Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali Boshqarmaning murojatlar boti t.me/Nam_VMMTB_murojat_bot Boshqarmaning darsliklar bo'yicha murojaat boti t.me/Namangandarslik_murojat_bot
Наманган вилояти ИИБ раҳбарияти Янги Наманган туманидаги 60-сонли мактабнинг таъмирлаш жараёни билан танишди
Ички ишлар вазирлигининг жорий йил 31 мартдаги фармойишига асосан ҳудудлардаги мактабларга ташкилий ва тарбия-методик жиҳатдан манзилли кўмаклашиш мақсадида ишчи гуруҳи таркиби тасдиқланиб, ИИВ ва вилоят Ички ишлар бошқармаси раҳбарияти бошчилигидаги ишчи гуруҳлар томонидан ҳудудлардаги мактабларда ўрганиш ишлари олиб борилмоқда.
Жумладан, бугун вилоят Ички ишлар бошқармаси раҳбарияти Янги Наманган туманидаги 60-сонли мактабда бўлиб, таълим муассасасининг маъмурий биноси ва ўқув хоналаридаги қурилиш жараёни кўздан кечирилди ҳамда мукаммал таъмирлаш режаси билан танишилди.
Шунингдек, мактаб биносининг замонавий талабларга мос равишда таъмирланиши, ўқувчилар учун қулай ва хавфсиз шароитларни яратиш, шу билан бирга, таълим сифатини ошириш ҳамда ўқув-тарбия жараёнини самарали ташкил этиш бўйича масъул ходим ва мутахассисларга аниқ топшириқлар берилди.
Наманган вилояти ИИБ Ахборот хизмати.
Iqtidor maktab ansambli: iste’dodli yoshlar bir sahnada
Iqtidorli o‘quvchilarning ijodiy salohiyati va tashabbuslarini keng jamoatchilikka namoyish etish, yosh havaskor ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovining Namangan tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating
Informatika fani o‘qituvchilari uchun seminar tashkil etildi
🖥Namangan shahri, Davlatobod hamda Yangi Namangan tumanlaridagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan informatika fani o‘qituvchilari uchun navbatdagi amaliy seminar o‘tkazildi. Mazkur tadbirda 100 dan ortiq pedagog ishtirok etdi.
🔖Seminar Raqamli texnologiyalar vazirligi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirni soha mutaxassislari — Kamoliddin Rahimov, Firdavs Rustamov va Sobitxon Toshtemirov olib bordilar.
✉️Unda ishtirokchilarga raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz dan foydalanish tartibi, sohadagi eng so‘nggi tendensiyalar, shuningdek, IT-ta’lim yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, xalqaro IT-sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyatlari va ularning ahamiyati haqida muhim tavsiyalar taqdim etildi.
Mutaxassislarning axborot texnologiyalari sohasiga oid davlat siyosati, mavjud imkoniyatlar va yaratilgan shart-sharoitlar haqidagi ma’ruzalari seminar ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir yakunida o‘qituvchilarning savollariga javob berildi va o‘zaro tajribalar almashildi.
Bizni kuzating
TO‘RAQO‘RGʻONDA PREZIDENT QARORI YUZASIDAN SEMINAR TASHKIL ETILDI
🤔O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 - yil 3 - yanvardagi "2025 - yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1 sonli qarorida voyaga yetmaganlar ta’lim-tarbiyasi, ular tomonidan jinoyat va huquqbuzarlik holatlari sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha alohida vazifalar belgilangan.
➖“Fayziobod” MFY hududida joylashgan 24-umumta’lim maktabida tashkil etilgan mazkur qaror ijrosiga bag‘ishlangan seminarda tuman hokimi Sherali Qosimov, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i E’zoza To‘raboyeva, barcha maktab va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, mahalla nuroniylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
📊Tadbirda o‘g‘il – qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ta’lim – tarbiya jarayonlari, “oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. Ilm maskanida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati, tomorqadan unumli foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi. Yuqori sinf o‘quvchilari bilan muloqot asnosida ularning kelgusidagi maqsadlari, qaysi oliy ta’lim dargohiga topshirishi, tanlagan kasblari borasida o‘rtoqlashildi. Seminar yakunida berilgan savollarga amaliy javoblar olindi.
Ta’kidlash joizki, ayni paytda ilm maskanida 24 ta fan, 5 ta ijod va sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur yo‘nalishlarga 400 dan ortiq o‘quvchi – yoshlar qamrab olingan. Shuningdek, muassasa jamoasi maktab tomorqasidan unumli foydalanib, har yili qulupnay yetishtirib sotish orqali 50 mln so‘m daromad topib kelmoqda.
Bizni kuzating
YANGIQO‘RG’ON TUMANIDAGI 47 – SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
◀️Amalga oshirilayotgan ishlar, to‘garaklar faoliyati, “Ilk qadam” o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig’i Abdurashid Qayumov mazkur bog’chada bo‘ldi. Har bir guruh xonalari ko‘zdan kechirilib, mas’ullar bilan suhbat asnosida ushbu maskan kelajagimiz egalari uchun xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Aytish joizki, “Yangi Bog’iston” MFY hududida joylashgan 150 o‘rinli muassasa ikki qavatdan iborat bo‘lib, uning qurilishiga 6 mlrd 900 mln so‘m investitsiya mablag’lari yo‘naltirilgan.
Bizni kuzating
Universal jang turi bo‘yicha viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi
➖Yangiqo‘rg‘on tumanida sportning universal jang turi bo‘yicha viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi. Uning tantanali ochilish marosimida Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi Asadullo Najmiddinov hamda mutasaddi rahbarlar, sport sohasining murabbiylari va jamoatchilik vakillari qatnashishdi. Marosimda so‘z olgan tuman hokimi barcha ishtirokchilarga omad tiladi va bu kabi tadbirlar yoshlarni jismonan chiniqtirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Uch bosqichdan iborat bellashuvda 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan yuzlab sportchilar kuch sinashishdi.
Yakuniy bahslar orqali har bir vazn toifasi va yosh guruhida g‘oliblar aniqlandi. G’olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda maxsus kamar bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.
Bizni kuzating
“Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik!” shiori ostida Norin tumanidagi 1- hamda 40- umumiy o’rta ta’lim maktabi direktorlari tomonidan keng jamoatchilik ishtirokida ota – onalarga murojaat qilindi. Yo‘llangan murojaatda ota-onalar o‘z farzandlarini tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, urf-odatlarni hurmat qilishga o‘rgatish, ularning qalbida vatanparvarlik tuygʻusini kuchaytirish, ekologik madaniyat, farzandlar vaqtini behuda o‘tkazmaslikka ahamiyat berishlari qayd etildi. Yoshlarimizning hayotiy muammolariga yanada ko‘proq e’tibor qaratish, ularning ezgu intilish va tashabbuslari, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash eng asosiy, hal qiluvchi vazifa ekani ta’kidlandi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmat
BOSHQARMA BOSHLIGʻI NAMANGAN SHAHRIDAGI TA’LIM MUASSASALARIDA BO‘LDI
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi Muzaffar Isayev Namangan shahridagi 45 –umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, davomat, o‘quvchilarning darslarga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. “Mahalla – maktab –oila” tamoyili asosida hamkorlikni kuchaytirish, ta’lim sifatini yaxshilash va o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Keyingi manzil shahardagi 45- hamda 62- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lib, muassasalar faoliyati hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Tashkilotlar xodimlari bilan suhbat asnosida sog‘lom, faol, to‘laqonli, jamiyatga munosib bola shaxsini shakllantirish g‘oyat muhim masala ekani yana bir bor ta’kidlandi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
#tanlov
#ixtirochilikka_qadam
#10_oktabr_20_oktabr
📣📣📣📣📣
⚙️ "IXTIROCHILIKKA QADAM" RESPUBLIKA TANLOVI
🗣"Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
✅Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi:
➖Maktab bosqichi – oʻquv yilining 1-choragida;
➖Tuman (shahar) bosqichi – oʻquv yilining 2-choragida;
➖Viloyat bosqichi – oʻquv yilining 3-choragida;
➖Respublika bosqichi – oʻquv yilining 4-choragida boʻlib oʻtadi.
❗️Tanlov davomida o‘quvchilar ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishlari talab etiladi.
Kasbidan e’zoz topayotgan ayol!
Chust tumanidagi 35-sonli DMTT tarbiyachisi Zamira Ahmedova joriy yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli sonli farmoniga muvofiq, "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi
Наманган виилояти ҳудудидаги таълим муассасалари фаолияти ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар раҳбарлари томонидан ўрганилмоқда
Наманган вилояти ИИБ бошлиғи полковник Шухрат Алиев ва Миллий гвардия бошқармаси бошлиғи полковник Хамидулла Маматовлар Тўрақўрғон ва Чуст туманларида бўлиб, Тўрақўрғон туманидаги 4 ва 7-сонли, шунингдек, Чуст туманидаги 50 ва 58-сонли мактабларнинг фаолияти билан яқиндан танишди.
Ўрганиш давомида мактабларда ўқувчи ва ўқитувчилар учун яратилган шарт-шароитлар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати, кўрилган хавфсизлик чора-тадбирлари, «Оила — маҳалла — мактаб» тамойили асосида профилактика инспектори, инспектор-психолог ва маҳалла ходимларининг мактаб ўқувчилари ўртасида жиноятчиликнинг олдини олишдаги амалга оширилган ишлари атрофлича таҳлил қилинди. Шу билан бирга, мактаб ўқувчилари билан яқиндан суҳбат қилиниб, келажакдаги режалари бўйича уларга таклиф ва тавсиялар берилди.
Шунингдек, мактабларда жиноятчилик ва ҳуқубузарликларни содир этилишининг олдини олишда ўқувчиларни ватанпарварлик руҳида тарбиялаш, жисмонан етук, замонавий билим ва кўникмаларга эга бўлиши учун барча шароитларни яратиш, таълим сифатини яхшилаш устувор вазифа эканлиги алоҳида таъкидланиб, соҳага дахлдор раҳбарларга бу борада аниқ вазифалар белгилаб берилди.
Наманган вилояти ИИБ Ахборот хизмати.
✔️ Tez kunlarda - “Jadidlar izidan” loyihasiga start beriladi
🌀 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi tashkil etiladi.
☝️ Tanlov 2 ta sinf toifasi 6-7-8- hamda 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida oktabr-noyabr oylarida bo‘lib o‘tadi.
✅ 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bosqichma-bosqich “Jadidlar izidan” klublari tashkil etiladi.
🥇 Respublika bosqichida eng yuqori ball to‘plagan 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi ✈️
📎 Nizom bilan tanishing
📎 Adabiyotlar ro‘yxati
➡️ Tanlovda ishtirok etish uchun 25-oktabr kuniga qadar quyidagi havolalar orqali ro‘yxatdan o‘ting!
➡️ https://jadidlarizidan.uz/6-7-8-sinflar.html
➡️ https://jadidlarizidan.uz/9-10-sinflar.html
📣 Batafsil ma’lumotlarni @jadidlarizidanuz telegram kanalida kuzatib boring!
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#tanlov
“Til va adabiyot ta’limi” jurnali “Yilning eng yaxshi materiali” tanlovini e’lon qiladi!
Tanlov yo‘nalishlari:
1. “Eng yaxshi maqola”
2. “Eng yaxshi dars ishlanma”.
3. “Eng yaxshi metodik tavsiya”.
4. “Eng yaxshi asar tahlili” (darsliklar asosida).
Tanlov g‘oliblari noutbuk, planshet, mobil telefon kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Tanlovga materiallar o‘zbek, rus yoki ingliz tilida shu yilning 10-dekabrigacha @MaqolaTanlovBot orqali qabul qilinadi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2025-yil yanvar oyida o‘tkaziladi. Eng yaxshi materiallar jurnal sahifalarida chop etiladi.
Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
Yoshlar kamoloti bilan bog'liq amaliy ishlar
Uychi tumani
Maktablarda inspektor psixologlar faoliyati samarasini bermoqda
Chortoq tumanidagi 9 - maktab
Uchqurg‘on tumanida joylashgan 5 - umumta’lim maktabi oshxonasida fasfud, yarim tayyor ovqatlar sotilayotgani yuzasidan yo‘llangan murojaat o‘rganildi. Ta’lim muassasasidagi ikkita oshxona ijara shartnomasi asosida ish yuritadi. Faoliyat yuzasidan rahbarlariga bir necha bor ogohlantirishlar berildi, shuningdek, tuman sanitariya – epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizamtiga tashkilot oshxonasida ta’qiqlangan mahsulotlar sotilishini oldini olish yuzasidan xatlar yuborilgani bildiriladi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
📣 Habaringiz bor, "Ijod yoshlari" respublika tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 4-, 5-, 6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilmoqda.
Tanlovning 1-bosqichi:
✅ Bir turda test shaklida o‘tkaziladi. O‘quvchining ijodkorligi, tanqidiy va mantiqiy fikrlashi berilgan ma‘lumotni tahlil qila olishi, akademik salohiyatini baholashga qaratilgan intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha 20 ta test beriladi;
📅 Sana:
6-sinf — 17-aprel kuni;
5-sinf — 18-aprel kuni;
4-sinf — 19-aprel kunlari o'tkaziladi.
🏫 O'tkazish joyi — Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi;
📍 Manzil — To’raqo’rg’on shahri, To’raqo’rg’on ko’chasi, 21-uy;
↔️ Mo'ljal — To’raqo’rg’on tuman hokimligi yonida;
🌍 Ruxsatnoma olish uchun: https://ijodyoshlari.piima.uz/ruxsatnoma
📞 Qo‘shimcha savollar uchun: +998 (71) 207-20-17 (ichki: 161, 164)
📍41.0056582,71.5077279,16.25z/data=!4m14!1m7!3m6!1s0x38bb35432bb9f099:0x26b6556ed6592403!2sIs%CA%BChoqxon+Ibrat+nomidagi+ijod+maktabi!8m2!3d41.0058981!4d71.5075669!16s%2Fg%2F11rsv14zfv!3m5!1s0x38bb35432bb9f099:0x26b6556ed6592403!8m2!3d41.0058981!4d71.5075669!16s%2Fg%2F11rsv14zfv?entry=ttu">Maktab geolokatsiyasi
___
Telegram | Youtube | Google | Facebook | Instagram
CHORTOQ TUMANIDAGI 9 - UMUMTA’LIM MAKTABIDA NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING OʻQUV - METODIK MARKAZI TASHKIL ETILDI
🕯Taʼlim sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, tajriba almashinuvi, maktab va institut o'rtasidagi hamkorlik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashkil etilgan markazning ochilish marosimida oliy ta’lim dargohi rektori Bahodir Xusanov, tuman hokimi o’rinbosari Difuza Hakimova, maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi boshlig’i Samandar Mamatvaliyev, ustoz – murabbiylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tashkil etilgan koʻrgazmada ilm maskani oʻquvchi-yoshlarining innovatsion ishlanmalari, sport musobaqalarida erishilgan yutuqlari namoyish etildi. Pedagog kadrlar bilan uchrashuvda institut professor – oʻqituvchilarining ma’ruzalari tinglandi, jarayonda qoʻshma tadbirlar, taʼlim sohasida amaliy seminarlar, konferensiyalar, forumlar va koʻrgazmalar oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi.
Ta’kidlash lozimki, ushbu markaz ta’lim jarayonini takomillashtirish, maktab va oliy ta’lim o‘rtasidagi integratsiyani chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o'quvchilari xalqaro til sertifikatlariga ega bo'lishdi
Bizni kuzating
CHUSTLIK O‘QUVCHINING BIRLASHGAN ARAB AMIRLIGIDAGI MUVAFFAQIYATI
☄️Dubay shahridagi Dove Green xususiy maktabida “International English, Arabic, Russian, Mathematics and Mental Arithmetic Competition” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda 12 ta davlatdan 236 nafar maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Mental arifmetika bellashuvi reglamentiga ko‘ra, bilimdonlardan 10 daqiqa ichida 200 – 280 ta arifmetik amalni bajarish talab etildi. Quvonarlisi, shiddatli va qiziqarli kechgan turnirda Chust tumanidagi 60 – umumta’lim maktabining 1- sinf o‘quvchisi, “Barkamol avlod” bolalar maktabining to‘garak a’zosi Parizoda Abdukarimova oliy o‘rinni egalladi. G'oliblikni qo'lga kiritgan iqtidor egasini erishgan yutugʻi va butunjahon musobaqasida Vatanimiz sharafini yuksak pogʻonaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzating
#bolalar_kutubxonasi
KITOBXON ONA - KITOBXON BOLA LOYIHASI
ISOKHON IBRAT nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi A. Mirzanazarova tashabbusi bilan “Kitobxon ona – kitobxon bola” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha oilaviy o‘qish madaniyatini shakllantirishga, ayniqsa, onalar orqali bolalarning kitobga bo‘lgan mehrini uyg‘otishga xizmat qiladi.
