TARIX FAKULTETI TALABALARINING OTA-ONALARI BILAN UCHRASHUV OʻTKAZILDI
Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti talabalarining ota-onalari va yaqinlari bilan, institut rahbariyati va masʼullar ishtirokida muloqot boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda talabalarning oʻqish jarayonlarida ishtiroki, kredit –modul tizimining afzalliklari, Hemis dasturidan foydalanish va uning qulayliklari, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar, odob-axloq kodeksiga rioya etish kabi turli masalalarda maʼlumotlar berildi.
Majlisda shuningdek, ota-onalar tomonidan bildirilgan takliflar va savollarga javoblar qaytarildi.
Talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi va kitoblar taqdimoti tashkil etildi.
📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇
™️: @NavDPI_Rasmiy
🎂#Bugun_tugʻilgan_kun
Bugun Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi a'zosi, “Shuhrat” medali sohibi, “Xalq soʻzi” gazetasining Navoiy viloyati boʻyicha muxbiri Temur Eshboev tavallud topgan kun!
😄Koʻp yillardan buyon matbuot tizimidagi samarali mehnati bilan milliy jurnalistikamiz rivojiga munosib xizmat qilib kelayotgan oʻtkir qalam sohibiga mustahkam sogʻlik, uzoq umr, oilaviy baxt, el-yurt taraqqiyoti yoʻlidagi mas'uliyatli, sharafli va ezgu ishlarida yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!
✅Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
🎁 🎁 🎁 🎁 🎁 🎁 🎁
🎂#Бугун_туғилган_кун
Бугун Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси аъзоси, “Шуҳрат” медали соҳиби, “Халқ сўзи” газетасининг Навоий вилояти бўйича мухбири Темур Эшбоев таваллуд топган кун!
😄Кўп йиллардан буён матбуот тизимидаги самарали меҳнати билан миллий журналистикамиз ривожига муносиб хизмат қилиб келаётган ўткир қалам соҳибига мустаҳкам соғлик, узоқ умр, оилавий бахт, эл-юрт тараққиёти йўлидаги масъулиятли, шарафли ва эзгу ишларида юксак муваффақиятлар тилаймиз!
✅Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
#davlat_dasturi2024
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mukofot jamg‘armasi 600 million so‘m bo‘lgan tanlov va musobaqalar o‘tkaziladi
2024-yil 1-martdan boshlab mahalla, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar tizimida mukofot jamg‘armasi 600 million so‘m miqdorida xorijiy tillar (“Ibrat farzandlari”) bo‘yicha tanlovlar, kibersport musobaqalari va “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etiladi.
___
В рамках «Олимпиады пяти инициатив» будут организованы конкурсы и соревнования с призовым фондом 600 миллионов сумов
С 1 марта 2024 года будут организованы на высоком уровне в системе махалли, образовательных учреждений, предприятий и организаций конкурсы на знание иностранных языков («Ибрат фарзандлари»), соревнования по киберспорту, а также интеллектуальные игры «Заковат» с призовым фондом 600 миллионов сумов.
Bizni kuzating
Ҳамкорлик самара бермоқда
2024 йилнинг 19-24 февраль кунлари Мухтор Авезов номидаги Жанубий Қозоғистон университети физика кафедраси мудири, доцент Абай Турсинбаев, кафедра доценти Асилбек Оралбаевлар Навоий давлат педагогика институтида бўлиб, физика ва астрономия ҳамда технологик таълим йўналишлари талабаларига дарс машғулотларини олиб борди.
Батафсил: https://uza.uz/posts/571382
📱Мобил илова 👉 iOS | Android
O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
🤝#HAMKORLIK
JANUBIY QOZOG’ISTON UNIVERSITETI OLIMLARI TALABALARGA DARS O‘TMOQDA
🖊2022-yilda Navoiy davlat pedagogika instituti va Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.
Мemorandumdagi vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 19-24-fevral kunlari Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti Fizika kafedrasi mudiri, dotsent Abay Tursinbayev, kafedra dotsenti Asilbek Oralbayevlar Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘lib, “Fizika va astronomiya” hamda “Texnologik taʼlim” taʼlim yoʻnalishlari talabalariga dars mashgʻulotlarini olib borishdi.
Shu bilan birga ikkala oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari hammuallifligida yaratilgan darsliklar taqdimoti o‘tkazildi.
✅Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
💬💬💬
🤝#ҲАМКОРЛИК
ЖАНУБИЙ ҚОЗОҒИСТОН УНИВЕРСИТЕТИ ОЛИМЛАРИ ТАЛАБАЛАРГА ДАРС ЎТМОҚДА
🖊2022 йилда Навоий давлат педагогика институти ва Мухтор Авезов номидаги Жанубий Қозоғистон университети ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланган.
