2025 йил дастурда ишлайдиганларга охирги ОГОХЛАНИТИРИШ пайшанба кунгача мухлат хаммага хеч кимга телефон хам қиб ўтирмайман ўзларинг билиб билиб лойиха-сметаларни папка қилиб кенгаш хулосани эколикчиский хулосаларни бориб ётиб оласиларми кенгаш билан звосчида хаммасини тугатиб пайшанба куни соат 00.00 дан кейин хеч кимни лойиҳасини қабул хам қилмайман телефонини хам кўтармайман жума куниданб бошлаб хаммани судга бериб олган авансларингди қайтартиришгаям обориб шартномаларингни хам бекор қилдираман шу объектлар дастурдан чиқиб кетса кетсин ким жавобини берса бераверади расмий тарзида аийебман хат хам чиқараман қайтадан хаммага именной қиб
Читать полностью…1 dekabr kuniga qadar ekspertiza xulosasini olish kere ekan 102-sonli Rayyosatdegi obyektla bo'yicha
Читать полностью…Барча лойиҳа ташкилотлари раҳбарларига. Жума куни (22.11.2024) соат 9 00 да Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлигида лойиҳалар бўйича тақдимот ва умумий йиғилиш бўлиб ўтади. Ҳамма ўзи билан лойиҳа бош плани ва девор режалари билан тайёр ҳолатда келишлари сўралади.
хабарни олганлар изоҳ қолдиринг. Хабарни эшитмасдан келмай қолманглар. Бир бирингизга етказинг.
#Xalqaro_hamkorlik
#COP29
🔗 BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Choralar ramkaviy konvensiyasining 29-Konferensiyasi doirasida vazir o’rinbosari Davronjon Adilov boshchiligidagi mas’ullar mamlakatimiz tomonidan tashkil etilgan pavilyonda bo’ldilar.
Pavilyon O‘zbekistonning noyob madaniy merosi hamda ekologiya va iqlim masalalariga barqaror yondashuvlarini namoyish etishni maqsad qilgan bo’lib, insonning tabiat bilan uyg‘unligi va oilaviy qadriyatlarni ifodalovchi an’anaviy o‘zbek hovlisiga asoslangan.
Davronjon Adilov konferensiya ishtirokchilarini mazkur "Ichki barqarorlik" deb nomlangan me’moriy konsepsiya bilan tanishtirar ekan, ekologik materiallar o’zbek xonadonining me’moriy yechimlarida muhim o’rin tutishini qayd etdi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹qurilishvauy-joykommunalxojali?si=cNUgS8BKan3eu-y1">Youtube|
Assalomu aleykum xurmatli gruppa a’zolari va loyixa tashkilotlari, mani ismim Zohid Infratuzilmalarni rivojlantirishda bosh muhandisman, sizlardaga ham iltimos ham topshiriq, respublikadan bosh direktorimiz topshiriq qildilar 1-dekabrga qadar loyixalarni ekspertizaga kiritishimiz kerak, topshiriq ijrosini ta’minlash chorasini kuringlar, muammolar yechilishi lozim bulgan masalalar bulsa telfon raqamim 975202120, yoki bulim boshligimiz Sanjar akaga murojaat qilinglar 987718003
Читать полностью…#Тезкор #янги_радар
❗️Уйчи йўли, Шўро запрафка, 14- мактаб олдида светафорга радар-камера ўрнатилди
Айтишларича, паласа ва тезликка олар экан. Яқинларга юбориб огоҳлантириб қўйинг!
😁Намангандаги тезкор хабарлар
👉@NAMANGANLIKLAR_UZ каналида
ОЛДИНГИ ОБЪЕКТЛАРДА КИМ 100 ФОИЗГА ПУЛ ОЛМАГАН БЎЛСА ШУ МАЗМУНДА КАФОЛТ ХАТИ ҚИБ БЕРСИН ОБЪЕКТЛАРНИ ҚЎЙИБ
Читать полностью…Ассалом алейкум лойиҳа ташкилоти эгалари, архитекторлари, конструкторлар !! Сизлардан ШНК 2.07.02-22 шаҳарсозлик нормалари ва қоидаларида ногиронлиги бўлган шахсларга тўсиқсиз муҳит яратиш бўйича қўйилган барча талабларга амал қилишингизни сўрайман!!
1-октябрдан буён Ижтимоий инспекция лойиха-смета хужжатларини давлат экспертизасидан ўтказилганлик холатларини ўрганиб келмоқда ва аниқланган камчиликлар бўйича тегишли ташкилотларга тақдимномалар чиқарилмоқда.
#BU_MUHIM
☯️ Yangi tahrirdagi shaharsozlik normalariga ko‘ra turar joy obyektlarida tom qismlarining kamida necha foiziga quyosh panellari o‘rnatilishi kerak?
Shuningdek, issiq suv iste’moli hajmining necha foizi ushbu obyektlarda o‘rnatiladigan quyosh suv isitish qurilmalari orqali qoplanishi lozim?
Ekspert javob beradi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹qurilishvauy-joykommunalxojali?si=cNUgS8BKan3eu-y1">Youtube|
Тайсон ютқазганини ҳамма эшитди, лекин деярли ҳеч ким ғолибнинг номини эслай олмайди.
Сен ҳам шундай ҳаёт йўлини босиб ўтгинки, сени мағлуб этиб-да номингдан ошиб ўтолмасинлар!
#BU_MUHIM
⚙️ Qurilishda davlat nazorati tizimi takomillashtirildi.
🔴ESLATMA: 18-noyabrdan Toshkent shahrida, 1-dekabrdan barcha viloyatlarda takomillashgan tizim test rejimida ishga tushdi.
🤑 Jarayonlarini nazorat qilish, shaffoflikni ta’minlash va sifatni oshirish maqsadida Qurilish nazorati tizimi takomillashtirildi.
Tizimning asosiy yangiliklaridan biri — har bir foydalanuvchi uchun qulay va tushunarli kabinetlar yaratilgan. Mualliflik nazorati, texnik nazorat, inspektor va ichki nazorat xodimlari uchun maxsus yo‘riqnomalar ishlab chiqilib, tizimda joylashtirilgan.
#Xalqaro_hamkorlik
🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o‘rinbosari Davronjon Adilov ayni kunlarda Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Choralar ramkaviy konvensiyasining 29-Konferensiyasi (COP29) doirasidagi tadbirlarda ishtirok etmoqda.
Xususan, vazir o‘rinbosari «Klimat bo‘yicha ko‘p darajali va ko‘p sektorli harakatlarning yuqori darajadagi ochilishi» hamda «Yuqori darajadagi davra suhbati: Shaharlarda transport va infratuzilma» kabi muhim sessiyalarda chiqish qildi.
D.Adilov iqlimiy choralarni boshqaruvning barcha daraja va iqtisodiyotning har bir sektorlariga integratsiya qilish ahamiyati xususida to‘xtaldi. Shuningdek, mamlakatimizda ekologik barqaror shahar muhitini yaratish uchun qo‘llanilayotgan kompleks yondashuvlar bo‘yicha ma’lumot berildi.
Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, mamlakatda quvvati 3 000 MVt bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushirildi. Shu bilan birga suv ta’minoti obyektlarida 2 MVt quvvatga ega panellar o‘rnatildi. So‘nggi yillarda 82 isitish qozonlari yangilandi, bu esa samaradorligi yuqori bo‘lgan ekologik “yopiq” isitish tizimlariga tizimli ravishda o‘tishni ta’minlab kelmoqda.
- O‘zbekistonda yashil infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha strategik vazifalarga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, har bir yangi qurilish obyektining hududidan kamida 30 foizi yashil hududlarga ajratish talabi joriy etildi, bu esa minglab gektarlarni ekologik toza hududlarga aylantirish va shaharlarning atrofida yashil halqalar yaratish imkonini beradi,- dedi vazir o‘rinbosari.
📌 Shaharlarda transport va infratuzilma masalalariga bag‘ishlangan sessiyada “Yangi Toshkent” loyihasi haqida ma’lumot berdi. Ta’kidlanganidek, loyiha doirasida hududning 50 foizi yashil hududlarga ajratiladi. Shuningdek, innovatsion tizimlar, xususan, chiqindilarni pnevmatik yig‘ish va ularni qayta ishlash joriy etiladi.
Tadbirlar davomida vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi shaharlarni barqaror rivojlantirish va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. U xalqaro hamkorlar bilan tajriba almashish va iqlim harakatlari bo‘yicha tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish uchun hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
- O‘zbekistonning COP29 tadbirlaridagi ishtiroki barqaror urbanizatsiya va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish uchun muhim qadam bo‘ldi, - deya o'z fikrini yakunladi vazir o‘rinbosari.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹qurilishvauy-joykommunalxojali?si=cNUgS8BKan3eu-y1">Youtube|