📹#OAV_nigohida
🖥“O‘zbekiston 24” telekanali Navoiy viloyatida amalga oshirilgan murakkab jarrohlik amaliyotlari va ularning samarasi toʻgʻrisida soʻz yuritadi.
NavDPI Tibbiyot fakulteti talabalari ushbu jarayonlarni to‘g’ridan to‘g’ri Zoom platformasi orqali tomosha qilib borishadi.
Bizni kuzating
#kun_tarixi
Bugun 2-mart — Oʻzbekiston Respublikasi BMTga aʼzo boʻlgan kun.
1945-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga asos solindi.
Uning assambleyalarida turli davlatlarning vakillari xalqaro masalalarni muhokama qiladilar.
Uning asosiy vazifasi — jahondagi keskinlikni yumshatish va yangi urush chiqish xavfini kamaytirish.
1992-yil 2-mart kuni — Oʻzbekiston BMTga aʼzo boʻldi.
Bizni kuzating
#Jarayon
TANLOV G‘OLIBLARI ANIQLANDI
⚡️⚡️Xabar berganimizdek, Navoiy davlat pedagogika institutida “Nafosat malikalari” nomli qizlar bellashuvi o‘tkazildi.
Tanlov 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni hamda shoira Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.
Bizni kuzating
#OAV_biz_haqimizda
INSTITUT FAOLIYATI HAQIDA MAXSUS KO‘RSATUV NAMOYISH ETILDI
🎞Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Najot — bilimda!” ko‘rsatuvida Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti, Tarix, Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim, Fizika-texnologiya fakultetlari faoliyati haqida ma’lumotlar berildi.
Unda fakultetlarda amalga oshirilayotgan loyihalar, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro hamkorlik dasturlari haqida so‘z yurutildi hamda professor-o‘qituvchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalarining intervyulari namoyish etildi.
Ko‘rsatuv o‘quv-uslubiy boshqarmasi, ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi hamda Matbuot xizmati hamkorligida tayyorlandi.
Navoiy davlat pedagogika institutining rasmiy sahifalari:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
#Fotoreportaj #fotolavha #photoreport
📸“Nafosat malikalari” nomli qizlar bellashuvidan lavhalar
Tadbirda professor-o‘qituvchilar, xodimlar, tyutorlar, talabalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etyapti.
Bizni kuzatib boring
™️:@NavDPI_Rasmiy
Pedagogni ishga olish bo‘yicha milliy va xorijiy tajribadan xabardormisiz?
Ma’lumki, vazirlik huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan oliy taʼlim sohasining eng dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshirilgan tadqiqotlar doirasida 20 ta metodik qoʻllanma nashr qilingan edi.
Endilikda, Markaz sizni ular bilan yaqindan tanishtirib boradi. Ushbu videoda OTMlarda pedagog xodimlarni tanlash mezonlariga bag‘ishlangan qo‘llanma haqida ma’lumotlar berilgan.
#tadqiqot #metodik_qoʻllanma #tavsiya #OTRTM
___
Знакомы ли вы с отечественным и зарубежным опытом по трудоустройству педагогов?
В рамках исследования, проведенного Центром исследования развития высшего образования при Министерстве издано 20 методических пособий в рамках исследований по самым актуальным направлениям в сфере высшего образования.
Центр начинает знакомить вас с ними. В настоящем видео представлена информация о пособии по критериям отбора педагогических кадров в вузы.
Bizni kuzating
Bahor faslining ilk kuni bilan muborakbod etamiz, Aziz yurtdoshlar!
Bugun, 1-mart Zulfiyaxonim tavallud topgan kun!
Zulfiya Isroilova — xalqimizning “Zulfiya“ nomi bilan tanilgan atoqli va ardoqli vakilasi, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi. O‘zbekiston xalq shoirasi.
Zulfiya xalqaro „Javaharlal Neru“ (1968), „Nilufar“ (1971) mukofotlari hamda Hamza nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti (1970) laureati. Oʻzbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini eʼtiborga olib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etdi. Toshkentdagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan.
___
💐Сегодня день рождения Зульфии хоним!
Зульфия Исраилова – известная и почетная представительница нашего народа, известная как «Зульфия», журналист, переводчик, общественный деятель. Народная поэтесса Узбекистана.
™️:@NavDPI_Rasmiy
#mirzo_ulug‘bek_vorislari
#yoshlar_akademiyasi
⚡️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining 1-bosqichiga start berilmoqda!
2024-yildagi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida ishtirok etish maqsadida ro'yxatdan o'tib, IQ testdan muvaffaqiyatli o'tgan yoshlar 2024-yilning 1-mart kunidan boshlab tuman (shahar)lar kesimida o'z loyihalarini taqdimot qiladilar.
Tanlovning 1-bosqich grafigi bilan tanishing.
Eslatma: Tanlovning 1-bosqichida har bir tuman (shahar)lardan 5 nafardan eng yaxshi loyiha mualliflari g'olib deb topiladi hamda mahalliy budjet mablag'lari hisobidan BHMning 5 baravari miqdorida rag'batlantiriladi.
Bizni kuzating
#Tadbir #Maslenitsa
⚡️⚡️Rus va qozoq filologiyasi fakulteti 1-kurs rus tili va adabiyoti yoʻnalishi talabalari tomonidan “Maslenitsa” yaʼni qish faslini kuzatish” deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda rus milliy taomlari namoyishi, milliy qo‘shiqlari va raqslari ijrosi, milliy ertaklari asosida sahnalashtirilgan asarlardan parchalar namoyish etildi.
Масленица — восточнославянский традиционный праздник, отмечаемый в течение недели перед Великим постом. В народном календаре восточных славян праздник маркирует границу зимы и весны.
#Jarayon
OGOHLIK — DAVR TALABI
⚡️⚡️Ushbu mavzuda Navoiy davlat pedagogika instituti fakultetlarida profilaktik muloqotlar olib borilmoqda.
Xususan, kuni kecha Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari hamda tibbiyot xodimlari ishtirokida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, giyohvandlik va psixotrop vositalari va ularning tarqalishini oldini olish, shuningdek, giyohvandlik moddalarining salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Profilaktik tadbir davomida mas'ul xodimlar tomonidan mamlakatimiz qonunchilik tizimidagi o‘zgarishlar, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, yoshlar orasida jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan ishlar bo‘yicha ma‘lumotlar berildi.
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев иқтисодиёт тармоқлари, ижтимоий соҳалар ва маҳаллаларда олиб борилаётган ишлар билан танишиш, янги объект ва лойиҳаларни ишга тушириш учун Хоразм вилояти ва Қорақалпоғистоннинг Амударё туманига ташриф буюради.
Давлатимиз раҳбари Урганч шаҳрида вилоятни ривожлантириш бўйича яқин истиқболга мўлжалланган вазифалар муҳокамасига бағишланган йиғилиш ўтказиши ҳам режалаштирилган.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев для ознакомления с проводимой работой в отраслях экономики социальной сфере и махаллях, запуска новых объектов и проектов посетит Хорезмскую область и Амударьинский район Каракалпакстана.
Также в городе Ургенче предусматривается проведение главой государства совещания по обсуждению задач развития области на ближайшую перспективу.
Facebook|Instagram|X
O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida o‘tkazilayotgan “Zakovat” intellektual o‘yinlarining 1-mavsumi yakunlandi
⚡️⚡️Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularning intellektual fikrlash salohiyatini yanada oshirish maqsadida O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinlarida 60 dan ortiq talaba ishirok etib kelmoqda.
11 ta jamoa ishtirokidagi 1-mavsum natijalariga ko‘ra:
🥇1-o‘rinni – “Ilmasfera” jamoasi;
🥈2-o‘rinni – “Grand – 201” jamoasi;
🥉3-o‘rinni – “Femida” jamoasi egalladi.
