Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali Boshqarmaning murojatlar boti t.me/Nam_VMMTB_murojat_bot Boshqarmaning darsliklar bo'yicha murojaat boti t.me/Namangandarslik_murojat_bot
📣📣📣📣📣
😄Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi joriy yilning 17-18-fevral kunlari Biologiya va Kimyo fanlaridan📍 Toshkent viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida tashkil etiladi.
😄Informatika va axborot texnologiyalari fanidan esa📍 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tashkil etiladi.
▶️Olimpiada jarayonlariga 17-fevral kuni soat 9:00 da start beriladi. Saralash bosqichi haqidagi ma'lumotlar yuqoridagi jadvalda to'liq ko'rsatilgan
👉Nizom
▶️Eslatib o‘tamiz, 10-11-fevral kunlari Matematika va Fizika fanlaridan ham Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi o‘tkazilgan edi. Yakuniy natijalarga ko‘ra matematikadan 19 nafar, fizikadan 17 nafar o'quvchilar keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgan
▶️Kimyo fanidan o‘tkaziladigan saralashning II bosqichida yuqori natija qayd etgan dastlabki 6 nafar o‘quvchi 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga qabul qilinadi. Joriy yilda Mendeleyev kimyo olimpiadasi 20–27-aprel kunlari Xitoyning Shenjen shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
👉 @olimpdep
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
“Yangi baholash tizimi, zamonaviy maktab hamda ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyalashda ta’lim tashkilotlari rahbarlarining roli” mavzusida viloyat o‘quv-seminari o‘tkazildi
Chust tumanidagi 78 ta umumta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari ishtirok etgan seminarda o'quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash, ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyalashni tashkil etish bo‘yicha tuman bo‘limlarida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. Mazkur jarayonlarni shaffof tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi.
Xuddi shunday o‘quv-trening Pop tumanida ham tashkil etildi.
Boshqarma Axborot xizmati
#Вазир_жамғармаси
#Test_spetsifikatsiyasi
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazir jamg'armasi hisobidan har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglar uchun saralash imtihonlaridagi fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyalari e'lon qilingan.
👉 Ushbu spetsifikatsiyalar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://uzbmb.uz/page/xalq_spets
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Эълон
#Вазир_жамғармаси
VAZIR JAMG‘ARMASIGA DA'VOGAR PEDAGOGLARNI SARALASH IMTIHONLARIGA START BERILMOQDA
✅ Joriy yilning 19-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
⚡️ Bu yil Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni 1250 ta deb belgilandi.
➖ Shundan 1150 ta kvota umumta'lim muassasalari pedagoglari uchun, 100 ta kvota Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun ajratilgan.
📝 Ma'lumot o‘rnida: Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oluvchi g‘oliblarni aniqlash nomzodlar orasida ikki bosqichda amalga oshiriladi:
➡️ Birinchi bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2024-yil 19-fevral kuni barcha hududlarda nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
➡️ Ikkinchi bosqichda esa umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi.
❗️ Mazkur suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.
➡️ 1-bosqich test sinovlari har bir hudud markazida 2 smenada bo‘lib o‘tadi.
👉 Vazir jamg‘armasi uchun 1-bosqich test sinovlari bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati va grafik bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
📝 Eslatib o'tamiz, Vazir jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyalari Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy saytida e'lon qilingan bo'lib, ular bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://uzbmb.uz/page/xalq_spets
Учқўрғонда “Мактаб – ота-она – маҳалла” ҳамкорлигини янада мустаҳкамлаш бўйича семинар ўтказилди.
Семинарда Наманган вилояти ҳокими Шавкатжон Абдураззоқов иштирок этди.
#Эълон
📣 DIQQAT, E'LON!
Hurmatli pedagoglar!
❓Xorijiy tillarni o'qitishni yanada takomillashtirish bo'yicha takliflaringiz bormi?
➖Siz ingliz, fransuz, nemis, koreys, xitoy va yapon tillaridan pedagogika yoki filologiya bo’yicha oliy ma'lumotga yoki ilmiy darajaga egamisiz?
➖ Tegishli tilni o'rgatishda kamida 3 yillik uzluksiz amaliy faoliyat hamda til bilish bo'yicha C1 darajadagi sertifikatingiz bormi?
✅ Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Sizni sohani yanada rivojlantirish uchun aniq taklif hamda mexanizmlarni ishlab chiqish yuzasidan hamkorlikka taklif etadi!
⚡️Bunda Siz ilg'or tajriba hamda takliflaringiz bilan:
🔹 yurtimizda xorijiy tillarni o'qitish sifatini yanada oshirish;
🔹sohadagi yangiliklarni ta'lim jarayoniga joriy etishga hissa qo'shishingiz mumkin.
👉 Taklif va mulohazalaringizni joriy yilning 1-mart kuniga qadar fl@uzedu.uz e-mail manziliga yuboring.
❗️Qo’shimcha savollaringizga ham yuqoridagi e-mail manziliga murojaat qilib, javob olishingiz mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
“Мактаб – ота-она – маҳалла” ҳамкорлиги
Наманган туманида “Мактаб – ота-она – маҳалла” ҳамкорлигини янада мустаҳкамлаш бўйича семинар бўлиб ўтди
Бугун Наманган туманидаги 19-мактабда ёшлар таълим-тарбияси бўйича маҳаллалардаги ҳамкорликни мувофиқлаштириш бўйича янгича иш ташкил этишга қаратилган кўргазмали семинар ўтказилди.
Тадбирда туман секторлари раҳбарлари иштирок этишди. Шунингдек, мавжуд 53 та маҳаллалар фаоллари ҳамда ота-оналар вакиллари қатнашдилар.
Йиғилганлар, аввало, тадбиркорлик кўргазмалари - ишлаб чиқариш, ўқувчиларнинг қўл меҳнати бўйича олиб борилаётган ишлар билан танишдилар. Бўш иш ўринлари ярмаркасида қатнашдилар.
Тадбирда маърузачилар томонидан мактаб — ота-она — маҳалла ҳамкорлигини мустаҳкамлаш, давомати ва ўзлаштириши паст ўқувчиларни назоратга олиш, таълим сифатини янада кучайтириш, умумтаълим мактабларида ўтадиган ота-оналар йиғилишлари бўйича фикрлар билдирилди.
Аҳоли вакиллари учун ҳуқуқий маслаҳат, учрашувлар уюштирилган анжуманда спортнинг бир неча тури бўйича беллашувларига старт берилди.
Наманган тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати.
#Namangan_viloyat_bolalar_kutubxonasi
#tadbir
📚Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.
👉 batafsil
🌐Namangan viloyat bolalar kutubxonasi axborot xizmati
👇👇
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube|namanganvbk2022">Tik Tok
#Avloniy_diagnostika
✅ “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida diagnostika testida ishtirok etish bo'yicha video YO'RIQNOMA
➡️Joriy yilning 4-15-dekabr kunlari oʻtkaziladigan diagnostika jarayonlari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali onlayn ravishda tashkil etiladi.
⬆️Yuqoridagi video-diagnostika testida ishtirok etish bo'yicha video yo'riqnoma.
🗣Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring
😀 Telegram | 🔵Facebook | 🎬YouTube | 📷Instagram
Nogironligi bor fuqarolar holidan xabar olindi
“Obodlik – ko‘ngildan boshlanadi”, degan qadim hikmat bor. Ko‘ngil obodligi esa keksalarga hurmat-izzat, e’zoz-ehtirom ko‘rsatish, yoshi ulug‘larni ardoqlash, mehru e’tibor, insoniylik kabi fazilatlarda yaqqol namoyon. 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Oybek Zokirov Norin tumanidagi “Yangi tong”, “Navoiy”, “Qo‘shariq”, “Do‘stlik”, “Changitma” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi nogironligi bor oilalar xonadoniga yo‘qlovlar uyushtirib, ular holidan xabar oldi. Oziq-ovqat mahsulotlari topshirilib, xursandchilik ulashildi. Bu kabi ezgu ishlar viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.
Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
JAJJI KO’NGILLARGA QUVONCH ULASHILDI
Yangi Namangan tumanidagi 49-maxsus maktab-internatda “Butunjahon OITSga qarshi kurash”, “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tadbir o’tkazildi. Unda ishtirok etgan viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Hayotxon Mamatova, tuman mudiri Jahongir Jo’rayev bolalarni bayram bilan muborakbod etib, homiylar tomonidan maktabning barcha o’quvchilariga issiq kiyim bosh tarqatildi.Kechada ijro etilgan she’r, qo’shiq raqs hamda sahna ko’rinishlari orqali o’quvchi-yoshlar baxtli bolalikni tarannum etdilar. Maskandagi yuqori sinf o’quvchilari ishtirokidagi tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Махсус репортаж | «Икки тил ва бир касб» тамойили амалда
Чуст туманидаги 15-мактаб
#1dec #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Tafsilot
Ikki til, bir kasb tamoyili amalda.
Chust tumanidagi 15-maktab
Янгиликлар 24 | Болалар ўртасида йўл-тарнспорт ҳодисаларининг олдини олиш
Янги Наманган туманидаги 62-мактаб
#29nov #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Ramazon hayiti munosabati bilan maktablar ham 4 kun dam oladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan Ramazon hayiti munosabati bilan berilayotgan qo‘shimcha dam olish kunlari 21-apreldan 24-aprelga qadar mamlakatimizdagi barcha umumta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari bo‘lmasligini, o‘quv jarayonlari joriy yilning 25-aprelidan boshlanishini ma’lum qilamiz.
Dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgan mavzular o‘quv yilining 4-choragi davomida tig‘izlashtirib o‘tilishi tavsiya etiladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
NAMANGANLIK O‘QUVCHI DUNYONING TOP 100 TALIKKA KIRUVCHI OTMGA MUDDATIDAN AVVAL TALABALIKKA QABUL QILINDI
Namangan shahridagi 31-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Abdulahad Vahobov yuksak marralarni zabt etishni ko‘zlagan yoshlardan. Xalqaro IELTS sinovlarida 7 ballga erishgan iqtidor birdaniga AQSH, Kanada va Gollandiyadagi oliy ta'lim dargohlarida o‘qish huquqini qo‘lga kiritdi. Quvonarlisi, jami grantlar summasi 224000 AQSH dollarini tashkil etuvchi bilimdon dunyoning top 100 taligiga kiruvchi University of Amsterdam talabasiga ham aylandi.Yorqin kelajak sari munosib tamal toshi qo‘ygan iste'dodli bitiruvchining kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz.
Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
#Bobur_tavalludining_541_yilligi
14-fevral - shox va shoir, yirik davlat arbobi, "Buyuk Boburiylar sulolasi" asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun
Bobur qisqa, qarama-qarshiliklarga boy, murakkab hayotida ham samarali ijod qilib, ulkan adabiy meros qoldirgan. Ijodining asosiy mavzusi Vatan, ona yurt sog‘inchi bo‘lgan. Shoir lirikasida yuksak va oliyjanob insoniy fazilatlar, adolatparvarlik tuyg‘ulari tarannum etiladi.
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir,
Har kimki jafo qilsa,jafo topqusidir.
Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlig‘ hargiz
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidir.
Uning ijodini o‘qib-o‘rganar ekanmiz, "Boburnoma" memuar asarini ta'kidlab o‘tmaslikning iloji yo‘q. Asar birinchi shaxs tomonidan so‘zlangan bo‘lib, unda Bobur hayoti davomida ko‘rgan-kechirganlaridan tashqari janglari, yurishlari, qadami yetgan shaharlar va maskanlar haqida qimmatli va qiziqarli ma'lumotlarni qoldiradi.
Oybek Zokirov,
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i
📣 Ayrim pedagoglar kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘tkaziladi
✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
➖2023-2024-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar;
➖2024-2025-o‘quv yilidan boshlab esa bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi;
🖥 Pedagoglar mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun 2024-yil 1-martdan boshlab davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
✔️ Yuqorida keltirib o‘tilgan Reglamentga ko‘ra:
➖pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi;
➖kasbiy sertifikat olganidan so‘ng pedagoglar pedagogik faoliyatida besh va undan ko‘p yil davomida uzilishlar bo‘lgan faoliyatini qayta boshlagan vaqtdan boshlab bir yil davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi lozim;
➖kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovi qoida tariqasida, har yili mart–may oylarida test shaklida o‘tkaziladi;
➖nazorat sinovi natijasi bo‘yicha 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgor nazorat sinovidan o‘tgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
VILOYATDAGI 12 203 NAFAR BOLAJONLARGA 4 TURDAGI O‘QUV QUROL TARQATILADI
Maktabgacha ta’lim agentligi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Toshkent hamda Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan 6 yoshli bolalarni maktabga majburiy tayyorlash guruhlari uchun ajratilgan o‘quv qurollar “Ta’minot va logistika xizmati” DUK hududiy filiali tomonidan yetkazib berildi.
Viloyatdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mavjud 569 ta majburiy bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining 12 203 nafar tarbiyalanuvchilari endilikda 4 turdagi (akvarel bo‘yoq, plastelin, yelim, ruchka) dan foydalanadilar.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
XAYRLI TASHABBUS
Adliya vazirligi tomonidan 29-yanvardan 30-martga qadar “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi davom etmoqda. Mazkur aksiya doirasida viloyatdagi 70 nafar o’quvchilarga tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomalar topshirilishi ko’zda tutilgan. Bugun maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida 7 nafar o’quvchilarga tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma topshirildi. Tadbirda ishtirok etgan boshqarma boshlig’I o’rinbosari Muzaffar Isayev o’quvchilarning istiqboldagi ishlariga zafarlar tiladi.
Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Chortoq tumanidagi "Bog" va "Dildosh" MFY mas’ullarining 9- hamda 48-maktablarda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning ota-onalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Читать полностью…#attestatsiya
#malaka_toifasi
📣 Joriy yilgi malaka sinovlari uchun zarur adabiyotlar ro‘yxati
✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori asosida joriy yilning mart-may oylarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan o‘tkazilishidan xabaringiz bor.
✍️ Shu munosabat bilan vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan umumta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
❗️Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/announces/1470
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
“Мактаб – ота-она – маҳалла” ҳамкорлиги муҳим
Ота-онада масъулият, ўқитувчида мажбурият, ўқувчида ишонч, таълим ва тарбияда сифат, маҳаллада эса назорат бўлади.
Шавкат Мирзиёев
Hurmatli ustozlar!
✅Xabaringiz bor, joriy yilning 4-dekabr sanasidan diagnostika test jarayonlari boshlanadi.
4-dekabr kuni quyidagi fanlar bo'yicha diagnostika testi o'tkaziladi:
➡️ Ona tili va adabiyoti
➡️ Qoraqalpoq tili va adabiyoti
➡️ Rus tili (o'zbek va qardosh tillardagi sinflarda)
Hurmatli ustozlar, test jarayonlari boshlangunga qadar "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasidagi (onlinedu.uz) akkauntlaringizni tekshirib qo'yishingizni so‘raymiz!
Ma'lumot uchun:
🖥 Platformadan foydalanish bo'yicha videoyo'riqnomalar: /channel/video_yoriqnoma
🔴Adminlardan tezkor javob olish: @onlinedu_uz_bot
🗣Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring
🚀 Telegram | 🔵Facebook | ▶️YouTube | 😀 Instagram
3- DEKABR – XALQARO NOGIRONLAR KUNI MUNOSABATI BILAN NAMANGANDA “MEHR-MURUVVATDAN MUNAVVAR OLAM” DEB NOMLANGAN TADBIR O‘TKAZILDI
Insonparvar va bag‘rikeng yurtimizda barcha birdek mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlik og‘ushida. Buning isbotini, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, beqiyos imkoniyatlar, hech bir o‘g‘il-qiz mehr va e’tibordan chetda qolmayotgani misolida ko‘rish mumkin. 3- dekabr - “Xalqaro nogironlar kuni” mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lganidek, viloyatimizda ham ana shunday g‘amxo‘rlikning yorqin namunasi sifatida o‘tmoqda. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbuskorligida sana munosabati bilan viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Mehr-muruvvatdan munavvar olam” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi.
Unda ishtirok etgan boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Xayrullo Abdurahmonov bolajon yurtimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan yosh avlod kamoliga qaratilayotgan e’tiborga alohida to‘xtaldi. Viloyatning barcha shahar va tumalaridan taklif qilingan 50 nafar alohida ehtiyojga muhtoj bo‘lgan o‘g‘il-qizlarga e’tibor ko‘rsatilib, sovg‘a-salomlar tuhfa etildi.
Tadbir o‘quvchi-yoshlarning chiqishlari, ular ijrosidagi kuy-qo‘shiq, raqslar bilan tantanavorlik kasb etdi. Sana munosabati bilan shunday g‘amxo‘rlik va bolajonlikka uyg‘un tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida ham bo‘lib o‘tmoqda.
Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
OLIMPIADA GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI
Davlatobod tumanidagi 92- umumta’lim maktabida Respublika asosiy fan olimpiadasining III - viloyat bosqichida g‘olib bo’lgan 9-,10-,11-sinf o‘quvchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. 9 ta fan yo‘nalishida o‘tkazilgan olimpiada natijalariga ko‘ra, 81 nafar 1-, 2- va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘g‘il-qizlar (1-o‘rin uchun 1 mln. 742 ming so‘m, 2-o‘rin uchun 1 mln. 161 ming so‘m, 3-o‘rin uchun 871 ming so‘m) pul mukofotlari hamda diplom bilan mukofotlandi. Tadbirda so’z olgan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i Oybek Zokirov barcha o’quvchilarga yuksak ishonch bildirib, respublika bosqichida ham baland marralarni qo’lga kiritishlari uchun astoydil tayyorgarlik ko’rishlarini ta’kidladi. Shuningdek, 39 nafar hakamlar va apellyatsiya komissiyasi a’zolariga ham Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining (1 mln. 278 ming so‘m) pul mukofoti hamda tashakkurnomalari topshirildi.
Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
G'AMXO'RLIK IFODASI
Yangi Namangan tumanidagi 49-maxsus maktab-intermatda "Biz hech kimdan kam emasmiz" shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda ishtirok etgan Yangi Namangan tumani nogironlar jamiyati vakillari, ijtimoiy himoya agentligining tuman bo’limi mutasaddilari, mahalla faollari hamda viloyat san'at maktabi o'quvchilaridan iborat jamoa bolajonlarga bir olam zavq ulashdilar. Har bir tashkilot tomonidan olib kelingan sovg'alar jajji qalb egalariga tuhfa etildi. Tadbir davomida Vatanni, ozodlikni, baxtli bolalikni tarannum etuvchi kuy-qo'shiqlar mahorat bilan ijro etildi. Kechada so'z olgan muassasa rahbari Mahmuda Namatova o'quvchilarning ertangi porloq kelajagiga ishonchi baland ekanini ta'kidlab, har bir bola mehr va e'tiborda ekanini alohida qayd etdi.
Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
Namangan shahrida oʻquvchilardan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” bo'yicha sport sinovlari qabul qilinmoqda
"Barkamol avlod" sport majmuasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5148-son qarori asosida Namangan shahridagi 1-,13-,31-,43-,45- maktablarining 9- va 11-sinf oʻquvchilaridan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi”ni aniqlash boʻyicha sport sinovlarini qabul qilish jarayonlari oʻtkazildi. Oʻquvchilar 100 metrga yugurish, 3 km masofaga yugurish, turnikda tortilish, yugurib kelib uzunlikka sakrash, yerga tayangan holda qoʻllarni bukib yozish, 90 sm pastki turnikda yotgan holda tortilish, gimnastika oʻrindigʻidan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish, chalqancha yotgan holda gavdani 90 gradusga koʻtarib tushirish kabi maxsus sinovlarni topshirdilar.
Махсус репортаж | Наманган: Президент мактаби - имкониятлар маскани
#20apr #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
♾ Eslatma!
Qadrli kuzatuvchilar!
Eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun ariza berish (hujjat topshirish) muddati tugashiga 10 kun qoldi.
Avval xabar berganimizdek, turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olmagan, ya’ni maktabni tamomlamagan fuqarolar eksternat tartibida yakuniy attestatsiyalarni topshirish uchun ariza berish muddati my.gov.uz portali orqali 1-mayga (shu kuni ham) qadar davom etadi.
➡️ Shu kunga qadar eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun 8990 nafar fuqaro ariza topshirgan.
*****
♾ Напоминание!
Уважаемые соотечественники!
До окончания срока подачи заявок (документов) для сдачи экзаменов в порядке экстерната осталось 10 дней.
Как сообщалось ранее, гражданам, не получившим своевременно общее среднее образование по разным причинам, предоставлена возможность подачи заявок через портал my.gov.uz до 1 мая (включительно).
➡️ На сегодняшний день для участия на экзаменах в порядке экстерната приняты заявки от 8 990 граждан.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram