Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali Boshqarmaning murojatlar boti t.me/Nam_VMMTB_murojat_bot Boshqarmaning darsliklar bo'yicha murojaat boti t.me/Namangandarslik_murojat_bot
Intervyu: Shuhratjon Aziboyev
viloyat pedagogik mahorat maktabi direktori
#Qabul_2024
Hurmatli ota-onalar siz farzandingizni Toshkent davlat Yuridik Unversitetida o‘qishini hohlaysizmi! Unday bo‘lsa, bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmang.
Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylari tashkil qilindi va hozirda qabul jarayonlari boshladi.
Hurmatli o‘quvchi-yoshlar bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Sizni o’z bilim dargohimida kutamiz!
🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi
📌Kanalga ulanish👉/channel/namanganadliya
RASMIY MUNOSABAT
Namangan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 2023-2024 - o‘quv yili yakunlanishi munosabati bilan barcha umumta’lim maktablaridagi pedagog va ishchi xodimlar bosqichma-bosqich yillik asosiy mehnat ta’tliliga chiqarilgan. Mehnat ta’tili mablag‘lari to‘lovlari bosqichma-bosqich amalga oshirilib, 2024 - yil uchun xarajatlar smetasida rejalashtirilgan mablag‘lar doirasida mehnat ta’tili pullari to‘lab berilishi belgilangan. Jumladan, 1-bosqich mehnat ta’tiliga chiqqan xodimlarning 166 mlrd. so‘m miqdoridagi mehnat ta’tili pullari joriy yilning 6-iyunida to‘liq to‘lab berilgan. 2-bosqich mehnat ta’tili mablag‘lari UzAsbo 2 dasturiy majmauasidagi texnik cheklovlar sababli 22-iyunga qadar mehnat ta’tili so‘rovnomasini yaratish imkoni bo‘lmadi.Texnik cheklovlar bartaraf etilgandan so‘ng, mehnat ta’tili so‘rovnomalari yaratilib, 25-26 - iyun kunlari viloyat bo‘yicha jami 47 mlrd. so‘m miqdoridagi mehnat ta’tili pullari to‘liq to‘lab berildi. 3-bosqichda mehnat ta’tiliga chiqqan xodimlarning mehnat ta’tili pullari joriy yilning 1-2- iyul kunlari to‘liq moliyalashtirib berilishi bildiriladi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi Sizlarni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan qizgʻin muborakbod etadi.
Oʻz isteʼdodi, ijodi, oʻtkir qalami va soʻzi bilan milliy jurnalistikamiz rivoji hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotganingiz, xususan, taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishdagi fidokorona mehnatingiz eʼtirof va eʼzozga loyiq.
Qadrli jurnalistlar!
Mamlakatimizda izchil davom etib kelayotgan ochiqlik siyosati rivojidagi sharafli kasb yoʻlingiz doimo muvaffaqiyatli boʻlishini tilab qolamiz.
Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#kunlik_statistika
⏰ 1-sinf qabuliga biriktirilgan mikro-hudud bo'yicha jami kelib tushgan arizalar soni - 375 900 ta (2024-yilning 26-iyun holatiga).
Jumladan:
➡️maktab tomonidan qabul qilingan arizalar soni - 318 741 ta.
✔️ Bu yil respublikamiz bo’yicha 719 mingdan ortiq maktab yoshdagi bolalarni qabul qilish rejalashtirilgan.
❕ Qabul jarayonlari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni ✈️ @mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olish mumkin.
#ежедневная_статистика
⏰ Общее количество поступивших заявок по микро-району, прикрепленному к приему 1 класса - 375 900 (по состоянию на 26 июня 2024 года).
В том числе:
➡️количество принятых школами заявлений - 318 741.
✔️ В этом году планируется принять более 719 тысяч детей школьного возраста по республике.
❕ Дополнительную информацию о процессе приема можно получить в телеграм-канале ✈️ @mymaktab_uz или по телефону 📞 71 203-07-04.
🌍 mymaktab_uz
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Наманганда ёшларни китобхонликка жалб қилиш бўйича олиб борилаётган ишлар.
@yangidavr_rasmiy
O‘quvchilar va bog‘cha tarbiyalanuvchilari ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarini oldini olish borasidagi ishlar muhokama qilindi
✅ Bugun Oliy Majlis Senatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
📍 Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Azamat Kamolov o‘tgan vaqt davomida vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarida bu borada olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berib o‘tdi.
Ta’kidlanganidek, ayni vaqtda yo‘l harakati xavfsizligi ko‘nikmalarini doimiy shakllantirib borish maqsadida “Tarbiya”, “Matematika”, “Tabiiy fanlar”, “Ona tili”, “Texnologiya”, “Tasviriy san’at”, “Musiqa madaniyati”, “Davlat va huquq asoslari” fanlari orqali o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borilmoqda.
✔️Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida noyabr oyi "Transport, yo‘l harakati qoidalari, hayot xavfsizligi asoslari" oyligi deb e’lon qilinib, mazkur oy davomida "Transport bilan tanishuv", "Svetofor", "Yer usti transporti", "Havo, suv va yer usti transporti", "Ehtiyotkor piyoda haftasi", "Favqulodda yordam xizmatlari" mavzulari doirasida tarbiyalanuvchilarga ilk bilim va ko‘nikmalar o‘rgatib kelinmoqda.
❗️Yig‘ilishda o‘quvchilar bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalarini oldini olish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha kelgusida rejalashtirilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirishga moʻljallangan “milliytarbiya.uz” elektron platformasi tashkil etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.
Unga koʻra:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Qori-Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti negizida Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tashkil etildi.
2024-2025-oʻquv yilidan boshlab:
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyati” mavzusida tarbiya haftaliklarini oʻtkazib boriladi.
2025-yil yakuniga qadar:
ota-onalar, oʻqituvchilar va oʻquvchilar uchun yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirishga moʻljallangan “milliytarbiya.uz” elektron platformasi va uning mobil versiyasi ishlab chiqiladi.
2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:
umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tajriba sinov tariqasida bosqichma-bosqich jahonda tan olingan ijtimoiy-emotsional taʼlim (Social and Emotional Learning – SEL) metodikalari joriy qilinadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Tuman va shaharlardagi kamida 3 tadan eng namunali bogʻchalarda gimnastika xonalari tashkil qilinadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi.
Unga koʻra:
Boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi – Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi – Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi etib qayta nomlandi hamda Sport vazirligi tizimidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga oʻtkazildi.
2024-yil 1-sentabrga qadar:
har bir tuman va shahardagi kamida 3 tadan eng namunali davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida gimnastika xonalari tashkil qilinadi.
2024-yil 1-sentabrdan boshlab:
ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama toʻlash tartibi joriy etiladi.
Shuningdek:
➖ixtisoslashtirilgan sport maktablarida oʻquv-tarbiya jarayoni 5–11-sinflar doirasida tashkil etiladi;
➖Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 7–11 yoshdagi (1–4-sinf) oʻquvchi-sportchilar ham qabul qilinadi;
➖har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam, 24 nafardan ortiq boʻlmagan sinflarda amalga oshiriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Kasbiy_rivojlanish
#Fransiya
🔴 Ayni damda 60 nafar fransuz tili fani o‘qituvchilari Fransiyaning Nitsa shahrida amaliyot o‘tashmoqda.
Darslar sho‘balarga bo‘lingan holda tashkil etilgan, unda:
➖ Fransiya tarixi hamda ta'lim tizimi,
➖dars jarayonlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish,
➖ til o‘rganishda og‘zaki nutq darajasini oshirish kabi mavzularda so‘z bormoqda.
📍 Jarayonlar Nitsa shahrining Cote d'Azur universitetida bo‘lib o‘tmoqda.
❕Eslatib o'tamiz, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu loyiha doirasida joriy yilda jami 120 nafar fransuz tili ustozlarini qamrab olish rejalashtirilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
NAMANGANDA VAZIR O‘RINBOSARI TA’LIM MUASSASALARI RAHBARLARI BILAN UCHRASHUV-MULOQOT O‘TKAZDI
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o'rinbosari Farhod Boqiyev rahbarligida Uchqo‘rg‘on, Norin, Uychi, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on, Yangi Namangan, Davlatabod tumanlari va Namangan shahrida o‘tkazilgan uchrashuvlarda shahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlari, maktab direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Yangi o‘quv yilida ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yoshlarning ma’naviy-axloqiy tafakkurini shakllantirish, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar tomonidan maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga so‘zsiz rioya qilishlari samaradorligini oshirish, yoshlar o‘rtasida tashkil etiladigan tarbiyaviy jarayonlarni yanada takomillashtirish, iqtidorli o‘quvchilar bilan tizimli ishlarni tashkil etish, o‘quvchilarning davomati bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama etildi.
🔔 Hurmatli ota-onalar!
📹 Ushbu video-yo'riqnomada, tizim moderatorlari tomonidan tasdiqlangan, "Maktabga yuborildi" holatdagi arizalar asosida biriktirilgan mikro-hududdagi maktabga tashrif buyurish uchun “navbat”ga yozilish qay tarzda amalga oshirilishi ko‘rsatib berilgan.
💭 Eslatma! Maktabga borish navbatini o’zingiz belgilab, shu vaqtda farzandingiz bilan sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy maʼlumotnomani olgan holda maktabga borishingiz talab etiladi.
💬 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni ✏️@mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
🌐 mymaktab_uz
NAMANGANDA VAZIR O‘RINBOSARI TA’LIM MUASSASALARI RAHBARLARI BILAN UCHRASHUV-MULOQOT O‘TKAZDI
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o'rinbosari Farhod Boqiyev rahbarligida Pop, Chust, To'raqo’rg’on, Mingbuloq, Kosonsoy, Namangan tumanlarida o'tgan mazkur uchrashuvda maktab direktorlari hamda ularning o'rinbosarlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Unda maktab formasi, odob-axloq qoidalari, o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalash masalalariga e’tibor qaratilib, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish eng asosiy vazifa ekani alohida ta’kidlandi. Sohada korrupsion elementlarni bartaraf etish, ochiqlik va shaffoflik prinsiplarini ta’minlashda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani qayd etildi. Ishtirokchilar takliflari tinglanib, rahbar tomonidan yangi o‘quv yilida o‘ziga xos yondashuvlar asosida faoliyat yuritish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.
Boshqarma Axborot xizmati
✅ Hurmatli ota-onalar!
📹 Umumtaʼlim maktablariga 2024-2025 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul qilish tizimi - my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish hamda onlayn arizalarni topshirish bo‘yicha VIDEO-YO‘RIQNOMA
💬 Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuliga qadar faqat biriktirilgan mikro-hudud bo‘yicha arizalar yuboriladi, 1-avgustdan 15-avgustga qadar mikro-hududdan tashqari hududlar bo‘yicha arizalar yuboriladi.
💳 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni ✈️ @mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.
🌍 mymaktab_uz
Namangan shahar va Yangi Namangan tumani bitiruvchilariga oltin va kumush medallari topshirildi
Читать полностью…Ўзбекистон шахмат федерацияси Наманган вилоят ҳудудий бўлимининг навбатдан ташқари конференцияси бўлиб ўтди
Наманган шаҳридаги "Маърифат маскани"да ўтган тадбирда Ўзбекистон шахмат федерацияси Наманган вилоят ҳудудий бўлими аъзолари, тегишли мутасадди ташкилотлар, шахмат тренерлари ва оммавий ахборот воситалари вакиллари иштирок этдилар.
Йиғилишда ташкилий масалалар муҳокама қилинди.
Наманган вилояти ҳокими Шавкатжон Абдураззоқов Ўзбекистон шахмат федерацияси Наманган вилоят ҳудудий бўлими раиси этиб сайланди.
Шунингдек, вилоят ёшлар ишлари бошқармаси бошлиғи Бахтиёр Мирзатов раиснинг биринчи ўринбосари, вилоят мактабгача таълим бошқармаси бошлиғи в.б. Музаффар Исаев раис ўринбосари лавозимларига сайланди.
Шахмат бўйича тренер, ФИДЕ ҳаками Орифжон Зокиров эса федерациянинг ижрочи директори лавозимига сайланди.
Йиғилиш давомида вилоятда шахмат спорт турини янада ривожлантириш ва оммалаштириш бўйича келгусидаги вазифалар белгилаб олинди.
Наманган вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати.
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook |Twitter | YouTube
Hurmatli jurnalistlar, qadrli ustoz ijodkorlar!
Avvalo, sizlarni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Kuni kecha Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimiz jurnalistlari va ijod ahliga yoʻllangan bayram tabrigi, aytish mumkinki, siz ijodkorlarning mashaqqatli mehnatlaringizga berilgan yuksak mukofotdir.
Prezidentimiz oʻz tabrigida aytganidek, bugungi kunda matbuot ishi, jurnalistlar faoliyati nafaqat “toʻrtinchi hokimiyat”, balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda.
Aziz jurnalistlar!
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar va oʻzgarishlarni xalqimizga sodda va xalqchil tilda tushuntirishdagi ijodiy hamkorligingizdan mamnunmiz.
Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan samimiy qutlayman hamda ijodingizga ulkan muvaffaqiyat, shaxsiy hayotingizda baxt va omad tilab qolaman.
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
/channel/namvilhok/159783?single
Читать полностью…QABUL IMTIHONLARI BOSHLANDI
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi yangi o’quv yili uchun uchta shartda bo‘lib o‘tadigan saralash bosqichlariga start berdi. 7- sinfga 20 ta o’quvchi qabul qilinadigan mazkur ta’lim maskaniga joriy yilda hujjat topshirgan talabgorlar 601 nafarni tashkil etmoqda. Tanlov darajasi shunchalik balandki, birgina o‘rin uchun 30 nafar bola raqobatlashmoqda va bu respublikadagi Ijod maktablari ichida eng yuqori ko’rsatkichni tashkil etdi. Shaffof va adolatli tarzda o’tkazilayotgan jarayonlarda bugun barcha ishtirokchilar saralash bosqichining 1- topshirig’ini bajardilar. Unga ko’ra o’quvchilar belgilangan rasmga ingliz tilida ijodiy matn yaratishdi.
Ta'kidlash joizki, sinovning 2-bosqichi 29-iyundan 2-iyulga qadar o’tkaziladi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
NAMANGANLIK MAKTAB O’QUVCHISI ANTALIYANI ZABT ETDI
Ayni paytda Turkiyaning Antaliya shahrida “Riviera Fest” festival – tanlovi bo’lib o’tmoqda. Quvonarlisi, "Estrada vokal" yo‘nalishida ishtirok etgan 11-sonli musiqa va san’at maktabi tarbiyalanuvchisi, Namangan shahridagi 1-umumta’lim maktabining 6-sinf o’quvchisi Zarina Sarkarova o’zining ajoyib chiqishlari bilan barchani lol qoldirib, xalqaro tanlovda 1-o’rinni egalladi. Ushbu yosh is’tedod sohibini erishgan muvaffaqiyati bilan qutlab, kelgusidagi faoliyatida ham ulkan zafarlar tilaymiz!
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
#Bitiruvchilar_qurultoyi
BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDI
✅ Bugun Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi bo’lib o’tdi.
Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini hаr tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ulаr bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning takliflari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, maktab taʼlimidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini oʻquvchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi.
➖ Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so’zi bilan ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha jabhalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, qurultoyning ahamiyati haqida to’xtalib, bitiruvchilarga oq yo’l tiladi.
✔️Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Joriy o‘quv yilida Prezident maktablarini 319 nafar, ijod maktablarini 260 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 5 856 nafar o‘quvchi tamomlayotgan boʻlsa, oʻtgan oʻquv yilida Prezident maktablarini 326 nafar, ijod maktablarini 233 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 3 927 nafar o‘quvchi tamomlagan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge (Dr Hans Kluge) bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va "Zamin" fondi o‘rtasida bolalarga, shu jumladan onkologik kasalliklarga chalinganlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, ularni reabilitatsiya qilish, O‘zbekistonda palliativ yordamni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda, shuningdek, atrof-muhit muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirish uchun, shu jumladan, xalqaro havo sifati standartlari va ichimlik suvi sifati me’yorlarini ishlab chiqishda xalqaro ekspertlarni jalb qilishga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratildi.
—
Председатель Попечительского совета Фонда Zamin Зироат Мирзиёева провела встречу с директором Европейского регионального бюро ВОЗ Хансом Клюге (Dr Hans Kluge).
На встрече были обсуждены вопросы совместного взаимодействия Всемирной организации здравоохранения и Фонда Zamin в области улучшения оказания медицинских услуг детям, в частности с онкологическими заболеваниями, их реабилитация, развитие паллиативной помощи в Узбекистане.
Отдельное внимание было уделено содействию в привлечении международных экспертов для развития и совершенствования охраны окружающей среды, в том числе при разработке международных стандартов качества воздуха и нормативам качества питьевой воды.
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi yaratiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Unga koʻra:
A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti negizida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etildi.
2024-2025-oʻquv yilidan boshlab:
Vazirlik tizimidagi taʼlim tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi joriy qilinadi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻyicha “Virtual kasbiy rivojlantirish” elektron dasturi joriy etiladi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab:
maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarining xodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslari joriy qilinadi;
barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish soati” hamda tayanch umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish kuni” bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🔴 Moskvadagi Crocus City Halldagi voqealar paytida jabrlangan oilalarning 100 nafar o‘g‘il-qizlari yurtimizdagi “Anor” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida hordiq chiqarishmoqda.
➖ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Barkamol avlod” bolalar maktablari tomonidan ularning dam olishlarini maroqli tashkil etish maqsadida robototexnika, aviamodel, raketamodel, kulolchilik, tasviriy san’at kabi 10 dan ortiq to‘garaklar tashkil etildi.
To‘garak jarayonida dam oluvchi bolalar uchun mahorat mashg‘ulotlari hamda madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Ushbu tadbirlar dam olayotgan bolalar uchun o‘zaro do‘stlik rishtalarini yaxshilash, ikki davlatning urf odatlari va an’analari bilan yaqindan tanishishga zamin yaratadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
⚡️5300 nafar fuqaroning umumiy o‘rta ta’lim olish huquqi ta’minlandi
📑 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda barchaning umumiy o‘rta ta’lim olishi huquqi kafolatlangan.
📍Turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, ya’ni maktabni to‘liq tamomlay olmagan fuqarolarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini topshirish tizimi yaratilgan.
🗓 Joriy yilda eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini topshirish uchun 8038 nafar fuqarolar murojaat etgan.
✅ Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalardan muvaffaqiyatli o‘tgan 611 nafar fuqarolarga 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma hamda 4689 nafar fuqarolarga 11-sinf hajmida umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnomalar berildi.
✔️ Barcha yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarga kelgusi faoliyatida ulkan yutuqlar tilaymiz!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🔔 Уважаемые родители!
📹 В данной видео-инструкции показано, как записаться в «очередь» для посещения школы в прикрепленном микрорайоне, на основании заявлений в статусе «Отправлено в школу», одобренных модераторами системы.
💭Примечание! Вы должны пойти в школу вместе со своим ребенком, самостоятельно определив очередь посещения школы, получив медицинскую справку о состоянии здоровья ребенка в это время.
💬 Дополнительную информацию о процессах приема вы можете получить через телеграм-канал ✏️ @mymaktab_uz или по телефону 📞 71 203 07 04.
🌐 mymaktab_uz
VAZIR O‘RINBOSARI ISHTIROKIDA TA’LIM MUASSASALARIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA DOLZARB MASALALARGA BAGʻISHLANGAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
Uchqo‘rg‘on, Norin, Uychi, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on, Yangi Namangan, Davlatabod tumanlari va Namangan shahrida o‘tkazilgan uchrashuvlarda shahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlari, maktab direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Yangi o‘quv yilida ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yoshlarning ma’naviy-axloqiy tafakkurini shakllantirish, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar tomonidan maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga so‘zsiz rioya qilishlari samaradorligini oshirish, yoshlar o‘rtasida tashkil etiladigan tarbiyaviy jarayonlarni yanada takomillashtirish, iqtidorli o‘quvchilar bilan tizimli ishlarni tashkil etish, o‘quvchilarning davomati bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokamasi kun tartibida bo‘ldi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev rahbarligida o‘tgan uchrashuvda ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash, o‘quvchining odobi, o‘qituvchining ma’naviy qiyofasi, yoshlar ta’lim-tarbiyasida “oila – mahalla – ta’lim muassasasi” doirasida amalga oshirrilishi lozim bo‘lgan ishlarga batafsil to‘xtalindi.
Hayotiy misollar, dalillar, amaliy faoliyatdan kelib chiqqan holda umumta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, qutlug‘ dargoh bo‘lgan maktab va unda o‘quvchi va o‘qituvchilar rioya qilishi zarur bo‘lgan jihatlar, o‘qituvchi mavqeining daxlsizligi, ustoz-muallimlar va o‘quvchilar o‘rtasida, shuningdek, yoshlarning o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishining ta’lim sifati va samaradorlik, o‘g‘il-qizlarning ma’naviy kamolotida o‘z ifodasini ko‘rsatishi aytib o‘tildi.
Voyaga yetmaganlar bilan manzilli ishlashni yo‘lga qo‘yish, ushbu jarayonlarga ota-onalar va hududdagi faol fuqarolarni keng jalb etish bo‘yicha aniq vazifalar amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Muloqot davomida ishtirokchilar fikri tinglanib, mavjud muammolar o‘rtaga tashlandi. Bildirilgan taklif va savollarga javoblar berilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan vazifalar belgilandi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
✅ Уважаемые родители!
📹 ВИДЕО-ИНСТРУКЦИЯ электронной платформы my.maktab.uz по процессу регистрации и подачи заявки на онлайн-приём в первые классы общеобразовательных школ на 2024-2025 учебный год.
💬 Напоминаем, что с 20 июня по 31 июля текущего года заявки будут отправляться только в школы, прикрепленные к микрорайонам, начиная с 1 августа по 15 августа текущего года заявки будут отправляться в школы, находящийся за пределами микрорайонов.
💳 Дополнительную информацию о процессе приема можно получить в телеграм-канале ✈️ @mymaktab_uz или по телефону номеру 📞 71 203-07-04.
🌍 mymaktab_uz
1-SINFGA ONLAYN-QABUL ELEKTRON TIZIMI SOAT 12:00 DA ISHGA TUSHIRILADI!
Hurmatli ota-onalar!
2024-2025-o‘quv yilida farzandingizni umumta’lim maktabining 1-sinfiga joylashtirish uchun my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishingiz mumkin.
Shuni eslatib o‘tish joizki, dastlab joriy yilning 20-iyun sanasidan 31-iyuliga qadar faqat mikrohudud doirasida arizalar qabul qilinadi.
Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni @mymaktab_uz telegram kanali yoki ☎️71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
"Tog‘ turizmi" musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Читать полностью…