G‘olib jamoaga fakultet kubogi topshirildi. Sovrindor jamoalar va barcha ishtirokchi talabalar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RAHBARIYATI:
Sobirov Bahodir Boypo‘latovich - Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor;
Qurbonov Xurshid Raupovich - Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, tarix fanlari nomzodi, dotsent;
Yodgorov G’ayrat Ro‘ziyevich - O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent;
Xudoyberdiyev Sunnatillo Yaxshilikovich - Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor;
O‘tapov Toyir Usmonovich - Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha v.b prorektor, dotsent.
Bizni kuzatib boring👇
™️:@NavDPI_Rasmiy
#Oʻzbekiston_2030
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2024-yilda amalga oshirishga mo‘ljallangan davlat dasturida oliy va professional taʼlim sohalari boʻyicha qanday maqsadlarga erishish belgilangan?
Bu savolga “Oʻzbekiston24” telekanali orqali efirga uzatib kelinayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi koʻrsatuvida Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutaxassislari batafsil javob berishdi.
___
Какие цели предстоит достичь в сфере высшего и профессионального образования согласно государственной программе по реализации Стратегии «Узбекистан-2030» в 2024 году?
На этот вопрос ответили специалисты Министерства высшего образования, науки и инноваций дали в передаче «Стратегия «Узбекистан-2030» телеканала «Узбекистан24».
Bizni kuzating
#Jarayon
ERTA NIKOHNING OLDINI OLISH
Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika-texnologiya fakultetida Navoiy shahar “Alisher Navoiy” nomidagi masjid imom xatibi D.Ergashev ishtirokidada “Erta nikohning oldini olish va uning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
⚡️⚡️
rasmiy sahifamizga obuna bo‘lib, kunlik yangiliklardan xabardor bo‘ling
#Intellektual_bahs
Rus va qozoq filologiyasi fakultetida o‘tkazilayotgan “Zakovat” intellektual o‘yinlarining qishki mavsumi yakunlandi
Sovrindor jamoalar va barcha ishtirokchi talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
#Jarayon
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETINING HISOBOT KONSERT DASTURI O‘TKAZILDI
🏛Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida Navoiy viloyati hokimligi, Madaniyat boshqarmasi va Navoiy davlat pedagogika instituti Sanʼatshunoslik fakulteti hamkorligida musiqa taʼlimi, cholgʻu ijrochiligi, vokal sanʼati yoʻnalishlari professor-oʻqituvchilari va talabalari tomonidan “Vatan madhin kuylasin yoshlar” nomli hisobot konsert dasturi tashkil etildi.
Konsertda xor jamoasi, talabalar maqom ansambli, cholgʻu orkestri, yakka ijrochilar, opera va estrada xonandalari oʻzlarining dasturlari bilan ishtirok etishdi.
Tadbir yakunida fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalariga hamda ishtirokchilarning ota-onalariga tashakkurnoma va badiiy adabiyotlar ulashildi.
Shuningdek, konsert tashkilotchilari Buxoro shahriga sayohatga yuborilishi ma’lum qilindi.
#Tabriknoma #Yubiley
ABDUHOLIQ NURULLAYEV — 70 YOSHDA!
Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti dekani, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Nurullayev Abduholiq Qaxxarovich qutlug’ 70 yoshni qarshilamoqda.
A.Nurullayev 1954-yil 1-mart kuni Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida tavallud topgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi hisoblangan Abduholiq Qaxxorovich 40 yildan ortiq pedagogik faoliyati tajribasiga ega, Navoiy davlat pedagogika institutida esa 35 yildan buyon Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasidan talabalarga o‘z bilimini berib kelmoqda.
Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati va jamoasi nomidan Abduholiq Nurullayevni samimiy muborakbod etamiz. Ustozga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ilmiy faoliyatlarida yuksak natijalar hamroh bo‘lsin!
Ustoz qadami qutlug’, ustoz — otangday ulug’
Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
#LIVE
⏳Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika instituti faollar zalida talaba qizlar o‘rtasida “Nafosat malikalari” nomli qizlar bellashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Bunda har bir fakultetdan 1 nafardan talaba-qiz 3 shart bo‘yicha bahslashadi.
1-shart — tanishtirish. Talabalar she’riy yoki nasriy tarzda o‘zlari haqida ma’lumot berishadi.
