#Kitob_o‘qing
📘Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakultetining talaba yoshlari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida kitobga mehr qo‘yganlar va ular doimiy ravishda institut axborot-resurs markaziga va fakultet yaqinidagi NKMKga qarashli kutubxonaga borib, adabiyotlar bilan tanishadilar, kitob o‘qish bilan mashg’ul bo‘lishadi.
Bizni kuzating
™️:@NavDPI_Rasmiy
Bugun Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish va chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Davlatimiz rahbari “Yashil makon” doirasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Bahor mavsumida mahallalarda va koʻp qavatli uylar atrofida, yoʻllar va kanallar boʻyidagi yerlarga daraxt ekish chora-tadbirlari belgilab olindi.
Poytaxtda amal qilayotgan yirik qurilish loyihalarida maydonning kamida 30 foiziga daraxt ekish majburiyati barcha viloyatlarda joriy qilinishi belgilandi.
Yirik sanoat korxonalarida, barcha sanoat zonalari atrofida yashil hududlar tashkil qilish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Ijtimoiy obyektlarga koʻchatlarni bepul yetkazib berish boʻyicha oʻtgan yili boshlangan amaliyot bu yil ham davom ettiriladi. Ularga 4 milliondan ziyod koʻchat bepul tarqatilishi belgilandi.
Yigʻilishda vazirlar va hokimlar tizim tashkilotlari tomonidan ekilgan koʻchatlarning unib-oʻsishi va toʻgʻri parvarish qilinishiga alohida eʼtibor berishi lozimligi taʼkidlandi.
Koʻp qavatli xonadonlarda aholini chiqindini saralagan holda shoxobchaga olib borishga ragʻbatlantiradigan tizim joriy etiladi.
Bizni kuzating
INGLIZ TILI VA ADABIYOTI FAKULTETIDA HUNARMAND TALABALAR YARMARKASI BO‘LIB O‘TDI
Tadbirda institut rahbariyati, fakultet jamoasi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
🏛Navoiy davlat pedagogika instituti va Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Navoiy viloyat hududiy birlashmasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandumga koʻra professional, oliy taʼlim va fan xodimlari oʻrtasida seminarlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar hamda ommaviy tadbirlarni tashkil etish, isteʼmolchilarning huquqiy bilim saviyasini oshirish, taʼlim oluvchilarning isteʼmolchilik huquqiy bilim saviyasi va isteʼmol madaniyatini oshirish borasida hamkorlik qilish, ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borishni tashkil etish kabi masalalarda hamkorlik qilinadi.
👉BATAFSIL: https://nspi.uz/?p=29653
Bizni kuzatib boring
#Jismoniy_madaniyat #xayrli_tashabbus
⚡️⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti o'qituvchi va tyutorlari tashabbusi bilan fakultetda tahsil oluvchi chin yetim va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bo'lgan talabalarning holidan xabar olindi.
Ularga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari va iftorlik shirinliklari ulashildi.
™️:@NavDPI_official
#Jarayon
Profilaktik tadbirlar davom etmoqda
PAST KO‘RSATKICHLI MAKTABLAR BILAN TIZIMLI ISHLAR AMALGA OSHIRILADI
Navoiy davlat pedagogika instituti hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Unda oliy taʼlim muassasasiga biriktirilgan maktablarning taʼlim sifatini oshirish masalasiga eʼtibor berildi. Bunda institut professor-oʻqituvchilari maktab oʻquvchilari va pedagoglariga mahorat darslarini oʻtish, muassasani kerakli oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash, bitiruvchilarni oliy talim dargohlariga yuqori natijalar asosida qamrab olish kabi masalalar muhokama qilindi.
Tadbirda institut professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan “Mobil metodik guruh” faoliyati e’tirof etildi. Guruh a’zolariga ta’lim sifati past bo‘lgan umumta’lim maktablari bilan ishlashda alohida “yoʻl xaritasi” ishlab chiqish topshirildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar ushbu guruh faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirishdi.
Bizni kuzatib boring:
🌐 «GAP» IT sohasida ayollar klubi o‘z liderlarini qidirmoqda!
Xabaringiz bor, xotin-qizlarni axborot texnologiyalari sohasiga jalb etishga qaratilgan «GAP» IT sohasida ayollar klubi tashkil etilgan.
Ushbu klub doirasida IT sohasida ayollar sonini ko'paytirish maqsadida shu kunga qadar bir nechta uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.
🚀 Klubning faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida viloyatlarda IT sohasidagi lider qizlarni o‘z jamoamizga taklif etamiz!
⚡️⚡️Dotsent ilmiy unvoni bilan tabriklaymiz!
Bizni kuzating:
OCHIQ ESHIKLAR KUNI: LITSEY FAOLIYATIGA NAZAR
🏛Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyida umumta’lim maktablari o‘quvchilari va ota-onalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Tadbir ishtirokchilariga akademik litsey faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, fan va sport to‘garaklari haqida batafsil axborot berildi.
Akademik litsey o‘quvchilarining bugungi kungacha erishgan yutuqlari va unda litseyning jonkuyar va fidoyi pedagoglarining salmoqli hissalari borligi alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, o‘quvchilar dars mashg’ulotlarini kuzatishga muvaffaq bo‘ldilar.
Tadbir so‘nggida nazorat sinovlarida yuqori ball olgan maktab o‘quvchilari litsey ma’muriyati tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
@NavDPI_official
#O‘quv_qo‘llanma
⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.f.d. (PhD) Nasiba Tursunova “Oilaviy-maishiy marosimlar folklori” nomli o‘quv qo‘llanmasini Axborot-resurs markaziga topshirdi.
#NavDPI #ARM #O‘quv_qo‘llanma
™️:@NavDPI_Rasmiy
#Jarayon
⚡️NavDPI Matematika-informatika fakultetining 1-bosqich talabalari institut tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi bilan tanishdilar.
Muzeydagi eksponatlar, arxiv hujjatlari, qatag’on qilingan jadid bobolarimiz haqida foydali ma’lumotlar berildi.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
@NavDPI_official
#Kinokartina
Talabalar “Ayol qismati” filmini tomosha qildi
Navoiy davlat pedagogika institutining 2-sonli talabalar turar joyi talabalari uchun “Mehr” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib chiqilgan ayollardan birining ayanchli taqdiri haqida ishlangan “Ayol qismati” filmi namoyish etildi.
Kinokartinada “Sojida” ismli ayol diniy ekstremizm, terrorizm, odam savdosi qurboniga aylangani va bu illatlarning ayanchli oqibatlari tasvirlangan.
Jamoa shartnomasining 2023-yildagi ijrosi muhokama qilindi
Bugun Navoiy davlat pedagogika insitutida institut ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2023-yildagi ijrosiga bag’ishlangan konfrensiya o‘tkazildi.
Jarayonda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmalari Respublika Kengashining Navoiy viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Anora Bobomurodova, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov ishtirok etdi. Kun tartibida jamoa shartnomasining 2023-yildagi ijrosi va 2024-yil uchun shartnomaga qo‘shimcha o‘zgartirish kiritsh kabi masalalar muhokama etildi.
Konferensiyada ko‘rilgan masalalar boʼyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni kuzatib boring
#ijtimoiy_rolik #ogohlik
Vatan deya atalmish oʻz uyingizni, oilangizni koʻz qorachigʻidek asrang!…
___
Берегите свой дом, свою семью под названием Родина!
Bizni kuzating
Vatan tinchligi va havfsizligi uchun barchamiz birdek masʼulmiz!
Videorolikni tomosha qilishni tavsiya etamiz.
#Jarayon
Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi profilaktik uchrashuvlar Jismoniy madaniyat hamda Tibbiyot fakultetlarida olib borildi
Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi – Senat raisi T.Narbayeva raisligida bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining qaror talablarini yetkazish, oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida atroflicha axborot berildi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlardan kafolat xatlari hamda anonim so‘rovnoma olindi.
#Targ’ibot
“ISLOHOTLARGA DAXLDORMAN” LOYIHASI
Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda o‘tkazilayotgan “Islohotlarga daxldorman” loyihasi jamoasi viloyatimizdagi ta’lim maskanlari, yoshlar tashkilotlarida targ‘ibot tadbirlarini boshladi.
Joriy yilning 28 mart kuni "Islohotlarga daxldorman" jamoasi tomonidan Navoiy davlat pedagogika instituti "Oʻzbek tili va adabiyoti" fakulteti talabalari orasida oʻtkazilgan targʻibot dasturi davomida mamlakatimizda amalda oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga oid qonunlar, huquqiy savodxonligini oshirish, bilim olish uchun yaratilgan imkoniyatlar toʻgʻrisida suhbat olib borishdi. Suhbat yakunida bahs-munozaraga boy savol-javoblar boʻlib oʻtdi.
@NavDPI_Rasmiy
#Sport #Futbol
“REKTOR KUBOGI” FAKULTET BOSQICHI
Matematika-informatika fakultetida futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” bahslari yakunlandi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular orasida ezgulik, olijanoblik, do‘stlik, hamjihatlik kabi umuminsoniy g‘oyalarni mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan musobaqada fakultetning 15 jamoasi o‘zaro to‘p surdi.
“Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirishga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada institutimizda ham yetarlicha sharoitlar yaratilgan. “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Talabalar ligasi” doirasida o‘tkazilayotgan “Rektor kubogi” musobaqasi barcha fakultetlarda davom etayapti. Fakutetlararo bahslarida g’olib bo‘lgan jamoalar, an’anaga muvofiq pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishadi “ — Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor X.Qurbonov.
Bizni kuzating:
👨💻👩💻🧠
AHOLINING MOLIYАVIY SAVODXONLIGI OSHIRILMOQDA
💰Markaziy bank Navoiy viloyati Bosh boshqarmasi tomonidan Navoiy davlat pedagogika institutida “Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil qilindi.
Interaktiv shaklda tashkil qilingan tadbirda xotin-qizlar, yoshlar, tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan aholi vakillari ishtirok etdi.
BATAFSIL... ⬅️
👍Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
📝📝📝
👨💻👩💻🧠
АҲОЛИНИНГ МОЛИЯВИЙ САВОДХОНЛИГИ ОШИРИЛМОҚДА
💰Марказий банк Навоий вилояти Бош бошқармаси томонидан Навоий давлат педагогика институтида “Аҳолининг молиявий саводхонлигини ошириш” лойиҳаси доирасида семинар-тренинг ташкил қилинди.
Интерактив шаклда ташкил қилинган тадбирда хотин-қизлар, ёшлар, тадбиркорлик билан шуғулланиш истагида бўлган аҳоли вакиллари иштирок этди.
БАТАФСИЛ... ⬅️
👍Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
NavDPI Akademik litseyi haqida
#Jarayon
Viloyat sport boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Jismoniy madaniyat hamda Tabiiy fanlar fakultetlari talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi
Navoiy davlat pedagogika institutining axborot-resurs markazida o‘tkazilgan tadbirda dastlab institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori G’.Yodgorov so‘zga chiqib, bitiruvchilarni ishga joylashishida bugungi kundagi talablar va bitiruvchilar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar borasida fikrlarini bildirdi.
So‘ng Navoiy viloyati sport boshqarmasi mas’ullari tomonidan sport yo‘nalishidagi muassasa va tashkilotlarda talabalar amaliyotini tashkil etish, tizimda kadrlar faoliyati va ularga yaratilayotgan imtiyozlar hamda vakant ish o‘rinlari to‘g’risida to‘xtalib, yosh mutaxassislarni mehnat qonunchiligi asosida ishga qabul qilish tartibi bo‘yicha tushuntirish berdi.
#NavDPI #sport_boshqarma #talabalar_bilan_suhbat
Bizni kuzatib boring
#mobil_reportaj
📹Rus va qozoq filologiyasi fakultetida Navroʻz ayyomi munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.
Bayram dasturida milliy va estrada kuy-qoʻshiqlari ijro etildi, raqslar namoyish qilindi. Sport tadbirlari: tosh koʻtarish, arqon tortish kabi musobaqalar oʻtkazildi, doshqozonda sumalak solindi.
Bizni kuzatib boring
Viloyat OTFIV boshqarmasi ishtirokida talabalar bilan uchrashuv
⚡️NavDPI rahbariyati, Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy viloyat boshqarmasi hamkorligida Rus va qozoq filologiyasi va Ingliz tili va adabiyoti fakultetlari talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
✔️Unda professional ta’lim muassasalarida talabalar amaliyotini tashkil etish, pedagoglar faoliyati va ularga yaratilayotgan imtiyozlar hamda vakant ish o‘rinlariga yosh mutaxassislarni ishga qabul qilish tartibi bo‘yicha fikrlar bildirilib, talabalarni qiziqtirgan savollari yuzasidan bir qator tavsiyalar berildi.
#OTFIV #NavDPI #talabalar_bilan_suhbat
Bizni kuzating:
Davlat ta’lim talablari —
ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasi
___
Государственные образовательные требования — обязательные требования, предъявляемые к структуре, содержанию и условиям реализации образования, а также к физическим, личностным, интеллектуальным, научным и профессиональным качествам обучающихся.
Статья 3 Закона «Об образовании»
#bilasizmi #huquqiy_savodxonlik #asosiy_tushunchalar
Bizni kuzating
#Ichki_turizm
TALABALAR TARIXIY OBIDALAR BILAN YAQINDAN TANISHDI
Talaba yoshlarni hududlarimiz tarixi va ajdodlarimiz hayoti bilan yaqindan tanishtirish, ularda milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini mustahkamlash maqsadida Tarix fakulteti tyutorlari va talabalari Karmana tumanida joylashgan Qosim Shayx majmuasiga, Mir Said Bahrom maqbarasiga hamda Xotira maydoni va “Motamsaro ona” haykaliga sayohat qildilar.
Ekskursiya davomida talabalar obidalarning noyob arxitekturasi, tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati yuzasidan qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Bizni kuzatib boring
⚡️Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda
🇸🇦 Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi.
Nomzodlar bunda:
✅ tinglab tushunish;
✅ o‘qish;
✅ gapirish;
✅ so‘z boyligi va grammatika;
✅ yozish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazadi.
📆 Test sinovlari 16-aprel kuni bo’lib o’tadi.
✍️ Ro‘yxatdan o‘tish 15-aprelga qadar (shu kuni ham) agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshiriladi.
🗺 Imtihon Bilimni baholash agentligining Toshkent shahridagi binosida o‘tkaziladi (Mo‘ljal: Bodomzor metro bekati Bog’ishamol ko’chasi 12-uy).
🖼 Ma’lumot uchun, mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
📱 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
NavDKTUning yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
Президент Шавкат Мирзиёев Наманганда ифторлик қилди
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел ифтар в Намангане
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X