirziyoyev Shavkat Miromonovichni samimiy tabriklab, uzoq umr va faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Yurtboshimiz yoshlarga oid odilona siyosati, yuksak e’tibori va g‘amxo‘rligi bilan yoshlarimizning mehr-muhabbatini qozongan. Ishonamizki, davlatimiz rahbarining boshchiligida yurtimiz yigit-qizlari nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta va muhim yutuqlarga erishishda davom etadi!
#fikr_yuritish_vaqti
📖 Kitob o'qiyvering!
Mashoyixlardan biri hikoya qiladi:
Bir kuni shayximga: "Ustoz, ushbu kitobni toʻliq oʻqib chiqdim, lekin xotiramda bu kitobdan hech narsa qolmadi", dedim.
Shunda ustozim bir dona xurmo berib: "Buni chaynab yegin" dedi va birozdan soʻng menga: "Katta boʻlib
qoldingmi?", dedi.
Men: "Yoʻq", dedim.
Ustozim: "Lekin bu xurmo mayda-mayda boʻlib, sening jismingda goʻsht, suyak, pay, teri, soch va tirnoqlarga aylangan", dedi.
Shundan anglab yetdimki, men oʻqiyotgan kitob ham oʻzim bilmagan holda mening lugʻat boyligimni oshirar, aqlimni ziyoda qilar, axloqimni sayqallar, hamda gapirish uslubimni goʻzal qilar ekan.
#fikr_yuritish_vaqti
Bir yigit uzoq manzilni ko'zlab yo'lga chiqdi. Oʻrmonda ketayotib, koʻziga quyosh nuri oʻzining yorqin taʼsirini ko'rsatdi-yu, yigitni ko'zi qamashib yiqilib tushdi.
Yigit koʻkka qarab dedi:
“Allohim, sen saqlaguvchi eding-ku, men senga duo qilib, oʻzimni topshirsamda meni saqlamasang. Bu qanaqasi?” dedi-da, boshqa yo'lga qarab, burildi.
Aslida u yigit bilmagan ediki, avval ketayotgan yo'lida zaharli ilon oʻz oʻljasini kutib yotganini va yigitni ajal kutib turganini...
Yigit yo'lida davom etdi. Biroq, havo bulutlanib, chaqmoq chaqib, sharros yomgir quya boshladi. Yigit yog'ayotgan jaladan berkinmoqchi boʻlib, yo'lidagi ko'ringan kulbaga shoshilib yugurgan edi, yana yiqildi.
Loyga qorishib, hafsalasi sovugan yigit yana Allohga nolib, dedi:
“Allohim, menga nega rahming kelmaydi-ya..? Sharros yomgirda loyga qorishib yotganim yaxshimi, yana meni yiqitding”.
Yigit oʻzicha hafa bo'ldida, g'azab bilan oʻrnidan turib boshqa yo'lga burildi.
Yigit bilmadiki, yomgirdan pana topmoqchi bo'lgan kulbaga yashin tushib yonib bitganini...
Yigit endi qadamiga o'ta xushyor edi. Yiqilmaslikka harakat qilardi va oʻziga oʻzi der edi:
"Men endi faqat oʻzimga ishonaman. Allohga tavakkal qilib, oʻzimni topshirgan boʻlsamda faqat yiqildim". Xayolidan shu oʻylarni o'tkazib bo'lmasidan yana yiqildi va bu safar qoʻlini ham sindirib oldi.
Yigit azob va alamdan faryod deb baqirib yubordi. U yiqilgan joyida uzoq yotib qoldi va oʻylay boshladi.
”Alloh meni shunchalar yomon ko'radimi?
Meni shunchalar gunohim koʻpmi..?“ deb yig'lab yubordi.
Yigit bilmas ediki, ketayotgan yo'li botqoqlikka olib chiqib, u botqoqlikka g'arq bo'lishi mumkinligini...
Yigit endi oʻrmonda emas, balki oʻrmonni chetlab, tog' orqali safarini davom ettirmoqqa qaror qildi.
Yigit toqqa tomon asta amallab ko'tarila boshladi. Toqqa ko'tarilganda bo'lib o'tgan barcha voqea va hodisalarning haqiqatini ko'rib angladi.
Yigit Allohga qilgan isyoniga tavba qilib, shukrlikda sajdaga bosh qo'yib yig'lay boshladi.
