Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali Boshqarmaning murojatlar boti t.me/Nam_VMMTB_murojat_bot Boshqarmaning darsliklar bo'yicha murojaat boti t.me/Namangandarslik_murojat_bot
#imtihon_2025
#Prezident_maktablari
🔔 Hurmatli ota-onalar!
📆 Ertaga, 6-iyul kuni Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi — saralash bosqichi boshlanadi!
⚡️ Kirish imtihonlarida quyidagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so‘raladi:
🗣Jumladan:
✔️ Farzandingizni imtihon o‘tkaziladigan belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim;
✔️ Issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring;
✔️ Imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning);
✔️ Ushbu tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon vaqtida o‘zini qulay va xotirjam his etishiga yordam beradi.
❌ Yodingizda bo‘lsin: imtihonda “yordam” berishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Bu firibgarlikdir!
🔖 Farzandingizning bilimi — uning yagona natijasidir!
❗️Maʼlumot uchun: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.
📱 1-smena: soat 8:00 da
📱 2-smena: soat 12:00 da
📞 Savollar bo‘yicha: 1206
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasidagi tadbirlarda Kosonsoy tumanidagi 28 - umumta'lim maktabi o‘quvchi - yoshlari faol ishtirok etmoqda
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Veb Sayt
#Bolalar_kutubxonasi
#Dolzarb_90kun
➖ “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida hamda yozgi sog‘lomlashtirish mavsumi davomida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Muhammadsharif So'fizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan Uychi tumanida joylashgan "Umid nihollari" bolalar sog'lomlashtirish oromgohida kitobxonlik tadbiri o'tkazildi.
🔗 Kechda kutubxona xodimlari bolalarga turli janrdagi badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tanishtirdilar, “Eng yaxshi kitobxon” musobaqalari, savol-javoblar, ijodiy bellashuvlar tashkil etildi. Shuningdek, kitob o‘qish madaniyati, axborot manbalaridan to‘g‘ri foydalanish, yozgi ta’tilni ilm olish va rivojlanish davriga aylantirish borasida muhim tavsiyalar berildi.
✅ Jarayonda ishtirok etgan eng faol yoshlarga tashakkurnoma va esdalik sovg’alari topshirildi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
O‘zbekiston milliy pedagogika universitetidan yangi avlod ta’limi
📣O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzurida, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab chuqur bilimga ega o‘qituvchilarni tayyorlashga yo‘naltirilgan Aniq fanlar oliy maktabi (School of Exact Sciences) tashkil etilmoqda.
🎓 Oliy maktab quyidagi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarini taklif etadi:
• 60540100 — Matematika
• 60610100 — Axborot tizimlari va texnologiyalari
• 60610500 — Sun’iy intellekt va robototexnika
✅ O’quv dastrulari Cambridge University Press & Assessment bilan hamkorlikda , “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida ishlab chiqilgan.
✨ Darslar ingliz va o’zbek tillarida malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.
📌 QABUL: 2025-yilgi qabul jarayoning 2-bosqichida O'MPU ni tanlang va kelajak ta’limining bir qismiga aylaning.
📍Toshkent sh., Bunyodkor k, 27-uy.
🌐https://uznpu.uz/
📞: +998712024421
#Vakansiya
🌟Ta'lim sohasida yangi yutuqlarga erishishni istaysizmi!
Bu-aynan siz uchun imkoniyat!
Prezidentimizning shaxsan tashabbuslari bilan tashkil etilgan "Prezident iqtidorli farzandlari" loyihasi doirasida tashkil etilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, Sizni o‘zining professionallar jamoasiga taklif etadi.
🔎 Biz - Xorijda ta'lim olgan va amaliy tajribaga ega bo'lgan yuqori malakali va fidoyi pedagoglarni ishga taklif qilamiz.
Maktabda quyidagi fanlardan darslar ingliz tilida o’tiladi:
* Fizika
* Kimyo
* Biologiya
* Matematika
* Kompyuter texnologiyalari
* Xalqaro siyosat
* Biznes boshqaruvi
* Iqtisod
* San’at va madaniyat
* Tadqiqot
* Ingliz tili
Quyidagi fanlardan darslar o’zbek tilida o’tiladi:
* Ona-tili va adabiyoti
* O‘zbekiston va jahon tarixi
Ikkinchi xorijiy til sifatida o'tiladigan Fransuz va Nemis tili o'qituvchilari uchun ham bo'sh ish o'rinlari mavjud
🎓 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
✔️IELTS 7.5 va undan yuqori darajadagi ingliz tili sertifikatiga ega bo'lishi
✔️ Kamida magistr darajasi (tegishli mutaxassislik bo'yicha)
✔️ 2 yildan ortiq pedagoglik tajribasi
✔️ 9–11-sinf o‘quvchilari bilan ishlashda yondashuv va murabbiylik mahorati
✔️ O‘quvchilarni xalqaro imtihonlar va dunyoning TOP-10 talik universitetlariga tayyorlash bo'yicha tajribasi
✔️Xorijning nufuzli TOP-300 talik Universitetlarida tahsil olgan bo’lishi ✔️IB dasturi asosida ta'lim bera olish malakasi
💼 Biz sizga nimalarni taklif qilamiz?
🔹 Yuqori va barqaror maosh
🔹 Mamlakatdagi eng iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash imkoniyati
🔹 Zamonaviy va ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan sinfxonalar
🔹 Xalqaro Bakalavriat (IB) dasturi asosida dars berish imkoniyati
🔹 Ijodkorlik, tashabbus va erkin pedagogik metodikalarni qo‘llab-quvvatlaydigan muhit
🔹 Kasbiy o‘sish, xalqaro tajriba almashuvi va doimiy malaka oshirish imkoniyatlari
📨 Arizalar 2025-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi.
📎 Hujjatlar ro‘yxati:
* Ingliz tilidagi yangilangan CV
* Ma'lumotnoma (obyektivka) oxirgi 3 oyda tushilgan rasm bilan
* Ingliz tili sertifikati (IELTS 7.5+, TOEFL iBT 109+) yoki unga tenglashtirilgan sertifikatlar)
* Bakalavr va Magistratura diplomlarining nusxasi
* GRE (75+), GMAT (75+), SAT (1300+), TESOL, CELTA kabi sertifikati borlarga ustunlik beriladi
📥 https://job.piima.uz/send-cv manziliga hujjatlaringizni yuboring
📲Savollaringizni esa quyidagi Telegram botga yuboring: @BeruniyHireBot
«Dolzarb 90 kun» tadbirlarini sifatli o‘tkazish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi
Namangan tumani hokimligining majlislar zalida viloyat hokimining o‘rinbosari Otabek Bozorov boshchiligida umumta’lim maktablari direktorlari va yoshlar yetakchilari ishtirokida «Dolzarb 90 kun» tadbirlarini sifatli o‘tkazish bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ta’lim muassasalari va mahalla yetakchilarining o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Muloqotda «Dolzarb 90 kun» davomida o‘zaro hamjihatlikdagi tadbirlar izchilligini ta’minlash, innovatsion texnologiyalarga asoslangan qiziqarli to‘garaklar joriy etib, ularga o‘g‘il-qizlarni ko‘proq jalb etish zarurligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, umumta’lim muassasalarida kutubxonalar, sport zallari va sanitar-gigiyenik xonalarni ta’mirlash, ularni zarur vositalar bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
Namanganlik 6-sinf o‘quvchisi CEFR B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
Izoh: sertifikat haqiqiyligi QR-kod orqali tekshirildi.
#kasbiy_sertifikatlash
📣 Joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlari 15-16-may kunlari oʻtkaziladi
✅ Xabaringiz bor, 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-oʻqituvchilar, attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etib kelinmoqda.
➖ Joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlari 15-16-may kunlari quyidagi manzillarda oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.
📍 Maʼlumot uchun: ushbu sinovlarda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 baldan, jami 100 ball bilan baholanadi.
👉 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor nazorat sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#Xalqaro_tanlov
✅ Joriy yilning 30-aprel — 5-may kunlari Ispaniya davlatining Loret de Mar shahrida “Sea Sun Festival” hamda “Costa Bravo go’zalliklari” Xalqaro tanlovi o’tkazildi.
Unda 12 davlatdan 300 nafarga yaqin iste’dodli yoshlar ishtirok etib, “Milliy raqs”, “Estrada-vokal”, “Cholg’u ijrochiligi” hamda “Tasviriy va amaliy san’at” yo’nalishlari bo’yicha kuch sinashishdi.
Bizni kuzating
#PISA_2025
Ertaga mamlakatimizda PISA 2025 xalqaro sinovlariga start beriladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan PISA 2025 asosiy sinovlariga tayyorgarlik bosqichida test administratorlari uchun maxsus treninglar tashkil etildi.
Unda kompyuter va texnik qurilmalarni soz holatda tayyorlash, AKT mutaxassislarining vazifalari, shuningdek, umumiy tashkiliy jarayonlar bo‘yicha zaruriy ko‘nikmalar berildi.
Ma’lumot uchun: joriy yil 233 ta maktabdagi 9 ming nafarga yaqin 15 yoshli oʻquvchining bilimi PISA xalqaro dasturi orqali baholanadi.
Batafsil videolavhada tanishishingiz mumkin.
@hilola_umarova
#al_Xorazmiy
#xalqaro_olimpiada
Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi oʻtkaziladi
Olimpiada 7-13-may kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tadi.
Unda Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Malayziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston jamoalaridan 202 nafar ishtirokchi qatnashadi.
Eslatma: III Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro Matematika va Informatika olimpiadasi ilk marotaba 2 ta fan (matematika va informatika)dan tashkil etilmoqda.
Ishtirokchilarimizga omad tilaymiz!
@hilola_umarova
#attestatsiya_2025
#Xushxabar
🔴 Malaka toifa sinovlari davom etmoqda. Bugun malaka toifa sinovlarida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.
➖Sirdaryo viloyati, Guliston tumanidagi 11-maktab o'qituvchisi Zulfiya Ismatova 90 ball,
➖Jizzax shahridagi 29-maktab o‘qituvchisi Dildora Tursunmurodova 90 ball,
➖Forish tumanidagi 67-maktab o'qituvchisi Zohid Ilhomov 92 ball,
➖Peshku tumanidagi 26-maktab o'qituvchisi Mayram Nizomova 94 ball,
➖Margʻilon shahardagi 29-maktab o‘qituvchisi Odinaxon Xoshimova 90 ball,
➖Namangan shahridagi 31–maktab ‘qituvchisi Feruza Rajabboyeva 90 ball,
➖Namangan shahridagi “Yuksalish” maktab o‘qituvchisi Nozimaxon Xudayberdiyeva 88 ball,
➖Namangan shahridagi 26–maktab o‘qituvchisi Munisa Moxirjonova 88 ball,
➖Davlatobod tumanidagi 84–maktab o‘qituvchisi Fotima Djabbarova 92 ball,
➖Namangan shahridagi 22–maktab o‘qituvchisi Ominaxon Akbarova 88 ball,
➖Namangan shahridagi 85–maktab o‘qituvchisi Dilshodaxon Usmanova 88 ball,
➖Chust tumanidagi 19-DIMI oʻqituvchisi Yulduzoy Karimova 88 ball,
➖Chust tuman 56–maktab oʻqituvchisi Goʻzal Ulkanova 94 ball,
➖Navoiy shahridagi 21-o'qituvchisi Orasta Axtamova 92 ball,
➖Navoiy shahridagi 12-maktab oʻqituvchisi Dilafruz Qayumova 90 ball,
➖Navoiy shahridagi 19-maktab oʻqituvchisi Gulsara Yoqubova 88 ball,
➖Qo'shko'pir tumanidagi 35-maktab o‘qituvchilari Yoqutjon Rahimova 92 hamda Aziza Hasanova 90 ball,
➖Qo'shko'pir tumanidagi 18-maktab o‘qituvchisi Ziynatoy Ibadullayeva 92 ballni qo'lga kiritdi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#Attestatsiya_2025
✔️Namangan shahridagi 31 – umumta’lim maktabining boshlang’ich ta’lim o‘qituvchisi Feruza Rajabboyeva 90 ball bilan oliy malaka toifasiga o‘tdi.
✔️Namangan shahridagi “Yuksalish” maktabining boshlang’ich ta’lim o‘qituvchisi Nozimaxon Xudayberdiyeva 88 ball bilan oliy malaka toifasiga o‘tdi.
✔️Namangan shahridagi 26 – umumta’lim maktabining boshlang’ich ta’lim o‘qituvchisi Munisa Moxirjonova 88 ball bilan oliy malaka toifasiga o‘tdi.
✔️Davlatobod tumanidagi 84 – umumta’lim maktabining boshlang’ich ta’lim o‘qituvchisi Fotima Djabbarova 92 ball bilan oliy malaka toifasini saqladi va 70 foizli ustamaga ega bo‘ldi
✔️Namangan shahridagi 22 – umumta’lim maktabining boshlang’ich ta’lim o‘qituvchisi Ominaxon Akbarova 88 ball bilan oliy malaka toifasini himoya qildi va 70 foizli ustamaga ega bo‘ldi
✔️Namangan shahridagi 85 – umumta’lim maktabining boshlang’ich ta’lim o‘qituvchisi Dilshodaxon Usmanova 88 ball bilan birinchi toifaga o‘tdi
✔️Chust tumanidagi 19-DIMIning boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi Yulduzoy Karimova 88 ball bilan oliy malaka toifasiga oʻtdi
✔️Chust tuman 56 – umumta’lim maktabining boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi Goʻzal Ulkanova 94 ball bilan birinchi malaka toifasiga oʻtdi
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
https://uza.uz/oz/posts/global-money-week-davom-etmoqda_716091
Читать полностью…VAZIR MASLAHATCHISI ISHTIROKIDA OCHIQ MULOQOT TASHKIL ETILDI
➖ Unda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi Ulug’bek Toshkenboyev, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i A’zamjon Isakov, tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari, Pedagogik mahorat markazi mas’ullari hamda umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etdi.
✉️ Jarayonda viloyatdagi tizimda olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, sifat va samaradorlikka e’tibor qaratildi. Ta’limni rivojlantirishda avvalo murabbiyning bilim, tajribasini oshirish, ko‘tarish masalalari ta’kidlandi.
◀️ Shuningdek, bo‘lib o‘tadigan PISA 2025 xalqaro tadqiqoti doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalinib, uning ahamiyati borasida tushunchalar berildi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Veb Sayt
Anons. Namangan davlat pedagogika institutining salohiyatli o’qituvchisi Ra’no Lutfiddinova faoliyatini Madaniyat va ma’rifat kanalining “Muallimning bir kuni” teleloyihasida tomosha qiling.
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Veb Sayt
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 22 - umumta'lim maktabida "Dolzarb 90 kun" doirasidagi tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Veb Sayt
#мактабгача_таълим
😵💫 Namanganda yozgi sog’lomlashtirish mavsumida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining salomatligini mustahkamlash, ma’nan va jismonan chiniqtirish, vaqtlarini unumli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
🔗 Norin tumanidagi 27 - hamda 50 - sonli bog’chalarda yigirmadan ortiq to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ko‘ngilochar tadbirlar, sport musobaqalari, aqliy faoliyatni rivojlantiruvchi o‘yinlar bolajonlarning sog’lom rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
➖ Milliy qadriyatlarimizni saqlash va yosh avlodga yetkazish jarayoni ta’lim tizimining barcha bosqichlarida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalarida bu jarayon bolalarning ilk bilim va tarbiya olish bosqichida shakllanib, milliy urf-odatlar, an’analar, xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rgatish orqali ularning madaniy merosimizga bo‘lgan hurmati oshishiga xizmat qiladi.
💬Ta’kidlash joizki, tumanda 52 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularda 9054 nafar bola ta’lim – tarbiya olib kelmoqda
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
#UCHRASHUV
Kelajak taʼlimi uchun hamkorlik: vazir oʻrinbosari bilan muhim muloqot
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari E'zozaxon Gapirjanovnaning Namangan davlat pedagogika institutiga rasmiy tashrifi doirasida institut jamoasi bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida vazir oʻrinbosari bugungi kundagi maktab va maktabgacha hamda oliy taʼlim muassasalari oldida turgan dolzarb masalalar, maktab va OTM oʻrtasida aloqalarni mustahkamlash, amaliy hamkorlikni kengaytirish borasida fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, institut rektori tomonidan oliygohning yangi oʻquv yilidagi istiqboldagi rejalari, amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar, bunyodkorlik ishlari, pedagog-xodimlar va talaba-yoshlar uchun zamonaviy, qulay sharoitlar yaratish, infratuzilmani rivojlantirish borasidagi tashabbuslar haqida taqdimot qilindi.
Tashrif doirasidagi uchrashuv institut hayotida yangi bosqichni boshlab berishi, taʼlimda uzviylik va sifatni taʼminlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.
♻️ Kanalga ulanish👇
🌐 /channel/namspii
#TASHRIF
Vazir oʻrinbosarining NamDPIga rasmiy tashrifi
Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Karimova E’zozaxon Gapirjanovna Namangan davlat pedagogika institutiga rasmiy tashrifini amalga oshirdi.
Tashrif davomida vazir oʻrinbosari institut rektori B.Xusanov boshchiligida prorektorlar, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari bilan samimiy suhbatlashdi.
Shu bilan birga, institutning iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan yaratilgan ilmiy-innovatsion loyihalar hamda institut tarkibidagi har bir kafedra faoliyati bilan alohida tanishib, ularning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va innovatsion yo‘nalishdagi ishlari yuzasidan maʼlumot oldi. Kafedra jamoalarining pedagogik salohiyati, ta’lim sifati, o‘quv dasturlari va amaliyotga yo‘naltirilgan tashabbuslari baholandi.
Shuningdek, institut infratuzilmasi, zamonaviy taʼlim texnologiyalari bilan jihozlangan auditoriyalar, ilmiy laboratoriyalar ko'zdan kechirildi.
♻️ Kanalga ulanish👇
🌐 /channel/namspii
"...Prezident juda uzoq va natija beradigan maqsadni ilgari surgan. Biz mana shu maqsad sari intilyapmiz. Va buning natijasini maktab taʼlimida koʻryapmiz..."
Namangan davlat pedagogika instituti rektori, professor B.Xusanov
"Oʻzbekiston 24"— "Ortga qaytmas islohotlar"
#Namangan_Flowers_Fest_2025
НАМАНГАНДА ГУЛЛАР БАЙРАМИ! ЭНГ КАТТА ФЕСТИВАЛГА ТАЙЁР ТУРИНГ!
25 майдан 29 июнгача "64-Халқаро Гуллар Фестивали" сизга ёрқин гуллар, ажойиб тадбирлар ва унутилмас таассуротлар оламини тақдим этади!
Наманган вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати.
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook |Twitter | YouTube
#Вазир_жамғармаси
✅ "Vazir jamg‘armasi" ustamasiga nomzod ustozlarni saralashning 2-bosqich jarayonlaridan foto va videoreportaj
Ma'lumot o'rnida: bugun 2-bosqich sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Sirdaryo, Namangan, Buxoro, Jizzax viloyatlari hamda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181- moddasi 1-bandiga ko‘ra o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganligi uchun Yangiqo‘rg’on tumanidagi 27 – sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori hamda tashkilot hamshirasiga nisbatan “Xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgani bildiriladi.
Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati
🎨 Bolalar kontenti: Yangi avlod qahramonlari — ijodkorlar uchun ajoyib imkoniyat!
Milliy ruhdagi zamonaviy kontent yaratishga qiziqasizmi?
Unda zamonaviy qahramonlarni birgalikda yarataylik!
📍 Tadbir joyi:
🛖 “Renassans” bolalar oromgohi. 7-9-may kunlari
📌 Kimlar ishtirok eta oladi?
— Raqamli va ananaviy uslubdagi rassomlar;
— Dizaynerlar;
— Fotograf va videograflar;
— Bolalar yo‘nalishida ijod qiluvchilar;
— Kontent yaratuvchilar;
— Animatorlar.
🎯 Nima kutmoqda?
— Milliy va zamonaviy kontent yaratish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar;
— Soha mutaxassislaridan mahorat darslari;
— Xorijiy tajriba;
— Tabiat qo'ynida erkin ijod qilish muhiti.
📝 Ro‘yxatdan o‘tish:
🌐 online.raqamliavlod.uz
🧠O‘rinlar soni cheklangan.
Bolalar tasavvurini birga yaratamiz!
PREZIDENT QARORI YUZASIDAN SEMINAR TASHKIL ETILDI
🇺🇿 Yangi Namangan tumanidagi 71 – umumta’lim maktabida Davlatimiz rahbarining “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393 - son Qarori ijrosi yuzasidan viloyat seminari tashkil etildi.
➖ Unda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i A’zamjon Isakov, tuman hokimligi, mudofaa, ichki ichki ishlar, milliy gvardiya bo’limlari mas’ullari, tuman hamda shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo’limlari boshliqlari ishtirok etdi.
◀️ Jarayonda yoshlarni Vatanga cheksiz sadoqat ruhida, jismonan sog’lom va ma’naviy yetuk insonlar qilib tarbiyalashga yo’naltirilgan – ilm maskani negizida viloyatda birinchi tashkil etilgan “Jasorat maktabi” faoliyati mehmonlarga tanishtirildi. Uning ahamiyati va imkoniyatlari borasida keng tushunchalar berildi.
✉️ “Jasorat maktablari”da matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitilishiga, oʻqish uchun oʻquvchilarni saralash 5-sinfdan boshlab amalga oshirilishi, robototexnika, kelajak oʻyinlari, tibbiy tayyorgarlik, huquqiy savodxonlik, milliy sport oʻyinlari kabi toʻgarak mashgʻulotlari oʻtkazilishi, oʻquv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har chorakda bir marta harbiy qismlarda amaliy mashgʻulotlar olib borilishi kabi jihatlarga e’tibor qaratildi.
📎 Ta’kidlash joizki, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab “Jasorat maktabi”ni aʼlo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining aʼzosi boʻlgan bir nafar oʻquvchiga oliy harbiy va harbiylashtirilgan hamda yuridik taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Veb Sayt
“JASORAT MAKTABI” FAOLIYATI YO‘LGA QOʻYILDI
🇺🇿 Yangi Namangan tumanidagi 71 – umumta’lim maktabida Davlatimiz rahbarining “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393 - son Qarori ijrosi yuzasidan viloyat seminari tashkil etildi.
➖ Unda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i A’zamjon Isakov, tuman hokimligi, mudofaa, ichki ichki ishlar, milliy gvardiya bo’limlari mas’ullari, tuman hamda shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo’limlari boshliqlari ishtirok etdi.
◀️ Jarayonda yoshlarni Vatanga cheksiz sadoqat ruhida, jismonan sog’lom va ma’naviy yetuk insonlar qilib tarbiyalashga yo’naltirilgan – ilm maskani negizida viloyatda birinchi tashkil etilgan “Jasorat maktabi” faoliyati mehmonlarga tanishtirildi. Uning ahamiyati va imkoniyatlari borasida keng tushunchalar berildi.
✉️ “Jasorat maktablari”da matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitilishiga, oʻqish uchun oʻquvchilarni saralash 5-sinfdan boshlab amalga oshirilishi, robototexnika, kelajak oʻyinlari, tibbiy tayyorgarlik, huquqiy savodxonlik, milliy sport oʻyinlari kabi toʻgarak mashgʻulotlari oʻtkazilishi, oʻquv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har chorakda bir marta harbiy qismlarda amaliy mashgʻulotlar olib borilishi kabi jihatlarga e’tibor qaratildi.
📎 Ta’kidlash joizki, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab “Jasorat maktabi”ni aʼlo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining aʼzosi boʻlgan bir nafar oʻquvchiga oliy harbiy va harbiylashtirilgan hamda yuridik taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Veb Sayt
#Хотира_ва_қадрлаш_куни
Учқўрғон тумани "Ёғду" маҳалласида жойлашган 37-сонли умумтаълим мактабида 9 май – Хотира ва қадрлаш куни муносабати билан маънавий-маърифий байрам ҳамда спорт тадбирлари ташкил этилди.
Тадбирда маҳалланинг нуронийлари, ёшлар, ўқитувчилар ва ўқувчилар фаол иштирок этишди. Йигит-қизлар ўртасида спорт беллашувлари, шеър ва қўшиқлар, саҳна кўринишлари намойиш этилди.
Мазкур тадбир орқали ёш авлодга тинчлик, ватанпарварлик ва кекса авлодга ҳурмат туйғуси сингдирилди.
Хотира муқаддас, қадрлаш шараф!
Аttestatsiya jarayonlarini onlayn kuzatib borish uchun maxsus sayt ishga tushirildi
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʼtkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini toʼgʼridan-toʼgʼri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi.
Jarayonlarni toʼgʼridan-toʼgʼri kuzatib borishingiz mumkin:
👉🏻 ONLАYN KUZАTISH UCHUN BOSING 👈🏻
©️ Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi
Bizni kuzating
"Milliy qadriyatlarimiz - Yangi O'zbekiston yoshlari nigohida" mavzusida festival bo'lib o'tdi
Norin tumanidagi 37 - maktab