Loyiha doirasida institutning talaba qizlari asosiy ishtirokchi sifatida qatnashib kelishmoqda. Ular dastlab o‘zlarida oilaviy (ona-bola) o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish ustida ishlaydilar, so‘ngra yosh onalar bilan ishlash orqali bu ko‘nikmalarni amaliyotga tatbiq etadilar. Bu ikki tomonlama o‘rgatish jarayoni: talaba qizlar o‘rganadi va o‘rgatadi, yosh onalar esa farzandlariga qanday qilib o‘qish muhiti yaratishni o‘zlashtiradilar.
"Bolalar kutubxonasi rahbari Zulxumor Turaxodjayeva tomonidan talabalarga oilalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda bolalarning yoshiga mos, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan kitoblarni tanlab o‘qish bo‘yicha tavsiyalar berdi."
Mazkur loyiha “Oliy ta’lim – mahalla – oila – kutubxona – ta’lim muassasasi” tamoyiliga asoslanadi. Talabalar kutubxona bilan hamkorlikda o‘quv muhiti yaratadi, yosh onalarni va ularning maktabgacha yoshdagi farzandlarini kitob o‘qishga jalb qilishga ko‘maklashadilar.
Shu maqsadda loyiha ishtirokchilari — talaba qizlar — bugun Namangan viloyat bolalar kutubxonasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ular kutubxona fondi, bolalar adabiyoti, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblar bilan tanishdilar. Kelgusida loyiha ishtirokchilari yosh onalar va bolalarda kutubxonaga tashrif buyurish madaniyatini va o‘qishga bo‘lgan qiziqishni shakllantirishni maqsad qilganlar.
📍Bolalar kutubxonasi manzili🚘
Bolalar kutubxonasi axborot xizmati
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube|Telegram bot
“Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik!” shiori ostida Norin tumanidagi 1- hamda 40- umumiy o’rta ta’lim maktabi direktorlari tomonidan keng jamoatchilik ishtirokida ota – onalarga murojaat qilindi. Yo‘llangan murojaatda ota-onalar o‘z farzandlarini tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, urf-odatlarni hurmat qilishga o‘rgatish, ularning qalbida vatanparvarlik tuygʻusini kuchaytirish, ekologik madaniyat, farzandlar vaqtini behuda o‘tkazmaslikka ahamiyat berishlari qayd etildi. Yoshlarimizning hayotiy muammolariga yanada ko‘proq e’tibor qaratish, ularning ezgu intilish va tashabbuslari, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash eng asosiy, hal qiluvchi vazifa ekani ta’kidlandi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmat
Joriy yilning 30-sentabr kuni Davlatimiz rahbari pedagoglar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida yurtimizdagi barcha ota-onalar, ustoz va murabbiylarga murojaat qilib, yoshlarning ta’lim – tarbiya masalasiga alohida to’xtalgan edi. Bugun Namangan shahridagi 1- umumta’lim maktabida “Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik!” shiori ostida ota-onalarga keng jamoatchilik ishtirokida direktor tomonidan murojaat qilindi. Ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar tarbiyasida ota-onaning o‘rni alohida ahamiyat kasb etishi, bu boradagi ishlarni yanada samaradorligini oshirishda, ota-onalar maktab bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi har qachongidan dolzarb ekani ta’kidlab o’tildi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
BOSHQARMA BOSHLIG‘I TA'LIM MUASSASALARI FAOLIYATINI O‘RGANDI
Viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi Muzaffar Isayev Chortoq tumanidagi 9-,48 - sonli maktablarda obodonlashtirish, yaratilgan moddiy-texnik baza, davomat masalalarini ko‘zdan kechirdi. O‘quvchilar va ustoz-muallimlar bilan yoshlar istiqboli hamda soha faoliyatidagi yangilanishlar xususida muloqot qilindi. Bitiruvchilarni oliy ta’limga qamrab olish, ularni qiziqishlaridan kelib chiqib kasb tanlash masalalariga e’tibor qaratilib, bu borada taklif va tavsiyalar berildi. Tumandagi 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga asosan tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat bilan tanishildi. Tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, sharoitlar o‘rganildi. Mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan vazifalar yuklandi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
#OAV_biz_haqimizda
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan koʻplab bayram dasturlarini tayyorlandi.
➖ “Madaniyat va maʻrifat” telekanalida efirga uzatilgan mazkur koʻrsatuv ana shu haqida.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
O’zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilari grant asosida Fransiyaga malaka oshirishga yuboriladi
Fransiyada bo'lib o'tgan Xalqaro Frankofoniya tashkilotining 19-sammitida ishtirok etdik.
Sammit doirasida turli uchrashuvlar bo‘lib, muhim kelishuvlarga erishyapmiz.
Ulardan biriga to‘xtalsam. Bugun Nitsadagi Frankofoniya universiteti rahbari Yann Librati bilan uchrashdik.
Uchrashuvda janob Librati O‘zbekiston fransuz tili yo‘nalishida mintaqaviy “hab”ga aylanishiga ishonch bildirdi.
Ma’lumot o’rnida: hozirgi kunda O’zbekistonda fransuz tili 600ga yaqin maktablarda xorijiy til sifatida va 100 ga yaqin maktablarda ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitib kelinmoqda.
Asosiy fan olimpiadasining TUMAN bosqichi quyidagi belgilangan sanalarda tegishli fanlardan o'tkazilishi rejalashtirilmoqda:
▶️22-oktabr kuni Tarix, Geografiya, Qozoq tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan;
▶️23-oktabr kuni Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Davlat va huquq asoslari fanlaridan;
▶️24-oktabr kuni Kimyo, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili fanlaridan;
▶️25-oktabr kuni Biologiya, Fizika, Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan;
▶️26-oktabr kuni Matematika, Ona tili va adabiyoti, O‘zbek tili fanlaridan.
📌Asosiy fan olimpiadasining VILOYAT bosqichi 1-GURUH FANLARIdan 4-9-noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
1-guruh fanlari (Matematika, Fizika, Kimyo Biologiya, Informatika va axborot texnologiyalari)
2-guruh fanlari (Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili (davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Tarix, Davlat va huquq asoslari, Geografiya )
Жорий йил 2-4 октябрь кунлари бўлиб ўтган Креатив иқтисодиёт бўйича Бутунжаҳон конференцияси доирасида намойиш этилган “Тамерлано” опера театри саҳна ортидан лавҳалар…
#Xalqaro_hamkorlik
📍 Fransiya: O‘zbekistondagi maktablar va bog‘chalarda fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Fransiyada bo'lib o'tgan Xalqaro Frankofoniya tashkilotining 19-sammitida ishtirok etdi.
Mazkur sammit doirasida vazir Hilola Umarova va Kokoro Lingua kompaniyasi asoschisi Natali Lasslet o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda tomonlar O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5-6 yoshli bolalar uchun innovatsion Kokoro lingua platformasi yordamida bolalarga fransuz tilini o‘rgatish masalalarini muhokama qilishdi.
❗️Muhokamalar yakunida kelgusi bir yil davomida 12 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bepul tarzda fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Ma’lumot uchun: Kokoro lingua - bolalar uchun til o‘rgatish bo‘yicha innovatsion xalqaro kompaniya hisoblanadi.
Ma'lumot uchun: France Education International 1945-yilda tashkil topgan bo'lib, tashkilotning asosiy faoliyat yo'nalishlaridan biri til bo'yicha sertifikatlash va testlar tuzishdan iborat.
#OAV_biz_haqimizda
➖ Tahlilnoma | Ta’lim – Prezident uchun strategik soha: 7 yilda 216 trln so‘m
___
✅ Tahlilnoma | 7 yilda ta’limda nimalar o‘zgardi?
✅ Tahlilnoma | Pedagogik mahorat milliy instituti mazmunan o‘zgardi
✅ Tahlilnoma | Prezident qo‘lidan yuksak mukofotlarni qabul qilib olgan ustoz-murabbiylarimizning his hayajonlari
✅ Tahlilnoma | Ustozlar uchun Top 10 yangilik: 1 yilda 208 nafar o‘qituvchiga yangi uy-joyi
✅ Tahlilnoma | O‘zbek tilida nutq so‘zlagan professor Mishel Geddi bilan suhbat
✅ Tahlilnoma | 2000 dollar maosh olayotgan o‘qituvchilar
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin