Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali Boshqarmaning murojatlar boti t.me/Nam_VMMTB_murojat_bot Boshqarmaning darsliklar bo'yicha murojaat boti t.me/Namangandarslik_murojat_bot
Ўзбекистон Республикаси Президенти соврини учун "Хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши мактаб" танловининг Чортоқ тумани босқичида 1-ўринни 53-, 2-ўринни 40-, 3-ўринни 6-мактаб жамоаси қўлга киритди.
Читать полностью…Махсус репортаж |Поп тумани | «Баркамол авлод» болалар маркази: ўқувчиларнинг бўш вақтини самарали ташкил этишнинг замонавий тизими
#19apr #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
NAMANGANDA O‘TKAZILGAN KIUF OLIMPIADASIDA O‘QUVCHILAR 104000 AQSH DOLLARI QIYMATIDAGI IMTIYOZLI GRANTLARNI QO‘LGA KIRITIB, MUDDATIDAN AVVAL XALQARO UNIVERSITET TALABASIGA AYLANDILAR
O‘zbekiston – Koreya Xalqaro Universiteti hamda Namangan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda Davlatobod tumanidagi 92 –maktabda viloyatdagi ta’lim muassasalarining 11 –sinf bitiruvchilari o‘rtasida fizika, matematika, informatika, kimyo fanlari bo‘yicha KIUF olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda saralangan 126 nafar bilim sohiblari o‘zaro bellashdilar. Yakunda har bir fan yo‘nalishi bo‘yicha bir nafardan jami 4 nafar o‘quvchilarga 4 yillik grand imtiyozlarini taqdim etuvchi vaucherlar topshirildi. Tadbirda xalqaro universitet ta’sischisi Park Jun Xo, boshqarma vakillari ishtirok etdi.
Boshqarma Axborot xizmati
#DIQQAT_TANLOV
📚Muhammadsharif So'fizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan Namangan viloyat maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasiga qarashli umumta’lim maktablarining 5-11-sinf o‘quvchilar o‘rtasida "Eng faol bilimdon kitobxonlar" ko`rik-tanlovi o'tkaziladi.
✅To'liq tanlov nizom bilan tanishish uchun shu yerni bosing
👇🏻
Nizom
🌐Muhammadsharif So'fizoda nomidagi Namangan viloyat bolalar kutubxonasi rasmiy sahifalariga ulanish
👇👇
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube|namanganvbk2022">Tik Tok
Voyaga yetmagan o‘quvchilar hayotiga daxldor noxush holatlarning keng yoritilishi ularning ruhiyatiga aks taʼsir ko‘rsatishi ilmiy asoslangan
Keyingi paytlarda ommaviy axborot vositalari hamda blogerlarning ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida yoshlar o‘rtasidagi salbiy holatlar, xususan, suitsid holatlarini aks ettiruvchi ko‘plab maʼlumotlar uchramoqda.
Albatta, biz so‘z erkinligi kabi tushunchalarni tanqid qilishdan yiroqmiz.
Lekin shunday jarayonlar ham borki, ularning yoritilishi o‘smirlar ongiga salbiy taʼsir ko‘rsatib, o‘smirlarning ruhiyatiga aks taʼsir ko‘rsatishi psixolog olimlar tomonidan ilmiy asoslab berilgan.
Aytish joizki, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mustaqil hayotga jismoniy, tibbiy, ruhiy jihatdan tayyorlash borasida doimiy ravishda ishlar olib boriladi.
Afsuski, shunga qaramay voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan qaltis vaziyatlar, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, o‘z joniga qasd qilish kabi salbiy holatlarning sodir etilishi barchamizni qayg‘uga soladi.
Bunday holatlarning oldini olishda har birimizning masʼuliyatimizni oshirish, bolalarni tushunish, ularga eʼtibor, g‘amxo‘rlik va mehr ko‘rsatish, bola huquqlarini himoya qilish, ota-onalarning masʼuliyatini oshirish borasida birgalikda harakat qilishga eʼtibor qaratishimiz lozim.
Shularni inobatga olib, bunday noxush holatlarni yoritishda eʼtiborli bo‘lishni so‘rab qolamiz.
Psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi psixologi Feruza INAGAMOVAning mavzu yuzasidan tavsiyalari ushbu videoda
#ЖАҲОНГА_ЮЗ_ТУТГАН_НАВОИЙ
ЎЗБЕК ТИЛИ БАҒОЯТ БОЙ ВА ЖОЗИБАДОР ТИЛ !
М. Ломоносов номидаги Москва давлат университети доценти, тарих фанлари номзоди Дарья Жигульская ижросида Алишер Навоий ғазалини тингланг!
👉@namanganlive24
#Мактабгача_таълим
#Сўраган_эдингиз
❓Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi haqida ma'lumot bersangiz.
✅ Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 256-son Qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra, to‘lov miqdorlari tashkilotning joylashgan manzili, ish rejimi va maktabgacha ta’lim tashkilotiga bir oiladan qatnovchi bolalar soniga qarab tabaqalashtirilgan.
❗️Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida amalga oshiriladigan tabaqalashtirilgan to'lovlar bilan saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin: https://uzedu.uz/uz/news/996
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Osiyo fizika olimpiadasi uchun O‘zbekiston terma jamoasi saralandi
Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichi natijalariga ko‘ra 8 nafar o‘quvchi saralab olingan va ular may oyida bo'lib o'tadigan Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ishtirok etib, O‘zbekiston sharafini himoya qiladilar. Unda eng yuqori natijani qayd etgan 5 nafar o‘quvchi 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.
Osiyo fizika olimpiadasi terma jamoa tarkibi:
✅ Javohir Sultonov — Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
✅ Jasurbek G‘ulomjonov — Namangan viloyatidagi 71-maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
✅ Nozimaxon Quvondiqova — Xorazm viloyati «To‘lqin FM» NTM 11-sinf o‘quvchisi;
✅ Jaloliddin Boymaxammadov — Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
✅ Xurshid Rustamov — Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab 11-sinf o‘quvchisi;
✅ Mirshod Rajabov — Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab 11-sinf o‘quvchisi;
✅ Azizbek Eshmo‘minov — Surxondaryo viloyati, 12-IMI 11-sinf o‘quvchisi;
✅ Javohir Sa'dullayev — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)ga iyul oyida Yaponiya davlati mezbonlik qiladi. Xalqaro fizika olimpiadasiga 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etadi, ular qatorida 5 nafar o‘zbekistonlik yoshlar ham yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Намангандаги мактабларга компютерлар топширилди.
@yangidavr_rasmiy
⚡️Talaba bo'lish uchun ajoyib imkoniyat!
Joriy 2023-yilning 1-Aprel sanasida Turan International University tomonidan Namangan viloyati xalq ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda umumta'lim maktablari bitiruvchilari hamda kasb-hunar maktablari va Akademik litseylar bitiruvchilari o'rtasida Fan olimpiadalari o'tkazilishini ma'lum qilamiz!
Olimpiada 8 ta fan bo'yicha bo'lib o'tadi va g'oliblar Universitetga kirish uchun imtihonlarsiz 100%gacha grantlarga ega bo'lishlari mumkin.
Olimpiada o’tkaziladigan fanlar:
1. Matematika;
2. Informatika;
3. Fizika;
4. Ingliz tili;
5. Rus tili;
6. Ona tili;
7. Tarix;
8. Biologiya
Olimpiadada ishtirok etishni xohlovchilar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari zarur:
https://olymp.tiu-edu.uz/
Ro'yxatdan o'tish uchun oxirgi muddat: 30-mart, 2023-yil
Olimpiada Turan International University o'quv binosida o'tkaziladi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan vazirlik tizimidagi matematika va ingliz tili fanlari o‘qituvchilari uchun uch bosqichli seminar - trening tashkil etildi. Mashg‘ilotlar hududlardagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tdi.
Intervyu: Anvarjon Mahkamov
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i
https://uza.uz/uz/posts/talim-tizimida-hamkorlik_466357
Читать полностью…🔰 “Беш ташаббус олимпиадаси” вилоят босқичи ғолиблари аниқланди
▫️Наманган вилояти “Баркамол авлод” спорт мажмуасида “Беш ташаббус олимпиадаси” доирасида таълим тизимидаги умумий ўрта таълим мактаби ўқитувчилари ўртасида “Соғлом танда - сифатли таълим” шиори остида Касаба уюшмаси кубоги спорт мусобақалари вилоят босқичи бўлиб ўтди.
Мусобақада Косонсой тумани шарафини ҳимоя қилган 12-сонли мактаб ўқитувчиси Мадаминжон Жабборов спортни стол тенниси тури буйича фахрли 1-ўринни эгаллаган бўлса, 20-сонли умумтаълим мактаби жамоасидан ташкил топган мини футбол жамоаси фахрли 2-ўрин соҳибига айланишди.
Мусобақа якунида ғолиб ва совриндорларга Ўзбекистон Касаба уюшмаси федерациясинининг медал, диплом ва қимматбаҳо совғалари топширилди.
Мусобақада Ёшлар сиёсати ва спорт вазири Адҳам Икромов ҳамда Мактаб ва мактабгача таълим вазири Ҳилола Умаровалар иштирок этишди.
🔊DIQQAT DIQQAT🔊
"Vazir sovrini" ko'rik-tanlovining Respublika bosqichi oʻtkazilmoqda
📌Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Vazir sovrini" ko'rik-tanlovining Respublika bosqichi tashkil etildi.
⚡️Ayni paytda hakamlar hay’ati tomonidan koʻrik-tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishlari koʻrib chiqilmoqda!
☝️Eslatib oʻtamiz, Respublika bosqichida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'quvchi-yoshlar bellashmoqdalar:
Yog‘och o‘ymakorligi;
Liboslar dizayni;
Yosh arxitektor.
▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi barcha ko'rik-tanlov ishtirokchilariga omad va zafarlar tilaydi!
✅ Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichiga start berilmoqda
Joriy yilning 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman (shahar) bosqichi o‘tkaziladi.
Tanlovda joriy holatga ko‘ra Respublika bo‘ylab 6885 ta maktablar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining axborot tizimda ro‘yxatdan o'tgan.
Tanlovning birinchi (tuman) bosqichida maktab jamoalarining bilimlari A,B va C bo‘limlardan iborat bo‘lgan 3 ta yo‘nalishda: grammatika, o‘qib tushunish va lug‘at boyligi bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha savollar qiyinlik darajasi oddiydan murakkabga tomon CEFR shkalasi bo‘yicha A1 dan C1 darajagacha oshib boradi.
Tuman (shahar) bosqichida umumiy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan maktab g‘olib deb topiladi hamda keyingi bosqich (viloyat bosqichi)ga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sovrindor deb topilib, mos ravishda 100 million, 75 million va 50 million so‘m miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlanadilar.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha ishtirokchi maktablarga omad tilaydi!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Psixlog_maslahati
#Dunyo_tajribasi
DARSGA XALAQIT BERADIGAN, O‘QITUVCHINI BEHURMAT QILADIGAN BOLALAR BILAN QANDAY MUOMILA QILISH KERAK?
✅ Biz ko‘pincha o‘qituvchilar o‘quvchilarni koyishi, tahqirlaydigan so‘zlar ishlatishi haqida gapiramiz. Tanganing ikkinchi tomonini esa ko‘rmaganga olamiz. Ya’ni, pedagoglarning ish faoliyatiga xalaqit beradigan o‘quvchilar ham borligi haqida ko‘pincha lom-mim demaymiz.
❗️Xo‘sh, o‘qituvchiga yo‘naltirilgan haqoratomuz gaplar ortida aslida nima yashiringan? O‘smirlarning qo‘rsligiga qanday munosabat bildirish lozim?..
Psixologlar tilida bulling deb ifodalanadigan bu holatga doir savollarga javob topish uchun dunyo psixologlarining fikrini o‘rgandik.
👉 Batafsil telegrafda o‘qing.
✔️ BUGUNGI BEPUL OFLAYN OLIMPIADA YAKUNLANDI, ONLAYN OLIMPIADALAR ESA DAVOM ETMOQDA!
🥇 YANGILANGAN integratsion olimpiada!
💠 Bugun 16-aprel kuni soat 22:00 ga qadar khiso.uz plaftormasida o‘quvchilar uchun navbatdagi integratsion olimpiada o‘tkaziladi.
✅ Savollar: O‘zbek🇺🇿 va rus🇷🇺 tillarida
➕ Matematika-1 (10 ta savol, 9 balldan)
➕ Matematika-2 (10 ta savol, 15 balldan)
👁🗨 IQ test (10 ta savol, 26 balldan)
🏓 Jami: 500 ball
⬇️ Barcha o‘quvchilar sertifikat va ustozlari uchun tashakkurnoma yuklab olishadi.
🖼 Ishtirokiga mos reyting ballar beriladi.
🏅 Yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar medallar bilan taqdirlanadi.
🪙 Har bir ishtirokchiga KUNTESTI mobil ilovasi uchun eng kamida 50 ta bonus tanga beriladi.
🇺🇿 G‘oliblar "Ulug‘bek izdoshlari" olimpiadasining finali - yozgi maktabda ishtirok etuvchi nomzodlar ro‘yxatiga qo‘shiladi.
Izoh: Oflayn olimpiada qatnashchilari g‘oliblikka davogarlik qila olishmaydi.
☸️ Testlarning yechimlari youtube kanalimizda tahlil qilinadi.
📌 Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishishni unutmang.
➡️ Qo‘shimcha savollar uchun: @khiso_admin
Uchqo‘rg‘on tumanida 1000 AQSh dollaridan ortiq maosh olayotgan o‘qituvchi ayol
@renessanstv @ovoza_news
Мингбулоқлик Севинч 2,5 миллион доллардан зиёд грант ютиб 34 та олийгоҳ талабаси бўлди😳😳😳
Абдуназарова Севинч Мингбулоқ ихтисослаштирилган президент мактабининг 11-синф ўқувчиси.
У ҳозирги пайтгача Америка, Шотландия ва Ўзбекистоннинг 34 та университетига умумий миқдорда $2 миллион 573 минг грант ютиб олди. Булардан «Illinois Wesleyan University» ҳамда «Bridgewater College» илм даргоҳларида контракт миқдорининг тўлиқ грантини қўлга киритди.
Баракалла Севинч👏👏👏
@namanganlive24
To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 5 - umumiy o‘rta ta'lim maktabida general va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Читать полностью…#Xorijiy_hamkorlik
#BAA
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education ta'lim platformasi bosh direktori Jefri Alfonso boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Tadbir avvalida vazirlik faoliyati hamda Alef education haqida ikki tomonlama taqdimotlar bo’lib o’tdi.
Uchrashuv doirasida tomonlar o’zaro hamkorlik, xususan Alef ta'lim platformasini O'zbekiston sharoitiga moslashtirish rejalari kabi masalalarni muhokama qilishdi.
✔️ Ta’kidlash joiz, Alef education ta’lim platformasi:
🔹 O‘quvchilar bilimini baholash,
🔹 pedagoglar faoliyatini o‘quvchilar bilimiga asoslangan holda sun’iy intellekt yordamida baholab borish,
🔹 аniq va tabiiy fanlar, shuningdek xorijiy tillar yo‘nalishidagi ta’limni onlayn platforma yordamida yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarga ega platforma hisoblanadi.
❗️ Uchrashuv doirasida mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent shahridagi Prezident va Olmazor tuman 22-sonli umumta'lim maktablari bo'ylab kampus-tur tashkil etildi.
📆 Ma’lumot o’rnida, Alef ta'lim platformasi rahbariyati bilan uchrashuvlar 12-aprelga qadar davom etadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
1000 $ ойлик олувчи устозлар сафи яна кўпайди.
Давлатимиз раҳбарининг ташаббуслари билан мактаб таълими тизимида юқори натижаларга эришаётган ўқитувчиларни рағбатлантириш мақсадида йўлга қўйилган яна бир хайрли ташаббус муваффақиятли амалга оширилди. Аниқроқ айтганда, юртимиздаги 1697 нафар ўқитувчи Вазир жамғармасидан тўланадиган устама соҳибларига айланишди.
Ушбу ютуқ эгалари ичида 11 нафар Норинлик устозларнинг борлиги эса бизни жуда қувонтирди.
Улар:
1. 1- мактабининг инглиз тили фани ўқитувчиси Дилдора Мўминова
2. 3- мактабнинг инглиз тили фани ўқитувчиси Ўлмасхон Абдуразақова
3. 10- мактабнинг она тили ва адабиёт фанлари ўқитувчиси Лолахон Ғаниева
4. 11- мактабнинг рус тили фани ўқитувчиси Феруза Арзиматова
5.13-мактабнинг математика фани ўқитувчиси Рашидбек Махмудов
6.16-мактабнинг биология фани ўқитувчиси Дилфуза Қўлдашева
7.17- мактабнинг она тили ва адабиёт фанлари ўқитувчиси Назокат Турғунова
8.20-мактабнинг математика фани ўқитувчиси Рашидбек Махмудов
9.25- мактабнинг математика фани ўқитувчиси Феруза Жумаева
10.43- мактабнинг тарих фани ўқитувчиси Хасанбой Сотволдиев
11.44- мактабнинг тарих фани ўқитувчиси Достонбек Исақов
Улар жорий йилнинг апрел ойидан декабр ойига қадар (9 ой) меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 5,5 баравари миқдорида (5 млн сўм) ҳар ойлик устама олишади.
Норин туман ҳокими Жўрабек Нурматов бошчилигида барча устозларимизни ушбу муваффаққиятлари билан табриклаб, ташаккурнома ва эсдалик совғалари топширилди.
NAMANGANDAGI TURAN XALQARO UNVERSITETI TOMONIDAN O’TKAZILGAN FAN OLIMPIADASI O’QUVCHILARGA 2,5 MLRD SO’MNI TASHKIL ETUVCHI OLIYGOHGA KIRISH IMTIYOZINI TAQDIM ETDI
Читать полностью…Bolalar kitobxonligini rivojlantirishga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Respublika bolalar kutubxonasi hamkorligida “XXI asrda bolalar kitobxonligi: muammo va vazifalar” mavzusida respublika onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Ilmiy-amaliy konferensiyasi tadbiri 2023-yil 31-mart kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Bolalar kutubxonasida boshlanadi.
Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad, bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy adabiyotlarni chop etish, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralab, bolalarga kerakli adabiyotlarni tavsiya etish va ulardagi mutolaa madaniyatini oshirishdan iborat.
Eslatma: Mazkur madaniy tadbirda bolalar kitobxonligini ommalashtirishda o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan, ilmiy maqola va takliflari bilan ishtirok etishni istagan barcha yurtdoshlarimiz qatnashishlari mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Namangan tumanidagi Barkamol avlod bolalar maktabi faoliyati
Читать полностью…“Ta’lim va kasb – 2023” qaytmoqda!
Joriy yilning 7-aprelidan 19-mayiga qadar “Ta’lim va kasb – 2023” XXIII Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, unda dunyoning 50 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari ishtirok etadi.
Ko'rgazma o'tkaziladigan shaharlar:
📍Toshkent 7-8-aprel,
📍Samarqand 10-aprel,
📍Navoiy 12-aprel,
📍Buxoro 14-aprel,
📍Urganch 17-aprel,
📍Nukus 19-aprel,
📍Fargʻona 15-may,
📍Andijon 17-may,
📍Namangan 19-may.
Tadbir davomida abituriyentlar va ularning ota-onalari universitet mutasaddilaridan individual maslahatlar oladilar; o'zlariga mos yo'nalishlarni tanlash, o'qishga kirish, ta'lim sifati va talabalar hayoti haqida kerakli ma'lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Ko'rgazma O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ko‘magida o'tkazilmoqda.
❗️Ko'rgazmalarga kirish bepul!
Telegram bot orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi @myfair_regbot
📌 2023-yil bahori uchun tadbirlar jadvali bilan bizning saytimizda tanishib chiqishingiz mumkin:
www.myfair.events/uz
Tel: +998 (90) 972-55-25
Tel: +998 (90) 392-04-40
🇷🇺 Телеграм-канал на русском языке: @myfair_ru
📲 Instagram
УЙЧИ ТУМАНИДАН "OPEN BUDJET" БЎЙИЧА ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАРДА ЁРИТИЛГАН МУРОЖААТГА МУНОСАБАТ
"Ўқитувчилар "Open budjet"га овоз йиғишга мажбурланмоқда" мазмунида Уйчи туманидан ёритилган мурожаат бошқарма томонидан эътиборга олиниб, ўрганилди. Ўрганиш мобайнида тумандаги ўқитувчилар мазкур масалада овоз йиғишга мажбурланмагани, "Ташаббусли бюджет" ихтиёрийлик асосида, ҳар кимнинг хоҳиш-истагидан келиб чиқиб иштирок этадиган жараён бўлиб, туман халқ таълими бўлими томонидан бу борада мажбурий овоз йиғишга топшириқ берилмагани маълум бўлди. Шу ўринда вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси "Ташаббусли бюджет" шахсий ташаббус ва ихтиёрийликка асосланганини, бу борада мажбурий йўллар билан овоз йиғиш ҳамда тўплашга топшириқ бериш, умуман, амалдаги қонунчилик талабларига зид эканлиги ва бошқарма бундай ҳолатга йўл қўймасликка жиддий эътибор қаратган ҳолда тегишли чора-тадбирлар кўриб боришини билдиради.
Вилоят Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси Ахборот хизмати