#fikr_yuritish_vaqti
Pasport va millat
Men oʻz mashinamda Amerikadan istiqomat qilayotgan yurtim - Kanadaga qaytayotgandim. Chegaraga yetib kelib, Kanada pasportimni chegarachi ayolga berdim. Uni ochdi. Tugʻilgan joyimga “Suriya” yozilgandi. U hayratlanib:
- Qanday qilib Suriya?! - dedi.
- InshaAlloh, hammasi joyida deb umid qilaman, - dedim.
- Qachondan beri Kanadada yashaysiz? - dedi.
- Oʻn yillarcha boʻlib qoldi, - dedim.
- Oxirgi marta qachon Suriyaga bordingiz? - dedi.
- Uch yil oldin, - dedim.
Menga qarab tabassum qildi. Va:
- Qaysi birini koʻproq yaxshi koʻrasiz? Suriyanimi? Kanadanimi? - dedi.
- Mening nazdimda Suriya va Kanada onam va ayolimdek gap. Ayolimni oʻzim... goʻzalligiga qarab, sevib, tanlab olaman. Lekin uni deb onamni unutmayman. Onani tanlash mening ixtiyorimda emas. Lekin... uning bagʻrida men orom olaman. Yigʻlasam, uning koʻksiga boshimni qoʻyib yigʻlayman. Allohdan oʻlar boʻlsam, uning oyoqlari ostidagi tuproq uzra oʻlishni soʻrayman...
U pasportni yopdi! Ajablanib menga qaradi:
- U yerda hozir ahvol yaxshi emas-ku, yashash qiyinlashib ketgan... nimaga haliyam Suriyani yaxshi koʻrasiz, - dedi.
- Nimaga haliyam onangni yaxshi koʻrasan demoqchisiz, shundaymi? - dedim.
- Ha, onangiz deya qolaylik, - dedi.
- Onamning na dori - darmonga, na berish uchun vrachga puli bor... Lekin u, bagʻrining iliqligi, mehri bilan meni quchadi. Uning qalbining tafti menga darmon boʻladi, - dedim.
U:
- Menga Suriya haqida gapirib bering, - dedi.
- Suriya.... Malla sochli, kelishgan, goʻzal emasdir... Lekin, uning yuziga boqsangiz, rohatlanasiz... Uning koʻzlari yashil - moviy emas... Lekin, unga qarasangiz, xotirjamlik tuyasiz... Liboslari oddiy... lekin u egniga poklik va rahmatni kiygan. U tilla - kumush bilan bezatilmagan, lekin boʻyniga boshoqlardan marjon ilib olgan, u bilan har bir ochni toʻydiradi. Oʻgʻrilar uni oʻgʻirlashdi... talon - taroj qilishdi... lekin u tabassumni tark etmagan, - dedim.
Pasportimni qaytarib berarkan:
- Men televizorda Suriyani koʻraman. Sizning aytganlaringizni aksi... - dedi.
Men:
- Siz xaritadagi Suriyani koʻrasiz, men esa qalbim toʻrida joylashgan Suriya haqida gapiryapman, - dedim.
- Umid qilaman-ki, siz Kanadaga ham Suriyachalik sadoqatli boʻlasiz..! Yaʼni, onangizga vafodor boʻlaganingizdek, ayolingizga ham vafodor boʻlishingizni umid qilaman, demoqchiman! - dedi.
Men:
- Men bilan Kanada oʻrtasida ahd va vafo bor. Men ahdini buzadiganlardan emasman. Zero, vafodorlik va ahdga sodiq turishlikni menga onam (yaʼni Vatanim) oʻrgatgan, - dedim.
#fikr_yuritish_vaqti
Bugun yashang, ertaga emas!
20 yildan ortiqroq vaqt davomida Tbilisidagi koʻp qavatli uylardan birining 4-qavatida “Jiguli” avtomashinasi turar edi.
Bu “Jiguli” hikoyasi juda ham qiziq boʻlgan. 1991-yilda Tbilisi shahrining tumanlaridan birida yashovchi fuqaro Rezo Enukidze oʻzi uchun yangi VAZ 2106 mashinasini sotib oladi. U bu mashina uchun butun umr pul yig'gan edi.
Birinchi kechadayoq mashina oʻgʻrilari mashinaning gʻildiraklari va oynalarini yechib ketishadi. Rezoning juda jahli chiqib ketadi va mashinani oʻzi yashaydigan uyning balkoniga kran yordamida olib chiqib qoʻyadi.
“Mashina tinch, osoyishta davrlar kelguncha mana shu yerda turadi” - deb Enukidze hammaga jar soladi.
Mashina Rezo uchun juda qadrli ediki, u mashinani yerga olib tushish uchun hali ham yaxshi davrlar kelmadi deb hisoblar edi. U mashinani balkonda boʻlsa ham juda yaxshi parvarish qilar edi, har kuni uni yuvib, artib, tozalab keyin ishga ketar edi.
2018-yilda mashina yerga olib tushildi, lekin afsuski Rezo Enukidze endi yoʻq edi. Uning butun umrlik orzusi mashinani yerga olib tushib, unda oilasi bilan sayr qilish edi.
Nima demoqchiman?
Hayot sizga bir marta beriladi, ertaga unday boʻlib qolsa-chi, ertaga bunday boʻlib qolsa-chi degan xayollar bilan bugungi hayotiningizni oʻtkazib yubormang. Haqiqiy muvaffaqiyatli insonlar bugungi kun bilan yashaydi, ertangi kunning tashvishlarini ertangi kunga qoʻyib beradi.
Faylasuflardan biri shunday degan ekan:
Hayot bir kun, u ham boʻlsa bugun!
© TentakMinds
#fikr_yuritish_vaqti
Oxirgi 10 yillikning eng taʼsirli surati
Ushbu suratni olgan fotograf buni shunday xotirlaydi: "Yirtqichlar kiyikka hujum qilgan paytda u bolalari bilan oʻynab turgan edi. Kiyik uchun orqasiga qochib ketib, hayotini saqlab qolish uchun qulay fursat bor edi. Ammo, u bolachalari qochib ketishi uchun oʻzini gepardlar oviga taslim qildi".
Darhaqiqat, onalar farzandlari uchun har narsaga tayyor boʻlishadi, hatto, oʻlimga ham!
#fikr_yuritish_vaqti
Kitob o'qishning afzalliklari:
• Kitob – xotirani charxlaydi.
• Kitob – o'ylash, fikrlash doirasini o'stiradi.
• Kitob – dunyoqarashni kengaytiradi.
• U bilan xatosiz va ravon nutq egasi bo'lasiz.
• Bexato yozishni o'rganasiz.
• Tavoze'li va viqorli bo'lasiz.
"Men pulga baxtni sotib olishni imkoni yo'q deydigan insonlarga hayron qolaman, ular menimcha kitob do'koniga kirishmagan bo'lsa kerak".
© Ibn Nazrulloh
#fikr_yuritish_vaqti
KOʻNGIL OLISH
🔅 Nabiy sollallohu alayhi va sallam bemor boʻlgan yahudiyni koʻrgani borar edilar.
🔅 Abu Bakr roziyallohu anhu koʻr kampirning uyini supurar, ovqatini pishirib berar edilar.
🔅 Umar roziyallohu anhu shahardagi och qolib uxlay olmayotgan bolalarga oʻz yelkalarida bir qop un koʻtarib borib, ularga yedirgan edilar.
🔅 Abdulloh ibn Muborak rohimahulloh vafot qildi. Miskinlar eshiklari oldida qoʻyib ketiladigan taomlarni kim qoʻyib ketayotganini bilishmas edi. U zot vafot qilganidan soʻng taom kelmay qoʻydi. Miskinlar bilishdiki, bu taomlarni Abdulloh ibn Muborak qoʻyib ketar ekan.
🔅 Ibn Taymiya rohimahullohning eng ashaddiy dushmani vafot qildi. Shogirdlari ibn Taymiya rohimahullohga xushxabar keltirishdi. Ibn Taymiya rohimahulloh shogirdlaridan xafa boʻldi va darhol mayyitning ahliga borib taʼziya bildirib dedi: “Bizni otangiz deb biling. Nima kerak boʻlsa bizga ayting, muhayyo qilamiz!”.
Ularning hayoti ana shunday edi.
Alloh ulardan rozi boʻlgan boʻlsin!
#fikr_yuritish_vaqti
Қадимда бир бой бўлган экан. У қаерга бормасин, бойлигини кўз-кўз қилар эди. Бир куни у энг ишонган олим дўстига савол берди:
– Сен олимлар ичра машҳур ва доносан. Сенинг фикрингни билмоқчиман. Менинг давлатим ҳақида нима дея оласан?
Олим шундай деди:
– Фараз қилайлик, сен бепоён ва жазирама чўлнинг қоқ ўртасида турибсан. Шу пайт томоғинг қақраб, ниҳоятда чанқадинг. Аммо яшаб қолиш учун ярим давлатинг эвазига сенга бир пиёла сув узатилди. Сен бунга рози бўлармидинг?
– Албатта, рози бўлардим.
– Анча вақт ўтди. Чанқоқ кучайди. Қолган давлатинг эвазига сенга яна бир пиёла сув таклиф қилинди. Бунга ҳам рози бўлармидинг?
Бой бироз ўйланди ва ноилож:
– Ўлмай қолиш учун мен давлатимнинг қолганини ҳам беришга мажбурман,–деди.
Шунда олим мийиғида кулиб:
– Демак, ғурурланишга ҳожат йўқ. Сендаги бойликнинг баҳоси бор йўғи икки пиёла сув экан, дебди.
#fikr_yuritish_vaqti
Baxtli insonlarning 7 ta siri❗️
🔖 Atrofdagilar siz haqingizda nima deb oʻylashlari haqida bosh qotirmang
(Erkinlik siri).
🔖 Bizning har qanday fikr-u xayolimiz, albatta, hayotga koʻchadi (Voqelik siri).
🔖 Oʻzingizni boringizcha qabul qiling va yaxshi koʻring (Goʻzallik siri).
🔖 Oʻzingizni ham, boshqalarni ham tanqid qilavermang (Ahillik siri).
🔖 Mehr-muhabbat hadya eting va sevgan insonlaringizni oʻzgartirishga urinmang
(Sevgi siri).
🔖 Avvalo berishni, saxiylikni, keyin esa olishni, qabul qilishni oʻrganing (Badavlatlik siri).
🔖 Kamroq oʻylang, koʻproq sevib, shodliklardan bahra oling (Baxt siri).
#fikr_yuritish_vaqti
Bir turk ona hikoya qiladi…
Bolam chizgan shu rasm tufayli maktabda bo'lar ish bo'ldi.
Mudir meni darhol maktabga chaqirdi, politsiya va psixologga koʻrsatma berishga majbur boʻldim.
Mudir mendan “Bolangiz qanaqa rasm chizganini bilasizmi? Bu mening oilam deyapti”,-dedi.
“Bir bolaning butun oila aʼzolarini boʻynidan osilgan holatda tasvirlashini oddiy hol deb oʻylaysizmi? Sizni endi doimiy nazorat ostida tutamiz”,-dedi menga barchasi.
Bir amallab uyga yetib keldim. Biroz tinchlanib, bolamdan “Chizgan rasmingni menga tushuntirib ber”,-dedim.
“Oyi, sizga yoqdimi rasmim?”
“Nima ekanligini tushunmadimku, bolajonim”.
“Nega axir? Hammamizni Antaliyada suv ostida suzayotganimizni chizdim, xolos”.
Uzil-kesil qaror berishdan avval qarshingizdagi insonni tinglang, tushunishga harakat qiling.
Aks holda baʼzan kulgili, baʼzan fojiaviy, baʼzan esa ham kulgili, ham fojiaviy ahvolga tushib qolishingiz hech gap emas.
#fikr_yuritish_vaqti
Bir odamning 4 õğli bor edi. Shoshib qaror chiqarmaslik, yuzaki fikrlamaslik borasida hayotiy dars õrgatish uchun ota ularni uzoq vodiydagi bir daraxtni kõrib kelishga yubordi.
Tõnğich õğil qishda, ikkinchisi bahorda, uchinchisi yozda, kenja esa kuzda bordi. Õğillar qaytishgach, ota daraxtni tasvirlashlarini so'radi. Tõnğich õğil daraxt qurigan ekanligini, keyingisi daraxt yam-yashil bargli ekanligini, uchinchisi xushboʻy gullar bilan qoplanganligini, kenja esa mevalari koʻp ekanligini so'zlashdi.
Ota:
"Har biringiz haqsiz, chunki sizlar turli fasllarda bordingiz. Ammo shuni bilingki, daraxtga bir faslning õzi bilan hukm chiqarmaslik kerak. Agar daraxtning faqat qishdagi kõrinishiga suyansangiz, uning bahordagi yashilligini, yozdagi goʻzalligini, kuzdagi shirin mevalarini inkor qilgan bõlasiz.
Shuningdek, bir shaxs haqida ham bitta vaziyatdan, birgina odamning gapi bilan hukm chiqarmang. Uning hamma tomonini õrganib, keyin xulosa chiqaringlar", dedi.