2-shart — Alla aytish. Bunda talabalar turli ko‘rinishda allalar ijrosini kuylashadi.
3-shart — “Mevali karving” tayyorlash.
Bu shartda esa ular o‘zlarining karving san’atiga oid mahoratlarini namoyish etadilar.
Bizni kuzating
#Tabriknoma
Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha boʻlim boshligʻi Toshmamatov Bahriddin Mardon oʻgʻli tavallud topgan.
B.Toshmamatov 1992-yil 1-martda Navoiy viloyati, Nurota tumanida tug’ilgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi: pedagog — tarix fani o‘qituvchisi. 2014-yilda NavDPI Tarix fakultetini tamomlagan.
2014-2021-yillarda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi va boshqa tashkilotlarda faoliyat yuritgan.
2021-yildan Navoiy davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha boʻlim boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Tugʻilgan kun munosabati bilan Bahriddin Mardonovichni samimiy muborakbod etamiz. Mustahkam sog‘lik, mashaqqatli faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!
✍️NAVDPI MATBUOT XIZMATI
™️:@NavDPI_Rasmiy
#Kengash
ENDI KPI TIZIMIGA OAVGA CHIQISH KIRITILADI
🏛Bugun NavDPI Ilmiy Kengashining navbatdagi, 8-sonli yig’ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashni institut rektori, professor B.Sobirov olib bordi.
Kun tartibiga ko‘ra, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi, ijro intizomi, fakultetlarda amalga oshirilgan ishlar, xalqaro reytingdan joy olish boʻyicha maqsadli chora-tadbirlar dasturining ijrosi, tadqiqotchilarning ilmiy mavzusi va rahbarini tasdiqlash hamda darslik, o‘quv qo‘llanmalarni nashrga tavsiya etish va boshqa masalalar muhokama etildi.
Bundan tashqari, institutda raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, hemis tizimida ma’lumotlarni yangilash, professor-o‘qituvchilarning ommaviy axborot vositalarida chiqishlari tahlili ko‘rib chiqildi.
KPI baholash tizimiga ommaviy axborot vositalarida chiqish ko‘rsatkichini kiritish taklifi kengash a’zolari tomonidan ma’qullandi.
©️Matbuot xizmati
™️:@NavDPI_Rasmiy
O‘zbek yigiti — mustaqillik posboni
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talaba yigitlari bilan “O‘zbek yigiti — mustaqillik posboni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida 20022 -harbiy qism komandiri, podpolkovnik Muhammad Toʻxtasinov ishtirok etib, fakultet talabalarining harbiy sohaga oid savollariga batafsil javoblar qaytarildi.
#rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lib, kunlik yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Web🌎 | Facebook | Instagram | You tube Читать полностью…
#Jarayon
1-mart — Vafo va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim tavalludiga 109 yil to‘lishi munosabati bilan
✍️O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalarining shoira ijodiga bag’ishlangan ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.
Unda Zulfiya she’riyatining Adabiyotshunoslik va Tilshunoslik fanlarida hali tadqiq etilmagan badiiy va lingvistik xususiyatlari haqida gapirildi.
Tadbir davomida shoiraning she’rlaridan namunalar ijro etildi.
#rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lib, kunlik yangiliklardan xabardor bo‘ling
#Jarayon
#Jarayon
Tong kuychisi — Zulfiya
✍️Joriy yilning 28-fevral sanasida 2-sonli Talabalar turar joyida Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligi munosabati bilan “Tong kuychisi — Zulfiya” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Zulfiyaxonim hayoti va ijodi yuzasidan savol-javoblar bo‘lib, uning ijodidan namunalar aytildi.
#Mutolaa
“DO‘STLIK BAYROG’I” GAZATESINING 2024-YIL 29-FEVRALDAGI 9-SONI NASHRDAN CHIQDI
📰Navoiy viloyati hokimligi muassisligidagi “Do‘stlik bayrog‘i” hamda "Знамя дружбы" gazetalarida viloyatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotida sodir bo‘layotgan voqeliklar, e’lonlar, yangiliklar haqida axborot berib boriladi.
✍️Gazetaning bugungi sonida ham NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Tohir Xo‘jayevning “Ilmning kecha va buguni” sarlavhali maqolasi chop etildi.
Navoiy davlat pedagogika institutining rasmiy sahifalari:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
#Tanlov
🔰Navoiy davlat pedagogika instituti talaba qizlari o‘rtasida 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” kuni hamda Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligiga bag’ishlangan “Nafosat malikalari” nomli qizlar bellashuvi bo‘lib o‘tadi.
Bellashuv shartlari:
1️⃣-o‘zini tanishtirish (she’riy yoki nasriy);
2️⃣-Allalar jilosi;
3️⃣-“Mevali karving” tayyorlash.
📅Sana: 01.03.2024
⏰Soat: 10:30
🏛Manzil: NavDPI bosh binosi.
📨Ishtirokchilar fakultet xotin-qizlar kengashiga murojaat qilishlari mumkin.
Bizni kuzating
™️: @NavDPI_Rasmiy
DEKAN O‘RINBOSARLARI ISHTIROKIDA SEMINAR O‘TKAZILDI
⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari bilan “Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish metodikasi” bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Bunda fakultetlarda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy hamda sport tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, talabalar davomati, turli tanlov va tadbrilar orqali yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish kabi masalalarda kerakli tavsiyalar va topshiriqlar berildi.
Bizni kuzating
™️: @NavDPI_Rasmiy
OGOHLIK — DAVR TALABI
⚡️⚡️Joriy yilning 27-fevral sanasida Tibbiyot fakultetida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish oyligi” doirasida viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir davomida giyohvand moddalar savdosi bilan bog’liq yuzaga kelayotgan holatlar tahlil qilnib, giyohvandlik tushunchasi, ushbu ofatga qarshi kurashish chora-tadbirlari xususida ma’lumotlar berildi. Muloqot jarayonida mas’ullar tadbir ishtirokchilarining bir qator savollariga batafsil javoblar berishdi.
Bizni kuzatib boring👇
™️:@NavDPI_Rasmiy
OLIY TA’LIM – KORRUPSIYASIZ SOHA
➡️Mazkur tamoyilga asosan Navoiy davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
➡️Jumladan, 2023-2024-o‘quv yili davomida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari ishtirokida profilaktik davra suhbatlari, talabalarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida profilaktik tadbirlar, tanlovlar hamda talaba-yoshlarning fikr-mulohazalarini o‘rganish maqsadida anonim so‘rovnomalar tashkil qilinmoqda.
➡️Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish borasida doimiy tarzda nazorat tadbirlari amalga oshirilib, ishga qabul qilinayotgan nomzodlar, har bir fakultet professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlar ogohlantirilib, korrupsiya va uning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashishi uchun tilxatlar olinmoqda.
Institutda bu kabi profilaktik ishlar davom etayapti.
✅Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
📝📝📝
ОЛИЙ ТАЪЛИМ – КОРРУПЦИЯСИЗ СОҲА
➡️Мазкур тамойилга асосан Навоий давлат педагогика институти Коррупцияга қарши курашиш комплаенс-назорат тизимини бошқариш бўлими ходимлари тизимли ишларни амалга ошириб келмоқда.
➡️Жумладан, 2023-2024-ўқув йили давомида ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идоралар ходимлари иштирокида профилактик давра суҳбатлари, талабаларда иллатга нисбатан муросасиз муносабатни шакллантириш борасида тадбирлар, танловлар ҳамда талаба-ёшларнинг фикр-мулоҳазаларини ўрганиш мақсадида аноним сўровномалар ташкил қилинмоқда.
➡️Шунингдек, манфаатлар тўқнашувининг олдини олиш борасида доимий тарзда назорат тадбирлари амалга оширилиб, ишга қабул қилинаётган номзодлар, ҳар бир факультет профессор-ўқитувчилари, ишчи ходимлар огоҳлантирилиб, коррупция ва унинг ҳар қандай кўринишига қарши курашиши учун тилхатлар олинмоқда.
Институтда бу каби профилактик ишлар давом этаяпти.
✅Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати