navdpi_rasmiy | Unsorted

Telegram-канал navdpi_rasmiy - NavDPI | Rasmiy kanal

9803

Navoiy davlat pedagogika instituti @NDPI_Rektoriga_murojat_bot 🌐 nspi.uz 📧 info@nspi.uz 📱https://t.me/NDPI_NSPI 📱https://www.instagram.com/ndpi_nspi/ 📱https://www.facebook.com/profile.php?id=61561618590849

Subscribe to a channel

NavDPI | Rasmiy kanal

#Jarayon


📹
YURT OBODLIGI YO‘LIDA: NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI JAMOASI UMUMXALQ XAYRIYA HASHARIDA FAOL QATNASHMOQDA


Bizni kuzating:
Telegram |nspi.uz |Facebook |Instagram

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#HuquqiySavodxonlik

Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi ko‘zda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatini e’tiboringizga havola etamiz

⚡️O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kredit majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish hamda
aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida

🔗Havola: https://lex.uz/uz/pdfs/6819125

⚡️To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida

🔗Havola: https://lex.uz/uz/docs/6809366

⚡️Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
🔗Havola: https://lex.uz/uz/docs/-6789350

⚡️“O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida
🔗Havola: https://lex.uz/uz/docs/-6811936

⚡️O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga bojxona tartib-taomillarini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
🔗Havola: https://lex.uz/docs/6817504

⚡️Soliqqa oid ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini maqbullashtirish to‘g‘risida
🔗Havola: https://lex.uz/docs/6815866

⚡️O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
🔗Havola: https://lex.uz/uz/docs/-6821843

⚡️Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
🔗Havola: https://lex.uz/docs/6800815

⚡️Ta’lim muassasalarining o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
🔗Havola: https://lex.uz/pdfs/6822370

Bizni kuzatib boring:

@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Natijalar

⚡️⚡️Navoiy davlat pedagogika institutida 21-mart “Navro‘z bayrami” munosabati bilan tashkil etilgan sportning milliy harakatli o‘yinlar turidan estafeta musobaqasida quyidagicha natijalar qayd etildi.

🥇1-o‘rin: Tabiiy fanlar, Jismoniy madaniyat, Tarix.
🥈2-o‘rin: Fizika-texnologiya, O‘zbek tili va adabiyoti, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim.
🥉3-o‘rin: Ingliz tili va adabiyoti, Matematika-informatika, San’atshunoslik fakultetlari.

™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Навоий давлат педагогика институти жамоаси Навоий шаҳридаги Қўғирчоқ театрида “Тазарру” спектаклини томоша қилди.

Бизни кузатишда давом этинг


Telegram | Web🌎 | Facebook | Instagram | You tube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

IJODKORLAR BILAN UCHRASHUV

Shu yilning 16-mart kuni NavDPI faollar zalida O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti M.Xudoyorova rahbarligida tashkil etilgan “Qaqnus” adabiy-badiiy klubining “Mangulikka yo‘lim bo‘lding, adabiyot!” deb nomlangan navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari: shoira, filologiya fanlari doktori, professor Nodira Afoqova hamda Navoiy viloyati “Do‘stlik bayrog’i” va “Знамя дружбы” gazetalarining bosh muharriri, shoir Boboqand Umarov (Mirzo)lar bo‘lishdi.

Tadbirda “Nodira Afoqova ijodiga chizgilar”, “Bugungi yoshlar she’riyatida shakliy izlanishlar va badiiy mahorat” (Boboqand Mirzo she’rlari haqida) ma’ruzalar qilindi.


Shuningdek, uchrashuvda navoiylik yosh ijodkorlardan J.Berdiyev, A.Shahriddinov, Z.Alimov va F.Ne’matullayevlar ham ishtirok etib, o‘z ijod namunalaridan o‘qib berishdi. Har ikkala shoir qalamiga mansub she’rlar asosidagi mushoira bazmi davraga o‘zgacha fayz kiritdi.

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Umumxalq_xayriya_hashari #2_kun

Kecha xabar berganimizdek, Respublikamiz boʻylab “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari davom etmoqda.


Bugun erta tongdan Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi ham mazkur hasharda faol ishtirok etib, tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida sitqidildan, yuqori kayfiyatda mehnat qilishdi.

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan sayyor yig‘ilishi Farg‘onada o‘tkazildi

Bugun,16-mart kuni Farg‘ona davlat universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov, vazirlik markaziy apparati masʼullari, davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Mazkur yig‘ilishda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov ham ishtirok etmoqda.


Navoiy davlat pedagogika institutining rasmiy sahifalari:
Telegram |nspi | Facebook | Instagram | You tube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Birdamlik_hamjihatlik

🌳Umumxalq xayriya hashari tadbirlarida Tibbiyot, Rus va qozoq filologiyasi, Ingliz tili va adabiyoti fakultetlarida ham jarayonlar qizg’in olib borildi.

™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#LIVE #Hashar

⚡️⚡️Navroʻzi olam arafasida oʻtkazilayotgan “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hasharida Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

Xususan, Tarix fakulteti, Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim hamda San’atshunoslik fakultetlarida jarayonlar qizg’in davom etmoqda.

™️:@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Umumxalq_xayriya_hashari

YURT ODODLIGI YO‘LIDA: INSTITUT JAMOASI UMUMXALQ XAYRIYA HASHARIDA FAOL QATNASHMOQDA


Xabaringiz bor, Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan yurtimiz boʻylab 16−18 mart kunlari umumxalq xayriya hashari oʻtkazilmoqda.

Erta tongdan Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati boshchiligida ishchi xodimlar, professor-o‘qituvchilar va ko‘ngilli yoshlar hashar tadbirlarini uyushqoqlik bilan tashkil etdi.

Ko‘taringki kayfiyatda institut jamoasi tomonidan 11 fakultet va talabalar turar joylari hududida obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borildi. Ariqlar shox-shabbalardan tozalandi. Daraxtlarga shakl berilib, ohaklandi. Yer maydonlariga daraxt ko‘chatlari ekildi. O‘quv xonalarida ham tozalash yumushlari hamjihatlikda olib borildi.

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Jarayon

⚡️⚡️Fizika-texnologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazildi
.

Unda oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlardan kafolat xatlari hamda ularning fikr-mulohazalarini o‘rganish uchun anonim so‘rovnoma olindi.


Bizni kuzatib boring👇
™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar professor-o‘qituvchi va talaba-o‘quvchilar ham ketma-ket 4 kun dam olishadi
___

Во время празднования Навруза в текущем году, профессорско-преподавательскому составу и студентам будет предоставлено 4 выходных дня подряд, независимо от продолжительности рабочей недели.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Jarayon

XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI

🏛Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbatda Navoiy shahar hokim o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig’i N.Rahimova hamda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi Navoiy viloyati boʻlimi direktori N.Ermamatovalar ishtirok etdi.

Bizni kuzatib boring

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Jarayon

Jinoyatchilik va korrupsion holatlarini oldini olish maqsadida Jismoniy madaniyat fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.


Unda prorektorlar G’.Yodgorov, X.Qurbonov, Navoiy shahar IIB tergovchilari M.Xudoyberdiyev, A.Ahmadov, Y.Turobov, institut Bosh yuriskonsulti B.Yaxyoyev hamda “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i A.Xalikovlar ishtirok etdi.

Jarayonda Navoiy shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limining taqdimnomasi o‘qib eshittirilib, muhokama qilindi.

📲NavDPI rasmiy sahifasiga obuna bo‘lib, yangiliklardan xabardor bo‘ling

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

DEKAN O‘RINBOSARLARI HAMDA TYUTORLAR FAOLIYATI TAHLIL QILINADI

NavDPI Kengashining 2023/2024 oʻquv yili rejasi asosida fakultetlarning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosarlari hamda tyutorlar faoliyatini tahlil qilish bo‘yicha ishchi guruhi tuzildi.

Bugun ishchi guruhi a’zolari Tabiiy fanlar fakultetida oʻrganish olib bordi.

Unga ko‘ra fakultet mas’ullarining ish rejasi mavjudligi va tasdiqlanganligi; fakultetda fan va kasb toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi; maʼnaviy-maʼrifiy masalalarga oid ilmiy, uslubiy va amaliy adabiyotlar, qoʻllanmalar, gazeta va jurnallar mavjudligi; axborot va murabbiylik soati darslarini reja asosida olib borilayotganlik holati; talabalar turar joyi va ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari o‘rganilganligi; jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar holati va boshqa masalalar tahlil qilindi.

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Jarayon

NAVRO‘Z — UNUTILMAS MILLIY QADRIYATLARGA BOY AYYOM


🏛Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyida “Unutilmas milliy qadriyatlar hamisha biz bilan” mavzusida qadimiy urf-odatlar va an’analar namoyishi bo’lib o’tdi.

Tadbirda O‘zbek xalqining o‘ziga xos qadriyatlarini syujetli ko‘rinishlar asosida har bir fakultet talabalari namoyish etdilar.

Ayniqsa Oʼzbek tili va adabiyoti, Tarix, Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim, Sanʼatshunoslik, Tabiiy fanlar fakulteti talaba yoshlari faol ishtirok etishdi.

Ko‘klam va Navro‘z tarovatini tarannum etuvchi kuy va qo‘shiqlar, milliy raqslar, muzeydagi qadimiy eksponatlar bilan an’analarni to‘laqonli ifoda etib berishdi.

Mehmondo‘stlik, oilaviy qadriyatlar, hurmat va ehtirom, mehr va muruvvat g’oyalari ilgari surilgan namoyishlar tomoshabinlarga va ishtirokchilarga katta zavq bag’ishladi.

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#NavDPI
#Yoshlar_ittifoqi
#Humo_volontyorlari

🛎 19-mart kuni soat 09:00 da Navoiy viloyati qon quyish markazida “MEN-DONORMAN” xayriya qon topshirish aksiyasi bo‘lib o‘tadi!

💉 Donorlik tartibi:
- 18 - 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar (pasport bilan),
- 1 kun avval achchiq, sho‘r mahsulotlar, spirtli, gazli yaxna ichimliklar, ertalabki nonushtada tuxum, yog‘, sut iste’mol qilmasligi,
- sariq kasalga chalinmagan, D ro‘yxatda turmasligi lozim.

♦️ Aksiyada siz ham faol ishtirok eting!

❣️Unutmang sizning bu ezgu amalingiz bir bemorning hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etishi mumkin!

Murojaat uchun: @Kamronbek0801

📞Telefon raqam:
+998 93 478 91 10

Bizni kuzatishga davom eting👇

™️:@NavDPI_Rasmiy
@NavDPI_YI

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

Navoiy davlat pedagogika instituti talabalar hamda professor o'qituvchilari uchun «Inklyuziv ta'lim» loyihalar tanlovini eʼlon qiladi.

Ushbu tanlovda:
• ilmiy-innovatsion
• kreativ hamda inklyuziv ta'limni rivojlantiruvchi startap loyihalar qabul qilinadi.

• Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlganlar joriy yilning 18-martidan 31-martiga qadar ariza qoldirishlari mumkin.

• Batafsil maʼlumot va qoʻshimcha savollar yuzasidan “Inkubatsiya va akseleratsiya“ markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

• G‘oliblar qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar

Navoiy davlat pedagogika instituti – talabalar uchun imkoniyat eshigi!

Ro’yxatdan o’tish uchun:
https://forms.yandex.com/u/65f71f863e9d0821f8eba1a1/

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#NavDPI_yoshlari #Hashar

🏛Navoiy davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilot Kengashining “Humo” volontyorlar jamoasi va bir guruh ko‘ngilli, tashabbusli yoshlar Navoiy shahridagi “Hazrat Alisher Navoiy” jome masjidida hashar ishlarida ko‘maklashdilar.

Umumxalq xayriya hasharida qatnashgan yoshlarga minnatdorchilik bildiramiz.


Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Sport #Harakatli o‘yinlar

MILLIY O‘YINLARDA MILLAT RUHI MUJASSAM


🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6099-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchi va tyutorlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan sport va ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etish, bu boradagi ishlarni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish maqsadida joriy yilning 15-mart sanasida Navoiy davlat pedagogika institutida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar va tyutorlar o‘rtasida 21-mart  “Navro‘z bayrami” munosabati bilan sportning milliy harakatli o‘yinlar turidan estafeta musobaqasini o‘tkazildi.

Unda 9 ta jamoa “darvozani aniq nishonga olish”, “bowling (fishkalarni qulatish)”, “arqon tortish”, “turgan joyidan uzunlikka sakrash”, “sardorlar bahsi” shartlari bo‘yicha bellashishdi.

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#NavDPI #OAV_nigohida

🎞Kiyev Milliy universiteti professori A.Beznosyuk tashrifi tafsilotlari Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Diyor 24” axborot dasturida xabar qilindi.

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Teatr

INSTITUT JAMOASI “TAZARRU” SPEKTAKLINI TOMOSHA QILDI

Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilari, fakultet tyutorlari hamda talabalar Navoiy shahridagi qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurib, Farmon Toshev asari asosida sahnalashtirilgan “Tazarru” dramatik spektaklini tomosha qilishdi.

Asar voqeliklari umuminsoniy masalalardan biri hisoblangan ota va o‘g‘il munosabatlari, o‘zaro hurmat, ko‘ngilchanglik, bee’tiborlik kabi muammolar atrofida aylanadi. Kezi kelganda, asardagi turli detallar, ramziy ko‘rinishlar nafaqat oilaviy munosabatlar, balki jamiyatda uchrab turadigan poraxo‘rlik, firibgarlik, tovlamachilik kabi illatlarning jirkanch tasvirini ham ko‘rsatib o‘tadi.


Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing


Telegram | Web🌎 | Facebook | Instagram | You tube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Hashar_elga_yarashar

⚡️“Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida o‘tayotgan #umumxalq_xayriya_hasharida Matematika-informatika va Fizika-texnologiya, Jismoniy madaniyat hamda Tabiiy fanlar fakultetlari professor-o‘qituvchilar tarkibi, ishchi xodimlari, talaba-yoshlari yuqori va ko‘taringki kayfiyatda, birdamlik va hamjihatlikda ishlarni olib borishayapti.

Jarayonlar davom etmoqda


Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#LIVE #Umumxalq_xayriya_hashari

🏛Navoiy davlat pedagogika instituti maʼmuriyat binosi va O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti yer maydonida, oliygoh rahbariyati va ishchi xodimlari daraxt koʻchatlarini oʻtqazishdi. Ohak bilan daraxtlar oqlandi.

Bizni kuzatib boring👇
™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

👍 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda.

Nomzodlarning Listening, Reading, Writing, Speaking, Grammar bo‘yicha ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

🇺🇸 iTEP - International Test of English Proficiency ingliz tili bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi va u nomzodlarning Listening, Reading, Writing, Speaking, Grammar kabi ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazadi.

Ro‘yxatdan o‘tish agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali 18-mart sanasiga qadar amalga oshiriladi;

🗺 Imtihon Toshkent shahrida Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida (Mo‘ljal: Bodomzor metro bekati Bog’ishamol ko’chasi 12-uy) 19-mart kuni o‘tkaziladi va natijalar 24 soat ichida e'lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

📱 @bba_ilmiy_markaz

📞 (95) 515-68-68

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

#Jarayon

ISHCHI GURUHI FAKULTETLARDA O‘RGANISH OLIB BORMOQDA


⚡️⚡️Kuni kecha Navoiy davlat pedagogika institutining ishchi guruhi yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar faoliyatini tahlil qilish maqsadida o‘rganish olib borayotganligini ma’lum qilgandik.

Bugun mazkur ishchi guruhi a’zolari Fizika-texnologiya va Matematika-informatika fakultetlarida bo‘lib, mas’ullarning hisobotlari bilan tanishishdi. Aniqlangan kamchilik yuzasidan kerakli tavsiya va masalahatlarini berdi.


Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

📹#OAV_nigohida

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, Navoiy davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Meruyert Omonboyeva tantanali kutib olindi.


📺Tafsilotlar Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Diyor 24” axborot dasturida

#Navoiy_MTRK #Zulfiya #NavDPI

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🔖KIYEV MILLIY UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK SHARTNOMASI IMZOLANDI

Bugungi kunda Navoiy davlat pedagogika instituti dunyoning 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Xususan, Malayziya, Kanada, Rossiya, Belarus, Angliya, Turkiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kabi davlatlarning universitetlari bilan ilmiy-amaliy anjumanlar, onlayn olimpiadalar, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ilmiy himoyalar bo‘yicha jarayonlar olib borilmoqda.

Hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, xalqaro reytingdan o‘rin olish maqsadida Taras Shevchenko nomidagi Kiyev milliy universiteti professori Beznosyuk Aleksandr Alekseyevich Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.

BATAFSIL⬅️

Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

🔖КИЕВ МИЛЛИЙ УНИВЕРСИТЕТИ БИЛАН ҲАМКОРЛИК ШАРТНОМАСИ ИМЗОЛАНДИ

Бугунги кунда Навоий давлат педагогика институти дунёнинг 30 дан ортиқ олий таълим муассасалари билан ҳамкорлик алоқаларини ўрнатган. Хусусан, Малайзия, Канада, Россия, Беларусь, Англия, Туркия, Тожикистон, Қозоғистон, Қирғизистон каби давлатларнинг университетлари билан илмий-амалий анжуманлар, онлайн олимпиадалар, талабалар ва профессор-ўқитувчилар алмашинуви, илмий ҳимоялар бўйича жараёнлар олиб борилмоқда.

Ҳамкорлик кўламини кенгайтириш, халқаро рейтингдан ўрин олиш мақсадида Тарас Шевченко номидаги Киев миллий университети профессори Безносюк Александр Алексеевич Навоий давлат педагогика институтига ташриф буюрди.

БАТАФСИЛ⬅️

Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

TA’LIMDA INNOVATSIYA


⚡️⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti faollar zalida Ingliz til va adabiyoti fakultetining 4-bosqich talabalari o‘rtasida “Chet tili o‘qitishning integrallashgan kursi” fanidan “Innovate to Educate” (Ta’limda innovatsiya) nomli bellashuv o‘tkazildi.

Maqsad — maktablarda malaka oshirayotgan talabalarning faoliyatini o‘rganish, fan doirasida bilim va ko‘nikmalarni sinash, ularning kasbiy mahoratini oshirish.

Fakultetining 6 ta bitiruvchi guruhlari 4 shart bo‘yicha o‘zaro bellashib, turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanishdi.

Tashkilotchilar: D.J.Gafurova, D.S.Istamova, M.G.Burxanova.


👉In English

Bizni kuzatib boring

™️:
@NavDPI_Rasmiy

Читать полностью…

NavDPI | Rasmiy kanal

https://yuz.uz/ru/news/ot-akademicheskogo-obmena-do-nauchnogo-sotrudnichestva

Читать полностью…
Subscribe to a channel