nasr_uz | Unsorted

Telegram-канал nasr_uz - NASR.UZ | nasriy telegram kanal

-

Насрий асарлар адабий канали! Бу каналда ёш ўзбек ижодкорлари ва забардаст ёзувчиларимизнинг ижодий асарлари ҳамда бошқа қизиқарли маълумотлардан баҳраманд бўлишингиз мумкин. Каналга обуна бўлинг, асарларни ўқинг! Мурожаат учун: @Nasrimbot

Subscribe to a channel

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

https://uza.uz/oz/posts/normurod-norqobilov-tabiatning-kamtar-kuychisi_660236

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

#интевью

Ёзувчи бўлишни мақсад қилган одам аввало адабиёт нима деган тушунчани англаб олиши керак. Адабиёт нима, ёзиладиган асар қандай бўлиши керак, деган саволларга жавоб топиш учун кўп китоб ўқиш зарур. Мутолаа адабиёт ҳақида тасаввурни мустаҳкамлашнинг энг тўғри йўли. Ёшларга журъатли бўлишни тавсия қиламан. Чунки “нега бундай ёздинг?” дейишга ҳеч кимнинг ҳаққи йўқ. Ҳар ким ўзининг имкони даражасида ёзади. Аслида ҳар қандай ёзувчи ёмон асар ёзай демайди. Шунинг учун ёшлар ҳеч иккиланмай бутун ғайратни, қувватни жамлаб ижод қилиши зарур. Албатта, бошланишида кўнгилдагидек чиқмаслиги мумкин. Лекин ёзиш тажрибаси шаклланган сари ҳаммаси ўз ўрнига тушади. Ижодкорга биров ёзишни ўргатмайди, қандай ёзишни унинг ўзи ҳал қилади. Муҳими, фикрлашдан тўхтамаслик зарур. Фикрламаслик — ҳақиқий фожеа. Фикр бор жойда тараққиёт ва албатта, адабиёт бўлади.

Дўстбек Сулаймоновнинг ёзувчи Шодиқул Ҳамро билан қилган.. интевьюсидан

Батафсил👇👇👇
ijod/YKxmH_o96Im" rel="nofollow">https://teletype.in/@ijod/YKxmH_o96Im

@shodiqul_hamro_ijodi

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

Yangi kitob

TARJIMA VA TIL

Ushbu to‘plamdan tarjimashunos olim Zuhriddin Isomiddinovning turli yillarda chop etilgan va yangi, hali bosilmagan maqolalari joy olgan. Ularda O‘zbekistonda tarjimon mutaxassislarni tayyorlash, adabiy aloqalar, badiiy tarjimaga oid masalalar, ustozlar haqidagi xotiralar, shuningdek, til va adabiyot bilan bog‘liq boshqa dolzarb muammolar xususida so‘z boradi.
To‘plam badiiy tarjima va ona tilimiz masalalariga qiziqqan kishilar uchun mo‘ljallangan.

Nashriyot: “Adabiyot”

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

#Yangi_nashr

БОБУРШОҲ ВА НАПОЛЕОН
(Тарихий-қиёсий эссе)

© Рустамжон Умматов
© «Янги аср авлоди», 2024

Тонг қоласиз: барча инсон бир хилда, волидаларнинг буюк азоби – тўлғоқ билан туғилади. Бу – ҳақ, даҳолар таваллуди ҳам шундай, лекин улар туғилмайдилар, даҳолар дунёга келадилар. Нега? Негаки, уларга ўз замонлари, ўз маконлари торлик қилади, даҳолар ҳатто дунёга сиғмайдилар...

P.S. Қаттиқ муқова, 464 бет.

@Maktub_Gazeta

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

Сиз адабиётдаги янгиликни яхши кўрасиз, янги бадиий асарларни тарқиб қиласиз. Ўзингиз ҳам ёзган қиссаларингиз ва ҳикояларингизда янгиликка интиласиз. Яқинда “Муаззам” номли қиссалар ва ҳикоялар тўпламингиз нашрдан чиқди. Ўз услубингизга содиқ қолгансиз. Миф ва фантастика асарингизга бошқача жило бериб туради. Бадиий насрга янгича услуб билан миллий руҳ, миллий манзара, миллий фикр олиб кирасиз. Бадиий асар тили деган тушунчани кўпчилик ёзувчилар унчалик тушунмайди ҳам, ҳатто билмайди ҳам.

Сиз шеъриятни яхши кўрасиз. Бу ёзганларингиздан билиниб туради. Ташбеҳлар, тимсоллар, метафоралар насрда ҳам назмдагидек қўлланиши шарт. Бадиий сўзнинг ушбу азалий қонунига сиз садоқат билан амал қиласиз.


Рустам Мусурмоннинг "Бу нақадар фусункор олам" Таниқли адиб Шодиқул Ҳамрога ёзган хатидан парча

Батафсил👇👇👇👇
ijod/BtQknK7WKul" rel="nofollow">https://teletype.in/@ijod/BtQknK7WKul

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

Taniqli adib Shodiqul Hamro 60 yoshda

  Shodiqul Hamro 1964-yili Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. 1989-yilda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. Dastlab “Yoshlik” jurnalida muharrir, bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida кeyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezident devonida konsultant, “Inson va qonun” gazetasi bosh muharriri sifatida ishlagan.  Ayni damda Oliy sud muassisligidagi birlashgan tahririyat bosh muharriri lavozimida faoliyat olib bormoqda.
     Adibning “Suratdagi ayol”, “Karvon qo‘ng‘irog‘i”, “Millat xotirasi”, “Qaqnus qanotidagi umr”, “Muazzam” nomli nasriy asarlar to‘plamlari, “Qora kun”, “Ko‘k ko‘l”, “Qaqnus qanotidagi umr” (“Ismsiz”), “Muazzam” nomli qissalari, “Suratdagi ayol”, “Alvon mato ostidagi hayot”, “Hovlidagi daraxt”, “Unutilgan azon pardasi”, “Qushxonadagi voqea”, “Ajrim”, “Tushimdagi olovxon”, “Uyiga qaytayotgan odam”, “Muhabbat maktublari” kabi hikoyalarichop etilgan.
   Bir qator hikoyalari asosida telenovellar tayyorlangan. Shuningdek, ko‘pgina asarlari audio kitob qilingan. Shodiqul Hamroning hikoyalari umumtaʼlim maktablari darsligiga kiritilgan. Norboy Xudoyberganov, Ahmad Otaboy, Nazar Eshonqul, Salim Ashur, Uzoq Jo‘raqulov va boshqa taniqli adabiyotshunos olimlar, yozuvchi va shoirlar uning qissa va hikoyalari haqida ilmiy va adabiy-tanqidiy maqolalar eʼlon qilib, betakror isteʼdodini munosib baholagan.
     U XX asr adabiyotining Xorxe Luis Borxes, Yasunari Kavabata, Fridrix Dyurrenmatt  kabi buyuk namoyandalari va jahon nasrining yana boshqa ko‘plab mumtoz adiblari  hikoyalarini yuksak badiiy mahorat bilan o‘zbek tiliga o‘girgan.  
    Shodiqul Hamroning ijodi va faoliyati hukumatimiz tomonidan munosib baholanib, “Jasorat” medali, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.
   O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining ko‘p sonli aʼzolari  adibni qutlug‘ 60 yoshi bilan samimiy muborakbod etadi. Uzoq umr, sihat-salomatlik va ijodiy muvaffaqiyatlar tilaydi.

 O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

Yangi kitob

ALISHER IBODINOV


Tanlangan asarlar

   O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli yozuvchi Alisher Ibodinov adabiyotga ilk bor o‘zining erk va ozodlik uchun kurash mavzusidagi "Quyosh ham olov" nomli hikoyasi (1979-yil) bilan kirib kelgan edi. U keyinchalik ham ushbu yo‘nalishdagi izlanishlarini davom ettirib, ko‘plab badiiy, hujjatli asarlar yaratdi. Erksevar xalqimiz hurmat-eʼtiborini qozondi.
   Azizlar, mana, yarim asrdan buyon adabiyotning turli janrlarida ijod qilib kelayotgan sevimli adibimizning ijodiy bisotidan saralab tartib berilgan yangi kitob nashr qilindi. Ishonamizki, undagi bitiklar sizga maroqli mutolaa onlarini taqdim etib, ko‘ngil mulkingizdan chuqur joy oladi.
   Kitob O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida chop etildi.

Tahrir hayʼati: Sirojiddin Sayyid (hayʼat raisi), Ibrohim G‘afurov, Ahmadjon Meliboyev, Minhojiddin Mirzo, G‘ayrat Majid, Kengesboy Karimov, Erkin Aʼzam, Usmon Azim, Nurboy Jabborov, Shuhrat Rizayev
Masʼul muharrir: Orziqul Ergash
Nashriyot: “Adabiyot”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

#Fikr

Yozuvchi hamisha xalq tarafida turishi lozim. Xalqqa suyanishi lozim. Xalq dilidan kelib chiqmog‘i lozim. Boisi, xalq mangu yashaydi! Xalq o‘zgarmaydi. Siyosat esa o‘zgarib turadi. Almashib turadi, zamonga qarab, vaqtga qarab...

Tog‘ay MUROD

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

#Янги_китоб
#Янги_ижодкор

Vodiy TV мухбирларидан Бувайда тумани Маданият марказида бўлиб ўтган "Энага" китоби тақдимоти ҳақида лавҳа🎞

👉Buvayda.info

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

Yangi kitob

MUAZZAM

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shodiqul Hamroning “Muazzam” nomli qissa va hikoyalardan iborat to‘plamida: “Muazzam”, “Qaqnus qanotidagi umr”, “Qora kun”, “Ko‘k kol” qissalari hamda “Alvon mato ostidagi hayot”, “Kushxonadagi voqea”, “Unutilgan azon pardasi”, “Qaytayotgan odam”, “Tushimdagi Olovxon”, “Suratdagi ayol”, “Hovlidagi daraxt” nomli hikoyalari joy olgan.
Yozuvchining mistik ruhda yozilgan qissa va hikoyalarida voqealar rivojining kutilmagan o‘zgarishlarga uchrashi, insonning ichki kechinma va tuyg‘ularini nozik pardalarda ochib berishi hamda shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlariga to‘xtalishi alohidalik kasb etadi.

Muharrir: Bunyod Pattayev
Nashriyot: “Ochun”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

Yangi kitob

SAYLANMA

Taniqli hajvchi adib, publitsist, dramaturg va tarjimon Habib Siddiqning mazkur Saylanma kitobidan turli yillarda yozilgan qissalari, hikoya, hajviya va hangomalari, ko‘ngildagi gaplari, suhbatlari, publitsistik maqola va tarjimalaridan namunalar o‘rin olgan.
Undagi asarlar mazmunan rang-barangligi, hayotiyligi, shirali tili, hazil-mutoyibaga yo‘g‘rilganligi, kutilmagan yechimlari, tagdor iboralaru ilmoqli gaplarga boyligi, salmoqdor ijtimoiy yuki va falsafiy xulosalari bilan o‘quvchi e‘tiborini tortadi.

Homiy: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid
Mas‘ul muharrir: Mansur Jumayev
Nashriyot: “Adabiyot”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

https://www.facebook.com/groups/mohiyatuz/permalink/2082054598858245/?mibextid=rS40aB7S9Ucbxw6v

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

Бугун ўзбек адабиётининг йирик намояндаси, Ўзбекистон халқ ёзувчиси Эркин Аъзам таваллуд топган кун! Севимли адибимизга Бойсун чиноридек узоқ умр, сиҳат- саломатлик тилаймиз!

Бизни кузатиб боринг:
TelegramFacebook | web-sayt

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

📀 YOZNING YOLGʻIZ YODGORI (qissa).
Xayriddin Sulton.

🎙 Oʻqidi:
Temurmalik Yunusov.

🎬 8-qism.


@Audio_kitob_javoni

barcha kitoblarimiz | telegram | Youtube

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

📀 YOZNING YOLGʻIZ YODGORI (qissa).
Xayriddin Sulton.

🎙 Oʻqidi:
Temurmalik Yunusov.

🎬 6-qism.


@Audio_kitob_javoni

barcha kitoblarimiz | telegram | Youtube

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

Taklifnoma

22-noyabr kuni soat 15:00da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining katta majlislar zalida Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, uyushma aʼzosi Normurod Norqobilovning “Yuzma-yuz”deb nomlangan adabiy-badiiy kecha hamda "Qoyalar ham yig‘laydi”, “Tog‘dagi yolg‘iz odam”, “Ajal chorlagan kun”, “Dasht-u dalalarda” nomli qissa va romanlari taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbirga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

Шукур ака ҳақида ўйлаганимда, нафақат адабиётимизда ўзига хос мактаб яратган ёзувчи, балки ижодга меҳру садоқати бениҳоя баланд, мард ва танти, бир сўзли инсоннинг қиёфаси кўз ўнгимда гавдаланади.


"Шукур акани эслаб" Шодиқул Ҳамро Ўзбекистон халқ ёзувчиси Шукур Холмирзаев ҳақида...

Батафсил👇👇👇👇
ijod/We2Tx7ai4wK" rel="nofollow">https://teletype.in/@ijod/We2Tx7ai4wK

@shodiqul_hamro_ijodi

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

#iqtibos_vaqti


Hayot bu — bir suvday, uni bekorga oqizib bo‘lmaydi

• Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" asaridan

Telegram | Instagram | Facebook | Ilova

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

#mutolaa

“Yoshlik” jurnali o‘qirmanlari uchun jurnalning 1982-yil 3-sonini havola etmoqdamiz!

Jurnalni onlayn o‘qish!

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

/channel/shodiqul_hamro_ijodi

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

Адабиёт бўйича 2024 йилги Нобель мукофоти жанубий кореялик ёзувчи Хан Гангга “тарихий жароҳатларга қарши турадиган ва инсон ҳаётининг нозиклигини очиб берувчи шиддатли шеърий насри учун” берилди.

——-

Adabiyot boʻyicha 2024-yilgi Nobel mukofoti janubiy koreyalik yozuvchi Xan Gangga “tarixiy jarohatlarga qarshi turadigan va inson hayotining nozikligini ochib beruvchi shiddatli sheʼriy nasri uchun” berildi.

✅@
Zarnews_uz

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

Газета.uz”да Миролим Исажонов “Кутубхона” деган бир лойиҳа қиляпти. Июнда Ўзбекистон халқ шоири Хуршид Давроннинг уйидаги кутубхона ҳақида ҳикоя тайёрлашганди. Бу бугун лойиҳанинг 2-сони чиқди, адабиётшунос олим, профессор Қозоқбой Йўлдошевнинг уйидан. Видеони таҳрирлаш жараёнида бир неча марталар эшитдим, домланинг ҳамма фикрига қўшилмасам-да, лекин ҳар сафар мазза қилдим. Кутубхоналарига ҳам ҳавасим келди жуда. Сизга ҳам тавсия қиламан — ҳар иккала репортажни кўринг.

Хуршид Давроннинг кутубхонаси: https://youtu.be/HWB0Wv1YHCw

Қозоқбой Йўлдошевнинг кутубхонаси: https://youtu.be/r5ekv27CyFg

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

Мутолаа: Набира (ҳикоя)
 
Шоҳида дарвоза тепасига ўрнатилган қўнғироқ тугмасига қўл узатди. Бироқ, ичкаридаги гап-сўзлар қулоғига чалиниб дарҳол қўлини тортиб олди. Тирқишдан ҳовли томонга мўралади.

———-

Mutolaa: Nabira (hikoya)
 
Shohida darvoza tepasiga oʻrnatilgan qoʻngʻiroq tugmasiga qoʻl uzatdi. Biroq, ichkaridagi gap-soʻzlar qulogʻiga chalinib darhol qoʻlini tortib oldi. Tirqishdan hovli tomonga moʻraladi.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/auhh

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Samarqand_Zarafshon">Youtube

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

#Diqqat!

Yaxshi asarlarni o‘qishdan charchamang!
Jurnalimizni targ‘ib qilib, tekin mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo‘ling!


Kanalimizga:
– 30 ta odam qo֪‘shganga – 2024-yil 3 oylik obuna;
– 40 ta odam qo‘shganga jurnalimiz eski sonlaridan 5 tadan tanlab olasiz;
– 50 ta odam qo֪‘shganga – 2024-yil 6 oylik obuna;
– 100 ta odam qo֪‘shganga – 2024-yil bir yillik obuna;

Siz kanalning taklif havolasini tarqatasiz, va qo‘shilgan odam sizning nomingizdan sekretshot qilib quyidagi havolaga jo‘natadi: @Narzullayevich04

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

Бу китобни ўқинг!

ҚАЗОИ ҚАДАР

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси Аббос Саиднинг “Қазои қадар” романи ўзбек халқининг 100 йилга яқин ҳаётини ҳикоя қилувчи 5 китобдан иборат асар. Унда шўро тузумининг жабрини тортган халқимизнинг асл фанзандлари, зиёлилармизнинг ҳам ҳаёти кенг кўламда ёритилган. Романда оддий ўзбек халқининг яқин ўтмишдаги аянчли аҳволи ҳаққоний ёритилиш билан бирга бозор иқтисодига ўтиш давридаги мураккабликлар ҳамда маиший ва ижтимоий ҳаётдаги айрим иллатлар, маънавий оламдаги ўзгаришлар ўз ифодасини топган.
Ёзувчининг аввалги “Беш кунлик дунё”, “Кўчада қолган одам”, “Райҳон иси тутган ҳовли”, “Қария” ва “Хончорбоғликлар” китобларидаги кўплаб қаҳрамонларнинг ҳаёти ўзига хос ҳиссий экспрессив бўёқларда ҳамда ретроспектив шаклда кенг қамровли ушбу романда ҳам очиб берилган.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

#hikoya

Hovur


...Yangi, do‘mpaygan qabr paydo bo‘ldi. Qabrning ustlari o‘xshatib chimlandi. Imom janozani o‘qidi. U odatdagidan kaltaroq qildi, o‘zi tugatgach, yonboshida cho‘kkalagan cho‘q­qisoqol, g‘undalak cholga “O‘qing!” deganday qaradi. Cho‘qqisoqol g‘udrangan bo‘lib, tilovatni toza ham qisqa qildi. Omin bo‘ldi. Marosim tugadi. Olomon tarqalishga shoshildi. Oqsoqol “Marhum qanday odam edi?” – deya tarqaluv­chilarga azaliy savolni tashladi. Bir lahza tin olindi, ammo gap qotilmadi. Kimdir nimjongina “yaxshi odam edi”, dedi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

10 avgust — Erkin Aʼzam tug‘ilgan kun

ERKIN AʼZAM

10-avgust “Tafakkur” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin Aʼzam tug‘ilgan kun. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi adibni ushbu sana bilan muborakbod etadi.
Erkin Aʼzam 1950-yil 10-avgustda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug‘ilgan.
Yozuvchining dastlabki hikoyalar to‘plami "Chiroqlar o‘chmagan kecha" 1977-yilda bosilib chiqqan. Ijodkorning "Otoyining tug‘ilgan yili", "Olam yam-yashil", “Javob”, "Bayramdan boshqa kunlar", "Pakananing oshiq ko‘ngli", "Kechikayotgan odam", "Jannat o‘zi qaydadir", "Ertak bilan xayrlashuv", “Guli-guli”, “Shovqin” kabi hikoyalar to‘plamlari, qissa va romanlari nashr etilgan. Ko‘plab asarlari rus, tojik, ingliz va boshqa xalqlar tillariga tarjima qilingan.
Erkin Aʼzam “Chantramore”, “Piyoda”, “Pakana”, “Dilxiroj”, “Erkak”, “Zabarjad” kabi qator kinofilmlarning ssenariy muallifi hamdir. Uning "Jannat o‘zi qaydadir", “Shajara”, "Farrosh kampirning tushi", "Xonadon egasi", "Tanho qayiq yoxud devonaning orzusi" kabi pyesalari nashr etilgan. “Shovqin” romani adibning ijodiy o‘sishida yangi bir bosqich bo‘ldi.
Adib qalamiga mansub “Erkak” badiiy filmi 2004-yilda “Kinoshok” xalqaro kinofestivalida "Eng yaxshi ssenariy" nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topilgan. Shuningdek, Vezul (Fransiya) xalqaro kinofestivalida Bosh sovrin (Gran-pri)ga sazovor bo‘lgan. "Suv yoqalab", “Parizod” ssenariylari asosida yaratilgan badiiy filmlar nufuzli Xalqaro kino anjumanlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.
2019-yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Adib va jamiyat” seriyasida “Yozuvchining bog‘i” nomli qissa va hikoyalar to‘plami, keyingi yillarda 4-jildlik “Tanlangan asarlar”i nashr etildi.     Erkin Aʼzam 2013-yilda "Eng ulug‘, eng aziz" tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 1998-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist”, 2016-yilda “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvonlari, 2020-yilda “Fidokorona mehnatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

📀 YOZNING YOLGʻIZ YODGORI (qissa).
Xayriddin Sulton.

🎙 Oʻqidi:
Temurmalik Yunusov.

🎬 SOʻNGGI 9-qism.


@Audio_kitob_javoni

barcha kitoblarimiz | telegram | Youtube

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

📀 YOZNING YOLGʻIZ YODGORI (qissa).
Xayriddin Sulton.

🎙 Oʻqidi:
Temurmalik Yunusov.

🎬 7-qism.


@Audio_kitob_javoni

barcha kitoblarimiz | telegram | Youtube

Читать полностью…

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

📀 YOZNING YOLGʻIZ YODGORI (qissa).
Xayriddin Sulton.

🎙 Oʻqidi:
Temurmalik Yunusov.

🎬 5-qism.


@Audio_kitob_javoni

barcha kitoblarimiz | telegram | Youtube

Читать полностью…
Subscribe to a channel