Mahorat haftaligi yakunlandi
⚡️⚡️Xabaringiz bo‘lganidek, Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamkorligida “Bugungi talaba – ertangi ustoz” mavzusida “master klass” haftaligi o‘tkazildi.
Mazkur haftalik 12-fevraldan Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida boshlanib, maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida davom etdi.
Bugun, 16-fevral sanasida mazkur haftalikning yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Gʻ.Yodgorov, Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼullari, fakultet professor-oʻqituvchilari, maktabgacha va maktab taʼlimi oʻqituvchi pedagoglari hamda fakultet talabalari ishtirok etib, haftalik doirasidagi ishlar sarhisob qilindi.
Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
MINNATDORLIK XATI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidan kelib ta’lim olayotgan talaba S.Oʻrazbayevaning ota-onasi A.Oʻrazbayev va R.Pirnazarovalar Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakulteti dekani A.Norbekov, Yoshlar masalalari boʻyicha dekan oʻrinbosari Gʻ.Yusupov va tyutor G.Kunisovalarning olib borayotgan samarali faoliyati, fidoyiligi, jonkuyarligi, talabalarning har jabhada faol hamda intellektual boʻlib borishlarida qoʻshayotgan munosib hissalari uchun Minnatdorlik xati yo‘llashdi.
Fuqaroning Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirovga yoʻllagan tashakkurnoma xatida shunday deyiladi: “Sizlarga va fidoyi professor-oʻqituvchilarga alohida tashakkurlarimizni yetkazib qoʻyish uchun ushbu maktubni yoʻllamoqdamiz. Siz rahbarlik qilayotgan taʼlim tashkilotida xizmat qilayotgan barcha rahbar va xodimlarga, pedagoglarga hurmatimiz yanada oshdi”.
™️:@NavDPI_Rasmiy
📰“Bekajon plyus” gazetasida Maktabgcha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi Abdurasulova Muxlisani yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Mungli ko‘zlar” asari bo‘yicha yozgan “Qalblarga o‘y soluvchi mungli asar‘ nomli maqolasi chop etildi.
™️:@NavDPI_Rasmiy
🎙"Talaba mikrofoni" loyihasi ishtirokchisi - Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 3-bosqich talabasi Islomova E'zoza
Iqbol Mirzo "Jadidlar" she'ri.
#Tafsilot
Bugungi talaba — ertangi ustoz
⚡️⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamkorligida “Bugungi talaba – ertangi ustoz” mavzusida master klass haftaligi oʻtkazilyapti.
🎞Mazkur haftalikni ochilish marosimidan lavhani “Diyor 24” axborot dasturida tomosha qiling.
Bizni kuzating
™️: @NavDPI_Rasmiy
https://uza.uz/uz/posts/yoshlarimiz-yurtimizning-ertasi-va-kelazhagini-belgilab-beradi_567883
Читать полностью…1-KURS TAYANCH DOKTORANTLAR FAOLIYATI MONITORING QILINDI
⚡️⚡️Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha v.v.b. prorektor T.O‘tapov, bo‘lim mutaxassisi T.Atoqulovlar tomonidan 1- kurs tayanch doktorantlarining faoliyati ko‘rib chiqildi.
Jarayonda doktorantlarning shaxsiy ish reja va nazariy metodologik kurs dasturlari tahlil qilindi.
Monitoringda o‘rganilgan kamchiliklar bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.
📨Ma’lumot uchun, institutda 1-kursda 65 nafar tayanch doktorant (PhD), 1 nafar doktorant (DSc) va 3 nafar stajyor-tadqiqotchi tahsil olmoqda.
📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇
™️:@NavDPI_Rasmiy
#Diqqat
Plastik topib olingan.
Murojaat uchun telefon: +998913383388
™️:@NavDPI_Rasmiy
#Jarayon
IJARADA TURUVCHI TALABALARNING YASHASH SHART-SHAROITLARINI O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
⚡️⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti ijarada istiqomat qiluvchi talabalarining yashash shart-sharoitlari o‘rganilmoqda.
✅Xususan, tyutorlar Navoiy shahrida ijarada yashovchi talabalar bilan uchrashib, ularga xonadonlarda elektr va gaz tarmoqlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tilayapti. Jarayonda mahalla vakillari bilan ham muloqot qilinib, talaba-yoshlar yuzasidan hudud mas’ullarining fikrlari o‘rganilmoqda.
Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
#Navoiy_day #Bobur_day
⚡️⚡️⚡️Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida adabiyotimizning yirik namoyondalari Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab “Ajdodlar merosi - yoshlarga ibrat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
📄Tadbirda Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix hamda San’atshunoslik fakulteti pedagoglari, tyutorlari va talabalar ishtirok etib, ishtirokchilarga Alisher Navoiy va Boburning hayot yo‘li va ijodi haqida batafsil ma’lumotlar berdilar. Arxiv xodimlari tomonidan shoirlarimiz ijodlaridan she’r va g‘azallar, ijodkor talabalarimiz tomonidan mahorat bilan ijro etilgan milliy maqom namunalari kechaga o‘zgacha fayz ulashdi.
📄Tadbir so‘ngida Tarix va San’atshunoslik fakultetlari rahbariyatlariga ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishda doimiy hamkorligi uchun boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomasi taqdim etildi.
📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇
™️:@NavDPI_Rasmiy
Bugungi talaba – ertangi ustoz
🏛Navoiy davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti hamda Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamkorligida “Bugungi talaba – ertangi ustoz” mavzusida master klass haftaligi oʻtkaziladi.
Bugun, 12-fevral sanasida mazkur haftalikning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ochilish marosimida Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Gʻ.Yodgorov, Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼullari, fakultet professor-oʻqituvchilari, maktabgacha va maktab taʼlimi oʻqituvchi pedagoglari hamda fakultet talabalari ishtirok etdi.
Mazkur haftalik 16-fevral kuniga qadar davom etadi.
Bizni kuzating
™️: @NavDPI_Rasmiy
TALABALARNING OTA-ONALARI BILAN YIG’ILISH O‘TKAZILDI
NavDPI faollar zalida O'zbek tili va adabiyoti fakultetining 2-bosqichida ta'lim olayotgan talabalarning ota-onalari bilan navbatdagi kongress bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda talabalarning o‘qish jarayonlarida ishtiroki, kredit –modul tizimining afzalliklari, Hemis dasturidan foydalanish qulayliklari, talabalar davomati va fanlardan o‘zlashtirish holati, talabalar o‘rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar, odob-axloq kodeksiga rioya etish kabi turli masalalarda yig’ilish qatnashchilariga ma’lumotlar berildi.
Majlisda shuningdek, ota-onalar tomonidan bildirilgan takliflar va savollarga javoblar qaytarildi.
Jarayon so'nggida faol talabalarning ota-onalariga tashakkurnoma taqdim etildi.
Bizni kuzating
™️: @NavDPI_Rasmiy
OGOHLIK — DAVR TALABI
“Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish oyligi” doirasida bugun Navoiy davlat pedagogika institutida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir davomida giyohvand moddalar savdosi bilan bog’liq yuzaga kelayotgan holatlar tahlil qilnib, giyohvandlik tushunchasi, ushbu ofatga qarshi kurashish chora-tadbirlari xususida ma’lumotlar berildi. Muloqot jarayonida mas’ullar tadbir ishtirokchilarining bir qator savollariga batafsil javoblar berishdi.
Ushbu jarayonda O’zbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti vakillari ishtirok etdi.
📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇
™️: @NavDPI_Rasmiy
IRKUTSK MILLIY TADQIQOT TEXNIKA UNIVERSITETI VAKILLARI INSTITUTDA BOʻLDILAR
Joriy yilning 15-fevral kuni Rossiya Federatsiyasining Irkutsk milliy tadqiqot texnika universitetining xalqaro faoliyat boʻyicha prorektori Stepan Bikov hamda shu universitetning xalqaro faoliyat direksiyasi rahbari Anna Melentyevalar Navoiy viloyatiga tashrifi chogʻida Navoiy davlat pedagogika institutida boʻldilar.
Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Gʻayrat Yodgorov, Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Feruza Jumayevalar bilan uchrashuvda ikkala OTM oʻrtasida oʻzaro hamkorlik shartnomasi tuzish boʻyicha kelishib olindi. Shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining faoliyati, professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati, talabalar kontingenti haqida ham soʻz yuritildi.
“Irkutsk milliy tadqiqot texnika universiteti bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik olib borish institutimizni rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratadi, deb umid qilamiz”, deydi kafedra mudiri F.Jumayeva.
Bizni kuzating
™️: @NavDPI_Rasmiy
#Jarayon
Sudya va ishchi xodimlar uchrashuvi oʻtkazildi
🏛Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida faoliyat olib borayotgan ishchi xodimlar, Yoshlar masalalari boʻyicha dekan oʻrinbosarlari va tyutorlar bilan Jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy shahar sudi sudyasi M.Kamolov ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda sudya tomonidan Jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy shahar sudining 386-sonli taqdimnomasi oʻqib eshittirildi.
Shuningdek, institut professor-oʻqituvchilari va ishchi xodimlar oʻrtasida sogʻlom maʼnaviy muhitni shakllantirish borasida kerakli tavsiyalar berildi.
Jarayon yakunida ishtirokchilarning fikrlari tinglandi.
Bizni kuzating
™️: @NavDPI_Rasmiy
#OAV_NIGOHIDA
🎞14-fevral — Boburiylar sulolasi asoschisi, shoh va shoir, tarixchi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan NavDPIda o‘tkazilgan “Yaxshilik istar ko‘ngil...” nomli adabiy-badiiy tadbir “Diyor 24” axborot dasturlarida
#Navoiy_MTRK
📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
#MUTOLAA
📰“Do‘stlik bayrog’i” va «Знамя дружбы» gazetalarining 2024-yil 15-fevraldagi 7-soni nashr etildi.
Gazetaning bu galgi sonida ham institut professor-o‘qituchilarining turli mavzularda maqolalari chop etilyapti.
Jumladan,Tibbiyot fakulteti dekan o‘rinbosari Hilola Rahmatovaning “Tibbiyotdagi rejalar”, dotsent Gulsanam Norovaning “Востребованные кадры современной формации”, Matbuot xizmati Kamol Xolovning “Встреча поколенний” sarlavhalarida maqolalalari e’lon qilindi.
📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇
™️:@NavDPI_Rasmiy
📚“Xalqaro kitob hadya qilish kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Kitobxon yoshlar” tanlovida qatnashib, kitoblar to‘plami va ajoyib sovg‘alarni yutib oling!
🔹1-o‘rin (1 nafar) – 6 ta kitob va Smartwatch;
🔹2-o‘rin (2 nafar) – 5 ta kitob va Smartwatch;
🔹3-o‘rin (3 nafar) – 4 ta kitob va Quloqchin;
🔹4-o‘rin (4 nafar) – 3 ta kitob va Airpods;
💠 “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:
🔸1-o‘rin (3 nafar) – 3 ta kitob va Smartwatch;
🔸2-o‘rin (3 nafar) – 3 ta kitob va Quloqchin;
🔸3-o‘rin (3 nafar) – 3 ta kitob va Airpods;
Tanlovda ishtirok etish👇
/channel/kitobtanlovbot?start=1909351620
#Yoshlar_ittifoqi
#Koordinatorlar
🗣 Talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi J.Jumayev hamda Navoiy davlat pedagogika instituti Yoshlar yetakchisi A.Zokirov hamkorligida 1-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar uchun "Gulxan atrofida" madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
™️:@NavDPI_Rasmiy
“Yaxshilik istar ko‘ngil...” nomli adabiy-badiiy tadbir
⚡️⚡️14-fevral buyuk Temuriylar sulolasi davomchisi, Boburiylar sulolasi asoschisi, shoh va shoir, tarixchi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
🔰Ushbu tarixiy sana munosabati bilan NavDPI Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan “Yaxshilik istar ko‘ngil...” nomli adabiy-badiiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbir avvalida birinchi prorektor X.Qurbonov, Navoiy viloyati Jangchi –faxriylar bo‘limi raisi o‘rinbosari A. Karimovlar nutq so‘zlab, Bobur hayoti va ijodi haqida ilmiy mulohazalarini keltirishdi.
Shundan so‘ng Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabalarining Bobur gʻazallari asosidagi musiqiy va kompozitsion chiqishlari, raqslar namoyish etildi, sahna koʻrinishlari, ruboiylar ijro etildi,
Bu kabi maʼnaviy tadbirlar fakultetlar boʻylab davom etmoqda
Bizni kuzating
™️: @NavDPI_Rasmiy
#O‘qishni_ko‘chirish
🏛Navoiy davlat pedagogika institutiga respublikamizda faoliyat olib borayotgan davlat oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishini koʻchirish boʻyicha ariza bergan talabalar natijasi eʼlon qilindi.
💾 Ruxsat etilgan talabalar ro‘yxati (matn ustiga bosing)
❗️Eslatib oʻtamiz, respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishni ko‘chirishga (ichki “perevod”) 2 ta uzrli sababga asosan ruxsat beriladi.
📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling
👉/channel/NavDPI_Rasmiy
#e’lon
⚡️ 1 200 nafar talaba-o‘quvchini xalqaro IELTS sertifikatiga bepul o‘qitish rejalashtirilmoqda
🔰 Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va moliyaviy ragʻbatlantirish maqsadida respublika miqyosida yoshlar uchun “Registon IELTS Granti” tanlovining III mavsumi o‘tkaziladi.
Unda 25 yoshgacha bo‘lgan, barcha davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan talabalar (magistr, bakalavr) hamda texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Talabgorlar 25-fevralga qadar onlayn shaklda maxsus bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
2 bosqichli saralash natijasiga ko‘ra, gʻoliblar “Registon IELTS Granti” g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi.
Bundan tashqari, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.
➡️ Batafsil (matn ustiga bosing)
Ma’lumot o‘rnida, ushbu grant tanlovi xorijiy tillarni puxta o‘rgangan bilimdon talabalarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qishda qo‘shimcha imtiyoz berish xarakteriga ega emas.
👨🏻💻 Ro‘yxatdan o‘tish:
👉 @IELTS_Registan_bot
👉 @IELTS_Registan_bot
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
#o‘qishni_ko‘chirish #natija
⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlarga uzrli sabablarga asosan o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlandi
Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.
💾 OTFIV tizimidagi OTMlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)
Ushbu ro‘yxatdagi OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari so‘raladi.
Ma’lumot o‘rnida, amaldagi tartibga ko‘ra talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
2-3 KURS TAYANCH DOKTORANTLAR FAOLIYATI MONITORING QILINDI
🏛Navoiy davlat pedagogika institutida bugungi kunda 15 ta ixtisoslik bo‘yicha 160 nafar tayach doktorant, 3 nafar doktorant va 3 nafar stajyor-tadqiqotchi tahsil olmoqda.
Bugun Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha v.v.b. prorektor T.O‘tapov, bo‘lim mutaxassisi T.Atoqulovlar tomonidan 2-3 kurs tayanch doktorantlarining faoliyati ko‘rib chiqildi.
Jarayonda doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari va dissertatsiyasini tayyorlash rejasining bajarilish holati, tadqiqotlarning dastlabki natijalari tahlil qilindi.
Monitoringda o‘rganilgan kamchiliklar bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.
📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇
™️: @NavDPI_Rasmiy
#Haftalik #dayjest
Navoiy davlat pedagogika institutida o‘tgan haftada oʻtkazilgan muhim xabar va yangiliklar, tadbirlar xronologiyasi
🔗Prezident topshirigʻi jamoaga yetkazildi;
🔗Yig’ilishda mas’ullar ogohlantirildi;
🔗Alisher Navoiy xalqparvar va mehr-saxovat sohibi;
🔗Koordinatorlar bilan uchrashuv;
🔗Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bagʻishlab o‘tkazilgan adabiy-badiiy tadbir;
🔗Maktab va Oliy ta’lim muassasasi hamkorligi mustahkamlandi;
🔗Akademik litseyda “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi!”;
🔗Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuniga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi;
🔗Korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, unga qarshi kurashish, institutda olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi;
🔗Shahar hokimi talabalarga bergan va’dasini bajardi;
🔗Sog’lom oila — sog’lom jamiyat tayanchi;
🔗Ichki ishlar organlari xodimlari uchun “ma’rifat soati” oʻtkazildi;
🔗MDH Hukumatlari rahbarlari qoshidagi qo‘mita raisining maxsus vakili boshchiligida bir guruh mehmonlar tashrif buyurdi (1, 2, 3)
NAVDPI MATBUOT XIZMATI
📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇
™️: @NavDPI_Rasmiy
#Jarayon
Profilaktik tadbir Jismoniy madaniyat fakultetida davom etdi
⚡️Joriy yilning 10-fevral kuni NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi xodimlari Jismoniy ma'daniyat fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan anonim so‘rovnomalar tahlili muhokama qilindi.
Tadbirda institutning Odob-axloq kodeksi, Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonun hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, unga qarshi kurashish, institutda olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar berildi.
Professor-oʻqituvchilar tomonidan berilgan takliflar qabul qilinib, ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javob qaytarildi.
™️: @NavDPI_Rasmiy