#Bosma_nashr
🔰🔰 “Doʻstlik bayrogʻi” gazetasining 2024-yil 14-martdagi 11-soni bilan tanishishingiz mumkin.
Gazetani ushbu sonida “Navoiy davlat pedagogika institutida saylash muddati tamom boʻlgan va boʻsh turgan lavozimlarga ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish” tanlovi eʼlon qilindi.
Бизни кузатишда давом этинг
#Intervyu #Xalqaro_hamkorlik
🎤Dilnoza Narzikulova,
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor
Bizni kuzatib boring👇
™️:@NavDPI_Rasmiy
#Darslik #Taqdimot
HAMMUALLIFLIKDA YARATILGAN KITOB TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI
Bizni kuzatib boring
#TAYINLOV
Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining buyrugʻi bilan Sayidova Mohichexra Islomovna Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig’i lavozimiga tayinlandi
M.Sayidova 1988-yil 9-avgustda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tug’ilgan. 2011-yilda Navoiy davlat pedagogika institutini tamomlagan.
Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi: pedagog — ingliz tili fani o‘qituvchisi.
Mazkur tayinlovga qadar Mohichexra Sayidova Pokiston elchixonasida mutaxassis, turli yillarda Navoiy ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari kollejida o‘qituvchi, Navoiy innovatsiyalar universitetida kadrlar bo‘limi boshlig’i hamda universitetning Xalqaro aloqalar va grantlar bo‘limi mutaxassisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
🇷🇺На русском
🇬🇧In English
Navoiy davlat pedagogika institutining rasmiy sahifalari:
#Tezkor_nashr
🤩🤩 ТЕЗКОР НАШР
📕 ТЕЗИС- хорижий ва махаллий конференциялар учун;
📚МАҚОЛА- маҳаллий ва хорижий илмий журналлар учун;
‼️(Барча журналлар ОАК тан оладиган импакт факторга эга ва ОАК да тан олинади, google scholar да индекс бўладиган ишончли журналлар)
➡️➡️
✅ мақола ёки тезис сайтда эълон қилинади (нашр этилади);
✅ сайт ҳаволаси орқали (URL манзили) орқали кириб, мақола ёки тезиснинг муаллифга тегишли PDF вариантини юклаб олиш ҳамда ДОКТОРАНТУРАГА ҳужжат топширишда илмий ишлар сифатида фойдаланиш мумкин);
✅ Журнал ва конференцияларнинг тўлиқ тўплами кейинги ой бошида PDF ҳолда муаллифларга берилади
📚📝 СИФАТЛИ ТАРЖИМА ХИЗМАТИ МАВЖУД!
‼️ ЭСЛАТМА: ЎзРВМ ҚАРОРИГА КЎРА талабгор мавзу доирасида камида 1 ТА ИЛМИЙ МАҚОЛА ВА 2 ТА ТЕЗИС НАШР ЭТГАН бўлиши керак!
😍 10/30 учун ажойиб имконият.Илмий даражага эга ходимлар учун(Phd va DSc)
Халкаро журналлар ТАХРИР хайьати азоси булинг!
😍😍😍Биз оркали ОАК таркибидаги журналларда хам маколалар чикаришингиз мумкин✅
Мурожаат: @Farhodovna_PhD
Канал:@ilmiyjurnallarrr
☎️+998900850916
#Jarayon
Xotin-qizlar maslahat kengashi aʼzolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
🏛Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor B.Sobirov fakultetlarning xotin-qizlar maslahat Kengashi aʼzolari bilan yig’ilish oʻtkazdi.
Jarayonda xotin-qizlarni jamiyatdagi oʻrni, gender tenglik, talaba qizlarning odob-axloqi, kiyinish va muomala madaniyati, diniy aqidaparastlik va “ommaviy madaniyat” hamda missionerlik tushunchalari yuzasidan fikrlar tinglandi.
Bizni kuzating
#Jarayon #olimpiada #test
MART-APREL OYLARIDA RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASINING INSTITUT BOSQICHI O‘TKAZILADI
Joriy yilning 12-14-mart kunlari Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan Respublika fan olimpiadasining institut bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Bugun start olgan fan olimpiadasining birinchi turida institutning 300ga yaqin talabalari ishtirok etib, ikki kun davomida bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi. Mazkur fandan keyingi, 2-bosqich 14-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Va reja-grafik asosida kimyo, biologiya, fizika fanlaridan ham imtihonlar olib boriladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida “Kimyo” ,“Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan Respublika fan olimpiadasini o‘tkazish tartibi to‘g’risida”gi №78-son buyrug’i.
Bizni kuzating
#Jarayon
Dekanlar va kafedra mudirlari bilan yigʻilish o‘tkazildi
🏛NavDPI rektori, professor Bahodir Sobirov rahbarligida prorektorlar, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirokida yigʻilish bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibiga ko‘ra, o‘quv-uslubiy jarayoni, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar sohalarida ko‘zda tutilgan ishlar, loyihalar, olib borilayotgan faoliyat hamda korrupsion holatlarini oldini olish borasida talabalardan olingan anonim so‘rovnoma natijalari muhokama etildi.
Shu bilan birga, yig’ilish ishtirokchilariga ta’lim va pedagog maqomi to‘g’risidagi qonunlar bilan yana bir bor tanishib chiqish, 16-18-mart kunlari o‘tkaziladigan umumxalq hasharini yuqori kayfiyatda o‘tkazish, maktab — oliy ta’lim muassasasi integratsiyasini mustahkamlash, talabalar orasida odob-axloq kodeksini targ’ib etish va boshqa masalalar bo‘yicha zaruriy topshirlar hamda kerakli tavsiyalar berildi.
Navoiy davlat pedagogika institutining rasmiy sahifalari:
#talabaga_yengillik
⚡️Ayrim talaba-oʻquvchilar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati joriy yilning 10-apreliga qadar etib belgilandi.
Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli:
✅oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida oʻqishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni oʻzlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, toʻlovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish boʻyicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar;
✅xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalardan oʻqishini koʻchirayotgan, koʻchirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;
✅professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)ga toʻlov-kontrakt asosida oʻquvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar.
Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Bizni kuzating
#Tayinlov
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻi bilan Narzikulova Dilnoza Xoshimjonovna Navoiy davlat pedagogika institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
Dilnoza Narzikulova 1984-yil Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy: 2005-yilda Samarqand davlat chet tillar institutining bakalavriat bosqichini, 2007-yilda Navoiy davlat pedagogika instituti magistratura bosqichini hamda 2018-yil shu institutning tayanch doktoranturasini tamomlagan.
Pedagogika fanlari doktori, professor.
Tayinlovga qadar Navoiy davlat pedagogika instituti “Umumiy pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating
#Oav_biz_haqimizda
🎞Kelajak yoshlari teleloyihasi efirda
Ko‘rsatuvning navbatdagi soni — Navoiy davlat pedagogika instituti Devonxona bo‘limi faoliyati haqida, dispetcher Yulduz Temirova misolida tayyorlandi
Uch avlod uchrashuvi: “Sadoqat bobida ungan chechaklar”
O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida 8-mart — Хalqaro xotin-qizlar ayyomi munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.
Uchrashuv mehmoni nafaqadagi pedagog 87 yoshni qarshilayotgan Halima Qobilova bo‘ldilar.
Onaxon ikkinchi jahon urushi yillari, paxta yakka hokimligi va undan keyingi davrlarda pedagog ayollarning achchiq qismatini o‘z hayotiy tajribalari misolida esga oldi va bugungi kunga kelib esa, pedagog maqomi yuksaltirilganligi, muallimlar uchun yaratilayotgan barcha shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan e’tibor va e’tiroflar uchun minnatdorlik bildirib, shukrona keltirish kerakligini ta’kidlab o‘tdilar.
Dasturga ko‘ra, talabalar tomonidan ijro etilgan rang-barang badiiy chiqishlar davraga o‘zgacha fayz kiritdi.
Bizni kuzating
⚡️Talabalar tomonidan sun’iy intellektga asoslangan IELTS Mock platformasi yaratildi
Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Behzod Shuhratov va Javohir Shomuratov ingliz tilidan bilim darajasini onlayn aniqlash imkoniyatini beruvchi Examy.uz - IELTS Mock platformasini ishlab chiqishdi.
Bu platformada foydalanuvchilar IELTSning har to‘rtala — Listening, Reading, Writing hamda Speaking qismlarida test topshiradilar va taxminiy IELTS darajalarini bilib olishlari mumkin.
Platforma afzalliklari:
▪️testni to‘liq yoki har bir qismni alohida topshirish mumkin ;
▫️natijalar 1 daqiqa ichida ma’lum bo‘ladi;
▪️xatolarni ko‘rish va tavsiyalar olish;
▫️istalgan joydan turib kompyuter yoki telefonda test topshirish imkoniyati bor.
📹 Examy.uz dan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma bu yerda👈
#talabaminbari #innovatsiya #raqamlashtirish #sun’iyintellekt
Bizni kuzating
#videorolik
Nafosat malikalariga ehtirom
©️NAVDPI MATBUOT XIZMATI.
Telegram | Web🌎 | Facebook | Instagram | You tube
#Jarayon
⚡️⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i A.Xalikov Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari ishtirokida profilaktik uchrashuv o‘tkazdi.
Unda oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.
™️:@NavDPI_Rasmiy
Читать полностью…
#Intervyu
OTMlari o‘rtasida tuzilgan shartnoma, olib borilgan dars mashg’ulotlari, hammualliflikda yaratilgan darslik hamda ta’lim tizimidagi iliq taassurotlar haqida
🎤Aleksandr Beznosyuk,
Taras Shevchenko nomidagi Kiyev milliy universiteti professori
——
О договоре, заключенном между вузами, проведенных уроках, учебнике, созданном в соавторстве, и теплых впечатлениях от образовательной системы
🎤 Александр Безносюк,
профессор Киевского национального университета имени Тараса Шевченко
🎬NavDPI Matbuot xizmati
Bizni kuzating
™️:@NavDPI_Rasmiy
TALABALARGA XORIJLIK OLIM MAHORAT DARSI O‘TDI
Kiyev milliy universiteti professori Aleksandr Beznosyuk Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti talabalariga amaliy dars mashg’uloti o‘tib, mutaxassislik fanlaridan savol-javob o‘tkazdi.
Shuningdek, fakultet professor-o‘qituvchilari bilan ham muloqot qilib, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tuzilgan hamkorlik ishlari, Ukraina ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati, ta’lim jarayoni haqida to’xtaldi.
Bizni kuzating
#Jarayon
VILOYAT MMTB HAMKORLIGIDA TALABALAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son farmonining 3-bob 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida NavDPI Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi hamda Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni birinchi prorektor X.Qurbonov ochib, undan koʻzlagan maqsad hamda hozirgi kunda yosh pedagoglarga qo‘yiladigan asosiy talablar yuzasidan soʻz yuritdi.
Shuningdek, Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari soʻzga chiqib, umumiy o’rta ta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tizimida pedagoglar faoliyati va ularga yaratilayotgan imtiyozlar bo‘yicha fikr bildirib, talabalarni qiziqtirgan savollari yuzasidan bir qancha tavsiyalarni berdi.
Bizni kuzating
#Xalqaro_hamkorlik
KIYEV MILLIY UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK SHARTNOMASI IMZOLANDI
Photo by press secretary of NSPI
Bizni kuzatib boring
#Psixologik_trening
Shaxs psixikasi juda nozik bo‘lib, u o‘ziga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni talab qiladi, jamoa orasida va o‘zi yolg’iz qolganda jiddiy qiyinchiliklarga duch keladi. Bunday holatda Art-terapiyadan foydalanish eng qulay usul hisoblanadi.
Ushbu treninglar talabalarga bir jamoa bo‘lishga, qiyinchiliklarda birlashishga, o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishga, atrofdagilarni tushunish va yordam qo‘lini cho‘zishga undovchi turtki.
https://yuz.uz/ru/news/rasshiryaetsya-geografiya-mejdunarodnogo-sotrudnichestva
💬В ходе встречи Навоийский государственный педагогический институт и Университет Каид-и-Азам подписали меморандум о взаимопонимании, сообщает пресс-секретарь НавГПИ Камол Холов.
#NavDPI_AL
🎗“Akademik litsey iftixori” stipendiyasi sohiblari taqdirlandi
⚡️⚡️12-mart kuni NavDPI akademik litseyida 2023-2024-o‘quv yilining I-semestrida barcha fanlardan a’lo baholarga o’qigan va erishgan ko‘plab natijalari uchun 10 (o‘n) nafar o‘quvchiga “Akademik litsey iftixori” stipendiyasi tantanali tarzda topshirildi.
Shuningdek, 16 (o‘n olti) nafar iqtidorli o‘quvchilar ham litsey ma’muriyati tomonidan taqdirlandi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing
#dayjest #talabalar_sporti
🗣Talabalar bahor mavsumini sport bilan boshlashdi
“Talabalar ligasi” sport musobaqalarining 2-bosqichi o‘tkazildi. Jumladan:
🔹Shahrisabz davlat pedagogika instituti talaba-qizlari jamoasi musobaqaning basketbol sport turi boʻyicha viloyat bosqichi g‘olibi bo‘ldi.
🔸Xorazm viloyatida sportning shaxmat turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali (erkaklar o‘rtasida) va Urganch davlat universiteti (ayollar o‘rtasida) g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
🔹Navoiy viloyatidagi futbol (futzal) bo‘yicha o‘tkazilgan o‘yinlar yakuniga ko‘ra Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi 1-o‘rinni egalladi.
🔸Stol tennisi sport turi bo‘yicha Toshkent shahar bosqichida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talaba-qizlaridan tarkib topgan jamoa 1-o‘rinni egallab, liganing navbatdagi respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
🔹Farg‘ona viloyatida futbol sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan yarim final va final bahslari natijalariga ko‘ra Farg‘ona davlat universitetining “FarDU” jamoasi g‘olib bo‘ldi.
🔸Stol tennisi turi bo‘yicha Namangan viloyat bosqichida yigitlar va qizlar o‘rtasidagi bahslar Namangan davlat universitetining g‘alabasi bilan yakunlandi.
🔹Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida sportning voleybol turi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada Qarshi davlat universiteti jamoasi g‘olib bo‘ldi.
🔸“Talabalar ligasi” futbol sport turining Toshkent shahar bosqichida poytaxtimizdagi 50 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari 8 ta guruhga bo‘lingan holda bahslarda ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun, “Talabalar ligasi” musobaqasi 2-bosqichi 10-martga qadar o‘tkazilib, 5 ta sport turi bo‘yicha jami 947 ta jamoaning 21 084 nafar talaba-o‘quvchilari ishtirok etdi.
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi munosib kutib olindi
🔹Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbarining 2024-yil 4-martdagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g’risida”gi qarori bilan Navoiy davlat pedagogika instituti “Boshlang’ich ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi Omonboyeva Meruyert Erkin qizi “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Institutimizning faol, tashabbuskor xotin-qizlari mana bu yil, ketma-ket 5-yil “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻldi.
Bugun NavDPI faollar zalida institut rahbariyati hamda Navoiy shahar hokimligi boshchiligida professor-o‘qituvchilar, talabalar “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Meruyert Omonboyevani va uning onasi tantanali kutib olindi.
Institut jamoasi nomidan ularga ehtirom ko‘rsatilib, mehnatlari e’tirof etildi hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirildi. Shuningdek, Meruyertning onasiga va ustoziga ham institut rektorining tashakkurnomasi va esdalik sovg’alari ulashildi.
Bizni kuzating
#Jarayon
⚡️⚡️Joriy yilning 11-mart kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi A. Xalikov San’atshunoslik fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Unda hukumatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, bu borada qabul qilingan barcha normativ hujjatlarning mazmun-mohiyati keng targʻib etildi hamda bo‘lim xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Bizni kuzatib boring
#OAV_nigohida
Pokistonning Quaid-i-Azam universiteti professori Muhammad Zafar Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti talabalariga “Botanika” fanidan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni olib borganligi hamda ikkala oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida imzolangan memorandum tafsilotlari axborot dasturida xabar qilindi.
Oylar sultoni - Mohi Ramazon muborak bo‘lsin!
___
Добро пожаловать, священный месяц Рамадан!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | X | YouTube
#Bayram_shukuhi
📹NavDPIda 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbiridan videolavha
Bizni kuzating
Aziz va Muhtarama ayollarimizni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Ayol borki — olam munavvar. Darxaqiqat, ziyo nurlaridan nurafshon etib turgan ayollarimizni goʻzallik va nafosat, samimiylik va bahor ayyomi, 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin dildan muborakbod etamiz.
Samimiy kulgu, xonadoningizdan baxt-saodat tuygʻulari, ezgulik xissi, nur va sevinch, mehr va muxabbat aslo arimasin!
Bahoriy guzallik sizlarni xech qachon tark etmasin.
Bayramingiz muborak boʻlsin!
™️:@NavDPI_Rasmiy
#bayram_muborak
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan NavDPI fakultetlarida tanlovlar va maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.
🔹Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida “Bahor ifori bo‘lgan Nafosat chechaklari” mavzuida bayram tadbiri hamda “Nafosat malikalari” shiori ostida qizlar bellashuvi tashkil etildi.
🔸Rus va qozoq filologiyasi fakultetida “Bahor malikalari” deb nomlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda talaba-qizlar 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar. Tanlovda g’olib bo‘lgan qizlar sovg‘alar bilan taqdirlandi.
🔹Tabiiy fanlar fakultetida “Ayol borki — olam munavvar” nomli bayram tadbiri hamda “Onajonlar sizga ta’zim“ nomli “Balli yigitlar” ko‘rik tanlovi bo’lib o’tdi.
🔸O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida “Olam go‘zalligi sendadir, ayol!” nomli adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi.
🔹1-sonli talabalar turar joyida “Balli qizlar” mavzusida tanlov o‘tkazildi. Bunda talabalar 4 ta shart bo‘yicha bahslashdilar.
🔸Matematika-informatika fakultetida “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol” nomli bayram dasturi namoyish etildi. Tadbir doirasida talabalar 5 shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
🔹San’atshunoslik fakultetida “Hayotimiz guli, oftobi ayol” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda ayollarni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, she’rlar, sahna ko‘rinishlari tuhfa etildi.
Bayram munosabati bilan tadbirlar fakultetlarda davom etmoqda
Bizni kuzating