navdpi_rasmiy | Unsorted

Telegram-канал navdpi_rasmiy - NavDPI | Rasmiy kanal

9803

Navoiy davlat pedagogika instituti @NDPI_Rektoriga_murojat_bot 🌐 nspi.uz 📧 info@nspi.uz 📱https://t.me/NDPI_NSPI 📱https://www.instagram.com/ndpi_nspi/ 📱https://www.facebook.com/profile.php?id=61561618590849

Subscribe to a channel

NavDPI | Rasmiy kanal

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini o‘tkazildi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tashabbusi bilan Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

O‘yinda Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Navoiy davlat Konchilik va texnologiyalar universiteti talabalari ishtirok etishdi.

Natijalariga ko‘ra:
🥇-o‘rinni — NavDKTUning “Adashgan talabalar” jamoasi;
🥈va 🥉o‘rinnlarni — NavDPIning “Procrastinators” hamda “Renessans” jamoalari egalladi.

G’olib jamoalar viloyat Kengashining diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇

™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#tanlov
#mirzo_ulugbek_vorislari

⚡️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanloviga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda!


Bugungi kunda tanlovda ishtirok etish uchun iqtidorli yoshlar tomonidan 35 mingdan ortiq arizalar kelib tushdi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar joriy yilning 25-fevral kuniga qadar www.vorislar.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Navoiy davlat pedagogika instituti talabalarining loyihalarini shaklantirish hamda savollar uchun Inkubatsiya va akaseleratsiya markazi menejeri @oybek_abduraimov

Bizni kuzatishda davom eting... 👇

@NavDPI_YI

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Xushxabar

TALABA O‘ZBEK JANG SAN’ATI BO‘YICHA O‘ZBEKISTON CHEMPIONATI SOVRINDORI BO‘LDI

🥋Shu yilning 19-20-fevral kunlari Toshkent shahrida o‘zbek jang san’ati bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Kuchli sportchilar ishtirok etgan musobaqada Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakulteti talabasi Nurshohruh Isroilov 85 kg vaznda toifasida kumush medalini qoʻlga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Nurshohruh 3 karra Osiyo chempioni, 2 karra Jahon kubogida oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritgan. O‘zbekiston sport ustasi va qora belbog’ sohibi hamdir.

📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇

™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Teatr

“Talabalar teatr studiyalari” tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi

🏛Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining “Motivatorlar”, Navoiy innovatsiyalar universitetining “Innovatsiya” va Navoiy davlat pedagogika institutining “Navoiy talabalar teatri” jamoalari ishtirok etdi.

Mazkur tanlovda NavDPI Tohir Malikning “Alvido bolalik” asari asosida sahnalashtirilgan spektakli bilan 1-o‘rinni egallab, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. NavDKTU Xoliq Xursandovning “O‘lding, aziz bo‘lding” asari asosidagi spektakli bilan 2-o‘rinni hamda NavIU O‘tkir Hoshimovning “Urushning so‘nggi qurboni” spektakli bilan 3-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, “Eng yaxshi ayol” va “Eng yaxshi erkak” nominatsiyalarida NavDPI Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Nigora Miyliyeva hamda NavDKTU talabasi Suxrob Qo‘ziyevlar loyiq deb topildi.

Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Navoiy viloyatidagi yoshlar va sardorlar bilan motivatsion uchrashuv o‘tkazildi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bo'limi boshlig'i podpolkovnik F.Sultonov, A.Yangiyev, Q.Hakimov, maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining o'rinbosari S.Uvaytovlar hamda viloyat Kengashi raisi J.Jumayev viloyatdagi yoshlar va sardorlar bilan ushrashdi.

Uchrashuvda NavDPI yoshlar koordinatori
Z.Bekboyev San'atshunoslik fakulteti yoshlar ittifoqi kengashi qoshida tashkil etilgan "Art_Stars" hamda "Creativ_Artists" volontyor talabalar jamoalari ham o'z takliflari bilan faol ishtirok etib,olib borayotgan samarali faoliyatlari e'tirof etildi.

™️: @NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Maktab va OTM o‘rtasida hamkorlik aloqalari olib borilmoqda

⚡️⚡️Karmana tumanidagi 4-umumtaʼlim maktabida “Ilmli ayol — jamiyat koʻzgusi” mavzusida “Kitobxon oila”, “Zakovat” oʻyini hamda NavDPI professor-oʻqituvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

📺Batafsil: “Diyor 24” axborot dasturida

📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇

™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

“Bugungi talaba — ertangi ustoz” tamoyili asosidagi tadbirlar ta’lim muassasalarida davom etdi.

🎞Navoiy shahridagi 18-maktabda o‘tkazilgan tadbir viloyat telekanalining “Diyor 24” dasturida xabar qilindi.
#Navoiy_MTRK

👉/channel/NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Bilasimi

Suv - tekin emas!

“Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Resbublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-son.

✅Batafsil: lex.uz saytida

Telegram
|nspi.uz |Facebook |Instagram

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Xushxabar

TALABA GULINA OBLAQULOVA DZYUDO BOʻYICHA OʻZBEKISTON CHEMPIONATI SOVRINDORI BOʻLDI

🤼‍♀️Shu yilning 16-18-fevral kunlari Buxoro shahrida dzyudo bo‘yicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Kuchli sportchilar ishtirok etgan musobaqada Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi GULINA OBLOQULOVA 78 kg. vaznda toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Malumot uchun, Gulina Obloqulova 3 karra Osiyo chempioni, 3 karra Jahon chempionatida kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan, shuningdek, Xalqaro toifadagi sport ustasi hamdir.

📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#brifing

Bugun, soat 12:00 da AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tadi.

🎥 Brifingni Vazirlik hamda AOKAning feysbukdagi rasmiy sahifalari orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatishingiz mumkin.

👉https://www.facebook.com/eduuzofficial
👉
https://www.facebook.com/aoka.uz/
———

Сегодня в 12:00 в АИМК пройдет брифинг по деятельности негосударственных высших образовательных учреждений с участием руководителя пресс-службы Министерства высшего образования, науки и инноваций Назокат Абдукундузовой.

🎥 Смотрите брифинг на официальных страницах министерства и АИМК в Facebook.


👉https://www.facebook.com/eduuzofficial
👉
https://www.facebook.com/aoka.uz/

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#dayjest

Hafta davomida Navoiy davlat pedagogika instituti faoliyatiga oid muhim xabar va yangiliklar qisqa satrlarda

🔗Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi xodimlari fakultetlarda profilaktik tadbirlarni olib borishmoqda

🔗“Ogohlik — davr talabi” mavzuida targ’ibot uchrashuvi
o‘tkazildi

🔗O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabalarining ota-onalari bilan
yig’ilish bo‘lib o‘tdi.

🔗DOKTORANTLAR FAOLIYATI TAHLIL QILINDI (
1, 2)

🔗“Bugungi talaba – ertangi ustoz” nomli mahorat haftaligi o‘tkazildi (
1, 2, 3)

🔗“Yaxshilik istar ko‘ngil...” nomli adabiy-badiiy tadbir
oʻtkazildi

🔗Sudya va ishchi xodimlar
uchrashuvi

🔗Irkutsk milliy tadqiqot texnika universiteti vakillari bilan uchrashuv
bo‘lib o‘tdi

🔗Voleybol bo‘yicha talabalarimiz viloyat OTMlari orasida birinchi o‘rinni
qo‘lga kiritishdi

🔗Institut talaba-qizlari o‘rtasida “Barchinoylar bahsi” musobaqasi
tashkil etildi

Navoiy davlat pedagogika institutining rasmiy sahifalari
:

Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Навоий давлат педагогика институти ректорининг Навоий вилояти олий таълим муассасалари ўртасида ўтказилган баскетбол ва волейбол бўйича мусобақаларда институтимиз шарафини муносиб ҳимоя қилиб, фахрли биринчи ўринни қўлга киритган жамоамиз талабаларига ТАБРИГИ

Азиз талаба-ёшлар ва қадрли ўғил-қизларим!

Ўзимнинг энг эзгу ва самимий тилакларимни билдириш асносида Сизларни ушбу ғалаба — Олий таълим муассасалари талабалари ўртасида ўтказилаётган «Талабалар лигаси» спорт мусобақаларининг ҳудудий босқичида спортнинг баскетбол ҳамда волейбол турлари бўйича фахрли 1-ўринни эгаллаганингиз билан муборакбод этаман!

Шу билан бирга Сизларнинг ғалабангиз учун меҳнатини аямаган ва масъулиятни юракдан ҳис қилган мураббийларга ҳам чексиз миннатдорлик билдираман ва раҳмат айтаман.

Кейинги ўйинларда ҳам омад Сизларни тарк этмасин!

Навоий давлат педагогика институти ректори, техника фанлари доктори, профессор Собиров Баҳодир Бойпўлатович.

™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#SPORT

BARCHINOYLAR BAHSIDA TALABA-QIZLAR KUCH SINASHDI

⛹️‍♀️Navoiy davlat pedagogika instituti talaba-qizlari o‘rtasida sportning milliy harakatli o‘yinlari turidan “Barchinoylar bahsi” nomli estafeta musobaqasi tashkil etildi.

Jami 6 ta jamoa 3 shart bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Yakunda quyidagicha natija qayd etildi:

🥇-o‘rin — Rus va qozoq filologiyasi fakultetining “Everest” jamoasi;
🥈-o‘rin — Jismoniy madaniyat fakultetining “Chaqqonlar” jamoasi;
🥉-o‘rin — O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining “Ziyolilar” hamda Jismoniy madaniyat fakultetining “To‘maris” jamoalari.

📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Jaholatga qarshi ma‘rifat

⚡️⚡️Rus va qozoq filologiyasi fakulteti 1-kurs talabalariga “Jaholatga qarshi ma‘rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Navoiy viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i X.Narzullayev, institut profilaktika inspektori N.Hayitovlar tomonidan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, separatizm, millatchilik kabi qator dolzarb masalalarda tushuntirishlar berildi.

Talabalarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar qaytarildi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Tinchlik — eng oliy ne‘mat!
___

Мир – самое великое благо!

#kuntarixi #shukronalik

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#talabalar_teatr_studiyalari

Navoiyda “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi

🏛Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining “Motivatorlar”, Navoiy innovatsiyalar universitetining “Innovatsiya” va Navoiy davlat pedagogika institutining “Navoiy talabalar teatri” jamoalari ishtirok etdi.

Mazkur tanlovda NavDPI Tohir Malikning “Alvido bolalik” asari asosida sahnalashtirilgan spektakli bilan 1-o‘rinni egallab, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. NavDKTU Xoliq Xursandovning “O‘lding, aziz bo‘lding” asari asosidagi spektakli bilan 2-o‘rinni hamda NavIU O‘tkir Hoshimovning “Urushning so‘nggi qurboni” spektakli bilan 3-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, “Eng yaxshi ayol” va “Eng yaxshi erkak” nominatsiyalarida NavDPI Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Nigora Miyliyeva hamda NavDKTU talabasi Suxrob Qo‘ziyevlar loyiq deb topildi.

Bugun Samarqand viloyatidagi OTMlar ishtirokidagi hududiy bosqichning navbatdagi bellashuvi Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida bo‘lib o‘tadi. Barchani spektakllarni tomosha qilishga taklif qilamiz.


👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#MUTOLAA

📰“Do‘stlik bayrog‘i” gazetasining 2024-yil 22-fevraldagi 8-soni bilan tanishishingiz mumkin.

Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati

💬💬💬

#МУТОЛАА

📰“Дўстлик байроғи” газетасининг 2024 йил 22 февралдаги 8-сони билан танишишингиз мумкин.

Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan “Navoiy davlat pedagogika institutidagi adolatsizliklar haqida” sarlavhali maqolasi yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, unda (maqolaga) keltirilishicha “haq-huquqingizni bilsangiz IIB xodimlari chaqirilib, doimiy ravishda bosim ostida yigʻilish boʻlishi”, “Institutda noqonuniy ishlarga hatto Oliy taʼlim vazirligi ham koʻz yumayotgani”, “talabalar tomonidan esa jinoyatchiliklar avj olgani”, “xodimlarning oylik maoshlariga ustama haqlari toʻlanmayotganligi” va shu kabi boshqa ma’lumotlar iddao qilingan.

Ushbu xabarda keltirilgan vajlar yuzasidan ayni paytda tegishli organlar tomonidan oʻrganishlar oʻtkazilmoqda. Kelgusi bu haqida batafsil axborot beramiz.

©️Navoiy davlat pedagogika institutining sahifalari:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Teatr

“Talabalar teatr studiyalari” tanlovining hududiy bosqichi start oladi


Navoiy viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tanlovning hududiy bosqichi bugun, soat 11:00da Navoiy shahar madaniyat saroyida bo‘lib o‘tadi. Tanlovning ushbu bosqichida:

👉Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;
👉Navoiy innovatsiyalar universiteti;
👉Navoiy davlat pedagogika instituti jamoalari ishtirok etishadi.


Ayni paytda esa NavDPI “Navoiy talabalar teatri” jamoasining tayyorgarlik jarayonlaridan video-lavha namoyish etilmoqda.

Barcha talaba-yoshlarni spektakllarni tomosha qilishga taklif qilamiz. Tomoshaga kirish mutlaqo bepul.


📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇

™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Malaka bu...

shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, ma’lumot to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko‘nikmalar darajasidir.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasi
___

Квалификация — уровень знаний, умений, навыков и компетенций, характеризующий подготовленность лица к выполнению определенного вида профессиональной деятельности, подтверждаемый соответствующим документом об образовании.

Статья 3 Закона «Об образовании»

#bilasizmi #huquqiy_savodxonlik

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Jarayon

Ota-onalar kongressi


Tibbiyot fakulteti 1-2-kurs talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Unda avval fakultet rahbariyati, tyutorlari va yoshlar yetakchisi ta’lim muassasadagi o‘zgarishlar, talaba-yoshlarga berilgan keng imkoniyatlar, imtiyozlar to‘g’risida to‘xtalib, talabalarning dars mashg’ulotlarida ishtiroki, odob-axloq kodeksi, institut ichki tartib qoidalari, talabalar yotoqxonalaridagi shart-sharoitlar yuzasidan axborot berishdi. Ota-onalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Shundan so‘ng, fakultet talabalari tomonidan tashkil etilgan “Ona” nomli psixologik video-rolik va ota-onalarni ulug’lovchi badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Yig’ilish yakunida iqtidorli va faol talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim qilindi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Bilasizmi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2024-YIL 1-FEVRAL “PEDAGOGNING MAQOMI TOʻGʻRISIDA”GI OʻRQ-901-SONIDA

— pedagogning maqomi,
— kasbiy faoliyati,
— huquq va majburiyatlari;
— pedagoglarning mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish,
— ijtimoiy himoya qilish kabi 20 dan ortiq moddalar Qonun bilan belgilab quyilgan.


Manba: lex.uz

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Tarbiya bu...

aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasi
___

Воспитание — системный процесс, направленный на всестороннее развитие молодого поколения на основе конкретного целевого и социально-исторического опыта, формирование сознания, духовно-нравственных ценностей и мировоззрения.

Статья 3 Закона «Об образовании»

#bilasizmi #huquqiy_savodxonlik

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Sudya va yoshlar uchrashuvi

⚡️⚡️Talaba-yoshlarning huquqiy bilimini oshirish, qonunlarga hurmatda boʻlish munosabatini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida Navoiy tumanlararo sudi sudyalari Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabalari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

👉Batafsil:“Diyor 24” axborotida

#Navoiy_MTRK

Bizni kuzating:

Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

https://yuz.uz/ru/news/opredelen-silneyshie-voleybolist-sredi-vuzov-navoiyskoy-oblasti-

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Obyektiv

❄️Navoiy davlat pedagogika institutida QOR TAROVATI...

📸Matbuot xizmati

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari ishtirokida Navoiy shahridagi Sanʼat galereyasida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.

🎞Batafsil ma’lumot “Diyor 24” axborot dasturida...

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#infografika

📌
Giyohvandlik va giyohvand moddalarning har qanday turlari inson umrining zavolidir!

🔖Ushbu infografikalar bilan tanishish orqali giyohvandlik va uning inson organizmiga salbiy taʼsiri haqida yanada koʼproq maʼlumotlarga ega boʼlasiz.

🪬Oʼzingiz va yaqinlaringiz taqdiriga befarq boʼlmang. Zero, ogohlik – davr talabi!

™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Qurolli Kuchlari akademiyasi “Psixologiya” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqichini tamomlagan talabalarni o‘qishga taklif etadi

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida kuch tuzilmalari uchun “Psixologiya (harbiy psixolog)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ofitser kadrlarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Bu tizimda oliy ta’lim muassasalari Psixologiya ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan, o‘qishini Qurolli Kuchlar akademiyasida davom ettirish va kelgusida kontrakt asosida harbiy xizmatni o‘tash istagidagi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli, 26 yoshgacha bo‘lgan talabalar orasidan nomzodlar saralab olinadi. Nomzodlar harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi shart emas.

Talabgorlar 2 yillik dastur asosida o‘qitiladi va bitiruvchilarga bakalavr darajasi beriladi.

Arizalar hududlardagi Mudofaa ishlari bo‘limlari orqali 31-martga qadar qabul qilinadi.

Qoʻshimcha maʼlumot: 13-57 qisqa raqami

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6450

#Qurolli_Kuchlar #Psixologiya #o‘qish

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Sport #Talabalar_ligasi

VILOYAT OTMLARI O‘RTASIDA KUCHLI VOLEYBOLCHI JAMOALAR ANIQLANDI


🏐Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining hududiy bosqichida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha Navoiy viloyatida mavjud 3 oliy ta’lim muassasalari: Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti va Navoiy innovatsiyalar universiteti talabalari o‘zaro bahs olib bordilar.

🥇Qizg‘in bahslarga boy tarzda o‘tgan musobaqada Navoiy davlat pedagogika institutining yigitlar va qizlar jamoalari 1-o‘rinni egallab, Respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

🥈Shuningdek, 2-o‘rinni NavDKTU va 3-o‘rinni NIU talabalari egalladi.

Musobaqa yakunida sportchilar medal va diplomlar bilan taqdirlandilar.

Final o‘yinida ham jamoamiz a’zolariga omad yor bo‘lsin!

📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…
Subscribe to a channel