Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali Boshqarmaning murojatlar boti t.me/Nam_VMMTB_murojat_bot Boshqarmaning darsliklar bo'yicha murojaat boti t.me/Namangandarslik_murojat_bot
#Онлайн
Бугунги битирувчи – эртанги мутахассис, ижтимоий ҳаётимизнинг фаол иштирокчисига айланади. Вилоят ҳокими юқори синф ўқувчилари билан учрашди.
Наманган вилояти ҳокими Шавкатжон Абдураззоқов Наманган шаҳар мактаб ва мактабгача таълим бўлимига қарашли 5- ҳамда 6-сонли мактабларда бўлиб, таълим сифати, давомат ҳамда ўқувчиларга яратилган шароитлар билан танишди.
Давлатимиз раҳбари томонидан мактабларнинг Миллий гвардия ходимлари назоратида давоматни яхшилаш, ўқувчи ёшларни, айниқса, битирувчи синфларни дарсларда мунтазам қатнашишларига замин яратилмоқда.
"Мураббий" газетасининг навбатдаги 2024 йил, 12-сони
Читать полностью…🎓Oliygoh talabasi bo'lish baxtiga muddatidan avval erishish mumkin ekanidan xabardormisiz?
❓Agarda bu imkoniyat 4 yillik 100% grant asosida bo'lsa-chi?
⭐️Joriy 2024-yilning 11-12-may sanasida Turan International University tomonidan tashkil qilinadigan "TIU Fan olimpiadasi" sizlarga 4 yilga 100% grant asosida Xalqaro universitetda o'qish imkoniyatini taqdim etmoqda! Bundan tashqari, chegirmalar asosida 1 yildan 4 yilgacha, 25%dan 100%gacha qo'shimcha grantlar, noutbuk(kompyuter), planshet, telefon hamda boshqa qimmatbaho sovg'alar ham sizniki bo'lishi mumkin.
Buning uchun sizlardan faqatgina o'z bilim va ko'nikmalaringizni amalda namoyon qilish talab etiladi.
🎯Olimpiada oʻtkaziladigan fanlar:
1. Matematika;
2. Informatika;
3. Fizika;
4. Ingliz tili;
5. Rus tili;
6. Ona tili;
7. Tarix;
8. Biologiya.
⚡Ro'yxatdan o'tish uchun oxirgi muddat: 9-may soat 23:59
💎Olimpiada Turan International University o'quv binosida 11-12-may kunlari oʻtkaziladi.
✅ Ushbu havola orqali ariza topshirishingiz mumkin!
❗️Bitiruvchi sinf o'quvchilari shoshiling, imkoniyatni qo'ldan boy bermang!
#join_tiu
🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Наманган давлат университетида мактабларнинг битирувчи синф ўқувчилари учун фан олимпиадаси ўтказилди
⌛ Namangan davlat universiteti
«Press klub»
➡️Kanalga obuna bo‘ling
👉/channel/namdupressklub
#live
🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Yangi O‘zbekiston” universitetida dunyoning 1-raqamli oliygohi – Massachusetts texnologiya instituti tomonidan “Tajriba o‘tkazish, baholash va amaliyotga joriy etish” nomli mahorat darslariga start berildi.
❕Ayni damda tadbirning ochilish marosimi bo’lib o’tmoqda.
👉Mahorat darslarini jonli efirda kuzating.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, bitiruvchilarni kasb-hunarga to‘g‘ri yo‘naltirish, ularni oliy ta’lim muassasalariga qamrab olish, bandligini ta’minlash masalalariga qaratilgan yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda boshqarma boshlig’i Oybek Zokirov va barcha apparat xodimlari ishtirok etdi. O’quvchilar davomati, maktablardagi ta’lim-tarbiya, tartib-intizom, vatanparvarlik yo‘nalishidagi ishlarni yanada kuchaytirish, hayit bayramini munosib kutib olish hamda xavfsizlik masalasiga e’tibor qaratish ta’kidlandi. Yig’ilish so’nggida boshqarma boshlig’i yaqinlashib kelayotgan tabarruk ayyom - Iyd-Ramazon bilan barchani samimiy muborakbod etib, sharafli faoliyatda kuch-quvvat va shijoat tiladi.
Boshqarma Axborot xizmati
Namangan shahridagi Prezident maktabida Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan ot va kamondan o'q otish sporti bo'yicha musobaqa tashkil etildi. Unda Milliy gvardiya Namangan viloyati Qo'riqlash boshqarmasi xodimlari, viloyat chavandozlar maktabi vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida Sohibqironning jahon maydonidagi o'rni, sarkardalik salohiyati, buyuk davlat barpo etishdagi jasorati o'quvchi - yoshlarga ibrat va namuna sifatida ko'rsatildi.
Boshqarma Axborot xizmati
⚡️Endi sizda shaxmatni professionallardan o‘rganish imkoni bor!
🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligining UzChess loyihasi O‘zbekistonning barcha hududlaridagi yoshlar uchun shaxmat bo‘yicha bepul darslar berib bormoqda.
♟Xalqaro sport ustasi Bobur Sattarovning strategiya darslari tavsiya etiladi 👉uzchesss" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@uzchesss
🔹Darslar 0 dan boshlovchilar uchun ham, professionallar uchun ham mo‘ljallangan.
@uzchesss
🏆🏆🏆3-SINF va 4-SINF o‘quvchilari uchun navbatdagi MEGA OLIMPIADA!!!
Bu safar NAMANGAN shahrida!🤩
🏆60 MILLION SO‘MLIK QIMMATBAHO SOVG‘ALAR!
⚡️⚡️⚡️‘‘VODIY TA‘LIM’’ O‘quv markazi
👩🎓👨🎓NAMANGAN, ANDIJON va FARG‘ONA lik:
👨🎓👩🎓 3-SINF va 4-SINF
O’quvchilari diqqatiga!!!
⚡️⚡️⚡️PREZIDENT MAKTABI va AL-XORAZMIY MAKTABI kirish imtihonlari standartlarida bo’lib o’tadigan “VODIY LIDERLARI” olimpiadasiga taklif qilamiz!
🗓Sana: 14-APREL. Yakshanba
⏰Vaqti: 1-SMENA. 4-SINF: 09:00
2-SMENA. 3-SINF: 13:00
🏅🏅🏅OLIMPIADA G‘OLIBLARI ushbu QIMMATBAHO SOVG‘ALAR bilan taqdirlanadi:
🥇1-o’rin: SMART TV Televizor 🖥️🖥
🥈2-o’rin: TELEFON📱📱
🥉3-o’rin: VELOSIPED 🚴♀🚴♂
🤩Bu hali hammasi emas!!!
🏆QIMMATBAHO SOVG‘ALAR 1-O‘rindan 50-O‘ringacha:
‘‘VODIY TA‘LIM’’ o‘quvchilari uchun alohida, Tashqaridan kelib qatnashgan o‘quvchilar uchun alohida taqdim etiladi!
🎁Sovg‘alar bo‘yicha batafsil ushbu KO‘K YOZUV USTIGA BOSING!
‼️OLIMPIADAdada qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tishingiz shart!
✅ OLIMPIADA ga ro‘yxatdan o‘tish tartibi:
1⃣ Telegram orqali Online ro‘yxatdan o‘tish:
👉@Vodiy_Olimpiada_admin
👉@Vodiyliderlari
2⃣ Online holatda BOT orqali ro‘yxatdan o‘tish:
👉@Vodiy_olimpiada_bot
3⃣ Telefon orqali ro‘yxatdan o‘tish uchun bog‘laning:
☎️+998992406060
☎️+998974273377
☎️+998970563377
✅ OLIMPIADA bo‘lib o‘tadigan MANZIL:
📍NAMANGAN shahar LOLA dahasi.
📍NamDU qoshidagi 1-Akademik litseyi
(Lola akademik litseyi) binosida bo‘lib o‘tadi.
👉LOKATSIYA (Joylashuv)
✍Telegram sahifalarimiz:
✅ @Online_Prmaktab
✅ @vtsedu
NAMANGAN SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA TA’LIM SOHASI FAXRIYLARIGA IFTORLIK DASTURXONI TASHKIL ETILDI
Читать полностью…#Jarayon
#Butunjahon_salomatlik_kuni
7-АПРЕЛ - БУТУНЖАҲОН САЛОМАТЛИК КУНИ.
Шу муносабат билан Наманган вилоятида ҳам турли тадбирлар ўтказилмоқда.
Хусусан, Учқўрғон тумани ихтисослаштирилган мактабида "Биз соғлом турмуш тарафдоримиз" шиори остида марофон ташкил этилди.
Марафон доирасида масофага югуриш, 5000 қадам юриш ва спортнинг футбол, волейбол, теннис, шахмат, шашка турлари бўйича ўқувчи ҳамда ўқитувчилари ўртасида мусобақалар ўтказилди.
Мутахассисларнинг таъкидлашича, мунтазам равишда пиёда юриш юрак-қон томир касалликлари хавфини олдини олади ва танадаги ортиқча калорияни йўқотишда ёрдам беради.
Шундай экан, соғлигингизга вақтида эътибор қаратиб, кунингизнинг маълум бир вақтини пиёда юриш билан ўтказинг!
Наманган вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати.
#InstaLoyiha
#Maktab
Biz hammamiz har xilmiz, lekin bizni bir narsa birlashtiradi.
Bu - odamiylik!
Telegram
"YOSH KITOBXON" TANLOVINING 10-14 YOSH TOIFASIDA NAMANGANLIK O‘QUVCHI 2-O‘RINNI QO‘LGA KIRITDI
Tanlovning respublika final bosqichi "Yoshlar ijod saroyi"da o‘tkazilib, hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kitobxon yoshlar 5 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Quvonarlisi,Chust tumanidagi 15-maktabning 9-sinf o‘quvchisi E'zoza Mansurjonova 387 ball bilan 2-o‘rinni egalladi hamda 50 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Kitobxon o‘quvchining kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz.
Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
Ахборот 24 | «Педагогнинг мақоми тўғрисида»ги қонун тарғиботи
#17feb #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Hamkorlik
Maktablardagi ta’lim-tarbiya va davomat masalalari, shuningdek tarbiyasi va o‘qishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilarni ota-onalari va mahalla faollari bilan birgalikda yechimini topish borasida Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi hamda Milliy gvardiya hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy natija bermoqda
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi hamda Milliy gvardiya hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan ishlarning ilk kunlaridanoq darslarda ayniqsa yuqori sinf o‘quvchilari davomati bilan bog‘liq muammolar aniqlanib, tahlil qilindi. Unda elektron platformaga kiritilgan davomat ma’lumotlari bilan sinflardagi real davomat o‘rtasida tafovut mavjudligi aniqlanib uning sabablari o‘rganildi.
Mazkur muammolar va ularning yechimi yuzasidan Milliy gvardiya tomonidan maktablarga biriktirilgan xodimlarning ta’lim muassasa direktorlari va ularning o‘rinbosarlari hamda mahalla faollari bilan “Maktab – ota-ona – mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan ishlar samarasida qisqa vaqt ichida o‘quvchilarning davomatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi.
Hatto darslarda davomat past bo‘lsada, elektron platformaga kiritilgan davomat ma’lumotlari bilan sinflardagi haqiqiy davomat o‘rtasida tafovut uchramagan maktab direktorlari hamda sinf rahbarlari Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan rag‘batlantirildi.
Bu bilan, maktab direktori va o‘qituvchilari endilikda davomat bilan emas, faqat ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanishlarini tushungan holda, shu paytgacha yelkalarida ko‘tarib kelgan davomat bilan bog‘liq og‘ir yuk olib tashlanganligi, o‘z o‘rnida bundan keyin o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga javobgarlik mas’uliyatini oshirganini xis qila boshlashdi.
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi hamda Milliy gvardiya hamkorligida amalga oshirilayotgan bu kabi tizimli ishlar, “Maktab ta’limi bo‘yicha ota-onada mas’uliyat, o‘qituvchida majburiyat, o‘quvchida ishonch, ta’lim va tarbiyada sifat, mahallada esa nazorat bo‘lishini kafolatlaydi” deyish mumkin.
SAYT YARATISH ORTIDAN OYIGA 7 MLN SO‘M DAROMAD
Ismoil Ahmadboyev Namangan shahridagi 1- maktabning 8-sinf o‘quvchisi. Informatika hamda ingliz, rus tillarinini chuqur o‘zlashtirgan. Ayni paytda u web-dasturlash orqali oyiga 7 mln so‘m daromad topmoqda. Bugungacha yaratgan 100 dan ortiq saytlarini frontend dasturida ishlab chiqqan. Asosan uning mahsulotlari onlayn savdoga qaratilgan bo‘lib, do‘konlar uchun logotiplar ham yaratilgan. Yosh dasturchining saytlari Germaniya hamda Rossiya davlatlarida xaridorgir. Endilikda u IT yo‘nalishidagi bilimlarini “Algoritm” o‘quv markazida yanada mustahkamlamoqda. Maqsadi aynan shu yo‘nalishda o‘zbek brendiga asos solish.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
https://uza.uz/oz/posts/yosh-iqtidor-egalari-saralandi-video_593481
Читать полностью…"TURON" MAKTAB TEATRINING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI
Читать полностью…NAMANGANDA "TURON" MAKTAB TEATRI TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
Читать полностью…NAMANGANDA “TURON” MAKTAB TEATRI TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI GʻOLIBI ANIQLANDI
Unda maktab bosqichlarida 5700 dan ziyod o‘quvchilar ichidan g‘olib chiqqan 14 jamoaning 112 nafar “yosh aktyorlari” uch shart asosida bellashdi. Buyuk siymolar, yozuvchilarning asarlarida ifoda etilgan qahramonlar obrazlari sahna orqali mahorat bilan gavdalantirilib, ijro etilgan har bir rol tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi. Murosasiz va shiddatli kechgan bellashuvning yakuniy natijalariga ko‘ra Namangan shahridagi 31–maktabning “Ibrat izdoshlari” jamoasi 1- o‘rinni egallab, Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-va 3- o‘rinlar Uchqo‘rg‘ondagi 21-maktabning “Yuksalish” hamda Davlatobod tumanidagi 52-maktabning “Nihol” jamoalariga nasib etdi.
Chortoq tumanidagi 40-maktabning 8-11- sinf o‘quvchilariga Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirish maqsadida tadbir tashkil etildi. Unda harbiy xizmatchilar ishtirokida ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, favqulotdagi holatlarda o‘quvchilarning harakati bo‘yicha tushunchalar berildi.
Boshqarma Axborot xizmati
#Amir_Temur_tavalludining_688_yilligi
Bugun — yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.
Amir Temur nafaqat harbiy sarkarda, balki ilm-fan, madaniyat homiysi sifatida ham tarixda o'chmas iz qoldirgan. Amir Temur o'z davrida adabiyot, san'at, ilm-fan va ta'limni rivojlantirishga salmoqli hissa qo'shgan.
Aynan uning hukmronlik davrida buyuk olimlar yetishib chiqqan. Yurtda adolat va farovonlik ta'minlangan. Xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar o'rnatilgan.
Amir Temurning mashhur “Temur tuzuklari” asari 1783-yilda Buyuk Britaniyada, 1891-yilda Hindistonda, 1868-yili Eronda chop etilgan. Asar bir qator, jumladan, fransuz, ingliz, urdu, rus tillariga tarjima qilingan.
“Temur tuzuklari” — XIV asr Movarounnahr ijtimoiy-siyosiy ahvoli, Temuriylar davlati, qoʻshni mamlakatlar va xalqlar bilan boʻlgan munosabatlar haqida hikoya qiluvchi muhim tarixiy hujjat ekanligi bilan katta ahamiyatga ega asardir.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i Oybek Zokirov Yangi Namangan tumanidagi ta’lim muassasalarida o’quvchilar davomatini o’rgandi. Viloyat hokimligi va tegishli mas’ullar ishtirokida 69-, 86- maktablarning pedagogik jamoalari bilan o’tgan muloqotda umumta’lim maktablarida davomat masalasida jiddiy choralar ko‘rilayotgani, muntazam dars qoldirayotgan o’quvchilarning ota-onalariga jarimalar qo‘llanilayotgani, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa o‘quv dargohlarida davomat va ta’lim sifati hamda samaradorligini yaxshilash ekanligi tushintirildi. Amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan yo’l xaritasi belgilanib, kamchilikka yo’l qo’ygan bir qator rahbarlar jiddiy ogohlantirildi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Davlatobodda "Turon" maktab teatri tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
Читать полностью…NAMANGAN SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA TA’LIM SOHASI FAXRIYLARIGA IFTORLIK DASTURXONI TASHKIL ETILDI
Davlatimiz rahbarining muborak ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorida muruvvat, ahillik va hamjihatlikni ulug‘lovchi ushbu fazilatli oyda keksa va nuroniylarni har tomonlama qo‘llash, mehr – oqibat hamda o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar ko‘lamini kengaytirishga alohida e’tibor berilgan. Namangan shahridagi Prezident maktabida o‘tkazilgan iftorlik dasturxoniga ta’lim tizimida mas’uliyatli vazifalarda ishlagan, faoliyatini yosh avlod hayoti va kamoli, ta’lim sohasi ravnaqiga bag‘ishlagan soha faxriylari taklif etildi. Mazmunli hayot yo‘li va namunali faoliyati bilan bugun ertangi kunimiz egalari ta’lim-tarbiyasi yo‘lida ishlayotgan ustoz-muallimlar, o‘qituvchi-murabbiylarga ibrat bo‘lib kelayotgan nuroniylarga e’zoz-ehtirom ko‘rsatildi. Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosarlari Gʻulomjon Murodxo‘jayev, Jamshed Hatamov, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyat bosh imom-xatibi Musoxon Abbasiddinov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Datavval yig‘ilganlarga muassasada o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, olib borilayotgan ta’lim tizimi hamda moddiy-texik baza tanishtirildi. Iftorlik dasturxoni atrofida kechgan samimiy muloqotda yurtimizdagi tinchlik bardavom bo‘lishini, xalqimiz yana ham farovon hayot kechirishini tilab, duolar qilindi. Faxriylar nomidan so‘z olganlar Prezidentimiz sa’y-harakatlari va tashabbusi bilan ta’lim sohasiga, farzandlarimiz kamoliga qaratilayotgan yuksak e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirib, ko‘rsatilgan izzat-ikrom uchun minnatdorchilik izhor qildilar.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Ахborot 24 | «Turon» maktab teatri respublika tanlovining hududiy bosqichi
#6apr #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Ахборот 24 | «Ёш китобхон» танловининг Республика босқичи
#18feb #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
“Ёш китобхон” танловининг Республика босқичида наманганлик ёш китобхон 2-ўринни қўлга киритди
“Ёш китобхон” танлови республика финал босқичининг 10-14 ёш тоифасидаги иштирокчилар орасидан Наманган вилояти Чуст туманида яшовчи Мансуржонова Эъзозахон 5 та шарт бўйича 387 балл билан 2-ўринни эгаллади.
Мансуржонова Эъзозахонни намангалик ёшлар номидан табриклаймиз!
Наманган давлат университети:
ХОРИЖДА ИШЛАШ ВА ТАҲСИЛ ОЛИШ УЧУН КЕНГ ИМКОНИЯТ
©Наманган давлат университети
«Пресс клуб»
Каналга обуна бўлинг
👉/channel/namdupressklub
#Қарор_ва_ижро
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Вояга етмаганлар ўртасида қонунбузарликлар профилактикаси тизимини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Қарорига асосан Наманган вилоятида ҳам тизимли ишлар олиб борилмоқда.
Миллий гвардия Наманган вилоят бошқармаси, Қўриқлаш бошқармаси ҳарбий хизматчи ва ходимлари томонидан вилоятдаги умумтаълим мактабларида психологик муҳитни яхшилаш, вояга етмаганлар ўртасида ҳуқуқбузарликлар олдини олиш юзасидан ўрганишлар ўтказиляпти.
Бунда "Хавфсиз мактаб" консепцияси асосида ўқувчиларни таълимга қизиқишини орттириш, сабабсиз дарсларга келмаётган ўқувчиларни аниқлаш ҳамда вояга етмаган болаларни меҳнатга жалб қилишга йўл қўймаслик, дарсларда сабабсиз қатнашмаётган ўқувчиларнинг ота-оналари билан профилактик ишларга эътибор қаратилмоқда.
Миллий гвардия Наманган вилоят бошқармаси.