⚡️ ХУШХАБАР
“Муштум” журналининг янги сони (6-сон) нашрдан чиқди.
⭕️ Каналга обуна бўлинг👇👇👇
/channel/mushtumjurnali
Нусрат Раҳмат: Зарпечак (ҳикоя)
Бугун ёзувчи, журналист ва публицист Нусрат Раҳмат таваллуд топган кун.
——-
Nusrat Rahmat: Zarpechak (hikoya)
Bugun yozuvchi, jurnalist va publitsist Nusrat Rahmat tavallud topgan kun.
Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/xwnm
Каналга қўшилинг: 👇
Telegram | Facebook | Youtube
#Premyera
📔Mirkarim Osim,
«Zulmat ichra nur»
Yozuvchining Navoiy haqidagi teran talqinlari, chuqur mushohadalari, nozik kuzatishlari aks etgan asar
Nashriyot: Yoshlar matbuoti
Narxi: 20 000
Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050
📚 @bookuzbekistan
Yangi kitob
ADABIYOTIMIZNING IZZATLI OTAXONI
Akademik Izzat Sulton o‘zbek adabiyotshunosligining atoqli namoyаndasi, milliy dramaturgiya rivojiga katta hissa qo‘shgan ijodkor, o‘zbek filologiya fanining tashkilotchilaridan biri edi.
Zuhriddin Isomiddinovning olim haqidagi ayrim xotiralar jamlangan ushbu kitobida domlaning kundalik hayotdagi lutf-hangomalari, u kishi haqidagi hamkasblarining fikrlari keltirilgan.
Nashriyot: "Muharrir nashriyoti"
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
⚡️“Jadid“ gazetasi haftalik “Yutuqli mutolaa” tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda gazetaning yangi sonini to‘liq mutolaa qilgan barcha yoshdagi gazetxonlar ishtirok etishlari mumkin.
📣 Ishtirok etishni istaganlar telegram orqali @Jadidmedia_testbot manzilida ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Gazetaning yangi soni maqolalaridan tuzilgan 10 ta test savoli haftaning har juma kuni soat 21:00 da botga joylanadi. 10 daqiqa davomida eng ko‘p va eng tez javob bergan 4 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi. Shuningdek, 4 nafar “Eng ko‘p referal egasi” (maxsus postni ulashgan ishtirokchi) ham taqdirlanadi.
🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagicha mukofotlanadi:
· 1-o‘rin: 300 000 (uch yuz ming) so‘m;
· 2-o‘rin: 200 000 (ikki yuz ming) so‘m;
· 3-o‘rin (2 nafar): 100 000 (bir yuz ming) so‘mdan.
🔴 Uch nafar “Eng ko‘p referal egasi” 100 000 (yuz ming) so‘mdan rag‘batlantiriladi.
💵 G‘oliblarga pul mukofoti haftaning har shanba kuni to‘lab boriladi.
#Фотоархив
🖼 Абдулла Қаҳҳор ва ёшлар.
📍1960-йилларда олинган фотосурат.
❓ 1960-йилларда адабиёт оламига кириб келиб, сўнг забардаст ижодкорга айланган шоир ва ёзувчилардан кимларни танидингиз?
/channel/gglit_uz
#mutolaa_qiluvchilar
Sobir O‘nar “Tanlangan asari”
Nashriyot: “Sahhof”
Sahifasi: 592 bet
Narxi: 75 000
Tel: 94 659-94-62; 99 898-97-43
#Premyera 🔥
Yosh kitobxon ruknida
Nazar Eshonqulning «Momoqo’shiq» hikoyalar toʻplami
Modernist yozuvchi Nazar Eshonqulning Tersota qishlog'i odamlari haqidagi hikoyalari an'anaviy uslubni esga solishiga qaramay dunyoni faylasuf-ekzistensialist nigohi bilan kashf etish ruhini saqlab qolgan. Bu ruh soddadil qishloq odamlarining ichki dunyosini tasvirlash, ularning orzu-umidlari, oʻy-fikrlari, armonlari, dard va kechinmalarini tushuntirish, yetkazishni o'z oldiga maqsad qilib oladi hamda uddasidan chiqadi. «Momoqoʻshiq», «Qultoy»,«Farishta», «Shamolni tutib bo'lmaydi» hikoyalarida nomus, odamgarchilik, sadoqat, sevgi qadriyatlari o'zining qadimiy va barhayot ranglari bilan o'quvchi qalbiga kirib boradi.
Nashriyot: "Yoshlar matbuoti"
Narxi: 18 000 so’m
Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050
📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
ADIBLAR VA KITOBLAR
Gerbert Uells fantast-yozuvchilar orasida ilmiy taxminlari eng ko‘p amalga oshgan muallif hisoblanadi. U o‘z asarlarida atomning parchalanishi, urushlarda zaharli gazlarni qo‘llash, yadro bombasi, lazer quroli va durbinli miltiqlar haqida hali ular o‘ylab topilmasdan burun yozib tasvirlab bergan.
***
Ikki buyuk rus shoirlari: Yevgeniy Yevtushenko va Iosif Brodskiy bir umr kelisholmay yashab o‘tdilar. Buning boisi: kunlardan bir kun Brodskiy KGB (davlat xavfsizligi xizmati) idorasiga chaqirilganida, u yerda taqiqlangan kitoblarni ko‘tarib yurgan Yevtushenkoni uchratib qoladi. Bu esa Iosif Brodskiy ko‘nglida "Yevtushenko maxsus xizmatlar bilan hamkorlik qilar ekan-da", degan shubhani paydo qiladi. Ushbu gumon ular orasidagi jarlikni yildan yilga chuqirlashtirib boraveradi.
***
Ijodkorlarning kamxarjligi haqida ko‘p va xo‘b yozilgan. Bir kuni mashhur adib Fransua Rable Liondan Parijga borish uchun yo‘lkira topolmaydi. Shunda u uchta paketga shakar solib, biriga "Qirol uchun zahar", ikkinchisiga "Qirolicha uchun zahar", va uchinchisiga "Shahzoda uchun zahar" deb yozib, paketlarni ko‘rinarli joyga qo‘yib qo‘yadi. Mehmonxona xo‘jayini bundan xabar topib, darhol hukumat mahkamasiga bildiradi. Rableni mehmonxonada hibsga olib, Parijga olib ketadilar. U yerda Rable do‘sti -- Fransiya qiroli Fransisko I bilan shakardan shirin choy damlab bir-birlarini siylashadi. Rable qirol do‘stiga o‘ylab topgan hiylasi haqida aytib, ikkovlari chaqchaqlashib choyxo‘rlik qiladilar.
***
Aleksandr Dyumaning "Uch mushketyor"i shunchaki sarguzasht roman bo‘lmay, do‘stlik va sadoqat sha'niga bitilgan chinakam madhiyadir. Voqealar markazidagi jasoratli do‘stlar: Atos, Partos va Aramisning qahramonliklari qirol Lyudovik XIII saroyida ro‘y bergan voqealar fonida kitobxonni birinchi sahifalarodanoq o‘ziga mahliyo etib qo‘yadi.
***
Jeyn Ostinning "G‘urur va aqida" asari murakkab insoniy tuyg‘ular tasviri bilan ifodalangan bo‘lib, istehzoli kuzatuvlar nozik yumor bilan yo‘g‘rilgan.
Bosh qahramon Elizabet Bennetning mister Darsi bilan munosabatlari shunchaki romantik manzaralar emas, balki jamiyatning chuqur ijtimoiy muammolari tadqiqoti hamdir.
***
Hajviy asarlar ustasi Arkadiy Averchenko Birinchi jahon urushi yillarida bir hikoya yozib nashriyotga topshiradi. Adabiy nazoratchilar hikoyadagi faqat bitta satrga, ya'ni "osmon ko‘m-ko‘k edi", degan jumlaga e'tiroz bildiradilar. Bu gap dushmanga voqealar janub tomonda ro‘y berayotgani va rus askarlarining manzili haqidagi ma'lumotni fosh etib qo‘yishi mumkin ekan. Ko‘rinib turibdiki, adabiy senzorlar azaldan o‘ta ziyrak bo‘lishgan.
***
Маshhur yozuvchi Konstantin Simonovning tili biroz chuchuk edi. Buning sababi: u bolaligida ustara bilan o‘ynab, bexosdan tiliga tekkizib olgan bo‘lib, "r" tovushini burro aytolmasdi. Shu bois bo‘lsa kerak, u 1934-yilda asl ismi -- Krillni "Konstantin" taxallusi bilan almashtirgan edi.
***
Yozuvchi Aleksandr Kuprin o‘zining hid bilish qobiliyati bilan hammani qoyil qoldirgan va haqli ravishda "Rossiyaning eng sezgir burni" degan hazilomuz unvonga sazovor bo‘lgandi.
"Yosh juvonlardan xom sut va tarvuz hidi, kampirlardan esa аchchiq erman o‘tining bo‘yi keladi", deb yozadi adib hikoyalaridan birida.
Uning zamondoshlari: "Agar Kuprin yozuvchi bo‘lmaganida, atir-upa fabrikasida hid sinovchi vazifasida ishlagan bo‘lardi", deb yozishgan.
***
Vladimir Mayakovskiy bizga juda jur'at-jasoratli shoir sifatida ko‘rinsa-da, unda ham qo‘rquv tuyg‘usi bo‘lgan. Shoir mikroblardan o‘lgudek qo‘rqqan va cho‘ntagiga doim atirsovun solib yurgan. Bunga sabab: otasi 49 yoshida qo‘liga igna sanchib olib, jarohat gazak oladi va katta yaraga aylanib, oxir-oqibat yara tuzalmay vafot etadi. Shu bois Mayakovskiy har gal qo‘lini sovunlab yuvib, o‘zicha, mikroblardan saqlanar edi.
***
"Ismigul" ("Имя розы") romanining mualifi Umberto Eko nafaqat noyob keng badiiy xayolotga, balki, juda boy kutubxonaga ham ega edi. Uning shaxsiy kitob kolleksiyasida o‘ttiz mingdan ziyod har xil kitoblar mavjud bo‘lgan.
To‘plab taqdim etuvchi:
Xudoyberdi KOMILOV.
Собир Ўнар туғилиб катта бўлган Қувкалла қишлоғи манзаралари жуда гўзал. 2024 йил 7 июн.
Читать полностью…Қувкаллада адабиёт байрами
Қўшработ туманининг ўзига хос табиати, шунга мос танти одамлари билан маълуму машҳур бўлган Қувкалла қишлоғидан чиққан жайдари, самимийлиги билан барчани бирдек ўзига жалб қила олган ва энг муҳими, тўғрисўзлиги, қатъияти билан яқинлар, дўстлари қалбида мангу муҳрланган Собир Ўнар хотирасига бағишланган адабий кеча ўтказилди.
👉davomi...
Filologiya fanlari doktori, professor No‘mon Rahimjonov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi “O‘zbekiston” radiokanalida efirga uzatildi.
Muharrirlar - Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
#suhbat
Qalb olami rostgo‘ylikni yoqtiradi
– Shoyim aka, sheva so‘zlardan foydalanish asar jozibadorligini oshiradi, deyishadi. Badiiy asarda tildagi yo‘qsillikni sheva so‘zlar orqali “joy-joyiga” qo‘yishga qanday qaraysiz?
– Til sofligi uchun kurash ijodga ruh, g‘oyalarga yuksaklik baxsh etishi haqida avvallari ham aytganman. Abdurauf Fitratning qayd etishicha, “Eronda arabcha hokim bo‘lgan bir zamonda yozilgan “Shohnoma”da arabcha so‘zlar yo‘q darajada ozdir. Firdavsiy bu ikki tilakni (birinchi tilak, Eron usulini arabdan sovutib, eronli tuyg‘usini bermak; ikkinchi tilak, arab tilini Erondan surib chiqarmak) bilib, onglab ishga kirishganini bildirmakchi bo‘lib yozadurkim:
Base ranj burdam soli si,
Ajam zinda kardam ba dini forsi,
👉davomi...
@yoshlikjurnali
#mutolaa_qiluvchilar
Sobir O‘nar “Tanlangan asari”
Nashriyot: “Sahhof”
Sahifasi: 592 bet
Narxi: 75 000
Tel: 94 659-94-62; 99 898-97-43
#тест_натижалари
🏆Синов тариқасида ўтказилган «Ютуқли мутолаа» танловининг натижалари:
1-ўрин: Дўстбек Сулаймонов;
2-ўрин: Моҳирахон Авазбекова;
3-ўринлар: Қувондиқова Барчиной ва Ҳатамова Чарос.
Шунингдек, ҳафта давомида энг кўп реферал тўплаган иштирокчилар:
🟣Достонбек Шарипов,
🟣Дўстбек Сулаймонов,
🟣Фариз Рўзиқулов.
🔴Кейинги ҳафтадан бошлаб танлов ғолиблари шу тариқа аниқланиб, мукофотлаб борилади.
➡️@Jadidmedia_rasmiy⬅️
“BEDORLIK”
Atoqli adib Nosir Fozilov hayoti va ijodi haqida eshittirish.
Muallif: Abdulla Ayizov
Muharrir: Bahriddin Mahmadaliyev
Yangi kitob
ERTAKCHI SICHQON
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Muhabbat Yo‘ldoshevaning ushbu kitobidagi ertaklar insonlar va tabiatdagi turli jonzotlarning doimo ahil-inoq va o‘zaro uyg‘unlikda yashashlari lozimligini uqtiradi. Bilimlarni charxlovchi ertaklar bolajonlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi, deb umid qilamiz.
Muharrir: Muhabbat Yo‘ldosheva
Dizayner: Gulnoza Tojiboyeva
Nashriyot: "Best-book"
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#ziyoli_minbari
Профессор Қозоқбой ЙЎЛДОШЕВ:
"Адабиёт ҳеч қачон ўлмайди... Аммо... "
/channel/qashqadaryo_adabiyoti
🔹🔹🔹
#Туғилган_кун
Бугун "Шарқ юлдузи" журнали муҳаррири, серқирра ижодкор Байрам Али туғилган кун.
Байрам АЛИ – 1991 йил, 23-июнда Қашқадарё вилоятининг Қамаши туманида туғилган. Алишер Навоий номидаги Тошкент давлат университетининг ўзбек тили ва адабиёти факультетини тамомлаган.
"Шарқ юлдузи" ва "Звезда востока" бирлашган таҳририяти ижодий жамоаси ижодкорни ушбу сана муносабати билан самимий қутлайди.
Аччиқ бодом ошини ичганмисиз? Ғилминди еганмисиз? Бундай овқатлар қайси ҳудудларда тайёрланади?
Собир Ўнар хотира тадбирида келган меҳмонларни мезбонлар шундай таомлар билан қарши олди.
#МУНДАРИЖА
✨«Шарқ юлдузи» журналининг 2024 йил, 3-сони нашрдан чиқди. Журнал мундарижаси билан танишинг.✨
(Тез орада янги сон мавзуларидан намуналар жойлаб борамиз)
Бизни кузатиб боринг:
Telegram| Facebook | web-sayt
19 апрель - Устоз шоир Шуҳрат (1918-1993) таваллуд топган кун Шуҳрат тавваллуд топган кунга бағишланган “Бугун” дастури (12.04.2022). Дастурда Ўзбекистон халқ шоири Усмон Азим иштирок этган
Хуршид Даврон хотираси мана бу саҳифада: https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/said-ahmad-bosgan-izim-aytgan-sozim-qoladi.html