Меморандумдаги вазифалар ижросини таъминлаш мақсадида жорий йилнинг 19-24 февраль кунлари Мухтор Авезов номидаги Жанубий Қозоғистон университети Физика кафедраси мудири, доцент Абай Турсинбаев, кафедра доценти Асилбек Оралбаевлар Навоий давлат педагогика институтида бўлиб, “Физика ва астрономия” ҳамда “Технологик таълим” таълим йўналишлари талабаларига дарс машғулотларини олиб боришди.
Шу билан бирга иккала олий таълим муассасаси профессор-ўқитувчилари ҳаммуаллифлигида яратилган дарсликлар тақдимоти ўтказилди.
✅Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
Навоий вилояти телерадиокомпаниясида «Келажак ёшлари» телелойиҳаси:
«Олий таълимда бир кун»
@Navoiy_vtrk
ULUG’ XALQNING UCH DONOSI
⚡️⚡️NavDPI San’atshunoslik fakulteti talabalari o‘rtasida A.Navoiy, Z.Bobur hamda A. Qunanbayev xotirasiga bag’ishlangan adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda uch buyuk siymoning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berilib, fakultet talabalarining kompozitsion chiqishlari, sahna ko‘rinishlari, raqslar namoyish etildi.
*****
Среди студентов факультета искусств состоялось литературно-художественное мероприятие, посвященное памяти А.Навои, З.Бобура и А.Кунанбаева.
На мероприятии была представлена информация о жизни и творчестве трех великих деятелей, также студенты факультета представили композиционные номера, сценические постановки и танцы.
➖➖➖
Bizni kuzating
™️: @NavDPI_Rasmiy
Endilikda:
▫️Maktab direktorlari menejer bo‘ladi
▫️Yuqori sinflarda ikkinchi xorijiy til o‘qitiladi
▫️Ta’lim muassasalari attestatsiyadan o‘tkaziladi
▫️Pedagoglarning huquqlari, sha’ni, obro‘si davlat himoyasida bo‘ladi
#Intervyu
🎤Axat Axmedov,
Pedagogika fanlari doktori, professor
©️NavDPI Matbuot xizmati
Bizni kuzatib boring👇
™️:@NavDPI_Rasmiy
#Yangiliklar
XORIJLIK OLIMLAR HAMMUALLIFLIGIDA YARATILGAN DARSLIKLAR TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI
Bugun Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti va Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika-texnologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari hammuallifligida tayyorlangan “Mexanika” hamda “Molekulyar fizika” darsliklarining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Unda xorijlik olimlar, institut rahbariyati, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalar qatnashishdi.
Darsliklar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining guvohnomasi bilan chop etilib, “Navoiy” va “Durdona” nashriyotlarida nashrdan chiqartirilgan.
Shuningdek, tadbir davomida onlayn fan olimpiadalari va ilmiy-amaliy anjumanlarda maqolalari bilan ishtirok etgan professor-o‘qituvchilarga faxriy yorliq, diplom va sertifikatlar topshirildi.
Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
#Jarayon
XORIJIY UNIVERSITET PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI TALABALARGA DARS O‘TMOQDA
2022-yilda Navoiy davlat pedagogika instituti va Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Bundan ko‘zlangan maqsad oliygohni xalqaro reyting bazalariga kiritib, ilmiy salohiyat ko‘rsatkichlarini yanada oshirishdan iborat.
Hamkorlik shartnomasidagi vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 19-24-fevral kunlari Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti Fizika kafedrasi mudiri, dotsent Abay Tursinbayev, kafedra dotsenti Asilbek Oralbayevlar Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘lib, “Fizika va astronomiya” hamda “Texnologik taʼlim” taʼlim yoʻnalishlari talabalariga dars mashgʻulotlarini olib borishmoqda.
➖➖➖
Bizni kuzating
™️: @NavDPI_Rasmiy
#bilasizmi #huquqiy_savodxonlik #pedagog_maqomi
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 21 moddadan iborat bo‘lib, 2024-yil 1-fevraldan kuchga kirdi.
Ushbu Qonun pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari va ular faoliyatining asosiy kafolatlarini belgilaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga nisbatan tatbiq etiladi.
___
Закон Республики Узбекистан «О статусе педагога» состоит из 21 статьи и вступил в силу 1 февраля 2024 года.
Настоящий Закон определяет права и обязанности педагогов, основные гарантии их деятельности и распространяется на педагогов государственных и негосударственных образовательных организаций, действующих на территории Республики Узбекистан.
Bizni kuzating
#Xushxabar
⚡️⚡️NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 3-bosqich talabasi E’zoza Fayzullayeva “Yosh kitobxon” tanlovining Respublika bosqichida faol ishtirok etib, 10 mln. (o‘n million) so‘m pul mukofoti va maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
Tanlovdagi munosib ishtiroki bilan talabamizni tabriklaymiz.
📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇
™️:@NavDPI_Rasmiy
#Onlayn_olimpiada
❗️“15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” onlayn olimpiadasi o‘tkazilmoqda.
🌀 Tanlov ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi:
1️⃣-bosqich 2024-yil 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining olimpiada.edu.uz elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tgan talabalar o‘rtasida test savollari;
2️⃣-bosqich 2024-yil 12-mart kuni test natijalaridan saralab olingan 16 nafar talabalar bilan onlayn savol-javob tarzida amalga oshiriladi.
🏆 G‘oliblarni qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda
👉Batafsil ma’lumot:
https://raqobat.gov.uz/moliyaviy-savodxon-yosh-istemolchi/
™️:@NavDPI_Rasmiy
#Bilasizmi
⚡️⚡️“Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-fevraldagi 905-soni.
👉Batafsil: lex.uz saytida
Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
🎞Navoiy viloyati teleradiokompaniyasida “Kelajak yoshlari” teleloyihasi: “Oliy taʼlimda bir kun”
Ko‘rsatuvda Navoiy davlat pedagogika instituti Axborot resurs markazi faoliyati va unda talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarida kelib kitob mutolaa qilishlari hamda talabalar turar joyidagi sharoitlar xususida so‘z boradi.
Ko‘rsatuv qahramoni — Tarix fakulteti talabasi Fariza Omonboyeva.
#Navoiy_MTRK
Bizni kuzating
™️: @NavDPI_Rasmiy
#Sport #Harakatli o‘yinlar
MILLIY O‘YINLARDA MILLAT RUHI MUJASSAM
⚡️⚡️Talaba-yoshlar orasida milliy harakatli o’yinlarimizni targ’ib qilish, bebaho qadriyatlarni kelajak avlodga yetkazish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida 24-fevral sanasida Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar Kengashi, institut sport klubi hamda fakultetlar hamkorligida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan talaba-qizlar o‘rtasida “Sog'lom turmush tarziga amal qilaylik” shiori ostida milliy harakatli o‘yinlardan tashkil topgan musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yakunida quyidagicha natija qayd etildi:
🥇-o‘rin — Jismoniy madaniyat fakulteti;
🥈-o‘rin — Tarix fakulteti;
🥉-o‘rin — San’atshunoslik hamda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetlari.
Bizni kuzatib boring👇
™️:@NavDPI_Rasmiy
"𝗥𝗔𝗛𝗕𝗔𝗥 𝘃𝗮 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗟𝗔𝗥" 𝗼𝗰𝗵𝗶𝗾 𝗺𝘂𝗹𝗼𝗾𝗼𝘁𝗶
🔰O‘zbеkiston kasaba uyushmalari Fеdеratsiyasi viloyat Kеngashi, O‘zbеkiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi viloyat tashkiloti hamda Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Tabiiy fanlar fakultеti dеkani B.Jumaboеv, viloyat Kеngashi raisi N.Tog’aеva, O‘zbеkiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi A.Bobomurodova, viloyat Kеngashining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi D.O‘razova, institut kasaba uyushma qo‘mitasi raisi N.Bеkmurodovlar so‘zga chiqib, bugungi kunda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar, shuningdеk, kasaba uyushmalari tizimida yoshlarga oid davlat siyosati bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdilar.
Tadbir yakunida faol yoshlarga esdalik sovg’alari va tashakkurnomalar topshirildi.
™️:@NavDPI_Rasmiy
#darslik #hamkorlik #NavDPI
Xorijlik olimlar hammuallifligida yaratilgan darsliklar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
23-fevral kuni Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti va Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika-texnologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari hammuallifligida tayyorlangan “Mexanika” hamda “Molekulyar fizika” darsliklarining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Unda xorijlik olimlar, institut rahbariyati, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalar qatnashishdi.
Tadbir davomida onlayn fan olimpiadalari va ilmiy-amaliy anjumanlarda maqolalari bilan ishtirok etgan professor-o‘qituvchilarga faxriy yorliq, diplom va sertifikatlar topshirildi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
#Jarayon
PSIXOLOGIK SEMINAR-TRENING
⚡️⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti psixologi Dilfuza Abduraimova Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim, O‘zbek tili va adabiyoti, Rus va qozoq filologiyasi fakultetlari talabalari hamda bilan hamda 2-3-sonli talabalar turar joylaridagi talabalar bilan turli yo‘nalishlarda psixologik seminar-trening olib bordi.
Jumladan, “Art therapy” — talabalardagi ruhiy holat, stress, depressiya, kayfiyatning pasayishi va oilaviy munosabatlardan norozilik, havotirning kuchayishi, “oʻz-oʻzini anglash” borasida juda foydali hisoblanadi.
Bizni kuzatib boring👇
™️:@NavDPI_Rasmiy
#Jarayon
TIBBIYOT FAKULTETI TALABALARI HAYOTIDAN
🏥RSHTYOIM Navoiy filialida rentgen-radiologiya boʻlimi boshligʻi, t.f.n. U.Safarov Navoiy davlat pedagogika instituti Tibbiyot fakulteti talabalariga zamonaviy tekshiruv usullaridan bosh miya qon tomirlari angiografiyasini oʻrgatmoqda.
RSHTYOIM Navoiy filialida yaratilgan sharoitlar tufayli talabalar bir vaqtning oʻzida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda koʻrish va qoʻllash imkoniyatiga ega boʻlmoqda.
Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
📺“Diyor 24”| Navoiy davlat pedagogika institutida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Tafsilotlar Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining axborot dasturida
@Navoiy_vtrk
Bizni kuzating
™️: @NavDPI_Rasmiy
#Jarayon
Ikkala OTMlari o‘rtasidagi hamkorlik, olib borilgan dars mashg’ulotlari hamda hammualliflikda yaratilgan darslik haqida
🎤Tursinbayev Abay Zakirovich,
Janubiy Qozogʻiston universiteti fizika kafedrasi mudiri, dotsent.
©️NavDPI Matbuot xizmati
📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
VILOYAT FVB TOMONIDAN O‘QUV-AMALIY MASHG’ULOT O‘TKAZILDI
⚡️NavDPI Fuqaro va mehnat muhofazasi bo’limi hamda Navoiy viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida Ingliz tili va adabiyoti, Rus va qozoq filologiyasi fakultetlari talabalari ishtirokida o‘quv-amaliy mashg’ulotlar tashkil etildi.
✔️Jarayonda tabiiy ofatlarni bartaraf etishda muhim omillardan sanalgan fuqaro muhofazasini ta’minlash, aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatish kabi masalalar bo‘yicha batafsil tushunchalar berilib, maxsus qutqaruv otryadi xodimlari oʻzlarining texnikalari va asbob-uskunalari koʻrgazmasini namoyish etishdi.
Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
#Диққат
Ҳабибуллоҳ Атамуродовга тегишли пластик карта маъмурият биноси олдида тушириб қолдирилган.
Карта эгаси шахсни тасдиқловчи ҳужжат билан назорат-ўтказиш пункти (қоровул хона)га келиб учрашишлари сўралади.
Мурожаат учун телефон: +998944804440
™️:@NavDPI_Rasmiy
#qonunchilik_yangiliklari #davlat_dasturi2024
⚡️“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2024-yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-37-son, 21.02.2024-y.) qabul qilindi.
Bizni kuzating
Talabalarning yashash sharoiti doimo e’tiborda
Oliy ta’lim muassasalari rahbariyati tomonidan yotoqxonalarda talabalarning yashash sharoitlarini ko‘zdan kechirish doimiy yo‘lga qo‘yilgan. Ular bilan suhbatlashib, kundalik turmushida uchrayotgan muammolari, fikr va takliflari tinglanadi.
📹Ushbu jarayonlardan bir nechtasini havola etmoqdamiz
#talaba_hayoti #yotoqxona #rahbar #uchrashuv
___
Условия проживания студентов всегда на контроле
Руководство вузов регулярно проверяет условия проживания студентов в общежитиях. Проведены беседы с ними, заслушаны проблемы, мнения и предложения.
📹Представляем некоторые кадры из этих процессов
Bizni kuzating
#OAV_nigohida
VILOYAT GAZETASIDA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARIMIZNING PUBLITSISTIK MAQOLALARI CHOP ETILDI
📰Navoiy viloyati hokimligi muassisligidagi “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasining 2024-yil 22-fevraldagi 8-sonida Navoiy davlat pedagogika instituti professori, filologiya fanlari doktori Abdulhamid Xolmurodovning “Qaynoq ijod bag’rida” nomli hamda dotsent Gulsanam Norovaning “Oliy ta’limdan — oliy hayot sari” sarlavhali maqolalari e’lon qilindi.
Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram