namanganstudyeducation | Unsorted

Telegram-канал namanganstudyeducation - Namangan Study Education

17

Namangan Study Education ta'lim markazi sizlarga o'z xizmatlarini taklif etadi. Taklif va murojatlar uchun 👉 https://t.me/Kamoliddin_Sattarov Tel: 934928786 Bizda oliy o'quv yurtlariga tayyorlov va til o'rgatish mashg'ulotlari olib boriladi.

Subscribe to a channel

Namangan Study Education

Puchon universitetiga qabul imtihonlari

📆 2021
-yil 12-aprel kuni Toshkent shahridagi Puchon universitetiga qabul uchun test sinovlari o‘tkaziladi.

⏳ Test sinovi ingliz va koreys tillaridan o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

⏰ Bunda test sinovlari 2 smenada tashkil etilib, birinchi smena 10:00 da, ikkinchi smena 14:00 da boshlanadi.

🏫 Talabgorlar qaysi smenada test sinovida ishtirok etishi bo‘yicha aniq ma’lumotni Puchon universitetidan olishi mumkin.

✅ Test sinovi Toshkent shahridagi Davlat test markazi binosida bo‘lib o‘tadi.

📍 Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy.

Mo‘ljal: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Bodomzor metro bekati.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Namangan Study Education

Абитуриентлар диққатига!

⚡️⚡️ ЎзР таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича Давлат комиссиясининг 2021 йил 7 мартдаги 10-сон баёни билан 2021-2022-ўқув йили учун республика ОТМларининг бакалавриат таълим йўналишларига мос тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси, тест топшириқлари сони ҳамда баҳолаш мезонлари тасдиқланди.

⚠️ Бу йилги кириш имтиҳонларида абитуриентлар 5 та фандан имтиҳон топширади. Максимал балл – 280,5

❗️Барча тест топширувчилар учун мажбурий 3 та фан (максимал балл – 94,5 балл):

1. Она тили (ўзбек, рус, қорақалпоқ ва бошқа тиллар) – 15 та савол, тўғри жавоб учун – 2,1 балл.

2. Математика – 15 та савол, тўғри жавоб учун – 2,1 балл.

3. Ўзбекистон тарихи – 15 та савол, тўғри жавоб учун – 2,1 балл.

‼️ Бакалавриат таълим йўналишига мос 2 та фан бўйича (максимал балл – 186 балл):

👉 1-фан – 30 та савол, тўғри жавоб учун – 3,1 балл.

👉 2-фан – 30 та савол, тўғри жавоб учун – 3,1 балл.

Вазирликнинг расмий саҳифалари:
Telegram | edu.uz | Facebook| YouTube

Читать полностью…

Namangan Study Education

#Rasman

O‘zbekiston Milliy universitetida 2021–2022 o‘quv yilidan «Lazer fizikasi», «Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi» (tarmoqlar bo‘yicha) hamda «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi» yo‘nalishlarda Belarus Respublikasi bilan hamkorlikda 2+2 qo‘shma ta’lim dasturiga talabalar qabul qilinadi.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020

Читать полностью…

Namangan Study Education

Она тили ва адабиёт фанидан намунавий тест топшириқлари

#abituriyent

Мазкур фандан Миллий тест тизими бўйича синовлар апрель ойининг биринчи ўн кунлигида бўлиб ўтади.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Namangan Study Education

Bugun
4-Mart

Butunjahon Matematiklar Kuni

Всемирный день математики

World Math Day

@Kun_TarixiTV

Читать полностью…

Namangan Study Education

Milliy test tizimi bo‘yicha matbuot anjumani

✅ Bugun, 2-mart kuni soat 16:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida milliy test tizimi bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📣 Mavzu: Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish.

Ishtirokchilar:

🎙 Xalq ta’limi vazirligi;
🎙 Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi;
🎙 Davlat test markazi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

📹 Matbuot anjumani «UzReport TV» telekanali orqali onlayn yoritiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Namangan Study Education

X va H undosh harflarini farqlash usullari

Ko'pchilik o'quvchilar x va h undoshlarini qo'llash jarayonida xatoga yo'l qo'yishadi. Ba'zan bu xatolar o'qituvchilarning o'zlarida ham uchrab turadi. Quyida “h” va “x” undoshini farqlashga yordam beradigan ba’zi usullarni tavsiya qilmoqchiman.

Avvalo, o‘quvchilarga “h” va “x” undoshining talaffuzi yaxshilab tushun­tiriladi. Talaffuz qilayotganda bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida — un paychalari o‘rtasidagi tor oraliqda hosil bo‘ladigan, jarangsiz sirg‘aluvchi bog‘iz tovushi “h” hamda chuqur til orqasidan chiqadigan, jarangsiz sirg‘aluvchi “x” tovushlari­ning talaffuzdagi farqli tomonlari amalda ko‘rsatiladi.

Quyida harflarni ajratish metodikasi va uni xotirada saqlab qolish usullari haqida ma’lumot beramiz.

Birinchidan, rus tilidan kirgan so‘zlarda hech qachon “h” tovushi uchramaydi. Masalan: texnika, ximiya…

Ikkinchidan, so‘z o‘rtasida kelgan “h” undoshi qatnashgan so‘zni talaffuz qilishda “h” undoshi “y”lashadi. Masalan, Rahim — Rayim, Sho­hista — Shoyista, Shohimardon — Shoyimardon, Zohid — Zoyid, Sohib — Soyib, Shohida — Shoyida...

Bunda e’tibor berish kerak bo‘lgan holat: “h” dan keyin “i” unlisi kelgan bo‘lishi kerak. Chunki i unlisidan boshqa tovush kelganda “h” “y”lashmaydi. Masalan: Burhon, Qahhor, zahar, baham, Is’hoq va boshqalar.

Uchinchidan, “i” unli tovushidan keyin doim “x” harfi keladi: ixtilof, ixtiyor, ixlos, ixtiro, ixtisos, ixcham, omixta, pix, mix, six...

Bunda sharti: x undoshi yopiq bo‘g‘inning oxirida kelishi kerak. Bo‘g‘inning boshlanishida kelsa, “h”lashadi. Masalan, ji-hat, imti-hon, ni-ho­yat, ji-hoz, isti-hola, ni-hol va hokazo.

To‘rtinchidan, “e” unli tovushidan keyin hamisha “h” harfi keladi: meh-mon, deh-qon, be-hi, eh-tirom, isteh-zo, isteh-kom, mehr, meh-rob, meh-ribon, sehr, cheh-ra, eh-son, eh-tiyoj, eh-timol, eh-tiros, eh-tiyot, eh-rom, Beh-zod...

Beshinchidan, “x” tovushi bilan boshlangan aksar so‘zlardan x tovushi olib tashlansa, so‘z ma’nosi tubdan o‘zgaradi. H bilan boshlangan so‘zlarda esa ma’no o‘zgarmaydi.

Xayol — ayol, xona — ona, xazon — azon, xamir — amir, xanda — anda, xasta — asta, xato — ato, xil — il, xol — ol, xola — ola, xon — on, xor — or, xos — os, xotin — otin, xoch — och...

Oltinchidan, yana shunday shakldosh so‘zlarni ko‘rish mumkinki, har ikkalasi ham, deyarli, bir xil yozilgani bilan ma’nolari turlicha bo‘ladi. Bunda shu so‘z qatnashgan gap ma’nosiga e’tibor beriladi. Masalan, hil (hil-hil pishmoq) — xil (biron narsaning turi), hol (holat, vaziyat) — xol (yuzdagi xol ma’nosida), shoh (podshoh) — shox (daraxtning shoxi) so‘zlarini misol qilish mumkin. Bu so‘zlarni bilimni mustahkamlash darslari yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘yin tarzida o‘rgatib, yozdirib qo‘yish orqali o‘quvchida ma’nolariga qarab turib tovushlarni ajrata olish ko‘nikmasi rivoj­lantiriladi.

Shunday so‘zlarni oson yodlashlari uchun o‘quvchilarga bu harflar qatnashgan maqol, topishmoq va tez aytishlarni berish foydadan xoli bo‘lmaydi.

Yuqoridagi ma'lumotlarni yon daftaringizga yozib olsangiz foydadan xoli bo'lmaydi.

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

«ZIYOLI PEDAGOG» - kanaliga obuna bo'ling!
👇👇👇👇👇
/channel/ziyoli_pedagog

Читать полностью…

Namangan Study Education

Diagnostik test sinovlari

⏳ Davlat test markazi tomonidan har hafta payshanba kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari o‘tkazib kelinmoqda.

📆 Navbatdagi test sinovlari 4-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazildi.

❇️ Test sinovida ishtirok etish orqali abituriyentlar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishmoqda va test topshiriqlari kitobi hamda javoblar varaqasi bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishmoqda.

✅ Mazkur xizmatdan 2 xil usulda foydalanish mumkin:

1️⃣ Davlat test markazi yoki uning hududiy bo‘limlariga kelib, test sinovi topshirish.

2️⃣ Test materiallarini olib ketib, ishlab bo‘lgandan so‘ng, o‘z natijasini bilish uchun qayta taqdim etish (buyurtma).

👨🏻‍💻 O‘z bilimini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali har hafta mazkur xizmatdan foydalanishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Namangan Study Education

“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinoviga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda

👩‍🏫 Ma’lumki, har oyda Davlat test markazi tomonidan Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi o‘tkazib kelinmoqda.

✅ Hozirda fevral oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (https://dtm.uz/page/aptis) orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

📆 Ro‘yxatga olish 16-fevralga qadar davom etadi.

⏳ Test sinovlarini esa 18-fevral kuni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Namangan Study Education

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarni taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan “Talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida Nizom”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar o‘z bilim darajasini aniqlash uchun test sinovi topshirishi belgilangan.

⏳ Shu maqsadda 2021-yil 2-fevral kuni Davlat test markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar uchun test sinovi tashkil etildi.

🎓 Unda bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 42 nafar talabgorning barchasi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan 95 nafar talabgorning 93 nafari ishtirok etdi.

❇️ Talabgorlardan biri ko‘zi ojiz bo‘lganligi sababli, unga brayl alifbosida chop etilgan test materiallari taqdim etildi.

✅ Test sinovlari quyidagi fanlardan o‘tkazildi:

👉 O‘zbekiston tarixi – 35 ta test topshirig‘i;
👉 Axborot texnologiyalari – 35 ta test topshirig‘i;
👉 Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz) – 30 ta test topshirig‘i.

Test natijalari bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Namangan Study Education

Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlarda test sinovlari yakunlandi

✅ 2021-yil 26-yanvar kuni Respublika Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga harbiy tavsiyanoma berish bo‘yicha test sinovlari boshlangan edi.

🛡 Dastlabki haftadagi test sinovlari Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlarda o‘tkazildi.

⏳ Mazkur harbiy qismlardagi test sinovlari 30-yanvar kuni yakunlanib, 1-fevral kuni Milliy gvardiyaga qarashli harbiy qismlarda test sinovlari boshlandi.

🔰 Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 31-yanvarda 3215 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida tashkil etilmoqda.

❇️ Muddatli harbiy xizmatchilar uchun mo‘ljallangan test savollarining umumiy soni 100 ta bo‘lib, ularning 40 tasi – jangovar tayyorgarlik, 20 tasi – ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 tasi – matematika, 10 tasi – fizika fani bo‘yicha test savollaridan, shuningdek, qolgan 20 tasi esa mantiqiy test savollaridan iborat bo‘ladi.

📆 Test sinovlari fevral oyi yakuniga qadar davom etadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Namangan Study Education

Akfa университети ўтказадиган олимпиадада иштирок этинг ва 25 млн. сўм соҳиби бўлинг

👨‍🏫👩‍🏫 Akfa университети 11-синф ўқувчилари ва академик лицейларнинг охирги босқич ўқувчилари ўртасида математика, кимё, биология ва инглиз тили бўйича олимпиада ўтказади. Бу ҳақда Халқ таълими вазирлиги Ахборот хизмати хабар берди.

Akfa университети олимпиадани ташкил этиш орқали ёшларни математика, кимё, биология ва инглиз тили каби фанларни ўрганишга жалб қилиб, таълим ва фан ривожига ҳисса қўшишга қарор қилди.

Олимпиада иқтидорли ёшларни аниқлаш ва уларнинг фанга бўлган қизиқишини ошириш мақсадида ўтказилади. Олимпиадада келажакда Akfa университетида ўқишни истаган мактабларнинг 11-синф ўқувчилари ва академик лицейларнинг 3-босқич ўқувчилари иштирок этишлари мумкин.

Математика, кимё, биология ва инглиз тили бўйича олимпиада уч босқичда ўтказилади. Биринчи босқичда қизиқувчи ёшлар ушбу ҳавола орқали 2021 йил 5 февралгача рўйхатдан ўтишлари керак. Иштирокчилар битта ёки бир нечта фанларни танлашлари мумкин.

2021 йил 10 февралда бўлиб ўтадиган иккинчи босқичда рўйхатдан ўтган иштирокчилар онлайн олимпиадада қатнашадилар. Ҳар бир фан бўйича тест топшириқлари сони 20 тадан иборат бўлади. Биринчи босқич натижаларига кўра, энг юқори балл тўплаган 80 нафар ёшлар (ҳар бир фан бўйича 20 нафардан) учинчи босқичда қатнашиш имкониятига эга бўлади.

Олимпиаданинг якуний босқичи 26 февраль куни Тошкент шаҳрида бўлиб ўтади. Якуний босқич иштирокчилари математика, кимё ва биология бўйича 10 та масалани ечишади. Инглиз тилидан синовлар иншо ва тест саволларидан иборат бўлади.

Ҳар бир фан бўйича 10 нафар ғолиб аниқланади, улар қуйидаги совринларга эга бўлишади:

1-2 ўринлар — 25 миллион сўм

3-4 ўринлар — 20 миллион сўм

5-6 ўринлар — 15 миллион сўм

7-8 ўринлар — 10 миллион сўм

9-10-ўринлар — 5 миллион сўм.


Соврин эгалари ушбу маблағлардан фақат Akfa университетида ўқиш учун тўловларни тўлаш учун фойдаланиши мумкин. Агар иштирокчи бир нечта фанлар бўйича совриндорга айланса, мукофотлар жамланади, бу эса мазкур университетда бепул ўқиш имкониятини беради.

Масалан, агар иштирокчи ҳар бир фан бўйича биринчи ёки иккинчи ўрин эгасига айланган бўлса, у 100 миллион сўм олади. Ҳозирги кунда Тиббиёт факультетида таълим қиймати 58 миллион сўмни ташкил этаётганини ҳисобга олсак, ғолиб деярли тўрт семестр давомида бепул ўқиши мумкин.

Эътибор беринг, ҳозирда Akfa университетида тиббиёт, фармацевтика ва стоматология, ҳамширалик иши, бухгалтерия ва молия, иқтисод, архитектура ва дизайн, компьютер муҳандислиги, дастурий таъминот ва инглиз тили факультетлари мавжуд.

@talimda

Читать полностью…

Namangan Study Education

#Qiziqarli😆
📎Deyarli barcha matematiklarda tarqalgan kasallik👆😂 Bu yaxshi odatmas 1-2 sekund ustozga quloq solmasangiz bir dunyo narsadan bexabar qolasiz😂😂

Tarqating
https://t.me/joinchat/AAAAAFDMaup4Fjj3lVTKmg

Читать полностью…

Namangan Study Education

#Диққат

⚡️Бу йил 5 та фандан имтихон бўлади

Абитуриентлар, хеч иккиланмасдан 5 та фандан тайёргарликни кўраверинг

❗️Хабарни яқинларга тарқатиб қўйинг

👉ВОДИЙДАГИ энг тезкор хабарлар
https://t.me/joinchat/AAAAAEzY6sAMHEKv5h2lRw

Читать полностью…

Namangan Study Education

2021-2022-o‘quv yilida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda?

2021-2022-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlar uchun qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda?

👉 https://youtu.be/UmWMCK3Siq4

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Namangan Study Education

2021/2022 ўқув йилидан бошлаб абитуриентлар алоҳида иқтидор талаб этиладиган педагогика таълим соҳасининг бакалавриат таълим йўналишларига ўқишга қабул жараёнида касбий (ижодий) имтиҳонлар билан биргаликда мажбурий учта — она тили (ўзбек, рус ёки қорақалпоқ тили), математика ва Ўзбекистон тарихи фанлари бўйича тест синовлари топширишади.

Вазирликнинг расмий саҳифалари:
Telegram | edu.uz | Facebook | YouTube

Читать полностью…

Namangan Study Education

​​#Қонунчилик_янгиликлари

Хотин-қизлар учун олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони 2 мингтага етказилади, муҳтож қизлар, боқувчиси йўқ ёлғиз аёлларни маҳалий ҳокимият органлари ва давлат ОТМлари ҳисобидан ўқитиш тартиби жорий этилади

“Хотин-қизларни қўллаб-қувватлаш, уларнинг жамият ҳаётидаги фаол иштирокини таъминлаш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” Президент қарори эълон қилинди.

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлигининг тавсияномасига эга бўлган хотин-қизлар учун давлат гранти асосидаги қабул кўрсаткичлари ажратилган эди.

Қарорга мувофиқ, эҳтиёжманд оилалар фарзанди бўлган хотин-қизлар учун олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони икки бараварга ошириш орқали икки мингтага етказилади.

2021/2022 ўқув йилидан бошлаб базавий тўлов-контракт асосида давлат ОТМларига қабул қилинган, ота-онаси ёки уларнинг биридан айрилган муҳтож қизлар, боқувчиси йўқ ёлғиз аёлларни Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши, вилоятлар ва Тошкент шаҳар ҳокимликлари ҳамда давлат олий таълим муассасалари ҳисобидан ўқитиш тартиби жорий этилади.

✅ Бунда, ўқиш учун тўлов пуллари:

👉 Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши, вилоятлар ва Тошкент шаҳар ҳокимликлари томонидан 100 нафардан хотин-қизлар учун ҳар йили маҳаллий бюджетнинг қўшимча манбалари ҳисобидан;

👉 молиявий барқарор давлат ОТМлари томонидан уларнинг Кенгаши қарорига асосан 50 нафаргача хотин-қизлар учун давлат ОТМларининг бюджетдан ташқари маблағлари ҳисобидан қоплаб берилади.

Қарорга кўра, бир ой муддатда бакалавриат босқичини муваффақиятли тамомлаб, хорижий мамлакатларнинг нуфузли таълим, илмий ёки бошқа муассасаларига “Эл-юрт умиди” жамғармасининг стипендиялари асосида ўқишга юбориладиган стипендиатлар орасида хотин-қизлар улушини камида 20 фоизга кўпайтирилади.

Вазирликнинг расмий саҳифалари:
Telegram | edu.uz | Facebook | YouTube

Читать полностью…

Namangan Study Education

Математика фанидан намунавий тест топшириқлари

#abituriyent

Мазкур фандан тест синовлари апрель ойининг биринчи ўн кунлигида бўлиб ўтади.

Математика фанидан рус тилидаги намунавий саволларни мана бу саҳифадан олишингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Namangan Study Education

Eng bilimli abituriyentlar taqdirlanadi

🔰 Davlat test markazi tomonidan bilimli abituriyentlarni munosib taqdirlash maqsadida tanlov o‘tkaziladi.

📚 Tanlovda g‘olib bo‘lish uchun talabgorlar Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida tashkil etilayotgan diagnostik test sinovlarida yuqori natija ko‘rsatishlari lozim.

✅ Unda 2021-yil 11- va 18-mart kunlari o‘tkaziladigan diagnostik test sinovlarida eng yuqori natija (ball) ko‘rsatgan 3 nafar abituriyent g‘olib deb topiladi.

🎁 G‘oliblar quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

📱 1-o‘rin – telefon;

⌚️ 2-o‘rin – aqlli soat;

🔋 3-o‘rin – telefon uchun quvvat manbai (Powerbank).

Tanlovda Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlariga kelib, test sinovi topshirgan talabgorlar ishtirok etadi.

Diagnostik test sinovlari orqali o‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing va g‘olib bo‘ling!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Namangan Study Education

Она тили ва адабиёт фанидан намунавий тест топшириқлари

#abituriyent

Мазкур фандан Миллий тест тизими бўйича синовлар апрель ойининг биринчи ўн кунлигида бўлиб ўтади.


👉 @milliy_test_tizim

Читать полностью…

Namangan Study Education

2021-yildan oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida 5 ta fandan test bo‘ladi!

Majburiy fanlar bloki:
- Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;
- Matematika - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;
- O‘zbekiston tarixi - 15 ta savol
, har biri uchun 2.1 balldan.

🔺Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 94.5
ball. Ona tili va O‘zbekiston tarixi fanidan xar bir savolga 1 daqiqagacha, matematikadan - 1,5 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

🔺 Taʼlim yo‘nalishiga mos asosiy blokdagi fanlar (yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi):
1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan;
2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan.

🔺 Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 186
ball. Asosiy blokdagi 2 ta fan uchun jami 2 soat vaqt beriladi.

Eng maksimal ball 280,5 ball bo‘ladi (imtiyozli ballar qoshilmaganda);

5 ta fandan test bo‘lishga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli. Shu paytgacha bo‘lgani kabi bu yangi tartib harbiy, diniy, xususiy, nodavlat va xorijiy OTMlarga aloqador emas.

3+2 ko‘rinishdagi ushbu tartib, bakalavriatning barcha taʼlim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki) uchun birdek qo‘llanadi.

✅ Urganch davlat universiteti rasmiy telegram kanaliga obuna bo‘ling!

Manzil: @UrDU_YOSHLAR

Читать полностью…

Namangan Study Education

Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari qanday o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun o‘tkazilayotgan test sinovlaridan lavhalar

👉 https://youtu.be/QU2Hp40yJz0

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Namangan Study Education

Chet tili imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma

1️⃣ Ro‘yxatdan o‘tish 🖥
2️⃣ Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinoviga onlayn ariza berish 👨🏻‍💻
3️⃣ Hujjatlarni taqdim etish 🔖

Batafsil
: https://telegra.ph/Yoriqnoma-02-02

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Namangan Study Education

Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash imtihoni haqida batafsil ma’lumot

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Namangan Study Education

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

📌 2021-yil 1-fevral kuni “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining baholarini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

✅ Unga ko‘ra:

👉 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (attestati) (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritiladi va ushbu ko‘rsatkich 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

👉 Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi bitiruvchilari bahosining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblashda bitiruvchining 6-11-sinflardagi yillik baholarining umumiy yig‘indisi har bir sinfdagi o‘qigan fanlar sonining umumiy yig‘indisiga nisbati olinadi.

👉 Davlat test markazi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlariga qabul test sinovlari yakunlanganidan so‘ng, belgilangan muddatda, tanlovga qadar abituriyentlarning test sinovi jarayonida to‘plagan ballariga tegishli ta’lim tashkilotlari tomonidan kiritilgan bitiruvchilar (abituriyentlar) baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari qo‘shiladi va tanlov amalga oshiriladi.

👉 Bitiruvchi (abituriyent) test sinovi jarayonida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 30 foizidan kam ball to‘plasa, ajratilgan kvota doirasida tanlovda ishtirok eta olmaydi.

📋 Loyiha bilan to‘liq tanishish uchun: https://regulation.gov.uz/uz/document/28636

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Namangan Study Education

#Диққат

⚡️Бу йил 5 та фандан имтихон бўлиши таклифи берилди.

Абитуриентлар, хеч иккиланмасдан 5 та фандан тайёргарликни кўраверинг.

❗️Хабарни яқинларга тарқатиб қўйинг

👉
@VODIYBOZOR

Читать полностью…

Namangan Study Education

​​VAQT QADRI🕞

▫️Agar bir umrning qadrini bilmoqchi boʻlsang – kapalaklardan soʻra.

◾️Agar 10 yilning qadrini bilmoqchi boʻlsang – 20 yoshida nogiron boʻlib qolgan 30 yoshli odamdan soʻra.

▫️Agar 1 yilning qadrini bilmoqchi boʻlsang – imtihondan yiqilgan talabadan soʻra.

◾️Agar 1 oyning qadrini bilmoqchi boʻlsang – farzandi 8 oyda tugʻilgan onadan soʻra.

▫️Bir kunning qadrini bilmoqchi boʻlsang – hosili kuz yomgʻirida qolgan dexqondan soʻra.

◾️Bir soatning qadrini bilmoqchi boʻlsang – uyiga bir soat kech kelgan tarbiyali farzanddan soʻra.

▫️5 daqiqaning miqdorini bilmoqchi boʻlsang – poyezdga kech qolgan yoʻlovchidan soʻra.

◾️Bir daqiqaning oʻndan bir qadr-miqdorini bilmoqchi boʻlsang – bemorni kasalxonaga olib kelayotgan shofyordan soʻra
.

Kutubxona ™️ kanaliga a'zo bo'lish

Читать полностью…

Namangan Study Education

Келгуси кириш тест синовларида назоратчилар абитуриентлар орасида юрмайди

Бироз аввал ДТМда ўтаётган пресс-тур ҳақида маълумот берган эдик. Жараён давомида келгуси кириш тест синовларида кутилаётган ўзгаришлар бўйича маълумотлар берилмоқда.
ДТМ масъулининг хабар беришича, ташкилотнинг ҳудудларда биноларини қуриш, уларни замонавий AКТ жиҳозлари билан таъминлаш чоралари кўрилмоқда. Келгусида абитуриент ўзига бириктирган компютерда тест топширади. Компютердаги махсус камера абитуриентнинг хатти-ҳаракатини назорат қилади. Aгар у ён-атрофидагилардан ёрдам олмоқчи бўлса ёки бошқа қўлланмалардан фойдаланишга ҳаракат қилса, тест автоматик блокланади ва бу ҳақда масъулларга хабар берилади.

Каналга уланинг:👉 @humanuzofficial

Читать полностью…

Namangan Study Education

Maktabdagi baholar kirish imtihonlarida qanday tartibda hisoblanadi?

▪️"O‘quvchining 6–11-sinfda to‘plagan o‘rtacha balli uning kirish imtihonida to‘plagan balliga qo‘shiladi. Bu, masalan, abituriyentga grantga 1-2 ball yetmay qolgan bo‘lsa, o‘shanga ega bo‘lishga yordam beradi.

Qaror qabul qilinsa, 2023-yilgi imtihondan maktab baholarini hisoblash boshlanadi",
– deya qaror loyihasi haqida tushuntirdi DTM bosh boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayev Xpress.uz'ga bergan intervyusida.

⏏️#Qabul_2021
➡️ Xpress.uz – Siz kutgan format

Читать полностью…

Namangan Study Education

​​Davlat test markazi ETS tashkilotining rasmiy hamkoriga aylandi

Xalqaro imtihon tizimlarini respublikamizda joriy etish orqali yoshlarga O‘zbekistonning o‘zida xalqaro imtihonlarni topshirish va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratish maqsadida Davlat test markazi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

Ana shunday hamkorlik doirasida, test savollarini tuzish va test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha dunyodagi eng yirik tashkilotlardan biri bo‘lgan AQShning Educational Testing Service (ETS) va Davlat test markazi o‘rtasida ETS imtihonlarini hamkorlikda o‘tkazish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Mazkur kelishuvga asosan Davlat test markazi ETS Global tashkilotining barcha talablariga javob bergan holda “TOEFL ITP Level 1 & 2 Digital Test” va TOEIC (Listening, Reading, Speaking, Writing) imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi.

Unga ko‘ra, Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan “TOEFL ITP Level 1 & 2 Digital Test” va TOEIC (Listening, Reading, Speaking, Writing) imtihonlari xalqaro miqyosda tan olinadi hamda imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel